71
ISHEMIK INSULT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA ICHAK
MIKROBIOMIDAGI O‘ZGARISHLAR VA UNING AHAMIYATI
Axatova G.X
Kimyo international university in Tashkent (KIUT) «Tibbiy-biologik fanlar» kafedrasi
assistenti
Dolzarbligi
. So‘nggi yillarda insult butun dunyoda o‘lim va nogironlikning yetakchi
sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, insultdan keyingi reabilitatsiya jarayonining
sekinligi va nevrologik tiklanishning murakkabligi tibbiyotda yangi yondashuvlarga ehtiyoj
tug‘dirmoqda. Shu nuqtai nazardan, ichak mikrobiotasining (probiotaning) insult bilan
bog‘liqligini o‘rganish nihoyatda dolzarb masalaga aylangan. Xalqaro ilmiy izlanishlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, insult bilan kasallangan bemorlarning ichak mikroflorasi izdan chiqqan
bo‘ladi (disbioz), bu esa yallig‘lanishni kuchaytiradi, tiklanishni sekinlashtiradi va hatto
insultdan keyingi depressiya xavfini oshiradi. Insult bilan kasallangan bemorlarning
reabilitatsiya jarayonida ichak disbakteriozini oldini olish, xamda ularni korreksiyalashning
o‘ziga xos usullarini ishlab chiqish mavzusining dolzarbligini aniqlab beradi.
Maqsad.
Insult bilan kasallangan bemorlarda ichak disbioz holatlarini o‘rganish.
Tadqiqodning materiali va metodlari.
.
20 ta insult bilan kasallangan bemorlarda ichak
mikroflorasining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha ish olib borildi.
Olingan natijalar.
Insult bilan kasallangan bemorlarning ichak mikrofilorasini o‘rganish
natijalari shuni ko‘rsatdiki, insult bilan kasallangan bemorlar ichak normol mikrofilora
vakillarini uchrash chastotasi sezilarli darajada faqlanadi. Masalan Bifidobacterium 10
4
,
Lactobaccillus 10
5
, Candida 10
6
, St. epidermidis 10
3
E. Coli ( lak +) 10
4
,
E. Coli ( lak -) 10
4
, KOE / ml miqdorda aniqlandi. Bundan tashqari patogen mikrofilora vakillarii bo‘lgan St.
aureus va Proteus ning uchrash chastotasi xam oshganligi aniqlandi.
Xulosa.
Insult bilan kasallangan bemorlarning ichak normal mikrofilora vakillaring
kamayishi, ushbu biotobda tranzitor, ShP va patogen mikrofilora vakillarining rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi. Ichak mikrofilorasi buzilgan bemorlarda ichak mikrobiotasini
sog‘lomlashtirish insultni oldini olish, davolash va reabilitatsiya samaradorligini oshirishda
istiqbolli, zamonaviy yondashuv sifatida qaralmoqda. Bu esa ushbu yo‘nalishda yanada
chuqur va klinik asoslangan tadqiqotlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Пазилова, С. А., Абдужабарова, З. М., Шадиева, М. С., & Шахизирова, И.
Д. (2020). ОСОБЕННОСТИ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ СЛИЗИСТОЙ
ОБОЛОЧКИ ЖЕЛУДКА И ДВЕНАДЦАТИПЕРСТНОЙ КИШКИ ПРИ НР
АССОЦИИРОВАННОЙ ПАТОЛОГИИ ГАСТРОДУОДЕНАЛЬНОЙ ЗОНЫ У ДЕТЕЙ.
In Университетская наука: взгляд в будущее (pp. 631-636).
2.
Сабиржанова, З. Т., Эгамбердиева, Д. А., Расулев, Ё. Э., Халмухамедов, Ж.
А., & Ортыкбаев, Ж. О. (2021). КЛИНИЧЕСКИЙ СЛУЧАЙ: РАЗРЫВ АНЕВРИЗМЫ
НЕКОРОНАРНОГО СИНУСА ВАЛЬСАЛЬВЫ. Academic research in educational
sciences, 2(1), 178-185.
72
3.
Ахмедова, Дилором Ильхамовна, Т. О. Даминов, and Ш. А. Агзамова.
"Клинико-диагностические особенности основных синдромов у детей при
внутриутробном инфицировании TORCH." Детские инфекции 8.1 (2009): 29-31.
4.
Ахмедова, Ф. М., and Ш. А. Агзамова. "Оценка параметров систолического
и диастолического артериального давления у детей младшего школьного
возраста." АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТОНИЯ: ОТ ТЕОРИИ К ПРАКТИКЕ. 2015.
5.
Агзамова, Ш. А., and Ф. Р. Бабаджанова. "ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ
СЕРДЦА
У
ДЕТЕЙ
ХОРЕЗМСКОЙ
ОБЛАСТИ
РЕСПУБЛИКИ
УЗБЕКИСТАН." Вестник национального детского медицинского центра 2 (2022): 11-
15.
