Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati

CC BY f
294-296
18
2
Поделиться
Ашуров S. . (2022). Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 294–296. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12979
Шахобиддин Ашуров, Самаркандский государственный институт иностранных языков

д.ф.н., доцент,проректор по работе и инновациям

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Xususan, ularning asosiy ko‘rinishlari yangi g‘oyalar, tizim yoki
faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar, noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo‘lmagan
tashabbuslar, ilg‘or ish uslublari kabilar shular jumlasidandir


background image

294

Алишер Навоий (1441- 1501) кабиларнинг маънавий-ахлоқий қарашларида ҳам бола тарбиясида
ақлни ривожлантириш масалалари муҳимлиги таъкидлаб ўтилган. Ақлий ривожланиш масалалари
Ўрта асрлар Fapб педагогикасида М.Монтень, Я.А.Коменский, Ж.Ж.Руссо, А.Гильвеций, Д.Дидро,
А.Дистервег,И.Г.Песталоцци кабилар томонидан тадқиқот объекти қилиб қўйилган ва уни амалга
оширишнинг усул ва воситалари ўрганилган.

Юқоридаги фикрлардан келиб чиқиб, хулоса қилиш мумкинки, қўйидаги вазифаларни

амалга ошириш зарурлигини тақозо қилади:

-илмий-педагогик, социологик, фалсафий, тарихий манбаларни қиёсий-типологик таҳлил

қилиш асосида умумтаълим мактаблари ўқувчиларида Учинчи ренессанс тафаккурини
шакллантиришнинг педагогик шарт-шароитлари ва амалиётдаги ҳолатини белгилаш;

-умумтаълим мактаблари ўқувчиларида Учинчи ренессанс тафаккурини шакллантиришнинг

стратегиясини ишлаб чиқиш, модернизация қилинган дидактик таъминотнинг самарали эканлигини
исботлаш;

-умумтаълим мактаблари ўқувчиларида Учинчи ренессанс тафаккурини шакллантиришда

миллий таълим тизимининг вазифалари, тизим структураси,мақсадлари ва натижадорлигини
таъминлашнинг шарт-шароитларини, унинг интерфаол метод, шакл, воситаларини аниқлаш;

-умумтаълим мактаблари ўқувчиларида Учинчи ренессанс тафаккурини шакллантиришнинг

экспериментал даражаси ва самарадорлигини белгилаш,илмий асосланган тавсияларни ишлаб
чиқиш ва самарадорлик даражасини далиллаш.

Юқоридаги вазифалар амалга оширилса, у умумтаълим мактаблари ўқувчиларида Учинчи

ренессанс тафаккурини шакллантиришга йўналтирилган таълим жараёнинг мазмунини уни
шакллантиришга хизмат қиладиган инновацион ёндашувлар педагогик тажриба–синовдан
ўтказилиб, ишлаб чиқилган интеграциялашган тизимнинг самарадорлик даражаси белгиланади.

Фойдаланилган адабиётлар:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Диний- маърифий соҳа

фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2018 йил 16 апрель ПФ-5416-
сонли Фармони.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг «Қадимий ёзма манбаларни

сақлаш, тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги
2017 йил 24 майдаги ПҚ-2995-сон Қарори // Халқ сўзи, - 2017. - 25 май.

3.

Туйчиева Г.У. Ислом даври шеъриятида аруз тизими ва унинг эволюцион тараққиёти.

Филол. Фан.докт. (DSc)... дисс.авт. - Тошкент, 2018. - Б.5

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING

AHAMIYATI

Ashurov Shaxobiddin Saidovich

f.f.n, dotsent, SamDCHTI ilmiy

ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

e-mail: shahobashurov576@gmail.com

Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Xususan, ularning asosiy ko‘rinishlari yangi g‘oyalar, tizim yoki

faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar, noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo‘lmagan
tashabbuslar, ilg‘or ish uslublari kabilar shular jumlasidandir.

Ta’lim tizimida innovatsiya orqali imkon qadar eng yuqori natijaga erishish ko‘zda tutiladi.

Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan
o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham

“innovatsiya

tushunchasi “

novatsiya”, “innovatsiya

” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat sifatida talqin

qilinadi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim
elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u

novatsiya (yangilanish)

deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum

konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni
tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u

innovatsiya (yangilik kiritish)

, deb ataladi

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng

dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga
to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli
ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Zero birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Buning


background image

295

uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan
zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari,
mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun
chuqur anglab oldik - faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan
mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz
boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi”. [3,255]

Demak, hozirgi davrda mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish, pedagog kadrlarni

innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish oliy ta’lim
samaradorligini oshirish va tizimni modernizatsiyalashning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o‘qitishda zamonaviy pedagogik

texnologiyalar va yutuqlardan keng foydalanish, ularni o‘quv jarayoniga joriy qilib borish hamda rivojlangan
davlatlarning o‘qitish tajribalarini mamlakatimiz ta’lim tizimiga tatbiq etishdan iborat. Oliy ta’lim tizimini
modernizatsiyalash ta’lim jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab etadi.

CHet tili fanining o‘ziga xosligi shundaki, tabiiy til muhiti mavjud bo‘lmagan holda, o‘quvchilar

uchun sun’iy til muhitini yaratish maqsadida, eng maqbul turli texnologiyalarni hamda o‘qitish vositalaridan
keng foydalanish zaruratini talab qiladi. SHu sababli, chet tilini o‘qitishda multimedia vositalari taqdim
etayotgan yangi imkoniyatlarni beruvchi keng ko‘lamli ilovalardan foydalanilayotgani bejizga emas.

Bunda, asosiy rolni, albatta, multimedia vositalari o‘ynaydi. Lekin birinchi navbatda darsda

o‘qituvchining o‘zi kompyutor savodxonligi yuqori bo‘lishi, ya’ni, Microsoft Word, Power Point va boshqa
shu kabi murakkab bo‘lmagan dasturlardan foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim masala
hisoblanadi. O‘qituvchi ularni bajarish va qo‘llashni qancha yaxshi egallasa, darsni faollashtirish va
o‘quvchilarga hissiy ta’sirni oshirishda ularning roli shuncha katta bo‘ladi.

Word hujjatlarining afzalligi ularning nisbatan kichik hajmi va yaratilish qulayligidir. O‘qituvchi

ularni cheksiz xilma-xil variantlar bilan muayyan vaziyatlar, mavzular va guruhlar uchun ishlab chiqishi
mumkin. SHu bilan birga, bunday hujjatlar multimedianing afzalliklarini yo‘qotmaydi: ular yorqin, rang-
barang, o‘quvchilarning individual ishlashiga imkon beradi va ish imkoniyatlarini kengaytirishiga xizmat
qiladigan vosita sifatida qarash mumkin.

Masalan, test savollarini bajarishni elektron versiyasi talabalarga ob’ektlarni hujjat ichida ko‘chirish,

ularni kerakli joylarga joylashtirish, o‘chirish, topshiriq bo‘yicha guruhlash, kerakli narsalarni kiritish va
boshqa shu kabi vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi.

Afsuski, faqat bir nechta informatika o‘qituvchilari dasturlash qobiliyatlari bilan maqtana oladilar,

boshqa o‘qituvchilar ko‘p hollarda kompyuterdan foydalanishda o‘rtacha havaskor foydalanuvchi darajasida
ekanligi sir emas. Vaholanki, o‘qituvchining axborot texnologiyalardan foydalanish qobiliyati ba’zi oddiy
holatlar orqali talabalarni o‘z-o‘zini bilimini mustaqil tekshirish imkoniyatini beradi.

Innovatsion texnologiyalardan, albatta, multimedia vositalari talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish

jarayonida foydali jihati yuqori bo‘ladi. Bunday vositalar zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismiga
aylandi va o‘qituvchiga xorijiy tilda muloqotni o‘rgatish uchun taqdim etayotgan imkoniyatlarni oshirishga
xizmat qilmoqda. Bunday vositalarning qo‘llanilishi orqali ular bilan birgalikda o‘quv yurtiga ta’limning
yangi shakl va usullari, yangicha tafakkur mafkurasi kirib keladi. Ma’lumki, yaqin vaqtlargacha ta’lim
texnologiyasi markazida o‘qituvchi bo‘lishi, talabalar o‘rtasida o‘zaro muloqotning yo‘qligi, talabalar sinfda
passiv rol o‘ynashi, o‘rganishning mohiyati bilimlarni (faktlarni) etkazish o‘qituvchining, qabul qilish esa
talabaning vazifasidan iborat ekanligi barchaga ma’lum fakt. Innovatsion texnologiyalarni ya’ni, zamonaviy
ta’lim modelini joriy qilish orqali esa ta’lim texnologiyasi markazida talaba turishi, o‘quv faoliyatida
hamkorlik bo‘lishi, talabalar bilim olishida faol rol o‘ynaydi hamda texnologiyaning mohiyati
tinglovchilarning o‘z-o‘zini o‘rganish qobiliyatini va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish
tamoyillarga asoslanadi.

Multimedia yordamida hal qilinadigan asosiy vazifalar guruhlariga talabalarning bilim olishini

qo‘llab-quvvatlash; xorijiy tilda so‘zlashuvchilar bilan haqiqiy muloqotni ta’minlash; markazlashtirilgan
axborot tizimlarida saqlanadigan jadal o‘sib borayotgan axborot fondlaridan ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilariga kirishini ta’minlash; o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashinish hamda muloqotga kirishishini
ta’minlash, pedagogik tajriba va didaktik materiallar almashish kabilar kiradi.

Multimedia vositalaridan biri elektron darslik haqida qisqacha ma’lumot berish o‘rinli deb

hisoblaymiz. Tashkilot turi va talabaga etkazib berish usuliga ko‘ra multimedia darsliklari uch xil bo‘ladi:

bosma shaklda CD-ROM qo‘shimcha bilan yoki bo‘lmagan;
bosma ilovali yoki ilovasiz Internet saytlarida, ya’ni onlayn shaklda;


background image

296

CD-ROMda, lekin bosma qo‘shimcha bilan yoki bo‘lmagan holda ba’zi internet saytlariga

bog‘langan.

Nega multimedia (elektron) darsliklar o‘qituvchilar va talabalar uchun juda jozibali? Gap shundaki,

yuqori darajadagi kasbiy malakani ta’minlaydigan bilimlar doimo tez o‘zgarib turadi. Elektron darsliklar
ushbu o‘zgarishlarni o‘zida osonlik bilan kiritib borish va shu tariqa mutaxassislarni yuqori darajada
tayyorlash imkonini beradi.

Elektron darsliklarning afzalliklari shundan iboratki, materialning vizual taqdimoti (rang, rasmlar,

ovoz, video, animatsiya va boshqalardan foydalanish), tez qayta aloqa (o‘rnatilgan test tizimlari materialning
o‘zlashtirilishi ustidan tezkor nazoratni ta’minlaydi, interfaol rejim talabalarga o‘quv materialining tezligini
nazorat qilish imkonini beradi), yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan darslikni muntazam yangilab turish
imkoniyati (elektron darslik virtual makonning ma’lum bir joyida joylashgan bo‘lib, unga millionlab odamlar
kirish huquqiga ega; biror narsani qo‘shish yoki tuzatish uchun bittasiga o‘zgartirish kiritish kifoya va qisqa
muddatda millionlab odamlar eski darslikning tahrirlangan versiyasiga ega bo‘lishadi). Bundan tashqari
foydalanish qulayligi, istalgan joyda, istalgan vaqtda qo‘llash mumkinligi. Albatta elektron darsliklarning
ayrim kamchiliklari, ya’ni noqulayliklari ham mavjud. Jumladan, talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga
olinmasligi, talaba shug‘ullanayotgan dasturning o‘ziga xos leksik va grammatik materialiga
bog‘lanmaganligi, har bir darslikda faqat 1-2 ta leksik mavzuni o‘rganish va leksik va grammatik
materialning uzluksizligini ta’minlaydigan darsliklar seriyasining yo‘qligi hamda guruh va jamoaviy ish
uchun imkoniyatlar cheklanganligi kabilar yoki onlayn rejimda foydalanishga mo‘ljallangan variantlarda
texnik jihatdan interaktiv holatda uzluksiz aloqadagi ta’minot muammosi ham shular jumlasidandir.
Ushbu sanab o‘tilgan kamchiliklar elektron darsliklarni, ayniqsa, maktablarda asosiy ta’lim vositasi sifatida
foydalanish imkonini bermayapti.

Xulosa tariqasida ta’kidlash mumkinki bugungi kun o‘qituvchisi doimiy ravishda bilimlarini

mustahkamlab borishi, zamonaviy ta’lim uslublaridan yaxshi foydalana olishi, innovatsion hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalar bilan ishlay olishi hamda eng so‘nggi ta’lim tushunchalarini o‘qitish
amaliyotida qo‘llay olishni bilishi muhim hisoblanad. O‘qituvchining zamon bilan hamnafas bo‘lishi,
murakkab innovatsion texnologiyalardan foydalanishi talabaga motivatsiya berish xorijiy til bo‘yicha
qobiliyatini oshirish bilan birgalikda talabaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish va til ko‘nikmalarini intensiv
oshirishiga sabab bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ашуров Ш. Хорижий тилларни ўрганишда маданиятнинг таъсири //Иностранная филология:
язык, литература, образование. – 2018. – Т. 3. – №. 2 (67). – С. 10-14.

2.

Ашуров Ш. С., Атауллаева Д. А. Интернационализация системы преподавания иностранных
языков в узбекистане: этапы эволюции и перспективы //Научные школы. Молодёжь в науке и
культуре XXI века. – 2018. – С. 200-204.

3.

Каримов. И.А Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш - энг олий
саодатдир. -Т.: Ўзбекистон. 2015. - 304 бет

4.

Казаков В. Г. Новое время - новые технологии профессиональной подготовки //
Профессиональное образование. 2006. № 1. С. 12.

5.

Ишмуҳамедов Р. Инновацион технологиялар ѐрдамида таълим самарадорлигини ошириш
йўллари. -Т. ТДПУ. 2004.

6.

Мельникова Е. Ю. Высшему образованию столицы - инновационный режим развития //
Профессиональное образование. 2006. № 9. С. 12-14.

7.

Сувонова Н. Н., Пулатова Н. А. Новая перспектива-личностно-деятельный подход и его
дидактическая сторона //Научные школы. Молодёжь в науке и культуре XXI века. – 2018. – С.
209-212.

PROBLEMS WITH STANDARDISED TESTS

Saodat Tadjibayeva

Adjunct professor Webster University Trainer of Trainers

IELTS, EAP, ESP instructor CEO/Founder of TESOL MASTERS

International speaker

Abstract:

Standardized testare intended to determine if the student graduates or not if the teachers

are doing well and if the schools are improving. They are administered, qualified and interpreted in the same
way to be able to compare the results of large groups of students.

Библиографические ссылки

Ашуров Ш. Хорижий тилларни урганишда маданиятнинг таъсири //Иностранная филология: язык, литература, образование. - 2018. - Т. 3. - №. 2 (67). - С. 10-14.

Ашуров Ш. С., Атауллаева Д. А. Интернационализация системы преподавания иностранных языков в Узбекистане: этапы эволюции и перспективы //Научные школы. Молодёжь в науке и культуре XXI века. - 2018. - С. 200-204.

Каримов. И.А Она юртимиз бахту икболи ва буюк келажаги йулида хизмат килиш - энг олий саодатдир. -Т.: Узбекистан. 2015. - 304 бет

Казаков В. Г. Новое время - новые технологии профессиональной подготовки // Профессиональное образование. 2006. № 1. С. 12.

Ишмухамедов Р. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йуллари. -Т. ТДПУ. 2004.

Мельникова Е. Ю. Высшему образованию столицы - инновационный режим развития // Профессиональное образование. 2006. № 9. С. 12-14.

Сувонова Н. Н., Пулатова Н. А. Новая перспектива-личностно-деятельный подход и его дидактическая сторона //Научные школы. Молодёжь в науке и культуре XXI века. - 2018. - С. 209-212.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана