SIVILIZATSIYA: MOHIYAT VA TALQINLAR
ЦИВИЛИЗATSIЯ: СУЩНОСТЬ И ИНТЕРПРЕТATSIИ
CIVILIZATION: ESSENCE AND INTERPRETATIONS
f.f.n. Ziyoda KADIROVA
Alfraganus universiteti
ORCID: 0009000453430669
Ziyoda Kadirova
1
SIVILIZATSIYA: MOHIYAT VA TALQINLAR
ЦИВИЛИЗAЦИЯ: СУЩНОСТЬ И ИНТЕРПРЕТAЦИИ
CIVILIZATION: ESSENCE AND INTERPRETATIONS
1
Alfraganus universiteti f.f.n., ORCID: 0009000453430669
KIRISH
Tarix falsafasi bilan shug‘ullangan faylasuf olimlar ijodiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak uch
xil yondashuv asosida tarixiy jarayonlarning rivojlanish qonunlarini tushuntirish mavjudligini
ko‘ramiz. Bulardan biri sivilizatsion yondashuvdir. Mazkur yondashuv asoschilari Arnold
Toynbi (1889-1975) va O.Shpengler ijodida turli sivilizatsiyalar tuqnashuvi asosida jamiyat
rivojlanib, taraqqiy etib borishi ta’kidlanadi. Olimlarning jamiyat rivojlanishi bo‘yicha qarashlari
va jamiyat tarixiy taraqqiyotini falsafiy o‘rganish bugungi kunda mamlakatimiz rahbariyati va
xalqimiz tomonidan tamal toshi qo‘yilayotga uchinchi renesansni ilmiy tahlil etish, bu borada
Annotatsiya.
Mazkur maqola sivilizatsiya tushunchasining mazmun-mohiyati, sivilizatsiya
to‘g‘ridagi faylasiy fikrlar tarixi, uni tushuntirish bo‘yicha yondashuvlarning o‘xshash va
farqli tomonlari, jamiyat tarixiy taraqqiyotining rivojida sivilizatsiyalarning o‘rni masalalari
falsafiy tahlil etilgan. Shuningdek, bugungi Yangi O‘zbekiston jamiyati rivojlanishida,
Uchinchi Renessans poydevorini qo‘yishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar
mazmun-mohiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Sivilizatsiya, tarix, kishilik jamiyati, formatsiya, madaniyat, ma’naviy
yuksalish, taraqqiyot, fuqaro, renesans, Uchinchi Renessans.
Аннотaция.
В данной статье философски анализируются сущность понятия
«цивилизaция», история философских размышлений о цивилизaции, сходство и
различие подходов к ее объяснению, роль цивилизaций в развитии исторического
развития общества. Также раскрыто содержание и суть практической работы, на
которую следует обратить внимание в развитии современного общества Нового
Узбекистана, в закладке основ Третьего Возрождения.
Ключевые слова:
Цивилизaция, история, личное общество, становление, культура,
духовный рост, развитие, гражданин, Возрождение, Третье Возрождение.
Abstract.
This article philosophically analyzes the essence of the concept of civilization, the
history of philosophical thoughts about civilization, the similarities and differences of
approaches to its explanation, the role of civilizations in the development of the historical
development of society. Also, the content and essence of practical work that should be paid
attention to in the development of today's New Uzbekistan society, in laying the foundations
of the Third Renaissance, has been revealed.
Key words:
Civilization, history, personal society, formation, culture, spiritual growth,
development, citizen, renaissance, Third Renaissance.
mamlakatimiz oldida turgan amaliy ishlar haqida mulohaza yuritish imkoniyatini berish bilan
mazkur mavzu o‘ta dolzarb hisoblanadi. Shu sababli ham mamlakatimiz Prezidenti Sh.
Mirziyoyev matbuot xodimlari bilan bo‘lgan suhbatda “Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir
muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi
Renessans” so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni
ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda” deb ta’lidlaydi[1].
MATERIAL VA METOD
Sivilizatsiya serqirra, sermazmun ilmiy bilish ob’yekti hisoblanadi. “Sivilizatsiya”
(lotincha - fuqaroga xos, davlatga xos) tushunchasini shotland tarixchisi va faylasufi
A.Fergyusson (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini, fransuz
ma’rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyatni ifodalash uchun ishlatgan edilar.
Ayrim hollarda uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida
ishlatish ham mavjudligini ta’kidlash zarur[2].
Nemis faylasufi O.Shpengler ushbu tushunchani madaniyatning halok bo‘lish jarayoni,
bosqichini, ingliz sosiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq bo‘lgan
jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan edi[3].
Dunyo tarixini o'rganib Toynbi shunday xulosaga kyeladi, mavjud bulgan
sivilizasiyalar miqdori uncha katta ham emas. U 21 sivilizasiyani sanab o'tadi (qotib turgan
sivilizasiyalaresa 37 tani tashkil otadi), aynan shuni Toynbi dunyo tarixini tashkil etuvchi
strukturaviy elyemyent sifatida oladi, uni myetodologiyasining asosi qilib byelgilaydi.Bu
metodologik yo’l Toynbining mahalliy sivilizatsiyalar nazariyasini shakllantirdi. Toynbi dunyo
tarixini tug'ilishdan to o'limgacha bir xil bosqichlardan o'tuvchi va "yagona tarix daraxti" ning
shoxlarini tashkil etuvchi shartli ravishda ajratilgan sivilizatsiyalar tizimi deb hisobladi[4].
TAHLIL VA NATIJALAR
Hozirda ham “sivilizatsiya” tushunchasining hajmi va mazmunini belgilashda turfa xillik
mavjud. Chunonchi, olimlar ushbu tushunchani ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va
varvarlikdan keyin keladigan bosqichini yoki umuman kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum
bir davrini xarakterlash uchun, (masalan, neolit yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi) ishlatishda
davom etmoqdalar.
Ushbu tushunchani ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya (masalan, quldorlik
sivilizatsiyasi), geografik jihatdan (masalan, Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi) yoki diniy
mansubligiga ko‘ra (masalan, xristian yoki islom sivilizatsiyasi) farqlanuvchi madaniy
birliklarga nisbatan ishlatish ham keng tarqalganini ta’kidlash zarur[5].
Shuningdek, mazkur tushunchani kelib chiqishi va planetar mansubligiga (masalan, Yer
sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar) hamda etnik asosga ko‘ra farqlanuvchi
(masalan, qadimgi Misr yoki Hind sivilizatsiyasi) ijtimoiy-madaniy birliklarni ifodalash uchun
qo‘llash hollari ham mavjud.
Bugungi kunda “sivilizatsiya” tushunchasini bozor iqtisodiyoti, demokratiyaning
rivojlanganlik darajasini xarakterlash uchun ishlatish ham keng tarqalib bormoqda. Rus tilida
ko‘p ishlatiladigan “sivilizovanniy mir”, “sivilizovanniye strani” so‘zlari aynan shunday
ma’noga egaligi ham fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Zamonaviy ijtimoiy fanlar o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib “sivilizatsiya”
tushunchasini yuqoridagi kabi ma’nolarda ishlatishda davom etmoqda. Ularning barchasiga
tarixiy jarayondagi ma’lum o‘ziga xosliklarni ifodalashdek bitta umumiylik xosligini qayd etish
lozim.
Har qanday ilmiy tushuncha aniq mazmunga ega bo‘lib, muayyan ijtimoiy hodisa,
jarayonni tushuntirishga xizmat qilganda metodologik ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, “sivilizatsiya” tushunchasining yuqoridagi talqinlarida muayyan bir
yoqlamalik borligiga ishonch hosil qilish mumkin.
“Sivilizatsiya” tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin
keladigan bosqichini ifodalash uchun ishlatish ma’lum ma’noda o‘rinli. Bunday holatda
sivilizatsiya kishilik jamiyati rivojlanishining ibtidoiy holatidan keyingi davrini to‘laligicha
qamrab oladi. L.Morgan fikricha, varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tish hunarmandchilikning
dehqonchilikdan ajralishi, tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi, savdo-sotiqning paydo
bo‘lishi va uni kasb qilib olgan savdogarlar qatlamining paydo bo‘lishi bilan xarakterlangan.
Ayni paytda, bu jarayon aqliy va jismoniy mehnatning bir-biridan ajralishi hamda siyosiy
hokimiyatning qaror topishiga olib kelgan.
Bunday yondashuvda sivilizatsiya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga nisbatan kengroq
mazmun kasb etadi. Jamiyatning formatsiyalarga bo‘linishi sivilizatsiyaga ijtimoiy muayyanlik,
tarixiy konkretlilik bag‘ishlaydi. Ammo “sivilizatsiya” tushunchasiga bunday mazmun
berilganda ibtidoiy holatdan o‘sib chiqqan jamiyatlar o‘rtasidagi farqlar formatsiyaviy
tafovutlargagina borib taqaladi. Formatsiya nazariyasi esa varvarlikdan keyingi davrda ijtimoiy
rivojlanishning xilma-xil kechganini ham, bugungi kunda dunyo mamlakatlari taraqqiyotning
bozor iqtisodiyotiga, demokratik qadriyatlar va inson huquqlari ustuvorligiga asoslangan
bosqichida turgan yoki u tomon borayotgan paytda ular o‘rtasida keskin farqlar mavjudligini ham
tushuntirib berolmaydi[6].
“Sivilizatsiya” tushunchasi jamiyat rivojlanishining ixtiyoriy ma’lum bir bosqichini,
shuningdek, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani ifodalash uchun ishlatilganda esa mustaqil
gnoseologik mazmunga ega bo‘lmaydi. Masalan, hozirgi zamon sivilizatsiyasi, deb ishlatilganda
rivojlanishning turli bosqichlarida turgan xalqlar sun’iy tarzda birlashtirilgani uchun biror-bir
ilmiy qimmatga ega bo‘lmasa, ikkinchi holda “ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya” tushunchasining
sinonimiga aylanib, o‘zining mustaqil mazmunini yo‘qotadi.
“Sivilizatsiya” tushunchasini geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarga nisbatan ishlatish
esa umuman o‘rinli emas. Masalan, Osiyo qit’asi hech qachon muayyan ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy yaxlitlikni tashkil etmagan. Hozir ham Osiyoda rivojlanishning turli darajalarida turgan
xalqlar mavjud. Albatta, ma’lum bir geografik makonda yashash ijtimoiy-madaniy hayotda
qandaydir o‘xshash, umumiy tomonlarni keltirib chiqarishi tabiiy. Ammo bu o‘zining dini, tili,
madaniyati, turmush tarziga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi turli xalqlarni mustahkam birlik,
yaxlitlik, deb baholash uchun asos bo‘la olmaydi.
Diniy mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi kishilar birligiga nisbatan ishlatilganda ham
“sivilizatsiya” ilmiy tushuncha sifatida biror bir qimmatga ega bo‘lmaydi. Chunki, birinchidan,
o‘tmishda ham, hozirda ham na islom olami, na xristian dunyosi mustahkam bir butunlikni,
yaxlitlikni tashkil etmagan. Ikkinchidan, yuqoridagi dinlarning har birining ichida turli oqimlar
mavjudki, bu ularning monolit birlikni tashkil etmasligidan dalolat beradi. Uchinchidan, diniy
mansublik muayyan iz qoldirsada, lekin hech qachon xalqlar hayotini to‘laligicha belgilab
bermaydi.
Tahlil etilayotgan tushunchani “Yer sivilizatsiyasi”, “Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar”
shaklllarida ishlatilishiga ham yuqoridagicha munosabat bildirish mumkin. Zero, “sivilizatsiya”
tushunchasi bunday mazmunda ishlatilganda “tarix”, “kishilik jamiyati” tushunchalarining
sinonimiga aylanib qoladi. Ayni paytda, Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar va ularga xos
xususiyatlarning noma’lumligi “Yer sivilizatsiyasi” tushunchasini ishlatishning o‘zini mantiqsiz
qilib qo‘yadi.
“Sivilizatsiya” tushunchasi bozor iqtisodiyoti va demokratiyaning rivojlanganlik darajasini
xarakterlash uchun ishlatilganda u dunyo davlatlari va xalqlarini “sivilizatsiyalashgan” va
“sivilizatsiyalash- maganlar”ga ajratishga olib keladi, muayyan xalqlar va malakatlarga nisbatan
kamsituvchi xarakter kasb etadi. Shunday ekan, bunday talqinlarga umuman qo‘shilib bo‘lmaydi.
“Sivilizatsiya” terminining mazmuni “ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya” va “madaniyat”
tushunchalari bilan solishtirilganda oydinlashadi.
“Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya” tushunchasi jamiyatni o‘zining yuzaga kelish va
rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan bir butun ijtimoiy organizm sifatida qarash imkonini beradi. U
jamiyatning umumiy, ichki, asosiy, takrorlanuvchan aloqa va munosabatlarini yoritishga sharoit
yaratadi. Formatsiya tarix, jamiyatni hodisalar darajasida emas, balki mohiyat darajasida aks
ettiradi. Shuning uchun ham, tarixni formatsiyalar darajasida tiplarga bo‘lish tarixiy
jarayonlarning real kechishi bilan mos kelmasligi mumkin. Chunki yuqorida ta’kidlanganidek,
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar tarixiy taraqqiyotni ob’yektiv, zaruriy, qonuniyatli jarayon
sifatida qaraydi va turli tasodifiy chekinishlarni nazardan soqit qilib, uning rivojlanish mantiqini
aks ettiradi.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar nazariyasidagi muhim tomon, bu
rivojlanishning ob’yektiv qonunlari nuqtai nazaridan ma’lum bosqichda turgan jamiyatga xos
bo‘lgan umumiy tomonni topishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan farqli ravishda sivilizatsiya jamiyatning sifatiy o‘ziga
xosligini, umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab
chiqarish kuchlari (texnologiya), inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan
spesifikasini ifodalaydi. Har qanday sivilizatsiya takrorlanmas madaniyati, qadriyatlari,
dunyoqarashi, axloq-odob normalari hamda hayotiy tamoyillariga ega bo‘ladi. Bularning
barchasi sivilizatsiyani yaxlit birlik sifatida mavjud bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu sifatiy
xususiyatlardan mahrum bo‘lish sivilizatsiyani halokatga olib keladi.
XULOSA
Qayd etilgan mulohazalar “sivilizatsiya” tushunchasi muayyan xalq, mamlakat (jamiyat)ga
yoki uning rivojlanishining sifatiy jihatdan farqlanuvchi ayrim bosqichlariga nisbatan
ishlatilgandagina aniq ilmiy mazmunga va, demakki, metodologik ahamiyatga ega bo‘lishini
ko‘rsatadi. Aynan etnik birliklar, mamlakatlar darajasida uning o‘ziga xosligi, asosiy sifatiy
belgilari o‘zini yaqqol namoyon etadi.
Sivilizasiyaning mohiyatini belgilashda madaniyatning o‘rni va roli beqiyosdir. Zero,
ishlab chiqarish sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtimoiy hayotning
barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o‘ziga xos rangini belgilab beradi. Hatto ishlab
chiqarish kuchlariga ham o‘ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu bilan madaniyat
ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivilizatsiyaning shakllanishi, mavjud bo‘lishi va
rivojlanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz, o‘q vazifasini o‘taydi. Demak, sivilizatsiya
madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi.
ADABIYOTLAR RO‘YATI
1. https://www.gazeta.uz/oz/2021/08/17/renaissance/
2. https://uz.wiktionary.org/wiki/sivilizatsiya
3. Mamanov A. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining umumiy manzarasi. Toshkent. 2023. -
B. 30.
4. Po’latov Sh. Arnold Toynbining “G’arb sivilizatsiyasi” konsepsiyasining mazmun mohiyati.
Eurasian journal of academic research. Volume 3 Issue 4, Part 3 April 2023. -B. 59.
5. Mamanov A. Milliy mentalitet: xususiyat va omillar. Samarqand. 2015. -B. 132.
6. Mamanov A. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining umumiy manzarasi. Toshkent. 2023. -
B. 24.
