Авторы

  • Dildora Ruziyeva
    Osiyo xalqaro universiteti pedagogika mutaxassisligi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126819

Ключевые слова:

oliy ta’lim ilmiy tadqiqot moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Аннотация

Hozirgi globallashuv davrida oliy taʼlim tizimi mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishi, innovatsion faoliyatning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqola rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining mazmuni va shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochiq ifoda etadi.


background image

Page 130

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMINING

MAZMUNI VA SHAKLLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Ruziyeva Dildora Faxriddinovna

Osiyo xalqaro universiteti pedagogika

mutaxassisligi 1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15705122

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Hozirgi globallashuv davrida oliy taʼlim tizimi
mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishi, innovatsion
faoliyatning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikni
taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu
maqola rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim
tizimining mazmuni va shakllarining o‘ziga xos
xususiyatlarini ochiq ifoda etadi.

KEYWORDS

oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot,
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Oliy taʼlim tizimi – bu jamiyatga yuqori malakali mutaxassislar, olimlar va innovatorlar

yetkazib beruvchi murakkab ijtimoiy institutdir. U inson kapitalini shakllantiradi, ilm-fan va
texnologik taraqqiyotga xizmat qiladi, davlatning raqobatbardoshligini oshiradi. Oliy taʼlim
nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni, balki ijtimoiy ong, fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy
fikrlash va liderlik salohiyatini ham rivojlantiradi. Hozirgi globallashuv davrida oliy taʼlim
tizimi mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishi, innovatsion faoliyatning kuchayishi va
ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ko‘plab
davlatlar taʼlim tizimiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Jon Genri Nyumaning “The Idea of a University” asari universitet ta’limining mohiyati va

uning jamiyatdagi o‘rni haqida chuqur fikrlarni o‘z ichiga oladi. U universitetni nafaqat bilim
olish joyi, balki shaxsiy va ma’naviy rivojlanish uchun muhim muhit sifatida ko‘radi. Nyuman
ta’lim jarayonida bilimlarning birligi va turli fanlar o‘rtasidagi aloqalarning ahamiyatini
ta’kidlaydi. U ta’limni faqat amaliyot uchun emas, balki insonning ruhiy rivojlanishi uchun
ham zarur deb biladi. Universitetda o‘qitish jarayoni talabalarga mustaqil fikrlash va tahlil
qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Nyuman

1

o‘qituvchilarni

talabalarga shaxsiy yondashuvni qo‘llashga chaqiradi, chunki o‘qituvchilar va talabalar
o‘rtasidagi aloqalar ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omillardandir. Bu
aloqalar talabalarga bilimlarni chuqurroq anglash va o‘z fikrlarini shakllantirish imkonini
beradi. Shuningdek, universitet ijtimoiy va madaniy taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Nyuman ta‘limning jamiyatdagi o‘rni va uning insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyatini
ko‘rsatadi. Universitet nafaqat bilimlarni tarqatish, balki ma‘naviy qadriyatlarni tarbiyalovchi
muassasa sifatida ham xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, kelajak avlodlarning ma’naviy va
axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishiga yordam beradi. Nyumaning g’oyalari universitet ta’limining


background image

Page 131

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

nazariyasi va amaliyoti haqida chuqur tushunchalar beradi. U universitetni nafaqat bilim olish
joyi, balki shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy taraqqiyotning markazi sifatida ko‘radi. Bu fikrlar
zamonaviy ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, universitetlarning roli va vazifalarini
qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Shunday qilib, Nyumaning asari universitet ta’limining
haqiqiy mohiyatini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Oliy taʼlim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Ilmiy-

tadqiqotlar va innovatsiyalar aynan oliy taʼlim muassasalarida shakllanadi. Yuqori malakali
kadrlar tayyorlanishi esa ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, davlat
boshqaruvi kabi barcha sohalarda sifatli yondashuvni taʼminlaydi. Shuningdek, oliy taʼlim
ijtimoiy tenglik, inklyuzivlik va barqaror rivojlanishga xizmat qiladi. Oliy taʼlim orqali yoshlar
o‘z hayot yo‘nalishini belgilaydi, shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatga erishadi. Rivojlangan
mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar)
tajribasiga nazar tashlasak, oliy taʼlim tizimining samarador boshqaruvi ularning
muvaffaqiyatida muhim omil bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ushbu mamlakatlarda oliy taʼlim
boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

Avtonomiya va masʼuliyat:

Oliy taʼlim muassasalari mustaqil faoliyat yuritadi, o‘z

akademik va moliyaviy siyosatini belgilaydi, biroq natijalari uchun javobgar bo‘ladi.

Tahliliy yondashuv:

Qarorlar ilmiy tadqiqotlar, bozor tahlillari va statistika asosida

qabul qilinadi.

Davlat-xususiy sheriklik:

Taʼlim sifati va infratuzilmasini yaxshilash uchun davlat va

xususiy sektor hamkorlik qiladi.

Sifat nazorati tizimi:

Akkreditatsiya va reytinglar orqali taʼlim sifati doimiy baholab

boriladi.

Xalqaro integratsiya:

Talaba va professorlar almashinuvi, qo‘shma dasturlar va xalqaro

grantlar orqali global taʼlim makoniga integratsiya qilinadi.

Oliy taʼlim – bu nafaqat kadrlar tayyorlash tizimi, balki har tomonlama taraqqiyotning,

ilmiy-texnikaviy yuksalishning va barqaror ijtimoiy rivojlanishning asosi hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, oliy taʼlim tizimi samarali boshqarilgan
taqdirda, mamlakatning global maydondagi raqobatbardoshligi ortadi, fuqarolik jamiyati esa
barqaror rivojlanadi. Oliy taʼlim tizimi — jamiyatning intellektual va madaniy rivojlanishida
muhim rol o‘ynovchi murakkab tizimdir. U nafaqat bilim berish, balki ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy jarayonlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Oliy taʼlim tizimining boshqaruvi esa uning
samaradorligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali oliy
taʼlim tizimining nazariy asoslarini, uning komponentlarini, rivojlanish bosqichlari va global
tendensiyalari o‘rganilgan. Oliy taʼlim tizimining nazariy asoslari bir qator ijtimoiy, iqtisodiy
va madaniy nazariyalarga tayangan holda shakllanadi. Ushbu nazariyalar, asosan, taʼlimning
maqsadi, vazifalari va uning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yuritadi. Masalan, funksionalizm
nazariyasi taʼlimni jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi muhim mexanizm sifatida ko‘radi.
Ushbu nuqtai nazardan, oliy taʼlim tizimi ijtimoiy ierarxiyani yaratadi va jamiyatning turli
qatlamlari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlaydi. Boshqa tomondan, konstruktivizm nazariyasi
taʼlim jarayonini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi interaktiv munosabat sifatida ko‘rib,
bilimning o‘zaro almashinuvi va yaratilishiga e’tibor qaratadi. Bu nazariyalar oliy taʼlim
tizimining boshqaruvi uchun muhim yo‘nalishlarni belgilaydi.


background image

Page 132

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Oliy taʼlim tizimi bir necha asosiy bosqichlardan iborat. Ular quyidagilar:
1. Bakalavriat: 3-4 yillik dastur bo‘lib, fundamental nazariy bilimlar va dastlabki kasbiy

tayyorgarlikni beradi.

2. Magistratura: 1–2 yillik chuqurlashtirilgan ilmiy va kasbiy tayyorgarlik bosqichi. U

asosan tadqiqotga yo‘naltirilgan.

3. Aspirantura: 3 yillik oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajalar olish uchun

mo‘ljallangan ta’lim shakli bo'lib, asosan ilmiy tadqiqotlar olib borish va doktorlik
dissertatsiyasini yozishga qaratilgan.

4. Doktorantura (PhD yoki DSc): 2-3 yillik ilmiy-tadqiqot ishlariga ixtisoslashgan yuqori

bosqich bo‘lib, fan doktori darajasini olishga tayyorlaydi.

Oliy taʼlim muassasalari:

Universitetlar

. Har xil yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli taʼlim, ilmiy-tadqiqot va

innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Institutlar

. Muayyan soha yoki sohaga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari (masalan,

pedagogika, tibbiyot).

Akademiyalar.

Ma’lum bir fan yoki kasbiy yo‘nalishda chuqurlashgan ta’lim va ilmiy

izlanish olib boradi.

Texnologik universitetlar yoki oliy texnika maktablari.

Texnik, muhandislik, IT

yo‘nalishlarida maxsuslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari.

Qo‘shimcha tarkibiy qismlar: ilmiy tadqiqot institutlari (universitetga qarashli bo‘lishi

mumkin), o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, kafedralar va fakultetlar, malaka oshirish va qayta
tayyorlash markazlari, yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualari va boshqa
infratuzilmalar.

1-jadval.
Oliy taʼlim tizimi o‘z rivojlanishidagi 4 bosqich.


1.

Globalizatsiya

Oliy taʼlim tizimi global miqyosda hamkorlik va aloqalarni
rivojlantiradi. Taʼlim muassasalari xalqaro darajada tan olinadi va
talabalar uchun chet elda taʼlim olish imkoniyatlari oshadi.


2.

Modernizatsiya

Taʼlim jarayonida yangi texnologiyalar va innovatsiyalar joriy
etiladi. Taʼlim dasturlari zamonaviy talablar va global
tendensiyalarga moslashtiriladi.

3.

Kengayish

va

diversifikatsiya

Oliy taʼlim tizimi kengayib, yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar
paydo bo‘ladi. Bu bosqichda taʼlim muassasalari o‘rtasida raqobat
kuchayadi.

4.

Boshlang‘ich
rivojlanish

Bu bosqichda oliy taʼlim tizimi yangi shakllanish jarayonida
bo‘ladi. Taʼlim muassasalari tashkil etilib, dastlabki taʼlim
dasturlari ishlab chiqiladi.

Hozirgi kunda oliy taʼlim tizimi globallashuv jarayonlari, texnologik o‘zgarishlar va

ijtimoiy talablar bilan bog‘liq bir qator tendensiyalarga duch kelmoqda. Ular orasida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: COVID-19 pandemiyasi davrida onlayn taʼlimning
ahamiyati yanada oshdi. Oliy taʼlim muassasalari masofaviy taʼlim platformalarini joriy etish
orqali o‘quv jarayonini davom ettirishga muvaffaq bo‘ldilar. Taʼlimning kreativ va innovatsion
yondoshuvlari talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim dasturlari zamonaviy
texnologiyalar va metodologiyalar bilan boyitiladi. Oliy taʼlim muassasalari ijtimoiy


background image

Page 133

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda, jamiyatning muammolarini hal qilishga
ko‘maklashishi kerak. Bu, o‘z navbatida, taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Oliy taʼlim
tizimida xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi muhim ahamiyatga ega. Taʼlim
muassasalari o‘rtasida o‘zaro aloqalar va hamkorliklar rivojlanmoqda, bu esa taʼlim sifatini
yanada oshiradi.

Oliy taʼlim tizimi va uning boshqaruvi — murakkab va ko‘p qirrali jarayonlar to‘plami

bo‘lib, u jamiyatning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Nazariy asoslar, komponentlar,
rivojlanish bosqichlari va global tendensiyalar bu tizimning samaradorligini belgilovchi
omillardir. Oliy taʼlim tizimining boshqaruvi, taʼlim sifatini oshirish va jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, oliy taʼlim
tizimining zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlanishi va boshqarilishi har bir mamlakat
uchun ustuvor vazifadir. Oliy taʼlim tizimi har bir jamiyatning intellektual, iqtisodiy va
madaniy rivojlanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. U nafaqat kasbiy malakali kadrlarni
tayyorlash, balki ijtimoiy ongli, zamonaviy bilimlarga ega, innovatsion fikrlovchi shaxslarni
tarbiyalash vazifasini ham bajaradi. Bugungi kunda dunyo miqyosida oliy ta’lim tizimining
boshqaruvi keng ko‘lamli ilmiy yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va global
tendensiyalar asosida shakllanmoqda. Avvalo, oliy taʼlim tizimini boshqarishning nazariy
asoslari haqida to‘xtalib o‘tsak, bu borada bir nechta yondashuvlar mavjud. Sistemali
yondashuv oliy ta’lim muassasalarini yagona tizim sifatida ko‘rib, uning barcha tarkibiy
qismlarini uyg‘unlikda boshqarishni taklif qiladi. Stratejik boshqaruv esa uzoq muddatli
maqsadlarni belgilab, resurslardan oqilona foydalanish orqali samaradorlikni oshirishni
ko‘zda tutadi. Inson kapitali nazariyasi esa ta’limni jamiyat rivojiga yo‘naltirilgan investitsiya
sifatida ko‘radi. Oliy taʼlim tizimi bir nechta muhim komponentlardan iborat. Bular davlat
siyosati va normativ-huquqiy baza, oliy o‘quv yurtlari, taʼlim dasturlari, professor-
o‘qituvchilar, talabalar, moliyaviy resurslar va infratuzilma, shuningdek, taʼlim sifatini
baholash tizimidir. Har bir komponent tizimning mustahkam faoliyat yuritishida muhim
ahamiyatga ega. Tarixiy jihatdan qaralganda, oliy ta’lim tizimi bir necha bosqichlarni bosib
o‘tgan. Ilk bosqichda diniy va falsafiy bilimlar asosiy o‘rin tutgan bo‘lsa, sanoat inqilobi
davrida texnik va iqtisodiy mutaxassisliklar jadal rivojlana boshladi. Keyinchalik, taʼlim
ommaviylashib, aholining keng qatlamlari uchun ochiq bo‘ldi. 21-asrda esa raqamlashtirish,
onlayn taʼlim va global integratsiya jarayonlari oliy taʼlimda ustuvor yo‘nalishlarga aylandi.
Bugungi global tendensiyalar orasida xalqaro hamkorlik, raqamli ta’lim platformalari, sun’iy
intellektdan foydalanish, sifatni baholash tizimlarini takomillashtirish, ekologik barqarorlik va
inklyuzivlik masalalari muhim o‘rin tutmoqda. Ilg‘or mamlakatlar tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, mustaqil va shaffof boshqaruv, akademik erkinlik, innovatsion muhit va
jamiyat ehtiyojlariga moslashgan ta’lim mazmuni oliy ta’limni muvaffaqiyatli
rivojlantirishning asosiy omillaridandir. Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim tizimi murakkab va
ko‘p qirrali ijtimoiy institut bo‘lib, uning samarali boshqaruvi orqali nafaqat iqtisodiy
taraqqiyot, balki madaniy va ilmiy yuksalish ham ta’minlanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston
ham ushbu global tendensiyalarni chuqur o‘rganib, milliy ta’lim tizimini zamon talablariga
mos ravishda takomillashtirish yo‘lida muhim islohotlarni amalga oshirmoqda.

References/Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ashraf o’g, M. U. B. (2023). RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIMNI TASHKIL

ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 41(2), 220-222.


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

SJIF = 5.441

Volume 3, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

2.

Zikirjonova, M. F. Q. (2022). XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA,

GERMANIYA MISOLIDA). Scientific progress, 3(4), 261-266.
3.

Amondjonovich, I. B. (2023). IQTISODIY RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMI

VA MAKTABLARDA TA’LIM-TARBIYA AMALIYOTI. Новости образования: исследование в
XXI веке, 1(11), 1025-1030.
4.

Ruziyeva Dildora Faxriddinovna. (2025). RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA

TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. JOURNAL OF EDUCATION,
ETHICS

AND

VALUE,

4(2),

56–58.

Retrieved

from

https://jeev.innovascience.uz/index.php/jeev/article/view/1168
5.

Чуллиев, С. Р. (2024, October). РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА

ВЕНЧУР КАПИТАЛИНИНГ РОЛИ. In International Conference on Adaptive Learning
Technologies (Vol. 10, pp. 16-18).
6.

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich. (2024). The Significance of Venture Capital on the

Digital Economy. American Journal of Business Practice, 1(7), 47–52. Retrieved from
https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/view/508
7.

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich. (2024). Scientific-Theoretical Basis of Venture Capital.

American

Journal

of

Business

Practice,

1(6),

46–51.

Retrieved

from

https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/view/252
8.

Чуллиев, С. (2024). ВЗАИМОСВЯЗЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ С ВЕНЧУРНЫМ

КАПИТАЛОМ И ФАКТОРАМИ, ВЛИЯЮЩИМИ НА ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ.
Экономическое развитие и анализ, 2(5), 67-74.

Библиографические ссылки

Ashraf o’g, M. U. B. (2023). RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Journal of new century innovations, 41(2), 220-222.

Zikirjonova, M. F. Q. (2022). XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA MISOLIDA). Scientific progress, 3(4), 261-266.

Amondjonovich, I. B. (2023). IQTISODIY RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMI VA MAKTABLARDA TA’LIM-TARBIYA AMALIYOTI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(11), 1025-1030.

Ruziyeva Dildora Faxriddinovna. (2025). RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE, 4(2), 56–58. Retrieved from https://jeev.innovascience.uz/index.php/jeev/article/view/1168

Чуллиев, С. Р. (2024, October). РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ВЕНЧУР КАПИТАЛИНИНГ РОЛИ. In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 10, pp. 16-18).

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich. (2024). The Significance of Venture Capital on the Digital Economy. American Journal of Business Practice, 1(7), 47–52. Retrieved from https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/view/508

Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich. (2024). Scientific-Theoretical Basis of Venture Capital. American Journal of Business Practice, 1(6), 46–51. Retrieved from https://semantjournals.org/index.php/AJBP/article/view/252

Чуллиев, С. (2024). ВЗАИМОСВЯЗЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ С ВЕНЧУРНЫМ КАПИТАЛОМ И ФАКТОРАМИ, ВЛИЯЮЩИМИ НА ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 67-74.