Lisoniy sintaktik qolip tuzilmasi

CC BY f
362-363
229
22
Поделиться
Каримов, Ю. (2022). Lisoniy sintaktik qolip tuzilmasi. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 362–363. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/13062
Юнус Каримов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

аспирант 2 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi paytda tilshunoslikda sintaktik strukturalar turlicha tuziladi. Sintaksis tilshunoslikning
bo'limi bo'lib, uning mavzusi tilning sintaktik tuzilishi hisoblanadi. Sintaktik birliklari va ular o'rtasidagi
munosabatlar shakllanadi. Vaziyatlar og'zaki iboralar uchun o'ziga xosdir, chunki har xil shartli ma'nolar har
doim ma'lum harakatlar va sharoitlarga hamroh bo'ladi va leksik jarayonga asoslangan bo’ladi. Iboralar
sintaktik birlik sifatida gapda ifodalanadi. Jumlada iboralar va boshqa so'z birikmalari sintaktik vositalar
yordamida shakllanadi


background image

362

Reference:
1.

Berry, J.W. 1977 Introduction. Journal of Cross-Cultural Psychology, 8, 131-133.

2.

1980 Acculturation as varieties of adaptation. In A.M. Padilla (Ed.),

3.

Acculturation (pp. 9-18). Boulder, CO: Westview Press.

4.

1994 Acculturation and psychological stress. In A. M. Bouvry, F. J. R. van de Vijver, Y P. Schmitz (Eds.),

Journeys into Cross-Cultural
5.

Psychology (pp. 129-141). Lisse, Netherlands: Swets & Zeitlinger.

6.

1997 Immigration, acculturation, and adaptation. Applied Psychology: An International Review, 46, 5-34.

Dyal, J.A., & Dyal, R.Y.
7.

1981 Acculturation, stress and coping. International Journal of Intercultural Relations, 5, 301-328.

Lisoniy sintaktik qolip tuzilmasi

Karimov Yunus Mamaroliyevich

(SamDChTI 2 kurs magistranti)

Annotatsiya

Hozirgi paytda tilshunoslikda sintaktik strukturalar turlicha tuziladi. Sintaksis tilshunoslikning

bo'limi bo'lib, uning mavzusi tilning sintaktik tuzilishi hisoblanadi. Sintaktik birliklari va ular o'rtasidagi
munosabatlar shakllanadi. Vaziyatlar og'zaki iboralar uchun o'ziga xosdir, chunki har xil shartli ma'nolar har
doim ma'lum harakatlar va sharoitlarga hamroh bo'ladi va leksik jarayonga asoslangan bo’ladi. Iboralar
sintaktik birlik sifatida gapda ifodalanadi. Jumlada iboralar va boshqa so'z birikmalari sintaktik vositalar
yordamida shakllanadi.

Kalit so’zlar

: Lisoniy qolip, sintaktik birliklar, intonasiya, instrumental, kommunikativ birliklar,

koordinatsiya.

Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha –

fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va
morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va
morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga
tayaniladi. Sintaksis (gr. sintaxys – tuzish, qurish)ning asosi – gap haqidagi ta’limot. Gap, aslida, so‘zning
erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda
o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi
mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan
erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan
qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan
yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga
ega emas. Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2)
grammatikaning tarkibiy qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun
sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. Asosiy sintaktik birliklar. So‘z birikmasi va gap – sintaksisning
asosiy birliklari. Shunga ko‘ra, sintaksis ikkida bo‘linadi: 1) so‘z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi.
So‘zning nutqda o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmasi vujudga keladi. So‘z qo‘shilmasini ikki
guruhga birlashtirish mumkin: 1) gap (Osmon tip-tiniq); 2) so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon). Til jamiyatda
aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak,
gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi
ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Кo‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap,
so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birlik – gap va so‘z
birikmasi – so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘lishi, bu qo‘shilishning esa turli vosita (qo‘shimcha, yordamchi
so‘z) va usul (masalan, tobe aloqaning turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich
aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Demak, nutqda: 1) so‘zlar o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha
ifodalovchi birlik – so‘z birikmasi vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi birlik
hosil qilish qonuniyatini o‘rganish – so‘z birikmasi sintaksisining vazifasi; 2) so‘z fikr ifodalashga
ixtisoslashgan nutqiy birlik – gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi mashg‘ul
bo‘ladi [1,26-32].

Fonetika, leksika va morfologiyada bo‘lgani kabi sintaksisda ham lisoniy va nutqiy jihat farqlanadi.

Ma’lumki, lisoniy hodisa bevosita kuzatishda berilmaganlik miqdoran cheklilik, takrorlanuvchanlik,
ijtimoiylik va majburiylik belgisiga ega, u bevosita kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik,


background image

363

betakrorlik, individuallik, ixtiyoriylik sifatiga ega bo‘lgan nutqiy hodisaga qarama-qarshi turadi. Nutqiy
sintaktik birlik sifatida nutqda qo‘llanadigan, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan, o‘qish, yozish, aytish, eshitish
mumkin bo‘lgan so‘z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so‘z birikmasi va gap hosil
qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo‘lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip yoki qisqacha LSQ deb
ataymiz. Qolip va nutqiy hosila so‘z birikmasi va gaplar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o‘lik va
jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo‘lishi mumkin emas. Quyida lisoniy sintaktik qurilma va nutqiy so‘z
birikmasi hamda gapning bir-biriga o‘xshamaydigan, farqli xususiyatini bayon etamiz.

O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda

lisoniy sintaktik qurilmaning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning lisoniy sintaktik
qurilmani o‘zgartirishiga, yangi-yangi lisoniy sintaktik qurilma tuzishiga til «qonunchiligi» tomonidan yo‘l
qo‘yilmaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda so‘zlovchi erkin.

Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisani o‘rganadi. Boshqacha

aytganda, u alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosila bilan band bo‘lib, umumiylik,
mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birlikni (nutqiy birlikning lisoniy tomonini) o‘rganishni
substansial sintaksis hukmiga havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o‘qimoq so‘zlari orasidagi
sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o‘qimoq fe’lining tushum kelishigidagi so‘zni boshqaruvi
ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisa. Lekin bu aloqa uchun o‘qi leksemasining biriktirish
imkoniyati bo‘lgan obyekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa substansial sintaksis tomonidan
o‘rganiladi. Substansial sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar
zamin, poydevor vazifasini o‘taydi. Demak, formal sintaksissiz substansial sintaksisning bo‘lishi mumkin
emas. Formal sintaksis esa substansial sintaksissiz ham ish ko‘raveradi. Zero, substansial sintaksis mohiyatni
tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo‘lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa substansial
sintaksis tiklaydigan mohiyatga 24 ehtiyoj sezilmaydi.

Har bir nutqiy parchada turli sath hodisasi qorishgan holda voqelanadi. Masalan, Halim keldi gapida

fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so‘zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan,
so‘zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o‘z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy
parchani shu holida, turli mohiyat zarralarining qorishmasi sifatida o‘rganadi va uning qorishmaligiga e’tibor
qaratmaydi. Substansial sintaksis esa nutqiy parchada qorishgan, sintaksisga daxldor bo‘lmagan jihatlarni
e’tibordan soqit qiladi. Formal sintaksis keltirilgan gapni muayyan(aniq)lik sifatida e’tirof etsa, substansial
sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda
mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. Qorishiq hodisalar chetlashtirilgan mohiyat «tozalangan»ligi uchun
substansial sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis
tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi.

Shunday ekan har qanday til sathida lisoniy qoliplarlar shakllanadi. Demak, formal sintaksis

asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, substansial sintaksis esa
botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor
etadi. Formal sintaksis mutlaq hodisalar bilan, substansial sintaksis esa mutlaq mohiyat bilan shug‘ullanadi,
ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Chunki formal sintaksis mohiyatga
intilganligi kabi substansial sintaksis ham faqat formal sintaksis to‘plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda
formal va substansial sintaksisning o‘rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so‘nadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Anderson S., Keenan E. Deixis//Language Typology and Syntactic Description. – Cambridge:
Cambridge University Press, 1985. P.259-308.

2.

O’zbek tili grammatikasi. Ikki tomlik. Sintaksis. Toshkent. 1976. 560 b.

3.

http://linguistics.berkeley.edu/-syntax-circle/syntax-group/spr08/anderson.pdf

Tilshunoslikda sintaktik birliklarning o’rganilishi

Sulaymonova Nilufar Jabbarovna,

Karimov Yunus Mamaroliyevich
(SamDChTI 2 kurs magistranti)

Annotatsiya

Tilshunoslikda sintaktik strukturalar turlicha tuziladi. Sintaksis tilshunoslikning bo'limi bo'lib, uning

mavzusi tilning sintaktik tuzilishi hisoblanadi. Sintaktik birliklari va ular o'rtasidagi munosabatlar
shakllanadi. Vaziyatlar og'zaki iboralar uchun o'ziga xosdir, chunki har xil shartli ma'nolar har doim ma'lum
harakatlar va sharoitlarga hamroh bo'ladi va leksik jarayonga asoslangan bo’ladi. Iboralar sintaktik birlik

Библиографические ссылки

Anderson S., Keenan E. Deixis//Language Typology and Syntactic Description. - Cambridge: Cambridge University Press, 1985. P.259-308.

O’zbektili grammatikasi. Ikki tomlik. Sintaksis. Toshkent. 1976. 560 b.

http://linguistics.berkelev.edu/-svntax-circle/svntax-group/spi08/anderson.pdf

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов