Авторы

  • Xurshidbek Abduazimov
    Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodim

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126812

Ключевые слова:

gender rollari oilaviy munosabatlar oilaviy tuzilma gender tengligi globallashuv raqamli transformatsiya ijtimoiy stereotiplar oilaviy madaniyat.

Аннотация

Maqolada gender rollari va oilaviy munosabatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Gender rollarining tarixiy shakllanish dinamikasi, ularning oilaviy tuzilma va munosabatlar tizimidagi namoyon bo‘lish shakllari hamda zamonaviy globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlar chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot gender tengligini rivojlantirish va zamonaviy oilaviy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan.


background image

Page 161

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

GENDER ROLLARI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING

IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI

Abduazimov Xurshidbek

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

kichik ilmiy xodim

xurshidbekabduazimov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15705263

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Maqolada gender rollari va oilaviy munosabatlar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ijtimoiy-falsafiy nuqtai
nazardan tahlil etiladi. Gender rollarining tarixiy
shakllanish dinamikasi, ularning oilaviy tuzilma va
munosabatlar tizimidagi namoyon bo‘lish shakllari
hamda

zamonaviy

globallashuv

va

raqamli

transformatsiya jarayonlari ta’sirida yuz berayotgan
o‘zgarishlar chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot gender
tengligini

rivojlantirish

va

zamonaviy

oilaviy

madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashga
qaratilgan.

KEYWORDS

gender

rollari,

oilaviy

munosabatlar, oilaviy tuzilma,
gender tengligi, globallashuv,
raqamli

transformatsiya,

ijtimoiy stereotiplar, oilaviy
madaniyat.

Gender rollari va oilaviy munosabatlar har qanday jamiyatning ijtimoiy tuzilmasida

markaziy o‘rin tutadi. Oila shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida asosiy makon bo‘lib, gender
stereotiplari va rollarining shakllanishida hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Aynan oilaviy muhit
orqali erkaklik va ayollik haqidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanadi, genderga oid tushunchalar
va me’yorlar mustahkamlanadi. Shu bilan birga, gender rollari oilaviy munosabatlarning
xarakterini, qaror qabul qilish mexanizmlarini va oiladagi kuch taqsimotini belgilaydi.
Bugungi kunga kelib, globallashuv, raqamlashtirish va madaniy o‘zgarishlar jamiyatdagi
gender rollarini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. An’anaviy erkaklik va ayollik tasavvurlari
asta-sekin yangilanib, ularning oilaviy tuzilma va munosabatlarga ta’siri ham boshqacha tus
olmoqda. Ko‘plab zamonaviy oilalarda tenglikka asoslangan hamkorlik munosabatlari
shakllanayotgan bo‘lsa-da, patriarxal qarashlar hanuzgacha kuchli bo‘lib, bu jarayonda hal
qiluvchi to‘siq sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy ongda ildiz otgan “erkak rahbar,
ayol esa itoatkor” kabi stereotiplar tenglik sari harakatlarni sekinlashtiradi. Gender rollari va
oilaviy munosabatlarning o‘zaro aloqadorligini o‘rganish bugungi global ijtimoiy-siyosiy
muhitda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro
tashkilotlarning gender tengligini ta’minlash bo‘yicha ilgari surayotgan maqsadlari, xususan,
Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-maqsadi (gender tengligini ta’minlash) aynan oilaviy
darajadagi o‘zgarishlarni ham nazarda tutadi. Zero, gender tengligiga erishishda oilaviy
muhitni isloh qilish, stereotiplarni bartaraf etish va teng imkoniyatlar madaniyatini
shakllantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O‘zbekiston jamiyatida ham so‘nggi yillarda gender tengligini mustahkamlash, oilaviy

zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan


background image

Page 162

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” Qonun gender tengligini konstitutsiyaviy tamoyil
darajasiga ko‘targan bo‘lsa

1

, 2025-yilgi O‘RQ-1053-son Qonun maishiy zo‘ravonlikdan

jabrlanganlarni real himoya qilishni nazarda tutadi

2

. Demak, raqamlashtirish oiladagi

transformatsiyani kuchaytirayotgan bo‘lsa, huquqiy yangilanishlar bu jarayonni barqarorlik
va tenglik sari yo‘naltirmoqda.

Biroq amaliy hayotda an’anaviy gender stereotiplari oilaviy munosabatlarga hamon

kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli gender rollarining tarixiy shakllanishini, ularning
oilaviy tuzilma va munosabatlar tizimidagi namoyon bo‘lish shakllarini, zamonaviy
globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlarni
chuqur tahlil qilish nafaqat ilmiy, balki amaliy nuqtai nazardan ham dolzarbdir.

Asosiy qism.

Gender rollari va oilaviy munosabatlarning zamonaviy ijtimoiy

ko‘rinishlari haqida so‘z borganda, birinchi navbatda, genderning o‘zi qanday shakllanishi va
amal qilishi masalasiga e’tibor qaratish lozim. Bu borada

Judith Butler

ning

“Gender Troubles”

asarida ilgari surilgan yondashuvi alohida ahamiyatga ega

3

. U genderni ijtimoiy-harakatlar

tizimi ya’ni, odamlar o‘zlariga yuklatilgan jinsiy rollarni ijtimoiy maydonda qanday “ijro
etishlari” orqali shakllanadigan fenomen deb hisoblaydi. Butlerning fikricha, erkak yoki ayol
sifatida tan olinish bu biologik emas, balki doimiy takrorlanuvchi ijtimoiy aktyorlik natijasidir.

O‘zbekiston jamiyatida ham gender rollarining avloddan avlodga o‘tib kelayotgan

an’anaviy shakllari masalan, “ayol tarbiyachi”, “erkak esa boquvchi” kabi yondashuvlar aynan
shu performativ model orqali davom etayotgani kuzatiladi.

Bunday struktural kuch munosabatlarining jamiyatda qanday ierarxiyalashganini

tushunish uchun esa

Raewyn Connell

ning “Hegemonyal erkaklik” nazariyasi muhim

metodologik asos bo‘la oladi. Connell jamiyatda bir jinsiy model ayniqsa, murosasiz, hukmron
erkaklik qanday qilib boshqa erkaklik turlarini (masalan, muloyimlik, emotsional ochiqlik) va
ayollikni nazorat ostida ushlab turishini tushuntiradi

4

. O‘zbekiston sharoitida bu ayniqsa aniq

ko‘zga tashlanadi: masalan, qaror qabul qilishda erkaklarning ustun pozitsiyasi, ayollarning
o‘zini ifoda etishida “sabrli”, “bosiq” bo‘lish kutilishi Connell aytgan gender ierarxiyalarining
aniq ifodasidir.

Mazkur nazariy yondashuvlar o‘zbek olimlarining amaliy kuzatuvlari bilan ham

uyg‘unlashadi. Jumladan,

N. Yusupova

ning

“Gender tengligi va oilaviy qadriyatlar uyg‘unligi

masalalari”

nomli tadqiqotida O‘zbekiston jamiyatidagi gender stereotiplari va ularning

oilaviy hayotdagi namoyon bo‘lishi empirik asosda tahlil qilinadi

5

. Yusupova so‘rovnomalar

orqali shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab respondentlar hali-hanuz erkakni “oilada yagona rahbar”
deb biladi, ayolning asosiy roli esa “bola tarbiyasi va uy ishlariga mas’uliyat” bilan bog‘langan.
Biroq, ayni tadqiqotda ta’kidlanishicha, yosh avlod orasida bu yondashuvlar asta-sekin
o‘zgarib bormoqda. Ayollarning iqtisodiy mustaqilligi va ta’lim olish imkoniyati ortib
borayotgani, ularning oila ichida ham faol subyektga aylanayotganini ko‘rsatadi.






background image

Page 163

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Oilaviy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi bevosita jamiyatdagi umumiy

ijtimoiy munosabatlar xususiyatiga bog‘liq. Ya’ni, ma’lum bir davr yoki hudud jamiyatida
qanday ijtimoiy tizim hukmron bo‘lsa, oilalardagi ichki munosabatlar ham shu tizim
qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, an’anaviy qishloq jamoalarida yashovchi oilalarda
patriarxal tartib hukm surib, unda ota oila boshlig‘i, asosiy qaror qabul qiluvchi; ona esa
bolalar tarbiyasi va ro‘zg‘or uchun mas’ul ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p avlodli
oilalarda bunday patriarxat yanada kuchli ya’ni katta ota yoki boboning so‘zi hamma uchun
qonun, katta onaning uy ichidagi mavqei yuqori bo‘lgan. Bunday tuzilma asrlar davomida
saqlanib kelgan bo‘lib, aslida jamiyatdagi mulkchilik munosabatlari va mehnat taqsimotining
oiladagi aksidir. Erkaklar jamoat va xo‘jalik ishlarida yetakchilik qilgan, ayollar esa uy ichidagi
mehnatni zimmasiga olgan va erkakka bo‘ysungan.

Sharq falsafasida oila tinchligi va mustahkamligi yuksak qadriyat sanaladi. Xalqimiz

orasida “Oila – kichik davlat” degan naql yuradi. Darhaqiqat, oilada jamiyatning mini modeli
mujassam: unda ham o‘zaro burch va mas’uliyatlar taqsimoti, hokimiyat va itoat tamoyillari,
mehr-oqibat va tarbiya jarayonlari mavjud. Milliy urf-odatlarimizda oilaviy totuvlik eng oliy
baxt sifatida ulug‘lanadi. Shu bois turmush o‘rtog‘ining xiyonati yoki ajralish kabi hodisalar
ijtimoiy ongda salbiy baholanadi. Aksincha, farzandlarni ulg‘aytirib, ularni jamiyatga foydali
insonlar qilib voyaga yetkazgan ota-onalar hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ladi. Oila va jamiyat
o‘zaro munosabatlarini turli ijtimoiy nazariyalar ham o‘ziga xos izohlaydi. Masalan,
strukturaviy-funksional yondashuvga ko‘ra, oila jamiyat barqarorligini ta’minlovchi asosiy
bo‘g‘in bo‘lib, undagi har bir a’zo o‘ziga xos funksiyani bajarishi muhim. Bu nazariya doirasida
an’anaviy gender rollari oilaning tabiiy tuzilishi sifatida ko‘riladi.

Boshqa tanqidiy nazariyalarda esa oila tuzilmasi jamiyatdagi kuchlar va hukmronlik

munosabatlarining ifodasidir, degan qarash ilgari suriladi. Jumladan, feminist nazariya
oiladagi patriarxal tartibni ayollarni tobe holatda ushlab turuvchi ijtimoiy mexanizm deb
baholaydi. Ayollar va erkaklar rollarining oilada noteng taqsimlanishi jamiyat miqyosida
gender tengsizlik va hokimiyat muvozanatsizligiga olib kelishi ta’kidlanadi. Haqiqatan ham,
agar oilada qaror qabul qilish huquqi faqat erkakka tegishli bo‘lib, ayolning fikri inobatga
olinmasa, bu holat xotin-qizlarning jamiyatdagi faoliyatiga ham salbiy ta’sir etadi. O‘z
navbatida, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tengsizliklar oiladagi kuchlar nisbatida ham aks
etadi. Erning daromadi baland bo‘lib, xotin iqtisodiy jihatdan turmush o‘rtog‘iga qaram bo‘lsa,
oilada erning so‘zi mutlaq ustun bo‘lishi tabiiy. Demak, oilaviy munosabatlar va gender
masalasi bir-biriga uzviy aloqador. Oilada qaror topgan rollar tizimi jamiyatdagi gender
tartibotini belgilaydi, jamiyat miqyosida yuz berayotgan gender tenglik yo‘lidagi o‘zgarishlar
esa, tabiiy ravishda, oiladagi munosabatlarga ham ta’sir qiladi.

Jamiyatda yuz berayotgan gender o‘zgarishlari eng avvalo oiladagi erkak va ayol

rollarida namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda ko‘plab oilalarda turmush o‘rtoqlar yangi
sharoitlarga moslashishga harakat qilmoqda. Ayol ham ishlash va o‘zini ro‘yobga chiqarishga
intilmoqda, erkak esa faqat iqtisodiy ta’minot bilangina cheklanmasdan, farzand tarbiyasida
ham ishtirok etishi kutilmoqda. Biroq, amalda bu jarayon ancha murakkab kechmoqda.
An’anaviy tarbiya olgan er-xotinlar ko‘p hollarda eski rollardan voz kecha olmaydi: erkak
o‘zini “oilani boqish” bilan cheklab, uy yumushlarini butunlay ayol zimmasiga tashlab qo‘yadi;
ayol esa ishda band bo‘lsa-da, baribir “uy ishi meniki” deb, yordam so‘rashni odobga xilof deb
biladi. Natijada yosh oilalarda kelishmovchiliklar kelib chiqishi kuzatilmoqda.


background image

Page 164

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oilaviy nizolarning muhim sabablaridan biri uy

xo‘jaligidagi vazifalarning noadolatli taqsimlanishi va genderga oid kutilmalarning mos
kelmasligidir. Xususan, ayol ham to‘la ish kuni band bo‘lib, charchab qaytgach, uyda yana
barcha yumush va farzand parvarishini yolg‘iz o‘zi zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa
ortiqcha jismoniy va ruhiy zo‘riqish (haddan tashqari charchoqlik) keltirib chiqarib, turmush
o‘rtoqlar o‘rtasida norozilik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Erkak esa, o‘z navbatida, an’anaviy
“er xonadon boshlig‘i” mavqeini yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chib, uy ishlari yoki farzand
parvarishiga aralashishni istamasligi mumkin. Bunday vaziyatda er-xotin o‘rtasidagi keskinlik
kuchayib boradi va natijada ajralish holatlari oshadi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, so‘nggi o‘n
yillikda (2015–2022) 35 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar o‘rtasidagi ajralishlar soni 27 % ga
oshgan(jadval 1). Ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori masalan, Farg‘ona
vodiysida har uchta oiladan biri ajrashmoqda, ajralishlarning 70 % ini ayollarning tashabbusi
tashkil etib, ular asosiy sabab sifatida “ruhan charchoq” va “turmush o‘rtog‘ining oilaviy
mas’uliyatni bo‘lishmasligi”ni ko‘rsatganlar

6

. Ushbu faktlar oiladagi gender nomutanosiblik

jiddiy oqibatlarga olib kelayotganini va uni hal etish zarurligini ko‘rsatadi.

Jadval 1

7











O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar soni (2020-2024)


Yosh oilalar misolida gender rollarining qayta shakllanishi ayniqsa yaqqol ko‘zga

tashlanadi. Ko‘pgina zamonaviy juftliklar an’anaviy oilaviy modeldan farqli ravishda,
“turmush o‘rtoq hamkor” tamoyiliga asoslangan tenglikka erishishga intiladilar. Bunday
oilalarda qarorlarni er va xotin birgalikda qabul qilishadi, iqtisodiy va maishiy majburiyatlarni
ham imkon qadar adolatli taqsimlashga harakat qilishadi. Psixologlar va sotsiologlar bunday
yondashuv oilaviy baxtiyorlik va barqarorlikni oshirishini ta’kidlashmoqda. Haqiqatan ham,
vazifalarning teng bo‘lishi, har ikki tomon bir-birining mehnatini qadrlashi nizolarni
kamaytirib, oila mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ammo oilada to‘liq gender tenglikka erishish amalda oson emas va bu jarayonda ijtimoiy

norma va qarashlarning o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Oilaviy munosabatlarga
katta avlodning aralashuvi, an’anaviy qarashlarning bosimi yosh juftliklarga ta’sir o‘tkazib,
ularning yangicha hayot tarzini qabul qilishini qiyinlashtiradi. Masalan, yangi turmush qurgan
kelin-kuyov alohida yashashga intilmasa, bir uyda qaynota-qaynonalar bilan birga istiqomat

28200

39300

48700

49200

45100

0

10000

20000

30000

40000

50000

60000

2020

2021

2022

2023

2024


background image

Page 165

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

qilganda, odatda, kelinning barcha uy yumushlarini bajarishi odat tusiga aylanadi. Yosh er esa
ota-onasi oldida “xotiniga bo‘ysunib qolgan” degan tamg‘adan qo‘rqib, rafiqasiga uy ishlarida
yordam bermaslikka intiladi. Bunday holatlarni o‘zgartirish uchun nafaqat yoshlarning o‘z
ongi, balki butun oila a’zolarining dunyoqarashi yangilanishi talab etiladi.

Shu bilan birga, ijobiy tendensiyalar ham kuzatilmoqda. Ba’zi oilalar allaqachon erkak va

ayol rollarini zamon talablariga moslashtirib, muvaffaqiyatli hayot kechirishmoqda. Masalan,
er-xotin birgalikda biznes yuritayotgan, farzand parvarishini navbatma-navbat bo‘lishib
bajaradigan, maishiy yumushlarni imkon qadar yengillashtirish uchun texnik vositalar va
xizmatlardan foydalanuvchi oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarda ayol ham, erkak
ham o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lib, ayni paytda farzandlar
uchun ham sog‘lom tarbiya muhiti yaratiladi. Jamiyatda bu kabi namunaviy oilalarning
ko‘payishi gender rollarining sog‘lom shakllanishi va xotin-qizlar hamda erkaklar o‘rtasida
haqiqiy tenglikka erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda gender tengligiga erishish yo‘lida bir qator yechimini

kutayotgan muammolar mavjud. Eng avvalo, chuqur ildiz otgan

gender stereotiplari

masalasi turibdi. Patriarxal qarashlar jamiyat ongida hanuz kuchli bo‘lib, ular nafaqat
ayollarning imkoniyatlarini cheklaydi, balki ko‘p hollarda zo‘ravonlik va tazyiqlarni ham oqlab
qo‘yishga xizmat qiladi. Masalan, “erkak – bosh, xotin – itoatkor” degan tamoyilga qattiq amal
qilinadigan muhitlarda ayolga nisbatan qo‘pol munosabat yoki hatto qo‘l ko‘tarish “oilani
saqlash” bahonasida oqlanishi mumkin. Oila ichidagi zo‘ravonlikning ko‘plab hollari aynan
shunday stereotiplarning oqibati ekanini tadqiqotlar tasdiqlaydi

8

. Gender stereotiplari

bolalikdan shakllanar ekan, ularni yo‘qotish eng qiyin ijtimoiy-psixologik vazifalardan biridir.

Ikkinchi muammo

iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklar

dir. Ayollar mehnat bozorida

hanuz zaif pozitsiyada turibdi. Ular orasida ishsizlik darajasi yuqori, ko‘p hollarda norasmiy
sektorda band bo‘lishadi yoki past maoshli ishlarni bajarishadi. O‘rtacha hisobda ayollarning
daromadi erkaklarnikidan ancha kam. Ayollar erkaklar oladigan 1 AQSh dollariga nisbatan
taxminan 62,5 sent ishlab topadi

9

. Ayollar orasida kambag‘allik darajasi ham nisbatan yuqori

bo‘lib, bu ularning ta’lim olish va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlariga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchi muammo ayollarning qaror qabul qilish jarayonlarida yetarlicha ishtirok

etmasligi. Yuqorida qayd etilganidek, parlament va mahalliy kengashlarda ayollar ulushi
oshgan bo‘lsa-da, ijro hokimiyati va biznesning yuqori qatlamida ular juda kam(jadval 2).
Masalan, hozirgi kunda birorta viloyat hokimi yoki vazir ayol emas, yirik kompaniyalar
rahbariyatida ham xotin-qizlar juda sanoqli. Siyosiy partiyalar va davlat boshqaruvida ayol
kadrlar sonini ko‘paytirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Bu borada kvotalar joriy etish,
ayollarning liderlik malakalarini oshirish dasturlarini kengaytirish kabi choralar taklif
etilmoqda.

O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy resurslarga kirish darajasi



background image

Page 166

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

jadval 2

10













To‘rtinchidan,

huquqiy madaniyat va huquqni qo‘llashdagi kamchiliklar

ham

ahamiyatlidir. Ayollarni kamsitish qonunan taqiqlangan, zo‘ravonlik uchun javobgarlik
belgilangan bo‘lsa-da, amaliyotda bu normalar hamisha to‘liq ishlamayapti. Ba’zi joylarda
huquqni muhofaza qilish amaliyotida oilaviy janjallarga “aralashmaslik”, “nomus qilmanglar,
yarashib olinglar” qabilidagi yondashuvlar uchramoqda. Ayrim mahalla faollari va
mutasaddilar oilani saqlab qolishni ayolning manfaatidan ustun qo‘yib, zo‘ravon erkakni
kechirishga undaydigan hollar kuzatilgan

11

. Bu esa yangi qonunlarning haqiqiy samarasini

pasaytiradi.

Yana bir jiddiy masala ijtimoiy infratuzilmaning yetarli emasligidir. Ayniqsa, qishloq

joylarda suv, gaz, elektr ta’minotidagi muammolar uy yumushlarini og‘irlashtiradi, natijada
ayollar katta vaqt va energiyasini kundalik maishiy ishlar (masalan, qo‘l bilan kir yuvish,
hovlidan suv tashish, o‘tin yoki ko‘mir tayyorlash) ga sarflashga majbur bo‘lmoqda. Bu vaqt va
kuchni ular ta’lim olish yoki kasbiy rivojlanishga yo‘naltira olmasligi tabiiy. Shuningdek,
reproduktiv salomatlik masalalarida ham ayrim stereotiplar zarar yetkazmoqda: masalan,
ba’zi hududlarda qizlarning ginekolog ko‘rigiga borishi “uyat” deb ko‘riladi, homilador
ayollarning muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi sust, oqibatda onalar sog‘lig‘iga doir
muammolar (masalan, homiladorlik yoki tug‘ish paytida asoratlar) kelib chiqishi hollari
uchrab turadi

12

.

Sanab o‘tilgan muammolar bilan bir qatorda, istiqbolda ijobiy siljishlar ham mavjud va

ularni yanada kengaytirish lozim. Avvalo, davlat miqyosida siyosiy iroda kuchayganini
ta’kidlash joiz. Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha qator strategik hujjatlar va “yo‘l
xaritalari” qabul qilinib, izchil amalga oshirilmoqda. Ularning ijrosi doirasida mansabdor
shaxslar va xodimlar uchun gender bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda, normativ-huquqiy
hujjatlar gender ekspertizasidan o‘tkazilayotir. BMT agentliklari va boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikda, masalan, ayollar rahbarligini qo‘llab-quvvatlash, xotin-
qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan maxsus loyihalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu

10,70%

37,30%

38%

36,30%

67,10%

89,30%

62,70%

62%

63,70%

65,10%

Ish beruvchilar

Yakka tartibdagi tadbirkorlar

Firma egaligi

Yerga egalik

Kredit olish imkoniyati

Erkaklar

Ayollar


background image

Page 167

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

tashabbuslar ayollarning siyosiy-iqtisodiy ishtirokini oshirish uchun yangi imkoniyatlar
yaratmoqda.

Ta’lim sohasi ham istiqbolda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Mutaxassislar fikricha,

maktab va oliy ta’lim dasturlariga gender tenglik mavzularini kiritish, o‘quvchilarda
yoshligidan teng huquqlilik g‘oyalarini shakllantirish lozim. Bu borada ayrim qadamlar
tashlangan – pedagogik kadrlarni tayyorlashda gender masalalari bo‘yicha alohida kurslar
joriy etilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Kelgusida har bir maktab va oliygohda gender
tenglikni targ‘ib qiluvchi ma’rifiy ishlarni kuchaytirish rejalashtirilgan.

Eng asosiysi, jamiyatda asta-sekin ong o‘zgarishi sezilmoqda. Bugungi kunda yosh avlod

vakillarining dunyoqarashi avvalgi avlodlarga qaraganda ochiqroq. Global axborot oqimi
tufayli ular gender tenglikning zamonaviy jamiyat uchun nechog‘li zarur ekanini yaxshiroq
anglab yetishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar
paydo bo‘lmoqda, bloger va jurnalistlar gender mavzularini yoritmoqda. Bu muammolarni
yashirmay, keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish muhitini yaratmoqda.

Ayni paytda, erkaklar orasida ham ushbu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotganlar

ko‘paymoqda. Ayollar mavqei faqat ayollar masalasi emas, balki butun jamiyat taraqqiyoti
uchun muhim ekani anglanmoqda. Zero, jamiyatning yarmi bo‘lgan xotin-qizlarning
intellektual va iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalana olmaslik mamlakat rivojlanishiga
to‘siqdir. Agar ayollar mehnat bozorida erkin va teng ishtirok etib, yuqori lavozimlarda ham
o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatsa, bundan eng avvalo jamiyatning o‘zi yutadi farovonlik oshadi,
innovatsiya jarayonlari tezlashadi. Shu bois kelgusida gender tenglikka erishish yo‘lida
amalga oshirilajak ishlar nafaqat ijtimoiy-adolat nuqtai nazaridan, balki iqtisodiy va
demografik barqarorlik nuqtai nazaridan ham ulkan ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, gender rollari va oilaviy munosabatlar masalasi
O‘zbekistonda murakkab tarixiy jarayonlar va hozirgi davr o‘zgarishlari bilan uyg‘unlashgan
holda namoyon bo‘lmoqda. Patriarxal an’analardan meros qolgan stereotiplar hali ham
barqaror bo‘lsa-da, davlat siyosati darajasida va jamoatchilik ongida bosqichma-bosqich
yangilanish jarayoni kechaymoqda. Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash faqat
huquqiy yoki axloqiy ehtiyoj emas, balki jamiyatning barqaror rivojlanishi va har bir oila
farovonligi uchun zarur omildir. Gender tenglik yo‘lida O‘zbekiston jamiyati oldida turgan
vazifalar an’anaviy qarashlarni yengib o‘tish, ta’lim-tarbiya orqali yangi avlod ongiga teng
huquqlilik tamoyillarini singdirish, qonun va dasturlarni hayotga samarali tatbiq etish izchil
amalga oshirilsa, jamiyatning ijtimoiy-falsafiy qiyofasida sifat o‘zgarishi ro‘y beradi. Erkak va
ayolning jamiyat hamda oiladagi roli uyg‘unlashgan, teng va hamkorlikka asoslangan hayot
tarziga erishish esa O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi

O‘RQ-562-son https://lex.uz/docs/-4494849
2.

“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-

1053-son https://lex.uz/docs/7469379
3.

Abigail Warren, “Who’s afraid of gender?” by Judith Butler explores new ideas about

gender ideology, 2024, https://lhslance.org/2024/arts-entertainment/book-review-whos-
afraid-of-gender-by-judith-butler-explores-new-ideas-about-gender-ideology/?utm


background image

Page 168

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

4.

R. W. Connell and James W. Messerschmidt, Hegemonic Masculinity: Rethinking the

Concept, 2016,
5.

https://www.etnologia.uw.edu.pl/sites/default/files/hegemonic_masculinity_connell_and_

messerschmidt.pdf?um
6.

N. Yusupova, “Gender tengligi va oilaviy qadriyatlar uyg‘unligi masalalari”, 2022

https://api.moiti.uz/media/book/Конференция_15-sentabr.pdf?utm
7.

Lazizaxon Baxtiyor-qizi Kadiradjieva, “ Gender Aspects of Household Duties Distribution as

a Factor of Conflicts and Divorces in Young Families in Uzbekistan” 2025. ijmmu.com
8.

UNDP, “Negative Impact of Gender Stereotypes and Patriarchal Attitudes on Gender

Equality in Uzbekistan”, 2022, https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2023-
03/Gender%20Stereotypes%20final%20%284%29.pdf#:~:text=Gender,a%20woman%20ca
nnot%20spend%20money
9.

CABAR.asia,

Uzbekistan:

It's

All

About

Stereotypes,

https://longreads.cabar.asia/femalebusinessuz_eng#:~:text=According%20to%20the%20Sta
te%20Committee,every%20dollar%20earned%20by%20men
10.

Kamola Sobirova, How gender stereotypes are changing in Uzbekistan, 2022,

https://kz.kursiv.media/en/2022-05-11/how-gender-stereotypes-are-changing-in
uzbekistan/#:~:text=In%202019%20Uzbekistan%20adopted%20a,choice%20but%20to%2
0commit%20suicide

Библиографические ссылки

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son https://lex.uz/docs/-4494849

“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1053-son https://lex.uz/docs/7469379

Abigail Warren, “Who’s afraid of gender?” by Judith Butler explores new ideas about gender ideology, 2024, https://lhslance.org/2024/arts-entertainment/book-review-whos-afraid-of-gender-by-judith-butler-explores-new-ideas-about-gender-ideology/?utm

R. W. Connell and James W. Messerschmidt, Hegemonic Masculinity: Rethinking the Concept, 2016,

N. Yusupova, “Gender tengligi va oilaviy qadriyatlar uyg‘unligi masalalari”, 2022 https://api.moiti.uz/media/book/Конференция_15-sentabr.pdf?utm

Lazizaxon Baxtiyor-qizi Kadiradjieva, “ Gender Aspects of Household Duties Distribution as a Factor of Conflicts and Divorces in Young Families in Uzbekistan” 2025. ijmmu.com

UNDP, “Negative Impact of Gender Stereotypes and Patriarchal Attitudes on Gender Equality in Uzbekistan”, 2022, https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2023-03/Gender%20Stereotypes%20final%20%284%29.pdf#:~:text=Gender,a%20woman%20cannot%20spend%20money

Kamola Sobirova, How gender stereotypes are changing in Uzbekistan, 2022, https://kz.kursiv.media/en/2022-05-11/how-gender-stereotypes-are-changing-in uzbekistan/#:~:text=In%202019%20Uzbekistan%20adopted%20a,choice%20but%20to%20commit%20suicide