Авторы

  • Shoxrux Rustamov
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126772

Ключевые слова:

Innovatsion strategiya Ijtimoiy farovonlik Iqtisodiy o‘sish Ijtimoiy siyosat Raqamli transformatsiya Innovatsion siyosat Iqtisodiy samaradorlik Barqaror rivojlanish Aholi turmush darajasi.

Аннотация

Mazkur maqola iqtisodiyotning shakllanish jarayonida aholi farovonligini oshirishning samarali yoʻllarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning innovatsion iqtisodiyot orqali aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha samarali mexanizmlari aniqlanadi hamda ularni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda innovatsion iqtisodiyot va aholi farovonligi tushunchalari, ularning oʻzaro bogʻliqligi, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy siyosati va iqtisodiy rivojlanish strategiyalaridagi innovatsion yondashuvlar batafsil tahlil qilinadi. Xorijiy tajribadagi muvaffaqiyatli mexanizmlar va Oʻzbekiston iqtisodiyoti xususiyatlariga tayangan holda, mamlakatda aholi farovonligini oshirish uchun innovatsion siyosat va strategiyalarni rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

Page 140

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

“INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI

FAROVONLIGINI OSHIRISH: XORIJIY TAJRIBA VA

O‘ZBEKISTONDAGI IMKONIYATLAR”

Rustamov Shoxrux Xusanbayevich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

1-bosqich magistranti

Shohruhrustamov1999@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15496322

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-May 2025 yil
Ma’qullandi: 20- May 2025 yil

Nashr qilindi: 23-May 2025 yil

Mazkur maqola iqtisodiyotning shakllanish jarayonida
aholi farovonligini oshirishning samarali yoʻllarini
oʻrganishga bagʻishlangan. Unda rivojlangan xorijiy
mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib, ularning innovatsion
iqtisodiyot orqali aholi turmush darajasini yaxshilash
bo‘yicha samarali mexanizmlari aniqlanadi hamda
ularni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash imkoniyatlari
koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda innovatsion iqtisodiyot va
aholi farovonligi tushunchalari, ularning oʻzaro
bogʻliqligi, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy siyosati va
iqtisodiy rivojlanish strategiyalaridagi innovatsion
yondashuvlar batafsil tahlil qilinadi. Xorijiy tajribadagi
muvaffaqiyatli mexanizmlar va Oʻzbekiston iqtisodiyoti
xususiyatlariga tayangan holda, mamlakatda aholi
farovonligini oshirish uchun innovatsion siyosat va
strategiyalarni rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar
ishlab chiqilgan.

KEYWORDS

Innovatsion strategiya, Ijtimoiy
farovonlik, Iqtisodiy o‘sish,
Ijtimoiy

siyosat,

Raqamli

transformatsiya,

Innovatsion

siyosat, Iqtisodiy samaradorlik,
Barqaror rivojlanish, Aholi
turmush darajasi.

Bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti jadal o‘zgarishlar va raqamli transformatsiya davrida
rivojlanmoqda. Aholi farovonligini ta’minlash har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Zero, inson kapitalining rivojlanishi,
barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlik bevosita xalq turmush darajasining
oshishiga bog‘liq. Innovatsion iqtisodiyot konsepsiyasi iqtisodiyotning yangi bosqichini
belgilab, ilm-fan va texnologiyalar asosida iqtisodiy jarayonlarni takomillashtirish va
raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga qaratilgan. Innovatsiya — bu nafaqat yangi
texnologiyalarni joriy etish, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini
yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu orqali aholi farovonligini oshirish uchun
muhim omildir. Shu sababli, innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi har bir
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida markaziy o‘rin tutadi.
Aholi farovonligi esa jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib,
odamlarning turmush darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ish bilan bandlik va yashash
sharoitlarini o‘z ichiga oladi. Innovatsion iqtisodiyot orqali yaratilgan yangiliklar va ilg‘or
texnologiyalar nafaqat milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlaydi, balki aholining
turmush sifatini yaxshilash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga xizmat


background image

Page 141

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

qiladi. Shu bois, innovatsion iqtisodiyot bilan aholi farovonligini oshirish o‘rtasidagi uzviy
bog‘liqlikni o‘rganish dolzarb ilmiy va amaliy masaladir.
Xorijiy davlatlar tajribasi ko‘rsatadiki, innovatsion iqtisodiyotga asoslangan rivojlanish modeli
nafaqat yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, balki ijtimoiy farovonlikning oshishini ham
ta’minlaydi. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari kabi rivojlangan
iqtisodiyotlar innovatsion siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikka erishgan. Ushbu
mamlakatlarning tajribasi O‘zbekiston uchun qimmatli o‘rganish manbai bo‘lib, mamlakatning
o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda innovatsion rivojlanish
strategiyalarini shakllantirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, ilm-fan va
texnologiyalarni rivojlantirish, raqobatbardosh bozor munosabatlarini yaratish yo‘lida
sezilarli qadamlar qo‘ydi. So‘nggi yillarda qabul qilingan davlat dasturlari va strategik
hujjatlar innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Biroq,
mamlakatda innovatsion iqtisodiyot sharoitida aholi farovonligini oshirish masalalari hali
ham chuqur o‘rganishni talab qiladi. Xorijiy tajriba va O‘zbekiston sharoitini solishtirish,
samarali mexanizmlar va amaliy choralarni aniqlash bugungi kunda katta ahamiyat kasb
etmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

Innovatsion iqtisodiyot nazariyasining asoschisi sifatida

avstriyalik iqtisodchi Yozef Shumpeter tanilgan. Uning ta’kidlashicha, innovatsiya — bu
iste’mol mollari yangi turlari, yangi ishlab chiqarish vositalari, transport tizimlari, yangi
bozorlar hamda sanoatdagi tashkilot shakllarini joriy etish va ulardan foydalanishga
qaratilgan o‘zgarishlardir (Шумпетер, 2007). Tadqiqotchilar — E. Toffler, F. Fukuyama, D.
Bell, J. Neysbit — innovatsion texnologiyalarga asoslangan davlatlar yuqori taraqqiyot
darajasiga erisha olishini ta’kidlaganlar. Shuningdek, klassik va zamonaviy iqtisodchilar
innovatsiya tushunchasiga turlicha ta’riflar berganlar. Masalan, ingliz olimi Spenser (2000)
innovatsiyani — aniq sharoitda yangi paydo bo‘lgan va undan foydalanish mumkin bo‘lgan
narsa deb ifoda etgan.
Rossiyalik olimlar ham innovatsiya haqida o‘z ta’riflarini keltirishgan: Kulagin (2011) uni
innovatsion, ishlab chiqarish, institutsional, moliyaviy, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi
yangiliklar deb atagan. Balabanov (2001) esa innovatsiyani kapitalning yangi texnika yoki
texnologiya, ishlab chiqarish tashkiloti, mehnat, xizmat ko‘rsatish hamda boshqaruvning
yangi shakllariga, shu jumladan yangi nazorat, hisob, rejalashtirish va tahlil usullariga
yo‘naltirilgan natijasi deb ta’riflagan. Kantorovich (1986) innovatsiyani ixtironing amaliy
ahamiyatini ko‘rsatish va uning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yangilik sifatida qaragan.
Frimanning (1987) fikricha, milliy innovatsion tizim – bu jamiyatdagi iqtisodiy subyektlar va
ijtimoiy institutlarning (qadriyatlar, me’yorlar, huquqiy normalar) murakkab tizimi bo‘lib,
yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlar yaratishda, ularni saqlash, tarqatish va
texnologiyalarga aylantirish jarayonlarida ishtirok etadi.
Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va farovonlik yo‘lida” asarida esa
islohotlarning yangi bosqichida inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash,
hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish bo‘yicha strategiyalar yoritilgan. Bu fikrlar
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi bilan amaliy bosqichga o‘tdi. Ushbu
hujjat aholining farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy yo‘nalishlar – bandlikni


background image

Page 142

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish, ijtimoiy himoyani
kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Innovatsiyaga oid ushbu tushuncha O‘zbekiston olimlari tomonidan ham tadqiq etilgan.
Masalan, Shodimetov (2014) innovatsiyani moddiy ishlab chiqarish yoki sarmoya ko‘paytmasi
emas, balki boshqa bir jarayon deb baholagan. G‘affarov (2019) innovatsiyani ixtironing
amaliy jihatlarini ajratib ko‘rsatish va uning muvaffaqiyatini kafolatlovchi yangilik deb
ta’riflagan. Yo‘ldoshev (2004) esa innovatsiyani ingliz tilidan olingan “innovation” so‘zining
tarjimasi sifatida “yangilik kiritish” deb belgilagan va uni tizim ichidagi tuzilishni o‘zgartirish
amaliyoti hamda nazariyasining asosiy qismi deb hisoblagan. Shuningdek, innovatsion
faoliyatni yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlar o‘rtasidagi mos kelmaslik natijasida
paydo bo‘lgan muammolarni hal qilishga qaratilgan faoliyat deb ta’riflagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma’lumotlarni tasniflash,

tahlil qilish va tizimli o‘rganish hamda solishtirish usullaridan foydalangan. Shuningdek,
monografik kuzatuv natijalari batafsil tahlil qilinib, mehnat bozoridagi muammolarni
innovatsion xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali yumshatish mumkinligi ilmiy asos bilan
tasdiqlandi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi va uning aholi farovonligiga ta’siri bugungi kunning
eng dolzarb masalalaridan biridir. Xalqaro tajriba va O‘zbekiston sharoitidagi holatni tahlil
qilganimizda, innovatsion jarayonlar bilan farovonlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yaqqol
namoyon bo‘ladi. Ushbu bo‘limda xorijiy mamlakatlardagi muvaffaqiyatli tajribalar, ularning
ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri hamda O‘zbekistonda ushbu yondashuvlarni
amaliy tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Xorij tajribasida innovatsion iqtisodiyot va farovonlik.

Yevropa Ittifoqining innovatsion siyosati

o‘z a’zolarining ijtimoiy farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, 2023-yilgi
Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida innovatsiyaga qaratilgan
xarajatlar yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning o‘rtacha 2.2% ni tashkil qiladi. Bu esa ish o‘rinlari
yaratish va iqtisodiy faollikni oshirish orqali aholining daromad darajasiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Misol uchun, Shvetsiya va Germaniya kabi davlatlarda innovatsion loyihalar
bilan bog‘liq ishchi o‘rinlari so‘nggi o‘n yil ichida 15-20%ga ko‘paygan. Natijada, bu
mamlakatlarda farovonlik darajasi yuqori bo‘lib, YaIMga nisbatan o‘rtacha daromad 35,000-
45,000 yevro atrofida.
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, xususan Janubiy Koreya va Singapurda innovatsion
rivojlanishga qaratilgan siyosatlar xalqaro maydonda o‘zining muvaffaqiyati bilan ajralib
turadi. Janubiy Koreyada 2024-yilda innovatsiyalarga yalpi ichki mahsuloti innovatsiyalarga
0,15 foiz ajratiladi. Bu 21,9 trillion KRW miqdoridagi ilmiy-tadqiqot byudjetiga asoslanadi, bu
nominal YaIMning 0,15 foizini tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yilda doimiy o‘sish
tendensiyasida ega. Natijada, mamlakatda ish bilan bandlik darajasi 63,2% dan oshgan, bu
o‘tgan yilga nisbatan 0,1 foizga ko‘pdir. 2024-yilda Janubiy Koreyaning yalpi milliy daromadi
(yalpi milliy daromad) aholi jon boshiga 36 624 dollarga baholangan. Bu o‘tgan yilga nisbatan
1,2 foizga ko‘pdir, farovonlik darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda. Singapurda esa innovatsion
texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotning keng qo‘llanilishi davlat darajasida ijtimoiy himoya
tizimini mustahkamlashga, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga
imkon berdi.


background image

Page 143

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

AQSh iqtisodiyotida ham innovatsiya markaziy o‘rin tutadi. 2024-yilda AQShning
innovatsiyalarga ajratilgan xarajatlari YaIMning 3.46% ni tashkil qilgan. Bu esa yangi
texnologiyalar va startaplarning rivojlanishiga turtki berdi. Natijada, mamlakatda o‘rtacha
oylik ish haqi 5,233 dollar atrofida bo‘lib, aholi farovonligini oshirishda muhim omil
hisoblanadi. AQShda raqamli iqtisodiyot hajmi 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning 18% ini
tashkil etdi, bu esa AQSh iqtisodiyotida raqamli sektorning ahamiyati ortib borayotganini
ko'rsatadi va ko‘plab yangi ish o‘rinlari hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni
ta’minladi.

O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyot va farovonlik holati.

O‘zbekiston Respublikasi oxirgi

yillarda innovatsion iqtisodiyot rivojiga katta e’tibor qaratmoqda. 2023-yil Davlat Statistika
Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarga ajratilgan
mablag‘lar yalpi ichki mahsulotning 0.3% ini tashkil etadi, bu esa yuqoridagi xorijiy
davlatlarga nisbatan ancha pastdir. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalarni joriy etishda sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda.
Misol uchun, 2022-yilda O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston” davlat dasturi doirasida qabul
qilingan “Innovatsiyalarni rivojlantirish va innovatsion iqtisodiyot yaratish” konsepsiyasi
asosida bir qator startaplar, innovatsion markazlar va texnoparklar tashkil etildi. Shu orqali
2023-yilda innovatsion loyihalar bilan bog‘liq ish o‘rinlari 15 mingdan oshdi, bu esa ish bilan
band aholi qatlami uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi
qaroriga asosan raqamli iqtisodiyot sohasida yangi soliq imtiyozlari joriy qilindi, bu
tadbirkorlikni rag‘batlantirish va innovatsiyalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan
birga, mamlakatda 2022-2024-yillarda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq
etish orqali aholining o‘rtacha daromadi 7% ga o‘sishi rejalashtirilgan.
Ammo, O‘zbekiston sharoitida innovatsion iqtisodiyot rivojini cheklayotgan muammolar ham
mavjud. Asosiylaridan biri - ilmiy-texnikaviy bazaning zaifligi va innovatsiyalarni
moliyalashtirishning cheklanganligi hisoblanadi. Shu bilan birga, yuqori malakali kadrlar
tayyorlashda kamchiliklar mavjudligi ham taraqqiyotga to‘siq bo‘lmoqda. Biroq, davlat
tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish
orqali bu muammolar asta-sekin bartaraf etilmoqda.


background image

Page 144

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

1-rasm. Aholi farovonligini ta’minlash ko‘rsatkichlari: O‘zbekiston va OECD davlatlari

(2023)

Xorijiy tajribalarni O‘zbekistonga moslashtirish imkoniyatlari.

Xorij tajribalaridan kelib chiqqan

holda, O‘zbekiston innovatsion iqtisodiyot va aholi farovonligini oshirishda bir qator samarali
yo‘nalishlarni qabul qilishi mumkin. Jumladan, Yevropa mamlakatlaridagi kabi davlat
tomonidan innovatsiyalarni moliyalashtirishni kuchaytirish, ilmiy-texnikaviy infratuzilmani
rivojlantirish va ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish muhimdir.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari misolida raqamli iqtisodiyot va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda xalq bandligini oshirishga e’tibor qaratish kerak. Bu
borada O‘zbekiston uchun IT-parklarning faolligini oshirish, universitetlar va biznes o‘rtasida
hamkorlikni kuchaytirish zarur.
AQSh tajribasidan kelib chiqqan holda, innovatsion ekotizimni shakllantirish, jumladan
investitsiyalarni jalb qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va xususiy sektorni
innovatsiyalarni tatbiq etishga jalb qilish O‘zbekistonda farovonlikni oshirishning muhim
yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekistonning innovatsion siyosatini milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda
shakllantirish muhimdir. Bu esa, yangi texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni qishloq xo‘jaligi,
sanoat, xizmat ko‘rsatish kabi asosiy iqtisodiy sohalarda joriy etish orqali aholining turmush
darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Xulosa va takliflar

O‘zbekistonda aholining farovonligini ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllanib bormoqda. So‘nggi yillarda olib borilgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar natijasida ijtimoiy himoya tizimi raqamlashtirilmoqda, ta’lim va sog‘liqni
saqlash tizimlarida sifat o‘zgarishlari kuzatilmoqda, aholini band qilishga qaratilgan kompleks
dasturlar amalga oshirilmoqda.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aholining turmush darajasini
oshirish, daromadlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish va sifatli ijtimoiy xizmatlarga
bo‘lgan teng imkoniyatni ta’minlash mamlakatdagi barqaror taraqqiyot uchun muhim omil


background image

Page 145

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

hisoblanadi. Xalqaro tajriba esa bu yo‘nalishda institutsional barqarorlik va strategik
uzluksizlik muhimligini tasdiqlaydi.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion iqtisodiyot rivoji va aholi farovonligini oshirish
o‘rtasida mustahkam va uzviy bog‘liqlik mavjud. Xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli
tajribalari O‘zbekiston uchun samarali yo‘nalishlarni ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda
innovatsion jarayonlarni kengaytirish, ularni davlat siyosati asosida rag‘batlantirish, raqamli
iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirish va malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor
qaratish zarur. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Sh.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va farovonlik yo‘lida” Toshkent:

“O‘zbekiston” – 2020.
2.

Z. Ibragimova “Aholi farovonligini baholashda iqtisodiy ko‘rsatkichlar roli” T.: Iqtisodiyot-

2020.
3.

World Bank. Strengthening Social Protection in Uzbekistan. Washington, D.C.: World Bank

Group, 2022, 72 b.
4.

Ibragimova S.A, Xusainov R.R. (2021). Globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotni

innovatsion rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollari// Экономика и финансы
(Узбекистан). №3 (139).
5.

Kuznets S. (1953). Economic growth and income inequality/ S.Kuznets //American

Economic Review. Vol. 45. No I.
6.

Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития: Исследование

предпринимательской прибыли, капитала, кредита, процента и цикла
конъюнктуры: пер.с нем.-М.: Прогресс, С.455.
7.

Эргашев Р.Х., Халиков С.Р., Тошбаев А.Ж. (2019). Инновацион иқтисодиёт: Дарслик ; -

Т.: “Iqtisod-Moliya”, - 396 б.

Библиографические ссылки

Sh.M. Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va farovonlik yo‘lida” Toshkent: “O‘zbekiston” – 2020.

Z. Ibragimova “Aholi farovonligini baholashda iqtisodiy ko‘rsatkichlar roli” T.: Iqtisodiyot-2020.

World Bank. Strengthening Social Protection in Uzbekistan. Washington, D.C.: World Bank Group, 2022, 72 b.

Ibragimova S.A, Xusainov R.R. (2021). Globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollari// Экономика и финансы (Узбекистан). №3 (139).

Kuznets S. (1953). Economic growth and income inequality/ S.Kuznets //American Economic Review. Vol. 45. No I.

Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития: Исследование предпринимательской прибыли, капитала, кредита, процента и цикла конъюнктуры: пер.с нем.-М.: Прогресс, С.455.

Эргашев Р.Х., Халиков С.Р., Тошбаев А.Ж. (2019). Инновацион иқтисодиёт: Дарслик ; - Т.: “Iqtisod-Moliya”, - 396 б.