Ushbu maqolada O‘zbekiston sanoat klasterlarida moliyaviy mexanizmlar va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola sanoat ishlab chiqarishining hududiy taqsimoti, klasterlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi, investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari sanoat sohasi mutaxassislari, iqtisodchilar, siyosatshunoslar va davlat boshqaruvi organlari uchun foydali bo‘lib, mamlakat iqtisodiy barqarorligi va global raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan strategiyalarni shakllantirishda qo‘llanilishi mumkin