Авторы

  • Husen jo‘rayev
    Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori
  • Sevinchoy Achilova
    Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti, Islom tarixi va manbashunosligi, yo’nalishi 5.1 - ITM 21 guruhi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126730

Ключевые слова:

Sivilizatsiya Al-hazora al-islamiya Arastu asri yunon falsafasi islom falsafasi Ilm islomdir Falakkiyot.

Аннотация

Ushbu maqolada o'rta asr tarixi davrida islom sivilizatsiyasining o‘rni hamda bu sivilizatsiya ilm -fan rivojiga qanchalik darajada hissa qo‘shganligi haqida ilmiy tadqiqot olib boriladi.


background image

Page 53

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

O‘RTA ASRLAR ISLOM SIVILIZATSIYASI DAVRIDA ILM

FAN RAVNAQI

Husen Xayrulloyevich jo‘rayev

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti “Islom tarixi va

manbashunosligi, falsafa” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha

falsafa doktori husaynbuxoriy@mail.ru

Sevinchoy O‘ktam qizi Achilova

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti, Islom tarixi va

manbashunosligi, yo’nalishi 5.1 - ITM 21 guruhi talabasi

sevinchoyachilova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421576

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 15-May 2025 yil

Ushbu maqolada o'rta asr tarixi davrida islom
sivilizatsiyasining o‘rni hamda bu sivilizatsiya ilm -fan
rivojiga qanchalik darajada hissa qo‘shganligi haqida
ilmiy tadqiqot olib boriladi.

KEYWORDS

Sivilizatsiya; Al-hazora; al-
islamiya; Arastu asri yunon
falsafasi; islom falsafasi; Ilm
islomdir; Falakkiyot.

Islom sivilizatsiyasi islomni qabul qilgan xalqlar madaniyatining natijasidir. Islom

sivilizatsiyasining arabcha nomlanishi “al-hazora al-islamiya” bo‘lib, bu yerdagi al-hazora
so‘zi ko‘chmanchi, badaviy tarzida yashamaydigan, balki o‘troqlashgan holda madaniy
hayot kechiradigan ma’nolarini anglatadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu so‘zga
dastlabki ta’rif bergan olimlar uni hayot uchun zarur narsalardan ortiqcha bo‘ladigan har
qanday narsalarni al-hazora deb hisoblaganlar. Unga birinchilardan ta’rif bergan olimlar
qatorida XIV asrda yashagan buyuk musulmon faylasufi va tarixchisi Ibn Xaldun shunday
degan: “sivilizatsiya bu –farovonlik sirlarini yaxshi bilish, taom, kiyim, yotoq, bino va
yashash uchun barcha vositalarni qo‘llay olishdir”. Ibn Xaldun sivilizatsiyani yashash uchun
zarur narsalarga ziyoda bo‘ladigan odatiy holatlar deya baholab, bu ziyodalik farovonlik va
sivizilatsiyaga intilayotgan xalqlarda turlicha, ya’ni kimdir ko‘proq va yana kimdir kamroq
erishishi mumkin deb bilgan. Shu ma’noda Ibn Xaldun G‘arb mutafakkirlaridan, jumladan
britaniyalik tarixchi Arnold Toyinbiydan oldin sivizilatsiyaga ta’rif bergan deyishga yetarlicha
asoslar mavjud.

Asosiy qism

Birgina Yevropa ilm fanida fanlarning otasi deb tanilgan falsafa fanining rivojini

o‘rganaylik. Alambe Jourdanning 1819-yilda nashr etilgan “Arastu asri yunon
hujjatlarining arab tiliga qilingan tarjimalari tanqidi” kitobi yunon madaniyati va ilmiy
merosining arab mintaqasiga kirib kelishi va koʻrsatgan taʼsirini yorituvchi dastlabki
manbalardan biridir. Bu manbada islom falsafasiga xristian sivilizatsiyasi, yunon falsafiy
taʼlimotlari va lotin tilidagi ilmiy yutuqlarning taʼsiri ochib berilgan. 1852-yili Ernest
Renanning “Ibn Rushd va uning falsafasi” nomli kitobi nashr etilgan va unda bu
mutafakkirning qarashlari shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan omillar va yunon falsafasining
taʼsiri yoritib berilgan. Solomon Munkning “Yahudiy va arab falsafasi majmui” nomli asarida


background image

Page 54

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

yahudiylar va arablarning ilmiy-intellektual faoliyatidagi oʻziga xosliklar, oʻxshash jihatlar
va vorisiylik asoslari tahlil qilingan. Islom falsafasining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan
Gʻarb madaniyati anʼanalari va diniytaʼlimotlarining asoslari oʻrganilgan va bu asar
hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan1. Abbosiylar davrida islom ilm-fani va madaniyati
rivojiga taʼsir koʻrsatgan eng asosiy omillardan biri erkin ijtimoiy muhit va ragʻbatlantiruvchi
sharoit yaratilishi boʻlgan. Bu davrda ilm va ilm ahliga nisbatan izzat-hurmat shunchalik
yuqori darajada ediki, bunday holatni na biror davr, na biror mamlakatda, hatto
koʻklarga koʻtarib maqtalgan Yevropada ham uchratmaymiz. Faylasuf olim M.Qodirovning
fikricha:“Eng qadimgi arab tilidagi manba boʻlgan Ibn Nadimning “Al-fehrist” (“Roʻyxat”)
kitobidagi maʼlumotlarga koʻra, birinchi marta kimyo, astronomiya va tabobatga doir
asarlarni arab tiliga tarjima qilish tashabbusi Ummaviy amir Xolid ibn Yazidga taalluqli ekan.
Ilgari zardushtiylik dinida boʻlib, keyin islomga kirgan Abdullo ibn Muqaffaning hind olimi
Bidpoy Hakimning “Kalila va Dimna” asarini paxlaviy tilidan arabchaga tarjima qilgani katta
ahamiyatga ega boʻldi. Uning qadimgi fors tilidan arab tiliga qilgantarjimalaridan
“Xudoynoma” (“Qadimgi fors davlatchiligi tarixi”), “Oyinnoma” (“Yoʻl-yoʻriqlar, urf-odatlar”),
“Mazda kitobi”, “Anushervonning hayot yoʻli” va boshqa adabiy-axloqiy risolalari islom
mintaqasi madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan”. Shunday ekan,
islom falsafasi oʻz davrida turli madaniyatlar kesishuvi, uchrashuvi, hamkorligi va oʻzaro
sintezlashuvining hosilasi sifatida yuzaga keldi va oʻzida boshqa madaniyatlarning eng goʻzal
anʼanalarini takomillashtirganini namoyon qildi2Islom sivilizatsiyasi o‘rta asrlarda o‘zining
yetuk darajasiga etdi. G‘arb dunyosining ayrim vakillari bu paytni “zulmat” davri, deya
hisoblab turganbir vaqtda ajdodlarimiz nurli davrni boshidan o‘tkazganlar. Vaholanki,
amerikalik olim Jorj Sarton o‘zining “Introduction to the History ofScience” (“Fan tarixiga
kirish”) nomli kitobida ilmiy bosqichlarni yarim asrlardan iborat 50 yillik bir necha davrlarga
bo‘lib chiqqan. Xususan, 750-yildan 1100-yilgacha –350 yil mobaynida yashagan
olimlarning nomlarinisanab o‘tgan. Diqqat bilan kuzatgan o‘quvchi ushbu olimlar musulmon
olamivakillari ekaniga amin bo‘ladi. Bunday olimlar qatorida kimyo, matematika,tibbiyot,
geografiya, falakiyot, tabiiy ilmlarda ulkan faoliyat olib borgan Jobir ibn Hayyon,
Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Mas’udiy, Abul Vafo, Abu Rayhon Beruniy, Umar
Xayyom singari arab, turk, afg‘on, fors musulmon olimlari keltiriladi. Sharqshunos olim
Frants Rouzental Islom va ilm munosabatlariga bag‘ishlangan «Ilm tantanasi» nomli yirik
asarida Islom dini mag‘iz-mag‘zigacha ilm olishga da’vatdan iborat, deb ta’kidlaydi. 1Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm. –T.: HILOL-NASHR nashriyoti.
201922M.Qodirov. Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqning falsafiy tafakkuri (Oʻrta
asrlar).Oʻquv qoʻllanma. –T.: ToshDSHI nashriyoti. 2009.

Kitobning kattagina bir qismiga esa, «Ilm –islomdir» degan nom berilgan. Fransuz

faylasufi Jan Kondorse «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizgilar» nomli
asarida: «O‘rta asrlar musulmon olamida to‘plangan ilmiy bilimlar g‘arbda Uyg‘onish davrini
tayyorlash uchun xizmat qilmaganida insoniyat uchun besamar yo‘qolib ketardi», deb yozgan.
Falakkiyot ilmi ajnabiy tilda astronomiya deyiladi. Dunyo xalqlarining ko'pchiligi osmon
jismlariga "Xudo yoki unga tegishli askarlar" degan nazar bilan qarab turgan bir paytda
musulmonlar Qur'oni Karim oyatlaridan ruhlanib, falakiyot ilmiga asos soldilar. Boshqa
barcha ilmlar qatori, falakiyot ilmidagi kashfiyotlarga ham musulmonlarni islom ta'limotlari
chorlagan. Bir guruh falakiyot ilmi mutaxassislari o'z kasblariga oid bir kitobni muzokara


background image

Page 55

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

qilib o'tirganlarida diniy ulamolardan ba'zilari o'tib qolib: "Nima qilyapsizlar?" deb
so'rabdilar. Shunda falakiyotchilar: "Alloh taoloning "Tuyaning qanday xalq qilinganiga,
osmonning qanday ko'tarilganiga nazar solmaydilarmi?" degan oyatining sharhini
o'rganmoqdamiz", deb javob bergan ekanlar. Falak ilmi haqidagi kitoblarning avvalida bu ilm
osmondagi narsalarni oʻrganish orqali Allohning Biru Borligi, qudrati cheksizligining
aqliy isbotiga olib boruvchi ilm ekanligi ta'kidlanadi. Shuning uchun ham musulmonlar
bu ilmga katta e'tibor berganlar. Uni oʻrganishga talab kuchli boʻlganligidan musulmon
olamining Samarqand, Bagʻdod, Damashq, Qohira, Fas, Tulaytila (Toledo), Qurtuba va boshqa
koʻpgina shaharlarida mazkur ilmga xos o'quv yurtlari ishlab turgan. Shu bilan birga, koʻplab
rasadxonalar barpo etilgan va ularda muvaffaqiyat ila ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Mazkur rasadxonalardan ba'zilarini eslabo'tishimiz ham mumkin. Xalifa Ma'munning
Bag'dodda bitta, Damashqda bitta rasadxonasi boʻlgan. Ikki xalifa Aziz Biamrillah va Hokim
Biamrillahlar Qohirada bittadan ikkita rasadxona qurganlar. Buyuk vatandoshimiz
Mirzo Ulug'bekning Samarqanddagi rasadxonasi, Xulaguxonning Murg'onadagi rasadxonasi
va boshqalar shular jumlasidandir. O'sha paytlarda musulmonlar ichidan butun dunyoga
dong taratgan buyuk falakiyot olimlari yetishib chiqdi. Ana oʻsha ulugʻ musulmon olimlar
ichida bizning vatandoshlarimiz ham borligi, ularning yetakchi o'rinlarni
egallaganliklari biz uchun faxrdir

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi asrlar o’sha o‘zining yangilanib

turuvchi, o‘zgarishlar bilan hamohang bo‘ladigan, rivojlanishlarga moslashadigan, insoniyat
sivilizatsiyalariga zid bo‘lmaydiganligini isbotlab berdi.Bugun islom olami insoniyat
tamaddunini rivojlantirishga yaqin turibdi va qo‘ldan boy berilgan barcha sohani egallashga
harakat qilmoqda. Chunki bashariyatga ma’rifatning turli sohalarini taqdim qilgan va
taraqqiyotniato etgan islom sivilizatsiyasi yana rivojlantirish salohiyatiga ega. Aniqki,
islom sivilizatsiyasi ertaning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi 2-
kitob –T.: HILOL-NASHR nashriyoti. 2017 sivilizatsiyasi. Islom dunyosi bugungi holida qolib
ketmaydilar, bu uzoq davom etmaydi ham. Chunki bu holat tabiiy jarayonva
insoniyatning hayot yo‘liga to‘g‘ri kelmaydi. Musulmonlar o‘z sivilizatsiyalarini yangidan
barpo qilishlari uchun o‘zaro jipslashishlari va bir-birlariga yordam berishlari lozim.
Shundagina ularning sivilizatsiyalari barcha insoniyatga yana namuna bo‘la oladi. Aslida
ham islom sivilizatsiyasining rivojlanishi musulmonlarning buguni va kelajagi uchun
ulkan mas’uliyatdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. –T.: HILOL-NASHR nashriyoti.
2019
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm. –T.: HILOL-NASHR
nashriyoti. 2019
3.Ahmad Muhammad. “Islom hazorasi”, Toshkent “Movarounnahr”, 2004.
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom tarixi” 2-kitob.Toshkent: Hilol Nashr,
2017.
5. B.Abduhalimov. Baytul hikma va Markaziy Osiyo olimlarining Bagʻdoddagi ilmiy faoliyati. –
T.: Oʻzbekiston, 2010


background image

Page 56

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

6. M.Qodirov. Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqning falsafiy tafakkuri (Oʻrta asrlar).
Oʻquv qoʻllanma. –T.: ToshDSHI nashriyoti. 2009.
7. www.ziyouz.com8. www.islom.u

Библиографические ссылки

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. –T.: HILOL-NASHR nashriyoti. 2019

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm. –T.: HILOL-NASHR nashriyoti. 2019

Ahmad Muhammad. “Islom hazorasi”, Toshkent “Movarounnahr”, 2004.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom tarixi” 2-kitob.Toshkent: Hilol Nashr, 2017.

B.Abduhalimov. Baytul hikma va Markaziy Osiyo olimlarining Bagʻdoddagi ilmiy faoliyati. –T.: Oʻzbekiston, 2010

M.Qodirov. Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharqning falsafiy tafakkuri (Oʻrta asrlar). Oʻquv qoʻllanma. –T.: ToshDSHI nashriyoti. 2009.

www.ziyouz.com8. www.islom.u