Влияние взглядов Карла Поппера на идеи постпозитивизма

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Шербобоев, М. . (2024). Влияние взглядов Карла Поппера на идеи постпозитивизма. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(6), 33–35. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30292
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние взглядов Карла Поппера на постпозитивизм, а также объясняется, как взгляды Поппера соотносятся с идеями позитивизма, неопозитивизма и формируются как идея, дополняющая вышеуказанное учение с точки зрения исторического развития. Анализируются роль и значение взглядов Поппера в современной философии, отношение к нему в его время.


background image

32

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

KARL POPPER QARASHLARINING POSTPOZITIVIZM

G'OYALARIGA TA'SIRI

SHERBOBOYEV

Muxriddin

ALFRAGANUS UNIVERSITY

ORCID

: 0009-0007-4384-5686

Влияние взглядов Карла Поппера на идеи постпозитивизма

mamajonovanodira448@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

Karl Popper qarashlarining postpozi vizmga ta'siri

masalasi o'rganilgan bo'lib, Popper qarashlarining pozi vizm, neopozi vizm g'oyalari bilan

aloqadorligi hamda tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan yuqoridagi ta'limotlarni to'ldiruvchi

g'oya sifa da shakllanganligi yori lgan. Popper qarashlarining hozirgi zamon falsafasida

tutgan o'rni va ahamiya va o'z davrida unga bildirilgan munosabat masalasi tahlil qilingan.

Аннотация:

В данной статье рассматривается влияние взглядов Карла Поппера

на постпозитивизм, а также объясняется, как взгляды Поппера соотносятся с идеями

позитивизма, неопозитивизма и формируются как идея, дополняющая

вышеуказанное учение с точки зрения исторического развития. Анализируются роль

и значение взглядов Поппера в современной философии, отношение к нему в его

время.

Abstract:

This ar cle examines the influence of Karl Popper's views on postposi vism,

and explains how Popper's views are related to the ideas of posi vism, neoposi vism, and

formed as an idea that complements the above teachings from the point of view of

historical development. The role and importance of Popper's views in modern philosophy

and the a tude towards him in his me are analyzed.

Kalit so'zlar:

pozi vizm, neopozi vizm,

postpozi vizm

, bilish, ilmiy bilish,

epistemologiya

, taraqqiyot, ij moiy taraqqiyot, falsafiy mu�ohada.

ШЕРБОБОЕВ

Мухриддин

АЛЬФРАГАНУС УНИВЕРСИТИ

The influence of Karl Popper's

views on the ideas of postposi vism

SHERBOBOYEV

Mukhriddin

ALFRAGANUS UNIVERSITY


background image

33

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

KIRISH

Har

qanday

falsafa

bilan

shug‘ullangan faylasuf qarashlarida borliq,

uning mohiyati, bilish va undagi o‘ziga

xoslik va mantiq masalasi, albatta, aks etadi.

Chunki, bunga sabab har bir inson hayoti

bilan bog‘liq bo‘lgan bu uch muammo

hamma uchun birdek ahamiyatli. Buni Karl

Popper ijodida ham kuzatish mumkin.

K.Popper F.Bekon va R.Dekartning

insonning

aqlu

idroki

va

bilish

qobiliyati haqidagi qarashlarini «soxta

epistemologiya» deb ataydi. Chunki

insonning aqlu idroki cheklangan, u

«hech narsani bilmasligini biladi», xolos.

Qolganlari

aqlning

takabburligidir.

Shuning uchun ham Popper haqiqatni

talqin qilishda ilmda davogar bo‘lishga

da’vogar har qanday ta’limotga shubha

bilan qarash lozim, deb ta’kidlaydi. Buning

sababi nimada? Ta’kidlash joizki, «hozirgi

paytda fan falsafasi bilan shug‘ullangan

ba’zi olimlar fan rivojlanishi kumulyativ

(to‘plovchi) jarayon emas, degan fikrga

qo‘shiladilar»[1]. Fan tarixida, shu

jumladan, uning ayrim sohalari tarixida

ham shunday davrlar bo‘lganki, yillar

davomida yig‘ilgan bilimlarni: nazariyalar,

tamoyillar, asos soluvchi qoidalarni qayta

ko‘rib chiqish sodir bo‘lgan.

MATERIAL VA METOD

Ilmiy taxminlarning haqiqiyligini

aniqlashda birinchi asosiy mezon bu D.Yum

va I.Kant kabi olimlarga ma’lum bo‘lgan,

taxminlarni tajriba bilan solishtirish

talabi, deb hisoblanadi. Agar hissiy

tajribada, emperizmda uni tasdiqlovchi

obyektlarni ko‘rsatish mumkin bo‘lmasa,

unda u ahamiyatsizdir, noto‘g‘ridir.

XX asr G‘arbiy Yevropa falsafasida,

xususan, Vena to‘garagi pozitivistlari

ushbu talabni verifikasiya tamoyili deb

nomlashdi: ilmiy tushunchalar, taxminlar,

nazariyalarni tajriba orqali tekshirish

mumkin bo‘lsa, unda ular ilmiy ahamiyat

kasb etadi. Tajriba ma’lumotlariga bevosita

aloqador

bo‘lmaydigan

rivojlangan

nazariy tushunchalarga nisbatan bilvosita

verifikasiyani ishlatish mumkin. Masalan,

«kvark»

(faraz

qilingan

zarracha)

tushunchasiga tajriba orqali real ekvivalent

(o‘xshash narsa) topib berish mumkin emas.

Lekin kvark nazariyasi tajriba, eksperiment

yo‘li bilan qayd etilishi mumkin bo‘lgan

qator hodisalarni oldindan aytib beradi,

demak, ushbu nazariyani bilvosita

verifikasiya qilish mumkin.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ratsional tanqid tamoyilini ilgari

surgan Karl Popper verifikasiya tamoyili

orqali har qanday mohirona qurilgan

nazariyaga uni tasdiqlovchi empirik dalillar

topish qiyin emas, deb hisoblaydi. Lekin

haqiqiy ilmiy nazariyalar murakkabroq

tekshirishlarga bardosh berishi lozim.

K.Popperning fikriga ko‘ra, Vena to‘garagi

a’zolari ilgari surgan verifikasiyalashtirish

ilmiylikning asosiy belgisi (mezoni) bo‘lib

xizmat qila olmaydi. Ilmiy nazariyalarni

chegaralash

(demarkatsiyalash)

ning

asosiy belgisi bu falsifikatsiyalashtirish,

ya’ni fanga tegishli bo‘lgan har qanday

nazariyani rad qila olish, noto‘g‘riligini

isbotlab berish mumkinligidir.

Agar nazariya uni rad qilib

bo‘lmaydigan

ko‘rinishda

qurilgan

bo‘lsa unda u ilmiy qiymatga ega emas.

«Marksizm, psixoanaliz, astrologiya kabi

ta’limotlarni aynan rad qilib bo‘lmasligi

ular tushunchalarining noaniq bo‘lishiga

sabab bo‘ladi hamda ular tarafdorlari

barcha faktlarni o‘z qarashlariga zid

bo‘lmagan yoki qarashlarini tasdiqlovchi

deb talqin qilishiga olib keladi va ularni

noilmiy ta’limotga aylantiradi, deb

hisoblaydi K.Popper.

«Haqiqiy

fan

rad

etilishdan

qo‘rqmasligi lozim, – deydi K.Popper: –

ratsional tanqid hamda faktlar yordamida

doimiy tuzatilishi ilmiy bilishning

mohiyatidir»[2]. Faylasuf ilmiy bilimning

harakatchan konsepsiyasini tavsiya qildi:

ilmiy bilim bu – taxminlar ya’ni, gipotezalar

va ularning raddiyalari uzluksiz oqimidir.

Ilm-fan taraqqiyoti natijasida faqat «eng

kuchli nazariyalar» saqlanib qolishi lozim,

lekin ular mutlaq haqiqat bo‘la olmaydi.

Har qanday bilim taxminiy, nisbiy

tavsifga ega, uning har qanday qismidan

shubhalanish mumkin va har qanday

mazmun tanqid uchun ochiq bo‘lishi lozim.

Shunisi xarakterliki, agarda K.Popper

uchun tanqidiylikning qarama-qarshiligi

bo‘lmish aqidaparastlik (dogmatizm) fanni

soxta fanga aylantirsa, T.Kun uchun ilmiy

faoliyatning zaruriy sharti – muayyan

turdagi aqidaparastlik yaxshi tasdiqlangan

va samarali qarashlar tizimiga qat’iyan

mosligidir. T. Kunning nuqtayi nazariga

ko‘ra, «fanning uzoq muddatli tinch

rivojlanishi qisqa muddatli g‘alayon va

fandagi inqiloblar davri bilan almashadi,

bunda paradigmalar, olamning ilmiy

manzarasi o‘zgaradi»[2].

Falsifikatsiya talabining mohiyati-dan

Popper ta’limotining tanqidiy xususiyati

kelib chiqadi. Mantiqiy pozitivistlar asosan

ilmiy bilim strukturasini o‘rgandilar,

uning rivojlanishini tadqiq etish esa

fan falsafasi muammolarini boyitdi.

K.Popperning xulosasi «induksiyaga,

ya’ni turli xil kuzatuvlar natijalarini

umumlashtirilishiga asoslangan xulosa-

dir. U ruhiy omil ham, kundalik hayotiy

hodisa ham, ilmiy faoliyatning omili ham

emas»[3]. Fanda dalil va kuzatuvlarni

tasdiqlash, induksiyaning bazisi sifatida

emas, balki nazariyalarni tekshirish va

inkor etish falsifikatsiyaning muqim

sifatidir. Dalil va kuzatuvlar gipotezani

shakllantirish uchun imkon yaratadi,

lekin gipoteza ularni umumlashtirmaydi.

Nazariyotchilar dalillar asosida gipote-

zani falsifikatsiyalashtirishga urinadilar.

Chunki falsifikatsiya qiluvchi xulosa

deduktiv harakterga ega.

Popper konsepsiyasini yaxshiroq

tushunish

uchun

uning

mantiqiy

pozitivizm

metodologiyasidan

farqli

tomonlarga diqqat qaratish maqsadga

muvofiqdir.

Mantiqiy pozitivizm hissiy bilishni

mutlaqlashtiradi. K.Popper esa bilimga

turli usullar bilan erishish mumkinligini

e’tirof etadi. Kuzatuv, Popper fikriga ko‘ra,

tashqi ta’sirlarni oddiygina qayd qilish

emas, balki gipoteza va nazariyalarni faol

tekshirishdir, shuning uchun u nazariy

farazlar bilan to‘ldiriladi.

Mantiqiy pozitivistlar demarkasiya

mezoni sifatida verifikasiyani, Popper

esa falsifikatsiyani qabul qilgan. Unda

fan va metafizika orasidagi farq aniq

ifodalanmagan. K.Popper fan rivojiga

metafizikaning katta ta’sir ko‘rsatganini

tan oladi. «Mantiqiy pozitivistlardan farqli

ravishda, Popper ba’zi an’anaviy metafizik

fikrlardan yiroq bo‘lib, «uch olam»

metafizik konsepsiyasini yaratdi»[4].

Mantiqiy pozitivistlar fanning asosiy

usuli sifatida induksiyani, ya’ni xususiy

dalillardan, yakkalikdan umumlashtirishga

ko‘tarilishni qabul qilar edilar. K.Popper

esa, induksiya usulini rad etdi. Uning usuli

sinash va adashish bo‘lib, u faqat deduktiv

mulohazalarga asoslangan. Mantiqiy

pozitivistlar

kumulyativizmni

e’tirof

qildilar, ya’ni ularning fikricha, bilish

jarayonida har qanday keyingi qadam

oldingi natijalarning umumlashtirilgan

xulosasidir. K.Popper fikriga ko‘ra bilimni

rivojlantirish modeli kumulyativ emas

edi. U hech qanday bilim to‘planishini tan

olmaydi.

«Mantiqiy pozitivizm vakillarining

muxim metodologik vazifasi fan tilini tahlil

qilish, ilmiylikning aprior» standartlarini

aniqlash bo‘lgan. Karl Popper o‘z usulining

vazivasini bilimlar rivojlanishini tahlil

qilishda deb biladi. Bu esa o‘z navbatida

fan tilidagi mantiqiy tahlilning ahamiyatini

kamaytiradi. K.Popperning metodologiyasi

mantiqdan «boshqa tomonga» burildi,

biroq fanning tarixiy taraqqiyotini inkor

etmadi.

1950-yillarning

oxiriga

kelib

fan

rivojlanishining

falsafiy

tahlili

tarixshunoslik tomonidan yana bir kuchli

impuls oldi. Fan tarixchilari, ilmiy bilimning

pozitivistlar

nazariyasiga

tayanuvchi

mutaxassislar uzluksiz kumulyativ shaklda

namoyon bo‘lishini tan oladilar, lekin

fanning chinakam rivojlanishi silliq va

to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi mumkin emasligini

tushunib yetdilar. 1930-yillarning oxirida

pozitivizmning

kumulyativizmi

va

empirizmiga birinchilardan bo‘lib qarshi

chiqqanlardan biri A.Koyre edi. «Unga

ko‘ra ilmiy inqiloblar tahlili bo‘yicha fikr

bildirilgan bo‘lib, ushbu g‘oyalarni qadr-

qimmatiga yarasha baholash fan tarixi va

falsafasining tadqiqotchisi amerikalik olim

T.Kun ilmiy tadqiqotlarining natijalari

chop etilganidan keyin boshlandi»[5].

Ratsionalizmga kelganda esa, uning

tamoyillari Dekart va Leybnis davridan

beri ma’lum edi. K.Popper ratsionalizmi,

aql kuchiga cheksiz ishonchni namoyon

etib, eski ratsionalizmdan o‘zining

tanqidiyligi bilan ajralib turardi. K

Popper faqat ratsional dalillar tanqidiy

sinovidan o‘tgan narsalarga bu dalillarni

rad etib bo‘lmaydigan davrgacha ishonish

mumkin, deb uqtirardi. Bu olamqarashning

nomlanishi – «tanqidiy ratsionalizm»,

«tanqidiy insonparvarlik» ham aynan

shundan kelib chiqqan. Bu olamqarash

nuqtayi nazaridan, ilmiy bilimning asosi

– obyektiv haqiqat emas, balki muayyan


background image

34

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

muammoning

ratsional-tanqidiy

hal

etilishidir.

Ilmiy bilim dinamikasi muammolarini

o‘rganishda

tanqidiy

ratsionalizm

metodologiyasini qo‘llash natijasida Popper

biologizatorlik ko‘rinishiga ega fan rivoji

konsepsiyasini ishlab chiqdi. Eng yaxshi

nazariya, bu- aynan inkor etilgan xamda

yangi nazariya uchun oziqlantiruvchi

muhit yarata bilgan nazariyadir, deb

hisoblaydi Popper ilmiy nazariyalarning

haqiqatlik darajasi bilan chuqur qiziqadi

va o‘z kuzatishlari asosida «tanqidiy usul,

sinash va adashish usuli (adashganlikni

aniqlash maqsadida qat’iy tanqidga duch

keluvchi, dadil gipotezalarini ilgari surish

usuli) haqiqiy ilmiy usuldir, degan xulosa

beradi.

Konvensionalizmda

ayblanishdan

qochishga harakat qilgan Popper ikki

konsepsiyani ishlab chiqadi: uch olam

ontologiyasi va subyektsiz biluvchi

gnoseologiya. Birinchisining mazmuni

olamning

uch

darajaga

(olamga)

ajratilishidan iborat. Bular: «narsalar

olami, (1- olam), insonning shaxsiy ruxiy

olami (2 olam) va g‘oyalar, ilmiy bilim,

axloq, san’atga oid bilimlar olami (3

olam). Fanning uchinchi olamini Platon

qarashlariga binoan, g‘oyalar olamiga

kiritib, K.Popper tanqidiy ratsionalizmning

konvensionalizmda

ayblanishini

qisman bartaraf etadi. Uch olamning

nisbatan

mustaqilligiga

asoslangan

yangi ontologiya, obrazli qilib aytganda,

trializm ontologiyasi, qonuniy ravishda

biluvchi subyektsiz bilish haqidagi ta’limot

yaratilishiga aylanadi.

Faylasufning fikricha, «uchinchi

olam nazariyalar, dalillar, muammolar,

kitob va jurnallar mazmunidan iborat, bu

olam birinchi va ikkinchi olamning o‘zaro

ta’siridan kelib chiqadi»[2]. Narsalar olami,

jismoniy olamning evolyutsiyasi natijasida

paydo bo‘lgan, inson psixikasi olamidan

ancha oldin mavjud bo‘lgan, deb to‘g‘ri

talqin qilingan. Uchinchi olam esa birinchi

va ikkinchi olamning o‘zaro ta’siri inson

faoliyatining qo‘shimcha mahsuli bo‘lib,

insonning biologik jihatdan tirik qolishini

ta’minlaydi.

«Uchinchi

olam»

tushunchasi

gnoseologiya masalalarini tushunishga

imkon beradi. Xususan, neopozitivistlar

gnoseologiyasi

bilimning

subyektiv

ma’nosini o‘rganib «bilaman» yoki

«fikrlayman» ni kundalik tushuncha

sifatida ifodalashgan. Bunda uchinchi

olamning mavjud bo‘lish usuli til deb

hisoblangan. Til asosida yaratilgan bu

olam odamlar psixikasidan mustaqil

ravishda,

obyektiv

mavjuddir.

Bu

obyektiv olam bilishning o‘ziga xos

turi bo‘lgan, biluvchi subyektsiz bilish

bilan bog‘liqligi tushunarli hol. Odatda,

subyektiv (insoniy) jihatlari qanchalik

kam bo‘lsa, bilim ko‘proq darajada ilmiy

hisoblanadi. Subyektivlikning, xususan,

bilim psixologizmining inkor etilishi,

Popperni, bir qarashda taajjublantiruvchi,

subyektsiz gnoseologiya g‘oyasiga olib

keladi. Subyektsiz bilish mumkin emasligi

tushunarli, biroq uning haqiqiy subyekti

kim?

To‘g‘ri, uchinchi olamni inson

yaratgan va u o‘zgarishlarga uchragan.

K.Popper ushbu olamga nafaqat haqiqiy,

balki yolg‘on nazariy tizimlarini kiritadi

hamda munozaralar, baxslar va turli

masalalarni joylashtirib, bilim o‘sishini

mustaqil jarayon deb ko‘rsatadi. Bilim

rivojlanishini tushuntirish uchun Popper

«krititsizm»

tushunchasini

ishlatadi.

Buning ma’nosi krititsizm refleksiyasidir.

Uningcha, hattoki, eng yaxshi nazariyalar

ham bizning kashfiyotimizdir. Ular

xatolarga to‘la. «O‘z nazariyalarimizni

tekshirayotib, biz quyidagicha yo‘l tutamiz:

nazariyalarimizda yashiringan xatolarni

topishga urinamiz, tanqidiy uslub mohiyati

shundan iboratdir»[2].

Krititsizmning o‘rinli ekanligini

e’tirof etish inson qobiliyatiga nisbatan

qayta murojaat qilish demakdir, u tug‘ma

yoki ilm amaliyoti negizida paydo

bo‘lgan qobiliyatdir. Ilmiy amaliyotda

tasdiqlanadiki, krititsizm zarurati tadqiqot

faoliyati davomida aniqlanadi. Kashfiyotlar

ijodiy jarayon natijasi bo‘lib, u mantiqiy

amallarning qo‘llanilishini talab etadi.

K.Popper va uning izdoshlari Lakatos,

Kun g‘oyalarining keyingi ishlanishi,

takomillashishi bilim olishi (o‘zlashtirish

jarayoni) ni tushuntirib berish yo‘nalishida

amalga oshdi. Uning ushbu yondashuvini

fallebilizm deb aytish mumkin.

Ilmiy

bilishda

fallebilizmning

asoschisi D.Yum hisoblanadi. Uning

fikricha, bizning umumiy va zaruriy

bilimlar mavjudligiga bo‘lgan ishonchimiz

illyuziyadir: tajribadan kelib chiqadigan

haqiqatni ya’ni, zarurat tusiga kirgandek

ko‘rinayotgan haqiqatni biz adashib

idrokimizning ixtiyoriy harakati natijasi

deb qabul qilamiz. «Epistemologiyadagi

ratsionalizm

chizig‘i

umumiy

va

zaruriy

bilimlarning

mavjudligini

bildiradi, muammo esa uning qanday

mavjudligidadir. Kant Yumni tanqid

qilar ekan, sof matematika aprior sintetik

bilimlar, umumiy va zaruriy haqiqatlardan

iborat deb ta’kidlagan»[4].

Ta’kidlash joizki, ratsionalizm va

fallibilizm o‘rtasidagi bahs, bilim olishdagi

individual-psixologik jihat va obyektivlik

antik davrdayoq mavjud bo‘lgan. Xususan,

Protagor fikricha, inson bilimlari barcha

narsalarning me’yoridir, Sokrat esa

odamlar fikridan xoli bo‘lgan bilimlar

borligini ta’kidlagan. Sokratgacha eleatlar

bilim va fikr (qarash) o‘rtasida aniq farq

o‘rnatishgan bo‘lib, ularning manbayini

his-tuyg‘ular bilan anglash jarayoni tashkil

etadi, borliq idrok orqali anglanadi, deb

tushunishgan.

Eleatlar ratsional falsafiy an’anaga

muvofiq

gnoseologiyaning

predmeti

masalasini amalda hal etishgan bo‘lib,

shu bahonada o‘z tadqiqot sohasidan

psixologiyani

chetlashtirgan.

Bunda

metodologik tadqiqot sohasini faqat

tasdiqlash konteksti bilan chegaralashni

taklif

qilishgan,

chunki

birinchi

kontekst psixologik omillardan iborat.

Postpozitivistlar

(Lakatos,

Popper)

psixologik omillarni ijtimoiy omillar bilan

birga fanning tashqi tarixiga aloqador deb

bilishgan. Bu esa fan tarixi uchun uning

mantig‘iga xos bo‘lmagan epistemologik

tadqiqot obyektidan iborat bo‘lib qoladi.

Hozirgi davrda Popperning tanqidiy

ratsionalizm konsepsiyasi tarkibiga nafaqat

falsifikasionizm, uch olam, subyektsiz

gnoseologiya g‘oyalari, balki muayyan

darajada ochiq jamiyat konsepsiyasi ham

kiradi. Ochiq jamiyatning xomaki loyihasi

«Ochiq jamiyat va uning dushmanlari»

asarida berilgan bo‘lib, «Tarixiylikning

qashshoqligi»

asarida

kengaytirildi

va aniqlashtirildi. K.Popper ijtimoiy

tashkilotlarni ikki turga: ochiq – liberal va

demokratik hamda yopiq tashkilotlarga

bo‘ladi. Yopiq jamiyatga misol tariqasida

ibtidoiy

traybalizmni

qabilaviy

separatizm (ajralib chiqishga intilish),

qadimgi davr tiraniyalari, fashistlar va

sho‘rolar diktaturalarini yuzaga keltiradi.

Ochiq jamiyat rivojlanishining asosiy usuli

texnologiya va jamiyatni boshqarishdagi

siljishlar orqali amalga oshiriladigan

ijtimoiy injeneriya hisoblanadi.

Jamiyat

rivojlanishining

istiq-

bollari

to‘g‘ridan-to‘g‘ri

ilmiy

kashfiyotlarga bog‘liq. Qilinajak ilmiy

kashfiyotlarning aniq vaqtini oldindan

aytib bo‘lmaganidek, tarixiy jarayon

yo‘nalishini

ham

oldindan

ko‘rib

bo‘lmaydi. Ochiq jamiyat konsepsiyasi

totalitarizmga qarshi yo‘nalgan, shu bilan

birga indeterminizmga asoslanadi va

marksizmga qarshi turadi. Geraklit, Platon,

Marksni Popper yopiq jamiyat g‘oyasining

tarafdorlari deb hisoblagan. Marks ijtimoiy

rivojlanish

nazariyasining

tajribada

tekshirib bo‘ladigan qismi, Popperning

fikricha, yolg‘ondir. Masa-lan, Marksning

kelajakdagi ijtimoiy inqi-loblar haqidagi

bashoratlari, kapitalning jamlanishi va

ishchilar sinfining qashshoqlanishiga doir

qonunlari ham shunday xususiyatga ega.

Marks

nazariyasining

keyingi

rivojlanishi, bashoratlarining nega amalga

oshmayotganligini

tushuntirish-ga

urinishlar, rivojlanishning ilk bosqichlarida

bo‘lganidek, marksizmni soxta fan va sodda

rivoyatga aylantirar edi. K.Popperning

fikriga

ko‘ra,

«marksizmning

uch

nuqsoniga quyida-gilar kiradi: essensializm

– narsalar mohiyatini tushunib yetishga

bo‘lgan da’vosi; xolizm – narsaning har

bir qismi butunligida unga xos bo‘lgan

xususiyatlarning aks etishi; va profetizm

– kelajakni oldindan bilish mumkinligini

isbotlash»[6]. Profetizmni bashorat qilishga

ishtiyoq sifatida Popper tarixiylik deb ham

atadi. K.Popper g‘oyalarining marksizmga

qarshi yo‘nalganligi liberal va konservativ

qadriyatlar tarafdorlarini o‘ziga jalb etdi.

Popperning tanqidiy ratsionalizmi

qanchalik konservatizmga qarshi yo‘nal-

gan bo‘lsa, shunchalik totalitarizmga (va

shu kabi kommunizmga) qarshi yo‘nalgan

«sosial-demokratik» falsafadir. Chunki u,

avvalambor, o‘zgarish usuli falsafasi edi,

bu o‘zgarish, zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga

oshiriladigan inqi-lobdan farqli o‘laroq,

insoniylik va aql miqyosining o‘zgarishi

sifatida baholanishi kerak.

Shuni nazarda tutmoq lozim-ki,

Popperning tarix haqidagi konsepsi-

yasining «ochiq jamiyat» va «yopiq

jamiyat» kabi asosiy tushunchalari


background image

35

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

A.Bergsonning «Axloq va dinning

ikki manbayi» asaridan olingan edi.

Bergsonning fikriga ko‘ra, yopiq jamiyat

– «tabiat quchog‘idan» endi-endi ajralib

chiqqan jamiyatdir. K.Popper uchun ham

bunday jamiyat sehrli tabular (taqiqlar)

mavjudligiga ishonishga asoslanadi. Ochiq

jamiyat, «tabularga tanqidiy munosabatda

bo‘lish va o‘z qarorlarini o‘zaro muhokama

qilishni hamda o‘z aqllari imkonlaridan

kelib chiqqan holda qabul qilishni»

o‘rgangan insonlardan tarkib topgan. Bu

jamiyat nafaqat ratsional-tanqidiy, balki

ichki jozibaga egadir.

Popper va neopozitivistlar o‘rtasida

kelishmovchiligining keyingi nuqtasi

falsafaga munosabat masalasi edi.

Vitgenshteyn fikricha, falsafaning vazifasi

nazariyalarda emas, balki amaliy faoliyatda

namoyon bo‘lishi kerak edi. Haqiqiy

falsafaning vazifasi falsafiy bema’nilikni

aniqlash hamda odamlarni mazmunli

gapirishga o‘rgatishdan iboratdir.

XX asrning birinchi yarmidan

boshlab falsafaning narsalar mohiyatiga

oid haqiqiy muammolarni hal qilish

qobiliyatiga e’tibor qaratila boshlandi. Bazi

nazariyotchilar fanda hech qanday haqiqiy

falsafiy muammolar yo‘qligiga ishonishdi.

Agar mavjud bo‘lsa ham, bu faqat tilga

oid qo‘llanish yoki so‘zlarning ma’naviy

muammolari deb hisoblashdi.

Kant kabi Popper ham, «falsafa

sohasida uzoq vaqtdan beri bahs-

munozaralarni davom ettirganda, uning

negizida hech qachon so‘z bilan bog‘liq

muammo yo‘q, lekin har doim ham

haqiqiy muammolar mavjud»[7] deb bildi.

«Popperga ko‘ra falsafiy muammolar

mavjud va ular quydagilar: kosmologiya

muammosi, olamni bilish muammosi,

shu jumladan, biz va bizning bilimimiz

bu olamning bir qismi sifatida muammo,

deydi Popper. Falsafaning vazifasi koinotni

va undagi joyimizni tanqidiy ravishda

aks ettirish, bilim olish imkoniyatimizni,

yaxshi va yomonni farqlash qobiliyatini

shakllantirishdir, deydi Popper [7].

Neyrat va Karnaplar singari Vena

to‘garagining faol a’zolari falsafa va

bilish nazariyasi kabi tushunchalarni

yo‘qotishga ham qaror qilishgan edi.

Chunki ularning fikri bo‘yicha falsafaning

aslida kosmologiyaga hech qanday aloqasi

yo‘q edi.

K.Popperning esa fikri butunlay

boshqacha bo‘lib, quydagicha yozgan

edi: «olam faqat metafizik, shuning

uchun falsafiy g‘oyalar kosmologiyaning

rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatishi

tabiiy» [7]. Falsafaning butun tarixiga

sinchiklab qaraydigan bo‘lsak, uning

haqiqatni izlash tarixi bo‘lganligiga guvoh

bo‘lamiz. Shu sababli ham, faylasuflarning

maqsadi, qiymatlarni tahlil qilish emas,

deydi Popper, balki qiziqarli va asosiy

haqiqatlarni izlash, haqiqiy nazariyalarni

izlab topishdan iborat bo‘lishi lozim.

Neopozitivistlar

bo‘lsa

empirik

ilm-fan yoki sof mantiqdan tashqarida

bo‘lgan metodik nazariya mavjudligini

rad etdilar. Tilning mantiqiy tahlili sifatida

esa bilish nazariyasini taklif qilishdi.

Quyidagi aniq izohni Vena kulubi vakillari

beradi: «bilish ta’rifga, tilga asoslangan

bo‘ladi. Shuning uchun bilimni o‘rganish

tilga aylanmog‘i lozim. Shunday qilib,

haqiqiy bilim nazariyasi - epistemologiya

va metodologiyaning mavjudligi butkul

rad etildi. Agar metodologiya, mantiq

bo‘lmasa, unda neopozitivistlarning fikriga

ko‘ra, u empirik fanning bir bo‘lagi bo‘lishi

kerak, masalan, olimlarning ish jarayonida

xatti-harakati ilmi»[8]. Bu fikrga asosan,

tabiiy metodologiya nazariyasini yaratish

g‘oyasi kelib chiqdi.

Popper «Hamma insonlar faylasuf-

lardir», degan g‘oyani ilgari suradi, shu bois

faylasuflar hamma insonlar kabi haqiqatni

topish uchun har qanday usullarni

qo‘llashlari mumkin. «Yagona falsafiy usul

umumiy ratsional muhokamaning usuli

yoki tanqidiy tadqiqot va kundalik ongning

barcha qarashlarini tekshirish usuli bo‘lishi

mumkin. Ushbu usulning maqsadi

haqiqatga yaqinlashib, inson hayotiga

kamroq yomon ta’sir ko‘rsatadigan nuqtayi

nazarga erishishdir»[8].

Popper chegaralash mezonini joriy

qiladi hamda ilm-fan boshqa barcha

nazariy qismlardan empirik usuli bilan

farq qilishini aytadi. Shuning uchun

bilish nazariyasi empirik usul nazariyasi

sifatida tavsiflanishi kerak edi. Ammo

usul nazariyasi haqida, agar ular ilmiy

tezislarning hech birini soxtalashtirishdan

himoya qilsagina o‘rnatilishi kerak bo‘lgan

muntazam metodologik qoidalar to‘plami

mavjudligi haqida gapirish mumkin.

Soxtalashtirish – bu yuqori tartib qoidasi

va boshqalar uni qo‘llashni ta’minlashi

kerak. Qoidalar orasidagi munosabatlar

qat’iy deduktiv yoki mantiqiy emas, balki

demarkatsiya mezonini qo‘llash maqsadi

bilan bog‘liq.

Popper

metodologik

qoidalarni

Konvensiya sifatida ko‘rib chiqadi, ularni

tanlov va munozaralarni tanqidiy o‘rnatish

bilan aniqlaydi va empirik fanga xos o‘yin

qoidalari sifatida tavsiflaydi. Ular, masalan,

shaxmat qoidalaridan jiddiy farq qiladi.

K.Popper bunday uslubiy qoidalarning

ikkita misolini keltiradi:

Birinchisi ilmiy o‘yin bo‘lib, uning,

oxiri yo‘q. Hech qachon ilmiy tezislarning

tekshiruvga muhtoj emasligini va to‘liq

tekshirilgan deb hisoblovchi har bir kishi

o‘yindan chetlatiladi.

Ikkinchisi agar ayrim gipotezalar

ilgari surilgan bo‘lsa va ular tekshiruvdan

o‘tgan hamda uning barqarorligini

isbotlagan bo‘lsa, uni «yetarli asoslarsiz»

yo‘q qilib bo‘lmaydi. «Yetarli asos», bu

farazni boshqa, yaxshi sinovdan o‘tgan

yoki bu farazning natijalaridan birining

soxtalashtirilgan shakli bo‘lishi ham

mumkin.

XULOSA

XX asrning oxiri ratsionalizm uchun

u qadar yaxshi bo‘lmagan davrlardan biri

bo‘ldi. K.Popperning tanqidiy ratsionalizmi

ham jamiyatning bir qismi uchun o‘zining

jozibadorligini yo‘qotdi. Ochiq jamiyatning

asosiy - qonun ustuvorligi g‘oyasi - har

qanday erkin insoniy jamiyat uchun

katta ahamiyat kasb etdi. K.Popperning

fikriga ko‘ra, G‘arbda ochiq jamiyatlar real

mavjuddir. Boshqa tomondan, ular «barcha

qachonlardir

mavjud

bo‘lganlardan

eng yaxshi, erkin va adolatli, o‘zini o‘zi

tanqid ostiga oluvchi va islohotlarning

o‘zlashtiruvchisidir». Bu fikrlar yana bir

bor «hozirgi vaqt va kelajak shunday

chalkashib ketishi mumkinki, unda tanqid

ostidagi tanqid qiluvchiga aylanadi va

uning teskarisi bo‘lishi mumkin» degan

qoidaning to‘g‘riligini isbotlaydi. Demak,

neopozitivizmni ratsional va tanqidiy

bartaraf etish jarayonida foydalaniladigan

metodologiyaning kuchli va bo‘sh

tomonlari ustida yana bir bor atroflicha

o‘ylab ko‘rish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Философия и интеграция современного социально-гуманитарного знания (материалы круглого стола) //Вопросы фило

-

софии. – №7. 2004. – С. 30-35.

2. Поппер К.Р. Логика и рост научного знания. –M.: Наука, 1983. – С. 241-242.

3. Шишкoв И.З. В пoисках нoвoй рациoнальнoсти: филoсoфия критическoгo разума. - М.: эдитoриал УРСС, 2003. – С 50.

4. Поппер К.Р. Объективное знание. Эволюционный подход. - Перевод с английского Д. Г. Лахути. – М., 2002. – С. 74.

5. Лахути Д. Г. Карл Поппер и его критики / Составление. – М.: Эдиториал УРСС, 2000. – С. 51.

6. Поппер К.Р. Нищета историцизма. – M., Издательская группа Прогресс, 1993. – C. 38.

7. Поппер К.Р. Предположения и опровержения: Рост научного знания. – М.: ООО Издательство ACT: ЗАО НПЛ Ермак,

2004. – С. 141.

8. Kurbanov, C. M., Shaniyazov, S. S., Nurfayziev, J. B., & Sherboboev, M. A. U. (2020). GEOPOLITICAL AND ECONOMIC

INTERESTS OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE SECOND HALF OF THE 19th CENTURY IN CENTRAL ASIA. PalArch’s Journal of

Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8521-8546.

9. Sherboboev, M. A. O. (2021). CRITICAL RATIONALISM AS A METHODOLOGICAL MEANS OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE.

Academic research in educational sciences, 2(8), 89-97.

10. Azimmurod o‘g‘li, S. M. (2023). KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG ‘I VA YANGI O ‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY

BILISHNING O ‘ZIGA XOSLIGI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 447-453.

Библиографические ссылки

Философия и интеграция современного социально-гуманитарного знания (материалы круглого стола) //Вопросы философии. – №7. 2004. – С. 30-35.

Поппер К.Р. Логика и рост научного знания. –M.: Наука, 1983. – С. 241-242.

Шишкoв И.З. В пoисках нoвoй рациoнальнoсти: филoсoфия критическoгo разума. - М.: эдитoриал УРСС, 2003. – С 50.

Поппер К.Р. Объективное знание. Эволюционный подход. - Перевод с английского Д. Г. Лахути. – М., 2002. – С. 74.

Лахути Д. Г. Карл Поппер и его критики / Составление. – М.: Эдиториал УРСС, 2000. – С. 51.

Поппер К.Р. Нищета историцизма. – M., Издательская группа Прогресс, 1993. – C. 38.

Поппер К.Р. Предположения и опровержения: Рост научного знания. – М.: ООО Издательство ACT: ЗАО НПЛ Ермак, 2004. – С. 141.

Kurbanov, C. M., Shaniyazov, S. S., Nurfayziev, J. B., & Sherboboev, M. A. U. (2020). GEOPOLITICAL AND ECONOMIC INTERESTS OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE SECOND HALF OF THE 19th CENTURY IN CENTRAL ASIA. PalArch’s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8521-8546.

Sherboboev, M. A. O. (2021). CRITICAL RATIONALISM AS A METHODOLOGICAL MEANS OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE. Academic research in educational sciences, 2(8), 89-97.

Azimmurod o‘g‘li, S. M. (2023). KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG ‘I VA YANGI O ‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY BILISHNING O ‘ZIGA XOSLIGI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 447-453

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов