Авторы

  • Абдуазим МУТАЛОВ
    Международная школа финансов Технологии и наука

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.alfraganus.82946

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы возникновения и становления пред
принимательства в результате приобретения политической независимости и
перехода экономики Узбекистана на рыночные отношения, его преимущества
и этапы развития. Отдельно рассмотрены проблемы, появившиеся в послед
ние годы в развитии самой прогрессивной формой предпринимательства - ма
лым и индивидуальным предпринимательством и даны обоснованные предло
жения по их решению


background image

3

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

Abduazim MUTALOV

professor of the Institute

International School of Finance

Technology and Science, e-mail:

mutalovabduazim@yandex.com.

ORCID: 0009-0005-0654-1048

O’ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O’zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi natijasida

mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi orqali ilgari bo’lmagan

tadbirkorlikning paydo bo’lishi, uning afzalliklari, rivojlanish bosqichlari to’g’risida

ma’lumotlar berilgan. Alohida e’tibor kichik biznes va yakka tadbirkorlikni rivojlantish-

ning xozirgi paytda paydo bo’lgan muammolari va ularni yechishga qaratilgan ilmiy

takliflar tavsiya etilgan.

Kalit so’zlar:

Tadbirkorli

к

, biznes, kriteriy, byudjet, soliqlar, yalpi ichki maxsulot,

bozor iqtisodiyoti, aylanma (oborot).

ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы возникновения и становления пред-

принимательства в результате приобретения политической независимости и

перехода экономики Узбекистана на рыночные отношения, его преимущества

и этапы развития. Отдельно рассмотрены проблемы, появившиеся в послед-

ние годы в развитии самой прогрессивной формой предпринимательства

-

ма-

лым и индивидуальным предпринимательством и даны обоснованные

предло-

жения по их решению.

Ключевые слова

:

Предпринимательство, бизнес, критерий, налоги,

бюджет, валовый внутренний продукт, рыночная экономика, оборот и другие.

PROBLEMS OF ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

Abstract

This article analyzes advantages and stages of development of enterpreneur-

ship, which was preveously eliminated as a result of the transition of country’s econ-

omy to market relations as a result of Uzbekistan’s political Independence.

Moreover,

special attention is paid to the current problems of developing small business and
were given individual enterpreneurship and scientific proposals for solving them.


background image

4

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

Keywords:

Enterprenership, business, criteria, budget, taxes, gross domestic

product, market economy, turnover.

Kirish.

O’zbekicton 1991 yilda

xalqimiz uzoq yillar orziqib kutgan
siyosiy mustaqillikka erishdi, bu esa

mamlakatimizga mustaqil “iqtisodiy

siyosat” yuritish imkonini berdi va

shu xuquqdan foydalanib o’z iqti-

sodiyotini

ilgarigi

ma’muriy

-

buyruqbozlik

usulidan

bozor

munosabatlariga o’tka

zdi. Natijada

mamlakatimiz

monoukladli

iqti-

sodiyotdan bozor iqtisodiyotiga xos

bo’lgan ko’p ukladli iqtisodiyotga,

ya’ni turli xil mulkchilik shakllariga

asoslangan

xo’jalik

yurituvchi

subyektlar, shu jumladan tadbirkor-
likning turli shakl va maqomga ega
bo

’lgan subyektlari uchun yuridik

shaxs tashkil etib yoki tashkil etma-
gan holda faoliyat yuritish imkoniyati

paydo bo’ldi.

Tadbirkorlik subyektlari o’z

faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish-
lari uchun mamlakatimizda qisqa

muddatlarda ularni qo’llab

-quvvat-

lashga

qaratilgan

tegishli

qonunchilik asoslari ishlab chiqilib
amaliyotga tadbiq etildi, ammo oxirgi
paytda qonunchilik xujjatlarining ay-
rimlarini amaliyotga tatbiq etish tad-
birkorlikning rivojlanishiga olib kel-

masdan aksincha ta’sir ko’rsatayotir.

Masalan, 2019 yilda kuchga kiritil-

gan “Soliqqa tortishni takomil-

lashtirishning

yangi

Kontseptsiyasi”ga muvofiq, soliqlar

iqtisodiyotning

rivojlantirishni

rag’batlantirish o’rniga, unga to’siq

bo’lib qolmoqda.

Adabiyotlar sharxi.

O’zbek-

iston Respublikasida xozirgi paytga-
cha tadbirkorlikni rivojlantirishning
turli masalalari yetarli darajada

o’rganib chiqilgan, ammo ayrim

amaliyotga

tatbiq

qilingan

qonunchilik xujjatlari rivojlanishini

rag’batlantirish o’rniga to’siq bo’lish

holatlarini ilmiy-

tanqidiy o’rganishga

bag’shlangan ilmiy asarlar chop etil-

magan.

Metodologiya va qo’llanilgan

tadqiqot usullari.

Yangi Soliq

konsepsiyasi

amal

qilayotgan

sharoitda faoliyat yuritishning eng

samarali shakli bo’lgan kichik biznes

va

xususiy

tadbirkorlikni

rivojlanishish

hamda

samaradorligini oshirishda muhim

rol o’ynovchi soliqqa tortishning

maviud muammolarini aniqlash va
ularni bartaraf etish maqsadida
maqola oldiga quyidagi vazifalar

qo’yilgan:

- amaldagi soliq Kontsep-

tsiyasini tanqidiy tahlil qilish orqali
uning kichik biznes va xuxusiy

tadbirkorlikning rivojlanishiga to’siq

bo’layotgan

jixatlarini

aniqlab

asoslab berish;


background image

5

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

- kichik biznes va xuxusiy

tadbirkorlikning byudjet daromad-
larini

shakllantirishdagi

rolining

pasayib borish tendentsiyalarining
muammolarini

aniqlab,

ularni

yechish yo’llarini asoslab berish;

- biznes subyektlariga maqom

beruvchi kriteriylarni takomillash-
tirish zaruratini asoslab berish.

Ushbu maqolada tadqiqot qi-

lishning guruxlash, solishtirish va
umumlashtirish statistik usullaridan
foydalanilgan.

Tahlil.

O’zbekiston sharoitida

“tadbirkor” o’zi kim degan savolga

javob berar ekanmiz, O’zbekiston

-

ning “Tadbirkorlik faoliyatinining

erkinligi garantiyalari to’g’risida”dagi

qonunida “Tadbirkorlik subyektlari

tomonidan qonunchilikka rioya etib,

o’z riski va o’z mulkiy javobgarligi

asosida

daromad (foyda) olish

maqsadida

amalga oshiriladigan

tashabbuskorlik faoliyatidir”,

- deb

ko’rsatilganbni keltirib o’tmoqchimiz.

Ammo, foydali faoliyat bilan

shug’ullanuvchi jismoniy shaxs xar

doim ham tadbirkor bo’lavermaydi.

Masalan, qishloq joylarda yashovchi
honadonlarda oilaning onasi xar
kuni ertalab tandirda non yopishi va
shu yopilgan nondan ikki hil
maqsadda foydalanishi mumkin:

-

agar oila a’zolari bilan

birgalikda ertalab yopilgan issiq non
bilan nonushta qilishsa, onangiz
tadbirkor xisoblanmaydi;

- agar shu nonning bir qismini

yoki hammasini bozorga olb chiqib
sotsa, u tadbirkor hisoblanadi,
chunki uning maqsadi foyda olishdir.

Endi “tadbirkorlik” va “biznes”

tushunchalari orasidgi bog’liqlikni

ko’rib chiqadigan bo’lsak, “Biznes”

inglizcha so’z bo’lib “faoliyat”, “ish”

tushunchalarini

bildiradi.

Bozor

iqtisodiyoti rvojlanishining xozrgi

bosqichida “biznes” va “tadbirkorlik”

so’zlari sinonim so’zlarga aylanib

qolgan. Xulosa qilib aytadigan

bo’lsak, biznes

-

o’z mablag’lari yoki

qarzga olingan mablag’lar xisobiga

o’z riski va o’z mulkiy javobgarligi

asosi

da foyda olishga va o’z ishini

rivojlantirishga

qaratilgan

tashabbuskorlik

bilan

amalga

oshiriladigan iqtisodiy faoliyatidir,
deb aytish mumkin.

Sobiq

Sovet

Ittifoqida

iqtisodiyotni

boshqarishning

“ma’muriy

-

buyruqbozlik”

usuli

xukmron edi. KPSS Markaziy

Qo’miasi tomonidan mamlakatni

rivojlantirishning Direktivalari ishlab
chilardi va kontrol topshiriqlar
sifatida ittifoqdosh respublikalarga
ijro uchun tarqatilardi. Direktivani
bajarish jarayonida bozorda shu

maxsulotga talab umuman yo’q

bo’lsa ham, uni ishlab chiqarish

davom ettirilaberar edi. Natijada

1991 yilda sobiq SSSR bo’yicha

hech kimga kerak bolmagan 475

mlrd rubllik (o’sha paytda 1 dollar

60


background image

6

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

tiyin edi) maxsulotlar bazalar,
omborlar

va

magazinlar

peshtaxtalarida chang bosib yotib
qolgan edi.

O’sha davr

da mamlakatimizda

2 hil soliq, ya’ni 13 foizlik stavkada

to’lanadigan jismoniy shaxslar

daromad solig’i va 45 foizlik

stavkada to’lanadigan oborot solig’i

to’lanar edi va axamiyatli joyi

-uning

deyarli teng yarmi (22%) Ittifoq
byudjetiga yuborilar edi, xozir esa

to’laligicha mamlakatimiz ixtiyorida

qoladi.

Bozor

iqtisodi

sharoitiga

o’tilgach, iqtisodiyotning barcha

mulkchilik shakllarida teng xuquqlilik
asosida

tadbirkorlik

faoliyatini

amalga

oshirishga

keng

imkoniyatlar berildi. Natijada xar bir

tadbirkor bozorda talab katta bo’lgan

maxsulot turini ishlab chiqarishga
xarakat qiladi.

Mustaqillikning

birinchi

kunlaridan boshlab mamlakatimizni
jadal

rivojlantirishning

samarali

yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha

amalga

oshirilgan

xarakatlar

natijasida yakka tadbirkorlik va
kichik biznesni jadal rivojlantirish

yo’li tanlab olindi, chunki ul

ar

quyidagi afzalliklarga egadir:

-

“Talab va taklif” qonuniga

rioya qilib, bozorning oxirgi paytda

paydo bo’ladigan talablariga tez va

aniq moslasha oladi;

-

maxalliy

va

ikkilamchi

xomashyodan maksimal foydalanib
bozorni turli-

tuman “mayda

-

chuyda”

ro’zg’or uchun zaruriy maxsulotlar

bilan ta’minlaydilar;

- kichik biznes subyektlarini

xarqanday

axoli

punktlarida

joylashtirish mumkin, chunki u ko’p

ishchi kuchi talab qilmaydi;

- ularni boshqarish oson;
- tez muddatlarda va kam xa-

rajatlar bilan yangi ish joylari yarata-
dilar;

-

mamlakatimizda sog’lom raqo-

batni faollashtiridhga yordam beradi.

Kichik biznesning yuqori sama-

radorligini e’tiborga olib. Mamlakati-

mizda doimiy ravishda uni rivojlan-
tirish va samaradorligini oshirishga
qaratilgan chora - tadbirlarni katta

e’tibor bilan amalga oshlrib kel-

moqda, natijada 2016 yilga kelib,
kichik biznes va yakka tadbirkor-

likning O’zbekiston Respublikasi

yalpi ichki maxsultidagi ulushi 56,2
foizga yetkazildi. Ammo, afsuski,
oxirgi paytlarda gurkirab rivojla-
nayotgan kichik biznes va yakka tad-

birkorlarning rivojlanish sur’atlari

turli sabablar salbiy ta’siri natijasida

keskin pasayib ketdi. Bu sabablar

qatorida O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 29.06.2018 yilda

qabul qilingan “O’zbekiston Respu-

blikasi soliq siyosatini takomil-
lashtirishning

Kontseptsiyasi

to’g’risida”gi Farmonini amalga


background image

7

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

oshirish jarayonida oldindan kutma-
gan holda, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida

yangi kuchli to’siq paydo bo’ldi.

Buni quyidagicha tushuntirish

mumkin: Ma’lumki, biznesning ya-

gona maqsadi -

o’z faoliyatini

uzluksiz rivojlantirib oladigan foydasi
miqdorini surunkali oshirib borishdir,

ammo xozir amalda bo’lgan Soliq

Kontseptsiyasida

tadbirkorlikni

rivojlantirishga qaratilgan bir qator
samarali choralar bilan birga, xal qi-

luvchi axamiyatga ega bo’lgan,

zudlik bilan tuzatish lozim bo’lgan

muxim printsipial to’siqlar vujudga

keltirilgan. Masalan unda:

- yirik hamda kichik biznes

subyektlarining soliq yukining mi-
qdorini tenglashtirish talab etiladi va
bu hol maxalliy investorlarning kichik
biznesga hamda yakka tadbirkor-
likka qiziqishlarini susaytiradi;

- yana bir ahamiyati kattaroq

to’siq

- bu qollaniladigan soliqlarn-

ing biznesning maqomiga (yirik,

o’rta yoki kichik) qarab emas, balki

sotilgan

maxsulotning

yillik

aylanmasi miqdoriga bog’liq qilib

belgilanganligidir, ya’ni u ishlab

chiqarishni tobora rivojlantirib bor-

ishini rag’batlantirishga emas, balki

“tormozlash” ga sabab bo’lmoqda.

Ma’lumki,

kichik

biznes

subyektlari o’z ishlab chiqarishlari

xajmini doimiy ko’paytirib borishni

xoxlaydilar,

ammo

ishlab

chiqarishning xar qanday ko’payishi

soliqqa tortishning bir tizimidan soliq

yuki ko’proq bo’lgan va xisob

-kitob

ishlari murakkabroq bo’lgan keyingi

tizimiga o’tishni ko’zda tutadi, ya’ni

faoliyat yurituvchi kichik biznes
subyektlari aylanma (oboroti) sum-
malari miqdori oshishi natijasida mi-
qyosi (razmeri) va ishlovchilari soni

oshmasa ham “kichik biznes

subyekti” maqomini yo’qotadi. Na-

tij

ada tadbirkorlik sub’yektlari soliq

yukini oshirmaslik maqsadida o’z

aylanmalari summasining xaqiqiy

miqdorini noqonuniy yo’llar bilan

kam ko’rsatishga xarakat qilishga

majbur bo’lmoqdalar:

- aylanmaning bir qismini keyingi

xisobot davriga ko’chirishga;

- maxsulot sotishdan tushadigan

aylanmaning kassa apparati yoki
bank

orqali

rasmiylashtirmaslik

(naqd pulga sotish)ka;

- kichik korxona tasischisi agar

xozir qat’iy belgilangan soliq to’lab

turgan korxonasi quvvati 1 milliard

so’mdan oshib ketsa, uni quvvati 1

milliarddan kam bo’lgan birnecha

korxonalarga parchalab tashlash

yo’li bilan yashirishga majbur

bo’lmoqda. Amalda

shunday usul

qo’llanilganligini misol orqali isbotlab

berishimiz mumkin. Statistik ma’lu-

motga

ko’ra

yangi

Soliq

Kontseptsiyasi kuchga kirgan 2019

yilda O’zbekistonda 93 ming dona,

ya’ni oldingi yilga nisbatan 2 baravar


background image

8

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

ko’p yangi kichik biznes subyektlari

barpo etilgan. Ammo, ma’lumotda

keltirilgan yangi korxonalarnung

ko’pchiligi

yangidan

qurilgan

bo’lmay, balki soliqdan qochish

maqsadida bitta tasischi-tadbirkor
ixtiyorida qolgan holda, ishlab tur-
gan korxonalarni parchalab tashlash

natijasida paydo bo’lgan. Bu fikrni is-

botlash uchun quyidagi raqamlarni
keltjrishimiz mumkin. Yangi Soliq
Kontseptsiyasi kuchga kirmagan
2016 yilda kichik va yakka tadbirkor-

likning O’zbekiston yalpi ichki

maxsulotidagi ulushi 56,9 foizni
tash

kil etgan bo’lsa, 2019 yilda 54,2

foizgacha pasayib ketgan, ya’ni

kichik biznes subyektlari sonining

deyarli 2 baravar o’sishi, ularning

yalpi icki maxsulotdagi ulushini

tegishli ravishda o’sishiga olib

kelmadi, balki o’sish o’rniga 2,7

foizga pasayishiga olib keldi. Shu bi-
lan birga, 2016 yilda kichik va yakka
tadbirkorlik subyektlarida iqtisodi-
otda barcha ishlovchilarning 77
foizini tashkil etardi, ishlab chiqaril-
gan barcha sanoat maxsulotining

uchdan bir qismi va qishloq xo’jalik

maxsulotimimg 98 foizini ishlab
chiqargan edi. 2019 yilda soxada
ishlovchilar soni 2016 yilga nisbatan

deyarli o’zgarmay qolgan, ammo

yalpi ichki maxsulotidagi ulushi 2,7

foizga hasaygan. Bu ko’rsatkich

yuqorida

keltirilgan

fikrimizning

to’g’riligini isbotlab turibdi.

Xulosa.

Agar faoliyat yuritish-

ning eng samarali shakli bo’lgan

kichik

va

yakka

tadbirkorlik

subyektlarini rivojlantirish orqali
mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksal-
tirishni xoxlar ekanmiz, quyidagi tad-
birlarni amalga oshirish maqsadga

muvofiq bo’lar edi:

-

maxalliy investorlarning o’z

mablag’larini kichik va yakka tad-

birkorlik subyektlarini tashkil etish va
kengaytirish uchun investitsiyalarga
sarflashlariga qiziqtirish maqsadida
shu subyektlarning soliq yukini
tenglashtirishga emas, balki ka-
maytirishga sharoit yaratilishi;

-

xo’jalik yurituvchi subyektlarga

“kichik biznes subyekti” maqomini

beruvchi kriteriy sifatida faqat

bitta -

“ishlovchilar soni” ko’rsat-

kichining o’zini qoldirib, ikkinchi

ko’rsatkichni, ya’ni ishlab chiqarilgan

“aylanma miqdori” ko’rsatkichini olib

tashlash lozim, shunda kichik va
yakka tadbirkorlik subyektlari doimiy
ravishda oladigan foydalari miqdo-

rini oshirib borish maqsadida o’z

faoliyatlari miq’yosiini surunkali ken-

gaytirib borishga, ya’ni xarqanday

aylanmadan cheklovlarsiz rivojlan-
ishga intiladi.

Yuqoridagi takliflarni amalga

oshirish iqtisodiyotimiz yuksalishini
tezlashtirishga va axolimiz fa-
rovonligini oshirishga muxim asos

bo’ladi.


background image

9

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

-

Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyot

uyi 2020.- 640 b.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yilda qabul qilingan

“O’zbekiston

Respublikasi

soliq

siyosatini

takomillashtirishning

Kontseptsiyasi to’g’risida”gi Farmoni;

3.

Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma / U.To‘lakov, O.Maxmudov. 2021

yil,

365 bet.

4.

Налоговое право. Учебник (отв. ред. Е.Ю. Грачева, О.В. Болтинова) (3

-

е изд., перераб. и доп.).

-

"Проспект", 2020 г.

5.

Современные проблемы теории земельного права России: моногра-

фия (коллектив авторов; под общ. ред. д

-

ра юрид. наук, проф. А.П. Ани-

симова и д

-

ра юрид. наук, проф. А.Я. Рыженкова).

-

"Юстицинформ",

2024 г

Axborot manbalari

6. www.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

7. www.mf.uz

O’zbekiston Moliya vazirligi rasmiy sayti.

8. www.soliq.uz

O’zbekistonDavlat Soliq qo’mitasi rasmiy sayti

9. www.stat.uz

O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika agentligining

rasmiy sayti.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi - Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyot

uyi 2020.- 640 b.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yilda qabul qilingan

“O’zbekiston

Respublikasi

soliq

siyosatini

takomillashtirishning

Kontseptsiyasi to’g’risida”gi Farmoni;

Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma / U.To‘lakov, O.Maxmudov. 2021

yil, – 365 bet.

Налоговое право. Учебник (отв. ред. Е.Ю. Грачева, О.В. Болтинова) (3

е изд., перераб. и доп.). - "Проспект", 2020 г.

Современные проблемы теории земельного права России: моногра

фия (коллектив авторов; под общ. ред. д-ра юрид. наук, проф. А.П. Ани

симова и д-ра юрид. наук, проф. А.Я. Рыженкова). - "Юстицинформ",

г

Axborot manbalari

www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

www.mf.uz – O’zbekiston Moliya vazirligi rasmiy sayti.

www.soliq.uz– O’zbekistonDavlat Soliq qo’mitasi rasmiy sayti

www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika agentligining

rasmiy sayti.