Yangi Oʻzbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati

CC BY f
30-33
370
12
Поделиться
Абдуллаева, К., & Кориев, К. (2021). Yangi Oʻzbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati. Инновационные подходы к современной науке, 1(1), 30–33. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/approaches_to_modern_science/article/view/3663
Кибрие Абдуллаева, Наманганский государственный университет

докторант

Кориев Кориев, Наманганская область переподготовки и повышение их квалификации

воспитатель территориального центра повышения квалификации

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qoʻlga kiritib, mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagach, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro munosobatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekiston oʻzaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oʻzaro foydali va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi tamoyillarga tayangan holda jahon hamjamiyati safiga oʻz oʻrni va maqomiga ega boʻlib kelmoqda.


background image

“Замонавий илм-фанга инновацион ёндашувлар ”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 30 август 2021 й.)

30

СЕКЦИЯ № 6. СИЁСАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИ /

POLITICAL SCIENCES /

ПОЛИТОЛОГИЧЕСКИЕ НАУКИ


YANGI OʻZBEKISTONNING TINCHLIKPARVAR

TASHQI SIYOSATI

Abdullayeva Kibriyo,

Namangan davlat universiteti

doktoranti

Qoriyev Abdumalik Ubaydullayevich,

Namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini

qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirish hududiy markazi oʻqituvchisi


Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qoʻlga kiritib, mustaqil taraqqiyot

yoʻlini tanlagach, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro
munosobatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekiston oʻzaro munosabatlarda
tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oʻzaro foydali va teng
huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik,
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi tamoyillarga tayangan holda jahon
hamjamiyati safiga oʻz oʻrni va maqomiga ega boʻlib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida

oʻzining mustahkam oʻrnini egalladi va tashqi siyosatning xalqaro huquq me`yorlariga
asoslangan va jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuv strategiyasiga mos
keladigan huquqiy tizimini yarata boshladi. Tariximizning ana shu oʻtgan davrini
aniqrogʻi 30 yillik mustaqil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va
diplomatik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlarni
ham alohida qayd qilish lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan

Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali ma’rosimdagi ma’ruzada o’tgan
qisqa davrda Vatanimizning mintaqa va jahon miqyosidagi siyosiy o’rni va nufuzi
keskin oshganligi, dunyoda O’zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va hamkorlikka
intilish tamoyillari kuchayganligi, mintaqamizdagi davlatlar bilan do’stlik va yaxshi
qo’shnichilik munosabatlari yo’lga qo’yilganligi, chegaralar ochilgani, odamlar qavmu
qarindoshlari bilan aloqalarini tiklab, bir mamlakatdan ikkinchi davlatga emin-erkin
borib kela boshlangligi alohida ta’kidlab oʻtildi.

Секция №6. Сиёсатшунослик фанлари / Political sciences / Политические науки


background image

“Замонавий илм-фанга инновацион ёндашувлар ”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 30 август 2021 й.)

31

Darhaqiqat, mamlakatimizning qulay geosiyosiy oʻrni, uning birinchi navbatda

oʻz milliy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur
oʻylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati
tomonidan e’tirof etilishi, xalqaro maydonda obroʻ-e’tiborining ortib borishini
ta'minladi.

Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti,

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati,
Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Turkiy tilli davlatlar
hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro
tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy
Osiyoda ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yadro qurolidan holi hudud barpo
etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro
hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa
qoʻshmoqda.

Ma'lumki, Oʻzbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga

qulay makonda joylashgan.

Ya’ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda

mustaqil energetika omillari markazida joylashgan.

ikkinchidan, Oʻzbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari

jihatidan mintaqadagi qoʻshnilardan ma'lum darajada ustun turadi.

uchinchi tarafdan, Oʻzbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda

qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika
oziq-ovqat bilan oʻzini oʻzi ta'minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini,
jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek,
jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot
mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib
berishga qodir.

toʻrtinchidan, davlatimiz nafaqat oʻzini oʻzi ta'minlaydigan, balki chetga

chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi boʻlmish
muhim tarmoqlarga ega. Oʻzbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik,
mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor.

beshinchidan, Oʻzbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli oʻrni bor.

Yurtimiz ma’naviy-tarixiy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda
ham turli ma’naviy va siyosiy jarayonlarga, jahon sivilizatsiyasiga kuchli ta'sir oʻtkazib
kelgan.

Shu jihatlarni hisobga olsak, Oʻzbekiston oʻzining barcha koʻrsatkichlari boʻyicha

jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol
Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin.

Geografik-siyosiy oʻrni jihatdan Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning qoq oʻrtasida

joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta’minlash, oʻzaro hamkorlik va
birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta boʻlib xizmat qildi. Mustaqillikning
tarixan qisqa davrida u oʻzining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini toʻla-toʻkis
koʻrsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir boʻlgan kuchli davlat
sifatida oʻzini namoyon etdi.

Секция №6. Сиёсатшунослик фанлари / Political sciences / Политические науки


background image

“Замонавий илм-фанга инновацион ёндашувлар ”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 30 август 2021 й.)

32

Bugungi kunda Oʻzbekiston Osiyo va Yevropa qit'alari oʻrtasida munosabatlarni

muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni moʻtadillashtiruvchi Gʻarbu Sharq oʻrtasidagi
azaliy raqobatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va
muzokaralar orqali uygʻunlashtirishga da'vat etgan shu mintaqadagi davlat boʻlib
maydonga chiqdi. Prezidentimiz tomonidan

jahon siyosatshunosligida “Markaziy

Osiyo ruhi” degan ibora paydo bo’lganligi, xalqaro maydonda mintaqa nomidan
yangi tashabbuslar ilgari surila boshlanganligi

haqidagi ma’lumot bejiz aytib

oʻtilmadi. Darhaqiqat, bugun Yangi Oʻzbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afgʻo-
niston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston muammolari bilan birga Xitoy, Rossiya
va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma'lum bir oʻzanga solishga da'vat
qilayotgan, uni oʻzining amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burishga katta ta'sir
koʻrsatayotgan davlatdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatimiz tashqi siyosatining asosiy

qoidalari qonun bilan mustahkamlab qoʻyildi. «Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning
suveren tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning
daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari
va me'yorlariga asoslanadi.

Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini

ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin», – deyiladi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil

7-fevralda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonning beshinchi ustuvor yoʻnalishi
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish”ga yo’naltirilgan
boʻlib, undan koʻzlangan asosiy maqsad davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini
mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil
qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini
mustahkamlash hisoblanadi.

Harakatlar strategiyasini ushbu ustuvor yoʻnalishini amalga oshirishda quyidagi

vazifalarga alohida e’tibor qaratildi:

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro

munosabatlar to’la huquqli sub’ekti sifatida o’rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va
ahil qo’shnichilik mintaqasini vujudga keltirish;

O’zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jahon

hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni
yetkazish;

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini

normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish;

Секция №6. Сиёсатшунослик фанлари / Political sciences / Политические науки


background image

“Замонавий илм-фанга инновацион ёндашувлар ”

Республика илмий-амалий конференция материаллари (Тошкент, 30 август 2021 й.)

33

davlat

chegarasining

demilitatsiya

va

demarkatsiya

masalalarini

hal etish.

Ushbu vazifalarni bajarishga shaxsan Prezidentni oʻzi boshchilik qilib kelmoqda.

Bunga 2017-2021 yillarda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi,
Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarga uyushtirilgan
davlat tashriflari ham tasdiqlab turibdi.

Oʻzbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat oʻtkazishi uchun keng

imkoniyatlar vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini
mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida
xolis axborotni yetkazish maqsadida 2017 yil 19 sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan
Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti ishtirok etdi. Unda
Prezidentimiz tomonidan soʻzlangan ma'ruza Oʻzbekistonni dunyo mamlakatlari
orasida koʻhna va navqiron davlat sifatida oʻz oʻrni va mavqeiga ega ekanligini
isbotladi.

Mamlakatimizni ahil qoʻshnichilik siyosati ham oʻz oʻrnida amalga oshirib

borilmoqda. Hususan, davlat chegarasining demilitatsiya va demarkatsiya
masalalarini hal etish borasida qoʻshni Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston
Respublikasiga qilgan davlat tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek ushbu
davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yuzga yaqin
shartnomalar imzolandi. Bu esa, davlatimiz va xalqimizni bir jipsligidan, aniq bir
maqsad yoʻlida faoliyat olib borayotganligidan, mamlakatimizning oʻziga xos tinchlik
siyosatini jahonga namuna qilib koʻrsatayotganligidan, xalqaro hamjamiyatni strategik
hamkorlikni davom ettirishga chorlayotganidan dalolat berib kelmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlari o’tkazib

kelinmoqda. Turkmanistonda bo’lib o’tgan maslahat kengashida hamkorlikning yangi
va istiqbolli yo’nalishlari belgilab olindi. So’nggi kunlarda Afg’onistonda yuz
berayotgan voqealarda Oʻzbekiston oʻzining an’anviy tinchlikparvar siyosati bilan
munosabatda boʻlib kelmoqda. Oʻzbekiston Afg’oniston bilan aloqalarda do’stlik va
yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini qo’llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga
aralashmaslik siyosatiga sodiq qolmoqda.

Xullas, oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritganidan soʻng Oʻzbekiston jahon

hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi hamda davlat va jamiyat qurilishi,
iqtisod, siyosat doirasida tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi va amalga oshirib
kelmoqda. Ushbu isloxotlardan koʻzda tutilgan maqsad esa ochiq tashqi siyosatga
hamda aniq ijtimoiy yoʻnaltirilgan kuchli huquqiy davlat va adolatli jamiyati qurishga
qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Nuriddinov E. Oʻzbekiston: eng yangi tarix. – T.: Asr, 2010. – 576 b.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil

7-fevralda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmon. Manba:

www.lex.uz.

3.

Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot

va farovonlik asosi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan

2021-yil 31-avgustda soʻzlangan ma’ruza.

www.president.uz.

Секция №6. Сиёсатшунослик фанлари / Political sciences / Политические науки

Библиографические ссылки

Nuriddinov E. O‘zbekiston: eng yangi tarix. - T.: Asr. 2010. - 576 b.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan “0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi Farmon. Manba: www.lex.uz.

Vatanimiz mustaqilligi - biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai. taraqqiyot va farovonlik asosi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 31-avgustda so'zlangan ma'ruza. www.president.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов