Page 16
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
AQLI ZAIF O‘QUVCHILAR NUTQINING FONETIK
TOMONDAN BUZILISHI VA ULARNI BARTARAF ETISH
YUZASIDAN LOGOPEDIK ISHLAR
Saydaliyeva Xojiya Abdujali qizi
Alfraganus University Maxsus pedagogika:
Logopediya yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15852207
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 07-Iyul 2025 yil
Nashr qilindi: 10-Iyul 2025 yil
Mazkur maqolada aqli zaif bolalarning nutqining fonetik
tomoni buzilishi, bu buzilishlarning turlari, sabab va
ko‘rinishlari, shuningdek, ularni bartaraf etishga
qaratilgan logopedik ishlarning mazmuni va bosqichlari
yoritilgan. Nutqiy muammolarning kelib chiqish omillari
sifatida psixik rivojlanishdagi kechikish, artikulyatsiya
apparatining tuzilishidagi nuqsonlar va eshitish
differensiyasining rivojlanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqolada yordamchi maktablarda olib boriladigan
logopedik ishlarning o‘ziga xosliklari, shu jumladan,
yakka tartibdagi mashg‘ulotlar, artikulyatsion va
eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari haqida
ham batafsil ma’lumot berilgan.
KEYWORDS
aqli zaif bolalar, nutq buzilishi,
fonetik buzilishlar, logopediya,
tovush talaffuzi, artikulyatsiya,
differensial
diagnostika,
yordamchi maktab, logopedik
ish, nutqni rivojlantirish.
Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi rivojlanmaganligi
fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifat jihatidan о‘ziga xosligi, xatti-
harakatini so ‘z orqali nazorat qilishni izdan chiqishi hissiy-irodaviy sohani to‘laqonli emasligi
kuzatiladi.
Aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli orqada qolish
nutqqacha bo‘lgan davrdayoq kuzatiladi. Agar go‘daklarda chug‘urlash 4 oyligidan 8
oyligigacha me’yorida paydo bo‘lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12—24 oylikgacha bo‘lgan
davrda namoyon bo‘ladi (I.V. Karlin. M. Strazulla.)
Kassel, Shlezinger, M.Zeemanlar fikricha, aqli zaif bo‘lgan bolalarda birinchi so‘zlar 3 yoshdan
paydo bo‘ladi. I.V. Karlin va M. Strazullaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday bolalarda
birinchi so‘zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lar ekan (Bolalarda birinchi
so‘zlarning paydo bo‘lish me’yori 10 oydan 18 oyligigacha).
Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bo‘lishida
ko‘rinadi. Bunda birinchi so‘zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi
oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo‘ladi.
Aqli zaif bolalarda nutqining rivojlanishni o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar tomonidan
psixologik aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner, I. Karlin, M. Strazulla, S. Borel -
Mezonni, Shlezinger, M.Zeeman va boshqalar).
Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar o‘rta maktablarga qaraganda
ko‘proq uchraydi.
Page 17
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Ular asosida bir emas, balki qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining
rivojlanmay qolishi, nutq-eshitish differensiatsiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning
buzilishi, artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlardir.
Me’yorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab
boigan tovushlarda buzilishlar ko‘proq uchraydi (L va R kabi titroq va portlovchi-sirg‘aluvchi
tovushlar). Boshqa tovushlarga nisbatan R tovushining buzilgan shakllari ko‘proq uchraydi
(M.A.Aleksandrovskaya ma’lumotiga ko‘ra).
Bu hol, V.I.Beltyukovning fikriga ko‘ra, sirg‘aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir-
biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og‘zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va
nutq eshitish, analiz va sintezining to‘la rivojlanmasligi sirg‘aluvchi tovushlarni talaffuz
qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi.
Aqli zaif o‘quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilan bir qatorda
tovushlarni almashtirib qo‘llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning
monomorf buzilishida tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga
qaraganda sezilarli darajada, taxminan 2,5 martaga ziyodroq bo'ladi. Polimorf buzilishda esa
tovushlarni almashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda
uchraydi.
Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi o‘ziga xosligi,
mustaqil nutqdagi o‘xshash bo‘lgan, aniq, ravshan artikulator qurilmalarning foydalanishida
namoyon bo‘ladi.
D.I.Orlovaning ma’lumotlariga ko‘ra, yordamchi maktablarning 1-sinfida tovushlarni
mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan to‘g‘ri foydalana bilmaslik ko‘proq tarqalgan.
Birinchi o‘quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha
kamayadi (1-sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlarning artikulator
qurilmalarini to‘g‘ri shakllantirish uchun) bir o‘quv yilining o‘zi ham kifoya qilar ekan.
2-sinf o‘quvchilarining mustaqil nutqida tovushlarni noto‘g‘ri qo‘llash va ularni boshqa
tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni to‘g‘ri qo‘llash aqli zaif
bolalarda murakkab tarzda namoyon bo‘ladi. Ularni bartaraf etish sekinlik bilan kechadi.
Tovushlarni talaffuz qila olish malakasi o‘rtasidagi tafovutlar va shu tovushlarni nutqqa
qo‘llash ularga xosdir.
Quyi sinflarning aqli zaif o‘quvchilarida tovush talaffuz qilishning keskin o‘zgarishlari
seziladi. Yordamchi sinflarning 1—2-sinflarida tovushlaming bir necha guruhidagi
o‘zgarishlar birgina guruhdagi tovush o‘zgarishlariga qaraganda 2 marta ko‘proq kuzatiladi.
Ikkinchi va uchinchi guruhga oid tovush buzilishlari (sirg‘aluvchi, shovqinli, r va l)
yuqori darajada bo‘ladi. To‘rtinchi va beshinchi guruh tovush buzilishlari nisbatan kamroq
uchraydi. 3-sinfdan boshlab bir yoki ikkita guruh tovushlar buzilishi ko‘proq yoyilgan bo‘ladi.
Yuqori sinflarning ko‘pchilik o‘quvchilarida tovush hosil qilishdagi nuqsonlar faqat bir guruh
tovushlardagina kuzatiladi.
Tovushlarni ko‘plab almashtirib qo‘llash nafaqat nozik motorik differensiatsiya
qiyinchiliklaridan kelib chiqadi, balki, tovushlarni eshitish differensiatsiyasining buzilishi,
tovushlarni to‘g‘ri tanlash operatsiyasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi.
Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir o‘ziga xos tomoni bu buzilishlar
variativ, ya’ni turli ko‘rinishda bo‘ladi. Birgina o‘sha tovushni bola ba’zi vaqtda to‘g‘ri talaffuz
Page 18
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
qiladi, ba’zida talaffuz qilmaydi, yoki buzib talaffuz qiladi. Bu so‘z hosil qilgan tovush-bo‘g‘in
tuzilishidan kelib chiqadi va tovushning so‘zdagi o‘rni bilan belgilanadi. Sodda so‘zlar boshida
bola tovushni to‘g‘ri talaffuz qila oladi, aksincha, murakkab so‘zlarda ketma-ket kelgan
undoshlarda tovush tushirib qoldirishi mumkin.
Tovush talaffuzining buzilishi, ayniqsa, tovushlarni almashtirish, normal bolalardan
ko‘ra ko‘proq aqli zaif bolalar yozuvida aks etadi. Bu ko‘rinish avvalo, tovush almashtirish
holatlariga taalluqlidir.
Aqli zaif bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi shartli ravishda polimorf
hisoblanadi. Masalan, bir bolaning o‘zida ham, nutq motorikasining rivojlanmay qolishi,
ham eshitish differensiatsiyasi va artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlar ro‘y
beradi.
Tovushlar talaffuzining aqli zaif bolalarda buzilishi simptomatikaning chidamliligi bilan
xarakterlanadi.
So‘zlarda tovush-bo‘g‘in strukturasining buzilishi aqli zaif bolalarda ko‘p uchramasada,
yordamchi maktablarning 1—2-sinflarida uchraydi va o‘ziga xoslik bilan xarakterlanadi.
Tovush-bo‘g‘in strukturasining buzilishi, bo‘g‘inlar strukturasining ketma-ketligida ham,
alohida bo‘g‘inda ham ro‘y berishi mumkin.
Biror-bir bo‘g‘in strukturasining buzilishi undoshlarning yonma-yon kelishi bilan
xarakterlanadi. Yonma-yon undoshlar ishtirok etgan bo‘g‘inga nisbatan bo‘g‘inlari ko‘p
bo‘lgan sodda so‘zlar ko‘proq o‘zgarishga uchramaydi. Undosh tovushlarni tushirib qoldirish,
ular ketma-ket kelgan so‘zlarda, so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida bo‘lishidan qat’i nazar
ko‘proq tarqalgan.
Aqli zaif bo‘lgan bolalar ko‘proq ketma-ket kelgan undoshlarni fonetik jihatdan o‘xshash
bo‘lgan undosh bilan almashtirib yuboradilar. Odatda, so‘zdagi undoshlar ketma-ket kelganda,
birinchi turgan tovushni almashtirish ro‘y beradi, ayniqsa, bu so‘z artikulatsiyasiga ko‘ra
murakkab so‘z bo‘lsa, (tramvay-tlamvay, artist-atist, kostyum-koxtyum).
Tovush almashtirish ko‘proq akustik yoki artikulator-akustik o‘xshashliklarning
belgilariga ko‘ra namoyon bo‘ladi (sh-x, t-s, к-p, k-t, r-l). Tovush almashtirishning ozgina
qismigina artikulator o‘xshashliklar tufayli ro‘y beradi. Ketma-ket kelgan undoshlarni
noto‘g‘ri talaffuz qilishning sababi bo‘lib, so‘zdagi undoshlami noaniq eshitib farqlay bilish
hisoblanadi.
So‘zlardagi bo‘g‘in strukturasining buzilishi hatto butun bir bo‘g‘in tushirib qoldirishda
ham namoyon boiadi (televizor — tvizor, qo‘lbola- bala). Bo‘g‘in tushirib qoldirish asosan so‘z
boshida va o‘rtasida yuz beradi (kitob-tob, qo‘zichoq-zichoq, mashina-shina, ayiqcha-iqcha).
Bo‘g‘in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so‘zlardan boshlab, ko‘proq
yonma-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga tanish bo‘lgan va tez-tez foydalanib
turiladigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo‘lmagan
so‘zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi.
Aqli zaif bolalarning nutqi ko‘p hollarda ma’nosiz, tushunarsiz va emotsional bo‘yoqsiz
bo‘ladi. Ba’zilarida nutq sekinlashgan, ba’zilarida esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining
ovozi past, ba’zilarining ovozi chinqiroq boladi.
Ayniqsa, Daun kasalligi bilan og‘rigan bolalarda nutqning buzilishi yaqqol namoyon
bo‘ladi. Nutq tezligi past bo‘lishi, o‘ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday
Page 19
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
bolalarda disfoniya — ovoz o‘zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va bo‘g‘iq; nafas olish,
ovoz, artikulator apparatining koordinatsiyasi buzilgan bo‘ladi.
Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to‘g‘rilash, normal rivojlangan bolalarga
nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks
aloqalari hosil bolishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq
davom etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy
kuchayishning o‘ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga o‘tishdagi bir xillikni
ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilish
uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya’ni avtomatizatsiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi.
Ba’zida bir tovushni me’yoriga yetkazish uchun 3-5 mashg‘ulotning o‘zi kifoya qiladi, lekin uni
avtomatizatsiyalash 1-1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqii zaif bolalardagi
oliy nerv faolyatining o‘ziga xos tomonlari, o‘z nutqi va to‘g‘ri talaffuz qilish ustidan nazorat
yo‘qligi hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichni G.A.Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ko‘pchilik bolalarda
tovushni to‘g‘ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir o‘quv yili davomida amalga oshirilar ekan.
96 tovushdan 72 tasi o‘quv yili oxiriga borib to‘g‘rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat
22 tasi nutqda to‘g‘ri talaffuz qilingan, 50 tasi esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar
ulardan foydalanmaganlar.
Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni to‘g‘rilashni aqli zaif bolalarning idrok qilish
faoliyatining rivojlanishi bilan boglash, qiyoslash, analiz va sintezning harakatlari bilan
bog‘lash lozim. To‘g‘ri talaffuzdagi buzilishlarni to‘g‘rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash
usulini keng qo‘llaniladi. Masalan, tovushni to‘g‘rilash bosqichida to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuz
qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu tovushning o‘zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq
boigan tovushlar bilan qiyoslanadi.
Korreksiya (to‘g‘rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli so‘zlarning tovush
tuzilishi qiyoslanadi.
Asosiy diqqat-e’tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, eshitish
qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya’ni aqli zaif bo‘lgan bolalardagi talaffuz qilish
buzilishlarining barcha sabablarini normallashtirishga qaratiladi.
Talaffuzdagi buzilishlaming korreksiyasida diqqat-e’tibor so‘zning tovush tarkibi
haqidagi aniq tasawurga ega bolishga, so‘zdagi tovushni ajrata bilishga, nutq tovushlarning
ma’no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi.
Yordamchi maktabda logopedik ish bilan savodga o‘rgatish o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqa
amalga oshiriladi. Tovushni to‘g‘ri talaffuz qilish ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan
harfni o‘zlashtirishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan harfni o‘rganish esa tovushni nutqqa
mustahkamlash uchun grafik tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Bola harfni o‘rganishdan avval,
tovushni to‘g‘ri talaffuz qila bilishi, uni nutqda ajrata olishi kerak.
Aqli zaif o‘quvchilarda talaffuz buzilishlarini to‘g‘rilash davrida ulardagi psixik jarayon
kechishining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur (tempning sekinlashishi, diqqat-
e’tiborni bir joyga yig‘a olmaslik va boshqalar).
Yordamchi maktablarda talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan olib
boriladigan logopedik ishlaming o‘ziga xos tomonlaridan yana biri ishni yakka tartiblashtirish
hisoblanadi. O‘ziga xoslik rejalashtirishda ham o‘z aksini topadi. Normal bola uchun
Page 20
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
qiyinchilik tug‘dirmaydigan har qanday masala, yordamchi maktablarda iloji boricha
oddiylashtirilishi lozim. Logoped bu o‘ziga xoslikni talaffuzdagi kamchiliklarni to‘g‘rilashdagi
ishning har bir bosqichida hisobga olishi darkor.
Yordamchi maktablarda talaffuz buzilishlarini bartaraf etishning dastlabki bosqichi uzoq
davom etadi va sifat jihatdan boshqa mazmun kasb etishi bilan xarakterlanadi. Umumiy
nutqiy motorikani rivojlantirish, eshitish va xotirani mustahkamlash ustida ishlar olib
boriladi.
Nutqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. Bular o‘yin
ko‘rinishidagi mashqlarda o‘tkaziladi.
Uzoq vaqt nafas chiqarishga ovoz tembri, balandligi, kuchini rivojlantirish maqsadida,
ovoz mashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik oddiy artikulator mashqlar kiritiladi.
Aqli zaif bolalarda artikulator motorikani rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib boriladi:
harakatning knetik asosini rivojlantirish va artikulator harakatning kinestetik asoslarini
rivojlantirish. Kinestetik holatni rivojlantirishda ish ko‘zgusiz olib boriladi, o‘quvchilar lablar
holatini takrorlaydi, logopedning nutqiy yo‘riqnomasi asosida til holatini passiv o‘zgartirishini
qaytaradi. Bolalarni eshitib nutqiy birliklarni ajratishga o‘rgatiladi. (“qani kim qichqirayapti?”,
“top-chi ovoz qayerdan kelayapti?” kabi o‘yinlar). Shuningdek, o‘quvchilarni so‘zlar tartibini
eslab qolishni, bo‘g‘inlarni avval rasmlar asosida keyin ularsiz qaytarishga o‘rgatiladi.
Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elementar shakllarini rivojlantirish amalga
oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib ko‘rsatishni o‘rganadilar.
Aqli zaif bolalarda tovushni yo‘lga qo‘yish aralash usullarda amalga oshiriladi.
Yordamchi maktablarda nutq tovushlarini avtomatizatsiyalashtirish uzoq davom etadigan
bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda so‘zdagi tovushni ajratib ko‘rsatish, boshqa tovushlarga
nisbatan uning o‘rnini belgilash, tovush analizi va sintezining murakkab shakllari ustida ish
olib boriladi. Aqli zaif bolalar so‘zdagi tovush o‘rnini yaxshi belgilay olmaydilar, shuning
uchun o‘z vaqtida artikulator a’zolarini tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olmaydilar.
Ayniqsa, bu hol tovush so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi.
Tovushlarni avtomatizatsiyalashtirish jarayonida nutqning ohangini rivojlantirish ustida
ishlash tavsiya etiladi. Bo‘g‘indagi urg‘u, so‘z urg‘usi ustida bog‘lanishli nutqda intonatsiya
ustida ishlash lozim bo‘ladi.
Bu bosqichning o‘ziga xos tomoni darslami rejalash, mavzularni taqsimlash hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar aniq rejalashtiriladi, bu rejada nutqiy material topshiriqlarini asta-sekin
murakkablashtirish maqsad qilib qo‘yiladi. Masalan, bo‘g‘inlardagi S tovushni
avtomatizatsiyalashtirishda mashg'ulotlarning mavzusi quyidagicha (1 sinf) : ochiq
bo‘g‘inlarda (tovush so‘z boshida); teskari bo‘g‘inlarda as, os, us, is; yopiq bo‘g‘inlarda (tovush
bo‘g‘in boshida) sol, sot, sak; yopiq bo‘g‘inda (tovush bo‘g‘in oxirida): los, kos, kas; undoshlar
yonma-yon kelganda: ska, ost, osk.
Tovushlar differensiatsiyasi logopedik ishlarning zaruriy bosqichi hisoblanadi. O‘rta
maktablarda bu ishlar faqat og‘zaki nutqda tovushlar o‘rni almashgandagina olib boriladi.
Yordamchi maktablarda esa bu qadar og‘zaki nutqda tovush buzib talaffuz etilganda ham olib
borilishi zarur. Bu yozma nutqda ko‘plab harflar o‘rnini almashtirishga olib keluvchi nutq
tovushlarini nutqiy-eshitish differensiatsiyasining rivojlanmay qolishidan kelib chiqadi.
Page 21
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Tovushlarni chegaralash (belgilash) ishlari 2 yo‘nalishda olib boriladi: 1) tovushlarni
talaffuz qilish differensiatsiyasini aniqlash; 2) nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasini
rivojlantirish, ayniqsa, fonetik jihatdan yaqin bo‘lgan tovushlar ustida ishlash.
Xulosa.
Aqli zaif bolalarda uchraydigan nutqning fonetik tomonidagi buzilishlar turli
ko‘rinishda namoyon bo‘lib, ularni bartaraf etish murakkab va uzoq davom etadigan
jarayondir. Bu buzilishlarni tuzatishda psixik rivojlanishning o‘ziga xos tomonlarini inobatga
olish, logopedik ishlarni bosqichma-bosqich rejalashtirish, artikulyatsion, eshitish va xotira
faoliyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Yordamchi maktablarda olib boriladigan yakka
tartibdagi logopedik mashg‘ulotlar orqali tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni nutqqa
kiritish va mustahkamlash imkonini beradi. Shuningdek, bolalarda nutqni eshitish va
fonematik farqlash qobiliyatini shakllantirish — muvaffaqiyatli korreksiyaning asosiy
shartlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Logopediya (L. Mo‘minova, М. Ayupova). — Т., 1993.
2.
Logopediya (L. S. Volkova tahriri ostida). - М., 1989.
3.
Краузе Е.Н. Логопедия. - М., 2003.
4.
Логопедия (под. ред. Л.С. Волковой). — М., 2002.
5.
Логопедия (Л. Муминова., М. Аюпова). — Т., 1993.
6.
Поваляева М.А. Справочник логопеда. — М., 2002.
7.
Хрестоматия по логопедия. Т.1, (под ред. Л.С. Волковой, В.И.Селиверстов). — М., 1997.
8.
Филичева Т.Б. и др. Дети с фонетико-фонематическим недоразвитием Изд-во ГНОМ и
Д. - М., 2000.
9.
Shomaxmudova R. Sh. Mo‘minova L. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. —
Т., 1994.