Авторы

  • Хуршидбек КУРБАНОВ
    Alfraganus University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.alfraganus.86764

Ключевые слова:

молодежь культурное наследие национальное макомное искусство киноискусство народно-прикладное искусство музыкально-танцевальное искусство искусство бахши информационно библиотечное обслуживание

Аннотация

Дальнейшее развитие, поддержка и поощрение теплого
отношения молодежи к национальному культурному наследию, а также
создание условий для научных исследований в этой области заняли важное
место в государственной политике. Потому что остро стоит вопрос воспитания
молодежи в национальном духе, расширения кругозора высоконравственной
молодежи, повышения ее интеллектуального потенциала, формирования
гуманистических и патриотических качеств. В статье представлен социально
философский анализ этих проблем


background image

64

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

KURBANOV Xurshidbek

tadqiqotchi

e-mail: pozilovich.uz@gmail.com

ORCID: 0009-0009-3478-5292

YOSHLAR ONGIDA MILLIY MADANIY MEROSNI RIVOJLANTIRISHGA

MUNOSABAT (ijtimoiy-falsafiy tahlil)

Annotatsiya.

Yoshlarni milliy madaniy

merosimizga bo‘lgan iliq munosabatini

yanada

rivojlantirish, qo‘llab

-

quvvatlash va rag‘batlantirish, bu sohada ilmiy

izlanishlarga yo‘l ochish davlat siyosatida muhim o‘rin egallab keldi. Chunki, yoshlarni

milliy ruhda tarbiyalash, yuksak ma’naviyatli yoshlar qamrovini kengaytirish, ularni

intellektual salohiyatini oshirish, insonparvarlik, vatanparvarlik hususiyatlarini
shakllantirish dolzarb masala. Maqolada ushbu masalalarning ijtimoiy-falsafiy tahlili

bayon etiladi.

Kalit soʻzlar:

yoshlar, madaniy

meros, milliy maqom san’ati, kino san’ati, xalq

amaliy san’ati, musiqa va raqs san’ati, baxshichilik san’ati, axborot

-kutubxona

xizmatlari.

ОТНОШЕНИЕ К РАЗВИТИЮ НАЦИОНАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ

В СОЗНАНИИ МОЛОДЕЖИ

(социально

-

философский анализ)

Аннотация

.

Дальнейшее развитие, поддержка и поощрение теплого

отношения молодежи к национальному культурному наследию, а также

создание условий для научных исследований в этой области заняли важное

место в государственной политике. Потому что остро стоит вопрос воспитания

молодежи в национальном духе, расширения кругозора высоконравственной

молодежи, повышения ее интеллектуального потенциала, формирования

гуманистических и патриотических качеств. В статье представлен социально

-

философский анализ этих проблем.

Ключевые слова:

молодежь, культурное наследие, национальное

макомное искусство, киноискусство, народно

-

прикладное искусство,

музыкально

-

танцевальное искусство, искусство бахши, информационно

-

библиотечное обслуживание.

ATTITUDE TOWARDS THE DEVELOPMENT OF NATIONAL CULTURAL

HERITAGE IN THE CONSCIOUSNESS OF YOUTH

(social and philosophical analysis)

Abstract.

Further development, support and encouragement of the warm

attitude of young people to the national cultural heritage, as well as the creation of
conditions for scientific research in this area have taken an important place in state
policy. Because the issue of educating young people in the national spirit, expanding
the horizons of highly moral youth, increasing their intellectual potential, and forming
humanistic and patriotic qualities is acute. The article presents a social and
philosophical analysis of these problems.

Keys words:

youth, cultural heritage, national maqom art, cinema, folk applied

art, musical and dance art, bakhshi art, information and library services.


background image

65

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

Kirish.

Mustaqillik yillarida

davlatning

innovatsion

siyosati

natijasida yoshlarni milliy madaniy

merosimizga

bo‘lgan

ijobiy

munosabatini

shakllantirish,

bu

sohada iqtidorli yoshlarni qo‘llab

-

quvvatlash va

rag‘batlantirish, ilmiy

izlanishlarga yo‘l ochish borasida

ijobiy

islohotlar

amalga

oshirilmoqda. Chunki, yoshlarni
jahonga

integratsiyalashuvining

kuchayishi jarayonlarida ularda

milliy ruh, milliy g‘urur, milliy

ma’naviyatni saqlab qolish, milliy

o‘zlikni

anglashga

bo‘lgan

munosabatni shakllantirish muhim
hisoblanadi.

Tadqiqot

metodologiyasi.

Mazkur tadqiqot ishini bajarish
davomida

ilmiуlik, mantiqiуlik, analiz

va

sintez

kabi

usullardan

foydalanildi.

Mavzuga oid adabiyotlarning

tahlili.

Х.Рulаtоv,

D.Yuѕubоv,

А.Еѕhаmоnоv,

Z.Kаd

i

rоvа,

D.Rахimоvа,

M.Mеlikоvа,

T.Iѕmоilоv kаbi оlimlаr tоmоnidаn

yаrаtilgаn tаdqiqоtlаrdа

qiѕhlоq

ѕhаrоitidа tаbiаtni muhоfаzа qiliѕh

mаdаniyаti,

еkоlоgik

оngni

ѕhаkllаntiriѕh,

yоѕh

kаdrlаrni

mаdаniy dunyоqаrаѕhini о‘ѕtiriѕh

mаѕаlаlаri, yоѕhlаr intеllеktuаl

mаdаniyаtini

rivојlаntiriѕhning

iјtimоiy

-

fаlѕаfiy јihаtlаri tаhlili аmаlgа

оѕhirilgаn.

Tahlil va natijalar.

Tarix

silsilalarida

toblangan,

insonlar

qalbidagi nolalarni o‘zida aks

ettirgan milliy maqom san’ati

madaniy merosimizning ajralmas
qismi hisoblanadi.

Maqom san’atining gultoji

bo‘lgan “Shashmaqom” Y

UNESKO

tomonidan insoniyatning nomoddiy

madaniy merosi sifatda e’tirof

etilgani hamda uning Reprezentativ

ro‘yxatiga kiritilgani buning yaqqol

tasdig‘idir. Shuningdek,

yurtimizda

Yunus Rajabiy nomidagi Maqom
ansambli,

hududlarda

maqom

jamoalari,

O‘zbekiston

davlat

konservatoriyasida shu yo‘nalishda

maxsus

kafedra

faoliyat

ko‘rsatayotgani, sohaga oid ilmiy

izlanishlar olib borilayotganini qayd
etish lozim.

O‘zbek maqom san’atini chuqur

o‘rganib, o‘ziga xos ijro maktablari

va an’analarni yangi bosqichda

ravnaq toptirish, uning

oltin fondi

ni

yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini

oshirish va keng targ‘ib qilish

maqsadida O‘zbek milliy maqom

san’ati markazi

[1] faoliyatini tashkil

etildi.

Shuningdek, yoshlar orasida

kino san’atiga bee’tiborlar yo‘q,

ularning

kunlik

ehtiyojlariga

aylangan. Shu bois ushbu san’at

turini

rivojlantirish

maqsadida,

“O‘zbekiston

Kinematografiya

akademiyasi oliy ta’lim muassasasi,


background image

66

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

Respublika

kinofondi

DUK

negizida

byudjet

mablag‘lari

hisobidan

moliyalashtiriladigan

“O‘zbekiston milliy kinofondi”

davlat

muassasasi, “O‘zbekfilm” DUK

negizida

xususiy

kinokompaniyalarga film, multfilm va

seriallar yaratish bo‘yicha xizmat

ko‘rsatuvchi

“O‘zbekfilm”

kinokonserni DUK”

[2] tashkil etildi.

1968

1997-yillar

davomida

O‘zbekistonda o‘tkazilib kelingan

“Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi

mamlakatlarining Toshkent xalqaro

kinofestivali” “Ipak yo‘li durdonasi”

Toshkent xalqaro kinofestivali nomi

bilan qayta”

tiklandi hamda 2021-

yildan boshlab har yili sentyabr-
oktyabr oylarida Toshkent shahrida

[3]

o‘tkazilishi an’anaga aylandi.

Xalq

amaliy

san’atining

zardo‘zlik va zargarlik an’analarini

rivojlantirish,

ularning

noyob

namunalarini

targ‘ib

etish,

shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda

o‘zaro tajriba almashish orqali

xalqlar

o‘rtasida

do‘stlik

va

hamkorlik

rishtalarini

yanada

mustahkamlash,

madaniy-

gumanitar aloqalarni kuchaytirish,
avloddan-

avlodga o‘tib kelayotgan

kasbiy an’analar va hunarmandchilik

maktablarini saqlash va qayta
tiklash hamda mintaqaning turizm
salohiyatini

yanada

oshirish

maqsadida 2022-yildan boshlab har
ikki yilda may oyida Buxoro shahrida

Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik

festivali hamda uning doirasida
ilmiy-

amaliy konferensiya, ko‘rik

-

tanlov, taqdimot va ko‘rgazmalar,

teatrlashgan

konsert-tomosha

dasturlari,

madaniy-

ma’rifiy va

targ‘ibot

-tashviqot

tadbirlari[4]

o‘tkazildi.

Xalqimizning boy tarixi va

madaniy merosini muhofaza qilish,

ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilish va

boyitib

borish

borasida

mamlakatimizda qator ishlar amalga
oshirib

kelinmoqda.

Jumladan,

O‘zbekiston

Respublikasining

“Madaniy

meros

ob’ektlarini

muhofaza

qilish

va

ulardan

foydalanish

to‘g‘risida”

hamda

“Arxeologiya merosi ob’ektlarini

muhofaza

qilish

va

ulardan

foydalanish to‘g‘risida”

gi qonunlari

qabul qilindi, Umumjahon madaniy
va tabiiy merosni muhofaza qilish

to‘g‘risida

Konvensiya ratifikatsiya

qilindi. Ushbu Konvensiya doirasida
Xiva, Buxoro, Samarqand va
Shahrisabz shaharlarining tarixiy
markazlari

YUNESKOning

Umumjahon merosi

ro‘yxatiga

kiritildi. 2018

2023-yillarda moddiy

madaniy va arxeologiya merosi

ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash,

ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va

ulardan

foydalanishni

tubdan

takomillashtirish bo‘yicha kompleks

chora-tadbirlar dasturi loyihasini


background image

67

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

ishlab chiqish bo‘yicha respublika

komissiyasi[5] tasdiqlandi.

Shuningdek, an’anaviy va

akademik musiqa va raqs san’atini

rivojlantirish, bu sohada yoshlarni
iqtidorlarini namoyon etishlariga

imkoniyat

yaratish,

qo‘llab

-

quvvatlash

va

rag‘batlantirish,

ushbu san’at turlarini targ‘ib qilish

maqsadida O‘zbekiston davlat

filarmoniyasini akademik va xalq
badiiy

jamoalari

direksiyalari,

birlashmalari

negizida

Davlat

filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston

Respublikasidagi

hamda

viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari

tashkil etildi.

Davlatning innovatsion siyosati

natijasida madaniyat va san’at

muassasalari

faoliyatini

rivojlantirish,

sohada

faoliyat

ko‘rsatayotgan

fidoyitaqdirlash

uchun O‘zbekiston ijodkorlarini

qo‘llab

-quvvatlash

Ilhom

jamoat

fondi, O‘zbekiston Respublikasi

Madaniyat

vazirligi

huzurida

Madaniyat va san’atni rivojlantirish

jamg‘armasi,

O‘zbekiston

kompozitorlari

va

bastakorlari

uyushmasi, O‘zbekiston davlat

filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat

san’at va madaniyat institutin

ing

Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil

etildi.

Mumtoz san’atni rivojlantirish,

asrlar qa’ridan bizgacha yetib

kelgan

noyob

namunalarni

yoshlarga yetkazish maqsadida
islohotlar amalga oshirildi. Masalan,

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi

va muzeyi tashkil etildi. Har ikki yilda

bir marta Xalqaro maqom san’ati

anjumani

hamda

Xalqaro

baxshichilik san’ati festivalining

o‘tkazilishi noyob me

rosimizning

nufuzini jahon miqyosida oshirish

yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Milliy ma’naviy qadriyatlarimizni

e’zozlash,

asrab

-avaylash,

rivojlantirish

maqsadida

“O‘zbekiston Respublikasida milliy

madaniyatni yanada rivojlantirish
konsepsiyasi

”[6]

qabul qilindi.

Xalqning qadimiy tarixi, hayot

tarzi,

urf-

odat,

an’ana

va

marosimlarini,

milliy

o‘zligini

tarannum

etuvchi

baxshichilik

san’ati asrlar qa’ridan kelayotgan

sado singari insonni o‘ziga beixtiyor

jalb etadi. Bebaho merosimiz

namunalaridan biri bo‘lgan bu

ko‘hna san’at turidan yoshlarimizni

bahramand qilish, milliy o‘zligini

anglashga,

ruhiyatiga

kuch

bag‘ishlashida, buyuk ishlarga qodir

xalq vakili sifatida ilhom olishga va
ezgu ishlarga chorlaydi. Ushbu

san’at turi islohotlar natijasida

rivojlandi. Masalan, “Alpomish”

dostonining

ming

yilligi

keng

nishonlangani, Termiz shahrida bu

ulug‘ badiiy obida sharafiga,

Samarqand

shahrida

atoqli

baxshilarimiz

xotirasiga


background image

68

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

bag‘ishlangan yodgorlik majmualari

bunyod

etilgani,

davlatimiz

tomonidan

“O‘zbekiston

Respublikasi xalq baxshisi” faxriy

unvoni ta’sis qilinganini qayd etish

lozim.

“Bugungi

kunda

Termiz

shahrida

baxshichilik

maktabi,

respublikamizdagi bolalar musiqa va

san’at maktablarida folklor sinflari

faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizda

ko‘p tomlik “

Qoraqalpoq folklori

to‘plamlari chop etildi, 100 tomlik

“O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari”

majmuasi nashr etildi. Baxshi-
shoirlar tomonidan ijro etilayotgan
asarlarni yozib olish, ularni ilmiy

o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Yaqinda Termiz shahrida ilk bor

o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik

san’ati festivali xalqaro miqyosdagi

yirik madaniy hodisa sifatida keng

e’tirof etilgani alohida e’tiborga loyiq.

Yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash,

Vatanga sadoqat, tarixiy merosga
hurmat

ruhida

tarbiyalash

maqsadida Termiz shahrida davlat
muassasasi shaklida Respublika

Baxshichilik

san’ati

markazini

hamda uning huzurida yuridik shaxs

maqomiga ega bo‘lgan “Baxshichilik

san’atini

rivojlantirish

jamg‘armasi”[7]

tashkil etildi.

Yoshlarni sifatli va mazmunli

axborot bilan ta’minlash, milliy va

jahon fundamental va zamonaviy

bilimlardan bahramand bo‘lishini

ta’minlashda

axborot

-kutubxona

faoliyati katta o‘rin tutadi. Aholiga

axborot-kutubxona

xizmatlari

ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi

tizimini yaratish, kutubxonalarda
saqlanayotgan

milliy

madaniy

merosni asrab-avaylash va boyitish,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish
hisobiga

axborot-kutubxona

muassasalari

faoliyatini

tashkil

etishni takomillashtirish borasida
ilohotlar olib borildi.

2019

2024-yillarda

O‘zbekiston Respublikasi axborot

-

kutubxona sohasini rivojlantirish
Konsepsiyasi respublika axborot-
kutubxona sohasini rivojlantirishning
maqsadlari, vazifalari, tamoyillari,

ustuvor

yo‘nalishlari

va

mexanizmlarini

belgilovchi

qarashlarning yagona va bir butun

tizimini o‘zida aks ettiradi. Aholining

axborotga bo‘lgan talabini qondirish

uchun mamlakatning yirik axborot-
kutubxona muassasalari virtual

ma’lumotlar

xizmatidan

faol

foydalanmoqda, madaniy hordiq va

ma’rifiy faoliyatni rivojlantir

moqda.

2019

2024-

yillarda

O‘zbekiston

Respublikasida axborot-kutubxona

sohasini

rivojlantirish

bo‘yicha

chora-tadbirlar

dasturi[8]

tasdiqlandi.

2021-yil

21-yanvarda

O‘zbekiston

Respublikasining

“Madaniy faoliyat va madaniyat


background image

69

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ

-668-

sonli qonuni[9] qabul qilindi. Ushbu
qonun

asosida

yoshlarimizning

madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqib,
ularga madaniy xizmatlarni amalga

oshirilishini ta’minlash,

yoshlarning

ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish

uchun shart-sharoitlar yaratish va

ularni yaxshilash, yosh iste’dodlarni

o‘qitish, yuqori malakali kadrlarni

tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimini takomillashtirish
kabi

davlatning

bu

sohadagi

yo‘nalishlari

belgilangan.

Shuningdek, yoshlar “madaniyat

yutuqlaridan

foydalanish

va

jamiyatning

madaniy

hayotida

ishtirok

etish,

ijodiy

jamoalar

tarkibida yoki mustaqil ravishda,
kasbiy yoki nokasbiy (havaskorlik)
asosda

ijodiy

faoliyat

bilan

shug‘ullanish, o‘z ehtiyojlariga,

manfaatlari

va

qobiliyatiga

(imkoniyatlariga) muvofiq madaniy

faoliyat yo‘nalishlarini erkin tanlash,

qonunchilikda belgilangan tartibda

madaniyat ob’ektlariga borish, Milliy

muzey fondi tarkibiga kiritilgan
muzey

ashyolari

va

muzey

kolleksiyalari,

axborot-kutubxona

muassasalari

hamda

axborot-

kutubxona resurslari, shuningdek

arxiv hujjatlari bilan tanishishkabi
huquqlarga egadirlar.

Xulosa va tarliflar.

Milliy

maqom san’ati o‘zining qadimiy

tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror

badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari

bilan ma’naviy hayotimizda alohida

muhim o‘rin egallaydi. Quvonarlisi,

yoshlarni maqom san’atiga qiziqishi

kuchayib borayotganidir. Yoshlarni

milliy qadimiy merosimizga bo‘lgan

iliq

munosabatini

yanada

rivojlantirish, qo‘llab

-quvvatlash va

rag‘batlantirish, bu sohada ilmiy

izlanishlarga yo‘l ochish davlat

siyosatida muhim o‘rin egallab keldi.

Kino

san’ati

yoshlar

ma’naviyatini

yuksaltirishda,

intellektual salohiyatini oshirishda,
ularda insonparvarlik, vatanparvarlik
hususiyatlarini

shakllantirishda

muhim ahamiyatga ega. Xalq amaliy

san’ati asrlar davomida shakllanib,

sayqal topib, milliy qadriyatlarimiz
namunasi sifatida islohotlar davrida

yanada boyib borayotgan san’at

turidir. Ushbu sohani rivojlantirish,
yoshlarni jalb qilgan holda yanada
boyitib, kelajak avlodga meros
qoldirish maqsadida katta islohotlar
amalga oshirildi.





background image

70

ALFRAGANUS

xalqaro ilmiy jurnal

https://journals.afu.uz

ISSN: 2992 - 8974

2 (11). 2024

ADABIYOTLAR:

1.

Ўзбек миллий мақом санъатини янада ривожлантириш чора

-

тадбирлари тўғрисида. 17.11.2017 йилдаги ПҚ

-3391-

сон.

2.

“Кинематография

соҳасида

давлат

бошқаруви

тизимини

такомиллаштириш ҳамда соҳа вакилларининг ижодий фаолияти учун

муносиб шароит яратиш тўғрисида”ги қарори. 2021 йил 13 март. ПҚ

-

5060-

сон.

3.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тошкент халқаро

кинофестивалини қайта тиклаш ва ўтказиш тўғрисида”ги қарори. 2021

йил 16 июнь 17 июнда кучга кирди. ПҚ

-5151-

сон.

4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Халқаро зардўзлик ва

заргарлик фестивалини ўтказиш тўғрисида”ги қарори. ПҚ

-5098-

сон.

5.

Моддий маданий ва археология мероси объектларини муҳофаза

қилиш ва улардан фойдаланишни такомиллаштириш тўғрисида.

16.01.2018 йилдаги Ф

-5181-

сон.

6.

Ўзбекистон

Республикасида

миллий

маданиятни

янада

ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида. 28.11.2018

йилдаги ПҚ

-4038-

сон.

7.

Бахшичилик санъатини янада ривожлантириш чора

-

тадбирлари

тўғрисида. 14.05.2019 йилдаги ПҚ

-4320-

сон.

8.

Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот

-

кутубхона хизмати

кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисида. 07.06.2019 йилдаги

ПҚ

-4354-

сон.

9.

2021 йил 21 январда Ўзбекистон Республикасининг “Маданий фаолият

ва маданият ташкилотлари тўғрисида”ги ЎРҚ

-668-

сон.

Библиографические ссылки

Ўзбек миллий мақом санъатини янада ривожлантириш чора

тадбирлари тўғрисида. 17.11.2017 йилдаги ПҚ-3391-сон.

“Кинематография соҳасида давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш ҳамда соҳа вакилларининг ижодий фаолияти учун муносиб шароит яратиш тўғрисида”ги қарори. 2021 йил 13 март. ПҚ5060-сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тошкент халқаро кинофестивалини қайта тиклаш ва ўтказиш тўғрисида”ги қарори. 2021 йил 16 июнь 17 июнда кучга кирди. ПҚ-5151-сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Халқаро зардўзлик ва заргарлик фестивалини ўтказиш тўғрисида”ги қарори. ПҚ-5098-сон.

Моддий маданий ва археология мероси объектларини муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланишни такомиллаштириш тўғрисида. 16.01.2018 йилдаги Ф-5181-сон.

Ўзбекистон

Республикасида миллий маданиятни янада ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида. 28.11.2018

йилдаги ПҚ-4038-сон.

Бахшичилик санъатини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида. 14.05.2019 йилдаги ПҚ-4320-сон.

Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот-кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисида. 07.06.2019 йилдаги ПҚ-4354-сон.

2021 йил 21 январда Ўзбекистон Республикасининг “Маданий фаолият

ва маданият ташкилотлари тўғрисида”ги ЎРҚ-668-сон.