Взгляды Аль-Фергани об астрономии

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Рахимжонов, М. (2024). Взгляды Аль-Фергани об астрономии . Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(2), 28–33. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29713
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В IX веке мусульманские ученые шагнули далеко вперед в изучении астрономии и обогнали европейцев. В то время изучение астрономии было жизненно необходимо. Астрономические труды служили навигаторами, их использовали путешественники, мореплаватели, паломники и торговцы, чтобы ориентироваться по звездам и небесным телам. Труды по астрономии переводились и были распространены в Европе. Так и трактаты Аль-Фергани прославились на весь мир и оказали серьезное влияние на мировые науки


background image

28

Alfraganus University

Annotatsiya

IX-asrda musulmon olimlari astronomiyani o‘rganishda oldinga qadam tashlab, yevropaliklarni ortda qoldirdilar.

O‘sha paytda astronomiyani o‘rganish juda muhim edi. Astronomiya ishlari dengizchi bo‘lib xizmat qilgan, ular

yulduzlar va samoviy jismlar tomonidan sayohat qilish uchun sayohatchilar, dengizchilar, ziyoratchilar va savdogarlar

tomonidan ishlatilgan. Astronomiyaga oid asarlar Yevropada tarjima qilingan va tarqatilgan. Al-Farg‘oniyning

risolalari butun dunyoga mashhur bo‘lib, jahon ilm-faniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Annotatsiya

В IX веке мусульманские ученые шагнули далеко вперед в изучении астрономии и обогнали европейцев. В

то время изучение астрономии было жизненно необходимо. Астрономические труды служили навигатора

-

ми, их использовали путешественники, мореплаватели, паломники и торговцы, чтобы ориентироваться

по звездам и небесным телам. Труды по астрономии переводились и были распространены в Европе. Так и

трактаты Аль-Фергани прославились на весь мир и оказали серьезное влияние на мировые науки.

¹ Filoloiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD. ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O‘zbekiston. e-mail: masrur.79@mail.ru. ORCID: 0009-

0002-7658-4973

УДК:52

AL-FARG‘ONIYNING FALAKIYOT
HAQIDAGI QARASHLARI

ВЗГЛЯДЫ АЛЬ-ФЕРГАНИ ОБ АСТРОНОМИИ

AL-FARGANI’S VIEWS ON ASTRONOMY

Masrur

N

ugmanovich RAXIMJONOV

¹


background image

29

Alfraganus University

Kirish.

A

merika qit’asi borligiga ilmiy-nazariy ishora qil-

gan olim Abu Rayhon Beruniy bo‘lib, Kopernik-

dan qariyb besh yuz yil ilgari olamning markazi yer emas,

quyoshdir, degan ilmiy xulosani aytgan. Shuningdek,

yer quyosh atrofida aylanishini birinchi bor tasdiqlagan

olim ham Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Bu ilmiy

haqiqatlarni, Abu Rayhon Beruniydan besh yuz yil keyin

tug‘ilganlarga nisbat berish haqiqatning qaysi ko‘chasiga

to‘g‘ri kelishini bir o‘ylab qo‘yish kerak.

Musulmonlar ichidan chiqqan falakiyot ilmi olim-

lari va ularning kashfiyotlari haqida qanchadan-qan-

cha kitoblar yozilgan va yozilmoqda. Gapning qisqasi,

Muso ibn Shokir, uning uch o‘g‘li, Abu Mash’ar al-

Balxiy, Sobit ibn Qurra, Nasiriddin Tusiy va boshqa

ko‘plab olimlarimiz boshqa ilmlar qatori falakiyot

ilmini ham boshqa xalqlarga, jumladan, g‘arb xalqla-

riga o‘rgatganlar. Lekin tarixni yaxshi bilmaydigan

kimsalar falakiyot ilmini Kopernikka nisbat berib

yuribdilar, xolos.

Dunyo xalqlarining ko‘plari osmon jismlariga

“Xudo yoki unga tegishli askarlar”, degan nazar bilan

qarab turgan bir paytda musulmonlar Qur’oni Karim

oyatlaridan ruhlanib, falakiyot ilmiga asos soldilar.

Boshqa barcha ilmlar qatori falakiyot ilmidagi

kashfiyotlarga ham musulmonlarni Islom ta'limotla-

ri chorlagan. Bir guruh falakiyot ilmi mutaxassislari

o‘z kasblariga oid bir kitobni muzokara qilib o‘tiris-

hganda diniy ulamolardan ba’zilari o‘tib qolib: “Nima

qilyapsizlar?” deb so‘rabdilar. Shunda falakiyotchilar:

“Alloh taoloning “Nazar solmaydilarmi?! Tuyaning

qandoq xalq qilinganiga?! Osmonni qandoq ko‘taril-

ganiga?!” degan oyatining sharhini o‘rganmoqdamiz”,

deb javob bergan ekanlar. Falak ilmi haqidagi kitoblar-

ning avvalida bu ilm osmondagi narsalarni o‘rganish

orqali Allohning Biru Borligi, qudrati cheksizligining

aqliy isbotiga olib boruvchi ilm ekani ta'kidlanadi.

Shuning uchun ham musulmonlar bu ilmga katta

e’tibor berganlar. Uni o‘rganishga talab kuchli bo‘lgani-

dan musulmon olamining Samarqand, Bag‘dod, Damas-

hq, Qohira, Fas, Tulaytila, Qurtuba va boshqa ko‘pgina

shaharlarda shu ilmga xos o‘quv yurtlari ishlab turgan.

Shu bilan birga, ko‘plab rasadxonalar barpo etilgan

va muvaffaqiyat ila ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Mazkur rasadxonalardan ba’zilarini eslab o‘tishimiz

ham mumkin. Xalifa Ma’munning Bag‘dodda bitta,

Damashqda bitta rasadxonasi bo‘lgan. Ikki xalifa Aziz

Biamrillah va Hokim Biamrillahlar Qohirada bittadan

ikkita rasadxona qurganlar. Buyuk vatandoshimiz

Mirzo Ulug‘bekning Samarqanddagi rasadxonasi, Xu-

laguxonning Murg‘onadagi rasadxonasi, va boshqalar

shular jumlasidandir. O‘sha paytlarda musulmonlar

ichidan butun dunyoga dong taratgan buyuk falakiyot

olimlari yetishib chiqdi. Ana o‘sha ulug‘ musulmon

olimlar ichida bizning vatandoshlarimiz ham borligi,

ularning yetakchi o‘rinlarni egallaganliklari bizning

faxrimiz.

Metod.

Dunyoda eng ko‘p dong taratgan musulmon olim-

laridan Mirzo Ulug‘bek asos solgan rasadxona oddiy

rasadxona emas, balki buyuk fransuz tarixchisi Volter

ta’riflanganidek, falakiyotshunoslik akademiyasi edi.

U yerda bu ilmga tegishli turli ma’lumotlar yig‘ilib,

olimlar keng miqyosda ilmiy bahslar olib bordilar.

Rasadxonada ishlatiladigan asboblar yaratildi.

Ulug‘bekning “Zijji Ko‘ragoniy”si falakiyot ilmida-

gi nodir asardir. Uning bu sohada yetishgan natijalariga

hozirgi eng taraqqiy etgan asboblar bilan qurollangan

falakiyot olimlari ham ko‘p narsa qo‘sha olganlari yo‘q.

Ikkinchi bir vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy ham

falakiyot bo‘yicha olamshumul kashfiyotlar qildi. U

yerning dumaloq shaklda ekanini kashf qilgani, quyosh

tutilishini birinchi marta oldindan hisoblab chiqib ayt-

gani butun dunyoda ma’lum. Ahmad Farg‘oniy quyos-

hning va yulduzlarning harakat yo‘nalishini eng aniq

belgilab, yerning mustaqim chizig‘i uzunligini birinchi

bo‘lib aniqlagan olimdir. U yulduzlarning oralaridagi

masofani va ularning hajmini aniqlab tuzgan jadval-

dan barcha falakiyotshunoslar, jumladan, ovrupoliklar

ilmi falak “asoschisi” deb yuradigan Kopernik ham

foydalangan.

Ahmad Farg‘oniyning ko‘plab ilmiy asarlaridan biri

Annotation

In the IX th century, Muslim scientists stepped forward in the study of astronomy and overtook the Europeans.

At that time, the study of astronomy was vital. Astronomical works served as navigators, they were used by travelers,

navigators, pilgrims and merchants to navigate by the stars and celestial bodies. Works on astronomy were translated

and distributed in Europe. So the treatises of Al-Fergani became famous all over the world and had a serious impact

on world sciences.

Kalit so‘zlar:

Olam, olim, yer, quyosh, yulduz, astronomiya, rasadxona, akademiya, ilm-fan

taraqqiyoti, insoniyat rivojlanishi.

Ключевые слова:

Вселенная, ученый, земля, солнце, звезда, астрономия, обсерватория, ака-

демия, развитие науки, развитие человека

Keywords:

Universe, scientist, earth, sun, star, astronomy, observatory, academy, development of

science, human development.


background image

30

Alfraganus University

bo‘lgan “Javome’u ilmin nujum” kitobi lotin tiliga

bir necha bor tarjima qilingan. U kishini g‘arbliklar

“al-Fraganus” deb ataydilar.

Tarix va bugungi kun ilm-fan taraqqiyoti inso-

niyat rivojlanishida nechog‘li ahamiyatli ekanligini

ko‘rsatib berdi. Turli suronli yillar hamda mustabid

tuzum davrida yurtimiz farzandlari ichidan yetishib

chiqqan olimu fuzalolarning boy ilmiy merosi qis-

man yo‘qotildi. Biz Abu Ali ibn Sinoni – Avitsenna,

Al-Farg‘oniyni – Al-Fraganus, Al-Xorazmiyni – Al-

goritm nomi bilan taniganimiz ham ayni haqiqat.

Ming shukrki, insoniy qadr-qimmatimizni, g‘urur

va sha'nimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlat-

chiligimizni tiklab bergan mustaqillik tufayli “Yangi

O‘zbekiston” nomi bilan taraqqiyotning mutlaqo yangi

bosqichiga qadam qo‘ydik. Albatta, bu qutlug‘ qadam

davlatimiz rahbari tashabbusiga ko‘ra ilm-fan bilan

hamnafas tarzda tashlanmoqda.

O‘rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olim-

lar orasida buyuk astronom, matematik va geograf

al-Farg‘oniy salmoqli o‘rin egallaydi. Olimning

to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn

Kasir al-Farg‘oniydir. Manbalarda uning farg‘ona-

lik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma’lumotlar

saqlanmagan.

Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, O‘rta

asrlarda musulmon o‘lkalarida bo‘lgan an’anaga bi-

noan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mam-

lakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha

Xorazmning poytaxti bo‘lgan Kotni, keyingi poytaxti

Gurganjni ham Xorazm deyishgan. Ba’zi arab mam-

lakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan.

Misrning poytaxti Qohirani – Misr, Shom (Suriya)

ning poytaxti Damashqni – Shom deyilishi shundan.

Ana shu odatga ko‘ra, O‘rta asrlardagi Farg‘ona vo-

diysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg‘ona

deyishgan. Al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Qubo

(Quva) qishlog‘ida tug‘ilgan. Shunisi ma’lumki, al-

Farg‘oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerla-

ridagi muovini, o‘g‘li Abdullohning (bo‘lajak xalifa

al-Ma’munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan.

Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq

bo‘lgani uchundir, 806 yili Marvga noib bo‘lib tay-

inlanganida, Movarounnahr, Xuroson, Xorazmdan

olimlarni va iste’dodli yoshlarni to‘play boshlagan. Bu

olimlarning asosiy qismi Abdulloh u yerga kelganidan

avvalroq to‘plangan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli

emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq

yirik ilmiy markaz hisoblangan.

615 yili eng so‘nggi Sosoniy shahanshoh Yaz-

digard ibn Shahriyor arablar ta'qibidan qochib bu

yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini

ham olib kelganligi ma'lum. Marv arablar qo‘l ostida

ham o‘z mavqeini yo‘qotmadi, aksincha, to mo‘g‘ul

istilosigacha o‘sib bordi. Shunga ko‘ra, uning IX asr

boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy markazi

bo‘lganligi tabiiydir.

Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to‘satdan

vafot etadi va uning vasiyatiga ko‘ra, Bag‘dodda ta-

xtga katta o‘g‘li - Muhammad aya-Amin nomi bilan

o‘tiradi. Saroydagi xurosonlik a'yonlar esa Abdullohni

taxtni qo‘lga olishga da'vat etadilar. 811 yildan 813

yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o‘rtasida

taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g‘alabasi

bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi.

Natija.

O‘sha yili Abdulloh taxtga al-Ma’mun nomi

bilan o‘tiradi. Lekin u Bag‘dodga bormay 819 yilga

qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to

819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo‘lib

turadi. 819 yili al-Ma’mun butun saroy a’yonlari va

ulamolari bilan birga Bag‘dodga ko‘chadi. Ular ora-

sida al-Farg‘oniy ham bor edi. Shunday bo‘lsa ham

al-Ma’mun qo‘l ostida u tuzgan ilmiy markaz “Bayt

ul-hikmat”da ishlagan olimlar orasida al-Farg‘oniy-

ning nomi eslatilmaydi.

Buning sababi bizningcha shunday bo‘lishi mum-

kin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat

olib borardi, biri Bag‘dodning ash-Shammosiya ma-

hallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun

tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida “Bayt

ul-hikmat” olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar

edi. Ana shu olimlarning o‘zi rasadxonalari hojatidan

kelib chiqib, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirardilar va

umumiy rahbarlik Bag‘doddan turib boshqarilardi.

Balki al-Farg‘oniy Damashqdagi olimlar guruhida

bo‘lishi, al-Ma’mun uni Bag‘dodga kelishi bilanoq u

yerga yuborgan bo‘lishi mumkin. Abu Rayhon Be-

runiyning bir xabari shunday taxminga asos bo‘ladi.

Uning aytishiga ko‘ra, Bag‘dod rasadxonasining ishida

Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olim-

lar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik

va al-Farg‘oniy bilan birga ikkinchi guruh olimlar

ishlaganlar. U shuningdek, al-Farg‘oniyning Suriya

shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillar Tadmur

va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridiani bir darajasining

uzunligini o‘lchashda ishtirok etganini ham aytgan.

Nihoyat, al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi eng

so‘nggi va eng aniq xabar 861 bilan bog‘lanadi. Mav-

jud ma’lumotlarga ko‘ra, u shu yili Qohira yaqinidagi

30


background image

31

Alfraganus University

Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini

belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan. Biroq

al-Farg‘oniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga

borib qolgani haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.

Ma’lumki, al-Ma’mun Marvdan Bag‘dodga na-

faqat olimlarni, balki g‘ulomlari bo‘lmish turk askar-

larini ham olib kelgan edi. Bag‘dodga kelishi bilan u

ma’lum ma’noda lashkarni turklashtirdi: ana shu turk

askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Turk g‘ulom-

laridan biri buxorolik To‘lunni xalifa Suriya, Falastin

va Misrdagi lashkarlarning amiri etib tayinladi.

Uning o‘g‘li Ahmad esa Suriya va Misrni mus-

taqil deb e’lon qilib, To‘luniylar sulolasiga asos soldi.

Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning yaqin odami va

maslahatchisi bo‘lgani kabi al-Farg‘oniyning Misrda

paydo bo‘lganidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Al-Farg‘oniy hayotining muddati haqida ham

qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-Xo-

razmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, quyidagi xulosa-

ga kelamiz. Ma’lumki, al-Xorazmiyning nomi yozma

manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning

o‘limi munosabati bilan eslatiladi va shundan so‘ng

uchramaydi. Shunga ko‘ra, uning o‘lgan yili deb 850

yil qabul qilingan. Al-Farg‘oniyning nomi oxirgi

marta 861 yili Nilning sathini o‘lchagich uskunasini

ta’mirlash munosabati bilan eslatiladi.

Agar u al-Ma’mun bilan 819 yili Marvdan

Bag‘dodga ketayotganda 20-25 yoshlar chamasida

bo‘lgan desak, u holda uning tug‘ilgan yili deb 797

yoki 798 yilni qabul qilish mumkin. U holda uning

hayot muddati 67-68 yoshni tashkil qiladi. Demak,

1998 yili uning tug‘ilaniga 1200 yil to‘ldi.

Al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi ma’lumot-

lar juda kam bo‘lganligiga qaramay, o‘rta asrlarda

Sharqda uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim

(X asr), Ibn al-Qiftiy (XII-XIII asrlar), Abul Faraj Bar

Ebrey (XIII asr), Xoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fi-

hristchilari uni o‘z asarlarida eslatadilar.

Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Sa-

moviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”

(“Kitob al-harakat as-samoviya va javomi‘ ilm an-

nujum”) XII asrda Ovro‘poda lotin tiliga ikki marta

va XIII asrda boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima

qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi “Al-

fraganus” shaklida G‘arbda bir necha asr davomida

keng tarqaladi.

Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro‘po

universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik va-

zifasini o‘tadi. Al-Farg‘oniy asarining lotincha tarji-

masi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan bo‘lib, u

eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi.

1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi

Yakob Golius al-Farg‘oniy asarining arabcha matnini

yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng,

al-Farg‘oniy va uning asarining Ovro‘podagi shuhrati

yanada ortdi.

Ovro‘po Uyg‘onish davrining buyuk namoyan-

dalaridan biri bo‘lgan mashhur olim Regiomontan

XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astro-

nomiyadan ma’ruzalarni al-Farg‘oniy kitoblaridan

o‘qigan. Al-Farg‘oniy nomini Dante (XV asr) va Shiller

(XVIII asr) ham eslagan.


background image

32

Alfraganus University

Ovro‘po olimlaridan Dalambr, Brokelman, X.Zuter,

I.Yu.Krachkovskiy, A.P.Yushkevich va B.A.Rozenfe-

ldlar al-Farg‘oniyning ijodini yuqori baholaganlar.

Munozara.

Hozirgi kunda al-Farg‘oniyning sakkiz asari

ma’lum bo‘lib, ularning hammasi astronomiyaga

aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima

qilinmagan. Ular quyidagilardir: yuqorida tilga olingan

asar, odatda uni “Astronomiya asoslari haqida kitob”

nomi bilan ham atashadi - qo‘lyozmalari dunyo ku-

tubxonalarining deyarli barchasida bor.

“Asturlob yasash haqida kitob” - qo‘lyozma-

lari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron ku-

tubxonalarida, “Asturlob bilan amal qilish haqida

kitob” - birgana qo‘lyozmasi Rampurda (Hindiston),

“Al-Farg‘oniy jadvallari” - qo‘lyozmasi Patnada

(Hindiston), “Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish

vaqtlarini aniqlash haqida risola” - qo‘lyozmalari

Gota va Qohirada, “Quyosh soatini yasash haqida

kitob” - qo‘lyozmalari Halab va Qohirada saqlana-

di. “Al-Xorazmiy “Zij”ining nazariy qarashlarini

asoslash” asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin

qo‘lyozmasi topilmagan. Al-Farg‘oniyning bu ro‘yxat

boshidagi ikki asaridan boshqalari hali hech kim to-

monidan o‘rganilmagan. Shubhasiz, ular o‘rganilib

tahlil qilinishi bilan al-Farg‘oniy ijodining yangi

qirralari ochiladi va olimning o‘rta asrlarda, undan

keyin Sharq va G‘arbda bu qadar mashhur bo‘lishi

sabablari ham ayon bo‘ladi.

Aytganimizdek, mazkur asarlarning birinchisi 1145

yildan boshlab lotin tiliga bir necha marta tarjima

qilingan. Bu tarjimalarning barchasida al-Farg‘oniy

ismi lotinchada “Alfraganus” shaklida yozilib, shu

shaklda fanga abadiy kirib qoldi.

Al-Farg‘oniyning bu asari astronomiyadan eng

sodda darslik bo‘lib, unda murakkab geometrik

shakllar va matematik formulalar, hisoblashlar

keltirilmagan. Bu esa astronomiyadan boshlang‘ich

ma’lumotlarni o‘zlashtirishni ancha osonlashtirgan.

Balki buyuk Regiomontan asarning shu xususiya-

tini anglab, o‘zining universitetlardagi ma’ruzalari

uchun qo‘llanma sifatida al-Farg‘oniyning ana shu

asarini tanlagandir.

Shunday qilib, buyuk ajdodimizning bu asari

Ovro‘po Uyg‘onish davridagi va undan ancha keyin-

gi davrdagi madaniyat rivojida sezilarli rol o‘ynadi.

Asarning iqlimlar nazariyasiga ko‘ra bayon qilingan

geografik bo‘limi diqqatga sazovordir. Mamlakat va

shaharlarning nomlariga qaraganda, al-Fargoniy

al-Xorazmiyning geografik asari bilan tanish bo‘lgan

yoki u ham al-Xorazmiy foydalangan manbadan foy-

dalangan, chunki ikkala muallifda ham bu nomlar

bir xil.

Geografik bo‘lim (9-bob) bunday atalgan: “Yer-

dagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari

va har bir iqlimdagi narsalar haqida”. Bundan so‘ng,

yetti iqlimning hammasi ulardagi mamlakatlar vi-

loyatlari va shaharlari bilan birga tavsiflanadi. Shuni

ham aytish kerakki, o‘rta asrlarda arab tilida yozilgan

geografik asarlarning eng birinchisi al-Xorazmiyning

“Kitob surat-ul-arz” asari edi.

Unda al-Xorazmiy yetti iqlimdagi dengizlar,

mamlakatlar, tog‘lar, daryolar, ko‘llar va shahar-

larning tavsifini keltirgan edi. Bunda u tavsifni rub’i

ma’murning eng g‘arbiy chekkasidan, ya’ni Afri-

kaning Atlantika okeani qirg‘og‘igacha, ya’ni Tinch

okeanidagi Yaponiya orollarigacha davom ettiradi.

Tavsif kenglama yo‘nalishida ekvatorial yerlardan to

shimoliy qutbiy yerlargacha davom etadi.

Iqlimlarning al-Farg‘oniy keltirgan tavsiflash

usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy

o‘zining tavsiflash usulida Ptolemey an’anasiga asos-

langan bo‘lsa, al-Farg‘oniy hindlarning an’anasiga

asoslanib, rub’i ma’murning tavsifini eng sharqiy

chekkasidan boshlaydi. Uning iqlimlar tavsifida 3,

4, 5, 6 va 7-iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir.

Chunki bularda Markaziy Osiyoning va unga tutash

yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Shuning

uchun quyida o‘sha tavsiflarni o‘z ichiga olgan par-

chani keltiramiz.

“Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mam-

lakatining shimolidan, so‘ng Hind mamlakatidan va

so‘ngra Qobul va Kermon viloyatlaridan o‘tadi.

To‘rtinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Tibet-

dan, so‘ngra Xurosondan o‘tadiki, bunda Xo‘jand,

Usrushona, Farg‘ona, Samarqand, Balx, Buxoro,

Hirot, Amuya, Marvarrud, Marv, Saraxs, Tuye,

Nishopur shaharlari bor. Undan so‘ng Jurjon, Qu-

mis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Dailam, Ray,

Isfahondan o‘tadi.

Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan

boshlanadi, so‘ng Xurosonning shimolidan o‘tadi,

unda Toroz shahri - savdogarlar shahri bor, Navo-

kat (Navkat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turar-band

(O‘tror-hozirgi Aris) va Ozarbayjon, Arminiya (Arma-

niston) viloyati, Barda’a (Barda), Nashava (Naxchivon)

shaharlari bor.

Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Yajuj

mamlakatidan o‘tadi, so‘ng Hazar mamlakatidan

(Shimoliy Kavkaz va quyi Volga bo‘yi), Jurjon (Kaspiy)

dengizining o‘rtasidan kesib o‘tadi va Rum (Vizantiya)

mamlakatigacha boradi.

Yettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatining

shimolidan boshlanadi, so‘ng turkiy mamlakatlar-

dan (Markaziy Osiyo), so‘ng Jurjon dengizining shi-

molidan, so‘ng Rum dengizini (qora dengiz) kesib,

saqlablar (slavyanlar) mamlakatidan o‘tadi va G‘arb

dengizida (Atlantika) tugaydi”.

Keltirilgan parchadan ko‘rinadiki, al-Farg‘oniy

katta kenglikdagi o‘lkalarni tavsiflagan bo‘lsa ham,

o‘zining asl vatani Movarounnahrni mufassalroq

tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham ta’kidlash

kerakki, al-Farg‘oniyning rub’i ma’mur haqidagi

tasavvuri ancha aniq bo‘lib, har xil afsonaviylikdan

xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi

afsonaviy yerni emas, balki hozirgi Mo‘g‘ulistonning

sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan

aniq geografik hududni aytgan.

Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va kanallarda

suv sathini o‘lchab, yozib boradigan eng zamonaviy


background image

33

Alfraganus University

“Valdey” yoki okean va dengizlar suv sathini o‘lchay-

digan “Rordansa” tipidagi qurilmalar al-Farg‘oniy

kashf etgan “Miqyos an-Nil” qurilmasidan andoza

olib tayyorlangan.

Farg‘oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq

va G‘arbda mashhurdir. O‘rta asrda tabiiy-ilmiy bi-

limlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim sifatida

manbalarda, so‘nggi G‘arb va Sharq mualliflari asar-

larida, o‘z yurti O‘zbekistonda, ayniqsa, zo‘r g‘urur va

iftixor bilan tilga olinadi, o‘rganiladi, hozirgi kunda

ko‘chalar, o‘quv yurtlariga uning nomi berilgan.

Bulardan tashqari buyuk vatandoshimiz Ahmad al

Farg‘oniy taklif etgan suv sathini santimetr aniqlikda

o‘lchash usuli hozirgi kunda ham dunyo gidrologiya-

sida qo‘llaniladi.

Xulosa.

Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy

Markaz-Akademiya (“Bayt ul-Xikma”)-tashkil eti-

lib, unga barcha musulmon o‘lkalari, jumladan O‘rta

Osiyodan ham olim va fozillar to‘plandi. Bu markazda

Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy,

Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy

kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur

bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar. Movaraunnahrda

arab halifaligini hukmronligini o‘rnatilishi hamda

islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan

biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak

olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi

vujudga keldi va uning a’zolari bo‘lmish o‘z davrining

olimu-donishmandlari o‘z ijodlari bilan Movaraun-

nahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o‘lkamiz

hududidan islom dunyosining eng mo’tabar shaxslari,

hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi

Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmi-

ning yuqori pog’onalarida turibdi.

Адабиётлар:

1. Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T.: 2001 y. - B. 130

2. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri. – T.: 2010. – B. 225

3. Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. – Kair. 1951. – S. 102. 12. Yaqut. Irshad

al-arib ila ma’rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/ Edited by S.D.Margoliouth. – Montana-Whitefish.

2010. Vol. I. –R. 88-96.

4. Muhammad Haydar mirzo. Tarixi Rashidiy. – T.: “Sharq”, 2010. – B.720

5. Nizomiddinov I. Madaniy hamkorligimiz sahifalaridan. -T.: “Fan”, 1987. – B.54.

6. Faxriy Hiraviy. Ravzat us-salotin. Javohir ul-ajoyib. – T.: 2014. – B.192.

7. Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob. Tazkira.-T.: 1993. – B.344.

Библиографические ссылки

Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T.: 2001 y. - B. 130

Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri. – T.: 2010. – B. 225

Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. – Kair. 1951. – S. 102. 12. Yaqut. Irshad al-arib ila ma’rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/ Edited by S.D.Margoliouth. – Montana-Whitefish. 2010. Vol. I. –R. 88-96.

Muhammad Haydar mirzo. Tarixi Rashidiy. – T.: “Sharq”, 2010. – B.720

Nizomiddinov I. Madaniy hamkorligimiz sahifalaridan. -T.: “Fan”, 1987. – B.54.

Faxriy Hiraviy. Ravzat us-salotin. Javohir ul-ajoyib. – T.: 2014. – B.192.

Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob. Tazkira.-T.: 1993. – B.344

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов