Авторы

  • Гуларам МАШАРИПОВА
    Alfraganus universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.alfraganus.86763

Ключевые слова:

мироздание человек природа философские естественные научные взгляды человеческое совершенство конструктивное значение познание мира онтология гнесология

Аннотация

В нашей стране особое внимание уделяется исследованию
взглядов на мироздание и человека, природу, общественную жизнь, духовность
личности, воспитанию и обучению на наследии предков, использованию их
идей в соответствии с духом времени. в воспитании молодого поколения как
достойных преемников. С этой точки зрения возникает необходимость
всестороннего научно-теоретического изучения философских, естественно
научных взглядов ученых Хорезмской академии Маъмуна, сформированных на
основе общечеловеческих ценностей, экзистенциальных идей, имеющих
конструктивное значение для совершенствования человека. . В статье научно
обосновано изучение творчества Абу Райхана Беруни зарубежными и
отечественными учеными


background image

56

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

MASHARIPOVA Gularam Kamilovna

Alfraganus universiteti professori, falsafa

fanlari doktori

e-mail: masaripova.gularam2006@gmail.com

ORCID: 0009-0007-0788-2359


ABU RAYHON BERUNIYNINH TABIIY-ILMIY, IJTIMOIY-FALSAFIY

QARASHLARINING XORIJDA O`RGANILISHI

Annotatsiya

. Mamlakatimizda ajdodlar merosidagi olam va odam, tabiat,

ijtimoiy hayot, shaxs

ma’naviyati, ta’lim va tarbiyaga oid qarashlarni tadqiq etish,

ularning zamon ruhiga mos g‘oyalaridan yosh avlodni munosib vorislar qilib

tarbiyalashda foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jihatdan olganda,

Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarini

ng umuminsoniy qadriyatlar asosida

shakllangan falsafiy, tabiiy-ilmiy qarashlarini, inson kamoloti uchun konstruktiv

ahamiyatga ega bo‘lgan ekzistensial g‘oyalarini har tomonlama ilmiy

-nazariy tadqiq

etish zarurati yuzaga kelmoqda. Maqolada Abu Rayhon Beruniy asarlarining xorijda

va mahalliy olimlarimiz tomonidan o‘rganilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

olam, odam, tabiat, falsafiy, tabiiy, ilmiy, qarashlar, inson

kamoloti, kostruktiv ahamiyati, dunyoni bilish, ontologiya, gneseologiya.

ИЗУЧЕНИЕ ЕСТЕСТВЕННО

-

НАУЧНЫХ, СОЦИАЛЬНО

-

ФИЛОСОФСКИХ

ВЗГЛЯДЫ АБУ РАЙХАНА БЕРУНИ ЗА РУБЕЖОМ

Аннотация

. В нашей стране особое внимание уделяется исследованию

взглядов на мироздание и человека, природу, общественную жизнь, духовность

личности, воспитанию и обучению на наследии предков, использованию их

идей в соответствии с духом времени. в воспитании молодого поколения как

достойных преемников. С этой точки зрения возникает необходимость

всестороннего научно

-

теоретического изучения философских, естественно

-

научных взглядов ученых Хорезмской академии Маъмуна, сформированных на

основе общечеловеческих ценностей, экзистенциальных идей, имеющих

конструктивное значение для совершенствования человека. . В статье научно

обосновано изучение творчества Абу Райхана Беруни зарубежными и

отечественными учеными.

Ключевые слова

: мироздание, человек, природа, философские,

естественные, научные, взгляды, человеческое совершенство, конструктивное

значение, познание мира, онтология, гнесология.


background image

57

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

STUDYING THE NATURAL-SCIENTIFIC, SOCIAL-PHILOSOPHICAL VIEWS OF

ABU RAYHAN BERUNI ABROAD

Abstract

. In our country, special attention is paid to the study of views on the

universe and man, nature, social life, spirituality of the individual, education and
training on the heritage of ancestors, the use of their ideas in accordance with the
spirit of the times. in the education of the younger generation as worthy successors.
From this point of view, there is a need for a comprehensive scientific and theoretical
study of the philosophical, natural science views of scientists of the Khorezm
Academy of Mamun, formed on the basis of universal values, existential ideas that
have a constructive meaning for the improvement of man. . The article scientifically
substantiates the study of the work of Abu Rayhan Beruni by foreign and domestic
scientists.

Keywords

: universe, man, nature, philosophical, natural, scientific, views,

human perfection, constructive meaning, knowledge of the world, ontology,
gnesology.

Kirish.

Dunyo ilmiy-falsafiy

merosi

taraqqiyotida

qomusiy

allomalarning

ma'rifiy,

falsafiy,

tabiiy-ilmiy ta'limotlari, xususan,
dunyoni bilish, tabiat, olam va
odam, inson ijtimoiy mohiyatiga oid
qarashlari doirasida fundamental
tadqiqotlar olib borilmoqda [1, 47-
b.]. Jumladan, dunyo tamadduniga

salmoqli

hissa

qo‘shgan

mutafakkirlar

ilmiy

merosidagi

olamning yaralishi, yaratuvchi va
inson, koinot, tabiat, ijtimoiy hayot
haqidagi ta'limotning ilmiy jihatlarini
tadqiq etish, inson va tabiat
munosabatlari mohiyatini ochib
berish, tabiiy-ilmiy qarashlarning
ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojidagi

o‘rnini asoslash bugungi kunda

dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

- Mavzuga oid adabiyotlar

tahlili (Literature review).

Abu

Rayhon Beruniyning ilmiy merosi

Respublikamiz

olimlaridan

P.G.Bulgakov

[2,

19-28-bb.],

A.Ahmedov

[3,

58-63-bb.],

B.Abduhalimov

[4,

82-89-bb.],

S.Karimova [5, 58-62-

bb.], O.Bo‘riev

[6, 63-71-bb.], A.Habibullaev [7, 89-
95-bb.], G.Masharipova [2, 181 b.],
I.Abdullaev

[9,

28-37-bb.],

J.Hazratqulov [10, 189-196-bb.],
M.Hasaniy [11, 71-76-bb.], O.Qoriev
[12, 49-54-bb.] maqolalarini aytish
mumkin.

A.Ahmedov «Abu Rayhon

Beruniyning «Yoritgichlarning o‘tishi

tushunchasini aniqlashtirish uchun

ishonchli asos tayyorlash haqida»

maqolasida

mazkur

asarni

Hindistondagi

Bankipur

kutubxonasidagi mavjud yagona

qo‘lyozma asosida 1948 yili

Haydarobodda Abu Rayhon Beruniy

asarlari to‘plamidan o‘rin olgan

nashriga [13, 107 b.] tayanib tahlil


background image

58

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

qilgan. Unda mazkur risola
yoritgichlarning osmon sferasining

ma'lum

nuqtalaridan

o‘tish

masalasiga bag‘ishlangani, qisman

munajjimlikga ham tegishli ekanligi
yozilgan. Qomusiy olim ushbu
tadqiqotida qadimgi yunon va hind
falakiyoti

yutuqlaridan

ham

foydalangani hamda asarning fanda

o‘rganilishi xususida fikr yuritilgan.

B.Abduhalimovning «Hoji

Xalifa Abu Rayhon Beruniy haqida»

maqolasida Hoji Xalifaning «Kashf

az-

zunun» asarida Abu Rayhon

Beruniyning ilmiy faoliyati bilan

bog‘liq ma'lumotlar to‘la o‘rganilgan.

Jumladan, ushbu kitobda uning ismi
24 marta qayd etilgan, ilmiy asarlari

(ةيقابلا راثآ)

«Osor al

-

boqiya»,

داشرا)

(موجنلا ماكحأ يف

«Irshod fi ahkom an

-

n

ujum»,

(داسرﻷا فﻼتخاب داهشتسﻻا)

«al

-

Istishhod bi ixtilof al-

arsod»,

(باعتسﻻا)

«al

-

Isti'ob»,

(تائعشلا ديرجت)

«Tajrid

ash-

shu'aot»,

(ميهفتلا)

«at

-

Tafhim»,

)

(بﻻرتسﻻاب لمعلا باتك

«Kitob al-amal bil

usturlob», ( جيزلا) «Zij»,

(يدوعسم نوناق)

«Qonuni

Mas'udiy»,

(ةيجﻻارينم)

«Mineralogiya»

va

boshqalar

xususida ma'lumotlar borligi aytiladi.

O.Bo‘riyevning «Ahmad al

-

Farg‘oniy va Abu Rayhon Beruniy»

nomli maqolasida Abu Rayhon

Beruniy o‘z asarlarida Ahmad al

-

Farg‘oniyning

falakiyot

ma'lumotlarini tahlil qilgani va ularga
ijobiy

baho

bergani,

ushbu

mavzudaasar ham yozgani («Tahzib

fi usul al-

Farg‘oniy») qiyosiy

o‘rganilib, ilmiy xulosalar berilgan.

A.Habibullaev

to‘plamning

sakkizinchi sonida chop etgan

«Oksfordda Abu Rayhon Beruniy

asarlari»

nomli

maqola

tarixnavislikka oid bo‘lib, unda

Buyuk

Britaniyaning

Oksford

universiteti tarkibidagi Bodleyan

kutubxonasida saqlanayotgan Abu

Rayhon Beruniy qalamiga tegishli

asarlar haqida axborot berilgan;

ettita asarining to‘qqizta qo‘lyozmasi

borligi aytilgan va ularning qisqa

tavsifi ilova qilingan. Ular qatoriga

«Qonuni Mas'udiy», «Kitob fi isti'ob

al-vujuh al-mumkina fi san'at al-

asturlob» (

بﻻرتسا يف باتك

ةنكمملا هوجولا

ﻻرتسﻻا

ةعنص

يف

ب

)(«Asturlob

yasashning

mumkin

bo‘lgan

usullarini qamrab oluvchi kitob»),

«Kitob ad-durar fi sath al-ukar»( باتك

ركعلا حطس يف رردلا)(«Er sathi haqida

hikoya qiluvchi durlar kitobi»),

«Maqolatu fi sayr sahmay as-sa'oda

va-l-g‘ayb» ( ةداعسلا يمحس ريس يف تﻻاقم

بيغلا و) («G‘oyiblik va baxt

nayzalarining

sayri

haqida

maqola»), munajjimlikka oid: «Kitob

nuzhat an-nufus va-l-afkor fi xavoss

al-mavolid as-salos al-ma'dan va-n-

nabot va-l-ahjor» ( سوفنلا ةهزن باتك

ﻷاو

تابنلاو ندعملا ثﻼثلا ديلاوملا ساوح يف راكف

راجحﻷاو)(«Uchta narsa – metall,

o‘simlik, toshlarning xususiyatlari

haqida fikr va ko‘ngillarga rohat

baxsh

etuvchi

kitob»),


background image

59

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

mineralogiyaga oid «Tashil at-tashih

al-asturlob

val

amal

bi

murakkabatihi min ash-shimol val

janub» ( لمعلاو بﻻرتسﻻا حيحصتلا ليحست

بونجلاو لامشلا نم هتبكرمب)(«Asturlobni

to‘g‘irlashni osonlashtirish, shimoliy

va janubiy turlardan tarkib topgan

asturloblar bilan ishlash»); «Kitob at-

tafhim» (ميهفتلا باتك) lar kiradi.

Imkon qadar ijtimoiy falsafiy

tafakkur

taraqqiyoti

masalasini

faylasufona o‘rganishga harakat

qildik. Xorazm Ma'mun akademiyasi

allomalari ko‘proq tabiiy va aniq

fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot

ishlarini olib borishgan. Xorazm
Ma'mun akademiyasining 1000
yilligi anjumanida AQSh, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Frantsiya,
Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya,
Yaponiya, Hindiston, Singapur,
Malayziya, Kuvayt, Misr, Saudiya
Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon
kabi ellikka yaqin davlatdan nufuzli
tashkilotlar hamda ta'lim tizimi
rahbarlari, olimlar, mutaxassislar,

ekspertlar qatnashdi. O‘rta asrlarda

ona-zaminimizdan yetishib chiqqan
minglab olimu fuzalolar, buyuk
mutafakkirlar, shoirlar bashariyat
ilm-fan va ma'naviyat osmonining

yorqin yulduzlari bo‘lib porlagani

hech kimga sir emas. Buyuk
ajdodlarimizning matematika, fizika,
kimyo, astronomiya, etnografiya,
tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq,

falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid

asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva,
Toshkent, Shahrisabz, Termiz va
boshqa shaharlardagi osoriatiqalar
butun jahonning bebaho mulki
hisoblanadi.

- Tadqiqot metodologiyasi

(Research Methodology).

Hozirgi

vaqtda yangi tendensiya yangi

yo‘nalishni

ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotda tarixiylik, mantiqiylik
tamoyillari hamda qiyoslash, analiz
va sintez, umumlashtirish, dialektik
va germenevtik tahlil usullaridan foy-
dalanilgan.

- Tahlil va natijalar (Analysis

and results).

Abu Rayhon Beruni-

yning asarlarida tarixiy-falsafiy mer-

osida o‘z uslubi va yondoshuvlari o‘z

ifodasini topgan. Forobiy singari u

ham O‘rta Osiyoda ijtimoiy

-falsafiy

fikrlar shakllanishi va rivojlanishiga

ulkan hissa qo‘shdi. Shuningdek,

Beruniy o‘zining

asarlarida Hindis-

ton, Qadimgi Yunoniston, islom
mintaqasidagi tarixiy-falsafiy ja-
rayonning muhim jihatalarini muta-
fakkirlarning falsafiy qarashlarini
chuqur tahlil etgan. Uning diniy-fal-

safiy ta'limotlarni o‘rg

anishga asos

bo‘lgan “Hindiston” asari nazariy va

amaliy nuqtai nazarni o‘zida jam-

lagan tarixiy-falsafiy tadqiq uslubini
xolislik, qiyosiy tahlil manbalarga
murojaat tarixiy ma'naviy omillarni
nazarda tutishni belgilashi bilan mu-
him ahamitya kasb etadi.


background image

60

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

Ijtimoiy-falsafiy tafakkur tara-

qqiyotida fozil shahar, odil shoh, er-

kin fuqaro to‘g‘risidagi g‘oyalarning

aniq va tabiiy fan yutuqlari bilan

o‘zaro ta'sir va aloqadorlikda

bo‘lganligi, inson o‘zligini an-

glashining ilmiylashuvi hamda Xo-
razm Ma'mun akademiyasi alloma-
lari merosidagi tabiiy-ilmiy bilimlarda
tajribaviy yondoshuv haqiqatni an-

glash mezoni darajasiga ko‘tarilgan.

Xorazm Ma'mun akademiyasi al-
lomalari tabiiy-ilmiy qarashlari yangi
davr Yevropa ilm-fanida ekspri-
mental matematik tabiatshunoslik,
geliotsentrizm

nazariyasi,

dun-

yoning mexanistik manzarasi, ruh va
tana aloqasi kabi ilmiy bilim

yo‘nalishlari rivojiga muhim hissa

bo‘lib qo‘shilgan.

Ayni paytda X-XII asrlarda

Xorazmdagi olimlar yozib qoldirgan
aniq fanlarga tegishli asarlar jahon

ilm ahli tomonidan uch yo‘nalishda

o‘rganilgani ma'lum bo‘ldi: birinchisi

ilmiy tadqiqot, ikkinchisi

o‘sha

davr manbalari matnining to‘la yoki

qismlar shaklida nashr etilishi,
uchinchisi

Xorazmda

X-XII

asrlarda aniq fanlar sohasida
yaratilgan manbalarning jahonning
turli tillariga tarjima qilinganligi
hisoblanadi.

Xorazmda

X-XII

asrlarda

falsafiy fanlar sohasida erishilgan

yutuqlar O‘zbekistonda ham XX asr

ikkinchi

yarmida

muntazam

o‘rganishga kirishilgani ma'lum

bo‘ldi, bu tadqiqotlarda mahalliy

olimlarning salmog‘i tobora ortib

borgan.

Tadqiqotlar,

ilmiy

maqolalar, ilmiy-ommabop risolalar,

alohida monografiyalar va to‘plamlar

shaklida chop qilingan. Xorazmda
X-XII

asrlarda

falsafiy

fanlar

sohasidagi

ishlarda

falsafiy

fanlarning alohida bir sohasiga
tegishli ilmiy tadqiqotlar, u yoki bu

ilmiy muammoni o‘rganishga, o‘sha

davr olimlarining faoliyatiga, fanga

qo‘shgan hissasiga bag‘ishlab

yozilgan maqolalar chop o‘ziga xos

ahamiyatga molik.

-

Xulosa

va

takliflar

(Conclusion/Recommendations).

1.Birinchi o‘rinda ko‘zga tashlangan

holat ilmiy tadqiqotlarning ko‘lami

kengligidir, ya'ni Sharqda ham,

G‘arb mamlakatlaridaham mazkur

mavzuga jiddiy e'tibor qaratilgan.
Ayni

paytda,

X-XII

asrlarda

Xorazmdagi olimlar yozib qoldirgan
aniq fanlarga tegishli asarlar jahon

ilm ahli tomonidan uch yo‘nalishda

o‘rganilgani ma'lum bo‘ldi: birinchisi

ilmiy tadqiqot, ikkinchisi

o‘sha

davr manbalari matnining to‘la yoki

qismlar shaklida nashr etilishi,
uchinchisi

Xorazmda

X-XII

asrlarda aniq fanlar sohasida
yaratilgan manbalarning jahonning
turli tillariga tarjima qilinib, chop
etilgani.


background image

61

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

2.Xorazmda

aniq

fanlar

rivojining

qadimiy

ildizlarini

aniqlashda, bu o‘lkada uzoq yillar

davomida izlanishlar olib borgan
Xorazm

arxeologiya-etnografiya

ekspeditsiyasi materiallari asosiy

o‘rinda

turadi

Mavzuga

oid

tadqiqotlarni vaqt jihatdan olib
qaraydi

gan bo‘lsak, ular XIX asrdan

boshlangan va ko‘proq Evropaga

to‘g‘ri keladi. Xorazmda X

-XII

asrlarda aniq fanlar rivojini ilmiy

jihatdan izchil o‘rganish XX asrning

ikkinchi yarmida yuz bergan va

bunda rus tilida chop bo‘lgan

tadqiqotlarning

salmog‘i katta.

Ularning bir qismi «Istoriko

-

astronomicheskie issledovaniya» va

«Istoriko

-matematicheskie

issledovaniya» to‘plamlarining turli

sonlaridan o‘rin olgan.

3.Agar olib borilgan ilmiy

izlanishlarga

muammoning

mazmun-mohiyati nuqtai nazaridan

yondashadigan bo‘lsak, u holda

Xorazmda X-XII asrlarda falsafiy
fanlar sohasidagi ishlarda fan tarixi

talabidan kelib chiqilganini ko‘ramiz.

Boshqacha aytganda, umumiy tahlil
bilan birga, falsafiy fanlarning
alohida bir sohasiga tegishli ilmiy
tadqiqotlar,

u yoki

bu ilmiy

muammoni o‘rganishga, o‘sha davr

olimlarining

faoliyatiga,

fanga

qo‘shgan hissasiga bag‘ishlab

yozilgan maqolalar chop etilgan,
ularning

orasida

tarixnavislik

uslubida yozilgan maqolalar ham
bor.

4.Tadqiqotlarning ayrimlarida

fan tarixida vorisiylik masalasi ham

ta'kidlab o‘tilgan, Xorazmda X

-XII

asrlardagi falsafiy fanlar rivojida
qadimgi yunon, hind hamdaArab
xalifaligi davrida, ayniqsa, uning

poytaxti Bag‘dodda yaratilgan ilmiy

asarlarning muayy

an o‘rni bor.

Xorazm

Ma'mun

akademiyasi

olimlari falsafiy fanlar sohasida

o‘tmishda yaratilgan ilmiy merosdan

ijodiy

foydalanganlar,

ularni

to‘ldirganlar,zarur

topilganda

kamchiliklarini ham ko‘rsatganlar.

Masalan, Menelay «Sferika»sini Ibn

Iroq qayta ishlagani ma'lum. Yana
bir tomoni, mavjud tadqiqotlar ichida
Abu Rayhon Beruniyning falsafiy
fanlar hamda ijtimoiy munosabatlar
sohasidagi

ilmiy

faoliyatiga

bag‘ishlab chop qilingan ishlarning

salmog‘i katta, bunda tadqiqotchilar

fan tarixi ko‘lamida xilma

-xil

muammolarga murojaat qilganlar.

Bundan tashqari, Xorazmda X-

XII asrlarda falsafiy fanlarga e'tibor
nisbatan kuchaygani, bu birinchi

o‘rinda kundalik amaliy ehtiyojdan

kelib chiqqani ham kuzatiladi, ya'ni

ushbu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar

Xorazmda

sug‘orma

dehqonchilikning rivojlanishi, savdo
aloqalarining kengayishi, madaniy -
ma'naviy hayotning yuksalishi kabi

omillar bilan bog‘liq bo‘lgan.


background image

62

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

5.O‘zbekiston Respublikasida

mazkur dissertatsiya mavzusiga
tegishli muhim masalalardan biri
sifatida

Xorazm

Ma'mun

akademiyasi ilmiy faoliyatining ming

yilligini tantanali nishonlash bo‘ldi.

Ana shu munosabat bilan ilmiy

to‘plamlar,

xalqaro

anjuman

materiallari chop etildi, ulardagi
maqolalarning aksari qismi falsafa
sohasiga tegishlidir. Mazkur tadbir
orqali Xorazm Ma'mun akademiyasi

ilmiy faoliyati tarixini o‘rganish yangi

dolzarb bosqichga ko‘tarildi.

6. Xorazmda X-XII asrlardagi

falsafiy fanlar rivojida qadimgi
yunon, hind hamda Arab xalifaligi
davrida, ayniqsa, uning poytaxti

Bag‘dodda

yaratilgan

ilmiy

asarlarning muayyan o‘rni bor.

Xorazm

Ma'mun

akademiyasi

olimlari falsafiy fanlar sohasida

o‘tmishda yaratilgan ilmiy merosdan

ijodiy

foydalanganlar,

ularning

takomillashuviga

katta

hissa

qo‘shganlar.

7. Xorazmda X-XII asrlarda

falsafiy fanlarga e'tibor nisbatan

kuchaygani, bu birinchi o‘rinda

kundalik amaliy ehtiyojdan kelib
chiqqani ham kuzatiladi, ya'ni ushbu

yo‘nalishdagi

ilmiy

izlanishlar

Xorazmda

sug‘orma

dehqonchilikning rivojlanishi, savdo
aloqalarining kengayishi, madaniy -
ma'naviy hayotning yuksalishi kabi

omillar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu o‘z

o‘rnida ijtimoiy

-iqtisodiy va madaniy

hayotga o‘z ta'sirini ko‘rsatganini

ko‘rish mumkin.

ADABIYOTLAR:

1.

Sharq olimlari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy

sivilizatsiyadagi o‘rni va ahamiyati.

- Xalqaro konferentsiya materiallari. -

Samarqand-

Toshkent: O‘zbekiston, 2014. –

47 b.

2.

Bulgakov P.G. O‘rta Osiyo olimlarining Bag‘doddagi faoliyati //

Sharqshunoslik, № 1.

- B.19-28.

3.

Ahmedov A. Beruniyning Yoritqichlarning o‘tishi tushunchasini aniqlashtirish

uchun ishonchli asos tayyorlash haqida // Sharqshunoslik, № 12.

- B.58-63.

4.

Abduhalimov B. Hoji Xalifa Beruniy haqida // Sharqshunoslik, № 4.

- B.82-

89.

5.

Karimova S. Al-Xorazmiy al-

Kosiy va uning «Ayn as

-

san'a» asari haqida //

Sharqshunoslik, № 8.

- B.58-62.

6.

Bo‘riyev O. Ahmad al

-

Farg‘oniy va Abu Rayhon Beruniy ilmiy meroslarida

vorisiylik // Sharqshunoslik. № 12.

- B.63-71.

7.

Habibullaev A. Oksfordda Beruniy asarlari // Sharqshunoslik, № 8.

- B.89-

95.


background image

63

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

8.

Masharipova G. Abu Rayhon Beruniyning buyuk kashfiyotlari va falsafiy
qarashlari.

Toshkent, “Lesson Press” MCHJ nashriyoti.

- 2023. -181 b.

9.

Abdullayev I. As-

Saolibiy haqida yangi ma'lumotlar // Sharqshunoslik, № 1.

- B.28-37.

10.

Hazratqulov J. Rashid Vatvot

adib // Sharqshunoslik, № 8.

- B.189-

196.

11.

Hasaniy M. Beruniy va Ibn Sino: she'r va tabobat // Shaqshunoslik, №

12. - B.71-76.

12.

Qoriev O. Beruniy “Hindiston”i bilan Marg‘inoniy «Hidoya»sida nikoh

masalalari // Sharqshunoslik, № 5.

- B.49-54.

13.

Abu Rayhon Beruniy.Tamhid al-mustaqarr li tahqiq ma`ni al-mamar.

Haydarobod, 1367/1948. - B.1-107.

Библиографические ссылки

Sharq olimlari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy

sivilizatsiyadagi o‘rni va ahamiyati. - Xalqaro konferentsiya materiallari. - Samarqand-Toshkent: O‘zbekiston, 2014. – 47 b.

Bulgakov P.G. O‘rta Osiyo olimlarining Bag‘doddagi faoliyati // Sharqshunoslik, № 1. - B.19-28.

Ahmedov A. Beruniyning Yoritqichlarning o‘tishi tushunchasini aniqlashtirish uchun ishonchli asos tayyorlash haqida // Sharqshunoslik, № 12. - B.58-63.

Abduhalimov B. Hoji Xalifa Beruniy haqida // Sharqshunoslik, № 4. - B.8289.

Karimova S. Al-Xorazmiy al-Kosiy va uning «Ayn as-san'a» asari haqida // Sharqshunoslik, № 8. - B.58-62.

Bo‘riyev O. Ahmad al-Farg‘oniy va Abu Rayhon Beruniy ilmiy meroslarida vorisiylik // Sharqshunoslik. № 12. - B.63-71.

Habibullaev A. Oksfordda Beruniy asarlari // Sharqshunoslik, № 8. - B.89 95

Masharipova G. Abu Rayhon Beruniyning buyuk kashfiyotlari va falsafiy qarashlari. – Toshkent, “Lesson Press” MCHJ nashriyoti. - 2023. -181 b.

Abdullayev I. As-Saolibiy haqida yangi ma'lumotlar // Sharqshunoslik, № 1. - B.28-37.

Hazratqulov J. Rashid Vatvot – adib // Sharqshunoslik, № 8. - B.189196.

Hasaniy M. Beruniy va Ibn Sino: she'r va tabobat // Shaqshunoslik, № 12. - B.71-76.

Qoriev O. Beruniy “Hindiston”i bilan Marg‘inoniy «Hidoya»sida nikoh

masalalari // Sharqshunoslik, № 5. - B.49-54.

Abu Rayhon Beruniy.Tamhid al-mustaqarr li tahqiq ma`ni al-mamar. –

Haydarobod, 1367/1948. - B.1-107