Вопросы повышения инновационной активности и эффективности производства строительных материалов предприятий

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
47-51
0
0
Поделиться
Мирисаев, А., & Абдурахманов, А. (2024). Вопросы повышения инновационной активности и эффективности производства строительных материалов предприятий. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 47–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30052
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлены результаты инновационного развития экономики Узбекистана, стратегии развития инновационной деятельности в стране, принятые нормативные акты и экономические результаты, достигнутые благодаря инновационной деятельности в отрасли строительных материалов, а также комментарии, предложения и выводы по повышению эффективности инновационной деятельности


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

47

UDK: 342.156

KORXONALAR QURILISH MATERIALLARINI

ISHLAB CHIQARISH INNOVATSION FAOLIYATI VA

SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ АКТИВНОСТИ И

ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОИЗВОДСТВА СТРОИТЕЛЬНЫХ

МАТЕРИАЛОВ ПРЕДПРИЯТИЙ

ISSUES OF INCREASING INNOVATIVE ACTIVITY AND EFFICIENCY

OF CONSTRUCTION MATERIALS PRODUCTION OF ENTERPRISES

Mirisayev Abduraxmon Abdulaxatovich,

Alfraganus universiteti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, iqtidodiyot fanlari nomzodi

e-mail: abdurahmonm77@mail.ru

ORCID: 0009-0000-8735-6672

Abduraxmonov Abduraxim Bexzod o‘g‘li,

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabasi

e-mail: malikw07a0a@gmail.com


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

48

KIRISH

Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlari

tahliliga ko‘ra, barcha sohada erishilayotgan yutuq va

muvaffaqiyatlar asosida innovatsiya jarayonlari alohida

o‘rin egallaydi. Jumladan, iqtisodiyot tarmoqlaridagi sanoat

korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini innovatsiya

faoliyatining taraqqiyotisiz amalga oshirib bo‘lmaganligi

sababli bugungi kunda innovatsiya jarayonlarini amalga

oshirishni jadallashtirish talab etiladi. Shuning uchun iqtisodiyot

tarmog‘idagi qurilish materiallari sanoatida, ishlab chiqarishda

innovatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanish

jarayonlarining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish

bugunning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

2018-yil 21-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining «2019–2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi

to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan hamda

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston

taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish ko‘zlangan.

Strategiyaning bosh maqsadi inson kapitalini rivojlantirish,

2030-yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha

jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati tarkibiga kirish etib

belgilanishi, respublikada innovatsion faoliyatga naqadar

katta e’tibor berilayotganligidan dalolat bermoqda [1].

2026-yilga borib qurilish materiallarining eksporti

1,084 mlrd dollarga yoki 2021-yilga nisbatan 2,5

baravarga oshiriladi. Tarmoqni rivojlantirishga 2 mlrd

dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi. Yangi investitsiya

modelini amalga oshirish natijasida 2021–2025-yillarda

19,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Ushbu

davrda mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab

chiqarish hajmi joriy yildagidan 1,7 baravarga oshirilib,

1,55 trln so‘mga yetkaziladi. 2022–2026-yillarda 7 turdagi

yangi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish

o‘zlashtiriladi.

MATERIALLAR VA USLUBLAR

Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlari va ularda

innovatsion faoliyatni rivojlantirishga asosan ushbu

faoliyatning rivojlanishiga keng yo‘l ochib beruvchi

qonunlarning qabul qilinishi hamda ilmiy tadqiqot

natijalarining amaliyotga joriy etilishini rag‘batlantirish,

fan va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi

«Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni

joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3698-

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotidagi innovatsion rivojlanish natijalari, mamlakatda

innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar, qabul qilingan me’yoriy hujjatlar hamda qurilish

materiallari tarmog‘ida innovatsion faoliyat orqali erishilgan iqtisodiy natijalar va sohada innovatsion faoliyatning

samaradorligini oshirish bo‘yicha mulohazalar, taklif hamda xulosalar keltirilgan.

Аннотация:

В данной статье представлены результаты инновационного развития экономики

Узбекистана, стратегии развития инновационной деятельности в стране, принятые норматив

-

ные акты и экономические результаты, достигнутые благодаря инновационной деятельности в

отрасли строительных материалов, а также комментарии, предложения и выводы по повышению

эффективности инновационной деятельности.

Abstract:

This article presents the results of innovative development of the economy of Uzbekistan,

the strategy for the development of innovative activity in the country, the adopted regulations and economic

results achieved through innovative activities in the building materials industry, as well as comments,

suggestions and conclusions on improving the efficiency of innovative activities.

Kalit so‘zlar:

Iqtisodiyotda innovatsion faoliyat, mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish

strategiyasi, innovatsion loyihalar, qurilish materiallari sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish,

innovatsion salohiyatni oshirish.

Ключевые слова:

инновационная деятельность в экономике, стратегия развития иннова

-

ционной деятельности в стране, инновационные проекты, промышленность строительных

материалов, производство строительных материалов, повышение инновационного потенциала.

Key words:

innovative activity in the economy, strategy for the development of innovative activity in

the country, innovative projects, building materials industry, production of building materials, increasing

innovative potential.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

49

son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019-yilda

39 ta Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan

iqtisodiyotni real sektorini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l

xaritalari» ishlab chiqilib, hamkorlikda samarali ishlar

yo‘lga qo‘yilgan. 20 ga yaqin tashkilotda «Innovatsion

rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash»

jamg‘armalari tashkil etilib, jami 45,46 mlrd so‘m mablag‘

yo‘naltirilgan [2].

Innovatsion loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan

umumiy qiymati 113,42 mlrd miqdorida investitsiya

loyihalari o‘zlashtirishga erishildi. Shundan 77,0 mlrd

ichki investitsiyalar, 1,8 mlrd so‘m to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalar va 34,62 mlrd so‘m texnik ko‘mak hisobiga

amalga oshirilgan. Ushbu investitsiyalarning salmoqli

qismi sog‘liqni saqlashga 42 % (47,1 mlrd so‘m), ta’lim

sohasiga 30 % (33,7 mlrd so‘m) va sanoatga 26 % (29,2

mlrd so‘m) yo‘naltirilgan [2].

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Yashnobod»

innovatsion texnoparkining 23 ta rezidentlari tomonidan

3,1 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalar

o‘zlashtirilib, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik

hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun

yo‘naltirildi.

Hozirgi kunda ayrim qurilish materiallari ishlab

chiqarish korxonalarida asosiy fondlarning eskirganligi,

ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta

qurollantirishga talabning ortib borayotganligi ham

ushbu mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Shu

bilan bir qatorda, innovatsiya faoliyat samaradorligini

oshirishga qaratilgan tadqiqotlar qurilish materiallari

sanoatida progressiv o‘zgarishlarni amalga oshirish va

ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarish orqali kuchli

industrial salohiyatni yaratishda asosiy hal qiluvchi rol

o‘ynaydi.

Qurilish materiallari sanoatida ushbu yilda

o‘zlashtirilgan investitsiyalar salmog‘i 1,3 mlrd dollarni,

shundan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 680,4 mln

dollarni (52 %) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga

(360,2 mln dollar) nisbatan qariyb 4 baravarga ko‘p.

Sohada to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (72,5

mln dollar) oqimi esa 9 baravardan oshdi.

Ushbu soha bo‘yicha hududlarni rivojlantirish dasturi

doirasida umumiy qiymati 248,6 mln dollar bo‘lgan 757

ta loyiha ishga tushirildi. Bunda mablag‘lar zamonaviy,

energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish

loyihalariga qaratildi. Jumladan, mazkur yilda 3,5

mln tonna sement, 150 ming kub metr temir-beton

mahsulotlari, 1,8 mln rulon gulqog‘oz (oboi), 200 ming

dona sanitar-texnik buyumlar, 180 ming tonna qurilish

armaturasi, 27 mln dona keramik bloklar, 35 ming kub

metr gazobeton bloklari, 30 ming dona smesitel, 10 mln

kv metr gipsokarton listlari, 250 ming kv metr dekorativ

panellar, 10,2 ming tonna lak-bo‘yoq mahsulotlari, 2,7

mln kv metr keramik plitkalar ishlab chiqarish kabi yangi

quvvatlar yaratildi.

Ushbu yangi ishga tushirilgan loyihalar va

o‘zlashtirilgan investitsiyalarning tarmoq rivoji uchun

qulaylik tarafi shundaki, eng avvalo, sohaga yangi

zamonaviy texnika va texnologiya kirib keladi, mahsulot

turi ko‘payadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda

energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish

faoliyati yuqori kompyuter texnologiyasi yordamida

boshqariladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish

jarayonida ish unumdorligining oshishi kuzatiladi, sarf-

xarajatlar miqdori kamayadi.

MUNOZARA

Hozirgi davrda qurilish materiallari ishlab chiqarish

korxonalari innovatsiya faoliyatining natijalaridan

samarali foydalanishi yangi imkoniyatlar yaratadi

hamda raqobatbardoshlikka ega bo‘ladi. O‘z navbati

bilan ishlab chiqaruvchida mehnat unumdorligi oshadi,

sarf-xarajatlar kamayadi, mahsulot sotish hajmi ortadi

va rejalashtirilgan foydaning kelishi kabi omillarga ega

bo‘ladi.

Bu esa korxonani moliyaviy barqarorlikka erishishiga

imkoniyat yaratadi. Shuning uchun hozirgi rivojlanish

bosqichida sanoat korxonalari iqtisodiy samaradorlik,

raqobatbardoshlik va eksport salohiyatni oshirishi

uchun ularni ishlab chiqarishda innovatsion rivojlanish

darajasini baholash maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqot jarayonida qurilish materiallari ishlab

chiqarish korxonalaridagi innovatsion faoliyatining

iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari borasida

olib borayotgan ilmiy, nazariy va amaliy tadqiqotlar

shuni taqozo etmoqdaki, korxonalar faoliyatidagi

turli vaziyatlarda innovatsion rivojlanish darajasini

turli parametrlar asosida baholovchi koeffitsiyentdan

foydalanish mumkin.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

50

Natija.

Korxonada ilmiy-tadqiqot ishlarining ichki

xarajatlardagi ulushi va texnikani o‘zlashtirishda ishlab

chiqarishdagi jami xarajatlar quyidagi formula yordamida

aniqlanadi.

[3]

Bu yerda:

Зниокр – ilmiy tadqiqot ishlariga xarajatlar;

Зm – texnologiyani sotib olish xarajatlari;

Зоб – ishlab chiqarish xarajatlari.

Ushbu formula bo‘yicha korxonaning ilmiy tadqiqot

ishlari va yangi texnika-texnologiyalarni ishlab

chiqarishga joriy etishda jami yillik xarajatlar 4 %ni tashkil

qilsa, u holda korxona innovatsion va raqobatbardosh

rivojlanishga erishadi. Aksincha, korxonaning ilmiy

tadqiqot ishlari uchun yillik jami xarajatlar 4 %dan kam

bo‘lsa, u holda korxona faoliyatida salbiy natija va inqiroz

holatlari sodir bo‘lishi mumkin.

Korxonaning innovatsion faoliyatini baholashda

yuqorida mazmunlari keltirilgan parametrlarning

o‘lchanishi va unda aniqlangan salbiy natijalarni bartaraf

etish, bozor sharoitida korxonani innovatsion rivojlantirish,

moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlikka ega

bo‘lishini ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratiladi.

XULOSA

Qurilish materiallari korxonalari innovatsion

salohiyatini tahlil qilish va baholashda, birinchi navbatda,

uning asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasida resurslarning

oqilona taqsimlanishi va asoslanganligiga e’tibor qaratish

lozim. Kelgusida innovatsion salohiyat tarkibining

avvalgisiga nisbatan o‘zgarishiga erishish uchun asosiy

texnik va iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil qilinadi. Shu

bilan birga, korxonaning innovatsion salohiyatini oshirish

uchun xo‘jalik ichidagi zaxiralar ham aniqlanadi.

Jumladan, yuqoridagi taklif etilganlar asosida

shakllangan tahlillar natijasida qurilish materiallari

korxonalarida innovatsion rivojlanish bosqichiga ega

bo‘lish uchun quyidagi vazifalarning bajarilishi maqsadga

muvofiqdir:

— qurilish materiallari sanoatidagi mavjud innovatsion

texnologiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek,

yangi texnika va texnologiya, nou-xau va intellektual

mulklarni sotib olishni yo‘lga qo‘yish;

— qurilish materiallari sanoatidagi korxonalarda ilmiy

tadqiqot va eksperimental bazani rivojlantirish orqali

ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yanada

faollashtirish;

— innovatsiya jarayonidagi tajriba ishlarini olib

borishda unga mos keluvchi tashkilotlarga buyurtmalar

berish va ularni moliyalashtirish masalalarini hal

etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;

— yangiliklarni ishlab chiqish va joriy etishni tezlashtirish

uchun aksiya, obligatsiya va chet el investitsiyalarini

yanada ko‘proq jalb etish yo‘llarini aniqlash.

Yuqoridagi sanab o‘tilgan yo‘nalishlar qurilish

materiallari tarmog‘idagi xo‘jalik subyektlarining

innovatsion rivojlanishini jadallashtirishga, shuningdek,

kam xarajatli ishlab chiqarish, yuqori sifatga ega bo‘lish,

mahsulotlar raqobatbardoshligi va korxonalarning

innovatsion ishlab chiqarish samaradorligi oshishi uchun

qulay shart-sharoitlarni yaratadi.

A

dabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.

Mirziyoyevning 2018-yil 21-sentyabrdagi


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

51

«2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini

innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida»gi PF-5544-son Farmoni.

2. Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yilning

birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlar yuzasidan

hisoboti.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-

yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi

PF- 4947-son Farmoni.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil

25-oktyabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat

zonalari faoliyati samardorligini oshirish to‘g‘risida»gi

PQ-3356-son Qarori.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq

so‘zi, 2017-y., 23-dekabr.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish haqidagi Farmoni.

7. Журавлев П.В. Теория системного менеджмен

-

та. – М.: Экзамен, 2002.

8. Гунин В.Н. и др. Управление инновациями:

17-модулная программа для менеджеров. «Управ

-

ление развитием организации». Модул 7. – M.:

INFRA-M, 2002. – С.178.

9. Ziyayev M.K., Mirisayev A.A., & Aloyeva Z.R.

(2023). Develop a strategy for increasing business

efficiency in enterprises. ISJ Theoretical & Applied

Science, USA 02 (118), 201–206.

10. Ziyayev M.K., Mirisayev A.A., & Aloyeva Z.R.

(2023). Some issues in strategic management of

enterprises. ISJ Theoretical & Applied Science, USA

02 (118), 466–472.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyevning 2018-yil 21-sentyabrdagi «2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5544-son Farmoni.

Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF- 4947-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktyabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samardorligini oshirish to‘g‘risida»gi PQ-3356-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi, 2017-y., 23-dekabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish haqidagi Farmoni.

Журавлев П.В. Теория системного менеджмента. – М.: Экзамен, 2002.

Гунин В.Н. и др. Управление инновациями: 17-модулная программа для менеджеров. «Управление развитием организации». Модул 7. – M.: INFRA-M, 2002. – С.178.

Ziyayev M.K., Mirisayev A.A., & Aloyeva Z.R. (2023). Develop a strategy for increasing business efficiency in enterprises. ISJ Theoretical & Applied Science, USA 02 (118), 201–206.

Ziyayev M.K., Mirisayev A.A., & Aloyeva Z.R. (2023). Some issues in strategic management of enterprises. ISJ Theoretical & Applied Science, USA 02 (118), 466–472.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов