Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitishning innovatsion usullari

CC BY f
271-272
174
18
Поделиться
Кудратов, О., Мухиддинов, Н., & Мамаегубова, Ш. (2022). Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’qitishning innovatsion usullari. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 271–272. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12969
Шахло Мамаегубова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Научный руководитель

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida to'xtalib o'tiladi

Похожие статьи


background image

271

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI

Qudratov Orzimurod Alijon o’g’li.

Muhiddinov Nuriddin Muhiddinovich
Ilmiy raxbar:Mamayoqubova Shahlo
Samarqand Davlat сhet tillar instituti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan

qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o'qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida
to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar:

aralash texnika, qiziqarli o'yinlar, boshlang'ich sinflar, zamonaviyinnovatsion

metodlar,pantomima.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, yoshlarning chet tillarini o'rganishga bo'lgan qiziqishi

oshdi va davlatimiz tomonidan til o'rganishga ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz
Islom Karimov aytganidek: "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.
Bu ham, albatta, bejiz emas.

Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik

sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy
tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Ayniqsa, boshlang'ich ta'limda ijobiy
o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil
10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida" PQ-1875-
soni Qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang'ich sinfdan boshlab
o'rgatish, ularni chet tillarini o'rgatishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta'lim
maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o'yinlar tarzida o'qitish va shu bilan
birga o'quvchilarning og'zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o'qish va
grammatikani o'qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o'tish bosqichma-bosqich boshlandi.

So'nggi paytlarda ingliz tilini o'rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko'paymoqda.

Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o'rganish
ham yosh davrlariga bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtirishni
isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi,
kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi va o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning
asosiy sabablaridandir.

Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur "Uchdan keyin juda kech" kitobida yozganidek:

"...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin...". Yana shunga e'tibor qaratish
kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma'lumotlarma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning
unchun ham ingliz tilinio'rganayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik
tushunchaberishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoqbolani
charchatishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirib qo'yishi mumkin.Chunki boshlang'ich sinfdagi
o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin shu bilan birgamas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning
uchun ham boshlang'ich sinflargaingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi innovatsion
metodlardanfoydalanish mumkin:

Ko'rish orqali eslab qolish. Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan ma'lumotlaridan ko'ra, ko'proq

ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali,
ko'zga ko'rinadigan va kundalikhayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so'zlarni
o'rgatish vao'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table),doska
(blackboard) , ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan
bunday narsa-buyumlar ko'zga doimo tushib turishi va doimo qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz
tarzda o'rganadi.

Qo'shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo'lgan so'zlarni musiqaga solib

kuylash. Bunda yangi so'zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol
qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali
ekanligini ko'rsatish mumkin.

To raqobatdosh grammatika va so'z boyligini o'zlashtirishga yordam beradigan o'yinlarning

aksariyatini o'z ichiga oladi. Bunda bolalar o'qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi. Natijada
o'quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, tilo'rganishga bo'lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy


background image

272

mutafakkirlari aytganidek: "Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi".

Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz.

Masalan, bunda bolalar o'yin o'ynashi, qo'shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi
so'zlarni ko'rsatib berishi mumkin. Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o'quvchi faqat bitta narsa
orqali cheklanibqolmaydi.

Multfilmlar orqali o'rgatish. Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko'rishga qiziqadi.

Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilim
qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun
qiziq va til o'rganishlari uchun samarali yo'l.

Qiziqarli o'yinlar orqali o'rganish; Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil o'yinlar orqali

o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar o'ynatib turish sinfda fanni o'rganishga bo'lgan
ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo'lmagan o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi.
Quyidagi o'yinlar so'zimizga misol bo'la oladi.

"Quvnoq topishmoqlar" (MerryRiddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish ingliz tilini

o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq
javobini topadilar.

"Pantomima" (pantomime). Bunda o'qituvchi o'quvchilarga biron bir so'zniaytadi va

o'quvchi uni ko'rsatadi. Qolgan o'quvchilar esa so'zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo'ladi.

Sezgi a'zolar orqali o'rganish (sabzavot, mevalar, oziq-ovqatlarni tatib ko'rish, turli xil

buyumlarni ushlab ko'rish, gullarni hidlab ko'rish). Ushbu yangi metodni o'rganishdan oldin bir amaliyotchi
psixologning fikrlarini keltirish kerak: "Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini
xohlovchi pedagok bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush organi, muskul
sezgisi va hatto, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi
kerak".

Darhaqiqat, sezgi a'zolar orqali til o'rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali

hisoblanadi . Masalan, o'quvchi birgina olmani tatib ko'rish jarayonida uningrangi, ta'mi, hajmi, hidi qanday
ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, o'qituvchi bolalardan ranglarning
inglizcha nomini so'rab qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan
foydalanish o'quvchining ma'lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rgatishni majburiyat sifatida emas,

aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi, ularning kelajakda
oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimi ham o'z oldiga
erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak
o'qituvchila rinnovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammal roqishlab
chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin.

Adabiyotlar

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil10-dekabrdagi "Chettillarinio'rganish tizimini

yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonliqarori.

2.

Turdaliyeva G.N "Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va

innovatsiyalar"//2020.

3.

Bekmuratova U.B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish"//Toshkent

2012.

4.

Toliboboeva S.J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH.

Science and Education

,

1

(SpecialIssue2).

5.

Толибобоева Ш. (2020). Ingliz tilini o’qitishdagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari.

Young Scientist

,

19

(309),581-582.

6.

Juldasheva N.N. (2020). Хорижий тилларни ўқитишда ахборот технологиялар ва инновацион

методларнинг ўрни.

Молодой ученый

, (12),332-333.

7.

Ashirbaeva A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH

LITERATURE.

Science and Education

,

1

(SpecialIssue2).

8.

Umirova Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES.

International

Scientific Conference of Students and Young Scientists "FARABIALEMI

".

9.

Mukhitdinova, K. A. (2022, August). TECHNICAL AND ECONOMIC CONDITION OF OIL

DRILLING FROM THE FIELD OF" MUBARAK OGP" ENTERPRISE. In Multidiscipline Proceedings of
Digital Fashion Conference (Vol. 2, No. 4).

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yillO-dekabrdagi "Chettillarinio'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g'risida"gi PQ-1875-sonliqarori.

Turdaliyeva G.N "Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar'7/2020.

Bekmuratova U.B. ’’Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish'7/Toshkent 2012.

Toliboboeva S.J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. Science and Education,! (Speciallssue2).

Толибобоева Ш. (2020). Ingliz tilini o’qitishdagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari.

Young Scientist,! 9(309),58 -582.

Juldasheva N.N. (2020). Хорижий тилларни укитишда ахборот технологиялар ва инновацион методларнинг урни. Молодой ученый, (12),332-333.

Ashirbaeva А. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education,/(Speciallssue2).

Umirova Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. International Scientific Conference of Students and Young Scientists "FARABIALEMI".

Mukhitdinova, K. A. (2022, August). TECHNICAL AND ECONOMIC CONDITION OF OIL DRILLING FROM THE FIELD OF” MUBARAK OGP” ENTERPRISE. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 2, No. 4).

Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab Hepagreen - Восстановление нормальной работы печени Doroflex - Восстановления подвижности суставов inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт. Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии. MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование SMARTY - Увеличение продаж вашей компании БИОАРТРОН - Здоровье и гибкость суставов