Основные направления совершенствования государственной политики в области занятости

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Исмаилов, А. (2024). Основные направления совершенствования государственной политики в области занятости. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(6), 9–12. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30239
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой стате занятост рассматривается как социално-экономическая концепция. Занятост населения как экономическое понятие исследуется в процессе осуществления непосредственного труда, при котором происходит объединение экономически активной части населения со средствами производства. Занятост населения-характеристика общественного производства, при которой осуществляется совместная деятелност работников, обладающих определенными качествами по изменению предметов труда.


background image

8

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

AHOLI BANDLIGI

SOHASIDAGI DAVLAT

SIYOSATINI

TAKOMILLASHTIRISHNING

ASOSIY YO'NALISHLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada aholi bandligiga ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha sifatida

qaraladi.

A

holi bandligi iqtisodiy tushuncha sifatida aholining iqtisodiy faol qismini ishlab

chiqarish vositalari bilan birlashtirish amalga oshadigan, bevosita mehnatni amalga oshirish

jarayonida tadqiq etiladi.

A

holi bandligi ijtimoiy ishlab chiqarishga xos xususiyat bo

lib, unda

mehnat buyumlarini o

zgartirish bo

yicha ma

lum bir sifatlarga ega bo

lgan ishchilarning

birgalikdagi faoliyati amalga oshadi.

Kalit so

zlar: Bandlik, ijtimoiy, mamlakat, aholi, iqtisodiyot, mehnat.

Аннотация

:

В этой стате занятост рассматривается как социално-экономическая

концепция. Занятост населения как экономическое понятие исследуется в процессе

осуществления непосредственного труда, при котором происходит объединение

экономически активной части населения со средствами производства. Занятост

населения-характеристика общественного производства, при которой осуществляется

совместная деятелност работников, обладающих определенными качествами по

изменению предметов труда.

Annotat

ion

:

In this article, employment is considered as a socio-economic concept.

Employment of the population as an economic concept is studied in the process of direct labor, in

which the economically active part of the population is combined with the means of production.

Employment of the population is a characteristic of social production, in which the joint activity

of workers with certain qualities to change the objects of labor is carried out.

AHOLI BANDLIGI

SOHASIDAGI DAVLAT

SIYOSATINI

TAKOMILLASHTIRISHNING

ASOSIY YO'NALISHLARI

АZIZBEK ISM

A

ILOV

Аlfraganus Universiteti

Iqtisodiyot kafedrasi

, dotsent v.b.

ORCID: 0009-0006-3676-5349

a.ismailov@afu.uz


background image

9

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

KIRISH:

Mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy-

iqtisodiy vaziyatga muhim ta’sir

ko‘rsatadigan

bandlik

muammosi

bugungi kunda respublika fuqarolari

turmushining uzviy qismi bo‘lib

qolmoqda. Aholi bandligi butun

iqtisodiy tizim amal qilish natijalarining

ijtimoiy

va

iqtisodiy

natijalarini

o‘zida

birlashtiradigan

jamiyat

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishining

muhim

yo‘nalishlarini

o‘zida

mujassamlashtiradi. Shu bois, bandlik

mamlakat

farovonligi,

islohotlar

tanlangan yo‘lining samaradorligi,

ularning aholi uchun jozibadorligi

haqida mulohaza qilish imkonini

beradigan o‘ziga xos ko‘rsatkich

hisoblanadi.

Inqiroz

sharoitida

aholi

bandligi

davlat

tartibga

solish

ustuvor yo‘nalishlari qatorida turadi.

Bunday sharoitda bandlik siyosatini

butun

jamiyatda

ijtimoiy-iqtisodiy

barqarorlikni ta’minlashga, mehnat

bozori va mehnat sohasiga bevosita

va bilvosita ta’sir ko‘rsatish orqali har

bir fuqaro bandligi sohasida ijtimoiy

himoyalanganlikni oshirishga qaratilgan

chora-tadbirlar majmui sifatida o‘rganish

mumkin.

O‘zbekiston

Respublikasida

davlat bandlik siyosati investitsion,

moliya-kredit, soliq va ijtimoiy siyosat

choralari yordamida amalga oshiriladi.

Ushbu tadbirlar, birinchi navbatda,

mamlakatda ish o‘rinlarini saqlab qolish

va rivojlantirishga yordam beradigan

ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona

joylashtirishga,

mehnat

resurslari

harakatchanligini oshirishga, egiluvchan

mehnat tartibotlarini rag‘batlantirishga,

yangi

texnologiyalarni

yaratishga

yo‘naltirilgan[1]. Bandlik siyosatida

asosiy vazifalar qatoriga quyidagilarni

kiritish mumkin:

1) Ish o‘rinlari tashkil etilishini

rag‘batlantirish va aholi bandligiga

ko‘maklashish, shu jumladan, ish

o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat

buyurtmasini hamda ish qidirayotgan

shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga

tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda

ularning malakasini oshirishga doir

davlat buyurtmasini shakllantirish

orqali ko‘maklashish;

2) Ishsiz

shaxslarni

moddiy

jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy

himoya qilish, ishsizlikni kamaytirish

choralarini

ko‘rish,

aholining

ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga

joylashtirishga ko‘maklashish;

3) Yoshlarni, ayniqsa, qishloq

joylardagi yoshlarni, umumiy o‘rta va

o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-

hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari,

texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari

bitiruvchilarini ishga joylashtirishni

ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga

oshirish;

4) Aholi

bandligi

sohasida

zamonaviy kasbiy standartlarni joriy

etish, mehnatni normalashtirish hamda

mehnatga haq to‘lash mexanizmlarini

takomillashtirish;

5) Aholi bandligi sohasida ayollar

va erkaklar uchun teng huquqlar hamda

imkoniyatlarni ta’minlash;

6) Ishga joylashtirish jarayonlariga

ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy

etish, aholining ishga joylashishiga

ko‘maklashish

bo‘yicha

xizmatlar

bozorida zamonaviy infratuzilmani va

raqobat muhitini yaratish;

7) O‘zbekiston

Respublikasi

fuqarolariga

O‘zbekiston

Respublikasidan

tashqarida

ishga

joylashishida

ko‘maklashish,

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida

vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga

oshirish davrida ularning huquqiy va

ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini

ta’minlash.

Davlat bandlik siyosati davlat

tomonidan barcha darajalarda olib

boriladigan

ijtimoiy

siyosatning

uzviy qismi hisoblanadi. Bandlikka

ko‘maklashish

sohasidagi

davlat

moliyaviy,

migratsion,

ijtimoiy,

investitsion, tashqi iqtisodiy siyosati

bilan kelishtirish asosiy vazifalari

hal qilinadi. Ushbu darajada ishga

joylashtirish umumiy siyosati va

ishsizlarni qo‘llab-quvvatlash choralari

ishlab chiqiladi .

Mintaqa

darajasida

davlat

tomonidan

ishlab

chiqilgan

va

belgilangan bandlik siyosati asosiy va

ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olinadi.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu darajada

ayrim tadbirlar, masalan, kichik biznesni

qo‘llab-quvvatlash

va

fermerlikni

rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar (aholi

o‘zini o‘zi band qilishiga bevosita ta’sir

ko‘rsatadi) samarali ahamiyat kasb etadi.

Bandlik siyosati manfaatlarida mintaqa

hukumati turar-joy, yo‘l qurilishiga

ko‘maklashish borasidagi dasturlarni

amalga oshirishi mumkin. Shu tariqa,

ushbu dasturlar qo‘shimcha zaruriy

ish o‘rinlarini ta’minlashi mumkin, bu

ayniqsa, inqiroz davrida ushbu turdagi

ishlar uchun xom ashyo tayyorlash,

yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan

mintaqadagi

boshqa

korxonalarni

siyosatining

asosiy

yo‘nalishlari

3.1.1-rasmda keltirilgan.

Davlat

darajasida

bandlik

siyosatining

asosiy

yo‘nalishlari

shakllanadi, uning maqsadi belgilanadi

va bandlik siyosatini demografik,

1-rasm. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosati yo‘nalishlari


background image

10

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

faollashtirgani bilan ahamiyatlidir.

Mahalliy darajada aholi bilan

bevosita ishlar olib boriladi va ishga

joylashtirish,

fuqarolarni

o‘qitish

(qayta o‘qitish) sohasidagi bandlik

siyosati qoidalari amaliyotga joriy

etiladi, ishsizlarga nafaqa to‘lovi

amalga oshiriladi. Mahalliy o‘zini o‘zi

boshqarish organlari aholi bandligiga

ko‘maklashishga qaratilgan bir qator

chora-tadbirlarni tashkil qilish va

moliyalashtirishda

ishtirok

etish

huquqiga ega bo‘lib, ular orasida jamoat

ishlarini tashkil qilish, o‘smirlarni

vaqtinchalik

ishga

joylashtirish

(o‘qishdan bo‘sha vaqtda) hamda

vakansiyalar yarmarkasi, abiturientlar

kunini o‘tkazish, birinchi marta ish

izlovchilarga

ishga

joylashishda

ko‘maklashish qonunan belgilab

qo‘yilgan.

Bandlik siyosati turlari haqida ham

eslatib o‘tish joiz. Bandlik siyosatining

asosiy turlari sifatida faol va passiv

siyosat ajratiladi.

Faol bandlik siyosati – bu davlat

tomonidan ishsizlikni uning tabiiy (eng

kam) darajasiga erishish maqsadida

amalga oshiriladigan tashkiliy, iqtisodiy,

huquqiy tadbirlar majmuidir. U o‘z ishini

ochish bo‘yicha kurslar va seminarlar

vositasida tadbirkorlik tashabbuslarini

rag‘batlantirishni;

kasbga

yo‘llash,

qayta o‘qitish, malaka oshirishni;

imkoniyati cheklangan shaxslar uchun

maxsus ish o‘rinlarini tashkil etishni

o‘z ichiga oladi. “Ilgarilab o‘ynash”ga

intilish, inqirozning yuz berishiga

yo‘l qo‘ymaslikka urinish bandlik

siyosati ushbu turining xususiyati

hisoblanadi. Shu sababli faol siyosatga

yana ishlovchilarning ommaviy ishdan

bo‘shatilishi oldini olish, iqtisodiyot

va

mehnat

bozori

ehtiyojlariga

muvofiq samarasiz ish o‘rinlarini qayta

yo‘naltirish va boshqalar bo‘yicha

ko‘plab tadbirlar ham kiradi. Faol

bandlik siyosati davlatga ko‘proq

foydali, chunki uning asosida yotadigan

choralar unga qo‘yilgan mablag‘larning

qoplanishi va qaytaruvchanligini ko‘zda

tutadi.

Passiv bandlik siyosati, birinchi

navbatda,

ishsizlik

oqibatlarini

kamaytirishga

qaratilgan

davlat

tadbirlari

majmuini

o‘zida

mujassamlashtiradi. Bunga ishsiz

sifatida tan olingan fuqarolarni ishsizlik

nafaqasi ko‘rinishida moddiy qo‘llab-

quvvatlash hamda ish o‘rinlarini saqlash

kiradi. Boqimandalarga haq to‘lash

amal qiladi. Ushbu bandlik siyosatining

xususiyati shundan iboratki, u mutlaqo

ishsizlarga yordam bilan cheklanadi.

Ba’zan kamayib boruvchi passiv

bandlik siyosati ham ajratiladi. U ham

ishsizlarga moddiy yordamni ko‘zda

tutadi. Biroq ishini yo‘qotganlar uchun

ish o‘rinlarini izlash va tanlash bo‘yicha

keng va turli-tuman xizmatlar doirasini

taqdim etadi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan

mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha,

davlat tomonidan mehnat bozorini

tartibga solish va o‘zini o‘zi tartibga

solish mexanizmlarini uyg‘unlashtirish

aholi bandligini tartibga solishning

samarali usuli bo‘lib qoldi. Bandlikni

tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari

2-rasmda to‘liq keltirilgan.

Rivojlangan bozor iqtisodiyoti

mamlakatlari tajribasi ko‘rsatishicha,

aholi bandligini tartibga solish tizimida

quyidagi usullar ajratiladi:

- foyda orqali ta’sir ko‘rsatuvchi

va xo‘jalik sub’ektlarining iqtisodiy

manfaatlarini

rag‘batlantiruvchi

iqtisodiy usullar bo‘lib, bu yerda

mexanizmlar orasida eng samaralisi

sifatida soliqqa tortish, imtiyozli

kreditlash, ish o‘rinlarini yaratish va

saqlab qolishga, kadrlarni kasbga

o‘qitish,

innovatsion

tarmoqlarni

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tarif

siyosati hamda budjet siyosati vositalari

ajratiladi;

- tashkiliy usullar, ular orasida

asosiy rol davlat va nodavlat aholi

bandligi

markazlarini

yaratish,

tadbirkorlar va yollanma ishchilar,

mehnat sohasida maslahat, huquqiy

xizmatlar markazlari, kasbiy ta’lim

tizimida markaz o‘quvchi yoshlarini

kasbga yo‘llash tizimi uchun mehnat

bozorini axborotlar bilan ta’minlash ;

- mehnat

huquqidan,

ish

kuni davomiyligi, fuqaro mehnat

hayoti davrini o‘rnatish, ishlovchilar

huquqlarini himoyalashdan boshlab,

mehnat munosabatlarining aniq tor

sohalaridagi

tartiblar,

me’yorlar,

standartlar,

cheklovlar,

uslubiy

tavsiyalar (bu ishlovchilarni ishga yollash

tizimiga, mehnat shartnomalarini tuzish,

migrantlarga

kvotalarni

belgilash,

ularning

- mehnat va hayot faoliyati uchun

qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi

bandligini qo‘llab-quvvatlash fondiga

majburiy ajratmalar, ijtimoiy kafolatlar

me’yorlari va b.ga tegishli) bilan

yakunlagan holda davlatdagi mehnat

munosabatlarini

tartibga

soluvchi

me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi olrqali

ta’sir ko‘rsatadigan ma’muriy usullar.

Aholi bandligini tartibga solish

va “bozor buzilishlari” bilan kurashda

davlat aralashuvi amaliyoti mehnat

bozoridagi siyosat vositalarini aholi

bandligiga ko‘maklashish faol siyosati

tadbirlaridan foydalanishni kengaytirish

tomoniga

o‘zgartirish

zaruratini

namoyish etadi. Biroq mehnat bozorini

tartibga solish va boshqa, muntazam

o‘zgarib boruvchi sharoitlarga taalluqli

mexanizmlarni ishlab chiqish va

takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj

saqlanib qolmoqda. Aholi bandligini

boshqarishda majmuaviy ta’sir ko‘rsata

oladigan ta’sirchan dasturiy-maqsadli

usulga alohida e’tibor qaratish lozim.

3.1.2-расм. Аҳоли бандлигини тартибга солиш йўналишлари


background image

11

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

Bandlikni tartibga solishda quyidagi

dasturlar amal qilishi mumkin:

- masalan, sanoatni rivojlantirish

sohasidagi ijtimoiy dasturlar (ular bir

vaqtning o‘zida ham iqtisodiy o‘sishni,

ham bandlik ortishini ta’minlashi

mumkin);

- qo‘shimcha kasbiy o‘qitish va

qayta tayyorlashga barcha muhtojlarga

qulayliklarni ta’minlashga qaratilgan

dasturlar;

- kichik

tadbirkorlikning

rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha

maxsus dasturlar (yakka xususiy va

oilaviy korxonalar) .

Shunday qilib, ushbu budjet

moliyalashi

taqchilligi,

mehnat

bozoridagi vaziyatning o‘tkirlashishi

sharoitida davlat tomonidan mehnat

bozorini tartibga solish mexanizmlaridan

foydalanish samaradorligini oshirishdan

yashirin rezervlar va qo‘shimcha

resurslarni izlash lozim.

Bandlik

siyosatini

asoslashda

mamlakat

iqtisodiyotining

iqtisodiy o‘sish yo‘liga chiqib olishi

manfaatlaridan

yondoshish

lozim.

Ushbu sharoitda bandlikni boshqarish

va mehnat bozorini tartibga solish

mexanizmlarini o‘zgartirish zarur. Shu

sababli agar keyinchalik bandlik siyosati

va ommaviy ishsizlikni to‘xtatib qo‘yish

davlatning diqqat markaziga qo‘yilsa,

u holda bandlik va mehnat bozori

sohasida stagnatsiyani kutish mumkin

bo‘ladi. Demak, davlatning bandlik

sohasidagi siyosati samarali bo‘lishi

uchun u aniq insonga qaratilgan va

muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Ko‘rsatilgan

vositachilarning

birinchi turiga yana rekruting agentligi

kiradi. O‘z firmalarida vakansiyalarni

to‘ldirishning uzoq muddatli va joriy

jarayonlaridan

manfaatdor,

aniq

ish beruvchilar buyurtmasi asosida

ishlaydigan

nodavlat

tashkilotlari

shunday

muassasa

hisoblanadilar.

Rekruting agentliklari mavjud va

shakllanayotgan vakansiyalar bo‘yicha

ma’lumotlar

bazasini

yuritadilar,

tashkil etilgan va prognoz qilinayotgan

vakansiyalar, ish o‘rinlarini izlovchilarni

maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlash

bilan shug‘ullanadilar.

Oxirgi vaqtda elektron rekruting,

deb nomlangan amaliyot keng tarqaldi.

Elektron rekruting xodimlarni tanlash va

izlash kesimida Internet imkoniyatlariga

tayanadi.

Elektron

rekruting

vakansiyalar mavjudligi to‘g‘risida ish

o‘rinlaridan manfaatdor nomzodlarni

tezroq xabardor qilishni ta’minlaydi.

Elektron rekruting asosiy instrumental

agentlik veb sayti sifatida chiqadi.

Ishchi kuchi oldi-sotdisini tashkil

qilish bilan bog‘liq va ish beruvchilar

yoki yollanma ishchilar nomidan

amalga oshiriladigan faoliyati mehnat

bozoridagi vositachilikning ikkinchi

turi hisoblanadi. Ish beruvchilar “jamoa

mehnat shartnomalari”, deb nomlangan

shartnomalarni tuzishlari qulay bo‘lib

yollanma

ishchilarning

vakolatli

birlashmalari

shartnoma

bo‘yicha

ularning sheriklari bo‘lib chiqadilar.

DBX bandlik siyosatini davlat

iqtisodiy siyosati bilan bog‘lash, bu

rejalarni mehnat bozori voqeligi va

boshqa manfaatdor tomonlar manfaatlari

bilan kelishtirish uchun aholi bandligiga

ko‘maklashish

bo‘yicha

faoliyatini

rejalashtirish jarayoniga jalb qilinadi.

Strategik va tezkor rejalashtirish asosida

ma’lum maqsadlar ko‘rsatiladi, ular

ishni samarali tashkil qilish tadbirlariga

kiritilgan bo‘lishi kerak. DBX ning

ishlash samaradorligi ko‘rsatkichlari

quyidagi toifalarga bo‘linadi. (3-jadval).

Umuman,

aholi

bandligiga

ko‘maklashish

jarayonining

institutsionallashish darajasini baholash

uchun yangi turdagi xizmatlar hajmi,

rahbar xodimlar va ishlovchilar oldidagi

zamonaviy vazifalar, ish stilining

o‘zgarishi, samaradorlik va ish sifatini

oshirishga doimiy intilish asosiy mezon

bo‘lishi kerak, ya’ni DBX muvaffaqiyatli

faoliyatining pirovard mezoni amaldagi

resurslar va real natijalar nisbatidan

iborat bo‘lishi zarur.

Baholash uchun qo‘llanilayotgan

ko‘rsatkichlar tizimi natijalarning qiyosiy

taqqoslanuvchanligini ta’minlashi kerak.

Taqqoslash rejalashtirilgan maqsadlarga

erishish nuqtai nazaridan avvalgi va

boshqa tashkilotlar ko‘rsatkichlariga

nisbatan olib boriladi .

DBXdagi

ko‘plab

funksional

o‘zaro

aloqalarni

tizimlashtirish

nuqtai nazaridan DBX boshqaruv

strategiyasi qoidalarini amalga oshirish

imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga

muvofiq. Bunday imkoniyatni aniqlash

uchun

tizimlashtirishning

ayrim

qonunlaridan foydalaniladi :

-

o‘z

o‘zini

rivojlantirish

qonuni: har bir tizim atrof-muhitga

moslashayotganda

o‘z

resurslari

hisobidan amalga oshirishi va yangi

sifatlarga ega bo‘lishi lozim;

- o‘zgartirish qonuni: har bir tizim

muhit bilan aloqa va munosabatlarga

kirishgan holda barchani jalb qiladigan

muhit ta’siriga tortildi hamda muhit

ob’ektlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi;

- integratsiya qonuni: tizimdagi

barcha munosabatlar tizimning yagona

markazidan

tartibga

solinadigan

munosabatlar

tizimli

to‘plamini

shakllantirgan holda jamlanadi;

- nisbiylik qonuni: faqat ma’lum

vaqt davomidagina haqqoniy bo‘lgan

tizim xossalari va munosabatlari mos

keladi;

-ustuvorliklar qonuni: ijtimoiy-

iqtisodiy

tizim

munosabatlarining

ob’ektiv xossasi empirik bilimlar

haqqoniyligi yetishmasligi sharoitida

rivojlanish jarayonida ustuvor bo‘lib

qoladi;

- uyg‘unlashtirish qonuni: har

bir tizim muhit ta’sirida o‘zining

kuchli

va

kuchsiz

xossalarining

funksional nisbatida muvozanatlashgan

rivojlantirish uchun muhit yaratishga

intiladi;

- tizimlilik qonuni: munosabatlar

ob’ektning tizimliligi aloqalari mavjud

bo‘lganda, amal qilishi mumkin.

DBX dagi funksional o‘zaro

aloqalarni maqbullashtirish jarayonida

uning muhim vazifalarini belgilash

zarur.

DBX amal qilishi samaradorligini

baholashning

uslubiy

ta’minotini

shakllantirish

zarur.

O‘zbekiston

Respublikasida mehnat bozori va


background image

12

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

bandlik

siyosatining

maqsadga

yo‘naltirilganligini kuchaytirish taqozo

etiladi. Bu ichki, demografik, iqtisodiy,

tarmoq omillari bilan belgilanib, global

ijtimoiy-iqtisodiy

transformatsiyalar

oqibatlari bilan bog‘liq tashqi ta’sirlar

ostida chuqurlashmoqda.

Iqtisodiy

islohotlarni

chuqurlashtirish sharoitida O‘zbekiston

Respublikasi aholi bandligini tartibga

solish davlat siyosatini takomillashtirish

va rivojlantirish maqsadida ekspert

so‘rovnomalar shaklida sotsiologik

tadqiqot o‘tkazildi. Ekspert sifatida 7

kishidan iborat O‘zbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish

vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi

Bandlik va mehnat munosabatlari

vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi

Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi

xodimlari so‘rovdan o‘tkazildi.

So‘rovnomada

qatnashgan

7

ta ekspertdan oltitasi O‘zbekiston

Respublikasining mehnat bozori

quyidagi xususiyatlarga ega ekanligini

e’tirof etdilar:

-

1990

yillardan

boshlab,

respublika mehnat bozoridagi talab

va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik

tendensiyasining asta-sekin pasayishi

kuzatildi;

- dotatsiyali mintaqalar xususiyati

qisqarib bormoqda;

- kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay

shart-sharoitlar yaratilgan;

- ish haqi hajmi mintaqaviy

xususiyatiga egaligi qayd etildi.

Yuqorida keltirilgan xususiyatlar

qatoriga qo‘shimcha quyidagilarni

kiritish mumkin .

Barcha

ekspertlar

tomonidan

O‘zbekiston

Respublikasi

mehnat

bozoridagi vaziyatni maqbullashtirish

uchun ta’sirchan choralar qabul

qilinganligi ta’kidlandi.

“Respublikada

bandlik

siyosatini amalga oshirishda qanday

qiyinchiliklarga duch kelinmoqda?”

degan savolga javobda ekspertlar

quyidagi variantlarni ko‘rsatdilar:

- mavjud vakansiyalar haqidagi

ma’lumotlar internetda joylashtirilgan;

- budjet tarmoqlarida, jumladan,

tibbiyot va ta’limda ish haqining pastligi;

- ishsiz aholi uchun faqat

qarindoshlik

aloqalari

mavjud

bo‘lgandagina

ishga

joylashish

imkoniyati bo‘ladi;

- agar kam ish o‘rinlari yaratilsa,

u holda yuqori talab qilinadigan

tarmoqlarda ish joylari yetarlicha

yaratilmaydi.

Respublikada bandlik siyosatini

takomillashtirishning

ustuvor

yo‘nalishlari sifatida so‘rovnomada

qatnashgan

ekspertlar

qo‘shimcha

axborot-maslahat xizmatlarini tashkil

qilish, mintaqalarning o‘ziga xos

xususiyatlarini hisobga olib, yangi ish

o‘rinlarini yaratishni, jumladan, qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash,

baliq zavodlari, yog‘ochni qayta ishlash

korxonalari, ta’lim xizmatlari bozori

islohotlarini jadallashtirishni taklif

qildilar.

Respublikada amalga oshirilayotgan

aholi bandligini qo‘llab-quvvatlashga

qaratilgan chora-tadbirlarga faol va

passiv siyosatlar doirasida mintaqadagi

ijtimoiy-mehnat

munosabatlarini

maqbullashtirish, mehnat bozoridagi

keskinlikni yumshatishga qaratildi:

yangi yaratilayotgan ish joyiga subsidiya

olish imkoniyati yaratildi; ishsizlik

nafaqasi hajmi oshirildi; ish o‘rinlari

vakansiyalari yarmarkalari muntazam

ravishda o‘tkazilmoqda; jamoat ishlari

tashkil qilinmoqda; ishsizlar kasbiy

tayyorgarlikdan

o‘tishga,

malaka

oshirish va h.k larga yuborilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Ўзбекистон Республикасининг “Аҳоли бандлиги тўғрисида”ги Қонунини.

2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 29 декабрдаги “Олий Мажлисга Мурожаатномаси.// www.

president.uz.

3. Андреев С.В. Кадровый потенциал и проблемы занятости в условиях перехода России к рыночным отношениям. М.:

Институт социологии. РАН, 2010 г. 184 с.

4.Буторин А.М.Направления совершенствования регулирования занятости населения в регионе//Вестник экономиче

-

ской интеграции. 2010.№5. С.137-141.

5. Волгин Н.А. Социальная политика: учебник/под общ.ред. Н.А.Волгина М.: Изд-во «Экзамен», 2002 г. С.73.

В.С., Волгин П.А. Рынок труда. М.: Экзамен, 2003 г. 478 с.

6.Галкин А.И. Основные направления повышения эффективности и результативности деятельности органов государ

-

ственной власти в Российской Федерации./ Актуальные проблемы и перспективы развития государственного управления:

сб.науч. статей по материалам ежегодной науч.-прак. Конф. От 23 ноября 2013 г. /под ред. С.Е.Прокофьева, О.В.Паниной,

С.Г. Еремина. М: Юстицинформ, 2014.

7.Женева: Международное бюро труда, 2001. 228с. с.104.

9. Золотов А.В. О роли рабочего класса в современной экономике. //Вестник нижегородского университета им. Н.И.Ло

-

бачевского. Серия: Экономика и финансы. 2004. №2. С.545.

10. История эконаминческих учений: (современный этап): Учебник/ Под общ.ред. Худокормова А.Г.-М: Инфра. М. 1998.

11. Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. / Дж.М. Кейнс. М: Прогресс, 1978.-494с.

12.Костин Л.А., Зущина Г.М., Султанова Р.М. Рынок труда и теория занятости: учеб.пос. М.: АТиСО, 1997, 424 с.

13 Пудич В. Проблема системности менеджмента в России. //Менеджмент сегодня. 2003. №2. С.43-55.

14. Фан Т., Хансен Э., Прейс Д. Государственная служба занятости в условиях меняющегося рынка труда. Женева: Меж

-

дународное бюро труда, 2001. 228с. с.103.

15.Шубцова Л.В. Государственное антикризисное управление: системный подход.//Национальные интересы: приори

-

теты и безопасность. 2011. №5. С.11-19.

16. https://stat.uz/

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг “Аҳоли бандлиги тўғрисида”ги Қонунини.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 29 декабрдаги “Олий Мажлисга Мурожаатномаси.// www. president.uz.

Андреев С.В. Кадровый потенциал и проблемы занятости в условиях перехода России к рыночным отношениям. М.: Институт социологии. РАН, 2010 г. 184 с.

Буторин А.М.Направления совершенствования регулирования занятости населения в регионе//Вестник экономической интеграции. 2010.№5. С.137-141.

Волгин Н.А. Социальная политика: учебник/под общ.ред. Н.А.Волгина М.: Изд-во «Экзамен», 2002 г. С.73. В.С., Волгин П.А. Рынок труда. М.: Экзамен, 2003 г. 478 с.

Галкин А.И. Основные направления повышения эффективности и результативности деятельности органов государственной власти в Российской Федерации./ Актуальные проблемы и перспективы развития государственного управления: сб.науч. статей по материалам ежегодной науч.-прак. Конф. От 23 ноября 2013 г. /под ред. С.Е.Прокофьева, О.В.Паниной, С.Г. Еремина. М: Юстицинформ, 2014.

Женева: Международное бюро труда, 2001. 228с. с.104.

Золотов А.В. О роли рабочего класса в современной экономике. //Вестник нижегородского университета им. Н.И.Лобачевского. Серия: Экономика и финансы. 2004. №2. С.545.

История эконаминческих учений: (современный этап): Учебник/ Под общ.ред. Худокормова А.Г.-М: Инфра. М. 1998.

Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. / Дж.М. Кейнс. М: Прогресс, 1978.-494с.

Костин Л.А., Зущина Г.М., Султанова Р.М. Рынок труда и теория занятости: учеб.пос. М.: АТиСО, 1997, 424 с.

Пудич В. Проблема системности менеджмента в России. //Менеджмент сегодня. 2003. №2. С.43-55.

Фан Т., Хансен Э., Прейс Д. Государственная служба занятости в условиях меняющегося рынка труда. Женева: Международное бюро труда, 2001. 228с. с.103.

Шубцова Л.В. Государственное антикризисное управление: системный подход.//Национальные интересы: приоритеты и безопасность. 2011. №5. С.11-19.

https://stat.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов