Авторы

  • Sofiya Abdurahmonova
    NavDU Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126779

Ключевые слова:

Okkazional birliklar okkazional o‘xshatishlar yozuvchi uslubi yozuvchining o‘xshatishlari.

Аннотация

Okkazional so‘zlar tildagi ifoda vositalaridan biri bo‘lib, ular favqulodda yaratiladigan, ijodkor nutqining individual mahsuli bo‘lib qoladigan, tilning me’yoriy unsurlariga aylanmaydigan, doimo yangilik bo‘yog‘ini saqlaydigan nutqiy hodisadir.


background image

Page 113

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

SHUKRULLONING “KAFANSIZ KO‘MILGANLAR” ASARIDA

QO‘LLANILGAN OKKAZIONAL BIRLIKLARNING USLUBIY

XUSUSIYATLARI

Abdurahmonova Sofiya

NavDU Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti

yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478846

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2025 yil
Ma’qullandi: 15- May 2025 yil

Nashr qilindi: 21-May 2025 yil

Okkazional so‘zlar tildagi ifoda vositalaridan biri bo‘lib,
ular favqulodda yaratiladigan, ijodkor nutqining
individual mahsuli bo‘lib qoladigan, tilning me’yoriy
unsurlariga aylanmaydigan, doimo yangilik bo‘yog‘ini
saqlaydigan nutqiy hodisadir.

KEYWORDS

Okkazional

birliklar,

okkazional

o‘xshatishlar,

yozuvchi uslubi, yozuvchining
o‘xshatishlari.

Okkazional so‘zlar so‘zlovchi yoki ijodkorlar tomonidan o‘z fikr va maqsadini o‘ziga xos

tarzda va aniq ifodalash, o‘zlari tasvirlayotgan biror shaxs, narsa, obyekt, voqea-hodisalarni
barcha qirralari bilan namoyon etish hamda ularga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabati, ya’ni his-
tuyg‘ularini yorqin ifodalash maqsadida yaratiladi va qo‘llanadi. Okkazionalizmlar tasvir
obyektini tasvirlashda tildagi imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantira olmaganda yaratiladi.
Bugungi maqolamizda biz Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” asaridagi okkazional
so‘zlarni tahlil ostiga olamiz.

Ma‘lumki, bu asar o‘tgan asrimizning eng “kirlik davri” – qatag‘on davrini yoritib bergan.

Boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklarini, to‘g‘rirog‘i, xo‘rliklarini eslash insonni yana bir karra
og‘ir azobga ro‘baro qiladi. Uni yozish esa... Qatag‘onlik davri tasviri, undan ham og‘iri –
o‘zining “xalq dushmani” deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari,
lager hayoti, so‘zsizlik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar”
asarida yaqqol ifodalangan. Adib bu hayotni yozar ekan, o‘tmishini eslab, o‘sha davrning
adolatsiz tuzimini eslab, begunoh azob chekkan insonlarni eslab yana g‘amga to‘ladi.

Adib o‘zining asarida okkazional birliklardan ham unumli foydalanadi. Okkazional

birliklar romanning o‘qimishli(o‘qishli emasmi) chiqishiga yordam bergan. Romanni o‘qigan
kitobxon birorta joyida noaniqlikga (mavhumlikka) duch kelmaydi.

“Oladigan nonimiz shunaqangi qop-qora, jirish bo‘lardiki, do‘konchi pichoqni suv

solingan chelakka tiqib olmasdan buxankani kesa olmasdi”.

Bu gapda yozuvchi “jirish” okkazional birligini qo‘llaydi. Jirish – eskirgan, juda

qattiqlashgan, toshdek qattiq kabi ma‘noni ifodalagan.

“Qattiq so‘zini qo‘llaganda ham bo‘lar,” – edi deya fikr yurituvchilar ham bor. Ammo

yozuvchi kitobxoni qiziqtirish uchun ham okkazional birliklardan foydalangan.

“Qo‘limdagi nonni Xadradagi ochlar yulib kelmasliklari uchun ehtiyotlab xaltaga solib

olib kelardim”.


background image

Page 114

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 3 May 2025

www.in-academy.uz

Yozuvchi yuqoridagi gapda Xadra so‘zidan qo‘llanadi. Bu so‘zga nazar tashlaydigan

bo‘lsak, qadimda xadra-ayollar o‘tiradigan joy yoki xona, ayniqsa to‘y, ma’raka yoki boshqa
yig‘inlarda ayollar alohida o‘tiradigan joyga “xadra” deyiladi. Erkaklar tomoni “ayvon” yoki
“oshxona” bo‘lsa, ayollar tomoni “xadra” deyilgan. Xadra uyning ichki qismida mehmonlar
o‘tirishi uchun mo‘ljallangan joy.

Yozuvchi yuqoridagi gapida esa o‘rin ma‘nosi ifodalovchi okkazional birligidan

qoʻllanadi. Yozuvchi uchun xadra –

kuchaning chekka qismi, devorga yaqin joy

. Ochlikdan o‘sha

davrda hamma ko‘chada tilanchilik qilishga majbur bo‘lishgan va yo‘lning devor panalarida
yo‘lovchilardan sadaqa so‘rashgan.

“Atrofingdagi semonli to‘rt devor, bo‘sh qolgan temir karavotlar, dardlashib, ko‘ngil

yozadigan odamlar ham hukm qilinib tag‘dir nasib qilgan joylardagi lagerlarga ketib
bo‘ldi.”(Kafansiz ko‘milganlar, 82-bet) O‘shbu gapdagi “semonli” okkazional birligi – baquvvat,
zax tortgan kabi ma‘nolarni ifodalaydi. Yozuvchi

sement to‘rt devor

deganda ham bo‘lar edi,

ammo

semonli

okkazional birligi orqali kutobxonga estetik ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Sening ashaddiy dushmanligingning bitta belgisi shundaki, hattoki sen sovet

chekistlarini yolg‘onchi qilmoqchi bo‘lasan, ularga ham ishonmaysan”.

Yuqoridagi gapda yozuvchi “sovet chekistlari” okkazional birligini qo‘llaydi. Yozuvchi bu

so‘zni “ChK” — Favqulodda Komissiya (ruscha: Чрезвычайная комиссия) so‘zining
qisqartmasidan hosil qiladi. Chekistlar kimlar- qattiqqo‘l, sirli, siyosiy dushmanlarga qarshi
kurashuvchi odamlar.

Yozuvchi yuqoridagi gapda sovet chekistlarini

vatanparvar, davlat xavfsizligini

ta’minlovchi insonlar deya ifodalaydi.

“Mening kichkina 3 yoshli Abdulaziz degan ukam esa zotiljam bolib qoldi. Isitmasi

baland, shaytonlab qoladi. Ota-onam uxlamay galma-gal ko‘tarib chiqishdi”.

O‘shbu parchada yozuvchi zotiljam so‘zidan foydalanadi. Bu soʻz- Oʻpkaning

yalligʻlanishi, oʻpkaning yuqumli kasalligi degan ma‘noni anglatadi. Bu kasalikka chalingan
ukasini shaytonlab qolishini ham aytib ketadi. Shaytonlamaq - isig‘i balandligidan bosinqirab
qolishini, o‘zini tutolmayotganini, yoki holsiz va har xil harakatlar qilayotganini anglatadi.

Shunday nutqiy vaziyatlar bo‘ladiki, ularni tasvirlash uchun odatdagi lug‘aviy

birliklarning ma‘nosi kamlik qiladi. Shuning uchun hali so‘zlovchining ham, tinglovchining
ham tasavvurida gavdalanib ulgurmagan, hali matnda reallashish imkoniga ega bo‘lmagan
so‘z yaratishga to‘g‘ri keladi. Yozuvchi ham o‘zining romanini kitobxon o‘qiganda sira ham
zerikmasdan, shashti susaymasdan o‘qishi uchun yangi okkazional birliklardan samarali
foydalangan. Okkazional birliklar asarda o‘quvchiga noaniq bo‘lgan so‘zlarni tez anglashiga
yordam beradi. Yozuvchilarni yangi okkazional ijod mahsullarini bir- biri bilan taqoslaydi. Bu
esa o‘quvchini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Toshaliyeva S. O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi: –Toshkent: 1998.
2. To‘xtasinova O. Badiiy okkazionalizmlar.-Farg‘ona, 2006. ()
3.Kafansiz ko‘milganlar: avtobiografik roman/Shukrullo.–Toshkent: Yangi asr avlodi, 2024.–
192 b

Библиографические ссылки

Toshaliyeva S. O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi: –Toshkent: 1998.

To‘xtasinova O. Badiiy okkazionalizmlar.-Farg‘ona, 2006. ()

Kafansiz ko‘milganlar: avtobiografik roman/Shukrullo.–Toshkent: Yangi asr avlodi, 2024.–192 b