Авторы

  • Navro‘z Yuldoshev
    Toshkent davlat sharqhunoslik universiteti “Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” instituti 71010401 - turizm (xalqaro turizm) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126737

Ключевые слова:

Turizm halol turizm smart turizm ziyorat sayrlari rekreatsiya biznes yalpi ichki mahsulot (YaIM) innovatsion texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada Indoneziya mamlakatining turizmni rivojlantirish tajribalari va ushbu tajribalardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, Indoneziyada zamonaviy turizm shakllari sifatida rivojlanayotgan halol va smart turizm salohiyati statistik hisobotlar orqali ko‘rsatib o‘tilgan. Halol va Smart turizm destinatsiyalarining imkoniyatlari tahlillardan kelib chiqqan holda turizm rivojlanishining bir qator omillari sifatida qaraladi..


background image

Page 19

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

INDONEZIYАNING HALOL VA SMART TURIZMNI

RIVOJLАNTIRISH TАJRIBАLАRIDАN O‘ZBEKISTON

SHАROITIDА FOYDАLАNISH IMKONIYАTLАRI

Yuldoshev Navro‘z Ilxomboy o‘g‘li

Toshkent davlat sharqhunoslik universiteti

“Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” instituti

71010401 - turizm (xalqaro turizm) mutaxassisligi 2-bosqich

magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15401034

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil

Nashr qilindi: 14-May 2025 yil

Ushbu maqolada Indoneziya mamlakatining turizmni
rivojlantirish tajribalari va ushbu tajribalardan
O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari yoritib
berilgan. Bundan tashqari, Indoneziyada zamonaviy
turizm shakllari sifatida rivojlanayotgan halol va smart
turizm salohiyati statistik hisobotlar orqali ko‘rsatib
o‘tilgan. Halol va Smart turizm destinatsiyalarining
imkoniyatlari tahlillardan kelib chiqqan holda turizm
rivojlanishining bir qator omillari sifatida qaraladi..

KEYWORDS

Turizm, halol turizm, smart
turizm,

ziyorat

sayrlari,

rekreatsiya, biznes, yalpi ichki
mahsulot (YaIM), innovatsion
texnologiyalar.

Jahonnning globallashuvi barcha soha va tarmoqlarni o‘zaro bir – biriga jipslashtirishi

oqibatida yangi transformatsion shakldagi yo‘nalishlar vujudga kelishiga xizmat qilmoqda.
Xalqlar madaniyati o‘zga urf – odatlarni o‘zlashtirishi va singib borishi yangi ma’naviyat
o‘choqlarini barpo qilib, hozirgi sharoitda yuksak madaniyat beshiklariga aylanishi ayni
haqiqat bo‘lgani kabi, mamlakatlar taraqqiyotida turfa sohalarni tadqiq etish hamda ijobiy
tomonlarini moslashtirish asnosida shakllantirish rivojlanish ustunlaridan biriga turtki
beradi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston turizmini rivojlanish drayverlarini belgilab olgan
holda sayyohlik industriyasi shiddatli rivojlanib borayotgan davlatlar xususan Indoneziya
kabi davlatlar tajribalarini o‘rganish va qo‘llash imkoniyatlari dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Indoneziya turizm rivojlanish tajribalaridan foydalanish imkoniyatlari bir nechta

omillarga tayanadi.

Birinchidan, Indoneziya Janubiy Sharqiy Osiyodagi turizmi tez sur’atlarda taraqqiy

etayotgan davlat bo‘lishi bilan bir qatorda turizmda yangi segment Musulmon sayyohligi
borasida yetralicha o‘rnak bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Ma’lumki Indoneziya yirik musulmon
davlat hisoblanib, aholisining qariyib 88.25 foizidan ortiq qismi islom diniga e’tiqod
qiluvchilarni tashkil etib, jami aholining 242.7 mln.ga, jahon mususlmon olamining 12.27
foiziga teng jahonning eng yirik musulmon davlati hisoblanadi

1

. Shuningdek, mamlakatda

boshqa din vakillari istiqomat qiladi, bularning o‘zaro diniy ziddiyatlari qisman bo‘lib turishi
tarixdan ma’lum bo‘lsa – da, biroq, islom dinining konstituison beglinashi shu kabi
tushunmovchiliklarga baham bermoqda. Taqqoslash o‘rnida qayd etish kerakki, Saudiya
Arabistoni 31.5 mln. mulumon, O‘zbekistonda 29.9 mln. kishi islomga e’tiqod qiluvchilarni
tashkil etadi. Bu jahon musulmon olamining 1.9 foizlariga teng deganidir, mos ravishda.


background image

Page 20

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Aynan islom e’tiqodchilarining ziyorat sayrlari jahon turizmida musulmon turizmini

shakllanishiga turtki berdi. Mastercard Crescent Rating Global Muslim Travel Index (GMTI)
ning har yillik reytingiga ko‘ra mamlakat qatorasiga ikki yildan buyon eng yaxshi musulmon
turizm yo‘nalishi sifatida e’tirof etilmoqda. Bu Indoneziyaga 17 mln. xorijiy, 1.5 mlrd.marta
ichki turistik ko‘chishlarni amalga oshirish salohiyatini anglatadi

2

. Shuningdek, mazkur

reyting Islom hamkorlik tashkiloti orasida tuzilib a’zolar o‘rtasida islom turistik
destinatsiyalar ro‘yxati shakllantirilib, ular musulmonlar o‘rtasida tashrif buyurishga
salohiyatli maskanlar sifatida ommalashtiradi. Shu asosda musulmon turistlar islom
destinatsiyalariga sayohat qiladi. Bu esa, Halol turizm segmentini vujudga keltirishga turtki
beradi.

Halol turizm o‘ta kuchli salohiyatli industriya hisoblanadi. Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilda

musulmon aholisi 2.12 mlrd. kishiga teng bo‘lsa, 2034 yilga kelib esa, ularning soni 2.47
mlrd.ga yetishi baholangan. Musulmon va halol turizmi yosh segment sanalib, o‘ziga xos
xususiyati mazkur turizmda sayrlar oilaviy va do‘stlar davrasini tashkil etib, asosan 21 – 40
yoshlar atrofida, asosiy maqsadi rekreatsiya va biznes turlardan iboratdir. Shuningdek,
madaniy va tarixiy sayohatlar innovatsion texnologiyalar foydalanishini rag‘batlantiradi.
Shuningdek, musulmon sayohatlar 2024 yilda 230 mln.marta avia tashuvlar amalga oshirilib,
qariyib 225 mlrd. AQSh dollari qiymatni tashkil etdi. Mazkur tashriflar aynan Halol turizm
destinatsiyalar orasida yuz berishi uning qiymatini yanada oshirmoqda. Masalan 2011 yilda
musulmon turizm destinauiyalar soni 10 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda 100 foizga ortib
20 taga yetgan. 2016 – 2019 yillar oralig‘ida 130 ta ortdi, 2024 yilga kelib esa, ularning soni
145 tani tashkil etdi.

1 – rasm.

Jahon musulmon turistlar destinatsiyalari soni o‘sish dinamikasi, birlik

3

.

Manba: Global Muslim Travel index 2024 tadqiqotlariga asosan muallif tomonidan

ishlanma.

Indoneziya hukumati tomonidan musulmon turistlar tashriflarini yanada

rag‘batlantirish maqsadida mamlakat hududlarida halol destinatsiyalar sonini oshirish


10

20

50

60

100

130

130

130

130

140

138

138

145

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2021

2022

2023

2024


background image

Page 21

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

rag‘batlantirish natijasida 2024-yilga kelib ularning soni 76 ga yetganligini qayd etish kerak.
Bu borada Indoneziyaning halol turizm borasidagi mazkur tajribalarini O‘zbekiston turizmiga
tadbiq etish ijobiy natijalarga olib keladi deyish mumkin. So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlati
tomonidan turizmni yanada avj oldirish maqsadida turizm klasterlarini barpo etish ishlari
amalga oshirilmoqda. Turizm klasterlarining asosiy xususiyati xorijiy turistik invetissiyalarni
to‘g‘ridan – to‘g‘ri jalb etish bo‘lishi bilan bir qatorda musilmon turistlarni rag‘batlantirish
bo‘lishi katta daromadlarga olib kelishiga xizmat qiladi.

Tahlillar asosida O‘zbekistonda halol va musulmon turistlar tashriflarini kengaytirish

borasida quyidagi taklif va xulosalar ijobiy siljishlarga xizmat qiladi deyish mumkin:

Birinchidan, musulmon turistlar bozorini kengaytirishni rag‘batlantirish zarur. Bunda,

Halol turizm destinatsiyalarni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Pirovardidad islomiy
ahkomlarga asoslangan qurilishlarni ko‘paytirish oziq – ovqat va ichimliklarga halol
sertifikatlarni taqdim etishni rag‘batlantirish;

Ikkinchidan, Halol turizm sayyohlik tashkilotlarni tashkil etish. Bunda shariy turistik

paketlarni tashkil etish, mos ravishda joylashtirish vositalari ro‘yxatlarini shakllantirish,
harom sanalgan odob – ahloqli gid hamkorlarni yetishtirish;

Uchinchidan, Halol turizm gidlarni tayyorlash;
To‘rtinchidan, Sha’riy mehmonxonalarni tashkil etish. Unda halol muvofiqlik sertifikatlar

bilan ta’minlash, islomiy ibodatlarga hariz sharoitlarni barpo etish, harom hisoblangan sayr
tamoshalardan yiroq tutish shular jumlasidandir.

O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda Indoneziyaning sayyohlik siyosatida ekologik

barqarorlikka qat’iy amal qilishini o‘rnak sifatida keltirish mumkin. Mamlakatga oyiga bir
milliondan ortiq horijiy sayhlar tashrifi va 100 millionlab ichki turlar bo‘lishiga, turizm
infratuzilmalariga haddan tashqari ehtiyojlar ortishiga qaramay umumiy ekologik vaziyat
barqaror hisoblanadi.

Shuningdek, Indoneziya mintaqada joylashgan davlatlararo o‘zaro hududiy geografik

kengliklarga erishishi qo‘shni davlatlarning turistlari tashriflariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu
borada O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro turistik harakatlari
mamlakatlar ichki turizm salohiyatga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qayd etish kerakki, mazkur
mintaqa MOga nisbatan ancha katta tajribaga egaligi birinchi omil sifatida talqin qilinsa,
ikkinchi tomondan globallashuvning kuchayishi istiqbolda MO mintaqasi davlatlarining ham
o‘zaro chegarasiz harakatlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan O‘zbekistonning ham xalqaro
turizm amaliyotini mazkur tendensiyalar ifodasiga qarata yo‘naltirib borish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.

Indoneziyaning smart turizm borasida islohotlari mamlakat sektorini Turizm 4.0 ga

transformatsiyalashuvida katta ahamiyat kasb etadi. Jahon turizmning tez sur’atlarda
raqamlashib borishi istiqbolda aqlli shahar va aqlli turizm sanoatini talab etishini inobatga
olgan holda Indoneziyaning sohaga turli xil innovatsion texnologiyalarni keng joriy etilishi
rag‘batlantirish tajribasi muhim hisoblanadi.

Mamlakat yirik turizm salohiyatini virtual va kuchaytirilgan haqiqat texnologiyalari

orqali ommaviy turistlarga yetkazib berishi ular minnatdorligi oshishiga sabab bo‘lishini
kuzatish mumkin. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar turistlik xizmatlar bozori
kengayishiga katta turtki beradi. Birgina, 2021 yilda mamlakat onlayn bronlash xizmatlari
bozori qiymati 11.925 mlrd. AQSh dollari deb baholangan bo‘lsa, 2030 yilga kelib uning hajmi


background image

Page 22

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

10.2 foizga ortib, 28.686 mlrd. AQSh dollariga yetishi prognoz qilingan. Onlayn bronlashda
ustuvor soha transport sektori hisoblanib qolishi istiqbolda uning taraqqiyoti uchun
inftratuzilmalarni yaxshilash talab etiladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston
onlayn turizm xizmatlarini rivojlantirish va kengaytirishda ustuvor soha sifatida transport
xizmatlariga katta e’tibor qaratish lozimligi kelib chiqadi. Qayd etish kerakki, O‘zbekiston
turizmida transport sektori alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq, turizmda transportni bronlash
yetarlicha sust deyish mumkin. Tadqiqot natijasi o‘laroq Indoneziya tajribasini ijobiy
tomonlarini mamlakatimiz transport taraqqiyotida qo‘llash yetarlicha muvaffaqiyatga xizmat
qiladi.

Xulosa

Tahlillar asosida keyingi taklif va xulosalar mamlakat ichki turistlar borasidagi

islohotlari katta ahamiyat kasb etadi. Indoneziya turizmi YaIMni 2.3 foizini takshil etishi uning
drayveri degan xulosadan yiroqmiz balki, turizm mamlakatning iqtisodiy va boshqa
sohalarinining drayveri va kaloriti deyish mumkin. 2024 yilda Indoneziya YaIM mahsuloti
1.379 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Pandemiyadan keyingi qayta tiklanish davrlarni
mamlakat o‘zga davlatlarga nisbatan tez sur’atlarda bosib o‘tdi. Shu nuqtai nazardan turizmni
iqtisodiyotining egri burchak toshiga qiyoslanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Astanakulov Olim Tashtemirovich., Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi., “Ziyorat

turizmini rivojlantirishda indoneziya tajribasini
2.

qo'llash: salohiyat va istiqbollar”, Scientific Journal of “International Finance & Accaunting”

Issue 1, February 2024. ISSN:2181-1016. B.9
3.

D. V. Ferezagia et al. (eds.), Proceedings of the International Conference on Vocational

Education Applied Science and Technology (ICVEAST 2023), Advances in Social Science,
Education and Humanities Research P.783
4.

Mastercard-Crescentrating | Global Muslim Travel index 2024. р-92.

5.

https://xabar.uz/uz/post/halol-turizmning-ozbekistondagi-istiqbollari-qanday

6.

https://muslim.uz/uz/e/post/35130-halol-turizm-sohasida-o-zbekistonning-reytingini-

yaxshilash-uchun-nima-zarur
7.

https://tourquality.uz/uz/press-center/news/smart-turizm-umnyy-turizm/

8.

https://www.researchgate.net/publication/378581977_Smart-

turizm_xorijiy_tajriba_va_uni_Ozbekistonda_qollash_istiqbollari

Библиографические ссылки

Astanakulov Olim Tashtemirovich., Soxibova Muslimaxon Xolmatjon qizi., “Ziyorat turizmini rivojlantirishda indoneziya tajribasini

qo'llash: salohiyat va istiqbollar”, Scientific Journal of “International Finance & Accaunting” Issue 1, February 2024. ISSN:2181-1016. B.9

D. V. Ferezagia et al. (eds.), Proceedings of the International Conference on Vocational Education Applied Science and Technology (ICVEAST 2023), Advances in Social Science, Education and Humanities Research P.783

Mastercard-Crescentrating | Global Muslim Travel index 2024. р-92.