Авторы

  • Sevinch Salayboyeva
    O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabasi
  • G.I. Narmurodova
    Ilmiy rahbar: O‘zDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126739

Ключевые слова:

paralingvistika nonverbal muloqot jestlar imo-isholar intonatsiya tana tili (body language).

Аннотация

Mazkur maqolada bolalar nutqidagi paralingvistik elementlarning qo‘llanilishi xususida  ma’lumot berilgan hamda ularning o‘rganilish darajasi va ahamiyati tahlil qilingan. Murojaatda  bolalar tasavvurlari, nutqining o‘sishi, nutq jarayonida bolalarning  non –verbal aloqa vositasidan  foydalanishlari to‘g‘risida fikr  va xulosalar dalilangan.


background image

Page 10

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

BOLALAR NUTQIDA PARALINGVISTIK

ELEMENTLARNING QO‘LLANILISHI TAHLILI

Salayboyeva Sevinch Valijon qizi

O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabasi

E-mail: sevasalayboyeva@gmail.com

G.I.Narmurodova

Ilmiy rahbar:

O‘zDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.15396286

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil

Nashr qilindi: 13-May 2025 yil

Mazkur maqolada bolalar nutqidagi paralingvistik
elementlarning qo‘llanilishi xususida ma’lumot berilgan
hamda ularning o‘rganilish darajasi va ahamiyati tahlil
qilingan. Murojaatda bolalar tasavvurlari, nutqining
o‘sishi, nutq jarayonida bolalarning non –verbal aloqa
vositasidan foydalanishlari to‘g‘risida fikr va xulosalar
dalilangan.

KEYWORDS

paralingvistika , nonverbal
muloqot, jestlar, imo-isholar,
intonatsiya, tana tili (div
language).

Insonlar jonli so‘zlashuv nutqida ma’lum axborotni qisqa va lo‘nda ifodalashda, fikrning

emotsionalligini va ta’sirchanligini oshirishda holat va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh
bo‘lgan noverbal vositalardan foydalanadi.

Aloqa-aralashuv

jarayoni

verbal/lisoniy,

noverbal/nolisoniy

yo‘l

asosida

ro‘yobga

chiqadi.

Verbal

muloqot

inson

his-tuyg‘ulari

va

kechinmalarini

tinglovchiga tushunarli tarzda yetkazib beruvchi eng qulay vosita bo‘lsa-da,
noverbal muloqot verbal muloqot bilan birgalikda, bir-birini to‘ldirgan xolatda
ishlatiladi. Boisi, fikr-mulohazalarni imo-ishora va tana harakatlari yordamida
ifoda

etish

muloqot

qilish

uchun

eng

murakkab

jarayon

hisoblanadi.

Tilshunoslikda

bu

yo‘nalish

paralingvistika

nomi

bilan

bog‘liq

bo‘lib,

u

axborot

uzatilayotganda

yordamchi

vosita

hisoblanadi.

Shuning

uchun

“ekstralingvistik va ichki lingvistik faktorlarning munosabati haqidagi masala
doimo va asosli ravishda tilshunoslikning eng asosiy masalalaridan hisoblanib
kelgan”. [1 .3. b]. Paralingvistik muloqot verbal muloqot singari tuzilishga ega emas ya’ni
unda ot, kesim, birinchi, ikkinchi darajali bo‘laklar kabi tushunchalar bo‘lmasa-da, ushbu
vositalar

tashiydigan

ma’no

hammaga

birdek

tushunarli

hisoblanadi.

Misol uchun o‘zbek millatida

bosh irg‘itish

orqali kishi biror fikrni rad

etayotganini

anglaymiz.

So‘z

bilan

ifoda

eta

olmagan

fikrlarimizni

yuz-

ifodalarimiz va harakatlarimiz orqali yetkaza olishimiz mumkin. Shuning uchun
ham bu sohaga qiziqish yillar davomida ortib kelmoqda. So‘zlovchi nutqi
tinglovchiga to‘liq yetkazilishi uchun “fikrni to‘ldirib keluvchi unga yondosh
bo‘lgan imo-ishora tilini mufassil ravishda o‘rganish katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga molikdir”. [2.8.b] Sababi, millionlab yillar oldin paydo bo‘lgan ibtidoiy


background image

Page 11

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

odamlar bir-birlari bilan turli-xil imo-ishoralar va belgilar orqali muloqotda
bo‘lishgan.

Xususan,

I.S.

Vigotskiy

nutq

san’atini

egallashning

boshlang‘ich

bosqichida

imo-ishora

va

tilning

murakkab

aralashib

ketishini

ibtidoiy

odamlarda imo-ishoralarni tasvirlovchi hamda ifodalovchi juda ko‘p so‘zlarning
mavjudligi bilan izohlaydi.

Paralingvistik vositalar dastlab 1644-yili Angliyada D.Bulverning “Nutq va muloqot

qiluvchi imo-ishoralar harakatlarini ifodalovchi qo‘lning tabiiy tili va xronologiyasi” nomli
asarida tadqiq qilingan. [3.7.b]

Bolalar nutqida paralingvistik elementlarning kuzatilishi bu so‘zlardan tashqari,

nutqni boyituvchi va to‘ldiruvchi, emotsiyalarni yoki niyatlarni ifodalovchi tinglovchilar va
muhokama qiluvchilar uchun muhim bo‘lgan non-verbal aloqa jihatlarida namoyon bo‘ladi.
Avvalo, bunday nutq faoliyati bolada ota – onaning ta’siri orqali rivojlana boshlaydi. So‘z
bilan ifodalanmagan elementlar huddi kattalar nutqida muhim rol o‘ynagandek bolalarning
nutqida ham muhim ifoda kasb etadi, chunonchi ular hissiyotlarni, niyatlarni va o‘z fikrlarini
ifodalashda kuchli vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbu elementlar bolalarning rivojlanish
jarayonida muloqot qilish, ijtiomiy aloqa o’rnatish va emotsiyalarini ifoda etishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

Yuz ifodalari:

Yuz ifodasi bolalarning his- tuyg‘ularini, o‘zgarishlarini va

reaksiyalarini ifodalovchi muhim non-verbal elementdir. Amaliyotda unga yuzlansak, qovoqni
to‘plab nigohlarining yerga qarashi – xavotir, xafagarchili yoki dardni ifodalaydi.

Rang-qutim o‘chib ketdi

, nega desangiz, ishning bu yog‘i sal ishkalroq edi-da.

Qo‘rqanimdan damimni ichimga yutib turaverdim. [Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sariq devni
minib”, 7 sahifa].

“Men hali ham

serrayganimcha qovog‘imni solib

ustunga suyanib turar edim.

– Hey, – dedi Hoji bobo, – devorga suyab qo‘ygan kurakdek nega serrayib turibsan,

amakilaringga salom berib, bu yoqqa chiq, bolam, ha, shunday bo‘ladi.” [G‘afur G‘ulom. “Shum
bola”,102 sahifa]

Tana harakatlari:

Bolalar

tabiatan juda harakatchan va odatda div language sezilarli

darajada rivojlanganini kuzatishimiz mumkin. Misol uchun, salomlashish jarayoniga
o‘zbeklarda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salom berish yoki biron bir narsaga ishora qilayotganda
barmoqlar bilan ko’rsatish. Yuqoriga ko‘tarilgan bosh o‘sha jarayonga bo‘lgan qiziquv va
baxtiyorlikni bildiradi. Qo‘lning o‘ralganligi – bola yopiqligi va ochilishni istamoyotganligini
ifodalaydi.

Bolalar arazlashib qolishsa ba’zida “ajab qildim” degan talqinda tillarini chiqarib,

sheriklariga ishora qilishadi.

“— Gapiring, izza qiling! Bolalar maktabda o‘qib qayta bevosh bo‘lib ketyapti. Siz uyda

yo‘q vaqtlarda Hamdamingizning dastidan menga kun yo‘q. Ilgarilar urib yengar edim, endi
uray desam, qochib tomga chiqib ketadi, tomda turib menga

tilini ko‘rsatadi.

Hamroev qo‘yin

daftariga nimalarnidir yozdi.” [Abdulla Qahhor. Kim aybdor? hikoyasi]

Kuzatuvlarga ko‘ra, yangi avlod bolalari yoqtirgan narsalariga bosh

barmoqlarini ko‘tarib “like”, biroq negative fikrda bolishsa “dislike” bilan baholashga
o‘rganganlar. Bu holatlarda hozirgi kun texnologiyalaring ta’siri kattaligini anglashimiz


background image

Page 12

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

mumkin, You tube, Tiktok, Instagram, tarmoqdagi videolar szga ma’qul bo‘lganda bosh
barmoq ya’ni “like” tugmasini tanlaysz aksincha bo‘lsa “dislike”ni.

Bundan tashqari, “воздушный поцелуй”

mehribon yoki do‘stona o‘pish

shakllaridan biri, odamning e'tiborini yoki yengil noz-karashmani anglatadi, odatda
masofadan turib, lablar bilan o‘pich yo‘llash. Bolalar bu elemetni minnatdorchilik ramzi, ya’ni
raxmat shaklida qo‘llashadi.

Ko‘z bilan aloqa:

bolalar ko‘p hollarda hissiy kechinmalarini ko‘zlari orqali

ifodalaydi. Qo‘rquv yoki hayratlanganlarida ko‘zlarining katta-katta bo‘lib ochilishi,
ko‘zlarning yumshoq tutilishi ehtiyotkorlikni, hafalikni, yig‘lashni yoki hohishlarini bildiradi.

“— Tag‘in yolg‘on gapirasanmi? Bundan keyin yolg‘on gapiradigan bo‘lsang, bilib qo‘y,

men oyingga o‘xshab og‘rimaydigan qilib urmayman-a!.. Shu yolg‘on gapingdan keyin
ruschadan «yaxshi» olganingga ham ishonmayman. Qani, xo‘sh, masalan, choynakning
qopqog‘ini ruscha nima deydi? Samovarning jo‘mragini nima deydi? Hamdam ikkovini ham
bilmadi va

yig‘laganicha

nariga uyga kirib ketdi. Hamroev qo‘yin daftarini olib nimalarnidir

o‘chirdi, yana nimalarnidir yozdi.” [Abdulla Qahhor “Kim aybdor?” hikoya]

“Qutbiddinov bola bechorani xo‘p urishdi. Zargarov Qutbiddinovni o‘larday kalaka

qilib toza alamini oldi, buning ham og‘irligi Suyarga tushdi. Suyar yig‘lab yubordi.

— Undoq demagin, o‘g‘lim, — dedi Zargarov birpas jimlikdan keyin, — dadang bir

narsa degandan keyin darrov «xo‘p, bilmabman» deyishga o‘rgan. Yaxshi emas. [Abdulla
Qahhor. “O‘jar”hikoyasi]

Ovoz temberining balandligi

: kulish, baqirish, yeg’lash bular ham non-verbal

elementlar hisoblanib bolaning psixologik xolatini ifodalaydi.

“Suyar o‘zining

quvonchini tantana baland

ovozda

bilan e’lon qildi:

— Bugun instruktorimizni qoldirdim, dada!
— E, ana endi! Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! Shaxmat o‘ynamagin,

demabmidim? Qara, burningdan suv oqyapti, miyang suyulibdi!” [Abdulla Qahhor. “O‘jar”
hikoyasi]

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki bugungi kun bolalari o‘zlarining fikr va

mulohazalarini ifodalalshda turli xil paralingvistik elelmentlardan foydalanishiga guvoh
bo‘ldik. Paralingvistik elementlarning diaxron va sinxron aspektda o‘ziga xos tarzda
ifodalanishi badiiy adabiyotdan olingan misollar asnosida dalillandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. M.Saidxonov “Noverbal vositalar va o’zbek tilida ularning ifodalanishi”
2. M.Qurbonov “Noverbal muloqotni ifodalovchi vositalar”


background image

Page 13

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

3. Накашидзе Н.В. Вербальная интерпретация П.С. в тексте //Сборник
научных трудов МГПИЙЯ им.М.Тореза. 1980.вып.
4. CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International
scientific online conference.
5. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”.7b.
6. G‘afur G‘ulom. “Shum bola”. 102b.
7. Abdulla Qahhor. “ O‘jar” hikoyasi.
8. Abdulla Qahhor. “Kim aybdor” hikoyasi.

Библиографические ссылки

M.Saidxonov “Noverbal vositalar va o’zbek tilida ularning ifodalanishi”

M.Qurbonov “Noverbal muloqotni ifodalovchi vositalar”

Накашидзе Н.В. Вербальная интерпретация П.С. в тексте //Сборник

научных трудов МГПИЙЯ им.М.Тореза. 1980.вып.

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific online conference.

Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”.7b.

G‘afur G‘ulom. “Shum bola”. 102b.

Abdulla Qahhor. “ O‘jar” hikoyasi.

Abdulla Qahhor. “Kim aybdor” hikoyasi.