Инновационные способы формирования информационных инфраструктур промышленных предприятий в условиях цифровизации

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Алиев, А. (2024). Инновационные способы формирования информационных инфраструктур промышленных предприятий в условиях цифровизации. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(3), 56–59. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29824
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье говорится о важности цифровизации экономики, которая сегодня считается потребностью часа, и о том, насколько она эффективна для человечества и образа жизни государства и предприятий, и как сделать уровень жизни этой страны равным в развитые страны мира и вместе с этим развивать информационные инфраструктуры инновационными способами в условиях цифровизации.


background image

56

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

¹ o’qituvchi. ALFRAGANUS UNIVERSITY. Toshkent, O’zbekiston. e-mail: azimjon.aliyev00@mail.ru. ORCID: 0009-0007-9885-8695

UDK: 331.107.8

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA SANOAT

KORXONALARINI AXBOROT INFRATUZULMALARINI

SHAKILLASHTIRISHNI INNOVATSION YO’LLARI

INNOVATIVE WAYS OF FORMING INFORMATION INFRA STRUCTURES

OF INDUSTRIAL ENTERPRISES UNDER DIGITALIZATION CONDITIONS

ИННОВАЦИОННЫЕ СПОСОБЫ ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННЫХ ИНФРАСТРУКТУР ПРОМЫШЛЕННЫХ

ПРЕДПРИЯТИЙ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВИЗАЦИИ

Aliyev Azim Tolip o’g’li ¹

Annotatsiya:

Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va

uning insoniyat hamda davlat va korxonalar hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush

darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish va shu bilan birgalikda raqamlashtirish sharoitida

axborot infratuzulmalarini innovatsion yo’llar bilan rivojlantirish haqida boradi.

Kalit so’z:

Raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar.


background image

57

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Kirish.

Eng avvalo raqamlashtirish nafaqat odamlar turmush tarzi, balki tafakkurini ham oʻzgartiradi. Oʻzbekiston oʻz

oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning

rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib sharoit

yaratib berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, keyingi yillarda Oʻzbekistonning

shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Xususan, nufuzli “The Economist” jurnali

dunyoning ikki yuzga yaqin davlatlari orasidan Oʻzbekistonni “Yil mamlakati”, deb topgani fikrimiz tasdigʻidir. Yaʼni

ushbu nashr Oʻzbekistonni 2019-yili dunyoda eng koʻp yaxshi tarafga oʻzgargan mamlakat, deb topdi. Eʼtiborlisi,

yangilik Oʻzbekistongacha Markaziy Osiyoning biror bir davlati bunday eʼtirofga loyiq koʻrilmagani bilan ham oʻziga

xos ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, respublikamiz yaqin-yaqingacha, aksariyat tahlilchilar tomonidan jahonning

“eng yopiq” davlatlaridan biri sifatida qiyos berib kelinardi. Ochigʻini aytganda, mamlakatimiz haqidagi bunday nekbin

mujda xalqaro miqyosda katta aks sado berdi. Bu, albatta, yurtimizda qisqa vaqt davomida oqilona yoʻlga qoʻyilgan

ichki va tashqi siyosatning amaliy ifodasidir, desak, ayni haqiqat.Bularning barchasiga raqamli iqtisodiyotning o’rni

katta desak mubolag’a boi’lmaydi.

Raqamli iqtisodiyotning oʻzi nima?

Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga

joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirishdir. Raqamli iqtisodiyot — iqtisodiy, ijtimoiy va

madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qoʻllash asosida amalga oshirish mumkin boʻlgan tizimdir. Dastlab

bu iborani amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda kiritgan boʻlsada, u bugungi kunda barcha sohada

keng qoʻllanilmoqda. Raqamli iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyani

raqamlashtirish texnologiyalarini qoʻllab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona tizimidir. Iqtisodiyotni

raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyati tugʻiladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish

kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatidir. Raqamli iqtisodiyot nafaqat davlat

uchun balki korxonalar uchun bu muhim masala.

Materiyallar va metod. Sanoat axborot infratuzulmalari va uni innovatsin rivojlarirish. O‘zbekistonda faoliyat

ko‘rsatayotgan korxonalar faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, 2020-yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik

va o‘rta korxonalar hamda infratuzilma ob’ektlari barpo etildi. Jumladan, “Navoiyazot”da ammiak va karbamid

ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida

suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi.

Birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stantsiyasini

barpo etish ishlari boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 mlrd dollar bo‘lib, 2700 megavatt quvvatga ega. Qishloq

xo‘jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to‘liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni

bir yilda o‘rtacha 10 % ga oshirish imkonini yaratdi. Meva-sabzavotchilik, g‘allachilik va chorvachilikda ham 500 ga

yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida, 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport

qilindi. 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi, 133 ming gektar maydonda suvni tejaydigan

Annotation:

The article talks about the important importance of digitization economy, which is considered the need of the

hour today, and how effective it is for humanity and the way of life of the state and enterprises, and how to make

the living standards of this country equal to the developed countries of the world and simultaneously develop

information infrastructures in innovative ways in the conditions of digitization.

Key words:

Digital economy, industrial enterprises, digital technologies, innovations

Аннотация:

В статье говорится о важности цифровизации экономики, которая сегодня считается потребно-

стью часа, и о том, насколько она эффективна для человечества и образа жизни государства и пред-

приятий, и как сделать уровень жизни этой страны равным в развитые страны мира и вместе с этим

развивать информационные инфраструктуры инновационными способами в условиях цифровизации.

Ключевые слова:

Цифровая экономика, промышленные предприятия, цифровые технологии, инновации.


background image

58

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

texnologiyalar joriy etildi. Tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab imtiyoz va yengilliklar berildi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga 100 trln so‘m kreditlar ajratildi [2]. 2020-yilda 1903 ta korxonalardan eng yuqori sof foyda

olgan umumiy foydasi 9,5 trln so‘m bilan 20 ta korxona va umumiy hisobda 6,1 trln so‘m bilan zarar ko‘rgan 10 ta

korxona tashkil etdi [3]. Tahlil natijalariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida O‘zbekistondagi tadbirkorlik sub’yektlarining

taxminan 50 % i yangi tashkil etilgan korxonalarga tog‘ri keladi.

1-rasm. O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni diagrammasi, yillar

kesimida.

2021-yilning1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 533 mingdan ziyod korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib,

shundan 501 mingtasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan

yilning mos davriga (419577 ta) nisbatan 82166 taga oshib, o‘sish sur’ati 119,6 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida

faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishi qayd etildi, xususan,

Toshkent shahri (13958 ta), Samarqand (7995 ta) va Toshkent (7564 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida

yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari sonining o‘tgan yilga nisbatan Qashqadaryo (2797 ta), Farg‘ona (1175

ta), Buxoro (791 ta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (537 ta) sezilarli o‘sishi kuzatildi. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimi

bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich savdo sohasida 31745 ta, sanoat 15029 ta, qishloq, o‘rmon va

baliqchilik xo‘jaligida 12641 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa boshqa sohalarga nisbatan kamroq

1368 tani tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan solishtirilganda eng yuqori o‘sish sanoat (2279

ta) va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (1759 ta)ga to‘g‘ri kelib, axborot va aloqa sohasida esa boshqa sohalarga

nisbatan kamroq (392 ta) o‘sish kuzatildi. 2021-yil 1-may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning

salmoqli qismi 439927 tasi yoki 87,7 % tadbirkorlik subektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu

davriga nisbatan 122,6 % ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori o‘sish qishloq, o‘rmon va baliqchilik

xo‘jaligi (140 %), savdo (128,5 %) hamda axborot va aloqa (121,3 %) sohalarida kuzatilgan bo‘lsa, hududlar kesimida

esa Qashqadaryo (134,6 %), Surxondaryo (131,4 %), Samarqand (128,3 %), Buxoro (125,3 %) va Jizzax (124,9 %)

viloyatlariga to‘g‘ri keldi [4]. O‘zbekistonda sanoat, xizmatlar sohasi, investitsiyalar va xususiy iste’molning jadal tiklanishi

sharoitida mamlakat iqtisodiyoti 2022-yilda 5,5 % ga o‘sishi kutilmoqda [5,6]

2-rasm. O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari


background image

59

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Sanoat korxonani axborot infratuzulmalari ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati

uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi

sohalar nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular

hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy va shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy

resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab

chiqarish ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — Yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv

xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar) va ijtimoiy-maishiy infratuzilma

(aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar —sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy

xizmat va boshqalar) ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi

insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini

harakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga

oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoq ishlab chiqarish

majmualari va hududiy infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar ishlab chiqarish va inson

uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni

hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilma ni yaratuvchi mehnat ham unumli

hisoblanadi. Infratuzilma ning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.

Xulosa.

Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish

zarur. Shu o‘rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan

ta’sirchan choratadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog‘onaga ko‘tarilib, 52 o‘rinn

egalladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat

boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib

bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning

qamrov darajasiga tayanadi. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar

asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda

innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo‘llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Adabiyotlar:

1) E.X. Maxmudov “Korxona Iqtisodiyoti” O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2006-yil

2) https://review.uz/uz/post/pochti-polovina-predpriyatiy-v-uzbekistanesozdana-

za-poslednie-tri-goda

3) https://kun.uz/uz/news/2021/05/06/2020-yilda-ozbekistonda-eng-kop-

foydava-zarar-korgan-korxonalar-royxati-elonqilindi?q=%2Fnews%2F2021%2F0

5%2F06%2F2020-yilda-ozbekistonda-eng-kopfoyda-va-zarar-korgan-korxonalar-

royxati-elon-qilindi

4) https://review.uz/uz/post/pochti-polovina-predpriyatiy-v-uzbekistanesozdana-za-poslednie-tri-

goda

5) https://review.uz/uz/post/prognoz-abr-rost-vvp-uzbekistana-sostavit-4-v-

2021-g-i-5-v-2022

6) https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/23/adb-forecast/

7) https://www.spot.uz/oz/2022/02/14/investment/

8) T.Qudratov, N.Fayziyeva “Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati”

Darslik. “Voris nashriyot” Toshkent 2012 yil.

9) https://www.spot.uz/oz/2021/10/09/fitch/

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов