Авторы

  • Dildora Latipova
    Xorazm viloyati FVB HFXO’M o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126770

Ключевые слова:

Termitlar tarqalish Xorazm viloyati kurash choralari biologic kurash kimyoviy kurash mexanik kurash ekologiya.

Аннотация

Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida termitlarning tarqalishi, ularning hayot tarzi, ekologiyasi, tarqalish mintaqalari va ularga qarshi kurash usullari chuqur o‘rganilgan. Termitlarning tabiiy yashash muhitlari, oziqlanish manbalari va ularga qarshi kurashishning kimyoviy, biologik hamda mexanik usullari qiyosiy tahlil qilingan. Shu bilan birga, tadqiqot natijalari asosida Xorazm viloyatida termitlarga qarshi samarali kurash choralari taklif etiladi.


background image

Page 150

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

XORAZM VILOYATI SHAROITIDA TERMITLARNI

TARQALISHI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Latipova Dildora Madiyorovna

Xorazm viloyati FVB HFXO’M o’qituvchisi

mr.somediv5455@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15501396

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-May 2025 yil
Ma’qullandi: 20- May 2025 yil
Nashr qilindi: 24-May 2025 yil

Ushbu

maqolada

Xorazm

viloyati

sharoitida

termitlarning

tarqalishi,

ularning

hayot

tarzi,

ekologiyasi, tarqalish mintaqalari va ularga qarshi
kurash usullari chuqur o‘rganilgan. Termitlarning tabiiy
yashash muhitlari, oziqlanish manbalari va ularga
qarshi kurashishning kimyoviy, biologik hamda mexanik
usullari qiyosiy tahlil qilingan. Shu bilan birga, tadqiqot
natijalari asosida Xorazm viloyatida termitlarga qarshi
samarali kurash choralari taklif etiladi.

KEYWORDS

Termitlar, tarqalish, Xorazm
viloyati,

kurash

choralari,

biologic

kurash,

kimyoviy

kurash,

mexanik

kurash,

ekologiya.

Termitlar (Isoptera) - ijtimoiy hayot kechiruvchi hasharotlar bo‘lib, ular yog‘och va

sellyuloza mahsulotlari bilan oziqlanadi. Ular ko‘p hollarda yog‘ochdan yasalgan inshootlarga,
qishloq xo‘jaligi ekinlariga va boshqa tabiiy manbalarga zarar yetkazishi mumkin. Xorazm
viloyatida termitlarning tarqalishi qishloq xo‘jaligi uchun sezilarli xavf tug‘diradi. Ushbu
maqolaning maqsadi - Xorazm viloyatida termitlarning tarqalishi, ularning hayot tarzi va
ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha tizimli tadqiqot o‘tkazishdir. Tadqiqot quyidagi
usullar asosida olib borildi:

Maydoniy kuzatuvlar: Xorazm viloyatining turli tumanlarida termitlarning tarqalishini

aniqlash, ularning yashash joylari va ko‘payish sharoitlarini o‘rganish.

Biologik usul: Termitlarning tabiiy dushmanlari (qarindosh hasharotlar va

zamburug‘lar) aniqlanib, ulardan biologik kurash vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari
o‘rganildi.

Kimyoviy usul: Termitlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy preparatlarning

samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

Mexanik usul: Termitlarning yashash joylarini yo‘q qilish va ularni qurilish

inshootlaridan ajratib qo‘yish usullari sinovdan o‘tkazildi.

Statistik tahlil: Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish. Termitlar

yog‘och va sellyuloza bilan oziqlanadigan hasharotlar bo‘lib, ular turli xil binolar, daraxtlar va
qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Xorazm viloyati sharoitida termitlarning tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari

dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Ushbu hujjatda termitlarning yashash muhiti, ularning
tarqalishi, zararli ta’siri va ularga qarshi kurash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Xorazm viloyati, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, bu hudud o‘ziga


background image

Page 151

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

xos iqlim va atrof-muhit sharoitlariga ega. Ushbu sharoitlar turli xil zararkunandalar,
jumladan termitlarning tarqalishi uchun qulaydir. Xorazm iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi
va qurilish sohalariga asoslangan bo‘lib,termitlarning ko‘payib borishi ushbu sohalar uchun
jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Ushbu maqolaning maqsadi Xorazmda termitlarning tarqalishi holatini tahlil qilish va

ularning populyatsiyasini nazorat qilish bo‘yicha samarali choralarni baholashdir. Tadqiqot
aralash usullar yordamida amalga oshirildi, bunda dala tadqiqotlari laboratoriya tahlillari va
adabiyotlarni o‘rganish bilan birlashtirildi. Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi hududlari va
shaharlarida termitlar tarqalgan joylarni aniqlash uchun dala tadqiqotlari o‘tkazildi. Ushbu
joylardan olingan tuproq va yog‘och namunalarida termit koloniyalari mavjudligi tahlil qilindi.
Termitlarning faolligi kuzatilib, namlik darajasi, harorat va tuproq tarkibi kabi atrof-muhit
omillari qayd etildi. O‘zbekistonda anakanthotermes avlodiga mansub ikki xil termit turi
tarqalgan: Turkiston va Katta Kaspiy termitlari. Zoologiya institutining Termitlarga qarshi
kurash Respublika markazi direktori Rustamov Hero ta’kidlaganidek, termitlar O‘zbekiston
hududida birinchi marta 1858 yilda Termez hududida aniqlangan va ilmiy jihatdan o‘rganila
boshlangan. Termitlarning asosiy oziq-ovqat manbai – sellüloza. Ushbu modda yog‘och,
karton kabi qurilish va uy-joy materiallarida ko‘p bo‘lganligi sababli, termitlar ulardan
oziqlanib, uzoq vaqtdan beri agroteхnik ishlov berilmagan joylarda, ya’ni sahrolar va
adirlarda tabiiy yashash joyiga ega bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar saxaul, yantoq kabi
o‘simliklardan o‘z xo‘jaliklarida yoqilg‘i sifatida foydalanganlar. Natijada, termitlar aholining
uylariga kirib kelgan, -deydi olim.

Uning fikricha, termitlar tabiiy yo‘llar orqali tez tarqaladi. Erta bahorda, ob-

havo iliq bo‘lgan vaqtda yomg‘ir yoqqanda ular yerga ikki-uch metr balandlikka ko‘tarilib
uchadi. Agar shamol yo‘nalishi bilan uchib ketsa, bir necha kilometrgacha masofani bosib
o‘tishi mumkin. Shuningdek, termitlar qurilish materiallari do‘konlarida termitlardan
zararlangan materiallarni sotish orqali ham tarqaladi.

Termitlar O‘zbekiston hududida turli nomlar bilan ataladi: "Sariq chumoli","mitti

chumoli", "qabr chumolisi", "vahmat". Ushbu zararkunanda odamni chaqishi mumkin. Biroq,
chaqishi inson salomatligiga zarar yetkazmasligi ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

Olimning qayd etishicha, termitlar ko‘p qavatli uylarda uchramaydi. Mebel

jihozlariga tushib qoladigan parmezan qo‘ng‘izlari termitlar bilan bog‘liq emas.
Termitlar asalari va chumolilar kabi jamoaviy yashovchi hasharotlar turkumiga
kiradi. Ularning ham o‘z podshohi, malikasi, oziqlantiruvchilari bo‘ladi. Qisqacha
aytganda, termitlarning yashash joylari va uyalarining tuzilishi aniq va mukammal
tartibga ega. Shu sababli, ularga qarshi kurashish juda murakkab jarayondir.
O‘zbekistonda salkam 19 000 nafar aholi yashash joylari termitlardan zarar
ko‘rgan. Har yili bunday uylarga zarar yetkazilgan aholi soni oshib bormoqda.
Tahlillarga ko‘ra, 2009 yilda taxminan 2,5 mingta xonadon zarar ko‘rgan bo‘lsa, 2022 yilning
yarmiga kelib bu ko‘rsatkich 19 mingga yaqinlashgan.

Ushbu zararkunandalar tarqalishi haqida Rustamov Hero shunday deydi:

"Termitlar Qoraqalpog‘iston, Xorazm va boshqa hududlarda juda keng tarqalgan.
Zarar ko‘rgan aholining uy-joylarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli
kundan-kunga ortib bormoqda."Juma masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq
va boshqalar shular jumlasidandir. Madaniy meros obidalarini himoya qilish uchun2014-


background image

Page 152

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

2017yillarda davlat mablag‘lari ajratildi. Shu vaqt davomida biz “Ichan qal’a” da to‘liq
monitoring va termitlarga qarshi kurashish ishlarini оlib bordik, shikastlanish holati
to‘xtatildi. Biroq, “Ichan qal’a” atrofidagi aholi xonadonlari uchun mablag‘ ajratilmadi. Aholi
esa bu ishlarni o‘z hisobidan qilishni xohlamadi. Natijada, 2018-yil holatiga ko‘ra, aholi
yashash joylaridagi termitlar yana Ichan qal’a ichidagi yodgorliklarga qayta kirishni boshladi.
Bugungi kunda termitlar bilan bir qatorda uch mo‘ylovli qaldirg‘ochlar ham
tarixiy yog‘och inshootlarga zarar yetkazmoqda. Ushbu hasharotlarga qarshi
kurashish usullari juda murakkab. Aslida, qadimiy yodgorliklarda termitlar bo‘lgan
taqdirda

ham,

monitoring

ishlarini

uzluksiz

olib

borish

talab

etiladi.

Xorazm

akademiyasi

olimlari

tomonidan

tabiiy

kurash

usullari

ishlab

chiqilmoqda, ammo bu yetarli emas. Qadimiy yodgorliklar, asrlar davomida bizga
yetib kelganlar, termitlar sababli o‘z tarixiy xususiyatlarini yo‘qotmoqda va xavf
ostidaqolmoqda. Termitlarning Tarqalishi Xorazm Viloyatida Iqlim sharoiti Xorazm viloyati
qurg‘oqchil iqlimga ega bo‘lib, yoz oylarida yuqori harorat va namlik kuzatiladi. Bu esa
termitlar uchun qulay sharoit yaratadi. Namlik miqdorining oshishi sug‘orish tizimlari va
daryo yaqinida joylashgan hududlarda ko‘proq kuzatiladi. Yog‘och inshootlari va qishloq
xo‘jaligi
Termitlar asosan yog‘ochdan yasalgan uylar, omborxonalar va boshqa binolarga hujum qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari ham xavf ostida bo‘lib, ba’zi o‘simliklarning ildizlariga zarar
yetkaziladi.Sug‘orishtizimlari ta’siri Sug‘orish tizimlari sababli tuproq namligi oshadi va bu
termitlar uchun qulay yashash muhitini yaratadi. Xususan, qishloq xo‘jaligi maydonlari va
daryo bo‘ylarida termitlarning ko‘p uchrashiga sabab bo‘ladi.Termitlarga qarshi kurash
choralari.

Kimyoviy usullar yordamida kurash
Maxsus

insektitsidlar

qo‘llaniladi

(Imidacloprid,

Fipronil

kabi

kimyoviy

vositalar).- Zararlangan joylarga insektitsidlarni bevosita sepish yoki yerga singdirishorqali
termitlarning yo‘q qilinishi ta’minlanadi.

Insektitsidlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish talab

etiladi. Biologik usullar

Termitlarning tabiiy dushmanlari (masalan, qo‘ng‘izlar, bakteriyalar)ni qo‘llash orqali

ularni yo‘q qilish.

Maxsus mikroorganizmlar yordamida termitlarning ko‘payishiga to‘sqinlik qilish.
Ekologik xavfsiz usullar bo‘lib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Fizikusullar

Yog‘och materiallarni antiseptiklar bilan qayta ishlash.
Zararlangan yog‘och qismlarini yangilash va mustahkamlash.
Zararlangan joylarni izolyatsiya qilish va quruq saqlash. Oldini olish choralari
Yog‘ochdan ishlangan inshootlarni antiseptiklar bilan muntazam ravishda qayta ishlash.
Uy va omborlarda namlikni boshqarish va quruq sharoitni ta’minlash.
Hududlarni toza saqlash va ozuqa manbalarini yo‘q qilish.Olingan natijalar asosida

Xorazm viloyatida termitlarga qarshi kurashda asosiy e’tibor kimyoviy va mexanik usullarni
qo‘llashga qaratilishi lozim. Biroq, biologik kurash usullarini rivojlantirish va ularni ekologik
xavfsizroq qilish zarur.Kelajakda termitlarga qarshi kurash choralari ekologik va iqtisodiy
jihatdan samarali bo‘lishi uchun yangi tadqiqotlar o‘tkazish lozim.


background image

Page 153

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

Xulosa

Xorazm viloyati sharoitida termitlarning tarqalishini oldini olish uchun ular yashaydigan

sharoitlarni yomonlashtirish zarur. Insektitsidlardan foydalanish samarali bo‘lsada, ekologik
xavfsizlikni ta’minlash uchun biologik va fizik usullarni birgalikda qo‘llash maqsadga
muvofiqdir. Bundan tashqari, oldini olish choralari ham muhim rol o‘ynaydi.

1. Xorazm viloyatida termitlarning tarqalishini doimiy ravishda kuzatish tizimini yo‘lga

qo‘yish zarur.

2. Biologik kurash usullarini takomillashtirish uchun tabiiy dushmanlar ustida kengroq

tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak.

3. Kimyoviy kurash vositalarini ekologik xavfsiz variantlarga almashtirish

choralari ko‘rilishi zarur.

4. Mexanik usullarni qurilish inshootlari va qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoyalashda

kengroq tatbiq etish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ganiyeva Z.A., Rustamov K.J., Khashimova M.Kh., Mirzayeva G.S., Lebedeva N.I.Termites of

Central Asia and how to fight against them in the monumentsof cultural and historical
heritage. // Int. scientific pract. conf. –Almaty, 2019.-Volume2.–P.230-234.
2.

Abdullayev I.I., Khamrayev A.Sh., Martius Ch. Termites (Isoptera) in Irrigated

and Arid Landscapes of central Asia (Uzbekistan) // Sociobiology (USA,
3.

Colifornia) Vol. -2002. -No3 (40). -P.605 -614.

4.

Ganiyeva Z.A., Khashimova M.Kh., Nurzhanov A.A. Possibility of infecting

5.

Beauveria brongniartii termites during trophollaxis. // Protection and quarantine

of plants. -Moscow, 2015. -No. 10. -P.-49.
6.

Abdullayev II, Khamrayev ASh, Martius Ch, Nurjanov AA & Eshchanov RA.

7.

Termites (Isoptera)in irrigated and Arid Landscapes of Central

8.

Asia (Uzbekistan). Sociobiology,40(3), 2002-605-614.

9.

Bеkbеrganova Z.O., Xamrayеv A.Sh. Rasprostranеniеi vrеdonosnaya dеyatеlinosti

10.

tеrmitov v Karakalpakstanе// Vеstnik KKO AN RUz. -Nukus, 2008, -No1. -S.37

-39.
11.

Khamrayev A.Sh. Termites of Central Asia: Problems and Solutions. //

12.

Bulletin of the Karakalpak branch of the Science Academy of the Republic of

13.

Uzbekistan. -Nukus, 2006. -No. 4. P.20-23.

14.

Khamrayev A.Sh., Lebedeva N.I., ZhugunisovT.I.,AbdullaevI.I.,RakhmatullaevA., Raina

A.K. Food Preferences of theTurkestantermite Anacanthotermes turkestanicus (Isoptera:
Hodotermitidae) // Socbiology, 2007. V.50. -No2. –P.469 -478.

Библиографические ссылки

Ganiyeva Z.A., Rustamov K.J., Khashimova M.Kh., Mirzayeva G.S., Lebedeva N.I.Termites of Central Asia and how to fight against them in the monumentsof cultural and historical heritage. // Int. scientific pract. conf. –Almaty, 2019.-Volume2.–P.230-234.

Abdullayev I.I., Khamrayev A.Sh., Martius Ch. Termites (Isoptera) in Irrigated

and Arid Landscapes of central Asia (Uzbekistan) // Sociobiology (USA,

Colifornia) Vol. -2002. -No3 (40). -P.605 -614.

Ganiyeva Z.A., Khashimova M.Kh., Nurzhanov A.A. Possibility of infecting

Beauveria brongniartii termites during trophollaxis. // Protection and quarantine

of plants. -Moscow, 2015. -No. 10. -P.-49.

Abdullayev II, Khamrayev ASh, Martius Ch, Nurjanov AA & Eshchanov RA.

Termites (Isoptera)in irrigated and Arid Landscapes of Central

Asia (Uzbekistan). Sociobiology,40(3), 2002-605-614.

Bеkbеrganova Z.O., Xamrayеv A.Sh. Rasprostranеniеi vrеdonosnaya dеyatеlinosti

tеrmitov v Karakalpakstanе// Vеstnik KKO AN RUz. -Nukus, 2008, -No1. -S.37

-39.

Khamrayev A.Sh. Termites of Central Asia: Problems and Solutions. //

Bulletin of the Karakalpak branch of the Science Academy of the Republic of

Uzbekistan. -Nukus, 2006. -No. 4. P.20-23.

Khamrayev A.Sh., Lebedeva N.I., ZhugunisovT.I.,AbdullaevI.I.,RakhmatullaevA., Raina A.K. Food Preferences of theTurkestantermite Anacanthotermes turkestanicus (Isoptera: Hodotermitidae) // Socbiology, 2007. V.50. -No2. –P.469 -478.