Роль и значение казначейской системы в исполнении бюджетов развитых стран

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Режапов, С. (2024). Роль и значение казначейской системы в исполнении бюджетов развитых стран. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(3), 44–50. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29822
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируется казначейская система в исполнении бюджетов развитых стран. Были разработаны предложения с научными соображениями о роли и значении казначейства во Франции, Великобритании, Италии, США. В частности, раскрывается история организации казначейства во Франции, распределение его функций между Государственным казначейством и Государственной бухгалтерской службой, сбор всех финансовых средств на едином счете казначейства. Кроме того, организуются права Государственного казначейства и кадровые вопросы. Министерство финансов Великобритании, поясняется их состав. Проанализирована динамика исполнения бюджета в Италии и изучены возможности привлечения инвесторов в Италию. Проанализирована роль Казначейства в США, его структура, функции ведомств, действующих в системе. Изучена роль казначейства в учете всех видов финансовых активов и государственных долгов в казначейской системе США. По результатам исследования были сделаны выводы и разработаны научно-практические предложения.


background image

44

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

¹ o‘qituvchi, ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O’zbekiston. e-mail: srejapov1985@mail.ru. ORCID: 0009-0007-4234-5305

UDK: 342.156

RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR BUDJET IJROSIDA

RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR BUDJET IJROSIDA

G‘AZNACHILIK TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI

G‘AZNACHILIK TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ КАЗНАЧЕЙСКОЙ СИСТЕМЫ

В ИСПОЛНЕНИИ БЮДЖЕТОВ РАЗВИТЫХ СТРАН

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE TREASURY SYSTEM

IN THE IMPLEMENTATION OF THE BUDGET OF DEVELOPED COUNTRIES.

Rejapov Saydulla Xikmatullayevich ¹

Annotatsiya:

Maqolada rivojlangan mamlakatlar budjet ijrosida G‘aznachilik tizimi tahlil etilgan. Fransiya, Buyuk Britaniya,

Italiya, AQSh mamlakatlarida G‘aznachilikning o‘rni hamda ahamiyati to‘g‘risida ilmiy mulohazalar olib brogan.

Jumladan, Fransiyada g‘aznachilikning tashkil qilinish tarixi, unong funktsiyalarini Davlat G‘aznasi va Davlatning

hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi o‘rtasida taqsimlanishi hamda barcha moliyaviy resurslar G‘aznachilikning

yagona hisobraqamida yig‘ilishi ochib berilgan. Bundan tashqari Davlat G‘aznasi huquqlari, va kadrlar masalasi

organilgan. Buyuk Britaniyada G‘aznachiligi Departamenti, ularning tarkibi yoritib berilgan. Italiyada budjet ijrosi

dinamikasi tahlil qilingan hamda Italiyaning investorlarni jalb qilish imkoniyatlari o‘rganilgan. AQShda G‘aznachilikni

o‘rni, ning tarkibi, tizimda faoliyat yuritadigan departamentlar funksiyalari tahlil qilingan. AQShda g‘aznachilik tizimida

moliyaviy aktivlar va davlat qarzlarining barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob yuritishda g‘aznachilik roli o‘rganilgan.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosalar olingan va ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Аннотация:

В статье анализируется казначейская система в исполнении бюджетов развитых стран. Были

разработаны предложения с научными соображениями о роли и значении казначейства во Франции,

Великобритании, Италии, США. В частности, раскрывается история организации казначейства во

Франции, распределение его функций между Государственным казначейством и Государственной


background image

45

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

б

ухгалтерской службой, сбор всех финансовых средств на едином счете казначейства. Кроме того,

организуются права Государственного казначейства и кадровые вопросы. Министерство финансов

Великобритании, поясняется их состав. Проанализирована динамика исполнения бюджета в Италии и

изучены возможности привлечения инвесторов в Италию. Проанализирована роль Казначейства в США,

его структура, функции ведомств, действующих в системе. Изучена роль казначейства в учете всех

видов финансовых активов и государственных долгов в казначейской системе США. По результатам

исследования были сделаны выводы и разработаны научно-практические предложения.

Annoattion:

The article analyzes the Treasury system in the budget execution of developed countries. In the countries of

France, Great Britain, Italy, the USA, proposals were developed with scientific feedback on the role and importance

of the Treasury. In particular, the history of the organization of the treasury in France, the distribution of its functions

between the State Treasury and the State Accounting Service, the collection of all financial resources on a single

account of the treasury are revealed. In addition, the rights of the State Treasury and personnel issues are being

organized. UK Treasury, explains their composition. The dynamics of budget execution in Italy was analyzed and

the possibilities of attracting investors to Italy were studied. The role of the Treasury in the USA, its structure,

functions of departments operating in the system are analyzed. The role of the Treasury in accounting for all types

of financial assets and government debts in the US treasury system has been studied. Based on the results of

the study, conclusions were drawn and scientific and practical proposals were developed.

Kalit so‘zlar:

budjet, g‘aznachilik, daromad, xarajat, mexanizm, siyosat.

Ключевые слова:

бюджет, казначейство, доходы, расходы, механизм, политика.

Keywords:

budget,

treasury, income, cost, mechanism, policy.

Kirish

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida

chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini

boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Shunga ko‘ra budjet mablag‘larini ijrosini samaradorligini

oshirishni rivojlangan mamlakatlarda g‘aznachilik rolini o‘rganib, mamlakatda foydalanish imkoniyatlarini organish

muhim ahamiyatga ega.

Budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi mexanizmlardan biri – davlat budjet

ijrosining g‘aznachilik tizimidir. Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, budjet

jarayonini samarali tashkil qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo‘lmaydi. Buni

hattoki, zamonaviy iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham

asosli ravishda e’tirof etmoqdalar. Negaki, g‘aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini yagona g‘azna

hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning esa ilk

va joriy nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat yuqori operativlikda ijro etish imkoniyatining kengayishiga

xizmat qiladi.

Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o‘zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy jihatdan

yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo‘nalishida institutsional islohotlar keng

ko‘lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat budjet ijrosiga dunyo tan

olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, budjet mablag‘laridan natijakor foydalanishni ta’minlab beruvchi

g‘aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e’tirof bilan tilga olish lozim.

Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat budjetni ijro etishda asosiy

mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda xorij mamlakatlarining

tajribasi muhim o‘rin egallaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat budjet ijrosini boshqarish asosan, g‘aznachilik tizimiga

asoslanib amalga oshiriladi. Davlat budjet ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi respublikaning

iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda budjet islohotlarining ulkan yo‘nalishlaridan biri deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi.


background image

46

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati budjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida to‘plash bilan bir

qatorda budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish uchun ham budjet xarajatlarining nazoratiga bo‘lgan ehtiyojning

kuchaytirilishini talab qiladi. [2]

Mamlakatimizda davlat budjetining g‘azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati, jumladan,

barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini qo‘lga kirita boshlanimizdan so‘nggina muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekiston

Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo‘yicha ham keng qamrovga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli natijani

berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat budjet g‘azna ijrosining omadli

tarzda joriy qilinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi, deya aytish mumkin.

Rivojlangan mamlakatlar budjet ijrosida g‘aznachilikning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar va

makroiqtisodiy tahlil bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan yetuk mutaxassislar bo‘lganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Jumladan, T.Eshnazarov [2], G.Qosimova [3], Sh.Shodmonqulovalar [4] mamlakat budjet ijrosida xorijiy tajribalarni

joriy qilinishning xususiyatlari hamda yo‘nalishlari haqida fikrlar yuritishgan. Ular o‘zlarining tadqiqotlarida budjet

ijrosiga doir tushunchalarga ta’rif berib o‘tishgan.

D.Tashmuhamedovaning[11] “G‘aznachilik asoslari” darsligida budjet tizimi budjetlari g‘azna ijrosini tashkil

etishning nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan bo‘lib, unda davlat budjeti g‘azna ijrosining mohiyati va

ahamiyati, g‘azna ijrosini tashkil etish mexanizmi yoritib berilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya, deduksiya, sintez kabi usullardan foydalanilgan. Xorijiy mamlakatlar

jumladan Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va AQShda davlat budjeti ijrosi jarayoni taʼminlashda davlat budjetini

daromadlari, xarajatlari dinamikasi, ayrim tarmoq va yo‘nalishlar bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘larning yillik

maʼlumotlaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Fransiya mamlakatining budjet ijrosida G‘aznachilikning o‘rni. Fransiyada g‘aznachilikning tashkil qilinishi XII-

XIV asrlarda to‘g‘ri keladi, shu paytga kelib, birinchi marta davlat puli va qirolning mulki bir-biridan ajratib olindi.

Harbiy va yirik kapital chiqimlar katta moliyalashtirishni talab qilganligi sababli tarmoqlangan tizim orqali pulni

yig‘ish va markazlashtirish ehtiyoji tutildi. XX asrlarda g‘azna birligi, ya’ni Markaziy bankda yagona g‘azna hisobi

tamoyili tarkib topdi, g‘aznaning ma’muriy tizimi shakllantirildi, unga davlat hisob-kitobi tarmog‘i va pul nazorati

berildi hamda Moliya vazirligiga bo‘ysindirildi.

Fransiyada G‘aznachilik funktsiyalari Davlat G‘aznasi va Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi

o‘rtasida bo‘lingan. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi: Davlat G‘aznasi

Moliya Vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi Budjet vazirligining tarkibiga kiradi. Fransiyada

barcha moliyaviy resurslar G‘aznachilikning yagona hisobraqamida yig‘iladi, bu mablag‘larning miqdori Markaziy

Bankda joylashgan barcha tushumlar va to‘lovlar yig‘iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. Davlat G‘aznasi

quyidagi huquqlarga ega:


background image

47

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

budjet mablag‘lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz

talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo‘yicha naqd pullarni va davlat

tashkilotlarining huquqi bo‘lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi;

buyruqga asosan, kreditorlarning talabi bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlar to‘lovini amalga

oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi;

davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablag‘larini va moddiy boyliklarni

saqlashni va qo‘riqlashni ta’minlaydi;

naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi;

amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob-kitobi bo‘yicha yuritiladigan

xujjatlarni saqlaydi;

buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi.

Davlat buxgalterlari mintaqalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, mahalliy davlat tashkilotlari bo‘yicha

hisob-kitob yuritadilar. Davlat buxgalterlari budjet mablag‘lari taqsimlovchilarini moliyaviy maslahatchilaridir.

Budjetning xarajatlar bo‘yicha ijrosi Budjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Budjet derektorati o‘z tizimiga

qarashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag‘larni xarajat qilish sur’atlarini nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq

nazorat qilinadi: Fransiyadagi G‘aznachilik Avstraliyadagi G‘aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini

boshqaradi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, muomalaga qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularning

hajmiga, to‘lov muddatiga va tarkibiga bog‘liq masalalarni yechadi.

Fransiyadagi g‘aznachilik tizimi faoliyatining eng muxim tomonlaridan biri shundaki, kadrlar masalasiga alohida

e’tibor beriladi. Fransiyadagi Davlat G‘aznasi organlarida 58000 xodim ishlaydi, o‘tgan yillar mobaynida Davlat

G‘aznasi Bosh Boshqarmasi kadrlarni sifatli tanlash va xodimlarni samarali boshqarishga alohida e’tibor beradi.

1998-yili talab darajasida kasb xodimlarini tayyorlashga yo‘naltirilgan kadrlarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalash

amalga oshirildi. Mazkur tizimda mablag‘lar harakati va ulardan maqsadli foydalanish ustidan joriy va keyingi

nazoratni kuchaytirishga oid qonunlarni, me’riy hujjatlarni, yo‘riqnomalarni bilmasdan turib, g‘aznachilik organlaridagi

mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligisiz ishni tashkil etish mumkin emas.

Shu o‘rinda Yevro Ittifoq tarkibiga kiruvchi yana bir mamlakat Italiya budjet ijrosi haqida ham aytadigan bo‘lsak,

Italiya Budjet ijrosi quyidagi tarkibiy bo‘linmalarni o‘z ichiga olishi ko‘rishimiz mumkin. Ular quyidagilar:

-

G‘aznachilik Departamenti,

-

Soliq siyosati Departamenti,

-

Bosh buxgalteriya Departamenti.

Soliq siyosati departamenti davlatning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va daromadlari sohasidagi budjet

siyosatini amalga oshiradi .

Bosh buxgalteriya Departamenti o‘z faoliyatini nafaqat tarmoqlar va soxalar iqtisodiyotini boshqarish balki,

Markaziy Bank boshqaruvini ham amalga oshiradi.

Italiyada yillar kesimida turli davlat rahbarlari davrida budjet dinamikasi farqli ko‘rsatkichlarga ega. Djuzeppe

Konte Bosh vazir bo‘lgan davrida 2019-yil budjet eng yuqori ko‘rsatkich bilan ajralib turdi (1-rasm).

1-rasm. Italiya budjet daromadlari va xarajatlari dinamikasi[6]

Italiyaning xususiy-davlat iqtisodiyoti ko‘plab investorlarni jalb qilish imkonini beradi. Bunday aralash tizim

ularga xavfsiz operatsiyalarni, barqaror va maqbul, nazorat qilinadigan narx darajasini kafolatlaydi. Davlat bu

yerda 3 foizdan ko‘p bo‘lmagan inflyatsiyani jilovlashni ta’minlab, umuman qulay investitsiya muhitini yaratmoqda.

Shu bilan birga, Italiya iqtisodiy tizimi tovarlarni, shuningdek, tegishli mahsulotlarni yaratishda texnologik

jarayonlarni rivojlantirishda innovatsion, dadil yechimlarni joriy etish imkonini beradi.


background image

48

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘aznachilik departamenti faoliyati. AQShda G‘aznachilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga

bo‘ysunadi va keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funktsiyalarni bajaradi. Budjet jarayonida budjetni tayyorlashga

javob beradigan Ma’muriy-budjet boshqarmasi, auditga va nazoratga, hisob-kitob ishlariga javob beradigan Bosh budjet-

nazorat boshqarmasi kabi muassasalar qatnashadi, Soliq boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi G‘aznachiliknig bir

qismi hisoblanadi. G‘aznachilik barcha tushumlarni va to‘lovlarni Nyu-Yorkdagi Federal rezerv bankida o‘zining bosh

hisobraqami orqali nazorat qiladi. G‘aznachilik barcha soliqlarni va boj to‘lovlarni yig‘adi, markazlashgan holda barcha

yig‘imlarning yig‘ilishini va ba’zi muassasalarga xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlaydi. Tushumlarni yig‘ishda bank tizimidan

foydalaniladi. G‘aznachilik departamenti kompaniyalarning likvidliligi uchun javobgardir.G‘aznachi kassa aylanmasini

nazorat qilib turib ushbu informatsiya orqali kapital o‘sishini ta’minlashi kerak.

Shuningdek, departament investitsiyalarga yo‘naltirilgan aktivlarni ximoya qilishi kerak. Tarmoq departamentlari

mablag‘larning to‘g‘ri va samarali ishlatilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi. Barcha xarajatlar tasdiqlangan

budjet parametrlari doirasida budjetdan mablag‘ oluvchilarning so‘rovi asosida G‘aznachilik tomonidan to‘lanadi,

bunda cheklardan va elektron pul o‘tkazish vositalaridan foylaniladi. Budjetdan ajratilgan mablag‘lar tarkibi ham

g‘aznachilik tomonidan, ham Ma’muriy-budjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. Shuningdek, AQShda

G‘aznachilik boshqa mamlakatlardagi kabi davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni va hisobini nazorat qiladi

hamda ularning to‘lov muddatlarini belgilaydi va auktsionlarda ularni joylashtirishni nazorat qiladi. Shu bilan birga,

G‘aznachilik davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozori qoidalarini belgilaydi, G‘aznachilik qisqa muddatli

kassa talablarini qoplash uchun doimiy haftalik qimmatli qog‘ozlarni chiqaradi.

Shuningdek, AQSh g‘aznachilik departamenti kompaniyalar o‘z biznes operatsiyalarini amalga oshirishi uchun

kassa mablag‘lari etarliligini kafolatlaydi.

G‘aznachilik buxgalteriya hisob-kitobiga javob beradi, oylik va yillik moliya hisobotlarini tayyorlash uchun

ma’lumotlar yig‘adi va muassasalar uchun me’yoriy hujjatlar tayyorlaydi. Ichki nazorat va audit funksiyalarini

tarmoq departamentlaridagi bosh inspektorlar bajaradilar. Federal hukumat federal mablag‘lari hisobidan

moliyalashtiriladigan mahalliy dasturlar bo‘yicha tekshiruvni amalga oshiradi. AQShda G‘aznachilik va Budjet

departamentlari faoliyati aniq muvofiqlashtirilgan. G‘aznachilik budjet tushumlari to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlaydi

va makroiqtisodiy asoslarni ishlab chiqishda qatnashadi. Ma’muriy-budjet boshqarmasi Prezident Kongressiga

taqdim qilinadigan xarajatlar smetasini tayyorlaydi, shuningdek, turli darajadagi budjetlarni umumlashtiradi.

AQShda g‘aznachilik tizimida moliyaviy aktivlar va davlat qarzlarining barcha turlari bo‘yicha hisob-kitob

yuritiladi. G‘aznachilik ning bosh kitobida moliyaviy aktivlarning hisobi olib boriladi. G‘aznachilik davlatning ichki

va tashqi, qisqa va uzoq muddatli qarzlarni boshqarish va moliyaviy majburiyatlar uchun javob beradi, qarzlar

bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi.

2-rasm. Rivojlangan mamlakatlarning harbiy yo‘nalish budjet mablag‘i[8]

AQSHda mamlakatning budjetni asosiy manbayi harbiy sohadan olinadigan daromad hisoblanadi. Mamlakat

dunyo miqyosida harbiy jihozlar va qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turganligi sababli


background image

49

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

ham uning budjet daromadlarining katta qismi harbiy yo‘nalish yaratadi. Mamlakatda harbiy yo‘nalishning budjeti

610 mlrd.dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 84,5 mlrd. dollarga tengdir (2-rasm).

Buyuk Britaniya budjet ijrosida G‘aznachilik tizimining ahamiyati. Buyuk Britaniya G‘aznachiligi mamlakat

moliyaviy va iqtisodiy boshqaruv siyosatini yuritishga javobgar hisoblanadi.Uning tarkibiga Buyuk Britaniya

G‘aznachilik Kansleri, Boshqaruv G‘aznachiligi , Doimiy kotib kiradi.

Buyuk Britaniya G‘aznachiligi quyidagi Departamentlar orqali mamlakatdagi budjet ijrosini ta’minlaydi:

-

Davlatning moliyaviy va budjet Departament;

-

Moliyaviy oqimni boshqarish Departamenti;

-

Ishlab chiqarish va moliyaviy nazorat Departamenti;

-

Makroiqtisodiy siyosat va xalqaro aloqalar Departamenti;

-

Davlat xizmatlari Departamenti.

Buyuk Britaniya budjet ijrosida G‘aznachiligini tashkil qiluvchi yuqoridagi Departamentlarning o‘ziga xos vazifasi

mavjud. Budjet va davlat moliyasi departamenti mamlakat budjetni asosini tashkil qiluvchi soliqlarni tartibga solish

ya’ni, samarali soliq siyosatini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Moliyaviy boshqaruv departamenti bo‘lsa, mamlakat moliyaviy boshqaruv siyosatini ishlab chiqadi va uni

tarmoqlar hamda soxalarda amaliyotga tatbiq etilishni ta’minlaydi.

Davlat xizmatlari departamenti Buyuk Britaniya aholi va tashkilotlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul

hisoblanadi. Moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirish ham ushbu department vazifasiga kiradi.

Moliyaviy nazorat departamenti mamlakat miqyosidagi ishsizlik va inflyatsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan

davlat siyosatini ishlab chiqadi.

Makroiqtisodiy siyosat va xalqaro aloqalar departamenti davlat xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish

siyosatini ishlab chiqadi.

Jamg‘arma hisobvarag‘iga kelib tushadigan asosiy tushumlar soliqlar bo‘lib, ular taxminan Buyuk Britaniya

budjetining 95 foizini tashkil qiladi.

Konsolidatsiyalangan budjet jamg‘armasi xarajatlari ikkita guruh xarajatlarini o‘z ichiga oladi: parlament

tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar (mudofaa, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy soha) va shartli ravishda

belgilangan xarajatlar, parlamentda ko‘rib chiqilmaydi (davlat qarzini tashkil qiluvchi xarajatlar).

3-rasm. Buyuk Britaniya budjet dinamikasi[7].

Buyuk Britaniya budjet defitsitligi 2020-2021-yillarda yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Mamlakat budjeti ushbu

davrda 320 mlrd.funtga teng bo‘lgan miqdorda budjet defitsitligini qayd etgan (3-rasm).

Xulosa

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va albatta,

fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi o‘tkazilayotgan tub islohotlar

mohiyati moliya tizimida davlat budjet ijrosini takomillashtirish, g‘aznachilik tizimining joriy qilinishi sanaladi. Bundan

ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — budjet mablag‘larini samarali boshqarish, budjet mablag‘larining moliyaviy

nazoratini kuchaytirish va barcha budjet tashkilotlarining xarajatlarini boshqarishda g‘aznachilik faoliyatining joriy

qilinishiga, amalda bo‘lishiga erishishdir.

Davlat budjetning g‘azna ijrosi davlat budjet va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini,


background image

50

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna

hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu

esa davlat budjet, budjetdan tashqari fondlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, davlat qarzlari

va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag‘larining

samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to‘g‘risida operativ tarzda ma’lumotlarni

jamlash imkonini yaratadi.

Xorijiy davlatlar amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo‘lgan mamlakatlarda

davlatga qarashli mablag‘lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo‘lgan G‘aznachilikning yagona hisobraqamida

to‘planadi. Davlat qarzlarini boshqarish g‘aznachilikka yuklatilgan. G‘aznachilik muomalaga qimmatli qog‘ozlar

chiqarishni, hajmini va to‘lov muddatini nazorat qiladi, ularning tarkibiga bog‘liq barcha masalalarni hal etadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko‘r-ko‘rona, sun’iylik bilan tadbiq etib

bo‘lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o‘rtasida shunday an’anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni

mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog‘ida ularni e’tiborga olmaslik turli nohush holatlarga olib kelishi

mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini,

iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda, qo‘llash va ijobiy foydalanish

maqsadga muvofiqdir.

Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat budjetning g‘aznachilik tizimini O‘zbekiston

Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan

tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish uchun

imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning ta’minotdir. Yana aytish

joizki, davlat budjetda mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish maqsadida ham g‘aznachilik tizimi

joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish

bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga sabab bo‘ldi.

1. Steven M. Bragg “TREASURY MANAGMENT” O‘quv qo‘llanma.2010 y.

56-bet.

2. Eshnazarov T. “Davlat budjetning g‘azna ijrosini rivojlantirish omillari. Budjet

ijrosiga g‘aznachilik tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-

amaliy konferensiya materiallari to‘plami 2-son. Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA»

nashriyoti, 2011 y.

3. G.A.Qosimova “Davlat budjet ijrosining g‘aznachilik tizimi” Darslik Toshkent: «IQTISOD-

MOLIYA» nashriyoti, 2011 y. 112-120-betlar.

4. Shodmonqulova Sh. “G‘aznachilik tizimining joriy qilinishining davlat moliyasi tizimidagi

ahamiyati” Ta’lim sohasidagi ishlanmalar bo‘yicha xalqaro Amsterdam konferensiya maqolalar

to‘plami 4-son, 2017 y. 129-134-betlar.

5. https://report.az/ru/drugie-strany/sovmin-italii-utverdil-byudzhet-na-2022-god/

6. https://take-profit.org/statistics/government-budget/italy/

7. https://www.fx.co/ru/analysis/305981

8. https://vido.com.ua/article/13085/infoghrafika-naskolko-vielik-oboronnyi-biudzhiet-ssha/

9. https://visasam.ru/emigration/economy/ekonomika-italii.html

10. https://www.lawfirmuk.net/post/mini-byudzhet-velikobritanii-na-2022-god

11. D.A.Tashmuxamedova. G‘aznachilik asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.:Iqtisod-moliya, 2018.

304 b.

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

Steven M. Bragg “TREASURY MANAGMENT” O‘quv qo‘llanma.2010 y. 56-bet.

Eshnazarov T. “Davlat budjetning g‘azna ijrosini rivojlantirish omillari. Budjet ijrosiga g‘aznachilik tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” Respublika ilmiyamaliy konferensiya materiallari to‘plami 2-son. Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2011 y.

G.A.Qosimova “Davlat budjet ijrosining g‘aznachilik tizimi” Darslik Toshkent: «IQTISODMOLIYA» nashriyoti, 2011 y. 112-120-betlar.

Shodmonqulova Sh. “G‘aznachilik tizimining joriy qilinishining davlat moliyasi tizimidagi ahamiyati” Ta’lim sohasidagi ishlanmalar bo‘yicha xalqaro Amsterdam konferensiya maqolalar to‘plami 4-son, 2017 y. 129-134-betlar.

https://report.az/ru/drugie-strany/sovmin-italii-utverdil-byudzhet-na-2022-god/

https://take-profit.org/statistics/government-budget/italy/

https://www.fx.co/ru/analysis/305981

https://vido.com.ua/article/13085/infoghrafika-naskolko-vielik-oboronnyi-biudzhiet-ssha/

https://visasam.ru/emigration/economy/ekonomika-italii.html

https://www.lawfirmuk.net/post/mini-byudzhet-velikobritanii-na-2022-god

D.A.Tashmuxamedova. G‘aznachilik asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.:Iqtisod-moliya, 2018. 304 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов