Musayev Shavkatjon Kayumjonovich
1
TASHQI SAVDONING O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI VA
MUAMMOLARI
НЫНЕШНЕЕ ПОЛОЖЕНИЕ И ПРОБЛЕМЫ ВНЕШНЕЙ
ТОРГОВЛИ В УЗБЕКИСТАНЕ
CURRENT SITUATION AND PROBLEMS OF FOREIGN
TRADE IN UZBEKISTAN
1
Alfraganus universiteti Iqtisodiyot mutaxassisligi magistri, e-mail:
educent@mail.ru
KIRISH
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish
tuzilmalarida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoda faqat xomashyo
vositalari bilan qatnashuviga barham berildi. Umuman mamlakatimiz tashqi savdosida jahonning
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarining hissasi ortib bormoqda. MDH mamlakatlari orasida
Rossiya,Qozog‘iston, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari asosiy hamkorlarimiz
hisoblanadi.
Tahlil natijalari ko‘rsatib turibdiki, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida
eksportni yanada ko‘paytirishning istiqbolli imkoniyatlari mavjud. Mamlakatdagi nafaqat siyosiy
barqarorlik, balki o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlikning ham ta’minlanganligi, savdo-sotiqni
rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab quvvatlaydigan infratuzilmaning mavjudligi, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri dengiz yo‘llari mavjud bo‘lmasada, qulay geografik joylashuvi, ya’ni Sharq va G‘arb
dunyosini bir-biri bilan bog‘laydigan Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi, tayyor mahsulotlar
turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tashqi savdo defitsiti keskin oshib bormoqda. Xususan,
2019 yilda bu ko‘rsatkich 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 8,8 mlrd
dollarga yetdi. Umuman olganda, inqiroz kuzatilgan yilni hisobga olmasa, O‘zbekistonning
tashqi savdo defitsiti yildan-yilga oshib bormoqda. Tashqi savdo defitsitining hozirgi holati yoki
uning oshib borayotganligi hukumatni tashvishga solishi tabiiy. Mening nazarimda, mana shu
jihat biz uchun eng katta xatar. Ya’ni qaror qabul qiluvchilar tashqi savdo defitsitining oshishidan
xavotirga tushib, savdoni cheklash choralarini ko‘rishi mumkin. Bu esa so‘nggi yillarda
ko‘pchilikning orzusiga aylangan tashqi savdoning erkinlashuvini, eng kamida, yana ortga
surishi mumkin. Defitsitning ortishi aslida muammo emas, lekin uni muammo hisoblab, tashqi
savdoni cheklashga urunish — bu haqiqiy ma’noda katta muammo bo‘ladi.
METODOLOGIYA
Dunyo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora oshib
bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda raqamli texnologiyalar nafaqat iqtisodiyotning barcha
sohalarida, balki ijtimoiy munosabatlar va gumanitar sohalarga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda “Raqamli iqtisodiyot”ga kirib borayotgan va unda keskin rivoj topayotgan
Annotatsiya.
Mazkur maqolada mamlakat tashqi iqtisodiy salohiyatini aniqlovchi eng muhim
iqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan, aholi jon boshiga, YaIMda
tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat
tovarlari ulushi kabi masalalar tahlil etilgan.
Kalit so`zlar:
O’quvchilardagi qobilyat xususyatlari, diqqat, ilmiy qobilyat, badiiy qobilyat,
amaliy qobilyat, tafakkur, qobilyat shakillanishining psixologik xususyatlari.
tashkilot va organlardan biri sifatida bojxona organlarini misol qilsak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh
qilish boʻyicha ustuvor vazifalarga to‘g‘risida Oliy Majlisga Murojaatnomasida tashqi savdo
bilan bogʻliq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash, jumladan, xorijiy tajribadan kelib
chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona va boshqa idoralar faoliyatini
isloh qilish lozimligini taʼkidlab o‘tgan. Bu sohada uzoq yillardan buyon samarali ishlar olib
borilmagani tashqi savdo amaliyotlarida muayyan qiyinchliklar tugʻdirmoqda. Jahon bankining
“Biznes yuritish” reytingida “Xalqaro savdo” yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimiz 190 ta davlat
orasida 152-oʻrinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi. Mazkur reytingda mamlakatimiz
pozitsiyasini yaxshilash, jahon tajribasi asosida nazorat idoralarining ishini takomillashtirish
masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumki, koʻplab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular haqida
axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi taʼminlanadi. Oʻzbekistonda esa oʻtgan yili 416 mingta
deklaratsiyadan atigi 344 tasi yuk chegaraga kelguncha rasmiylashtirilgan. Yuk toʻgʻrisida
oldindan maʼlumot berish avtomobil transportida 98 foizni tashkil etsa, temir yoʻlda umuman
yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois nazoratni chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki
mamlakat ichkarisida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yoʻlga
qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi. Bugungi kunda 1 ming 836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta
idora tomonidan tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab
choʻzilayotgani tanqid qilindi. Bojxona ish uslubini oʻzgartirishi, ularning asosiy vazifasi
mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻlishi kerak. Tovarlarning bojxona
qiymatini tezkor aniqlash imkoniyati boʻlmaganda, tadbirkor toʻlov qilib mahsulotini olib
ketadigan, bunga aniqlik kiritilganidan keyin oradagi farq (summa)ni toʻlaydigan tizim yaratish
maqasadga mufoviq bo‘lar edi.
TAHLIL
Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi
Bojxona kodeksini ishlab chiqish, bojxona organlari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish
kerak. Raqamli texnologiyalarni joriy qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya
va noqonuniy tovar aylanmasiga barham berish zarur. Import mahsulotlarining chegaradan to
yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan harakati bojxona va soliq idoralari tomonidan yagona elektron
tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Misol uchun, bojxona deklaratsiyasini elektron hisob-faktura
va onlayn nazorat kassasiga bogʻlash orqali bu masalani hal etish mumkin bo‘ladi. Shundan kelib
chiqib, ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini toʻliq raqamlashtirish,
avtomatlashtirilgan “risk-analiz” tizimini joriy etish kerak.
Tahlillarga nazar tashlasak, soʻnggi 3 yilda qoʻshni davlatlar bilan chegara orqali oʻtgan
insonlar soni 2 baravarga, transport vositalari soni qariyb 3 baravarga oshgan. Lekin hozirgi
infratuzilma bunday talabga toʻla javob bermaydi. Yuklar oqimini taqsimlash ishlari oqilona
tashkil etilmagan. Bojxona xizmatida postlarni masofadan nazorat qilish tizimi – Situatsion
markaz yoʻqligi oqibatida postlarda tirbandliklar paydo boʻlmoqda. Bu tadbirkorlar uchun ham,
davlat byudjeti uchun ham ortiqcha xarajat keltirib chiqarmoqda. Shu bois chegara postlarini
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, situatsion markazni ishga tushirish, shuningdek,
chegaradosh davlatlar bilan yuklarni “bir bekatda tekshirish” tizimini yoʻlga qoʻyish lozim.
XULOSA
Tashqi savdo nazorati idoralari chet ellardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlab, tajriba
almashishi, ularning tekshiruv-sinov laboratoriyalarini yurtimizda tashkil etib, tovarlarni xorijiy
talablarga mos ruxsatnomalar bilan joʻnatishni yoʻlga qoʻyishi kerak. Tashqi iqtisodiy faoliyat
jarayonlarini soddalashtirish uchun milliy qonunchilikni bojxona, transport, standart, karantin
yoʻnalishidagi xalqaro kelishuvlarga uygʻunlashtirish zarur.
Kadrlar masalasiga ham alohida eʼtibor qaratish lozim. Bojxona institutida oʻqitish
jarayoni zamon talabiga javob bermasligi qayd etilib, uning faoliyatini tubdan takomillashtirish,
shuningdek, xodimlarni xalqaro andozalar asosida qayta tayyorlash muhim. Xalqaro bojxona
tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni
jadallashtirish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli farmoni. // «Xalq so‘zi» 2017 yil 8 fevraldagi 28 (6722)-soni.
2.
Adam Smith. An Jnquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. Aselected
Fdition. Edited with an Jntroduction and Njtes by Kathrun Sutherland. –Oxford University
Press. 1998. 618 pp.
3.
Mamatov M. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning nazariy asoslari.
Iqtisodiyot va ta’lim. 2011 yil, 4-son, 38-b.
4.
Ломакин В.К. Мировая экономика. Практикум: учеб. пособие для студентов вузов,
обучающихся по экономическим спесиалностям и направлениям / В.К. Ломакин. – М.:
ЮНИТИ-ДАНА, 2007
5.
Багиев Г.Л., Моисеева Н.К., Никифорова С.В. Международный маркетинг. – СПб.:
Питер,2001
6.
Alimov A., Hamedov I. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. - T.:
O‘AJBNT Markazi, 2008, - 491 bet.
7.
Jalolov J., Axmedov I., Nematov I., Akramov T. Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. O‘quv
qo‘llanma. – T.: TDIU, 2011 - 198 b.
8.
Nazarova G. G., Mahmudov N. N. “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” T.
TDIU 2006
9.
https://www.stat.uz
10.
https://www.iqtisodiyot.tsue.uz
11.
https://www.facebook.com/investinsamarkand
12.
https://twitter.com/saminvest
13.
https://yashil-iqtisodiyot
taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/44
14.
https://www.gazeta.uz/uz
