Химическая стабильность анионобменников на основе поливинилхлорида

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Бабожонова, Г., Собирова, Ф., & Балтаева, К. (2024). Химическая стабильность анионобменников на основе поливинилхлорида. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 17–21. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30048
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В промышленных масштабах от машиностроительных материалов требуется наличие различных физико-химических свойств в зависимости от области применения, технологических процессов и решаемой задачи. Ионообменные материалы применяются в гидрометаллургической промышленности в высокоагрессивных средах, где от ионообменных материалов в основном требуется высокая химическая и термическая стабильность. В нашем исследовании ниже представлена информация о важной химической стабильности анионообменного материала на основе поливинилхлорида (ПВХ).


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

17

UO‘K: 541.64: 661.725.844: 691.175.743

POLIVINILXLORID ASOSIDA OLINGAN

ANION ALMASHINUVCHI MATERIALLARNING

KIMYOVIY BARQARORLIGI

Babojonova G.K., Sobirova F.A.¹, Baltayeva K.Sh.²

¹Alfraganus universiteti assistentlari

²Alfraganus universiteti dotsenti

e-mail: muhammadali20201009@gmail.com

ORCID: 0000-0002-3233-5572

Аnnotatsiya:

Sanoat miqyosida ion almashinuvchi materiallarni qo‘llanilish sohasiga, texnologik

jarayonlar va bajaradigan vazifasiga qarab turli fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lishi talab

qilinadi. Ion almashinuvchi materiallar gidrometallurgiya sanoatida kuchli agressiv muhitlarda

qo‘llaniladi, bunda ion almashinuvchi materiallar asosan yuqori kimyoviy va termik barqarorlik talab

qiliadi. Quyidagi muhokamizda polivinilxlorid (PVX) asosidagi anion almashinuvchi materialning ayni

muhim kimyoviy barqarorligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Каlit so‘zlar:

PVX, modifikatsiya, karbamid, ionit, anianit, sorbsiya, kimyoviy barqarorlik.

ХИМИЧЕСКАЯ СТАБИЛЬНОСТЬ АНИОНОБМЕННИКОВ

НА ОСНОВЕ ПОЛИВИНИЛХЛОРИДА

Аннотация:

В промышленных масштабах от машиностроительных материалов требуется

наличие различных физико-химических свойств в зависимости от области применения,

технологических процессов и решаемой задачи. Ионообменные материалы применяются в


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

18

гидрометаллургической промышленности в высокоагрессивных средах, где от ионообменных

материалов в основном требуется высокая химическая и термическая стабильность. В

нашем исследовании ниже представлена информация о важной химической стабильности

анионообменного материала на основе поливинилхлорида (ПВХ).

Ключевые слова:

ПВХ, PPE-2, модификация, карбамид, ионит, coрбция, цианит, химическая

устойчивость.

CHEMICAL STABILITY OF ANION EXCHANGE

MATERIALS BASED ON POLYVINYL CHLORIDE

Annotation:

On an industrial scale, mechanical engineering materials are required to have different

physico-chemical properties depending on the field of application, technological processes and the

task they perform. Ion-exchange materials are used in hydrometallurgical industry in highly aggressive

environments, where ion-exchange materials are mainly required for high chemical and thermal stability.

In our discussion below, information is given about the important chemical stability of polyvinyl chloride

(PVC)-based anion exchange material.

Key words:

PVC, PPE-2, modification, urea, ionite, sorbtion, cyanite, chemical stability.

КIRISH

So‘nggi yillarda sintetik polimerlar asosidagi ion almashinuvchi materiallar tog‘-kon sanoatida rangli,

kamyob, og‘ir va nodir metallarni selektiv ajratib olish hamda texnologik eritmalarni konsentrlashda, atom

va issiqlik energetika, shuningdek, kimyo sanoat korxonalari ehtiyoji uchun daryo suvlarini tuzsizlantirishda,

suvni yumshatishda, oqova suvlarni tozalashda keng miqyosida qo‘llaniladigan, iqtisodiy jihatdan arzon va

samarali bo‘lgan usuli ionitlar ishtirokida ion almashinish usulidir. Shuning uchun ham mahalliy xomashyolar

asosida yangi ion almashinuvchi materiallarni sintez qilish va ularning muhim xossalarini o‘rganish dolzarb

masalalardan hisoblanadi. Yuqori operatsion xususiyatlari tufayli ion almashinadigan materiallar fan va sanoat

amaliyotining deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Ularning yordami bilan eng dolzarb ijtimoiy va

ekologik muammolardan biri atrof-muhitni muhofaza qilish hal qilinmoqda. Xususan, turli metallarga nisbatan

yuqori sorbsiyalash xususiyatiga ega, kimyoviy barqaror, haroratning o‘zgarishiga barqaror bo‘lishi va arzonligi

bilan birgalikda ko‘p marta qayta ishlatish xususiyatiga, metall ionlarini sorbsiyalash jarayonida texnologik,

ekologik va iqtisodiy talablarga mos kelishi kerak. Ionitlar ishtirokida suvdagi mavjud ionlarni ajratish usuli

aynan shunday talablarga javob beradi. Shuning uchun yangi, yuqori sorbsion xossali ionitlarni sintez qilish

katta amaliy ahamiyatga ega.

EKSPERIMENTAL QISM

Sanoatning turli tarmoqlarida qo‘llaniluvchi ion almashinuvchi materiallar bir qator talablarga javob berishi

kerak. Eng asosiylaridan biri ion almashinuvchi materiallarning turli agressiv muhitlarga nisbatan kimyoviy

barqarorligi hisoblanadi. Odatda, sanoat uchun tayyorlanayotgan suvlar yoki sonoatdan chiqayotgan suvlarning

tarkibi murrakkab tarkibli xarakterga ega eritmalar hisoblanadi. Bu eritmalar tarkibida kuchli oksidlovchilar,

kislotalar va ishqorlar uchraydi. Shu sababli sanoat miqyosida qo‘llaniladigan ion almashinuvchi materiallar

yuqori kimyoviy barqarorlikka ega bo‘lishi talab etiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan talablarni inobatga olib, polivinilxlorid va karbamid asosida modifikatsiya qilib olingan

(PPE-2) anioniti turli agressiv muhitlarga nisbatan kimyoviy barqarorligi tadqiq qilindi. Sintez qilingan anion

almashinuvchi materiallarning kimyoviy barqarorligini aniqlash uchun anionitlarga turli kuchli oksidlovchi,

kislotali va ishqoriy muhitlar ta’siri o‘rganildi. Buning uchun 10 soatdan 48 soatgacha anionitlarni kuchli

oksidlovchi, kuchli kislota va ishqoriy muhitlarda saqlandi. Keyinchalik anion almashinuvchi materiallar

eritmalardan filtrlab olinib, tuzsizlantirilgan suvda yuvildi va aktivlandi.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

19

1-jadval

Agressiv sharoitlarda PPE-2 , PPE-1 va AN-31 anionitlarining kimyoviy barqarorligi

Keyinchalik anion almashinuvchi materiallarning turli agressiv muhitlarga nisbatan barqarorligini aniqlash

maqsadida anionitlarning xlorid kislota bo‘yicha SAS qiymatlari aniqlandi va shu anionitlarning dastlabgi SAS

qiymatlari bilan solishtirish orqali kimyoviy barqarorliklari aniqlandi.

Anionitlarning kimyoviy barqarorligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan. Shuningdek,

quyidagi 1-jadvalda anionitlarning kimyoviy barqarorligini solishtirish maqsadida sanoat miqyosida qo‘llaniluvchi

AN-31 va O‘zbekiston Milliy universiteti polimerlar kimyosi kafedrasi olimlari tamonidan sintez qilingan PPE-1

anionitlarining kimyoviy barqarorliklari bilan solishtirildi. Bunda PPE-1 anioniti kuchli kislotali muhitda oʻzining

statik almashinish sig‘imini 86,6 %gacha, AN-31 anioniti esa 78,8 %gacha saqlab qolgan bo‘lsa, PPE-2 anioniti

esa 79 %gacha saqlab qoldi. PPE-1 anioniti kuchli ishqoriy muhitda statik almashinuv sig‘imini 93,1 %gacha

saqlab qolgan bo‘lsa, PPE-2 anioniti 92,2 %gacha saqlab qoldi.

Yuqoridagi 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, polivinilxlorid va karbamid asosida olingan PPE-

2 anion almashinuvchi material sanoat miqyosida qo‘llaniluvchi anionit AN-31 ga nisbatan yuqori kimyoviy

barqarorlikka ega, lekin PVX va PEPA asosidagi PPE-1 anionitiga nisbatan pastroq ekanligini ko‘rishimiz

mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, PPE-2 anioniti asosan 100 % mahalliy xomashyolardan olinganligi

uchun tannarxi jihatidan arzon turadi. Keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda, polivinilxlorid va karbamid

asosida olingan PPE-2 anionitini sanoat miqyosida qo‘llashga tavsiya qilish mumkin.

Ion almashinuvchi materiallarni sanoatda turli texnologik jarayonlarda qo‘llash uchun eng asosiylaridan biri

termik barqarorlik, ya’ni ionitlar yuqori haroratlarda o‘zining tuzilishi va tarkibini o‘zgartirmasligi, yuqori effektiv

sorbsion xossalarini saqlab qolishi va boshqa xususiyatlarini yo‘qotgan holda termik turg‘unligini namoyon

qilishi muhim jihatlaridan biridir. Ion almashinuvchi materialning quruq sharoitda destruksiyasining dastlabgi

vaqt va haroratini aniqlash, ayni ion almashinuvchi materiallarning matritsasi va ionogen guruhlarining termik

barqarorligini baholashga imkon beradi.

Ion almashinuvchi materiallarning termik barqarorligini baholash uchun ionitlar termik yoki termooksidlanish

destruksiyasi natijasida dastlabki quyimolekulyar birikma ajralib chiqishigacha yuqori haroratgacha qizdirish

orqali aniqlanadi. Anionitlarning termik barqarorligini aniqlash uchun anionitlarni termogravimetrik uskunasida

harorat ortishi bilan material massa yo‘qotishi bog‘liqligi orqali o‘rganiladi.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

20

1-rasm.

Polivinilxlorid derivatogrammasi

TG – termogravimetrik egri (o‘ng ordinata o‘qi); DSK – differensial skanerlovchi kalorimetr;

Yuqoridagi 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, plastikat polivinilxloridni 250⁰C gacha qizdirilganda, o‘zining 20 %ga

yaqin massasini yo‘qotgan, bu asosan polivinilxlorid tarkibidagi plastifikator va to‘ldiruvchilarning chiqib ketishi

bilan tushuntiriladi, keyinchalik qizdirish davom ettirilganda 270⁰C atrofida keskin massa yo‘qotish kuzatildi

va bu jarayon 350⁰C gacha davom etadi. Bu jarayonda polimer makrozanjir termik destruksiyasi borgan va

buning natijasida uglerod allatropiya shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, differensial

skanerlovchi kalorimetr egri chizig‘ida 273⁰C atrofida yangi cho‘qqi endotermik jarayon kuzatilgan bu esa

makromolekula qayta guruhlanish orqali ichki sikllanish reaksiyasi borganidan dalolat beradi, mazkur jarayon

energiyasi — 140,2 Dj/g.

2-rasm.

Polivinilxlorid asosidagi PPE-2 anionitining derivatogrammasi

TG – termogravimetrik egri (o‘ng ordinata o‘qi); DSK – differensial skanerlovchi kalorimetr;

Yuqorida keltrilgan 2-rasmdan ko‘rinishicha polivinilxlorid asosida olingan PPE-2 anion almashinuvchisini

250⁰C gacha qizdirilganda, u o‘z massasini saqlab qoldi, ammo keyinchalik yana qizdirish davom ettirilganda,


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

21

harorat oshishi bilan anionit o‘z massasini asta-sekinlik bilan yo‘qotib bordi. Demak, polivinilxlorid asosidagi

PPE-2 va PPE-3 anionitlarining yuqori haroratlardagi texnologik sharoitlarda ham o‘z takibi va xossalarini

saqlaganligi uchun ayni anion almashinuvchi materiallarni sanoat miqyosida keng qo‘llash mumkinligidan

darak beradi.

ХULOSA

Yuqorida ko‘rib chiqilgan tadqiqot ishining modifikatsiya jarayonlari o‘ziga xos bo‘lib, ayniqsa PVX

chiqindilarini qayta ishlash va uning modifikatsiyasida tannarxi arzon bo‘lgan xomashyolardan foydalanilganligi

bilan ahamiyatlidir.

Adabiyotlar:

1. Li, Zhili. Synthesis of a carbamide-based dithiocarbamate chelator for the removal of heavy metal

ions from aqueous solutions. Journal of Industrial and Engineering Chemistry, 2014. 20(2). – pp. 586–590.

2. Diniz C.V., Doyle F.M., Martins A.H. Uptake of heavy metals by chelating resins from acidic

manganese chloride solution, Minerals Metallurgy Processing, 2000; Vol. 17. – pp. 217–222.

3. A.M.K. Choi, J. Alam, American Journal of Respiratory Cell and Molecular Biology 15 (1996) 9.

4. M. Suwalsky, R. Castro, F. Villena, C.P. Sotomayor, Cr(III) exerts stronger structural effects than

Cr(VI) on the human erythrocyte membrane and molecular models .Journal of Inorganic Biochemistry 102

(2008) 842.

5. Arezoo Azimi, Ahmad Azari, Mashallah Rezakazemi, Meisam Ansarpour. Removal of Heavy Metals from Industrial

Wastewaters:A Review February 2017 ChemBioEng Reviews 4(1):37-59.

6. Rakhimov T.Kh., Mukhamediyev M.G., Khakimjanov B.Sh. The Synthesis Of Applied Nano-Catalysts Of Low-

Temperature Carbon Monoxide Oxidation. 8th International Symposium «Molecular Order and Mobility in Polymer Systems».

– St. Petersburg, June 2-6, 2014. Book Of Abstracts: – P.116.

7. Rakhimov T.Kh., Mukhamediyev M.G. Palladium Containing Composite Nanosystems In Low-Temperature Co

Oxidation: Decisive Influence Of The Substrate To The Reactions’ Mode. Composite Materials Uzbekistan Scientific Journal,

2014. №2 (216): – P. 8–11.

8. Рустамов М.К. и др. Сорбционное извлечение ртути (II) из азотнокислых растворов модифицированными

йодсодержащими волокнистыми сорбентами на основе полиакрилонитрила. // Экологическая химия, 2011. Том ХХ.

№ 4. – С. 231–237.

Библиографические ссылки

Li, Zhili. Synthesis of a carbamide-based dithiocarbamate chelator for the removal of heavy metal ions from aqueous solutions. Journal of Industrial and Engineering Chemistry, 2014. 20(2). – pp. 586–590.

Diniz C.V., Doyle F.M., Martins A.H. Uptake of heavy metals by chelating resins from acidic manganese chloride solution, Minerals Metallurgy Processing, 2000; Vol. 17. – pp. 217–222.

A.M.K. Choi, J. Alam, American Journal of Respiratory Cell and Molecular Biology 15 (1996) 9.

M. Suwalsky, R. Castro, F. Villena, C.P. Sotomayor, Cr(III) exerts stronger structural effects than Cr(VI) on the human erythrocyte membrane and molecular models .Journal of Inorganic Biochemistry 102 (2008) 842.

Arezoo Azimi, Ahmad Azari, Mashallah Rezakazemi, Meisam Ansarpour. Removal of Heavy Metals from Industrial Wastewaters:A Review February 2017 ChemBioEng Reviews 4(1):37-59.

Rakhimov T.Kh., Mukhamediyev M.G., Khakimjanov B.Sh. The Synthesis Of Applied Nano-Catalysts Of LowTemperature Carbon Monoxide Oxidation. 8th International Symposium «Molecular Order and Mobility in Polymer Systems». – St. Petersburg, June 2-6, 2014. Book Of Abstracts: – P.116.

Rakhimov T.Kh., Mukhamediyev M.G. Palladium Containing Composite Nanosystems In Low-Temperature Co Oxidation: Decisive Influence Of The Substrate To The Reactions’ Mode. Composite Materials Uzbekistan Scientific Journal, 2014. №2 (216): – P. 8–11.

Рустамов М.К. и др. Сорбционное извлечение ртути (II) из азотнокислых растворов модифицированными йодсодержащими волокнистыми сорбентами на основе полиакрилонитрила. // Экологическая химия, 2011. Том ХХ. № 4. – С. 231–237

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов