Page 14
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
RAQOBAT FAOLIYATI MAZMUNI VA VOSITALARI
HAQIDA
Sharafutdinov Nigmatullo Abdullayevich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Loyiha boshqaruvi
(PM) mutaxassisligi tinglovchisi
Kenjabayev A.T.
Ilmiy rahbar i.f.n., prof
https://doi.org/10.5281/zenodo.15396326
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 13-May 2025 yil
Maqolada raqobat tushunchasi, raqobat faoliyati,
mazmuni va vositalari ko’rib chiqildi. Raqobatning asosiy
turlari
va
funksiyalari
aniqlanib,
raqobat
rivojlanishining ichki va tashqi omillari tahlil qilinadi.
Raqobat
–
yuridik
va
jismoniy
shaxslarning
monopoliyaga qarshi qonunchilik amal qilishi va bozor
munosabatlari sharoitlarida boshqa xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar oldida afzallik va ustunliklarga erishish uchun
raqiblik qilishi va qarshi kurashishidir.
KEYWORDS
raqobat, bozor munosabatlari,
korxona, tannarx narxi, bozor
muhiti.
Korxona o‘z marketing faoliyatini uni hisobga olgan holda rejalashtiradigan tashqi
muhitning asosiy omillaridan biri raqobat hisoblanadi.
Raqobat bozordagi hodisa sifatida
korxonalarning raqobat harakatlari (kurashi) ko‘rinishida mavjud.
Bu qonunda raqobat
quyidagicha ta’riflangan.
Raqobat
– xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib,
bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar
muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasida tabiiy
monopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilaydi hamda
iste’molchilar bilan tabiiy monopoliya sub’ektlarining manfaatlari mos kelishiga erishishga
qaratilgandir [2]. Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik
hususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan
turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan
sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq emas. Monopolistik faoliyat – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning monopoliyaga qarshi
qonunchilikka zid keladigan, raqobatga yo‘l qo‘ymaslik, uni cheklash yoki bartaraf qilishga
qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligidir.
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning mazmun - mohiyati shu bilan izohlanadiki, unda tovar
va moliya bozorlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatga qarshi harakatlarini,
insofsiz raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan raqobatga doir davlat
siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan [3].
Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning huquqiy normalari belgilangan
bo‘lib, bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeini suiste’mol qilish, raqobatni
cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini tuzish, shuningdek, davlat boshqaruvi
Page 15
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari (harakatlari) hamda insofsiz
raqobat taqiqlangan. Bundan tashqari, tanlov (tender) va birja savdolariga doir monopoliyaga
qarshi talablar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish, qo‘shib yuborish va
birlashtirishga doir hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishdagi
monopoliyaga qarshi talablar kiritilib, ushbu xarakatlarni amalga oshirishda monopoliyaga
qarshi davlat organining oldindan roziligini olish tartibi belgilangan.
Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari, axborot olish hamda monopoliyaga qarshi
organga axborot taqdim etish, shuningdek mazkur qonun talablari buzilganligi uchun
jarimalar solish hamda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, raqobat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik haqida ishlar qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish, monopoliyaga qarshi
organning qarori va ko‘rsatmasini ijro etish tartiblari qonunning muhim jihatlari hisoblanadi
[5].
Raqobatni huquqiy jihatdan ko‘rib chiqish bilan birga, uning bir qancha turlari bilan
yaqindan tanishish mumkin [1]. Raqobat intensivlik darajasi bo‘yicha, ehtiyojlarni qondirish
shakli bo‘yicha, xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha va ta’sir qilish usullari bo‘yicha
klassifikatsiyalanadi. Intensivlik darajasi bo‘yicha:
E
htiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha:
1.
Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o‘zaro bir-bir
bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan:
mineral suv ishlab chiqarish o‘rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish, kvas ishlab chiqarish,
sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil maxsulotlar bitta va o‘sha o‘sha ehtiyojni
qondiradi, ya’ni chanqoqni qondiradi.
2.
Tur raqobat – mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta
maqsadga yo‘naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo‘lmagan o‘xshash
tovarlar ishlab chiqarish ishlari o‘rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar aniq bo‘lishi mumkin va
1.
Jalb etuvchi raqobat–raqobat sub’ekti mazkur
segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan
ko‘proq foyda oladi;
1.
Chegaralangan raqobat- mazkur raqobat tovar
bozorida raqobatni ushlab turadi;
1.
Shafqatsiz raqobat- raqobat nisbatan intensiv,
raqobatchilar bir- birini bozordan siqib
chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat
qiladi.
Page 16
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Masalan: tur raqobat
analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati
bo‘yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha firmalar faoliyatida amaliyotda ko‘p uchraydi.
3.
Predmet raqobati – bu raqobatda bir xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi faqat
sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman bo‘lmasligi mumkin yoki
minimal bo‘lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga ko‘ra raqobatning strategiyasini
ishlab chiqarishga e’tiborini qaratadi. Predmet raqobati juda qattiq bo‘lishi mumkin. Chunki
ishlab chiqarishlar raqobatchining bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha bo‘lishi
mumkin. Narxdan tortib reklamagacha shuningdek shavqatsiz raqobatgacha bo‘lishi mumkin.
Xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha F. Kotler 4 ta turini ko‘rsatib beradi [4].
Savdo markalari raqobati-oldingi klassifikatsiyadagi predmet raqobatchiga o‘xshash
bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘proq bir xil ishlab chiqarish o‘xshash tovarlar va bir xil maqsadga
yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar o‘rtasida kuzatiladi. Tarmoq raqobati-tur raqobatiga
o‘xshash bo‘lib, bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi tur raqobatga to‘g‘ri keladi.
Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lib bitta va o‘sha
ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgandir. O‘z o‘rnida funksional raqobatga to‘g‘ri keladi[1].
Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari barchasi o‘rtasidagi raqobat
kuzatiladi.
Narxli raqobat-xaridorlarni o‘ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. Bu
raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda
kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichda narxning pasayishi
yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya qo‘llab lider qilolmaydi.
1.
Savdo
markalari
raqobati
1.
Tarmoq
raqobati
1.
Formal
raqobat
1.
Umumiy
raqobat
Ta’sir qilish
usullari
bo‘yicha
1.
Narxsiz
raqobat
1.
Narxli
raqobat
Page 17
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar hisobiga
kurash olib borishni talab etadi. Bundan tashqari raqobat yuzaga kelish darajasi bo‘yicha
makroiqtisodiy, mezo va nano iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha farqlanadi [2]. Raqobat faoliyati –
korxonaning o‘zi uchun bozorda raqobatchilarga nisbatan eng yaxshi holatni egallash va
ushlab turishga qaratilgan hujumkor va himoyaviy harakatlar yig‘indisidir. Aynan firma uchun
eng yaxshi, bozor uchun emas, chunki hamma firmalar ham yetakchilikka intilmaydi va
yetakchi bo‘la olmaydi. Lekin ular o‘zi uchun raqobatchilarga nisbatan foydaliroq va barqaror
pozitsiya tanlashi mumkin. Bozorda barqaror faoliyat yuritish uchun korxona
raqobatbardoshlikka ega bo‘lishi lozim.
Firma raqobatbardoshligi - uning raqobat sharoitlarida tovarni sotish, raqobatchilar
harakatlariga qarshilik ko‘rsatish hamda raqobatchilar va raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatish
qobiliyatidir. Firma raqobatbardoshligi nafaqat uning marketing faoliyati bilan, balki 8.1-
rasmda aks ettirilgan bir nechta omillar bilan asoslanadi. Xaridor nuqtai nazaridan tovarlar
raqobatlashadi. Biroq buning ortida ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarning raqobati turadi.
Tovar raqobatbardoshligi bu – firma raqobatbardoshligining namoyon bo‘lishidir.
Shu tariqa, bozorda korxonalar raqobatlashadi, marketing esa – bu faoliyat vositasi
hisoblanadi. Tor ma’noda raqobat predmeti raqobatchi firmalar iste’molchilarga sotishga
harakat qiladigan tovar hisoblanadi. Keng ma’noda esa firmalar uni qondirish uchun
kurashadigan xaridorlar ehtiyoji raqobat predmeti sanaladi [4]. Raqobat ob’ekti xaridor yoki
iste’molchi hisoblanadi. Predmet va ob’ektni ajratish shuni ko‘rsatadiki, raqobat kurashida
ikkita ta’sir sohasi mavjud: tovar (predmet) va iste’molchi (ob’ekt).
Tovar. Tovar xususiyatlari, tovar komplektatsiyasi, o‘rovi, marka belgilari, taklif
etilayotgan assortiment, innovatsiyalar raqobat vositalari hisoblanadi. Tovar siyosati va
tovarning har bir elementi bir vaqtning o‘zida ham raqobat vositasi, ham raqobat kurashi
«maydoni» hisoblanadi.
Narx. Narxni oshirish yoki tushirish, narxlar differensiatsiyasi, chegirmalar raqobat
vositalari sanaladi. Bu raqobat kurashining moslashuvchan va tez amal qiladigan vositasi
hisoblanadi, chunki talab, xarajatlar yoki raqobatga qarab narxlar tez o‘zgarishi mumkin.
Biroq narx harakatlari raqobatchilar tomonidan tezroq va osonroq nusxa olinadi. Bundan
tashqari, davlat narxlarni tartibga solishi mumkin.
Marketing kompleksi
elementlari –
mahsulot (tovar)
narx
sotish tizimi
marketing
kommunikatsiyalari
Page 18
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
Sotish tizimi. Mahsulot sotish joylari va usullari, savdo xizmatlari ko‘rsatish, bitimlarni
rasmiylashtirshi shartlari, to‘lov shartlari, savdo xodimlarining san’ati, firma odob-axloqi
raqobat vositalari hisoblanadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda tovarlarni kreditga sotish
kuchli raqobat vositasi sanaladi. Savdo xodimlari odob-axloqi esa hozircha ko‘pchilik
firmalarda zaif nuqta bo‘lib turibdi.
Marketing kommunikatsiyalari. Reklama, jamoatchilik bilan aloqalar, rag‘batlantirish
choralari, shaxsiy sotuvlar raqobat vositalari hisoblanadi [4].
Bundan tashqari, tashqi muhit imkoniyatlaridan foydalanish: o‘quvchilarni o‘z
markasidagi kompyuterda ishlashga o‘rgatish, ushbu tovarni ishlab chiqarish va sotishni
qiyinlashtiradigan me’yoriy hujjatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri aylanib o‘tish raqobat
vositalari hisoblanadi. Ko‘rib chiqilgan raqobat vositalari darajasi va sifati korxonaning
barcha funksiyalari – ishlab chiqarish, ilmiy-texnik tadqiqotlar, menejment, moliyalashtirish
tomonidan ta’minlanadi. Bularning barchasi marketing korxonaning integratsiyalovchi, ya’ni
birlashtiruvchi funksiyasi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Adabiyotlar:
1. Porter M. International Competition. Poland: International Relations, 2023.
2. Фатхутдинов Р. А. Стратегическая конкурентоспособность: Учебник. Изд-3.
Экономика, 2024.
3. Fatkhutdinov R. A. Principles of Innovative Management of Entrepreneurial Income of
Enterprises in the Real Sector of the Economy // Economics and Management. 2023. No. 5. P.
148-151.
Котлер Ф. и др. Основы маркетинга. – М.: МИР, 2022.
Уралов В. (2024). Понятие и содержание конкурентоспособности предприятия. Ученые
записки Санкт-Петербургского университета технологий управления и экономики, (4
(39)), 114-121.