Page 22
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
AUTIZMGA EGA BO‘LGAN BOLALARNING NUQSONLARINI
BARTARAF ETISH BO‘YICHA PEDAGOGIK TAVSIYALAR
Usmanova Nilufar Ilhom qizi
Alfraganus Universiteti Maxsus pedagogika:
Logopediya yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15852222
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 07-Iyul 2025 yil
Nashr qilindi: 10-Iyul 2025 yil
Mazkur maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega
bo‘lgan bolalarni to‘g‘ri tashxislash va ular bilan
samarali pedagogik ish olib borishning zamonaviy
yondashuvlari bayon etilgan. O.N. Nikolskayaning
autizmli bolalarni to‘rt guruhga ajratish asosida tuzilgan
tavsiyalar
koreksion-ta’lim
dasturlarini
individuallashtirishda asosiy vosita sifatida ko‘riladi.
Shuningdek, logoped va mutaxassislar uchun autizm
bilan ishlashda zarur bo‘lgan nazariy va amaliy
tayyorgarlik
yo‘nalishlari
hamda
pedagogik
strategiyalarning ahamiyati yoritilgan. Jamoatchilikni
autizm masalasida xabardor qilish zaruriyati va
O‘zbekiston sharoitida ushbu muammoning dolzarbligi
ham tahlil qilingan.
KEYWORDS
autizm, pedagogik tavsiyalar,
logopediya,
defektologiya,
korektsion-ta’lim,
individual
yondashuv, psixologik yordam,
jamiyatga
moslashuv,
tashxis,ijtimoiy integratsiya
Autizm muammolarning murakkabligi va psixik (ruhiy) rivojlanish buzilishining
darajalarini inobatga olgan holda, O.N. Nikol’skaya autik bolalarni to‘rtta guruhga ajratgan.
Korreksion ta’limni tashkil etishda ushbu tasnif individual dastur tuzishga imkon beradi:
1. Bolalarda nutqning yo‘qligi va ularga qaratilgan nutqqa nisbatan befarqligi hamda
kommunikativ faoliyatning noverballigi;
2. Bolalarda nutqning sodda shaklda va qisman mavjudligi, lekin bolaning muloqotga
kira olmasligi;
3. Bolalar atrofdagilar bilan muloqotdan qochishi, hatto imo-ishorali muloqot turigaega
emasligi, o‘zgaruvchan sharoitga yomon moslashishi. Bu holat bolaning ota-onasi va logoped
bilan muloqotga kirishishida qiyinchiliklar tug‘diradi.
4. Bolalarda psixik, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishida sustlashishlar va diqqatni
jamlashdagi muammolar kuzatilib, bu ijtimoiy moslashmaganlikda namoyon bo‘ladi.
Bolalarni guruhlarga bunday ajratish ularga logopedik tashxis qo‘yishda asosiy
belgilaridan hisoblanadi. Shunday qilib, autik bolalar turlarining bir xil emasligi,
rivojlanishidagi buzilishning murakkabligi sababli bolaning dasturga o‘zlashtirish qobiliyatiga
individual, differentsial yondashuv talab etiladi.
Autizmli
bola
bilan
ishlovchi
logoped,
defektologlar
uchun
tavsiyalar:
Mutaxassislar malaka oshirish kurslarida maxsus "Autizm" kursini o‘qishlari lozim.
Ta’lim va tayyorlov o‘z ichida besh asosiy sohani qamrab oladi.
Page 23
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Birinchi soha:
autizmga oid nazariy bilimlar, diagnostika va belgilab olish.
Ikkinchi soha:
autizmga ega bo‘lgan mijozni tashxis qilish.
Uchinchi soha:
autizmga nisbatan atrof-muhitning moslashtirilishini qamrab oladi.
To‘rtinchi soha:
funksionallik. Autizmga ega bo‘lgan insonlar qanday funksional
ko‘nikmalarga o‘rgatilgan bo‘lsa, shularnigina o‘zlashtira oladi.
Beshinchi soha:
"o‘qitish va ta’lim usullari qanday tarzda autizmli bolaga
moslashtirilishi lozim" degan savolga taalluqli.
Maxsus ta’lim dastlab ko‘zi ojiz va zaif eshituvchilar uchun ishlab chiqilgan edi.
Autizmga ega bo‘lgan bolalar uchun shunga o‘xshash tizimning ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi
ehtimol, eng muhim vazifadir, chunki hech kim bunga an’anaviy maxsus ta’lim orqali
tayyorlanmagan. Pedagogik strategiyaning asosini individual yondashuv tashkil etishi lozim.
Har bir bolada saqlangan psixomotor funksiyalarni, uning shaxsiyati va rivojlanishining ijobiy
tomonlarini izlab topishga intilish pedagogik optimizm asosida pedagogik taxminni
belgilashning muhim shartidir.
Jamoatchilikning autizm haqidagi xabardorligini oshirish bilan bog‘liq targ‘ibot ishini
yo‘lga qo‘yish ham juda muhimdir. Hayotimizda shunday holatlarga ham duch kelamizki, ba’zi
ota-onalar "noodatiy" tarzda ulg‘ayayotgan farzandlaridan uyaladilar, chunki jamoatchilikning
o‘zi ularni to‘g‘ri qabul qilmaydi. Bu umuman noto‘g‘ri! Muammo shundaki, o‘z farzandlarini
boshqa tengdosh bolalarga o‘xshamasligini payqagan ota-onalar bezovta bo‘lib, ularni
"berkitish"ga urinadilar, natijada esa o‘zlari ham jamiyatdan ajralib qoladilar.
Taasuf bilan ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ham mazkur muammo bir muncha dolzarbdir.
Bugungi kunda autizmga tashxis qo‘yish va uni davolash tizimi Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuv markazida ilmiy-metodik va amaliy jihatdan rivojlanib kelmoqda. Buning
murakkabligi shundaki, autizm hodisasi turli ixtisosliklarning o‘zaro hamjihatligini talab etadi.
Autizm kasalligi bilan og‘rigan bolalarning abilitatsiyasi hamda integratsiyasi – bu bir qancha
chora-tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lib, ko‘proq ijtimoiy hamkorlik o‘rnatilishi, ya’ni turli
soha mutaxassislarining jalb qilinishi talab etiladi. Bu muammoga pediatr, tor ixtisoslikdagi
tibbiyot xodimlari, logoped, psixolog hamda defektologlarning o‘zaro hammaslahatligida
yondashish deganidir. G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida autizm kasalligi bilan og‘rigan
insonlarning ta’limi, tarbiyasi hamda moslashuvi muammosiga nisbatan turlicha qarashlar
mavjud. Ko‘pincha xorijlik mutaxassislarning muammoga yondashuvi har bir insonning,
shubhasiz, o‘zicha takrorlanmas va noyob shaxs ekanligini tan olish zaruriyatiga asoslanadi.
Shu sababli e’tiborni kamchiliklarni tuzatishga emas, balki insonlar uchun alohida, ularning
o‘zligini saqlab qolgan holda erkin yashay olishi uchun sharoit yaratishga qaratish taklif
qilinadi. Bu maqsadda psixologik-pedagogik korreksion texnologiyalar majmuasini ishlab
chiqib, mutaxassislarni samaradorligi ilmiy nuqtai nazardan tasdiqlangan metodikalardan
foydalanishga o‘rgatish zarurdir. Ushbu jarayonda chet el tajribasini inobatga olish juda
muhimdir.
Xulosa:
Autizmli bolalar bilan ishlashda muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya samarasi
individual yondashuv, kompleks psixologik-pedagogik texnologiyalarni joriy etish va
jamoatchilikni xabardor qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Mutaxassislarning tayyorgarlik
darajasi, tashxis qo‘yish aniqligi va oilaviy hamkorlik orqali bolalarning ijtimoiy
integratsiyasiga erishish imkoniyati ortadi. Shu boisdan, ilmiy asoslangan, tizimli yondashuvni
qo‘llash autizmli bolalarning hayot sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Page 24
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Муминова Л.Р. - АУТИЗМ САБАБЛАРИ, ТУРЛАРИ ВА БАРТАРАФ ЭТИШ
МЕТОДИКАЛАРИ - услубий кулланма - Тошкент 2015
2.
Актуальные
проблемы
диагностики
задержки
психического
разви
тия детей. - Москва: Педагогика, 1991.
3.
Актуальные
проблемы
нейропсихологии
детского
возраста.
Учеб
ное пособие. / Под. ред. Л.С. Цветковой. - Москва: Издательство НПО
«МОДЭК», 2001.
4.
Атлас
для
экспериментальных
исследований
отклонений
в
психи
ческой деятельности человека. / Под. ред. проф. Полищука Н.А. и доц.
Видренко А.Е. 1980.
5. Блейхер В.М., Крук И.В., Боков С.Н. Практическая патопсихология.
Руководство для врачей и медицинских психологов. - Ростов-на-Дону:
Феникс, 1996.
6. Бодалев А.А., Столин В.В. Общая психодиагностика. -М.: Речь, 2000.
7.
Бурлачук
Л.Ф.,
Морозов
С.М.
Словарь-справочник
по
психологиче
ской диагностике. - СПБ.: Питер, 2004.
8. Бурлачук Л. Психодиагностика - СПБ.: Питер, 2002.
9.Возрастно-психологическое
консультирование.
Проблемы
психиче
ского развития детей. - М.: Издательство МГУ, 1990.
10. Возрастно-психологический подход в консультировании детей и под
ростков. / Под. ред. Г.В. Бурменская, Е.И. Захарова. - М.: Академия, 2002.
11. Выготский Л.С. Проблемы развития психики. - Москва: Педагогика, 1983.
12. Забрамная С.Д. Наглядный материал для психолого-педагогиче- ского
обследования
детей
в
медико-психологических
комиссиях.
-
Киев.
Радянська школа, 1988.
13. Кравцова Е.Е. Психологические проблемы готовности детей к обу
чению в школе. - Москва: Педагогика, 1991.
14. Лаак Я. Психодиагностика: проблемы содержания и методов. - Москва: Институт
практической психологии, 1996.
15.
Мамайчук
И.И.
Психологическая
помощь
детям
с
проблемами
в
развитии. - СПБ.: Речь, 2001.
16. Никольская О.Н., Баенская Е.Р., Либлинг М.М. Аутичный ребёнок:
пути помощи. - М.: Теревинф, 2000.
17. Новые исследования в психологии и возрастной физиологии. — Мо
сква: Педагогика, 1982.
18. Ньюкомб Нора. Развитие личности ребенка. - СПБ.: Питер, 2003.
19. Основы специальной психологии. Учебное пособие. / Под. ред. Л.В. Кузнецовой. -
Москва: Академия, 2002.
20. Поваляева М.А. Коррекционная педагогика. Взаимодействие специалистов. - Ростов-
на-Дону: Феникс, 2002.
21. Практикум по патопсихологии. / Под. редакцией Зейгарник Б.В. —
Москва: Издательство МГУ, 1987.