Page 91
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
ULUG`BEK HAMDAMNING “OTA” ROMANI TILININING
BADIIY O`ZIGA XOSLIKLARI
Bahriddinova Dilnoza Otabek qizi
Navoiy Davlat Universiteti 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15424479
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 15-May 2025 yil
Ushbu maqolada, Ulug`bek Hamdamning “Ota”
romanidagi baddiy til vositalari, tasviriy ifodalar, ramziy
timsollar, psixologik tahlilninglingvistik ifodasi hamda
xalq
og`zaki
ijodi
elementlarining
qo`llanish
xususiyatlari tahlil qilinadi. Asar tilining tabiiyligi,
hayotiyligi va estetik ifoda imkoniyatlari o`rganilib,
roman badiiyati orqali muallif uslubining o`ziga xosligi
ochib beriladi.
KEYWORDS
Ulug`bek
Hamdam,
“Ota”
romani, badiiy til, timsollar,
psixologik tahlil, uslub, xalq
og`zaki ijodi, zamonaviy o`zbek
adabiyoti, o`xshatishlar,
maqollar.
“ Har qanday narsa- buyumni yaratish uchun qandaydir materialdan, adabiy-badiiy asar
yaratish uchun esa faqat so`zdan foydalaniladi. Uning yordamida asarning barcha unsurlari :
qahramonlar obrazi, ular yashagan manzil-makon ko`rinishlari va hokazolar gavdalantiriladi.
Asarning syujet, kompozitsiyasi, undan bo`lak boshqa unsurlari ham aynan so`z orqali hosil
qilinadi. Shuning uchun qadim Sharq shoirlari asarlarining asosiy mavzusini boshlashdan
avval so`zni ta`riflashgan, sharafiga maxsus qism bag`ishlaganlar. Alisher Navoiy bobomiz
ham barcha asarlarida so`z ta`rifiga alohida bob ajratgan. Jumladan, “Saddi Iskandariy”
dostoni oltinchi bobida “ So`z ta`rifida bir necha so`zkim…” deb, so`zga shunday ta`riflar
beradilar :
Gar ul bo`lmasa kimsaga yo`q sharaf,
Aningdekki, gavharsiz o`lg`ay sadaf.
… Bashar zotida javhari jon ham ul,
O`luk jismida obi hayvon ham ul.
… Chu jism ichra jon yo`qdur, ul yo`qdurur,
Yana jonga onsiz bu hol o`qdurur.
Insonni koinot gultoji darajasiga yuksaltirgan so`z adabiy-badiiy asar maydonga
kelishining asosidir. Chunki har qanday adabiy-badiiy asar so1z orqali dunyoga keladi. Bu
abadiy o`zgarmas haqiqatdir. So`z xuddi havo singari hamma uchun zaruriy ehtiyojdir. So`z
yana shu jihatiga ko`ra havoga o`xshaydiki, undan hamma bemalol, istaganicha
foydalanaveradi. Chunki so`z hech kimning mulki, tasarrufidagi mulki emas.
Adabiy asar o`zining badiiy tili orqali kishilarning hissiyoti, ong-tafakkuriga ta`sir etadi.
Ijodkor ana shunday sir-sinoatli hodisadan foydalanib, adabiy-badiiy asar yaratadi. U so`z
vositasida hayot hodisalarini suratlantiradi. Adabiy-badiiy asarda so`z qo`llanishi, shoir,
Page 92
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
adibning so`zdan foydalanishi, badiiy mahorati haqida mulohaza bildirganda, “ badiiy asar tili
“ iborasi qo`llanadi. Jumladan, tadqiqotlarda “ badiiy asar tili badiiy asar mazmunini ro`yobga
chiqaruvchi birdan bir vositadir” , deyiladi. Badiiy asar tili esa darslik va qo`llanmalarda qayd
qilinganidek, umumxalq tiliga asoslangan, hamma uchun tushunarli ifodalarni qamrab olgan,
ijodkorlar adabiy til me`yorlariga tayanadigan, tomonidan jilolangan tildir. U mana shu
xussiyatlarga ko`ra, g`oyaviy va hissiy (emotsional) ta`sir ko`rsatishning eng samarali
vositasidir. Ayni chog`da, badiiy til kishilar ortasida barcha uchun tushunarli bo`lgan eng
ommabop aloqa qurolidir. Yozuvchi, shoir badiiy asar yozish - obraz va manzaralar chizish
uchun so`z va iboralar tanlaydi, ularning asl va ko`chma ma`nolarini aniqlaydi, sinonim va
antoni,larni topadi, umumxalq tilining gap qurilish usullaridan, arxaizm va jargonlardan
foydalanadi. Shuning uchun “ adabiyot - hayotni so`z orqali tasvirlash san`ati ” deyiladi.
Badiiy asar tili ilmiy asarlar tilidan tasviriylik, emotsionallik, obrazlilik, aforizm kabi
xususiyatlari bilan farq qiladi. Fizika, kimyo, matematika, texnika, iqtisodiyot kabi ilmiy
sohalardagi asarlar tili ummlashgan , ixtisoslik yo`nalishidagi tushunchalarni ifoda etsa, badiiy
asarlar tili tabiat manzaralari va inson qalbidagi kechinma, holatlarni mavjud qarama-
qarshiliklari bilan aks ettiradi. Bu badiiy asar tilining tasviriylik xususiyatidir “
1
.
M.Gorkiy “Yoshlar bilan suhbat” maqolasida badiiy adabiyot tili ( badiiy nutq, ritmik-
intonasion vositalar, kompozisiya)da badiiy so`z hal qiluvchi rol o`ynashini uqtiradi. “
Adabiyotning birinchi elementi - tildir. Til - adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari
faktlar bilan birga uning materialidir “
2
.
Til badiiy adabiyotda xarakterlar va manzaralar yaratish qurolidir. Shunga ko`ra,
adabiyot - so`z orqali badiiy tasvirlash san`atidir. Yozuvchi o`z asari uchun umumxalq tili
lug`ati xazinasidan so`z olishda san`atning tipiklashtirish qonuniyatiga amal qilar ekan, ana
shundagina haqiqiy san`at asari paydo bo`ladi. Shunisi ham e`tiborliki, har bir yozuvchi
asarida so`z qo`llash jarayonida ham o`z uslubini namoyon qiladi - natijada bir yozuvchining
tili ikkinchi yozuvchining tilida ozmi-ko`pmi farqlanib turadi. Masalan , Oybek romanlari tilida
epiklikka, liriklikka moyillik sezilib tursa, Abdulla Qahhor asarlari tilida esa kinoyalar,
kesatiqlar, qochiriqlar ko`p uchraydi - unda hajviylikka moyillik bor.
Chinakam san`at asarlari tili xalqchillik ruhi bilan sug`orilgan bo`ladi. Boshqacha qilib
aytganda, san`at asarida qo`llanilgan har bir so`z , jumla, maxsus leksik resurslar va tasvir
vositalari, poetik figuralar, so`z o`yinlari va hokazolarda ifodalangan fikrlar kitobxonlar
ommasiga tushunarli bo`lishi - yozuvchi xalqining dilidagi, tilining uchidagini topib aytishi,
xalq ruhi kayfiyatlarini, orzu-umidlarini ifodalashi kerak. Buning uchun yozuvchi, albatta,
kitobiy til va uslubdan qochishi, jonli xalq tili va uslubiga yaqinlashishi lozim. Ijodkor xalq
dilining haqiqiy tarjimoni bo`lsagina uning asarlari tilida xalqchillik aniq sezilib turadi. Xalq
maqollari, matallari, aforizmlari, iboralaridan mohirona foydalanish asar tilining xalqchilligini
oshiradi. Hamza, Fitrat, Cho`lpon, A.Qodiriy, H.Olimjon, oybek, A.Qahhor , G`.G`ulom,
M.Shayxzoda, Usmon Nosir, O.Yoqubov, P.Qodirov, A.Oripov, E.Vohidov kabi so`z ustalari
asarlari tilida shu holat ko`zga yaqqol tashlanib turadi
3
.
Ulug`bek Hamdamning “ Ota “ romanida badiiy asar tili ancha o`ziga xos bo`lib, asosan
chuqur falsafiy ma`nolar, psixologik tasvirlar va hayotiy hikmatlarga boyligi bilan ajralib
Page 93
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
turadi. Asar tili, adabiy, lekin oddiy o`quvchiga tushunarli qilib ishlangan bo`lib, bu
yozuvchining mahoratini ko`rsatadi. Asarning tilini kim o`qishidan qat`i nazar, oddiy xalq
ommasi ham tushunadi. Buni biz asarni o`qishni boshlaganimizdan bilamiz : “Oychechak opa “
azim Toshkentda bir duogo`y domullo chiqibdi, o`ziyam domullomisan domullo ekan, nafasi
naq yetti iqlimni olarmish !”degan gapni ko`chadan topib kelgandan buyon O`tkir aka
xonadonida Egamning bergan kuni o`sha domullodan gap ochiladi “. Bilamizki, “ Folbinga
ishonma, folsiz ham qolma” degan maqolni xalqimiz bejizga chiqarmagan. Nega desangiz
o`zbek ayollarining deyarli yarmi bir oilalarining boshiga bir kulfat tushsa, folbinga
yuguradilar, chunki “chiqmagan jondan umid” deb, fol ochtiradilar. Kim uchundir haqiqatdir,
lekin mening o`zim bunaqa narsalarga ishonmayman. Chunki hammasi ollohdan.
Asarga qaytadigan bo`lsak, tili sodda, hatto qishloq shevalarida gaplashadigan
odamlarga ham tushunarli bo`ladi. Asarning boshidanoq har bir oilalalarda bo`ladigan
voqealarga duch kelamiz. Masalan, “gah deya qo`liga qo`ndirgan”, “ o`ziga xon, ko`lankasi
maydon” deb ta`rif berilgan Oychechak opa o`g`li, va erinining bunaqa ishlarga tobi bo`lmasa
ham yoniga olib, qanisan Toshkent-boshkent deb yo`lga otlanadilar. Qaynonaning gapi gap.
O`zlarizdan qolar gap yo`q, kelini rozi bo`lishga majbur, chunki shundog`am o`n besh yildirki,
tirnoqqa zor , ya`ni tili qisiq. O`g`lini har doimgidek, “kelinposhsho orqali to`g`ri yo`lga soldi”.
Ular payshanba kuni yo`lga chiqib, jumaning xayrli erta tongida yetib keladilar. Diniy
qarashlarga ko`ra, juma kuni odamzot yaralgan bo`lib, so`ng ularning chap qovurg`asidan
ayollar yaratilgan. Shuning uchun o`zbek xalqida har hafta juma kunini bir bayramdek
kutamiz, nishonlaymiz. Erkaklarimiz juma kuni masjidlarga juma namozini o`qishga boradilar.
Asarning tili xalq tili va so`zlashuv nutqiga yaqin bo`lib, shakl jihatdan sodda, lekin
mazmunana chuqur. Undagi obrazlarning nutqi tabiiy va hayotiydir. Qahramonlar o`z shaxsiy
xarakteriga qarab turlicha gapiradi, bu esa tilning jonliligini oshiradi.
Bu romanda qo`llanilgan metafora va maqollar quyidagi o`rinlarda qo`llanilgan :
O`lim va hayot birlashuvi
- “ Endi ota bir yon boqib yashagisi, boshqa yon boqib esa,
o`lgisi kelardi ! O`limki, hayotga teng : na qo`rquvi bor, na hadigi. O`limki, umidga chulg`angan
, faqat umidga ! ”.
Ko`k yuziga yozilgan xatlar
- bu metafora insonning ichki his-tuyg`ulari va orzulari
osmon kabi cheksiz ekanini bildiradi : “ Po`lat bu xatlarni moviy ko`k yuziga yozdi. Chunki
xatni ko`chirishga hozir na fursat bor, na qog`ozu na qalam”.
Hayot - olovli devor ustida yurish
- bunda inson hayoti xavf -u xatarlarga to`la ekanligini
tasvirlaydi : “Tushida u qizi Sevinch bilan baland bir devorning ustida yiqilib ketay-yiqilib
ketay deb yurib ketayotganmish. Pastda - devorning ikki tarafida esa, gurillab do`zaxiy bir
olov yonayotganmish”.
Uyning yonishi - taqdir zarbasidir -
insonning hayotida sodir bo`ladigan og`ir yo`qotishlar
yong`in bilan ifodalanadi : ”Sevinch topilgandan bir oy o`tar-o`tmas , O`tkir akalarning uyiga
o`t ketdi. O`t o`chiruvchilarning uyiga ! “.
Inson - odamso`roq
- “ Qani endi Po`lat ota ana shu savolga- odamso`roqqa javob bo`lsa
edi. Yo`q, uning o`zi ham Erboy otaning ketidan yana bitta so`roqqa aylanib borayotganini his
qilib turardi…”
Ota yuragi - vaqtning mexanizmi
- “ Ota endi kechagidek o`limga oshiqmaydi, chunki
uyda nabirasi - Yodgori bor. Hayotning etagiga ham yopishib olmaydi, chunki u yoqda -
qabristonda Yog`du bor, Sevinch bor! ”.
Page 94
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Romanda keltirilgan
maqol
larga misollar :
“
Arpangni qachon xom o`rgan ekanman
“ : Nega o`zimdan hech hol so`ramaysan,
Yog`du?Arpangni qachon xom o`rgan ekanman!
“
O`tgan ishga salovat
“ : Erboy aka, kerak emas , o`tgan ishga salovat , bas qiling endi !
“
Hech kim g`olib ham , mag`lub ham emas
“ : Durang! Hech kim g`olib ham, mag`lub
ham emas.
“
Qiz talashganda meniki, o`lim talashganda esa seniki
pikka tushdi. Biru bir bo`pti,
og`ayni “.
“
Ho`lu quruq barobar yonadi
“ - Ho`lu quruq barobar yondi deyishganidek yondi uy.
Uyga qo`shilib esa yuraklar yondi, qismatlar yondi!…
“
Yo`l azobi - go`r azobi
” - bundayin azobga qolib tazirini yegan -u , tavbasiga
tayanmagan, borliq “taraqa - turuqlar”ning “boshi” mana shu Oychechak opaning o`zi bo`ladi.
“
Bir yaxshining bir yomoni bor
” deb shuni aytsalar kerak-da. Po`lat urushga
kelgandan beri kamida o`n kilo ozganini sezadi.
Maqollar romandagi voqealarni chuqur tushunishga va o`quvchi ongida yanada kuchli
tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Roman tilida ba`zan o`zbek xalqining og`zaki nutqiga xos so`z va iboralar uchraydi. Bu
esa qahramonlarning nutqiga realistik kuch beradi : “
Tavbangdan ketay! Qaynatasini rasmini
nima qilasiz ?
”. Bu xalq orasida ishlatiladigan muloqot shakli bo`lib, muhokama yoki hayratni
ifodalovchi so`zdir.
Yana romanda muallif shunaqa
o`xshatish
larni qo`llaganlarki, mutolaa qilish jarayonida
ko`rib, yozuvchining mahoratiga qoyil qolmay ilojimiz yo`q. Shunday o`xshatishlarga misollar
keltiraman :
“ Otaning muz qotgan yuragi shu yerga qadar muz edi. Endi ko`klam quyoshining tig`iga
bardosh berolmay chak-chak toma boshlagan tarnovdagi sumalak -muzdek erimoqqa tushdi “.
“ O`zi qariyalarning uyqusi qushniki monanad bir cho`qim emasmidi ,otada shu ham
qaygadir qochdi-ketdi “.
“ Otaning yuragi suvga tashnalar bo`lib ketgan qaqroq yerdek ediyu yonginasida pishqirib
oqayotgan daryoga qiyo boqib qo`ymas, undan suv ichishni xohlamasdi “.
“ Toshni teshgan tomchidek edi bu tushlar bu o`ylar “.
“ Xuddi Muso payg`ambarning to`g`ri hassasi katta ilonga aylanib boshqa barcha egri
hassalarni - mayda ilonlarni yutib yuborgandek bo`ldi “.
“
Yog`duning yuzi jabrdiyda boladek ozg`in va ma`yus , biroq oq, nozik qo`llari ro`mollarini
yog`och qo`lda tutib olgan chaqaloq qo`llariga o`xshardi
”.
“
Biror ishni ilgarilatmasdan lo`killab yongan , hech kimni isitmagan, tanasiz, ruhsiz
olovga o`xshardi bu hayot !
“.
“
Partiya majlisida minbarga chiqqan notiqlar mum haykaldek beharakat turishardi
“.
“
Oyog`ing tagidan yer qochganda , osmondan yulduzlar so`ngandan ham yomon
“.
“
Po`lat tushida o`zini qirqaga qadar borayotgan karvonga
o`xshatdi “.
“
Yog`dunining ko`zlarida qor ayni may oyidagi kabi titrab turgan yomg`irdek yaraqlap edi
“.
“
Qo`rquvdan ko`zlarini chambarchas chirmab olgan va qotib qolgan hayvon kabi
yelkasida yuzta qamchi zardobini his qilardi
“.
Page 95
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
“
Ota hovliga kirganida hovli eshigi avvalgida ham katta edi, endi esa yuziga tortilgan
katta bir qabr toshiga o`xshardi
“.
“ Ota” romanining badiiy tili :
→
Soddalik va hayotiylik
- xalqona , jonli va tushunarli.
→
Tasviriy kuchlilik
- metaforalar va ramziy ifodalarning ko`pligi.
→
Hikmat va falsafiy qatlamlar
- maqol, ibora va tashbehlar ko`p qo`llangan.
→
Realistik nutq
- qahramonlar hayotga yaqin, tabiiy gapiradi.
→
Og`zaki nutq unsurlari
- xalqona iboralar roman tilini boyitgan.
Ushbu jihatlar romanni chuquqr falsafiy mazmun va yuqori badiiy uslubga ega qilib
ko`rsatadi.
“ Ota “ romanining badiiy o`ziga xosliklaridan biri bu - tasvirdir. Unda muallif jonli va
hayotiy tasvirlar yaratish orqali voqealar rivojini o`quvchiga yaqin qiladi. Uning tasviriy
vositalari qahramonlarning ruhiy olamini aks ettirishda juda muhim rol o`ynaydi. Misol uchun
“ Oychechak opa “azim Toshkentda bir duogo`y domullo chiqibdi, o`ziyam domullomisan
domullo ekan, nafasi naq yetti iqlimni olarmish !” , degan gapni ko`chadan topib kelgandan
buyon O`tkir aka xonadonida Egamning bergan kuni o`sha domullodan gap ochiladi.”
Muallif romanda juda ko`plab qahramonlarni tasvirlaydi va ularning xarakterlarini
mukammal ochib beradi. Har bir qahramon o`zining shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turadi.
Masalan, “Menimi? Meni…-hayajonlanganidan tanglayiga yopishib qoldimi, Oychechak
opaning tili kalimaga sira kelmas, “Menimi, meni,meni…” deya qovoq aridek bitta so`zni
g`uldiragandan g`uldirardi.”
Bu romanni realistik roman deyishimiz mumkin. Chunki voqealar rivoji haqiqiy real
hayotdan olingan. Buni quyidagi misolda ham ko`rishimiz mumkin: “Ha, bu dunyoda musht
hal qila olmaydigan mushkulotlar, aql bilan yechib bo`lmaydigan tugunlar bor ekan”.
Yozuvchimiz bu romanida barcha yozuvchilar kabi urush mavzusiga ham bir to`xtalib
ketganlar. Asarning “Urushda” deb nomlangan bobida urushning qoralanganligini ko`ramiz.
Romanni shu bobini mutolaa qilar ekanmiz, “oting o`chgur urush “ deb boshlanadi.
Endigina yigirma ikki yoshga kirgan arslon, qoraqosh yigit qo`lida bildirish xati bilan kirib
kelgandauyida naq qiyomat bo`ladi. Chunki Po`latning otasi urushga ketganicha na o`ligining,
na tirigining daragi bo`lmaydi. Sho`rlik ona yakka -yu yagona o`g`lini urushdan olib qolish
uchun sevgan qizi Yog`duga uylantirmoqchi bo`ldi. Uylandi ham. To`y degani o`n kishilik bitta
osh bilan o`tdi ham. Lekin visol damlari qisqa bo`ladi. Atigi bir oy. Uylangani ham Po`latni
urushning sovuq shamolidan asrab qololmadi, chunki uning o`zi tezroq borib, qo`liga qurol
olib, yurtga bostirib kirgan gazandalarning adabini berib qo`yishdir.
Asardagi urushning holatini men bir jumla orqali angladim : “ Urushda nima arzon ekan
? Urushda jon arzon ekan “ deb o`ylay boshladi jang maydonida u yoqdan bu yoqqa faqat
jonini saqlash uchun chopib yurgan Po`lat.
Bu qisqa jumla bo`lsa-da lekin urushning butun mazmunini anglatar edi. Biz bu yerda
yozuvchining mahoratiga qoyil qolmasdan iloj yo`q.
Romanning yana bir joyida shunday jumla bor :
Bir frontda askarlar jangga kirishdan bosh tortib, qurollarini tashlab uylariga keta
boshlashgan ekan. Ulardan “ Nega bunday qilyapsizlar ?” deb so`rashsa, “ Biz bu yerda jon olib
jon berar ekanmiz , u yoqda xotinlarimizni urushga bormaganlar yo`ldan ozdiryapti ekan. Biz
kim uchun jang qilyapmiz unda ? Bizga xiyonat qilgan xotinlar uchunmi ? Bizni ayollarimizni
Page 96
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
qo`yniga kirayotgan, dordan qochgan iblislar uchunmi ?” deyishibdi. Bundan tashqari, bir
katta shoirning she`r yozib, uni butun frontga “uchoqdan yomg`irdek yog`dirib tarqatishibdi”.
Mana shulardan bittasi Po`latning ham qo`liga tushadi.
Bu satrlarni Po`lat hattoki yoddan bilar edi. Chunki bu holat o`sha davr haqida aniq
ravshan ko`rsatib beradi. Bilamizki, o`n to`qqiz yoshdan qirq uch yoshgacha bo`lgan
erkaklarni “front uchun”, “front ortidagi xizmatlari uchun” degan chaqiruvlar bilan urushga
olib ketishadi. Natijada oilalar boquvchisiz qoladi. Puli bo`lgan boy oilalarning o`g`illari,
nogiron erkaklar, qariyalar, umuman olganda urushga yaramaydigan erkaklar bormaganlar.
Shuning uchun urushga ketgan erining tirik yoki o`ligining daragini bilmaganlar, ba’zi
xotinlarning erlarini yolg`ondan o`ldi degan xabarlarni olib keltirganlari sababli xotinlar
urushdagi erlarini tashlab boshqa erkaklarga ro`zg`orlarini tebratish maqsadida hatto
ikkinchi xotinlikka ham rozi bo`lishgan.
Lekin romandagi Yog`du obrazi eriga hech qachon xiyonat qilmagan.Uning qaynonasi
bo`lmish Oychechak opa eri O`tkir akani sabr bilan o`g`li va erini tirik qaytishlarini kutgan. Biz
“Qush uyasida ko`rganini qiladi” degan maqolni keltirsak o`rinli bo`ladi.
Yuqorida aytganimizdek, yozuvchi romandagi voqealarni real hayotiy asosga ega
ekanligini ta’kidlaydi. Bu voqea yozuvchining o`zi tug`ilib o`sgan Andijon viloyatida ro`y
bergan. Anglashimovchilik va jahl chiqqanda aql ketishi natijasida ro`y bergan mudhish fojia
asarning tragik ruhini belgilab beradi. O`z otasining nasli bardavomligi uchun o`zini qurbon
qilgan Sevinchning so`nggi holati :
Ota … lablaridan uchdi shu so`z. Qiz bola uchun dunyodagi eng qutlug`, eng baland, eng
aziz so`z bo`lsa ajabmas!… Va shu so`z uning so`nggi so`zi bo`ldi. Ehtimol go`dakligida endi tili
chiqayotganda aytgan ilk so`zi ham shu edi: ota!…
Mehribon ota va fidoyi farzand o`rtasidagi samimiy va achchiq hikoya roman syujetining
ham, mazmunining ham asosini tashkil etadi. Sevinchning otasidan yashirincha qilingan
nikohi fojianing bosh omillaridan biri edi. Yozuvchi Sevinch orqali qizlarga, Po`lat orqali
otalarga hayotiy ibrat ko`rsatishni maqsad qilgan. Har ikki tomonning o`ylamay qilingan xatti-
harakatlari natijasida yuz bergan oila halokati yozuvchi tomonidan jamiyatga saboq bo`lishi
uchun yozilgandek taassurot qoldiradi.
“Ota “ romanida asosiy g`oya oilaning jamiyatdagi o`rnini qanchalik muhim o`rinda
turishini ko`rsatishdir. Yozuvchi oila orqali millar va jamiyatning barqarorligini, avlodlar
o`rtasidagi uzviylikni yoritib beradi. Bundan tashqari, o`tmish, ya`ni urush davridan
zamonaviy davrda inson o`zligini yo`qotmasligi kerakligini uqtirmoqchiday go`yo. Hayotning
oddiy jihatlaridan katta xulosalar chiqaradi va o`quvchini o`ylashga, o`ylantirishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
Ulug`bek Hamdam. “Ota” romani. Toshkent:Yoshlar matbuoti, 2022. -208 b.
2.
A.Ulug`ov. “Adabiyotshunoslik nazariyasi”. G`.G`ulom nomidagi nshriyot-matbaa ijodiy uyi.
Toshkent-2018, 233-234-235-betlar.
3.
M.Gorkiy. Adabiyot haqida, T.,O`zdavnashr, 1962, 239-240-betlar.
4.
T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari.” O`zbekiston “. Toshkent-2002, 160-161-betlar
5.
www. Ziyouz. com