Romanlardagi qahramonlar ruhiyatini tadqiq etishda psixologiya fani yutuqlaridan foydalanish muhim ilmiy-nazariy xulosalarning maydonga kelishi uchun sharoit yaratishi mumkin. Yozuvchining personajlar o’y-xayollarini, harakatlari ortidagi murakkab his-tuyg’ularini ifoda etishda hayotiy mantiq prinsiplariga qay darajada rioya qilganligi asar badiiyatida o’z belgilarini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan psixologik tasvirni ilmiy asosda tekshirish tadqiqotning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.