Ingliz va O’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni

CC BY f
256-258
10
6
Поделиться
Жолдасбаева D. ., & Зубайдова N. (2022). Ingliz va O’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 256–258. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12961
Дильноза Жолдасбаева, Самаркандский государственный институт иностранных языков

аспирант 1 ступени

Н Зубайдова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Научный руководитель

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolai ngliz va o’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni, ishlatillishi hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan


background image

256

9.

http://www.thesaurus.com/browse/wish

10..http://www.shmoop.com/vanity-of-human-wishes/tone.html
11.http://www.special-dictionary.com/proverbs/keywords/wishes


INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GRADUAL SINTAKSEMALARNING O’RNI

Joldasbayeva Dilnoza Konisbayevna
SamDCHTI, 1-bosqich magistrantni

Ilmiy rahbar: N.N.Zubaydova

Annotatsiya:

Ushbu maqolai ngliz va o’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni, ishlatillishi

hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

uyadoshlik (paradigmatik) munosabati, uyadoshlik, farqlovchi sema, leksik sath, lisoniy

birliklar, mazmuniy bog`lanish

Lisoniy birliklar sistema tarkibida ma`lum munosabatda bo`ladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish

mumkin: bir sathga mansub bo`lgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bo`lgan birliklar
munosabati, ya`ni sathlararo munosabat. Bir sathga mansub birliklar munosabati. Bir sathga mansub bo`lgan
birliklar o`zaro ikki xil munosabatga kirishadi: 1) uyadoshlik (paradigmatik) munosabati; 2) ketma-ketlik
munosabati.

Uyadoshlik munosabati. Bir sathga mansub bo`lgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning ma`lum

umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi uyadoshlik munosabati sanaladi. Uyadoshlik
munosabatida bo`lgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning ma`nosi ham, shakli ham
xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari o`zakning umumiyligi bilan o`zaro birlashsa,
qo`shimchalari bilan farqlanadi. Yok iaksincha, ishla, angla, so`zla singari leksemalar qo`shimchaning
umumiyligi bilan birlashib, o`zakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Har ikki holatda ham uyadoshlikni hosil
qiladi. Leksik sathda ayrim leksemalar shakily o`xshashlik umumiy belgisi asosida bir uyali sinfni tashkil
etadi. Bunday leksemalar munosabati leksik omonimlarni hosil qiladi.Yoki ba`zi leksemalar ma`no
umumiyligi asosida bir sinfga birlashadi. Bunday munosabatda bo`lgan leksemalar leksik sinonimlarni tashki
letadi. Xuddi shunday xususiyat fonologik sathdan yuqori bo`lgan barcha sath birliklari uchun ham xosdir.
Masalan, umumiy egalik ma`nosi asosida barcha egalik shakllari bir uyaga birlashadi. Zamon ma`nosi
asosida barcha zamon bildiruvchi fe`l shakllari bir uyani hosil qiladi. Shu bilan birga, uya ichida huddi
shunday umumiy ma`no asosida yana kichik uyalarga birlashishi mumkin. Jumladan, o`tgan zamon shakllari,
hozirgi zamon shakllari, kelasi zamon shakllari kabi. Shunday qilib, ma`lum uya o`zichida kichik uyalarga
bo`linib, uyalar darajalanishini hosil qiladi. Masalan, a, e, o, u, u, I unlilari munosabati unlilar sistemasini
(paradigmasini) tashkil etish bilan birga, bu unlilarning har qaysisi bevosita kuzatishda bir qancha variantlar
orqali yuzaga chiqadi va variantlar uyasini (sistemasini) tashkil etadi.

TADQIQOT VA NATIJALAR

Lisoniy birliklarning uyadoshlik munosabatini belgilashda ko`proq ma`no umumiyligi belgisi xizmat

qiladi. Shuni ta`kidlash kerakki, ma`lum umumiy ma`no asosida bir uyaga birlashtirish uchun asos bo`lib
xizmat qilgan umumiy ma`no takrorlanishi lozim. Ana shu takrorlanuvchi ma`no (sema) har bir a`zoni ayni
shu uyaga (paradigmaga) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga uyaning har qaysi a`zosi boshqa
a`zodan ma`lum belgilariga ko`ra farqlanish xususiyatiga ham ega. Ana shu farqlanish belgisi bilan uyaning
aloqida birligi ekanligini saqlab turadi. Demak har bir a`zo birlashtiruvchi va farqlovchi semalar birligidan
tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema har bir a`zoni ma`lum mazmuniy uyaga (paradigmaga.) birlashishini,
farqlovchi semaesa uya tarkibidagi har bir a`zoning o`ziga xosligini, alohidalngini ko`rsatib turadi.
Anglashiladiki, uyaning har bir a`zosida umumiylik va o`ziga xoslik dialektikasi o`z tajassumini topadi.
Masalan, -gan, -di shakllari o`tgan zamon semasi bilan bir uyaga kiradi. Shu bilan birga ularning har bittasi
o`ziga xos farqlanish belgisiga ham ega. Ular o`tgan zamonning nutq momentiga nisbatan uzoq yoki
yaqinligini ifodalash jihatidan bir-biridan farqlanadi. Birinchisi nisbatan uzoq o`tgan zamonni, ikkinchisi esa
yaqin o`tgan zamonni bildiradi.

Harbiruya (paradigma) sistema sanaladi. Shunday ekan, til sistemasi o`zaro munosabatda bo`lgan bir

qancha uyalarning birligidan iboratdir. Har bir uya a`zolari bir-biri bilan zidlanish xususiyatiga ega.
Zidlanish har qanday narsa va xodisaning ichki taraqqiyot negizidir. Shunday ekan, davrlar o`tishi bilan uya
a`zolari o`rtasida miqdoriy o`zgarish ro`y berishi mumkin. Ayrim a`zolar eskirib, iste`moldan chiqishi,


background image

257

yangisi kirib kelishi mumkin. Bu esa til sistemasining ochiq sistema ekanligini ko`rsatadi.

Ketma-ketlik

munosabati.

Bir sathga mansub bo`lgan birliklar nutq jarayonida o`zaro ketma-ket bog`lanib ma`lum

axborot tashish uchun xizmat qiladi. Har bir lisoniy birlikning vazifasi ketma-ketlik (sintagmatik)
munosabatiga kirishganda namoyon bo`ladi. Nutq jarayonida ikkita birlikni hech qachon bir vaqtda talaffuz
qila olmaymiz. Oldin bittasini, so`ng ikkinchisini, uchinchisini va h.k. talaffuz qilamiz. Lisoniy birliklarning
ma`lum chiziqda ketma-ket bog`lanishi ikki elementni hech qachon bir vaqtda talaffuz qilishga imkon
bermaydi. Muayyan cho`ziqlikka ega bo`lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati
ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi. Masalan, ishchilarga so`z shakli tarkibidagi ishchilarga
morfemalari bir qatorda ketma-ket joylashadi.

Bundan ketma-ketlik munosabati faqat nutqqa xos degan xulosaga kelmaslik kerak. Ketma-ketlik

munosabati imkoniyat va voqelik dialektikasini o`zida mujassam qilgan holdatiga ham, nutqqa ham xosdir.
Har qanday ketma-ketlik munosabati ma`lum tilde amal qiluvchi muayyan qoidalar, andozalar asosida
maydonga keladi. Bunday qoida, andozalar ijtimoiy mohiyatga egabo`lib, u yoki bu tilning har bir vakili
ongida tayyor holda mavjud bo`ladi. Nutq jarayonidagi real birikma esa ana shu qoida va andozalar asosida
yuzaga chiqadi. Har bir lisoniy birlikning boshqa lisoniy birlikka bog`lanish imkoniyati mavjud bo`ladi

.

Grammatik jihatdan bo`glan ishi mumkin bo`lgan birliklar ham agar mazmuniy moslik bo`lmasa, bog`lana
olmaydi. Masalan,

yig`lamoq, kulmoq, mushtlashmoq

singari leksemalarning mazmuniy mundarijasida odam

leksemasi bilan boglanish imkoniyati mavjud. O`z navbatida odam leksemasining mazmuniy mundarijasida
yig`lamoq, kulmoq, mushtlashmoq leksemalari bilan mazmuniy mos keladigan (shu harakatlarni yuzaga
chiqara olish) sema mavjud. Har ikki lisoniy birlikda mavjud bo`lgan o`sha bir-biriga mos semaularni o`zaro
mazmuniy va grammatik munosabatga kirishuviga yo`l ochadi. Aksincha, tosh leksemasi bilan уemoq
leksemasi o`rtasida yuqoridagi kabi mazmuniy uyg`unlik yo`q. Shuning uchun ham ular o`zaro mazmuniy
bog`lanish imkoniyatiga ega emas.

Ko`rinadiki, til egalari ongida tayyor holda mavjud bo`lgan lisoniy birliklarning o`zaro qo`shilish

qoidalari, andozalari til sathiga, ana shu qoida va andozalar asosida bevosita kuzatishda namoyon bo`lgan
cheksiz hosilalar, konkret birikmalar nutq sathiga mansubdir. Sintagmatik munosabat yordamida tilning bosh
vazifasi – kommunikativ vazifasi amalga oshadi.

Lisoniy birliklarning murakkablik darajasi nisbiydir. Uning murakkab deb nom olishi o`zidan bir

daraja quyi sath birligiga nisbatandir. Masalan, morfemik sath birligi bo`lgan morfemaning murakkab
(qurilma, sistema) deb nom olishi fonologik sath birligi bo`lgan fonemaga nisbatandir. Morfema, o`z
navbatida, morfologik sath birligi bo`lgan so`z shakl uchun element, qurilish (konstruktiv) a`zosi sanaladi.
So`z shakl morfemaga nisbatan murakkab, sintaksemaga nisbatan esa element hisoblanadi.

Lisoniy birliklar o`rtasidagi pog`onali munosabat til sistemasi ichki tuzilishining oddiydan

murakkabga qarab tadrijiy joylashganligidan dalolat beradi

Paradigma a`zolari o`rtasidagi zidlanishlar va zidlanish turlari

. Yuqorida ta`kidlanganidek

uyadoshlik (paradigmatik) munosabatida bo`lgan lisoniy birlliklar muayyan birlashtiruvchi semaga ega
bo`lishi bilan birga, o`zaro farqlovchi semaga ham ega bo`ladi. Ana shu farqlovchi semalar uya a`zolarining
o`zaro zidlanishi uchun asos bo`ladi. Sistemaviy tilshunoslikda uya a`zolarining ana shunday farqlovchi
semalar asosida zidlanishini belgilash markaziy o`rinni egallaydi. Chunki lisoniy birliklarni ma`lum sinflarga
birlashtirish qanchalik muhim bo`lsa, sinf a`zolarini bir-biriga zidlash ham shunchalik ahamiyatlidir.
Sinflarga birlashtirishda lisoniy birlik mazmuniy mundarijasidagi birlashtiruvchi sema xizmat qilsa, bir-
biridan ajratishda farqlovchi sema asosiy rol o`ynaydi. Shuning uchun sistemaviy tilshunoslik asoschilari
zidlanish tushunchasiga katta e`tabor berib, tilde zidlanishdan boshqa hech narsa yo`qligini ta`kidlaydilar.
Farqlash tushunchasi zidlanish tushunchasini taqozo etadi. Ikki narsa bir-biridan faqat o`zaro zid
qo`yilgandagina farqlanadi. Sistemaviy tilshunoslikning asoschilaridan biri N. S.Trubetskoy fonologik
sathda zidlanishlarni quyidagicha belgilarga ko`ra tasnif etadi:

A.

Zidlanish sistemasiga munosabatiga ko`ra.

B.

Zidlanuvchi a`zolar o`rtasidagi munosabatga ko`ra.

V. Zidlanuvchi a`zolarning ma`no farqlash kuchiga ko`ra.

Zidlanish sistemasiga ko`ra zidlanish turlari.

Bu belgiga ko`ra zidlanishlar bir o`lchovli va ko`p

o`lchovli hamda ajralgan va proportsional zidlanishlarga bo`linadi. Zidlanishlar zidlanuvchi a`zolarni
farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlanayotgan a`zolar uchun umumiy
bo`lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun asos» bo`lib xizmat qiladi. Qiyoslash
uchun asos belgiga ega bo`lmagan ikki narsa o`zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash uchun asos bo`lgan
belgiga ko`ra zidlanishlarik kiturli bo`ladi: 1) bir o`lchovli, 2) ko`p o`lchovli. Bir o`lchovli zidlanishlarda
zidlanuvchi a`zolarning zidlanishlari uchun asos bo`lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo`lib,
zidlanish sistemasining boshqa a`zolarida uchramaydi. Masalan, lotin grafik sistemasidagi E va F harflari


background image

258

zidlanishini olib ko`raylik. Bu harflarning zidlanishi bir o`lchovlidir. Chunki bu ikki harf o`rtasidagi
o`xshash belgilar yig`indisi (vertical chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin alfavitidagi boshqa hech qaysi
harfda uchramaydi. Aksincha, R va P harflari zidlanishi esa ko`p o`lchovlidir. Chunki bu harflar o`rtasidagi
o`xshash (qiyosga asos bo`lgan) belgilar (vertical chiziq va uning ustiga o`ng tomondan chizilgan yarim
doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda ham mavjud (masalan, B harfida). Bir o`lchovli
va

ko`p

o`lchovli

zidlanishlarning

ajratilishi

tilshunoslikda

juda

katta

ahamiyatga

ega.

Bundayzidlanishlartilningbarchasathlaridauchraydi. Bundan tashqari birinchi belgiga ko`ra zidlanishlarning
propotsional va ajralgan turlari ham mavjud. Ma`lum bir zidlanish a`zolari o`rtasidagi munosabat til
sistemasining boshqa zidlanish a`zolari o`rtasidagi munosabat bilan bir xil bo`lganz idlanishlar

proportsional zidlanish

hisoblanadi. Masalan, o`zbek tili fonologik sistemasidagi k-g fonemalarining

zidlanshli proportsionaldir. Chunki bu zidlanish a`zolari o`rtasidagi munosabat, ya`ni jarangsizlik
portlovchilik belgisi asosida umumiylikni hosil qilishi faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, t-d kabi
juftliklar uchun ham xosdir. Ma`lum bir zidlanish a`zolari o`rtasidagi qiyos uchun asos bo`lgan belgi til
sistemasidagi zidlanishlarning hech qaysisida uchramaydigan zidlanish

ajralgan zidlanish

sanaladi.

Masalan, b va p juftliklari o`rtasidagi zidlanish ajratgandir. Chunki bilabiallik va labiodentallik belgilari
boshqa hech bir juftlikda qiyos uchun asos bo`lmaydi. Zidlanuvchi a`zolar bir belgining turli darajasini
(gradatsiyasini) ko`rsatuvchi zidlanish darajali zidlanish hisoblanadi. Masalan, unlilarda og`iz ochilipshning
turi darajasini u ko`rsatuvchi u-o`-o, i-e-a o`rtasidagi zidlanish.

Darajali zidlanish ko`p a`zoli bo`lib, darajalanish silsilasidagi birinchi va so`nggi a`zo chegara a`zolar,

ular o`rtasidagi a`zolar esa oraliq a`zolar sanaladi.

Chegara a`zolar zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi va maksimal zidlanish hosil qiladi.

Zidlanuvchi a`zolarning har ikki simantiqan teng bo`lgan, ya`ni belgining ikki darajasini ham, bor yoki
yo`qligini ham bildirmaydigan zidlanishlar teng qimmatli (ekvivalent) zidlanish hisoblanadi. Masalan, opa-
singil, ota-ona zidlanishi. Shuni ta`kidlash kerakki, zidlanishlarning yuqoridagi turlarini ajratish til
sistemasining konkret shart-sharoiti bilan bog`liq. Bu sistemaning konkret shart-sharoitda najrati bolingan
ayni bir zidlanishi privativ ham, darajali ham bo`lishi mumkin. Masalan, u-o o`rtasidagi zidlanish og`izning
ochilish darajasi sifatida olinsa, privative ziddiyat bo`ladi. Zidlanuvchilardan biri og`izochilishining «nul»
darajasi sifat va qabul qilinadi. Bu vaqtda u «ochiq emas», o esa «ochiq», yoki u «yopiq», o esa «yopiq
emas» tarzida zidlanadi. Xuddi shu belgiga ko`ra til sistemasidagi nisbatan ochiq e`tiborga olinsa, u bilan o
o`rtasidagi zidlanish darajali zidlanshlga aylanadi. Bu vaqtda u va o zidlanishning chegara a`zolari, o` esa
oraliq a`zo bo`lib qoladi. Shunday qilib, u yoki bu zidlashshni privativ, darajali va teng qimmatli zidlanish
sifatida. Baholanishi bizning qanday nuqtai nazardan yondashuvimizga bog`liq. Lekin bundan u yoki bu
zidlanishni belgilash sof sub`ektiv xarakterga ega degan xulosaga kelmaslik kerak. Shuni ta`kidlash kerakki,
zidlanishning o`zida uni ma`lum bir turga kiritish uchun asos bo`ladigan qandaydir belgi mavjud bo`ladi.
Tilning sistemaviy tuzilishining o`zi va uning funktsiyalashuvi ko`p hollarda zidlanishning ob`ektiv va aniq
turini ajratishga imkon beradi. Yuqorida ko`ribo`tgan u va o fonemalari o`rtasidagi munosabat privative
zidlanish sifatida ham, darajali zidlanish sifatida ham tasavvur etilishi mumkin. Lekin amalda ularning
qaysisi reallashayotgani shu fonologik sistemaning tuzilishi va qo`llanishi bilan bog`lik bo`ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Nurmonov A va boshqalar. O`zbek tilining nazariy grammatikasi. T.,2001

2.

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili. T., 2009

3.

Nabiyeva D. O`zbek tilining turli sathlarida umumiylik-xususiylik dialektikasinig namoyon bo`lishi.
T., 2005

4.

Ne’matov H., Rasulov R. O`zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995

INTERAKTIVE METHODEN IM DAF-UNTERRICHT

Sattarov Utkir Urazaliyevich,

SamDCHTI tadqiqotchisi

Das Erlernen von Fremdsprachen in der modernen Gesellschaft wird zu einem untrennbaren

Bestandteil der beruflichen Ausbildung von Fachleuten verschiedener Profile, und die erfolgreiche Lösung
von Problemen der beruflichen Entwicklung und der Ausbau von Kontakten mit ausländischen Partnern
hängen weitgehend von der Qualität ihrer Sprachausbildung ab. Die Methodik des Fremdsprachenunterrichts
ist ein System des Wissens über die Gesetzmäßigkeiten des Prozesses des Unterrichtens einer Nicht-
Muttersprache und über Möglichkeiten, diesen Prozess zu beeinflussen, um ihn zu optimieren. Die Methodik
des Fremdsprachenunterrichts (FL) entdeckt und konkretisiert die Muster des Fremdsprachenunterrichts.

Библиографические ссылки

Nurmonov A va boshqalar. O zbek tilining nazariy grammatikasi. T.,2001

Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., 2009

Nabiyeva D. O'zbek tilining turli sathlarida umumiylik-xususiylik dialektikasinig namoyon bo'lishi. T., 2005

Ne’matov H., Rasulov R. O'zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана