Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
296
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
DİFFERENSİAL TA’LİM MAZMUNİ VA UNİNG PEDAGOGİK
İMKONİYATLARİ
Saparboyev J.Yu.
Fan va texnologiyalar universiteti “Aniq fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tayanch so‘zlar:
differensial ta’lim, intellektual rivojlanishi, IQ test, tafakkur,
temperament, layoqati, qobiliyati.
Ключевые слова:
дифференцированное обучение, интеллектуальное
развитие, тестирование IQ, мышления, темперамента, способностей,
способностей.
Keywords:
differentiated learning, intellectual development, testing of IQ,
thinking, temperament, abilities, abilities.
РЕЗЮМЕ
Differensial ta’lim o‘quv jarayoni tashkiliy shakllaridan biri bo‘lib, bunday ta’lim
jarayonida o‘quvchilar ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi va
shunga ko‘ra o‘quv jarayoni tashkil etiladi.
РЕЗЮМЕ
Дифференцированное обучение - одна из организационных форм
образовательного процесса, при которой обучающиеся делятся на группы по
определенным признакам и соответствующим образом организуется
образовательный процесс.
SUMMARY
Differentiated learning is one of the organizational forms of the educational
process, in which students are divided into groups according to certain characteristics
and the educational process is organized accordingly.
Kirish
Jahonda va mamlakatimizda ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan
asosiy kuch sifatida e’tirof etilib, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ta’lim
jarayonini innovatsion tashkil etish, pedagogik diagnostika metodlaridan optimal
foydalanish strategiyalari samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish orqali
tahsil oluvchilar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
297
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
yaratish aloxida dolzarblik kasb etmokda. Bu esa oliy ta’lim tizimida o’quvchilarni
mustaqil pedagogik faoliyatga tayyorlash sifatini takomillashtirishni ishlab chiqish
zaruriyatini ko‘rsatadi. Mazkur muammo yechimiga differensial yondashuv asosida
ta’limni tashkil qilishning ilmiy, didaktik va texnologik jihatlarini o‘rganish muhimdir.
Differensial ta’lim o‘quv jarayoni tashkiliy shakllaridan biri bo‘lib, bunday ta’lim
jarayonida o‘quvchilar ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi va
shunga ko‘ra o‘quv jarayoni tashkil etiladi. Differensiatsiya lotin tilidan olingan bo‘lib,
“differentia”- farq, tabaqa ma’nolarini anglatadi.
Differensiallashgan ta’limning asosiy belgilaridan biri bu o‘quvchilarning turli
xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratish hamda o‘quv materialini taqdim etishda har
bir guruhning ushbu jihatlarini inobatga olgan holda moslashtirish, to‘ldirish yoki
optimallashtirishdan iboratdir.
Differensial ta’limda ta’lim oluvchilar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra
tabaqalashtiriladi:
1.
Intellektual rivojlanishiga ko‘ra (IQ test bilan aniqlanadi).
2.
Tafakkur turiga ko‘ra.
3.
Temperamentiga ko‘ra.
4.
Qiziqishlariga ko‘ra.
5.
Layoqati va qobiliyatiga ko‘ra.
6.
Tanlagan mutaxassisligiga ko‘ra va h.k.
Yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra ta’lim oluvchilarni tabaqalashtirish uchun
diagnostik tadbirlar o‘tkaziladi va natijalarga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Masalan,
intellektual rivojlanishiga ko‘ra uch darajaga ajratiladi:
•
yuqori darajaga IQ test natijalari bo‘yicha 20 baldan 14-20 ball to‘plagan
o’quvchilar kiritiladi. Bunday o’quvchilar faol va nostandart, ijodiy fikrlash tarziga,
ixtiyoriy diqqat hamda xotiraga ega bo‘ladilar.
•
o‘rta darajaga IQ test natijalari bo‘yicha 20 baldan 8-13 ball to‘plagan
o’quvchilar kiritiladi. Bunday o’quvchilar o‘rta darajada analitik fikrlash tarziga ega
bo‘ladilar, o‘quv materialini takrorlashlar natijasida o‘zlashtiradilar.
•
quyi darajaga IQ test natijalari bo‘yicha 20 baldan 8 baldan past ball to‘plagan
o’quvchilar kiritiladi. Bunday o’quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan
motivatsiyaning mavjud emasligi, tez charchash, chetdan yordam kutish holatlari
kuzatiladi. Bunday o’quvchilarga, odatda, o‘qituvchi tomonidan bilimlarni
o‘zlashtirish algoritmi ham berib boriladi.
Ta’lim oluvchilarni guruhlarga tabaqalashtirish shartli xarakterda bo‘lib,
o‘zlashtirishiga ko‘ra ular yuqoriroq darajaga ko‘tarilishlari mumkin.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
298
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Intellektual darajasi turlicha bo‘lgan o’quvchilarni guruhlarga ajratish
o‘qituvchidan o‘quv materiallarini turlicha shakl va metodlardan foydalangan holda
taqdim etishni talab etadi. Ya’ni, o‘quv materiali odatda o‘rta darajada o‘zlashtiruvchi
o’quvchilar uchun mo‘ljallanadi. O‘qituvchining vazifasi ushbu materialni
o‘zlashtirishlari uchun yuqori va quyida darajada intellektual salohiyatga ega
o’quvchilar uchun qo‘shimcha materiallar ishlab chiqishdan iborat. Ya’ni, yuqori
darajada o‘zlashtiruvchilar guruhi uchun qo‘shimcha topshiriqlar tizimi tayyorlanadi.
Past darajada o‘zlashtiruvchilar uchun esa ushbu o‘quv materialini o‘zlashtirishga
yordam beruvchi qo‘shimcha algoritmlar, eslatmalar, tavsiyalar tizimi ishlab chiqiladi.
O’quvchilarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra tabaqalashtirishda anglash
jarayonidagi o‘ziga xos psixologik xususiyatlar inobatga olinadi. Masalan,
topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan xotirasi, tafakkuri, diqqati kabilar.
Differensial ta’lim jarayonida o‘qituvchining vazifasi o’quvchilarning faqat
individualtipologik xususiyatlarini aniqlash, shunga ko‘ra guruhlarga ajratish emas,
balki topshiriqlar tizimi asosida ularning rivojlanishdan orqada bo‘lgan psixologik
xususiyatlarini takomillashtirish, zaruriy darajaga ko‘tarishdan iborat.
Zamonaviy pedagogikada ta’limni texnologiyalashtirish muammosi chuqur kirib
borayotganligini inobatga olgan holda, differensial ta’lim texnologiyasi tushunchasiga
ham to‘xtalib o‘tamiz. Differensial ta’lim texnologiyasi o‘quv jarayoni maqsadiga
erishish uchun o‘qituvchi, tabaqalashtirilgan o‘quvchilar guruhlari, ta’lim
vositalarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini loyihalashtirish, tashkil etish va
boshqarish tizimidir. Ta’lim texnologiyasining ushbu turi pedagogik jarayonda ikkita
muhim vazifani bajaradi:
1.
O‘quvchilarning imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida ta’lim berish.
2.
O‘qitish jarayonini turli xususiyatlariga ko‘ra tabaqalashtirilgan o‘quvchilar
guruhiga moslashtirish.
Differensial ta’lim quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
✓
Ta’lim oluvchilarning aniq akademik yoki psixologik xususiyatlariga ko‘ra
tabaqalashganligi;
✓
O‘quvchilar guruhining dinamik xarakterda ekanligi;
✓
O‘quv materiallarining variativligi va adaptivligi;
✓
Differensial ta’limning individualligi;
✓
Ta’limning demokratik va insonparvar harakterda ekanligi.
✓
Differensial ta’lim jarayoni individual va guruhli shakllarda tashkil etiladi.
✓
Differensial ta’lim umumiy holda quyidagi afzalliklarga ega:
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
299
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
✓
Bilim oluvchilarni rivojlantirish uchun ularning individual xususiyatlari va
qiziqishlariga ko‘ra optimal shart-sharoit yaratilganligi;
✓
O‘quv jarayonining samaradorligi;
✓
O’quvchilarning pedagogik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish
imkoniyatining mavjudligi;
✓
Turli darajada o‘zlashtiruvchi o’quvchilarning o‘z kuchi va muvaffaqiyatiga
ishonchning mavjudligi.
Xulosa sifatida ta’lim jarayonini differensiallashtirish o‘qituvchiga bir qancha
qo‘shimcha vazifalar yuklatish bilan bir qatorda, uning faoliyati uchun bir qator
afzalliklarga ham ega. Birinchidan, o‘qituvchi yuqori darajadagi va past darajadagi
o‘quvchilar bilan ishlashning optimal metodikasiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan,
muntazam olib boriladigan diagnostik tadbirlar o‘qituvchiga faoliyat natijasini
ob’ektiv baholash imkonini beradi. O’quvchilar esa differensial ta’lim natijasida
individual yondashuv asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek,
kuchli intellektual salohiyatga ega bo‘lgan o’quvchilarda yangi bilimlarni olishga
bo‘lgan motivatsiya kuchayadi, ish tempi kuchayadi, past o‘zlashtiruvchi o’quvchilar
uchun muvaffaqiyatga intilish hissi paydo bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Shodmonova S.M. “Differensial ta’lim mazmuni va uning pedagogik
imkoniyatlari”,
Science Shine International scientific journal
2.
Toshboyeva N., Tursunova N. “Amaliy dasturlar paketi yordamida
talabalarining
kasbiy
kompetentlikni
rivojlantirish”
Namangan
davlat
universiteti.ilmiy axborotnomasi, [2024-11], ISSN:2181-1458, 39-41.
3.
Muxsinova K.S. “Differensial yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy
pedagogik faoliyatga tayyorlash imkoniyatlari” “PEDAGOGS” international research
journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995
4.
Toshboeva N.Y. (2021). Geometrik muammoli masalalar asosida
talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish.
Academic research in educational
sciences
,
2
(CSPI conference 3), 183-188.
5.
Eshqorayev Q.A., Toshboyeva N.Y. Kompleks sonlarni kasbiy faoliyatda
qo‘llanilishi. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў,
Илимий-методикалық
журнал, Nukus-2025-y. 2/2-son
6.
Khasan Eshankulov1, Umida Imamova2, Dilafruz Kenjabaeva2, Kakhramon
Eshkoraev2*, Alim Axmedov2, and Dilnoza Bobokulova2 // Optimizing mash
threshing quality through drum rotation frequency adjustment, E3S Web of
Conferences 627, 02014 (2025), GEOTECH-2025
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
300
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
7.
N.Toshboyeva F.Isroilova “Informatikada texnologiya va uning turlari
haqida”, Uzluksiz ta‟limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy
tendensiyalari va istiqbollari. JDPU 2022 y.
8.
A.F.Xamrayeva “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy kompetentlikni
rivojlantirishning mazmuni”, Academic Research in Educational Sciences, VOLUME
2 | ISSUE 10 | 2021.
9.
Эшкораев К.А. Вербальный интеллект как фактор успеха // Социосфера.
– Самарканд, 2021. – № 4. – С. 92-95. ISSN 2078-7081. ISSN 20787081.
10.
Eshqorayev Q.A. Masofaviy ta’lim modellari va uning xususiyatlari//
“Mug‘allim ham uzliksiz bilimdendiriu”. Ilmiy-metodik jurnal. – Nukus, 2022. – №
1/1. – В. 15-19. ISSN 2181-7138
11.
Eshqorayev Q.A. Verbal intellekt ta’lim jarayonini samarali tashkil etish omili
sifatida // “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” Xalqaro ilmiy-metodik jurnal. – Buxoro,
2022. – № 5. – B. 379-383. ISSN 2181-1717 (E), ISSN 2181-1709 (P).
12.
Eshqorayev Q.A. Informatika darslarida talabalarning mustaqil ijodiy
faoliyatini rivojlantiruvchi masalalar // “Mug‘allim ham uzliksiz bilimdendiriu”. Ilmiy-
metodik jurnal. – Nukus, 2022. – № 3/1.– B. 109-111. ISSN 2181-7138.
13.
Эшкораев К.А. Определение уровня вербалного интеллекта с помощю
заданий /“Цифровизация в обучении гуманитарных дисциплин в медицинском
высшем
образовании”
сборник
научных
трудов
Международной
научнопрактической конференции. ТГСИ. – Tашкент, 2022. 5 марта. – С. 299-301.
14.
Эшкораев
К.А.
Организация
тренировок
с
использованием
интегративного образования. Материалы Международной конференции по
современной науке и научным исследованиям, 1 (3), - С. 220–222. ISSN (E) 2835
– 3730.
15.
Eshqorayev Q.A. Pedagogik ta’lim klasterining strategik yo‘nalishlari/
“Zamonaviy taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning o‘rni” mavzusidagi Respublika
ilmiy-amaliy konfеrensiya. – Toshkent, 2022. 15 avgust. – В. 50-53.
