Социально-психологические особенности взаимосвязи ценностей и эмоционального интеллекта (На примере студентов высших образовательных учреждений)

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Рахмонова , З. (2024). Социально-психологические особенности взаимосвязи ценностей и эмоционального интеллекта (На примере студентов высших образовательных учреждений) . Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(2), 35–39. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29714
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Проблемой взаимосвязи ценностей личности и эмоционального интеллекта является возрастающая потребность молодежи, которая является главной опорой и развивающей силой страны и общества, в овладении современными профессиями, в осуществлении профессиональной трудовой деятельности как специалистов, активно участвовать в процессе межличностных отношений.По-прежнему сохраняет необходимость проведения современных психологических исследований. В статье анализируются эмпирические результаты исследования взаимосвязи эмоционального интеллекта и ценностей


background image

34

Alfraganus University

QADRIYATLAR VA EMOTSIONAL
INTELLEKT O‘ZARO ALOQADORLIGINING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

(OTM talabalari misolida)

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ

ВЗАИМОСВЯЗИ ЦЕННОСТЕЙ И ЭМОЦИОНАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА

(На примере студентов высших образовательных учреждений)

SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS
OF THE INTERACTION OF VALUES AND EMOTIONAL INTELLIGENCE
(On the example of university students)

Zarifa Ne’matovna RAXMONOVA

¹

Annotatsiya

Shaxsning qadriyatlar va emotsional intellektining o‘zaro aloqadorligi muammosi mamlakat va jamiyatning asosiy

tayanchi hamda rivojlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish, mutaxassis sifatida professional

mehnat faoliyatini olib borish, shaxslararo munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi

yillar davomida emotsional intellekt va qadriyatlar bog‘liqligi borasida zamonaviy psixologik tadqiqotlarni amalga oshirish

zaruriyatini hanuz saqlab qolmoqda. Maqolada emotsioanl intellekt va qadriyatlar o‘zaro aloqadorligini tadqiq etishga doir

empirik natijalar tahlil qilinadi.

Аннотация

Проблемой взаимосвязи ценностей личности и эмоционального интеллекта является возрастающая по

-

требность молодежи, которая является главной опорой и развивающей силой страны и общества, в овладении

современными профессиями, в осуществлении профессиональной трудовой деятельности как специалистов, ак

-

тивно участвовать в процессе межличностных отношений.По-прежнему сохраняет необходимость проведения

современных психологических исследований. В статье анализируются эмпирические результаты исследования

взаимосвязи эмоционального интеллекта и ценностей.

¹ PhD, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, Alfraganus universiteti, Toshkent, O’zbekiston Pochta: zarifarahmonova5@gmail.com ORCID:

0000000203395066

УДК: 378:316.6:159.9(575.1)


background image

35

Alfraganus University

Abstract

The problem of the interrelationship of the individual's values and emotional intelligence is the growing need of young

people, who are the main support and developmental force of the country and society, to master modern professions, to carry

out professional labor activities as specialists, to actively participate in the process of interpersonal relations. still maintains

the need to carry out modern psychological research. The article analyzes the empirical results of research on the relationship

between emotional intelligence and values.

Kalit so‘zlar:

emotsional intellekt, oliy ta’lim, talabalar, qadriyat, globallashuv, nazariya, salomatlik, sevgi, moddiyat,

mehnat.

Ключевые слова:

эмоциональный интеллект, высшее образование, студенты, ценность, глобализация,

теория, здоровье, любовь, материализм, труд.

Keywords:

emotional intelligence, higher education, students, value, globalization, theory, health, love, materialism,

work.

Kirish.

Dunyo miqyosidagi yetakchi oliy ta’lim tizimida

olib borilayotgan tadqiqotlarda shaxsning emotsional

intellekti va qadriyatlari aloqadorligi muammosini

o‘rganish, jumladan, kross-madaniy va sport psixo-

logiyasiga oid izlanishlarda emotsional intellekt va

qadriyatlar bog‘liqligi muammosini tadqiq qilish asosiy

masala sifatida uning etnomadaniy, differensial-

psixofiziologik ko‘rsatkichlarini aniqlashga yo‘naltiril-

gan. Ammo, ularda yoshlardagi emotsional intellekt

va qadriyatlar aloqadorligining ijtimoiy-psixologik

xususiyatlari talabalar misolida maxsus ilmiy tadqiqot

ob’ekti sifatida o‘rganilmagan.

Globallashuv sharoitida jahon miqyosida inso-

niyatning birlashuvi va integratsiyalashuv jarayoni

kuchaygan bir paytda, shaxsning farovonligini oshira-

digan, davlatlarning iqtisodiy va siyosiy jarayonlarini

tezlashtiradigan, mamlakatlar va xalqlarning tex-

nologik, fan va madaniyat yutuqlari almashinuvini

faollashtiradigan ilmiy-tadqiqotlarga talab kun sayin

ortib bormoqda. Shu o‘rinda kelajak egalari bo‘lgan

yoshlarning kasbiy, ma’naviy, intellektual, emotsioanl

yetuklik salohiyatini rivojlantirish, shaxs sifatida mu-

loqot jarayonida o‘z-o‘zini adekvat baholash va ang-

lash jarayonini ijtimoiy jihatdan samarali boshqarish

imkoniyatlarini ochib berish hamda psixologik jihat-

dan barkamol rivojlangan shaxslarni shakllantirishga

e’tibor qaratib kelinmoqda. Ma’lum empirik tadqiqot-

larda qadriyatlarning bunday taqsimlanishi muhim

va qiziqarli bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, juda ko‘p

hollarda, mavhum darajada, kishi ba’zi diqqatga sazo-

vor tub jihatlarga yo‘naltirilgan, amaliy faoliyatda esa

boshqa tub jihatlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

Material va metod.

Sh.Shvars (Schwartz Shalom H.) qadriyatlar degan-

da, muayyan jamiyat madaniyatiga, muhitiga va men-

talitetiga bevosita bog‘liq bo‘lgan “tushunib olingan”

ehtiyojlarini nazarda tutgan. Shvars so‘rovnomasi

barcha qadriyatlar ijtimoiy qadriyatlarga va individual

qadriyatlarga bo‘linishi haqidagi nazariyaga asos-

lanadi. So‘rovnoma Shalom Shvars tomonidan 1992

yilda ishlab chiqilgan. So‘rovnomani ishlab chiqishda

muallif Rokich uslubiyotidan foydalangan, bunda

uning konseptual bazasini sifat jihatidan o‘zgartirib,

kengaytirgan va takomillashtirgan [1].

Ijtimoiy psixologiya fan sifatida shaxsni keng

miqiyosdagi munosabatlar tizimida o‘rganar ekan,

turfa xil omillar orasida ta’sirchanlik va yoshlar du-

nyoqarashiga singib borishi kuchli bo‘lgan omillarga

ko‘proq e’tiborni qaratadi. Shu nuqtai nazardan ma-

salaga yondashar ekanmiz, qadriyatlarning roli va

ularning kundalik ijtimoiy xulqdagi rolini o‘rganish

ko‘plab tadqiqotlarning predmetiga aylanishi mum-

kinligini hayotning o‘zi taqazo qilmoqda.

Dunyo olimlari qadriyatlarni shaxs hayotida va

tajribasidagi benazir rolini anglagan holda, ularni

o‘lchashning vositalari, metodikalari va testlarini

taklif etishgan. Masalan mashhur M.Rokich nazariyasi

asosida ishlab chiqilgan qadriyatlarni o‘lchash testi,

rus olimlari L.Krichevskiy, S.Rubinshteyn, A.Batarshev

kabilarning testlari shular jumlasidandir. Ierusalim

universiteti professori Sh.Shvars ham qadriyatlarni

o‘lchash uchun maxsus test ishlab chiqdi va uni turli

millat vakillarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi [2].

Muallif inson hayotining asosiy to‘rt yo‘nalishlarini

nazarda tutgan holda quyidagi qadriyatlar tizimini

tasavvur etgan:

1)

ijtimoiy jabhada yangilik, innovatsiyalar ham-

da o‘zgarishlarga yo‘nalganlik;


background image

36

Alfraganus University

2)

mavjud jamiyat va uning an’analarini saqlas-

hga yo‘nalganlik;

3)

o‘zga insonlarga va ularning manfaatlarini

inobatga olishga yo‘nalganlik;

4)

o‘ziga va o‘z takomiliga intilishga yo‘nalganlik

[3].

Shvarsning talabadagi qadriyatlar tizimini o‘rganish

usuli universal metodikalardan hisoblanadi. Uni har bir

olingan talabalar guruhida o‘tkazish quyidagi bosqich-

larda amalga oshiriladi. Avvalo guruhga rejalashtirila-

digan tadbirning qisqacha ma’nosi tushuntirilib, har

bir shaxsga alohida qog‘ozlarda tartib raqami qo‘yilib,

qadriyatlar taqdim etiladi. Talaba har bir qadriyatni

diqqat bilan o‘qib chiqib, birinchi ustunga hozirgi

zamon yoshlari ma’nan ushbu qadriyatlarga nechog‘li

mosligi, reyting tizimida – eng muhimlilik darajasi

nuqtai nazaridan “1” raqamidan to “10” raqamigacha

baholab chiqiladi. So‘ngra keyingi bosqichda xuddi shu

amal shaxsan o‘zi uchun berilgan baho sifatida yana

reyting mezoni asosida belgilanadi. Hosil bo‘lgan ikki

qator o‘rtasida yaqinlik Spirmanning ranglar korrelya-

siyasi metodikasi yordamida hisoblab chiqiladi [4].

Natija.

Tadqiqotimizning empirik tahlilida hozirgi zamon

yoshlarining aksariyati o‘z hoxishlariga qarshi chiqish,

boshqalar ehtiyojini inobatga olish kabi xususiyatlar

begona emasligini isbotladi. Ayniqsa, yigitlarning

aksariyati do‘stlar davrasiga ko‘proq intilishi, ular-

ning orasida hozir, aynan shu vaziyatlar doirasida

aktual bo‘lgan muhitni qadrlashi ma’lum bo‘ldi.

Talabalardagi qadriyatlarga intilganlik hamda ham-

korlik motivatsiyasining kuchliligi hal qilinishi qiyin

bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarda o‘zini adekvat tutishini

ta’minlashi mumkin. Yoshlar davrasining kursdan

kursga o‘tgan sari qadrlanib borayotganligiga ham

bizning e’tiborimizni jalb etdi. Masalan, guruhidagi

natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ikkinchi bosqich

talabalarda qabul qilishga intilish qadriyati (54%)

rad etilishga (34%) nisbatan keskin ko‘tarilishi, har

ikkala qadriyatning tengligi (12%) kabi salbiy omilning

oshishi ham kuzatildi. Ularni yana affiliatsiya motivi

bilan solishtirganimizda 3-bosqich talabalarda qabul

qilinishga intilishga nisbatan (45%), rad etilishdan

qo‘rqish (54%) motivi yana oshdi. 4-bosqichga ke-

lib esa talabalarda qabul qilinishga intilish motivi

(58%), rad etilishdan qo‘rqish motivi (36%) va har

ikkala motivning tengligi (6%) ni tashkil etdi. Har

ikkala motivning tengligini yuqori ko‘rsatkichi, ichki

diskomfortning sakkiz foiz talabada mavjudligi, ya’ni

bo‘layotgan atrofdagi voqealarga befarqlik hissi bor-

ligini ko‘rsatadi [5].

Oliy ta’lim muassasasi talabalarida qadriyatlarning

shakllanishini ta’minlash maqsadida o‘quv mas-

hg‘ulotlarida kouching, guruhiy va hamkorlik mas-

hqlari asosida tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda tatbiq

etilgan mashqlarning ta’sirchanligi kognitiv qobi-

liyat, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi va aniqligi,

emotsional barqarorlik, hissiy sezgirlik kabi omillarga

tayanildi. Mashg‘ulotlar yakunida talabalardan qad-

riyatlari empirik o‘rganildi.

Bunda biz tanlab olgan ob’ektimiz bo‘yicha 3 ta

oliy ta’li muassasasidagi talabalarning so‘rovnomaga

bergan javoblari asosida olingan natijalar o‘rtasidagi

farqning qay darajada ahamiyatli farqlarga ega ekan-

ligini tekshirishni maqsad qilib oldik. Aynan shu hihat

tadqiqotimizdan ko‘zlangan natijalarga olib kelishiga

ishonch hosil qildik.

Munozara.

Respondentlarning vaqtni yoqimli o‘tkazish shkalasi

bo‘yicha ishonchli farqlar mavjudligini kuzatishimiz

mumkin (H= 31,190; p<0,001). Olingan natijalardan

ko‘rish mumkinki, poytaxt talabalariga nisbatan vi-

loyatdagi talabalar vaqtini yoqimli o‘tkazishni xush

ko‘rishar ekan. Viloyat (KDPI) (281,26) dagi talaba-


background image

37

Alfraganus University

larning bu shkala bo‘yicha yuqori natijasi ehtimol

ularning aksariyat qismi o‘z viloyatida, ota-onasi

hamda yaqinlari bag‘rida yashab kundalik ehtiyoj-

lar haqidagi (oziq-ovqat va boshqa ehtiyojlar uchun

pul topish muammosi, har bir narsani taqsimlash)

muammolarini o‘z uyidan uzoqda musofir bo‘lib oliy

o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarga nisbatan

kamroq o‘ylashi va sarf xarajatda bir muncha dadil-

liklaridan ham bo‘lishi mumkin.

Yuqori darajadagi moddiy ahvol shkalasi bo‘yi-

cha sinaluvchilarning aksariyat qismida ishonchli

farqlar mavjudligini kuzatishimiz mumkin (N=12,809;

r<0,01). Yuqori darajadagi moddiy ahvol shkalasi

bo‘yicha Poytaxt talabalariga nisbatan viloyat talaba-

larida yuqori ko‘rsatkich. Sababi Farg‘ona viloyatida

asosan farzandlarni yoshligidan kasb-hunarga, sav-

do-sotiqqa (asosan o‘g‘il bolalarni) ya’ni tadbirkor-

likka o‘rgatiladi talabalar moddiy ahvoli shu sababdan

yuqori bulishi mumkin.

(1-жадвал.)

Go‘zallikni topish va ulardan zavqlanish shkalasi

bo‘yicha sinaluvchilarda ishonchli farqlar mavjud-

ligini kuzatish mumkin (N=12,589; r<0,01). Olingan

natijalar tahlil etiladigan bulsa, respondentlarning

O‘zMU-223,62, TDTU-195,21, nisbatan QDPI-265,90

talabalarida har bir jarayonga proaktiv munosabatlar-

ni kuzatishimiz mumkin shu bois ularda go‘zallikni

topish va ulardan zavqlanish yuqori darajada ekanligini

ko‘rishimiz mumkin.

Sevgi – bu shkala bo‘yicha quyidagi ishonchli

farqlarni kuzatishimiz mumkin (N=21,913; r<0,001).

O‘zMU-213,77 hamda TDTU-263,00 talabalariga nis-

batan QDPI-272,44 talabalarida sevgiga sadaqat, vafo

uni avaylab asrash sevgiga bo‘lgan munosabat yuqori

darajada ekanligini ko‘rsatdi. Talabalar o‘z oilalari

bag‘rida, turli xovotirgarchilikka o‘rin yuq xotirjam

bo‘lganliklari uchun ham sevgi – bu ilohiy tuyg‘uni

qadriyat darajasida e’zozlab, ardoqlashlaridandir.

Muloqot o‘z hususiyatiga ko‘ra turli shakl va ko‘ri-

nishlarga ega. Muloqot inson amaliy faoliyatining

moddiy ma’naviy shakllarini hamda uning ehtiyoj-

larini o‘zida aks ettiradi. Muloqot shkalasi bo‘yicha

(N=46,760; r<0,001), O‘zMU – 211,27, QDPI – 290,71,

TDTU – 149,71. Muloqot ijtimoiy jarayon hisoblanib,

muloqot orqali insonlar o‘z fikrlarini bayon etadilar.

Tadqiqotimiz davomida muloqot shkalasi bo‘yicha

olingan natijalar QDPI talabalarida yuqori ko‘rsatki-

chni ko‘rsatdi. Ular asosan adabiy tilda so‘zlashishlari,

hazil mutoyibaga moyilliklari so‘zga chechanliklari –

bizga ma’lumki Farg‘ona vodiysidan buyuk shoirlar,

askiyachi-yu so‘z ustalari yetishib chiqqan. Balki mana

shunday buyuk ajdodlarimizning avlodlari bo‘lganlik-

laridandir.

(2-жадвал.)

Xususan, respondentlarning javoblariga muvofiq,

S.S.Bubnovaning “Shaxs qadriyatli oriyentatsiyasini

real tuzilishini tashxiz qilish metodikasi” bo‘yicha

Oliy o‘quv yurti talabalarida muloqot, vaqtini yoqimli

o‘tkazishni xush ko‘rish, jamiyatda ijobiy o‘zgarish-

larga erishish uchun ijtimoiy faollik shkalalari bo‘yicha

olingan natijalar ko‘rsatkichlari qolgan shkalalarga

nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi [6].


background image

38

Alfraganus University

Xulosa.

Xulosa qilib aytish mumkinki, global o‘zgarishlar,

yuksak axborot texnologiyalari davrida, birinchidan,

“Odam – ijtimoiy mavjudot” degan fikrning asosli

ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Ikkinchidan,

inson bolasi jamiyatga qo‘shilib borgan sari, ya’ni

ijtimoiylashib borgan sari o‘zini qaysi ijtimoiy guruh-

larga mansub ekanligi, qay bir guruh unga ma’qul yoki

noma’qul ekanligiga ko‘proq e’tibor bera boshlaydi.

Unda unga yordam beruvchi muhim omil – bu uning

ijtimoiy tafakkuri yoki mustaqil fikridir. “O‘zimning

guruhim” yoki “begonalar guruhi” tushunchalarining

paydo bo‘lishi esa shaxsni o‘rab turgan muhitning

qadriyatlariga, uning etnopsixologik o‘ziga xosligiga

bevosita bog‘liq. O‘tkazilgan so‘rovlarda bizning yosh-

larimiz “o‘zimniki” kategoriyasiga kiruvchi guruhlar-

ga eng avvalo oilasini, undagi qadriyatlarni tasavvur

qilishlarini aniqladik va bu holat bizningcha muhim

[7]. Chunki Amerikada o‘tkazilgan ayrim tadqiqotlarda

ularga ijtimoiy hayrixoh bo‘lgan guruhlar qatorida

eng avvalo “yaqin do‘stlar”, so‘ngra keyingi qator-

larda “ota-onalar” guruhini qayd etishgan. Chunki

bu yoshlar uchun ijtimoiy qulab-quvvatlov, yoki

hamjihatlik birinchi navbatda intim munosabatlar

yoki “hissiy emotsional bog‘liqlik” kabi tasavvurlar

bilan uyg‘unlashadi. Bizning yoshlarda esa bu tasav-

vurlar yaqin insonlari, birinchi navbatda otasi yoki

onasi, qolaversa, yaqin qarindoshlarning ma’naviy

va ruhiy ko‘magi ma’nosida aks etadi. Demak,

qadriyatlarning e’zozlanishi bola ongida “o‘zining”

hamda “begona” guruhlarni aniq differensiya qi-

lish psixologiyasini shakllantiradi. Bu biz uchun

muhim bo‘lib, ma’naviy qadriyatlarimizni, avvalo

oila qadriyatlariga nisbatan farzandlarda to‘g‘ri

munosabatni shakllantirishimiz, yoshlar ongida va

mustaqil shu o‘rinda ularga faqat yaxshilikni ravo

ko‘ruvchi insonlarni qadrlash, ularni hamisha e’tirof

etish psixologiyasini kuchaytiradi [8]. Oilani, mahal-

lani qadrlash esa yoshlarni ijtimoiy xulqini turli xil

og‘ulardan, muammolardan asrovchi omil sifatida

ma’naviy hayotimizda ijobiy rol o‘ynayveradi.


background image

39

Alfraganus University

Adabiyotlar:

1. Raxmonova Z.N. “The influence of family values on personality development”// ACADEMICIA

An International Multidisciplinary Research Jornal. Vol.11, Issue 3, March 2021.DOI: 10.5958/2249-

7137.2021.00961.7 Pg.1855-1857

2. Raxmonova Z.N., D. Abdullajonova “Motivation To Succeed, To Avoid Defeat And The Impact

Of Risk Preparedness On Womens Activism And Its Socio-Psychological Factors”// European Jornal

of Molecular&Clinical Medicine ISSN 2515-8260 Volume 07, Issue 01, 2020 Pg 3555-3561.

3. Raxmonova Z.N., Мukhamedova D., Abdullajonova D, Babadjanova C., Tukhtabekov K. “The

main directions of accounting socio-psychological characteristics of the manager of education in the process

of optimizing management activities in Uzbekistan”// Journal of Advanced Research Dynamical and Control

Systems(JARDCS) (AQSh) ilmiy jurnali (Vol.11,10-Special Issue, 2019. Pg. 1035-1038)

4. Базарова К.Т. «Социально-психологические факторы развития лидерских качеств руководителя.

На материалах транснациональной коорпорации». 2010

5. Каримова В.М. Ижтимоий психология асослари. – Toшкент, 1994. – Б. 48–54;

6. Барабанщиков В.А. Зависимость точности идентификации экспрессии лица от локализации

мимических проявлений/ В.А.Барабанщиков, Т.Н.Малкова// Вопросы психологии. – 1988. – № 5. – С.

131 – 141.

7. Бараева Е.И. Особенности мотивации достижения и избежания неудач у студентов аграр-

но-технического вуза. Педагогические Науки. Психология. № 5. 2009. С.96,97,98;

8. Басова О.А. Психологические особенности ответственности предпринимателя в процессе лич-

ностнопрофессионального развития. Автореф.дис…канд.психол.наук.-Ростов-на –Дону, 2008.-С.20

9. Белинская Е.П. Исследование личности:традиции и перспективы Социальная психология в

современном мире: Учеб.пособ.для вузов/Под.ред. Г.М.Андреева, А.И.Донцова.-М.:Аспект Прес-

с,2002.-С.42-56

Библиографические ссылки

Raxmonova Z.N. “The influence of family values on personality development”// ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Jornal. Vol.11, Issue 3, March 2021.DOI: 10.5958/2249- 7137.2021.00961.7 Pg.1855-1857

Raxmonova Z.N., D. Abdullajonova “Motivation To Succeed, To Avoid Defeat And The Impact Of Risk Preparedness On Womens Activism And Its Socio-Psychological Factors”// European Jornal of Molecular&Clinical Medicine ISSN 2515-8260 Volume 07, Issue 01, 2020 Pg 3555-3561.

Raxmonova Z.N., Мukhamedova D., Abdullajonova D, Babadjanova C., Tukhtabekov K. “The main directions of accounting socio-psychological characteristics of the manager of education in the process of optimizing management activities in Uzbekistan”// Journal of Advanced Research Dynamical and Control Systems(JARDCS) (AQSh) ilmiy jurnali (Vol.11,10-Special Issue, 2019. Pg. 1035-1038)

Базарова К.Т. «Социально-психологические факторы развития лидерских качеств руководителя. На материалах транснациональной коорпорации». 2010

Каримова В.М. Ижтимоий психология асослари. – Toшкент, 1994. – Б. 48–54;

Барабанщиков В.А. Зависимость точности идентификации экспрессии лица от локализации мимических проявлений/ В.А.Барабанщиков, Т.Н.Малкова// Вопросы психологии. – 1988. – № 5. – С. 131 – 141.

Бараева Е.И. Особенности мотивации достижения и избежания неудач у студентов аграрно-технического вуза. Педагогические Науки. Психология. № 5. 2009. С.96,97,98;

Басова О.А. Психологические особенности ответственности предпринимателя в процессе личностнопрофессионального развития. Автореф.дис…канд.психол.наук.-Ростов-на –Дону, 2008.-С.20

Белинская Е.П. Исследование личности:традиции и перспективы Социальная психология в современном мире: Учеб.пособ.для вузов/Под.ред. Г.М.Андреева, А.И.Донцова.-М.:Аспект Пресс,2002.-С.42-5

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов