Авторы

  • Robiya Najmiddinova
    Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik. yoʻnalishi tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126795

Ключевые слова:

munosabat ilmi sahobalar davri tobeiylar davri Qur’on tafsiri kontekstual bogʻlanish sababi nuzul ulumu-l-Qur’on mufassir Faxriddin Roziy Burhoniddin Biqoiy Jaloliddin Suyutiy balogʻiy ilmlar.

Аннотация

Ushbu tezisda oyatlar oʻrtasidagi munosabat ilmining paydo boʻlishi, rivojlanish tarixi va tafsir ilmidagi oʻrni muhokama qilinadi. Shuningdek, bu mavzuda yozilgan muhim asarlar, jumladan, Faxriddin Roziy, Burhoniddin Biqoiy va Jaloliddin Suyutiy kabi olimlarning ishlari kesimida tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot Qur’on oyatlari orasidagi bogʻliqlikni anglash va tafsir metodologiyasini boyitishda munosabat ilmining oʻrnini koʻrsatib beradi.


background image

Page 39

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

OYATLAR OʻRTASIDAGI MUNOSABAT ILMINING PAYDO

BOʻLISHI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Najmiddinova Robiya Qutbiddin qizi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik. yoʻnalishi tayanch doktoranti

ffaridam27@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15461244

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2025 yil
Ma’qullandi: 15- May 2025 yil

Nashr qilindi: 19-May 2025 yil

Ushbu tezisda oyatlar oʻrtasidagi munosabat ilmining
paydo boʻlishi, rivojlanish tarixi va tafsir ilmidagi oʻrni
muhokama qilinadi. Shuningdek, bu mavzuda yozilgan
muhim asarlar, jumladan, Faxriddin Roziy, Burhoniddin
Biqoiy va Jaloliddin Suyutiy kabi olimlarning ishlari
kesimida tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot Qur’on oyatlari
orasidagi bogʻliqlikni anglash va tafsir metodologiyasini
boyitishda munosabat ilmining oʻrnini koʻrsatib beradi.

KEYWORDS

munosabat ilmi, sahobalar
davri, tobeiylar davri, Qur’on
tafsiri, kontekstual bogʻlanish,
sababi nuzul, ulumu-l-Qur’on,
mufassir,

Faxriddin

Roziy,

Burhoniddin Biqoiy, Jaloliddin
Suyutiy, balogʻiy ilmlar.

Qur’onshunoslikning muhim yoʻnalishlaridan biri ilm-ul munosabat, ya’ni oyatlar va

suralar oʻrtasidagi bog‘liqlikni oʻrganish ilmidir. Ushbu soha matnning ichki tuzilishini,
mantiqiy izchilligini va kompozitsion uyg‘unligini tadqiq etadi. Qur’on matni oʻzaro ma’no
jihatidan tartiblangan tizimga ega boʻlib, oyatlar va suralar muayyan tamoyillar asosida
joylashtirilgan.

Bu ilm Qur’onning oʻz ichki mantigʻini aniqlash, oyatlararo kontekstual bog‘lanishlarni

tushuntirish va semantik izchillikni yoritishda muhim ahamiyatga ega. Munosabat ilmi orqali
Qur’ondagi ma’no-mazmun uygʻunligini, matnlar orasidagi uygʻunlikni chuqurroq anglash va
tafsir yoʻnalishida yangi usullar ishlab chiqish mumkin. Ilm-ul munosabatning dastlabki
unsurlari ilk tafsiriy izohlarda uchragan boʻlsa-da, u mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida
keyinchalik shakllangan.

1.Munosabat ilmining paydo boʻlishi.

Ushbu ilming shakllanishi dastlab Qur’oni karimning oʻziga xos tartibi va tuzilishini

anglashga boʻlgan qiziqish bilan bogʻliq. Bu ilming asoslari bir qancha boʻlib, ularning
asosiylari Rosululloh (s.a.v) Qur’on oyatlarini izohlash chogʻida bir oyatni ikkinchisi bilan
bogʻlab, izohlab tushuntirishlari, undan soʻng sahobalardan ibn Mas’ud va ibn Abbos,
tobeiylardan Mujohid, Hasan Basriy kabilar Qur’ondagi ma’nolar uygʻunligini tushunishga
harakat qilganlar. Bu borada, ayniqsa, ibn Abbosning qarashlari diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilarning barchasi oyat va suralar bir-biri bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliqligi,
ketma-ketlik mantiqiy yoki lafziy munosabat asosida tartiblangani bilan izohlanadi. Shuni
ta’kidlash kerakki, tobeiylar davrida tafsir rivojlana boshlagan boʻlib, odatda noaniq iboralarni
qisqacha izohlash afzal koʻrilgan. Masalan, "

ريغ

فناجتم

" ya’ni “gunohga moyil boʻlmasdan”


background image

Page 40

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

jumlasi qisqacha "

ريغ

ضرعتم

ةيصعمل

" “gunohga yoʻnalmasdan” deya izohlangani bunga misol

boʻladi.

2.Munosabat ilmining dastlabki rivojlanish bosqichi

Islomning ilk asrlarida munosabat ilmi mustaqil fan sifatida shakllanmagan boʻlsa-da,

keyinchalik bu ilmga asos boʻlib xizmat qilgan elementlar hadis va tafsir kitoblarida mavjud
boʻlgan, mufassirlar unga alohida e’tibor qaratishgan. Ushbu bosqich bir necha xususiyatlarga
ega:

-Ilk toʻliq tafsir kitobi hisoblangan “Jome’u-l-bayon fiy ta’vili-l-Qur’on” asari muallifi

Tabariy (839-923) oyatlar oʻrtasidagi uygʻunlikka e’tibor qaratgan va oyatlarni sababi nuzul
asosida oʻrganib, ularni mazmun jihatdan yaxlitlashga uringan. Bu asarda munosabat ilmi
butun Qur’on oyatlari kesimida oʻrganilishiga e’tibor qaratilgan.

-Hadis va fiqh ilmi munosabat mavzusi shakllanishiga ta’sir koʻrsatgan. Islom fiqhida

dalillarni oʻzaro bogʻliq holda tushunish tamoyili mavjud boʻlib, bu oyat va hadislardagi
munosabatlar ochilishiga turtki boʻlgan.

-Munosabat ilmi Qur’onni ochib berishga xizmat qiluvchi boshqa manbalar tarkibida,

oyatlarga sharh oʻlaroq oʻz ifodasini topadi. Bu kabi sharhlar, keyinchalik mustaqil fanning
vujudga kelishida asos boʻlib xizmat qiladi.

Qur’on tafsirining ilk bosqichlarida asosiy e’tibor oyatlarning ma’no jihatidan talqin

etilishiga va tarixiy kontekstiga qaratilgan edi. Ammo vaqt oʻtishi bilan matn ichidagi
bog‘liqlikni aniqlashga alohida e’tibor qaratilib, u mustaqil tadqiqot sohasi sifatida shakllana
boshladi. Qur’onning semantik va strukturaviy izchilligi ilk asrlar tafsir maktablarida tahlil
qilingan. Bunda matnning tartibiy jihatlari va oyatlar oʻrtasidagi kontekstual bog‘liqlik
tushuntirilgan.

Islomda ilk tartibga solingan ilm hadis ilmi boʻlib, qolgan ilmlarning toʻplanishi hijriy

ikkinchi asrdan boshlab, beshinchi asr yarmigacha davom etgan. Munosabat ilmi e’joz,
balogʻat, maoniy va bayon ilmlariga asoslangani tufayli uning shakllanishi bu ilmlar
taraqqiyotiga bogʻliq boʻlgan. Keyinchalik oyatlar oʻrtasidagi munosabat tafsir kitoblarida
maxsus oʻrganilgan boʻlib, bu boradagi ilk tafsir kitobi – Faxriddin Roziy (vaf.606/1210)
tomonidan yozilgan “Mafatihu-l-gʻoyb” nomli tafsir hisoblanadi. Ushbu masala asarda tartibli
ravishda koʻrib chiqilib, uning oʻziga xos sirlari ochib beriladi. Bundan tashqari Mahmud
Zamaxshariyning (v.538/1143) “al-Kashshof” tafsirida ham oyatlar oʻrtasidagi bogʻliqlik
masalasi tahlil qilinganini aytib oʻtish lozim.

Munosabat ilmi Qur’on ilmlarining muhim tarmoqlaridan boʻlib, unga bagʻishlangan

kompleks kitoblar tarkibida alohida mustaqil boʻlim sifatida uchray boshlagan. Jumladan,
Zarkashiyning (v.794/1392)ning “al-Burhan fiy ulumi-l-Qur’an” hamda Jaloliddin Suyutiy
(v.911/1505) ning “al-Itqon fiy ulumi-l-Qur’an” asarlarida munosabar ilmi mustaqil boʻlim
shaklida taqdim qilingan, oyatlar va suralar oʻrtasidagi mantiqiy, ma’noviy va mavzuiy
uygʻunlik metodologik asosda yoritilgan. Bu esa Qur’ondagi tartib va mantiqiy bogʻliqlikni
tushunishda muhim qadam boʻlib xizmat qilgan.

Munosabat ilmining alohida fan sifatida tizimlashuv bosqichi XV asrga toʻgʻri keladi. Bu

davrda Qur’onshunoslikda oyatlar va suralar oʻrtasidagi mantiqiy izchillikni oʻrganishga
ixtisoslashgan maxsus asarlar paydo boʻlgan. Xususan, Jaloliddin Suyutiy munosabat ilmining
oʻzigagina bagʻishlab “Tanasuqu-d-durar fiy tanasubi-s-suvar” asarini yozgan va unda Qur’on
suralarining tartibi va mantiqiy bogʻliqligini chuqur tahlil qilgan. Ushbu fanda eng ishonchli va


background image

Page 41

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

puxta ishlangan manbalardan biri – Burhoniddin Biqoiyning (v.885/1480) “Nazmu-d-durar
fiy tanasubi-l-ayati va-s-suvar” asaridir. Muallif ushbu asarda oyat va suralar oʻrtasidagi
bogʻliqlikni izohlashda mustaqil metodologiyani ishlab chiqdi. U Qur’on tafsirida “nazm” –
tuzilish masalasiga katta urgʻu bergan boʻlib, munosabat ilmini mustahkamlovchi
manbalardan hisoblanadi.

XX asrda ham munosabat ilmini oʻrganish klassik asarlarni sharhlash, zamonaviy

Qur’onshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq qilish, ilmiy izlanishlar shaklida davom etdi. Misrlik
olim Abdulqodir Ahmad Atoning (v.1403/1983) “Tanasuqu-d-durar muqaddimasi” asari
Jaloliddin Suyutiyning “Tanasuqu-d-durar” kitobiga sharh sifatida yozilgan boʻlib, unda
munosabat ilmining ahamiyati tadrijiy rivojlanishi, Qur’on ilmlari orasidagi ahamiyatini
izohlagan, Roziy va Suyutiy ishlarini taqqoslagan hamda sohaning kam oʻrganilgan jihatlariga
e’tibor qaratgan. Bundan tashqari, munosabat ilmi borasida koʻplab ilmiy izlanishlar olib
borilgan. Jumladan, doktor Sakib Yildizning “Ayet ve Sureler arasindaki Munasebet” nomli
turkum maqolalari “Diyanet Dergisi” va “Ataturk Universitesi Ilahiyat Dergisi” kani
jurnallarda 1985-1987-yillarda e’lon qilingan. Doktor S.Yildiz ilmiy maqolada Qur’on suralari
va oyatlari oʻrtasidagi bogʻliqlikka zamonaviy yondashuv bilan qaraydi va tafsir fani
taraqqiyoti jarayonida ushbu ilmlarning shakllanishini oʻrganadi.

Munosabat ilmiga oid XXI asrda chop etilgan muhim manbalardan biri doktor Nuriddin

Itrning (v.1442/2020) “Munosabat ilmi va uning Qur’on tafsiridagi hamda uning e’jozini ochib
berishdagi ahamiyati” asari boʻlib, muallif unda oyat va suralar oʻrtasidagi bogʻliqlik Qur’onni
toʻgʻri anglashda muhim oʻrin tutishini dalillar asosida yoritadi. Shuningdek, munosabat
ilmining tarixi, turlari hamda fan borasida olimlarning turli fikrlarini keng ochib beradi.

Munosabat ilmi Qur’oni Karimning ichki mantiqiy tuzilishini, oyatlar va suralar

oʻrtasidagi bog‘liqlikni oʻrganadigan muhim sohalardan biridir. Ushbu ilm paydo boʻlishining
dastlabki bosqichlari sahobalar va tobeiylar tafsir uslubida kuzatilgan boʻlsa-da, u mustaqil
fan sifatida keyinchalik shakllangan. Ilmning rivojlanishida Tabariy, Faxriddin Roziy,
Zamaxshariy, Jaloliddin Suyutiy va Burhoniddin Biqoiy kabi ulugʻ mufassirlarning hissasi
katta boʻldi.

Islom olamida bu ilm bir necha bosqichda shakllangan boʻlib, dastlab tafsiriy sharhlar

tarkibida rivojlangan, keyinchalik esa alohida fan sifatida oʻz metodologiyasiga ega boʻldi. XV
asrga kelib, Jaloliddin Suyutiy va Burhoniddin Biqoiy kabi olimlar tomonidan munosabat ilmi
toʻliq shakllantirildi va Qur’on ilmlari ichida mustahkam oʻrin egalladi.

Bugungi kunda ham ushbu soha Qur’on tadqiqotlarida dolzarb mavzulardan biri boʻlib

qolmoqda. Munosabat ilmi Qur’on ilmlarining muhim tarmoqlaridan biri sifatida nafaqat
matnni anglashni chuqurlashtirishga, balki uning ichki uyg‘unligi va e’jozini ochib berishga
xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qur‘oni karim. - Toshkent. Hilol Nashr nashriyoti 2018.

2.

Muhammad ibn Jarir Tabariy. Jomi’ al-bayon an ta’vil oy al-Qur’on. – Qohira: Dorul-Hadid,

1992.
3.

Badriddin Zarkashiy. Burhan fi ulumi-l-Qur’an. – Bayrut: Daru-l-Ma’rifa, 1988.

4.

Jaloliddin Suyutiy. Itqon fi Ulum al-Qur’on. – Qohira: Al-Maktabatu-t-Tavfiqiyya, 2010.

5.

Faxriddin Roziy. at-Tafsiru-l-kabir. – Bayrut: Daru-l-Kutubi-l-ilmiyya, 2004.


background image

Page 42

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

6.

Burhoniddin Biqoʻiy. Nazmu-d-durar fiy tanasubi-l-ayati va-s-suvar. – Qohira: Maktabatu-l-

xanji, 2001.
7.

Manna’ al-Qattan. Mabahis fiy ulumi-l-Qur’an. – Qohira: Maktabatu-l-Ma’arif, 1999.

8.

Muhammad Abdul Halim. Understanding the Qur’an: Themes and Style. – London: I.B.

Tauris, 2011.
9.

Dr. Sâkıb Yıldız. Âyetler ve Sûreler arasındaki Münasebet. – Diyanet Dergisi, İstanbul –

1986.

Библиографические ссылки

Qur‘oni karim. - Toshkent. Hilol Nashr nashriyoti 2018.

Muhammad ibn Jarir Tabariy. Jomi’ al-bayon an ta’vil oy al-Qur’on. – Qohira: Dorul-Hadid, 1992.

Badriddin Zarkashiy. Burhan fi ulumi-l-Qur’an. – Bayrut: Daru-l-Ma’rifa, 1988.

Jaloliddin Suyutiy. Itqon fi Ulum al-Qur’on. – Qohira: Al-Maktabatu-t-Tavfiqiyya, 2010.

Faxriddin Roziy. at-Tafsiru-l-kabir. – Bayrut: Daru-l-Kutubi-l-ilmiyya, 2004.

Burhoniddin Biqoʻiy. Nazmu-d-durar fiy tanasubi-l-ayati va-s-suvar. – Qohira: Maktabatu-l-xanji, 2001.

Manna’ al-Qattan. Mabahis fiy ulumi-l-Qur’an. – Qohira: Maktabatu-l-Ma’arif, 1999.

Muhammad Abdul Halim. Understanding the Qur’an: Themes and Style. – London: I.B. Tauris, 2011.

Dr. Sâkıb Yıldız. Âyetler ve Sûreler arasındaki Münasebet. – Diyanet Dergisi, İstanbul – 1986.