Определение координационных способностей и показателей асимметрии движений “правша-левша” в ситуационных видах спорта

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Солиева, Д. (2024). Определение координационных способностей и показателей асимметрии движений “правша-левша” в ситуационных видах спорта. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(3), 65–71. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29826
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучены особенности нейродинамических процессов у студентов, обучающихся в вышеем учебном заведении по ситуационным видам спорта, с помощью теста теппинга и модифицированного теста теппинга, определены координационные способности и показатели асимметрии движений “правша-левша”.


background image

65

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

¹ Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O’zbekiston. e-mail: dilfuza.salieva.hatamova-82@mail.

ru. ORCID: 0000-0002-6115-1764

UDK: 796.015.28

VAZIYATLI SPORT TURLARIDA KOORDINATSION

QOBILIYATI VA “O‘NAQAY-CHAPAQAY” HARAKATLAR

ASIMMETRIYA KO’RSATKICHILARINI ANIQLASH

ОПРЕДЕЛЕНИЕ КООРДИНАЦИОННЫХ СПОСОБНОСТЕЙ И

ПОКАЗАТЕЛЕЙ АСИММЕТРИИ ДВИЖЕНИЙ “ПРАВША-ЛЕВША”

В СИТУАЦИОННЫХ ВИДАХ СПОРТА

DETERMINATION OF COORDINATION ABILITIES AND

INDICATORS OF ASYMMETRY OF “RIGHT-HANDED-LEFT-HANDED”

MOVEMENTS IN SITUATIONAL SPORTS

Dilfuza Abidovna Soliyeva ¹

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o`liy ta’lim muasassasida vaziyatli sport turlari bo`yicha ta’lim oluvchi talabalarda tepping

testi hamda modifikatsiyalashtirilgan tepping testi orqali koordinatsion qobiliyati va “o‘naqay-chapaqay” harakatlar

asimmetriyasi ko’rsatkichilari aniqlananib neyrodinamik jarayonlarining xususiyatlarini o’rganilgan.

Аннотация.

В данной статье изучены особенности нейродинамических процессов у студентов, обучающихся

в вышеем учебном заведении по ситуационным видам спорта, с помощью теста теппинга и модифи-

цированного теста теппинга, определены координационные способности и показатели асимметрии

движений “правша-левша”.


background image

66

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Annotation.

In this article, the features of neurodynamic processes in students studying at the higher educational institution

in situational sports, using the tapping test and the modified tapping test, identifying coordination abilities and

indicators of asymmetry of “right-handed-left-handed” movements.

Kalit so‘zlari:

tepping test, modifikatsiyalashtirish tepping testi, sport faoliyati yo`nalishi talabalari,

vaziyatli sport turlari, “o‘naqay-chapaqay” harakatlar asimmetriyasi, koordinatsion qobiliyat, chaqqonlik,

psixo-fiziologik.

Ключевые слова:

теппинг-теста, модификационный теппинг-теста, учащиеся направления

спортивной деятельности, ситуационный спорт, асимметрия движений “правша-левша”, коор-

динационные способности, ловкость, психофизиологик.

Keywords:

tapping test, modification tapping test, students of sports activities, situational

sports, asymmetry of movements “right-handed-left-handed», coordination abilities, dexterity,

psychophysiologist.

Maqsad.

Mazkur tadqiqotning maqsadi vaziyatli sport turlari bo`yicha taqsil olayotgan sportchi-talabalarda

tepping testi hamda modifikatsiyalashtirilgan tepping testi orqali koordinatsion qobiliyati va “o‘naqay-chapaqay”

harakatlar asimmetriya ko’rsatkichilarini aniqlash, ularning neyrodinamik jarayonlarining xususiyatlarini o’rganish.

Usullar:

Ilmiy-uslubiy adabiyotlar ma’lumotlarini tahlil qilish va tizimlashtirish. Ilyin usulini modifikatsiyalashtirish

orqali miyaning sensorimotor assimetriyasini psixo-fiziologik tekshirish. Matematik statistikaning an’anaviy usullari.

Natijalar.

Tadqiqotda ishtrok etgan barcha talaba o‘g‘il va qiz bolalarda an`anaviy tepping testining ham,

modifikatsiyalashtirilgan tepping testidan test sifatida qo‘llanilganda ham o‘ng va chap qo`lda harakatlanish

ko‘rsatgichlari o‘rtasida sezilarli asimmetrik farq aniqlandi. Modifikatsiyalashtirilgan tepping testi bo`yicha tadqiqot

jarayonida ayrim talabalarda diqqatning chalg`ishi kuzatilgan bo`lsa, sport turlari yo`nalishlarda taqsil olayotgan

talabalarning sport turidan kelib chiqib, ularning harakatlarining umumiy tezligi (tezlikka chidamlilik) ko`rsatkichlari

karate, voleybol va kikboks sport turlari boy`icha taqsil olayotgan talabarning ko`rsatkichlari basketbol, kurash,

dzyudo va futbol sport turlari bo`yicha taqsil olayotgan talabalarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo`ldi.

Hulosa:

Joriy tadqiqotlar, pedagogik kuzatuv natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, sport faoliyati yo`nalishlarida taqsil

olayotgan talablar o‘rtasida qayd etilgan asimmetrik farq talabalarning koordinatsiyasi yoki koordinatsion qobiliyat

nisbatan sustlashganidan darak beradi, bu qulay va noqulay tomonlarda harakatlanish qobiliyati asimmetrik farqlarni

simmetrik tartibda rivojlantirishga maksimal darajada simmetriyalash zarurligi bilan hulosa qilinadi. Boshqacha qilib

aytganda vaziyatli sport turiga mansub talabalarda koordinatsion qobiliyat universal tartibda sport mashg`ulotlarining

boshlang`ich davrlaridanoq hamda jismoniy tarbiya darslarida shakllantirish maqsadga muoviqdir.

Kirish.

Tani-sihatlik va xotirjamlik - bu ulug‘ ne’matdir. Inson qanday ishga «qo‘l urmasin» bu ishning foydali

natijasi tani-sihatlik na hotirjamlik bilan belgilanadi. Mustahkam sog‘liq bo‘lsayu, hotirjamlik bo‘lmasa, hech bir

ishda unum bo‘lmaydi. Bunday holat insonga xos barcha jarayonlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chuqurroq ilmiy

til bilan izohlanadigan bo‘lsa, «sog‘liq»- bu keng qamrovli integral tushuncha bo‘lib, inson organizmi, uning ruhiyati,

bioenergetik hamda jismoniy imkoniyatlarini endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) qo‘zg‘atkichlarga bardosh berish,

ularni yengib o‘tish bilan bog‘liq ma’noni anglatadi.

So‘ngi yillarda jismoniy tarbiya va sport amaliyotida o‘ta muhim rol o‘ynovchi harakat koordinatsiyasi va

koordinatsion qobiliyatlar haqida ko‘plab nazariy g‘oyalar, ularning mohiyati mexanikasi, tarkibiy kompotentlari,

shakllantirish hamda baholash bilan bog‘liq masalalarni yoritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Ye.N.

Karseko, V.V. Leonov, A.L. Smotriskiy (2003.,15-18-b.)ning ta’kidlashicha, genetik omillarga asoslangan, hayot

davomida tarbiya va o‘rgatish metodlari hamda vositalari yordamida shakllanuvchi harakatlar turli eksperimental

tadqiqotlar ostiga olinayotgan bo‘lsada, ushbu qobiliyatning funksional va energetik asoslarini ochib berish nazardan

chetda qolmoqda.

Alohida shu narsani ta’kidlash joizki, shu bugungi kungacha jismoniy tarbiya va sport nazariyasida ham,

amaliyotida ham “jismoniy tayyorgarlik”, “jismoniy sifatlar”, “jismoniy imkoniyatlar” yoki “harakat imkoniyatlari”,

“jismoniy ish qobiliyati” kabi atamalarning “ichki” va “tashqi” mohiyati hamda ularning psixofiziologik mexanizmlari

yagona tushunchalar bilan izohlab berilgan deyish qiyin. Chunonchi, L.P.Matveev, “jismoniy tayyorgarlik” va “jismoniy

tarbiya” tushunchalari deyarli bir xil ma’noni anglatadi, deb ta’kidlaydi. Uni e’tirof etishicha “jismoniy tarbiya” – bu

harakat ko‘nikmalari hamda malakalariga o‘rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonini anglatadi. “Jismoniy


background image

67

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

tayyorgarlik tushunchasi” – bu “jismoniy tarbiya”ning amaliy faoliyatiga (ijtimoiy, kasb, sport faoliyati) qaratilgan

ifodasini bildiradi. “Jismoniy sifatlar” – shaxsni ijtimoiy ehtiyojga qaratilgan psixobiologik xususiyatlar yig‘indisini

anglatib, uni muayyan harakat faoliyatiga jismonan qanday darajada tayyor ekanligini bildiradi [7].

Bosh miya yarimsharlari va quyi nerv markazlari tomonidan boshqariladigan inson faoliyati, shu jumladan turli

harakat ko‘nikmalari ham genetik (nasliy) omillarga asoslangan bo‘lib, ularning sifati, koordinatsion xususiyatlari

va aniqligi ontogenetik taraqqiyot davomida turmush tarzi, kasbiy mehnat, sport faoliyati, endogen (ichki muhit)

va ekzogen (tashqi muhit) qo‘zg‘atgichlar ta’sirida shakllanadi va ixtisoslashib boradi. Odam tug‘ilishidan boshlab

qanday harakat yoki ish bajarmasin (ongsiz yoki ongli harakat, rasm solish, kasbiy mehnat, sport va h.k.), unda

harakat asimmetriyasi ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, o‘ng tomon ijrochi organlar (o‘ng qo‘l va oyoq, chap qo‘l

va oyoq) harakati chap miya yarimsharlari ustuvorligida, chap tomon ijrochi organlar harakati esa o‘ng miya

yarimsharlari tomonidan boshqariladi. Qayd etilganidek, agar inson naslan o‘naqaylik ustuvorligida tug‘ilgan bo‘lsa

va turmush davomida hayotiy zarur (kasbiy, sport va h.k.) harakatlarni o‘ng qo‘li yoki o‘ng oyog‘i ustunligida ijro etib

kelayotgan bo‘lsa, uning chap qo‘l yoki chap oyoqda bajargan “ishlari” (harakatlari) koordinatsion aniqlik jihatidan

yaqqol funksional asimmetriya bilan farqlanadi. Bunday holatning neyrofiziologik mohiyati shundan iboratki, bosh

miyaning muvofiq yarimsharlaridan, masalan o‘ng qo‘l mushak-bo‘g‘imlari retseptorlariga efferent nerv tolalari

orqali yuboriladigan motoneyronlar kerak bo‘lgan harakatni tez, tanlab qilinadigan kuchlanish asosida aniq

bajarishga imkon yaratadi. Chap qo‘l harakatining boshqarilishida esa ushbu motoneyronlar bunday neyrofiziologik

xususiyatlarga ega bo‘lmaydi va harakatni mahorat bilan bajarishga sharoit yaratib bermaydi. O‘ng va chap ijrochi

organlar harakat faoliyatida u yoki bu darajada kuzatiladigan funksional asimmetriya (asimmetrik farq) azaldan

ochib berilgan neyrofiziologik qonuniyatlarga asoslangan bo‘lib, keyinchalik ushbu fenomen yirik mutaxassis-

olimlar tomonidan o‘tkazilgan fundamental tadqiqotlar yordamida nafaqat yanada chuqur o‘rganilgan, balki bunday

asimmetrik harakatni “tarbiyalash-o‘rgatish” metodlarini qo‘llash evaziga simmetrizatsiyalash mumkinligi e’tirof

etilgan [8].

Ma’lumki, neyrofiziologik qonuniyatlarga asosan muayyan harakatni ijro etishda periferik retseptorlar va

analizatorlar (harakat, ko‘rish, eshitish, vestibulyar analizatorlari)dan markazga intiluvchi afferent nerv impulslari

filo- va ontogenetik taraqqiyot davomida funksional jihatdan ixtisoslashgan bosh miya yarimsharlarida tahlil qilinadi

va vaziyatga mos harakat maqsadiga qarab “mas’ul” yarimshardan (o‘ng yoki chap yarimshar) efferent nerv tolalari

orqali muvofiq ijrochi organga (yoki organlar – qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq va h.k.) “ijro buyrug‘i” yuboriladi, natijada

rejalashtirilgan harakat amalga oshiriladi. Bunday harakat (yoki harakatlar) muayyan funksional asimmetriya

ustunligida bajarilishi kuzatiladi.

Ta’kidlash joizki, qachondir jismoniy tarbiya va sport hamda sportga xos harakatlar estetikasi, serqirraligi va

garmonik simmetrikligi yanada ijobiy qiyofa bilan ifodalanishi isbot talab qilmaydi. Hech qachon bironta ham sport

maktabida yoki professional sport klubida sportchilar texnik-taktik ko‘nikmalarni faqat yetakchi ijrochi organlar

(yetakchi qo‘l, yetakchi oyoq, qulay tomonga burilish yoki aylanish harakatlari) funksiyalarini shakllantirish

strategiyasi qo‘llanilmaydi. Ammo qaysi bir sport turi bo‘lmasin, ayniqsa boksda, voleybolda, basketbolda, futbolda

va h.k., “zaif” qo‘l, “zaif” oyoq, “noqulay tomonga burilish yoki aylanish” tushunchalari mavjuddir.

Ma’lumotlar va usullar.

Turli xil jismoniy sifatlarga irsiy ta’sirlar xar-hildir. Ular turli darajadagi genetik qaramlikda

namoyon bo’ladi va ontogenezning turli bosqichlarida topiladi. Eng katta darajada, tez harakatlar genetik nazoratga

uchraydi, bu birinchi navbatda asab tizimining maxsus tezlik xususiyatlarini talab qiladi – yuqori labillik (qo’zg’alish

tezligi) va asab jarayonlarining harakatchanligi (qo’zg’alishni inhibisyonga o’zgartirish va aksincha), shuningdek

tananing anaerob imkoniyatlarini rivojlantirish va skelet mushaklarida tez tolalar mavjudligi [10].

So’nggi yillarda irsiyatning inson tanasining morfofunktsional va aqliy doimiylariga, shuningdek uning jismoniy

xususiyatlarining rivojlanish darajasiga ta’siri aniqlandi. Shu munosabat bilan, sport yo’nalishi jarayonida

talabalarning individual, genetik dasturlashtirilgan imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Ma’lumki, yuqori genetik

nazorat tez harakatlarni, tepping testini, asab tizimidagi qo`zg`alishning labilligini, asabiy jarayonlarning

harakatchanligini boshdan kechiradi. Tepping testida «tezkor» odamlar, qoida tariqasida,» tezkor «farzandlarni

dunyoga keltiradilar,» sekin «turmush o’rtoqlar esa» sekin « naslga ega. Tepping testi turli xil faoliyatdagi, shu

jumladan sportdagi yutuqlar darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan inson asab tizimining turlarini (kuchli, o’rta -

o’rta-kuchli, o’rta-zaif, zaif) tashxislash uchun ishlatiladi [11].

Ilyin tepping testi (an`anaviy)da eksperimentator boshlash buyrug`ini va har 10 soniyada keyingi (oltita)

maydonchaga o`tish buyrug`larini bersa, biz tomonomizdan Ilyin usulini modifikatsiyalashtirilgan holda talabalar

har 10 soniyada keyingi (oltita) maydonchaga o`tish uchun tashqi signalga tayanmagan holda o`zlarini o`zlari

boshqarib turadilar. Bunda, agar tadqiqot o`ng qo`lda olinayotgan bo`lsa o`ng qo`lda ruchkani, chap qo`lida o`z

smartfoni (sekundamer, oraliq) ni boshqaradi. Agarda tadqiqot chap qo`lda olinayotgan bo`lsa, aksincha chap

qo`lda ruchkani, o`ng qo`lida o`z smartfonini boshqaradi.


background image

68

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

An`anaviy tepping testida asosan harakatlarning tezligining o`zgarishi yani chidamkorlik sifatlarini tahlil qilinsa,

biz modifikatsiyalashtirilgan testi orqali harakatlarning umumiy tezligi, vaqt oralig`i hamda “o‘naqay-chapaqay”

harakatlar asimmetriyasi tadqiqot ostiga oldik.

Natijalarni qayta ishlash quyidagi tahlillarni o’z ichiga oladi:

1)O`ng qo`lda bajarilgan har bir kvadratdagi nuqtalar sonini hisoblash va umumlashtirish;

2)Chap qo`lda bajarilgan har bir kvadratdagi nuqtalar sonini hisoblash va umumlashtirish;

3))Harakatlarning tezligining o`zgarishining ishlash grafigini tuzish;

4)Bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishdagi vaqt oralig`ini hisoblash va umumlashtirish;

5)O`ng va chap qo`lda bajarilgan natijalarni farqlash.

Natijalarni tahlil qilish.

Nerv jarayonlarining kuchi umuman asab tizimining asab hujayralarining ishlash

ko’rsatkichidir. Kuchli asab tizimi kuchsizga qaraganda kattaroq va uzoqroq yukga bardosh beradi. Texnika

qo’llarning maksimal tezligi dinamikasini aniqlashga asoslangan.

Pedagogik tajriba 2022-2023 o‘quv yilida tashkil etilgan bo‘lib, unga o`liy ta’lim muasassasi sport faoliyat turlari

bo`yicha ta’lim oluvchi talabalarda (har bir sport turlari) voleybol yo`nalishi 54 (o`g`il bola-38, qiz bola-16) nafar,

basketbol yo`nalishi 51 (o`g`il bola-35, qiz bola-16) nafar, gandbol yo`nalishi 49 (o`g`il bola-35, qiz bola-14) nafar,

futbol yo`nalishi 55 (o`g`il bola-40, qiz bola-15) nafar, karate yo`nalishi 53(o`g`il bola-41, qiz bola-12) nafar, dzyudo

yo`nalishi 56 (o`g`il bola-48, qiz bola-8) nafar talabalarni tajriba guruhi (TG) sifatida jalb etildi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, ta’lim oluvchi o`g`il

bola talabalarning modifikatsiyalashtirilgan tepping testida o‘ng qo‘ldagi harakatlarining umumiy tezligi 64,5±1,8,

chap qo`lda 38,3±2,22 bilan ifodalangan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgichlar muvofiq ravishda qiz bola talabalarning o‘ng

qo‘ldagi harakatlarining umumiy tezligi 59,5±1,6, chap qo`lda 34,09±1,9 tashkil etdi (1-jadval).

Diqqatning chalg’ishi – bu diqqatni jamlash qobiliyatining buzilishi. Diqqatning chalg’itishi e’tiborsizlik hodisalarini,

shuningdek diqqat xatolari va tanlangan (yo’naltirilgan) e’tiborsizlik hodisalarini anglatadi. U paydo bo’lish tabiati

va sabablari bilan farq qiladi. Demak, tadqiqot jarayonida ayrim talabalarda ham diqqatning chalg`ishi kuzatildi

yani o`g`il bola talabalarning modifikatsiyalashtirilgan tepping testida o‘ng qo‘lda 0,7 nafar, chap qo`lda 2,1

nafari sekundamer boshqararishda uddalay olmagan bo`lsalar, ushbu ko‘rsatgichlar muvofiq ravishda qiz bola

talabalarning o‘ng qo‘lda 0,7 ( ), chap qo`lda 2 ( ) sekundamer boshqararishni uddalay olmadilar (1-jadval).

Harakatlarning umumiy tezligidan tashqari bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishdagi vaqt oralig`ida tahlil qilinganda,

o`g`il bola talabalarning modifikatsiyalashtirilgan tepping testida o‘ng qo‘ldagi bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishdagi

vaqt oralig`i 1,05±1,7 sek bilan ifodalangan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgichlar muvofiq ravishda chap qo‘lda 1,8±1,5

sek tashkil etdi.Qizlarda esa o‘ng qo‘ldagi bir kvadratdan ikkinchisiga o’tishdagi vaqt oralig`i 1,2±1,5 sek, chap

qo‘lda 2,02±1,3 sek.


background image

69

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

1-jadval

Vaziyatli sport turlari bo`yicha taqsil olayotgan sportchi-talabalarining

modifikatsiyalashtirilgan tepping testi natijalari -


background image

70

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

2-jadval

An`anaviy va modifikatsiyalashtirilgan tepping testining farqi hamda natijalari -

Izoh: T/r.dagi raqamlar sport turini belgilaydi: 1-Voleybol; 2-Basketbol; 3- Futbol; 4-Kurash; 5-Kikboks; 6-Dzyudo;

7-Karate

Ushbu ko‘rsatgichlarning qiyosiy tahlilidan shu narsa kuzatildiki, o`g`il bola talabalarning o‘ng qo‘ldagi

modifikatsiyalashtirilgan tepping testi test sifatida qo‘llanilgan ko‘rsatgichlari an’anaviy tepping testidan

harakatlarining umumiy tezligi nisbatan deyarli 12,1±1,3 marotabaga farq qilgan bo`lsa, qizlarda q-11,4±0,8 bilan

farqlangan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgichlar muvofiq ravishda chap qo`lda o`g`il bola talabalarning ko‘rsatgichlari

15±0,4 bilan, qiz bola talabalarning ko‘rsatgichlari 14,9±0,9 marotaba bilan farqlandi (2-jadval) .


background image

71

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Yuqorida qayd etilgan natijalarning qiyosiy tahlilidan shu narsa kuzatildiki, vaziyatli sport turlari yo`nalishlarda

taqsil olayotgan talabalarning sport turidan kelib chiqib, ularning harakatlarining umumiy tezligi ko`rsatkichlari turlicha

qayd etildi. Masalan, karate, voleybol va kikboks sport turlari boy`icha taqsil olayotgan talabarning ko`rsatkichlari

basketbol, kurash, dzyudo va futbol sport turlari bo`yicha taqsil olayotgan talabalarga nisbatan sezilarli darajada

yuqori bo`ldi. Bundan tashqari, an`anaviy tepping testining ham, modifikatsiyalashtirilgan tepping testidan test

sifatida qo‘llanilganda ham ko‘rsatgichlar o‘ng va chap qo`ldagi natijalarining real ko‘rsatgichlari, ular o‘rtasida

kuzatilgan asimmetrik farq talabalarning koordinatsiyasi yoki koordinatsion qobiliyat nisbatan sustlashganidan

darak beradi. Demak, taxmin qilish mumkinki, bu borada qulay va noqulay tomonlarda harakatlanish qobiliyatini

simmetrik tartibda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish o‘ta muhim ahamiyatga egadir.

Hulosa.

Vaziyatli sport faoliyati yo`nalishlarida taqsil olayotgan talablarda chidamkorlik, tezkorlik sifatlari va

harakat koordinatsiyasini an`anaviy tepping testining hamda modifikatsiyalashtirilgan tepping testidan test sifatida

qo‘llanillash yordamida aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari hamda ularning qiyosiy tahlili

asosida quyidagi hulosalarni keltirish mumkin:

1. Tadqiqotda ishtrok etgan barcha talaba o‘g‘il va qiz bolalarda an`anaviy tepping testining ham,

modifikatsiyalashtirilgan tepping testidan test sifatida qo‘llanilganda ham o‘ng va chap qo`lda harakatlanish

ko‘rsatgichlari o‘rtasida sezilarli asimmetrik farq aniqlandi. Bunday holat jismoniy tarbiya darslarida va sport

to‘garaklarida koordinatsion qobiliyatni aks ettiruvchi har tomon bo‘ylab sakrash va mokkisimon yugurish mashqlarini

simmetrik nisbatda qo‘llash choralari ko‘rilmasligidan darak beradi. Ehtimol qilish mumkinki, bunday mazmunga ega

koordinatsion qobiliyatni erta yoshlikdan boshlab o‘zgaruvchan yo‘nalishli va favqulotli vaziyatlarda ijro etiladigan

harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir.

2. Pedagogik natijalaridan aniqlandiki, modifikatsiyalashtirilgan tepping testi bo`yicha tadqiqot jarayonida ayrim

talabalarda diqqatning chalg`ishi kuzatildi.

3. Vaziyatli sport turlari yo`nalishlarida taqsil olayotgan talabalarning sport turidan kelib chiqib, ularning

harakatlarining umumiy tezligi (tezlikka chidamlilik) ko`rsatkichlari karate, voleybol va kikboks sport turlari boy`icha

taqsil olayotgan talabarning ko`rsatkichlari basketbol, kurash, dzyudo va futbol sport turlari bo`yicha taqsil olayotgan

talabalarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo`ldi.

Demak, sport faoliyati yo`nalishlarida taqsil olayotgan talablar o‘rtasida qayd etilgan bu boradagi qulay va

noqulay tomonlarda harakatlanish qobiliyati asimmetrik farqlarni simmetrik tartibda rivojlantirishga maksimal

darajada simmetriyalash zarurligi bilan hulosa qilinadi. Boshqacha qilib aytganda vaziyatli sport turiga mansub

talabalarda koordinatsion qobiliyat universal tartibda sport mashg`ulotlarining boshlang`ich davrlaridanoq hamda

jismoniy tarbiya darslarida shakllantirish maqsadga muoviqdir.

1. Анохин П.К., Системогинез как общая закономерность развития,

подготавливающая врожденную деятельность // В кн.: Хрестоматия по

возрастной физиологии. М.: Академия. 2002, С.117-135.

2. Верхошянский Ю.В., Основы специальной физической подготовки спор-

тсменов.-3-е изд.-М.: Советский спорт, 2014.- с. 341-349.

3. Dilfuza Abidovna Solieva, (2021) «The ability to assess the degree of

development of coordination abilities in students of grades 7-9 with the help of

special tests,» Eurasian Journal of Sport Science: Vol. 1 : Iss. 2, Article 2. Available at: https://uzjournals.

edu.uz/eajss/vol1/iss2/2

4. D.A. Soliyeva – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida portlovchi kuch sifatini testlar yordamida baholash

mezoni// “Fan-Sportga” ilmiy-nazariy jurnalining 2021/3

5. Назаренко Л.Д. Развитие двигательно-координационных как фактор оздороления детей и

подростков.- М.: Изд. “Теория и практика физической культуры”, 2001. -332 ., ил.

6. Писаренкова Е.П. Развитие специфических координационных способностей у школьников

7-15 лет разных типов конституция. Автореф.: ФГОУ ВПО Вгафкс, 2010. -20 бет

7. Pulatov F.A. Pulatov A.A., Zamonaviy sport o’yinlarida “O’naqay” va “chapaqay” harakat funksiyalarini

simmetrik tartibda rivojlantirish zaruriyati // O’zDJTI, 2017.

8. Pulatov Farxod Azadovich, Sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli bolalarda o‘naqay va

chapaqay harakatlarni simmetrik tartibda shakllantirish ustuvorligi/ Monografiya// Chirchiq – 2020

9. С.В. Нопин, Ю.В. Корягина, Ю.В. Кушнарева, Теппинг-тест как показатель эффективности,

силы и выносливости нервной системы у спортсменов различных видов спорта/ Современные

вопросы биомедицины,2022, T. 6 (2)

10. https://bio.wikireading.ru/hShYv7VRye?ysclid=lf0t2k5e3j750330114

11.https://elar.rsvpu.ru/handle/123456789/8159?mode=full&ysclid=lh3b1pro8n700650049

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

Анохин П.К., Системогинез как общая закономерность развития, подготавливающая врожденную деятельность // В кн.: Хрестоматия по возрастной физиологии. М.: Академия. 2002, С.117-135.

Верхошянский Ю.В., Основы специальной физической подготовки спортсменов.-3-е изд.-М.: Советский спорт, 2014.- с. 341-349.

Dilfuza Abidovna Solieva, (2021) «The ability to assess the degree of development of coordination abilities in students of grades 7-9 with the help of special tests,» Eurasian Journal of Sport Science: Vol. 1 : Iss. 2, Article 2. Available at: https://uzjournals. edu.uz/eajss/vol1/iss2/2

D.A. Soliyeva – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida portlovchi kuch sifatini testlar yordamida baholash mezoni// “Fan-Sportga” ilmiy-nazariy jurnalining 2021/3

Назаренко Л.Д. Развитие двигательно-координационных как фактор оздороления детей и подростков.- М.: Изд. “Теория и практика физической культуры”, 2001. -332 ., ил.

Писаренкова Е.П. Развитие специфических координационных способностей у школьников 7-15 лет разных типов конституция. Автореф.: ФГОУ ВПО Вгафкс, 2010. -20 бет

Pulatov F.A. Pulatov A.A., Zamonaviy sport o’yinlarida “O’naqay” va “chapaqay” harakat funksiyalarini simmetrik tartibda rivojlantirish zaruriyati // O’zDJTI, 2017. 8. Pulatov Farxod Azadovich, Sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi 7-10 yoshli bolalarda o‘naqay va chapaqay harakatlarni simmetrik tartibda shakllantirish ustuvorligi/ Monografiya// Chirchiq – 2020

С.В. Нопин, Ю.В. Корягина, Ю.В. Кушнарева, Теппинг-тест как показатель эффективности, силы и выносливости нервной системы у спортсменов различных видов спорта/ Современные вопросы биомедицины,2022, T. 6 (2)

https://bio.wikireading.ru/hShYv7VRye?ysclid=lf0t2k5e3j750330114 11.https://elar.rsvpu.ru/handle/123456789/8159?mode=full&ysclid=lh3b1pro8n700650049

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов