Authors

  • Samiyev Baxtiyor Norbobo o‘g‘li
    Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi
  • Norbadalova Kumush Ilhom qizi
    Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92565

Keywords:

: San’at menejmenti milliy mаdаniyаt zamonaviy tendensiya madaniy merosni ijodiy muhit xususiy sektor integratsiya innovatsiya

Abstract

Ushbu maqola Yangi O‘zbekiston sharoitida san’at menejmenti sohasida kuzatilayotgan zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan Undan tashqari maqolada Yangi O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy islohotlari san’at menejmentining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ushbu yo‘nalishda innovatsion yondashuvlar, xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik asosida ishlovchi madaniy muassasalarning ko‘payishi, raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi haqida ma’lumotlar keltirilib, tahlil qilingan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


473

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

YANGI O‘ZBEKISTONNING SAN’AT MENEJMENTI SOHASIDAGI

ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Samiyev Baxtiyor Norbobo o‘g‘li

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi

Norbadalova Kumush Ilhom qizi

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqola Yangi O‘zbekiston sharoitida san’at menejmenti

sohasida kuzatilayotgan zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan
Undan tashqari maqolada Yangi O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy islohotlari san’at
menejmentining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ushbu yo‘nalishda innovatsion
yondashuvlar, xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik asosida ishlovchi madaniy
muassasalarning ko‘payishi, raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi haqida
ma’lumotlar keltirilib, tahlil qilingan

Kalit so‘zlar:

San’at menejmenti, milliy mаdаniyаt, zamonaviy tendensiya,

madaniy merosni, ijodiy muhit, xususiy sektor, integratsiya, innovatsiya

Abstract:

This article is devoted to the analysis of modern trends in the field of

arts management in the conditions of New Uzbekistan In addition, the article presents
and analyzes information about the positive impact of political and economic reforms
of New Uzbekistan on the development of arts management, innovative approaches in
this area, the increase in cultural institutions operating on the basis of private sector
and public-private partnerships, and the widespread introduction of digital
technologies

Keywords:

Arts management, national culture, modern trends, cultural heritage,

creative environment, private sector, integration, innovation

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa

madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati,
mamlakatimizda ijtimoiy-madaniy hayotning sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarilishiga zamin yaratmoqda Shu jihatdan olganda, san’at menejmentining
zamonaviy tendensiyalarini o‘rganish, bugungi kunning eng dolzarb ilmiy-amaliy
masalalaridan biridir


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


474

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

San’at menejmenti Yangi O‘zbekistonning madaniy siyosati bilan bevosita

bog‘liq holda shakllanmoqda Bugungi kunda san’at sohasi ham boshqa sektorlar kabi
raqobat maydoniga aylangan bo‘lib, unda samarali boshqaruv tizimlarisiz oldinga
siljish mumkin emas Aynan mana shu ehtiyoj san’at menejmentining rivojlanishini
tezlashtirmoqda

Bu bоrаdа О‘zbekistоn Respublikаsining

2021-yil 20-yаnvаrdа qаbul

qilingаn “Mаdаniy fаоliyаt vа mаdаniyаt tаshkilоtlаri tо‘g‘risidа”gi Qоnuni,

О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2023-yil 25-dekаbrdаgi “Аhоligа mаdаniy
xizmаt kо‘rsаtish dаrаjаsini yаnаdа оshirish chоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-406-sоn
qаrоri, О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2018-yil 26-аvgustdаgi “О‘zbekistоn
Respublikаsidа mаdаniyаt vа sаn’аt sоhаsini innоvаtsiоn rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri
tо‘g‘risidа”gi PQ-3920-sоn qаrоri,

О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining

2018-

yil 28-nоyаbrdаgi “О‘zbekistоn Respublikаsidа milliy mаdаniyаtni yаnаdа
rivоjlаntirish kоnsepsiyаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi PQ-4038-sоnli qаrоri, 2022-yil
2-fevrаldаgi “Mаdаniyаt vа sаn’аt sоhаsini yаnаdа rivоjlаntirishgа dоir qо‘shimchа
chоrа-tаdbirlаr tо‘g‘risidа”gi PQ-112-sоnli qаrоri mаdаniyаt vа sаn’аt sоhаsi,

1

shu

jumladan zamonaviy rivojlanayotgan Yangi O‘zbekistonda san’at menejmenti
rivоjlаnishi vа mustаhkаmlаnishining huquqiy аsоsi bo‘lib xizmat qilmoqda

Zamonaviy rivojlanayotgan Yangi O‘zbekistonda san’at menejmenti nafaqat

madaniyat muassasalarini boshqarish bilan cheklanib qolmayapti, balki ijodiy
startaplar, xususiy kinokompaniyalar, san’at galereyalari va teatr kompaniyalari,
festivallar, madaniyat va san’at sohasi ta’limi muassasalari, raqamli san’at
platformalari, kontent yaratuvchi agentliklar va boshqa ko‘plab sohalarni ham qamrab
olayotgan keng ko‘lamli tarmoq shaklini olmoqda

2

Bu esa ushbu yo‘nalishda yangicha

yondashuvlar, ilg‘or menejment texnologiyalari va innovatsion qarorlarni qo‘llash
zaruratini yuzaga keltirmoqda

Yangi O‘zbekiston sharoitida san’at menejmentining rivojlanishiga quyidagi

omillar ta’sir ko‘rsatmoqda: davlat siyosatining san’at va madaniyat sohasiga bo‘lgan
e’tibori kuchaygani; madaniy infratuzilmaning modernizatsiya qilinayotgani; xususiy
sektorning madaniy loyihalarda faollashayotgani; yoshlar orasida san’at va dizayn
sohalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani; xalqaro hamkorlikning kengayib

1

Yusupova, R. K.

“Madaniyat va san’at sohasida innovasion jarayonlarning tutgan o‘rni.”

Inter education & global study 5

(2024): 315-322.

2

Fayziyev T. R. “

Madaniy sohada menejmentning xususiyatlari

”.

Перекрёсток

культуры

. 2023/4/18.

5.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


475

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

borayotgani; zamonaviy raqamli vositalar va kommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanayotganligi

3

Yangi O‘zbekiston sharoitida san’at menejmentining rivojlanishiga ta’sir

qiluvchi omillar

:

davlat siyosatining madaniyat va san’atga bo‘lgan strategik e’tibori

,

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida

madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida
belgilangan Prezident farmonlari, qarorlar va dasturlarda sohani qo‘llab-quvvatlash,
madaniy merosni saqlash, ijodiy muhitni rivojlantirish hamda san’at sohasi
mutaxassislarini tayyorlash masalalari markaziy o‘ringa ega bo‘lmoqda Bu esa san’at
menejmentining institutsional asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda

madaniy infratuzilmaning modernizatsiyasi va kengayishi

, so‘nggi

yillarda respublikaning barcha hududlarida yangi teatrlar, konsert zallari, san’at
maktablari, muzeylar, galereyalar va boshqa madaniyat muassasalari barpo etilmoqda
yoki rekonstruksiya qilinmoqda Bu infratuzilma faqat ijod uchun emas, balki samarali
menejment faoliyatini yuritish uchun ham asos bo‘lib xizmat qilmoqda

xususiy sektorning san’at va madaniyatdagi faollashuvi

,

O‘zbekistonda san’at sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlar, xususiy
teatrlar, ijodiy studiyalar, festivallar va galereyalar soni ortib bormoqda Bu holat san’at
menejmentiga bo‘lgan talabni kuchaytiradi, chunki har bir loyiha professional
yondashuv va boshqaruvni talab qiladi

yosh avlod orasida san’at va ijodkorlikka bo‘lgan qiziqishning

ortishi

, Yangi O‘zbekiston yoshlarida san’at, dizayn, raqamli ijod, musiqa, kino va

teatrga bo‘lgan qiziqish keskin ortmoqda Bu esa yangi iste’dodlar bilan bir qatorda
ularni boshqarish, yo‘naltirish va ularga imkon yaratish vazifasini bajaruvchi art-
menejerlarga ehtiyojni yanada oshiradi

xalqaro hamkorlik va madaniy diplomatiyaning kengayishi

,

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalari, qo‘shma loyihalar, san’at
festivallari, madaniyat kunlari, xalqaro grantlar va ko‘rgazmalar ortib bormoqda Bu
esa global tajribalarni o‘zlashtirish, ilg‘or menejment yondashuvlarini milliy
amaliyotga tadbiq etish imkonini beradi

raqamli texnologiyalar va media platformalarning jadal rivoji esa

,

bugungi kunda san’at asarlarini targ‘ib qilish, auditoriyani jalb qilish va moliyaviy

3

Yusup

а

liyev

а

D. Q.

“T

he importance of planning, organization and management of creative institutions.

International Journal

of Artificial Intelligence 1.1 (2024): 776-782.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


476

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

barqarorlikka erishishda raqamli vositalar (ijtimoiy tarmoqlar, striming platformalar,
mobil ilovalar) muhim rol o‘ynamoqda Bularning barchasi san’at menejmentining
yangi yo‘nalishlarini – raqamli menejment, kontent marketingi, san’atda brending va
boshqalarni shakllantirmoqda

bozor iqtisodiyoti tamoyillarining san’atga tatbiq etilishi esa

, Yangi

O‘zbekiston sharoitida san’at sohasi ham iqtisodiy mexanizmlar orqali faoliyat
yuritishni boshladi San’at mahsulotining monetizatsiyasi, investitsion jozibadorlik,
homiylik tizimi, grantlar, san’at brendlari yaratish kabi jarayonlar san’at
menejmentining zamonaviy shakllarini talab qilmoqda

4

Bunday jarayonlar san’at menejerining rolini tubdan o‘zgartirmoqda Endilikda

u faqatgina tashkilotchi yoki rejalashtiruvchi emas, balki ijodiy g‘oyalarni amalga
oshiruvchi, moliyaviy manbalarni jalb qiluvchi, brend yaratuvchi, auditoriyani
shakllantiruvchi, madaniy kommunikatsiyalarni boshqaruvchi ko‘p funksiyali
mutaxassisga aylangan Shu boisdan ham O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida san’at
menejmenti bo‘yicha maxsus mutaxassisliklar ochilmoqda, kasbiy malaka oshirish
kurslari tashkil etilmoqda, xalqaro tajriba o‘rganilmoqda

Xususan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham olib

borilayotgan islohatlardan biri shuki institutda tayyorlanayotgan kasb egalariga yangi
bugungi kun talabi bo‘yicha madaniyat va san’at sohasi menejerlarini tayyorlash
yuklatilgan Bunga binobarin Menejment: “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti”,
Menejment “Ommaviy tadbirlar menejmenti, “San’at sohasi prodyuserlik” ta’lim
yo‘nalishlari tayyorlovi yo‘lga qo‘yildi Bu bilan madaniyat va san’at sohosini
boshqarishning zamonaviy kasb egalari yetishib chiqishiga va bu soha kasb egalarini
tayyorlash uzluksizligi va doimiyligi ta’limning alohida soha sifatida shakllanishiga
sabab bo‘ladi

5

Shu bilan birga, zamonaviy san’at menejmentida muayyan muammolar ham

mavjud: sohadagi mutaxassislarning yetishmasligi, menejment faoliyatining to‘laqonli
tizimlashtirilmaganligi, bozor mexanizmlarining san’at bilan hali to‘liq
integratsiyalanmaganligi, san’at va madaniyat mahsulotlarining monetizatsiyasi
masalalari, auditoriya bilan ishlashdagi innovatsion yondashuvlarning kamligi va
boshqalar Ushbu muammolarni tahlil qilish, ularni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish,
milliy san’at menejmenti modelini shakllantirish – hozirgi davrda katta ilmiy va amaliy

4

Fayziyev, T., U. Zunnunova, and S. Zakirova.

Academic and organizational aspects of entrepreneurship education in art

universities of Uzbekistan.

Journal of critical reviews 7 (2020): 19.

5

Tojiyev Javlonbek Rustamovich.

“Y

angi O

‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’at menejmentining o‘rni."

Oriental Art

and Culture 4.1 (2023): 575-579.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


477

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ahamiyatga ega Yangi O‘zbekiston sharoitida san’at menejmenti sohasida yuzaga
kelayotgan zamonaviy tendensiyalarni aniqlash, ularning asosiy yo‘nalishlari va
rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf
etishga doir takliflar ishlab chiqishdan iborat

Bugungi kunda san’at menejmentining zamonaviy tendensiyalari, avvalo,

globalizatsiya, raqamlashtirish, kreativ industriyalar bilan integratsiya, ijtimoiy
mas’uliyat va madaniy turizm kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir

San’at menejmentining eng kuchli va tez rivojlanayotgan tendensiyalaridan biri

raqamli texnologiyalarni san’at bilan integratsiya qilishdir Bu jarayon san’atni yaratish
va iste’mol qilish shakllarini tubdan o‘zgartirmoqda Raqamli san’at, onlayn
galereyalar, virtual turar-joylar, san’at asarlarini onlayn platformalarda namoyish etish
va onlayn savdo orqali san’at bozori yangi bir darajaga ko‘tarilmoqda San’at asarlarini
raqamli formatda yaratish, xususan, digital art, VR (virtual reality), AR (augmented
reality), va 3D texnologiyalari orqali ishlab chiqarish san’atni yanada interaktiv va
keng auditoriyaga yetkazish imkonini beradi

6

Bunday yondashuv san’atni global

miqyosda osonroq tarqatish, sotish va ko‘rsatilishini ta’minlaydi

Bundan tashqari,

san’atning raqamli platformalar orqali ommalashuvi, badiiy mahsulotlar va xizmatlarni
reklama qilishning yangi usullarini yaratadi San’atni raqamlashtirish, o‘z navbatida,
yosh avlodni san’atga jalb etishda ham samarali vosita sifatida ishlatiladi

San’at menejmenti sohasidagi yana bir zamonaviy tendensiya – bu kreativ

industriyalar va madaniyatning iqtisodiy jihatlarini rivojlantirishdir Kreativ
industriyalar so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishning asosiy
omillaridan biriga aylangan Madaniy sanoat, shu jumladan san’at, musiqa, kino,
dizayn, moda va boshqa ijodiy sohalar iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda

7

San’at menejmenti, bunday holatda, faqat ijodiy jarayonlarni boshqarish emas, balki
madaniy mahsulotlarni tijoratlashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, madaniy
sanoatni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishni ham o‘z ichiga oladi
Madaniy sanoatning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun turli marketing, PR va
brend yaratish faoliyatlari amalga oshiriladi Bularning barchasi san’at menejerlarining
faoliyatini yanada murakkablashtiradi, ammo shu bilan birga san’atni yanada kengroq
auditoriyaga yetkazish imkonini beradi

6

Fayziyev T

о‘rabek. “C

ulture pablik rileyshnz-pr (public relations) and advertising.

Multidisciplinary Journal of Science and

Technology 4.10 (2024): 327-330.

7

Yusupaliyeva Dilafruz Qahramonovna.

“Madaniyat va san’at sohasi menejerlarini tayyorlashning o ‘ziga xos xususiyatlari.”

Oriental Art and Culture 5.6 (2024): 611-615.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


478

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

San’at menejmentining yana bir zamonaviy tendensiyasi – bu madaniy

turizmning rivojlanishi Madaniy turizm, san’at asarlarini va tarixiy yodgorliklarni
ko‘rish, madaniy tadbirlarda qatnashish uchun turistik sayohatlar tashkil etishni o‘z
ichiga oladi San’atni targ‘ib qilishning yangi usullari sifatida madaniy turizm keng
tarqalmoqda Bu jarayon san’at va madaniyat muassasalariga iqtisodiy foyda keltirish,
shuningdek, sayyohlar uchun yangi turistik yo‘nalishlar yaratish imkoniyatini beradi
O‘zbekiston kabi madaniy boyliklarga boy davlatlar uchun bu tendensiya juda
muhimdir, chunki u nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, balki xalqaro maydonda
mamlakatning imidjini oshiradi

Zamonaviy san’at menejmenti tendensiyalaridan biri – san’at va madaniyatning

ijtimoiy mas’uliyatga bo‘lgan yondashuvi Ijodkorlar va san’at muassasalari ijtimoiy
mas’uliyatni o‘z faoliyatining bir qismi sifatida ko‘rib chiqishmoqda San’at ijtimoiy
muammolarni, adolatsizliklarni va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni ko‘rsatish, jamiyatda
ezgulik, yaxshi niyat va g‘amxo‘rlik kabi qadriyatlarni targ‘ib qilishga yordam beradi
Bu, o‘z navbatida, san’atning jamiyatga bo‘lgan ta’sirini yanada kuchaytiradi

8

San’atning ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, san’at muassasalari va
menejerlari uchun yangi va kengroq auditoriyalarni jalb qilishni anglatadi Ijodiy va
ijtimoiy loyihalar, ko‘pincha, inson huquqlari, tenglik, atrof-muhitni himoya qilish kabi
mavzularga qaratilgan bo‘ladi Bunday loyihalar jamiyatning o‘zgarishi va
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi

San’at menejmentining yangi tendensiyalaridan yana biri bu, innovatsion

boshqaruv metodlarining joriy etilishi San’at menejmenti sohasidagi menejerlar,
kreativ yondashuvlar, analitik fikrlash va strategik rejalashtirish kabi ilg‘or boshqaruv
metodlarini qo‘llashga harakat qilmoqda Yangi boshqaruv uslublari, jamoa tuzish va
loyiha boshqaruvi kabi yondashuvlar san’at muassasalarini yanada samarali va
samarali ishlashini ta’minlaydi

San’at menejmentida strategik rejalashtirish,

marketing, brend yaratish, moliyaviy boshqaruv kabi aniq uslublar va metodlar
qo‘llanilmoqda Boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari san’at muassasalarini global
miqyosda raqobatbardosh va samarali qilishga imkon beradi

San’at menejmenti sohasidagi zamonaviy tendensiyalar san’atning yaratishdan

tortib uning tarqatilishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarini zamonaviy va innovatsion
yondashuvlar asosida rivojlantirmoqda Raqamlashtirish, kreativ industriyalar bilan
integratsiya, madaniy turizm, ijtimoiy mas’uliyat va xalqaro hamkorlik kabi omillar

8

Dewey Patricia.

From arts management to cultural administration.

International Journal of Arts Management 6 (2004): 13-

23.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 5


479

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

san’atni boshqarishning yangi paradigmalarini shakllantiradi Bu jarayonlar nafaqat
san’atni iqtisodiy jihatdan rivojlantiradi, balki uning jamiyatdagi ahamiyatini yanada
mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Yusupova, R K “Madaniyat va san’at sohasida innovatsion jarayonlarning

tutgan o‘rni” Inter education & global study 5 (2024): 315-322

2.

Fayziyev T R “

Madaniy sohada menejmentning xususiyatlari

Перекрёсток культуры 2023/4/18 5

3.

Yusupаliyevа D Q “The importance of planning, organization and

management of creative institutions” International Journal of Artificial Intelligence 11
(2024): 776-782

4.

Fayziyev, T, U Zunnunova, and S Zakirova “Academic and organizational

aspects of entrepreneurship education in art universities of Uzbekistan” Journal of
critical reviews 7 (2020): 19

5.

Tojiyev Javlonbek Rustamovich “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida

madaniyat va san’at menejmentining o‘rni" Oriental Art and Culture 41 (2023): 575-
579

6.

Fayziyev Tо‘rabek “Culture pablik rileyshnz-pr (public relations) and

advertising” Multidisciplinary Journal of Science and Technology 410 (2024): 327-
330

7.

Yusupaliyeva Dilafruz Qahramonovna “Madaniyat va san’at sohasi

menejerlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari” Oriental Art and Culture 56
(2024): 611-615

8.

Dewey Patricia “From arts management to cultural administration”

International Journal of Arts Management 6 (2004): 13-23

9.

Todjidinov Umid Todjidinovich “Madaniyat va san ‘at menejmenti va

uning zamonaviy ko‘rinishlari” Oriental Art and Culture 41 (2023): 307-315

10.

Komilova, Mushtariybegim “San’at va madaniyat menejmenti (boshqaruv

san’ati) haqida ilmiy yondoshuvlar va uning zamonaviy klassifikatsiyasi” Oriental Art
and Culture 7 (2021): 91-106

References

Yusupova, R K “Madaniyat va san’at sohasida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rni” Inter education & global study 5 (2024): 315-322

Fayziyev T R “Madaniy sohada menejmentning xususiyatlari” Перекрёсток культуры 2023/4/18 5

Yusupаliyevа D Q “The importance of planning, organization and management of creative institutions” International Journal of Artificial Intelligence 11 (2024): 776-782

Fayziyev, T, U Zunnunova, and S Zakirova “Academic and organizational aspects of entrepreneurship education in art universities of Uzbekistan” Journal of critical reviews 7 (2020): 19

Tojiyev Javlonbek Rustamovich “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’at menejmentining o‘rni" Oriental Art and Culture 41 (2023): 575-579

Fayziyev Tо‘rabek “Culture pablik rileyshnz-pr (public relations) and advertising” Multidisciplinary Journal of Science and Technology 410 (2024): 327-330

Yusupaliyeva Dilafruz Qahramonovna “Madaniyat va san’at sohasi menejerlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari” Oriental Art and Culture 56 (2024): 611-615

Dewey Patricia “From arts management to cultural administration” International Journal of Arts Management 6 (2004): 13-23

Todjidinov Umid Todjidinovich “Madaniyat va san ‘at menejmenti va uning zamonaviy ko‘rinishlari” Oriental Art and Culture 41 (2023): 307-315

Komilova, Mushtariybegim “San’at va madaniyat menejmenti (boshqaruv san’ati) haqida ilmiy yondoshuvlar va uning zamonaviy klassifikatsiyasi” Oriental Art and Culture 7 (2021): 91-106