Авторы

  • Rahmonjon Maxkamov
    Oriental universiteti “Sharq tillari lingvistikasi” (arab tili) yo‘nalishi 1-bosqich magistranti, Toshkent islom instituti “O‘quv kurslari” bo‘limi o‘qituvchisi va uslubchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126773

Ключевые слова:

Ajurumiyya asari arab tili grammatikasi nahv nazariyasi tilshunoslik merosi Ibn Ajurrum sintaktik qoidalar klassik arab tili o‘qitish uslubiyati

Аннотация

Ushbu maqolada mashhur klassik grammatik asar — “Muqaddima al-Ajurumiyya”ning arab tili nazariyasining shakllanishidagi muhim o‘rni o‘rganiladi. Unda ushbu asarning nahviy qoidalarni tizimlashtirishi, qisqalik va o‘quvchilarga mos tuzilmasi, shuningdek, asarning ta’limdagi barqaror o‘rniga e’tibor qaratiladi. Ibn Ajurrum tomonidan qo‘yilgan nazariy asoslar va boshqa grammatik asarlar bilan qiyosiy yondashuv asosida ularning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi


background image

Page 135

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

ARAB TILI NAZARIYASINING SHAKLLANISHIDA

“AJURUMIYYA” ASARINING TUTGAN O‘RNI

Maxkamov Rahmonjon To‘lqinovich

Oriental universiteti “Sharq tillari lingvistikasi”

(arab tili) yo‘nalishi 1-bosqich magistranti,

Toshkent islom instituti “O‘quv kurslari”

bo‘limi o‘qituvchisi va uslubchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15496304

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-May 2025 yil
Ma’qullandi: 20- May 2025 yil

Nashr qilindi: 23-May 2025 yil

Ushbu maqolada mashhur klassik grammatik asar —
“Muqaddima al-Ajurumiyya”ning arab tili nazariyasining
shakllanishidagi muhim o‘rni o‘rganiladi. Unda ushbu
asarning nahviy qoidalarni tizimlashtirishi, qisqalik va
o‘quvchilarga mos tuzilmasi, shuningdek, asarning
ta’limdagi barqaror o‘rniga e’tibor qaratiladi. Ibn
Ajurrum tomonidan qo‘yilgan nazariy asoslar va boshqa
grammatik asarlar bilan qiyosiy yondashuv asosida
ularning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi

KEYWORDS

Ajurumiyya asari, arab tili
grammatikasi, nahv nazariyasi,
tilshunoslik

merosi,

Ibn

Ajurrum, sintaktik qoidalar,
klassik

arab

tili

o‘qitish

uslubiyati

Arab tili grammatikasi — bu tilning tuzilishini o‘rganishga, so‘zlar o‘rtasidagi

munosabatlarni belgilashga va nutqning to‘g‘ri tuzilishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy
sohadir. Bu fan, ayniqsa, islom ilm-fani tarixida alohida o‘rin egallaydi. Qur’on va hadis
matnlarini to‘g‘ri anglash uchun nahv (arab sintaksisi) va sarf (so‘z yasash) ilmlari chuqur
o‘rganilishi zarur bo‘lgan fanlardan hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, mashhur nahviy matnlardan biri — “Muqaddima al-

Ajurumiyya” asari arab grammatikasi tarixida betakror o‘rin egallaydi. Bu asar soddaligi,
ixchamligi va yod olish uchun qulay tuzilmasi bilan ajralib turadi. Uni ko‘plab arab
maktablarida, madrasalarda va zamonaviy universitetlarda boshlang‘ich grammatik darslik
sifatida qo‘llanib kelinadi.

Mazkur maqolada “Ajurumiyya” asarining nazariy asoslari, uning muallifi Ibn

Ajurrumning ilmiy merosi, asarda bayon etilgan qoidalarning uslubiyati hamda ushbu
asarning tilshunoslikdagi va ta’limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bundan tashqari,
“Ajurumiyya” boshqa klassik grammatik risolalar bilan qiyosiy yondashuv asosida ham ko‘rib
chiqiladi.

Asosiy qism

Arab tilshunosligining rivojlanishida ko‘plab olimlar o‘zlarining beqiyos hissasini

qo‘shganlar. Ulardan biri — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud as-Sunhajiy, hijriy 672 yilda
tug‘ilib, 723 yilda vafot etgan. U ilmiy doiralarda “Ibn Ajurrum” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Asli shimoliy Afrikadan (Marokash, Fas shahri) bo‘lgan bu alloma, arab tili grammatikasi —
xususan, nahv fanida chuqur bilimga ega bo‘lgan va shu sohada keng miqyosda e’tirof etilgan.


background image

Page 136

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

“Ibn Ajurrum” laqabi berilishiga sabab bu so‘z “kambag‘allik hayotini tanlagan”,

“soddalikda yashagan” ma’nolarini anglatadi. Bu uning hayot tarziga va ilmga bo‘lgan ixlosiga
mos ravishda xalq orasida shu nom bilan mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Ibn Ajurrum arab grammatikasini eng soddalashtirilgan va yod olish uchun qulay

shaklda ifodalagan mualliflardan biri hisoblanadi. U tomonidan yozilgan “Muqaddima al-
Ajurumiyya” asari bugungi kunga qadar arab dunyosida va undan tashqarida ham eng ko‘p
o‘rganilgan va o‘qitilgan grammatik matnlardan biridir. Uning uslubi qisqa, ammo mazmunan
to‘liq bo‘lib, u grammatikani yangi boshlayotgan talabalar uchun juda qulay metodik yechim
bo‘lib xizmat qiladi.

Ibn Ajurrumning asarida o‘z davrida shakllangan nahviy tushunchalar, grammatika

tuzilmalari va ularning o‘zaro munosabatlari qisqacha, ammo tartibli tarzda bayon qilingan.
Bu asar nafaqat boshlang‘ich grammatik darslik sifatida, balki arab tili nazariyasining
shakllanishida ham muhim qadamlardan biri bo‘lgan.

Shuningdek, “Ajurumiyya” asarining yuksak qadrlanishiga sabab — uning ilmiy

mazmuni bilan bir qatorda, ko‘plab olimlar tomonidan yozilgan sharh va hoshiya (izoh)
asarlaridir. Bu izohlar orqali asar yuzlab yillar davomida yangicha talqin etilib, grammatik
tafakkur taraqqiyotiga zamin yaratgan.

“Muqaddima al-Ajurumiyya” asari arab tili nahv (sintaksis) fanining eng asosiy nazariy

tushunchalarini ixcham va tizimli tarzda ifodalagan manbadir. Bu asar o‘z mazmuni jihatidan
nazariy asoslarga tayanadigan, qat’iy qoidalarga tayangan, mantqan ketma-ketlikda qurilgan
muhim didaktik matn hisoblanadi. Uning tuzilmasi, grammatik bo‘limlarning joylashuvi va
qoidalarning ifoda uslubi nazariy jihatdan puxta yondashuvga asoslanganini ko‘rsatadi.

Asar kalom ta’rifi bilan boshlanadi, bu esa arab tilining grammatik tuzilishini anglashda

birinchi va eng muhim qadamlardan biridir. Ibn Ajurrum matn boshida shunday deydi:

عضولاب ديفملا بكرملا ظفللا وه ملاكلا

Ushbu ta’rif arab tilida gap deb nimaga aytilishini nazariy jihatdan aniqlab beradi. Bu

ta’rifning o‘zidayoq fonetik, sintaktik va semantik jihatlar mujassam.

Shundan so‘ng kalimalarning turlari (ism, fel, harf) izchil bayon qilinadi. Har bir kalima

turining ta’rifi berilib, ular qanday belgilar bilan ajratilishi izohlanadi. Masalan, “ism” belgisi
sifatida muallif:

ضفخلا

فورحو

،ملالاو

فللأا

لوخدو

،نيونتلاو

،ضفخلاب

“Ismni majrurlik, tanvin, alif-lom qo‘shimchasi va harf-i jarrlar orqali bilamiz”

– deb nazariy

aniqlik kiritadi.

Bu joyda ko‘riladiki, muallif tilning morfologik belgilari orqali nazariy ta’riflarni

ko‘rsatishga uringan.

Ibn Ajurrum nahviy tizimda e’rob (ya’ni so‘zlarning oxiridagi harakat o‘zgarishlari)

tushunchasini asosiy nazariy mezon sifatida taqdim etadi. Asarda “e’rob”ning turlari (marfu’,
mansub, majrur, majzum) qat’iy ta’riflar asosida beriladi.

Ajurrumiyaning nazariy kuchi shundaki, u barcha grammatik tushunchalarni lo‘nda,

ammo chuqur ma’noli iboralar orqali ifodalaydi. Masalan, mubtado’ va xabar haqida qisqagina
quyidagi jumla yetarli bo‘lgan:

ةيظفللا

لماوعلا

نع

يراعلا

عوفرملا

مسلاا

وه

أدتبملا

“Mubtado’ — bu lafziy sabablar ta’sirisiz marfu’ holatda bo‘lgan ism.”


background image

Page 137

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

Bu ta’rif sodda tuyulsa-da, zamonaviy nazariy grammatika mezonlariga ham to‘liq mos

keladi. Unda sintaktik funksiyaning o‘zi emas, balki grammatik sabab va vositalar ham nazariy
jihatdan ko‘rsatilgan.

Asar tuzilmasida qoidalar mustaqil ravishda emas, balki o‘zaro bog‘langan tarzda

keltiriladi. Marfu’, mansub, majrur va majzum so‘z holatlari ketma-ketligi, ularning ishlatilish
o‘rinlari, sabablari va belgilari tizimli tarzda bayon etiladi. Bu esa grammatika
tushunchalarining nazariy zaminini mustahkamlaydi.

Asarning nahviy qoidalarni bayon qilishdagi o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotga

to’xtalinsa, “Muqaddima al-Ajurumiyya” asari arab tili grammatikasining o‘ziga xosligi va
murakkabliklariga qaramay, uni soddalashtirilgan, ixcham va tizimli tarzda o‘rgatish uchun
yaratilgan asar sifatida ajralib turadi. Ushbu bo‘limda asarning nahviy qoidalarni bayon
etishdagi uslubi va xususiyatlari tahlil qilinadi.

Ajurrumiy matni har bir grammatik qoidani iloji boricha eng qisqa ibora bilan bayon

etishga intilgan. U murakkab tushunchalarni ham yengil tilda ifodalab, ularni oson yod olish
va tushunishga moslashtirgan.

Ajurrumiyya matnida ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri misollar keltirilmaydi. Bu esa

o‘quvchining mustaqil tafakkur qilishini rag‘batlantiradi. Misollar matn ichiga kiritilmasa-da,
qoidalarning bayon etilishi shunchalik aniqki, ularni amalda qanday qo‘llash mumkinligini
tushunish oson bo‘ladi. Misol uchun, mansub holatlar haqida quyidagi jumla beriladi:

او

،ردصملاو

،هب

لوعفملا

يهو

،رشع

ةسمخ

تابوصنملا

لاحلاو

،فرظل

...

“Mansub holatda bo‘ladigan so‘zlar o‘n beshta: maful bih, masdar, zarf, hol...”

Bu kabi ro‘yxatlar orqali qoidalarni yodlash osonlashadi, ammo ularni amaliy jihatdan

tushunish uchun ustoz bilan dars shakli muhim ahamiyat kasb etadi.

Ajurrumiyya asarining eng muhim pedagogik xususiyatlaridan biri — qoidalarning

mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilganidir. Avval umumiy tushunchalar — kalima turlari,
e’rob tushunchasi, keyin esa marfu’, mansub, majrur holatlar, so‘ng fe’l turlari va jumlalar
tarkibi ketma-ketlikda bayon etiladi.

Bu tartib grammatikani o‘rganishda deduktiv metodikani qo‘llashga asos beradi: ya’ni,

avval umumiy nazariya beriladi, so‘ng unga asoslangan holda o‘quvchi misollar va amaliyot
orqali bilimni mustahkamlaydi.

Ajurrumiy nahviy birliklarni nafaqat ta’riflab beradi, balki ularning til tizimidagi

vazifasini ham aniqlab beradi. Masalan, mubtadoning vazifasi — xabar orqali mukammal
jumla hosil qilish, fe’lning vazifasi — amal yoki harakatni ifodalash, mansub so‘zlarning
vazifasi — fe’lning ta’sir doirasini ko‘rsatish kabi.

Arab tili grammatikasi bo‘yicha yozilgan asarlar orasida “Muqaddima al-Ajurumiyya” o‘z

ixchamligi, uslubiy soddaligi va didaktik moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Quyida
"Ajurumiyya" asari bir nechta muhim grammatik asarlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi: “Al-
Kitab” (Sibavayh), “Sharḥ ibn Aqil” (ibn Aqil).

Sibavayhning “Al-Kitab” asari arab grammatikasi tarixidagi eng fundamental nazariy

manbalardan biridir. U nahv ilmini chuqur ilmiy tahlil asosida tushuntiradi va ko‘plab dalillar,
shohid misollar bilan boyitilgan. Biroq bu asar:

Juda murakkab, ko‘p qatlamli tahlillarga boy;

Har bir qoida tafsilot bilan izohlangan;

Asosan olimlar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.


background image

Page 138

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

Aksincha, “Ajurumiyya”:

Yangi boshlovchilar uchun mo‘ljallangan;

Qoidalarni lo‘nda, muammosiz tilda bayon etadi;

Dastlabki bosqich uchun ko‘proq mos keladi.

Shunday qilib, "Ajurumiyya" — bu boshlovchi uchun eshik, "Al-Kitab" esa mutaxassis

uchun chuqur quduqdir.

Ibn Aqilning “Alfiyya ibn Molik” asariga yozgan sharhi grammatikani adabiy va mantiqiy

asosda izohlab beradigan yirik sharh asaridir. Unda:

Har bir qoidaga misollar va dalillar keltiriladi;

Ixtilofli masalalarga to‘xtalinadi;

Fikrlar tahlili orqali o‘quvchi mustaqil xulosa chiqarishga undaladi.

Biroq “Ajurumiyya” bunday tafsilotlarga bormaydi. U:

Qoidalarning o‘zini asos qilib oladi;

Ixtiloflarga emas, asosiy yo‘lga e’tibor qaratadi;

O‘quvchiga nizo emas, yo‘nalish beradi.

Shu sababli, “Ajurumiyya” yangi boshlovchilar uchun qat’iy yo‘l-yo‘riq bo‘lsa, “Sharḥ ibn

Aqil” chuqur tahlilchi o‘quvchi uchun muloqot maydonidir.

Bu qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, “Ajurumiyya” o‘z davri va maqsadiga juda mos

keluvchi, qat’iy nazariy yondashuvga ega asardir. U grammatikani o‘rganish yo‘lida birinchi va
eng muhim qadam sifatida o‘rinni saqlab kelmoqda.

Asarning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni va ta’limdagi ahamiyati kuchli bo’lib,

“Muqaddima al-Ajurumiyya” asari nafaqat o‘z davrida, balki hozirgi kunda ham arab tili
o‘rgatish va o‘rganish jarayonlarida o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan. Uning pedagogik
uslubda yozilgan bo‘lishi, grammatik qoidalarni yodlashga qulay bo‘lgan ifodasi, tilning
nazariy asoslarini soddalashtirib berishi uni zamonaviy tilshunoslik va ta’lim metodikasi
nuqtai nazaridan ham muhim manbaga aylantirgan.

Zamonaviy tilshunoslikda nazariy yondashuvlar turli yo‘nalishlarga bo‘linadi:

strukturaviy, funksional, generativ, va kognitiv grammatik yondashuvlar. Ajurumiyya asari
ushbu yo‘nalishlar orasida ayniqsa strukturaviy va funksional grammatikaga yaqin turadi.

Strukturaviylik shundaki, asarda har bir grammatik birlik (ism, fe’l, harf) qat’iy tarzda

ta’riflanadi va o‘zaro munosabatlar tartib bilan beriladi.

Funksionallik esa, har bir grammatik birlikning gap ichidagi vazifasi aniq

ko‘rsatilganligida namoyon bo‘ladi. Masalan, mubtadoning xabar bilan birikib jumla yasashi
yoki fe’lning marfu’ faol talab qilishi kabi.

Bu xususiyatlar uni zamonaviy tilshunoslar nazarida nafaqat tarixiy manba, balki

modellashtirilgan grammatik tizim sifatida ham muhim qiladi. Shu bois, zamonaviy
grammatikadagi “model tili”, “struktura”, “element” kabi tushunchalar Ajurumiyyada amalda
ko‘rinadi.

Xulosa

“Muqaddima al-Ajurumiyya” asari arab tili grammatikasi tarixida betakror o‘rin

egallagan nazariy manbalardan biridir. Mazkur maqolada bu asarning arab tili nazariyasining
shakllanishidagi tutgan o‘rni, uning nazariy asoslari, qoidalarni ifodalashdagi soddaligi va
tizimliligi, boshqa grammatik asarlar bilan taqqosiy yondashuvda qanday ajralib turishi,
shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonlaridagi dolzarbligi yoritib berildi.


background image

Page 139

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

Ibn Ajurrum tomonidan yozilgan ushbu asar grammatik tushunchalarni qisqa va lo‘nda

bayon qilgani bilan ajralib turadi. Undagi nazariy qat’iylik va metodik aniqlik uni bugungi
kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan manbaga aylantirgan. Ajurumiyya asari arab tilini
o‘rganayotganlar uchun mustahkam poydevor yaratib, keyingi grammatik bilimlar uchun asos
bo‘lib xizmat qilmoqda.

Zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda, asardagi strukturaviy yondashuv

va funksional ta’riflar bugungi ilmiy talablar bilan uyg‘unlashadi. Ayniqsa, ta’lim
texnologiyalarining rivojlanishi fonida bu asarning zamonaviy formatlarda ham keng tatbiq
etilayotgani uning pedagogik moslashuvchanligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Muḥyiddin Abduhamid. At-Tuḥfa as-Saniyya fi Sharḥ al-Muqaddima al-Ajurrumiyya. –

Qohira: Maktabat al-xanji, 2005.
2.

Said Tantoviy. Nash’at an-Naḥv. – Qohira: Maktabat al-Adab, 1993.

3.

Fozil as-Samiroiy. An-Naḥv. – Bayrut: Dar Ibn kasir, 2008.

4.

Ibn Aqil. Sharḥ Alfiyya Ibn Molik. – Qohira: Dar al-Turas, 2004.

5.

Muhammad Muḥyiddin Abdulhamid. Qovaid al-Lug‘a al-Arabiyya. – Qohira: Dar al-Ma’arif,

1998.

Библиографические ссылки

Muḥyiddin Abduhamid. At-Tuḥfa as-Saniyya fi Sharḥ al-Muqaddima al-Ajurrumiyya. – Qohira: Maktabat al-xanji, 2005.

Said Tantoviy. Nash’at an-Naḥv. – Qohira: Maktabat al-Adab, 1993.

Fozil as-Samiroiy. An-Naḥv. – Bayrut: Dar Ibn kasir, 2008.

Ibn Aqil. Sharḥ Alfiyya Ibn Molik. – Qohira: Dar al-Turas, 2004.

Muhammad Muḥyiddin Abdulhamid. Qovaid al-Lug‘a al-Arabiyya. – Qohira: Dar al-Ma’arif, 1998.