Page 124
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025
www.in-academy.uz
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI
O‘QITISH: ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLAR VA
XALQARO TAJRIBALAR
Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizi
University of economics and pedagogy "NOTM Maktabgacha va
boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchsi
Bekmirzayeva Ruxshona Ravshanbek qizi
University of Economics and pedagogy NOTM Boshlang‘ich ta’lim I-
bosqich talabasi
Toxirova Maryamxon Muxammadin qizi
University of Economics and pedagogy NOTM
Boshlang‘ich ta’lim I-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15481048
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-May 2025 yil
Ma’qullandi: 15- May 2025 yil
Nashr qilindi: 21-May 2025 yil
Boshlang‘ich ta’lim — bola tafakkuri shakllanadigan,
bilimga qiziqish uyg‘onadigan muhim bosqich. Ayniqsa,
ona tili darslarida so‘z turkumlarini, jumladan sifatni
o‘rgatish o‘quvchining ta’rif berish uchun so‘z boyligini,
kuzatuvchanligini, narsa va buyumlarga ijobiy yoki
salbiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Sifat —
narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘lib keluvchi mustaqil so‘z
turkumi bo‘lib, o‘quvchilarga uni turli metodlar
yordamida tushuntirish orqali ularning tasavvurini
kengaytirish mumkin
KEYWORDS
sifat,
mustaqil
so‘zlar,
grammatik
bilim, klasster,
rolga kirish, asoslash, metod,
ta’lim ustuvorligi, boshlang‘ich
sinf, dramatizatsiya, ijodkorlik.
Sifat — otga bog‘lanib uning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlaridan
biriga javob bo‘lib keluvchi mustaqil so‘z turkumi.
Sifatning ma’noviy guruhlari:
1.rang-tus : qizil, yashil, oq, sariq....
2.maza-tam : shirin, achchiq, nordon, bemaza.....
3.hajm-o‘lchov : katta, kichik, uzun, og’ir, yengil.....
4.xil-xususiyat : aqlli, a’lochi, bilag‘on, yaxshi, yomon....
5.makon-zamon : kuzgi, yozgi, qishgi, bahorgi....
6.hid : xushbo‘y, badbo‘y, noxush....
Bolaga sifatning ushbu turlari haqida ma’lumot berish lozim. O‘zlaridan ham misollar
keltirishi so‘ralishi kerak. O‘quvchilar o‘zlari o‘ylab misollar keltirganida xotirasida yaxshi
mustahkamlanadi. Har bir keltirgan misollariga qanday savol berilishini ham aytib o‘tish joiz.
Chunki mustaqil so‘zlarga savol berib qaysi so‘z turkumi ekanini aniqlashi oson bo‘ladi. Misol
uchun :
Sifat Savol
Shirin taom qanday taom?
Qizil gul qanday gul?
A’lochi qiz qanday qiz?
Yozgi oromgoh qaysi oromgoh?
Xushbo‘y atir qanaqa atir?
Page 125
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025
www.in-academy.uz
Buyuk pedagog K.D. Ushinskiy shunday degan edi:
“
Ta’lim faqat bilim berish emas, balki bolani fikrlashga o‘rgatishdir
.”
Shu bois, zamonaviy metodlar orqali pedagoglar bolaga sifatni o‘rgatishda bilim berish
bilan birga, mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini aniq izohlay olishga o‘rgatishi lozimdir. Quyida
boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini o‘rgatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uchta
zamonaviy metod va ularning jahon amaliyoti bilan solishtiruvlari keltiriladi:
1.
“Klasster” metodi (g‘oyalar xaritasi orqali tahlil)
Tavsifi: Bu metodda o‘quvchilar markaziy tushuncha — “sifat” so‘zini atroflicha
izohlaydilar. Ular narsa nomidan kelib chiqib unga tegishli belgi (sifat)larni mustaqil aytadilar
va doskaga klaster shaklida yoziladi. Bunda o‘quvchida tasavvur va ijodkorlik kabi
qobiliyatlarni namoyon qiladi.
Qo‘llanishi:
O‘qituvchi “olma” so‘zini yozadi. O‘quvchilar “qizil”, “shirin”, “yumaloq”, “pishgan” kabi
sifatlarni aytishadi. Sinfni guruhga bo‘lgan holda olib borilishi o‘quvchilar uchun metodning
qizaqarli bo‘lishini taminlaydi.
Har bir sifat o‘quvchilarning tajribasiga asoslangan holda muhokama qilinadi.
Jahon tajribasidan misol: AQShda “mind mapping” texnikasi sifat so‘zlarini farqlashda
keng qo‘llanadi (
Tony Buzan modeli
).
Afzalligi:
O‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin ifoda qilishadi.
So‘z boyligi ortadi.
Sifatning vazifasi va ahamiyati tushunarli bo‘ladi.
2.
“Rolga kirish” metodi (dramatizatsiya orqali o‘rganish)
Tavsifi: Bu metodda o‘quvchilar turli narsalar obraziga kirib, ular haqida boshqa
o‘quvchilarning ta’rif berishini so‘rashadi. O‘quvchilarning qobiliyatlari namoyon bo‘ladigan
metodlardan biridir. Bolaga sifatning salbiy va ijobiy turlari borligini tushuntirish oson
kechadi.
Misol: Bir o‘quvchi “kitob” bo‘lib chiqadi. Sinfdoshlar uni: “qiziqarli”, “eski”, “yangi”,
“qalin” kabi sifatlar bilan ifodalaydi.
Jahon tajribasi: Finlyandiyada “active learning” metodikasi orqali dramalashgan o‘yinlar
orqali til va so‘z turkumlari o‘rgatiladi. Ular bu usulni “creative expression” deb atashadi.
Afzalligi:
Ijodkorlik rivojlanadi.
O‘quvchilar bir-biriga mulohaza bildiradi.
Bilimlar mustahkamlanadi.
3.
“Tanla va asosla” metodi (kritik fikrlash asosida)
Tavsifi: Bu usulda har xil hayvon sur’atlari o‘quvchilarga ko‘rsatiladi so‘ng o‘qituvchi
tomonidan bir nechta sifatlar yozilgan kartichka beriladi va ulardan sur’atdagi hayvonga
mosini tanlab, nima uchun tanlaganini asoslab berish so‘raladi.
Misol: Rasmda ko‘rsatilgan mushuk haqida: “yoqimli, kichkina, yumshoq” sifatlaridan
birini tanlab, asoslash.
Jahon tajribasi: Singapur ta’limida “Justify your answer” deb ataluvchi metod orqali har
bir tanlov asoslantiriladi — bu o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini oshiradi.
Afzalligi:
Page 126
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025
www.in-academy.uz
Fikrlash va mantiqiy bog‘liqlik kuchayadi.
Sifatlar mazmunan tushuniladi.
Darsga faol ishtirok ta’minlanadi.
Xulosa.
Sifat so‘z turkumini boshlang‘ich sinflarda o‘rgatish — faqat grammatik bilim
emas, balki bolaning nutqiy, tafakkuriy va tasavvuriy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi
jarayondir. Pedagog o‘quvchilariga nafaqat sifat so‘z turkumi balki, boshqa so‘z turkumlarini
ham o‘rgatishda bolaning eng yaqin atrofidan yoki o‘zidan misollar keltirish orqali
o‘rgatilganda tushunishi va esda olib qolishi oson bo‘ladi. Klasster, rolga kirish va tanlab
asoslash metodlari orqali o‘quvchilar bilimni nafaqat egallaydilar, balki uni hayotiy misollar
bilan bog‘lashga o‘rganadilar. Tanqidiy fikrlash doirasi ham kengayadi. Eng asosiysi bolaga
doimiy ishlatiladigan so‘zlardan tashqari, ular uchun yangi, badiiy so‘zlardan foydalanib dars
o‘tilishi o‘quvchilarda so‘z boyligi oshishiga yordam beradi.
Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy shunday degan:
“
Ta’lim va tarbiya berishda eng muhim vosita — yaxshi metoddir
.”
Demak, to‘g‘ri tanlangan metodik yondashuv bolani o‘rgatish emas, balki uni fikrlatish
vositasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Ona tili fanidan metodik qo‘llanma (1–4-
sinflar)”, 2022-yil.
2. Erkaboyeva N. “Yosh kuch” nashriyoti, 2019
3. Vygotsky, L.S. “Thought and Language”. – MIT Press, 2012.
4. Buzan, Tony. “The Mind Map Book: Unlock your creativity”. – BBC Active, 2005.
5. OECD. “Teaching for the Future: Effective Classroom Practices”, Paris, 2019.
6. Finnish National Agency for Education. “Curriculum for Basic Education”, Helsinki, 2016.
7. Karimov N. ,Rustamova M. “Hozirgi o‘zbek tili morfologiyasi”. – Toshkent: O‘zbekiston,
2018.