Авторы

  • Ziyomiddin Xojibekov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik
  • Asqarbek Qurbonboev
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126824

Ключевые слова:

yoshlar retsidiv jinoyatchiligi miqdor ko‘rsatkichlar sifat ko‘rsatkichlar kriminologiya ijtimoiy omillar psixologik omillar jinoyatlarning oldini olish statistik tahlil yosh guruhlari.

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar orasida retsidiv jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Retsidiv jinoyatlarning yoshlar orasida keng tarqalganligi, ularning xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy, psixologik va huquqiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Jinoyatlarning statistik ko‘rsatkichlari, turlari va yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yoshlar retsidiv jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Tadqiqot zamonaviy kriminologik usullar va statistik ma’lumotlarga asoslanadi.


background image

Page 109

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

YOSHLAR RETSIDIV JINOYATCHILIGINING MIQDOR VA

SIFAT KO‘RSATKICHLARINING XUSUSIYATLARI

Xojibekov Ziyomiddin Nasriddinovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

katta o‘qituvchisi, podpolkovnik

Qurbonboev Asqarbek Abdukarim o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor

https://doi.org/10.5281/zenodo.15687814

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15- Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 18- Iyun 2025 yil

Ushbu

maqolada

yoshlar

orasida

retsidiv

jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining
o‘ziga

xos

xususiyatlari

o‘rganiladi.

Retsidiv

jinoyatlarning yoshlar orasida keng tarqalganligi,
ularning xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy, psixologik va
huquqiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Jinoyatlarning
statistik ko‘rsatkichlari, turlari va yosh guruhlari
bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari,
yoshlar retsidiv jinoyatchiligining oldini olishga
qaratilgan

chora-tadbirlarning

samaradorligi

muhokama qilinadi. Tadqiqot zamonaviy kriminologik
usullar va statistik ma’lumotlarga asoslanadi.

KEYWORDS

yoshlar, retsidiv jinoyatchiligi,
miqdor ko‘rsatkichlar, sifat
ko‘rsatkichlar, kriminologiya,
ijtimoiy omillar, psixologik
omillar, jinoyatlarning oldini
olish, statistik tahlil, yosh
guruhlari.

Yoshlar retsidiv jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bir-biri bilan uzviy

bog‘liqdir. Agar ulardan biri butunlay yoki uning ma’lum bir qismi o‘zgarsa, albatta,
ikkinchisida ham shunday o‘zgarishlar ruy beradi. Yoshlar retsidiv jinoyatchiligining miqdor
va sifat ko‘rsatkichlarini yoshlar jinoyatchiligining holati, dinamikasi, darajasi va tuzilishi
tashkil etadi. I.I.Karpetsning fikriga ko‘ra, «Jinoyatchilik holati sodir etilgan jinoyatlar va
ularni sodir etgan shaxslar miqdoridir»

[1]

. Ayni paytda mazkur fikrga qo‘shillamiz, chunki

jinoyatchilikning umumiy holati sodir etilgan jinoyatlar bilan bir vaqtda uni sodir etgan
yoshlarni ham qamrab oladi. Shu sababli, jinoyatchilikning holati uning miqdor va sifat
ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Jinoyatchilikning miqdor ko‘rsatkichlariga jinoyatchilikning
dinamikasi va darajasi kiradi, jinoyatchilikning sifat ko‘rsatkichlari uning tuzilishi orqali ochib
beriladi.

Jinoyatchilikning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri va aniq bellanishi

jinoyatchilikning asl ko‘rinishi haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish va hududlardagi kriminogen
vaziyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlar
retsidiv jinoyatchiligining oldini olishni rejalashtirishga xizmat qiladi.

Yoshlar jinoyatchiligining dinamikasi deganda, muayyan hududdda ma’lum davr

oralig‘ida yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning o‘sish yoki kamayish tomonga
harakati tushuniladi.

Jinoyatchilik dinamikasini tahlil qilish: o‘tgan davrdagi jinoyatchilik ko‘rsatkichlarining

o‘zgarishi haqida tushuncha beradi va bu o‘zgarishlarning qonuniyatlari va yo‘nalishini
aniqlaydi. Shular asosida yaqin va uzoq kelajakdagi jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini prognoz
qilish asosida unga qarshi kurashni rejalashtirish imkonini beradi. Jinoyatchilik dinamikasiga


background image

Page 110

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ta’sir qiluvchi omillardagi o‘zgarishlarni aniq e’tiborga olinishi jinoyatchilikni prognoz qilish
uchun ham muhimdir.

Jinoyatchilik dinamikasining o‘zgarishiga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy-boshqaruv,

huquqiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, aholining demografik tarkibi, migratsiya, jinoiy va
ma’muriy qonunchilikka kiritilgan jinoiy yoki ma’muriy qilmishlar doirasini toraytiruvchi yoki
kengaytiruvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar, huquqni muhofaza qilish organlarining
jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, aybdorlarni fosh etish, javobgarlikning muqarrarligini
ta’minlash borasidagi samarali faoliyati va h.k

[2]

.

Tuzilgan nikohlar, ajralishlar, ko‘chib kelganlar, ko‘chib ketganlar, tug‘ilganlar va

o‘lganlar soniga doir ma’lumotlarning o‘zgarishi ham ma’lum darajada jinoyatchilik
dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi. Quyida yoshlar retsidiv jinoyatchiligining dinamikasi deganda
yoshlar tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyatlarning kamayishi yoki o‘sishi tushuniladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlar tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyatlar 2022

yilda 2021 yilga nisbatan 8,32 %, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 51,2 %, 2024 yilda
2023 yilga nisbatan 15,8 % kamaygan

[3]

. Biroq, 2025 yilning 5 oyi davomida yoshlar retsidiv

jinoyatchiligi 69,8 % oshgan

[4]

. Yuqoridagi raqamlar so‘ngi vaqtda yoshlar retsidiv

jinoyatchiligi dinamikasining oshayotganligini ko‘rsatadi.

2024 yilda mamlakatimizda rasmiy ro‘yxatga olingan hamda jinoyat sodir etgan 48

mingdan ortiq shaxsning 11 ming nafari yoki 26 foizini yoshlar tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich
Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida 41 foiz, Andijon va Namangan
viloyatlarida 40 foizdan oshgan

[5]

.

Respublikamiz bo‘yicha yoshlar sodir etgan jinoyatlarga oid statistika ma’lumotlariga

e’tibor qaratsak, 2022 yildada 14-30 yoshda bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir etilgan
jinoyatlar 20415 tani, 2023 yilda 14670 tani, 2022 yildaga nisbatan 2023 yilda 28,1 foizga,
2024 yilda 11787 tani tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 19,7 foizga kamaygan, 2025 yilning 5
oyi davomida 4988 tani tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 26,1 foizga
ko‘payganligini, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan retsidiv jinoyatchilik
ko‘rsatkichlari 2022 yildada 2229 tani, 2023 yilda 1227 tani tashkil etgan bo‘lib, 45 foizga,
2024 yilda esa 2018 yilga nisbatan 35,2 foizni, guruhlar tomonidan 2022 yildada 3782 tani,
2023 yilda 2560 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, 32,3 foizga, 2024 yilda esa 21,3 foizga, mast
holda jinoyat sodir etgan yoshlar 2022 yildada 566 tani, 2023 yilda 344 tani tashkil etib, 39,2
foizga, 2024 yilda esa 18,9 foizga kamaygan, biroq 2020 yil 6 oyi davomida 430 tani tashkil
etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 72,2 foizga oshgan

[6]

. Bu hol umuman jinoyatchilik,

xususan yoshlar retsidiv jinoyatchiligiga oid ma’lumotlarning aniq emasligi, latentlik
darajasining yuqoriligidan dalolat beradi.

Ko‘rib turganimizdek, 2022–2024 yillarda retsidiv jinoyat sodir etgan yoshlarning ulushi

35,2 foizga kamaygan. Bu, albatta, yoshlar retsidiv jinoyatchiligining dinamikasida ijobiy
o‘zgarishlar borligini ko‘rsatadi. Biroq, joriy yilning 6 oyida yoshlar tomonidan retsidiv jinoyat
sodir etilishining 72,2 % oshganligi ilgarigi yillarda o‘rganilayotgan jinoyatlarga oid
statistikada haqiqiy holat aks ettirilmagan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bunday
holatning sabablarini o‘rganilganida ichki ishlar organlari hodimlaridan quyidagi javoblar
olingan: huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jinoyat haqidagi barcha xabarlarni
tekshirib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan darajada ish hajmining ko‘pligi (9 foiz);


background image

Page 111

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi va texnik ta’minotining yetarli emasligi,

bu ularning ishini qiyinlashtiradi (12 foiz);

ro‘yxatdan o‘tgan jinoyatlar sonini kamaytirish to‘g‘risida rahbarlarning ko‘rsatmasi (22

foiz);

xodimlar kasbiy tayyorgarligining pastligi (26 foiz);
dangasalik yoki boshqa holatlar sababli o‘z ishlariga beparvolik bilan yondashish (18

foiz);

xizmat manfaatlarini xato tushunish, ya’ni ishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga

intilish (24 foiz);

jinoyat ishini qo‘zg‘atishni asossiz ravishda rad etish (15 foiz);
jinoyatlarni yashirishning korrupsiyaviy motivlari (21 foiz).
Jinoyatchilik dinamikasining noto‘g‘ri baholanishi kuch va vositalarning noto‘g‘ri

taqsimlanishiga olib kelishi va jinoyatlar miqdorining keskin oshishiga sabab bo‘ladi.

I.Ismailov, Q.R.Abdurasulova, I.Fazilovlar jinoyatchilik darajasini mamlakat yoki uning

ma’muriy-hududiy birligida, ma’lum davrda sodir etilgan jinoyatlar yoki ularni sodir etgan
shaxslar mutlaq miqdorining o‘sha hududda yashovchi aholining ma’lum qismiga nisbatan
olingan miqdorini

[7]

tushunishadi. G.A. Avanesov esa jinoyatchilik darajasini muayyan

hududda sodir etilgan jinoyatlar miqdoridan kelib chiqib, shu hududda yashaydigan aholi
soniga nisbati

[8]

ekanligini ta’kidlaydi.

Darhaqiqat, jinoyatchilikning daraja ko‘rsatkichlari faqat nisbiy raqamlarda ifodalanadi.

Jinoyatchilik darajasini yanada aniqlashtirish uchun butun aholini emas, balki amaldagi
jinoyat qonunchiligiga muvofiq sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
bo‘lgan yosh guruhlari hisobga olinishi zarur. Zero, yoshlar retsidiv jinoyatchiligi darajasi
muayyan hududda yoki joyda, muayyan davr yoki vaqtda sodir etilgan jinoyatlar miqdoridan
kelib chiqadi va o‘sha hududda yashaydigan aholining yoshlar

(18 yoshga to‘lgan va 30

yoshdan oshmagan)

qismining soniga nisbatan hisoblanadi va yuz ming kishiga nechta jinoyat

yoki jinoyatchi to‘g‘ri kelishi aniqlanadi.

Biz o‘rganayotgan yoshlar retsidiv jinoyatchiligining darajasi:
aholining 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qismini qamrab olganligi sababli quyidagi

formula orqali aniqlanadi:

Masalan, O‘zbekistonda 2024 yilda 18-30 yoshdagilar tomonidan 795 ta retsidiv jinoyat

sodir etilgan bo‘lsa, yoshlar tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyatni 100 mingga ko‘paytirib,
9 million 200 mingga bo‘lamiz shunda yoshlar retsidiv jinoyatchiligining darajasi kelib
chiqadi, ya’ni retsidiv jinoyatchilik 8,64 tani tashkil etgan.

Yoshlar retsidiv jinoyatchiligiga oid ilgarigi statistikaga nazar tashlasak, O‘zbekistonda

1990 yilgacha retsidiv jinoyatchilik sodir etgan yoshlar har besh yilda o‘rta hisobda 6-8 foizga
o‘sib borgan. 1991 yildan bu tendensiya sezilarli darajada o‘zgardi. 1995 – 1996 yillarda
ro‘yxatga olingan yoshlar retsidiv jinoyatchiligi 11,2 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun bu
ko‘rsatkich Rossiya Federatsiyasida 24 foiz, Ukrainada – 15,3 foiz, Ozarbayjonda – 16,1foiz,
Qozog‘istonda – 13,9 foiz, Turkmanistonda – 8 foiz va Belarusda – 8,6 foizni tashkil etgan

[9]

.

2024 yilda mamlakatimiz bo‘yicha jinoyat sodir etgan 47 mingdan ortiq shaxsning 12

ming nafarini (25 foiz) yoshlar tashkil etgan. Garchi, 2024 yilda ro‘yxatga olingan jinoyatchilik
darajasi har 100 ming aholiga nisbatan Ozarbayjonda 266 ta, Armanistonda 906 ta, Belarusda


background image

Page 112

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

884 ta, Qozog‘istonda 1599 ta, Qirg‘izistonda 470 ta, Moldovada 904 ta, Rossiya
Federatsiyasida 1379 ta, Tojikistonda 244 ta va O‘zbekistonda 137

[10]

tani tashkil qilgan.

Yoshlar retsidiv jinoyatchiligining tuzilishi yoshlar tomonidan muayyan hududda yoki

joyda, muayyan davr yoki vaqtda sodir etilgan barcha retsidiv jinoyatlarning turlarga
ajratilgan majmuidir

[11]

.

Fikrimizcha, yoshlar retsidiv jinoyatchiligining tuzilishi deganda, mamlakat yoki uning

ma’muriy-hududiy birligida ma’lum davrda yoshlar tomonidan sodir etilgan retsidiv
jinoyatlar turlarining ulushi tushuniladi.

Yoshlar jinoyatchiligining tuzilishi: uning mazmunini sifat jihatdan turli yo‘nalishlarda

ochib berishda muhim o‘rin egallaydi, yoshlar sodir etgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik
darajasi haqida ma’lumotlar beradi, sodir etilgan jinoyat turlarining bir-biri bilan nisbatini
ochib beradi. Bu esa jinoyatchilik profilaktikasining samarali choralarini ishlab chiqish, unga
qarshi kurashish choralarini rejalashtirish imkonini beradi.

Jinoyat sodir etgan yosh shaxslarning kriminologik belgilari bo‘yicha quyidagicha

guruhlarga bo‘lib o‘rgandik:

1)

jinsiga ko‘ra:

ayollar 23,8 %; erkaklar 76,2 %;

2) yoshiga ko‘ra:

voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2 %; voyaga

yetganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 98 %;

3) shug‘ullanayotgan ishiga ko‘ra:

o‘qimaydigan yoki ishlamaydiganlar 32,4 %;

o‘qiydigan yoki ishlaydiganlar 27,6 %;

4) fuqaroligiga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan 22,8%; xorijiy

davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 17,2%;

5) boshqa mezonlarga ko‘ra:

mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop

yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etilgan
jinoyatlar va h.k.

O‘zbekiston

Respublikasi

Bosh

prokuraturasi

Jinoyat-huquqiy

statistika

boshqarmasining jinoyatga oid statistik ma’lumotlarining tahlili Respublikamiz bo‘yicha
2017 – 2019 yillarda 14 – 30 yoshdagilar tomonidan jami 46872 ta jinoyat sodir etilganligi,
shundan 4251 tasi bevosita yoshlar retsidiv jinoyatchiligi ekanligi bo‘lib, yoshlar tomonidan
sodir etilgan barcha jinoyatlarning 9,1 foizini

[12]

tashkil etishini ko‘rsatadi. Shundan:

jinsiga ko‘ra:

2017 – 2019 yillarda 18 – 30 yoshdagilar sodir etgan 4251 ta retsidiv

jinoyatlarning 3254 tasini erkaklar 76,2 foiz, 997 tasini xotin-qizlar 23,8 foiz sodir etganlar.

Erkak jinsidagi yoshlar tomonidan quyidagi jinoyatlar sodir etilgan:

− o‘g‘rilik (JK 169-m.) 612 ta;
− qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-m.) 514 ta;
− firibgarlik (JK 169-m.) 402 ta;
− talonchilik (JK 166-m.) 393 ta;
− tovlamachilik (JK 165-m.) 376 ta;
− nomusga tegish (JK 118-m.) 354 ta;
− bezorilik (JK 277-m.) 337 ta;
− bosqinchilik (JK 164-m.) 264 ta;
− qasddan odam o‘ldirish (JK 97-m.) 238 ta;
− odam savdosi (JK 135-m.) 220 ta;


background image

Page 113

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

− giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab

qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek
ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (JK 273-m.) 182 ta;

− o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (JK 128-m.) 144 ta;
− qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-m.) 114 ta;
− qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash (JK 131-m.) 98 ta;
− jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-m.) 93 ta;
− jinoiy uyushma tashkil etish (JK 242-m.) 76 ta;
− qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish

(JK 242-m.) 47 ta.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar tomonidan quyidagi jinoyatlar qayta sodir

etilgan:

− o‘g‘rilik (JK 169-m.) 256 ta;
− qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 104-m.) 244 ta;
− firibgarlik (JK 169-m.) 218 ta;
− qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash (JK 131-m.) 199 ta;
− qasddan odam o‘ldirish (JK 97-m.) 163 ta;
− odam savdosi (JK 135-m.) 118 ta;
− giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab

qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek
ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyati (JK 273-m.) 96 ta;

− bezorilik (JK 277-m.) 81 ta;
− pora olish-berishda vositachilik qilish (JK 212-m.) 68 ta;
− o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JK 112-m.) 38 ta.
Yuqoridagi ma’lumotlardan yosh retsidivistlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning

20,45 % o‘g‘irlik hissasiga to‘g‘ri kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘g‘ri retsidivistlarning ko‘rstgichlari bo‘yicha 104 ta sud hukmlarini o‘rganish asosida

quyidagicha xulosaga kelindi:

O‘g‘irlik uchun javobgarlikka tortilgan erkaklarning 22,9 %ini 18-20 yoshdagi

ayollarning 27,4 %ini shu yoshdagilar tashkil etgan;

Talonchilik va firibgarlikning retsidivi yosh ayollarda ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi ma’lumotlarda ko‘rinib turibdiki xar ikki jinsdagi yosh retsidivistlar

tomonidan o‘g‘irlik, talonchilik, firibgarlikni oldini olish masalasiga alohida e’tibor berilishi
zarur. Chunki ayollar retsidiv jinoyati zamonaviy jamiyatda mustaqil, o‘ziga xos xodisa bo‘lib,
u muayyan qonunlarga ko‘ra mavjud bo‘ladi va rivojlanadi. Shuningdek, u voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligining holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

[13]

Yoshlar retsidiv jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining xususiyatlari bilan

bog‘liq masalani ko‘rib chiqishni yakunlar ekanmiz, o‘rganilayotgan jinoyatlar turlari oshadi,
deb prognoz qilishga haqlimiz. Chunki, joriy yilda sodir etilgan xar bir qilmish rasmiy
ro‘yxatga olinayotgnligi bois, yuqorida yoshlar retsidiv jinoyatchiligi 72,2 % o‘sganligini
aytgan edik.

Xulosa sifatida kelgusida qonunni qo‘llash amaliyotiga e’tiborni yanada kuchaytirish, bu

sohadagi xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qonunlarni hayotda qo‘llashning
huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda O‘zbekiston


background image

Page 114

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuni talablari asosida davlat
organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish yoshlar
retsidiv jinoyatchiligining profilaktikasini takomillashtirish sohasida yanada ulkan natijalar
berishini ta’minlaydi.

Adabiyotlar:

1.

Karpes I.I Jinoyatlarning muomolari –M,,1996- C 109.

2.

Степичев С.С., Яковлев А.М. Вопросы борбы с рецидивом.-М.: Гос.изд-во юридической

литературы, 1961.-С.94.
3.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasining ma’lumotnomasi 2020-

2024 y.
4.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasining ma’lumotnomasi 2025

besh oy.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senatining birinchi

majlisidagi nutqi // www.uza.uz. 21.01.2020 yil.
6.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasi ma’lumotnomasi 2020-

2024 y.
7.

Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / I.Ismailov,

Q.R.Abdurasulova, I.Yu.Fazilov; Mas’ul muharrir Sh.T.Ikramov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi
IIV Akademiyasi, 2015. – B. 63-64.
8.

Avanesov G.A. Kriminologiya i sotsialnaya profilaktika. – M., 1980. – S. 459.

9.

Криминология: Учебник / М.П. Клейменов. – 2-e изд., перераб. и доп. – М.: Норма,

2019. – С. 556.
10.

http://www.ksgp-cis.ru/about/obzory/sostojanie-prestupnosti-v-2019-godu

11.

Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, A.S. Yakubov, G.A. Avanesov va boshq. – T.:

O‘zbekiston RespublikasiIIV Akademiyasi, 2008. – B. 44.
12.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Тезкор маълумотлар бошqармасининг

маълумотномаси 2020-2024 й.
13.

Морозов А.Ю. Рецидив преступлений и рецидивная преступност женщин.

Авт.реф. дисс. на соис. к.ю.н. – Ставропол. 2000. – С. 14.

Библиографические ссылки

Karpes I.I Jinoyatlarning muomolari –M,,1996- C 109.

Степичев С.С., Яковлев А.М. Вопросы борбы с рецидивом.-М.: Гос.изд-во юридической литературы, 1961.-С.94.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasining ma’lumotnomasi 2020-2024 y.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasining ma’lumotnomasi 2025 besh oy.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqi // www.uza.uz. 21.01.2020 yil.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasi ma’lumotnomasi 2020-2024 y.

Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / I.Ismailov, Q.R.Abdurasulova, I.Yu.Fazilov; Mas’ul muharrir Sh.T.Ikramov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 63-64.

Avanesov G.A. Kriminologiya i sotsialnaya profilaktika. – M., 1980. – S. 459.

Криминология: Учебник / М.П. Клейменов. – 2-e изд., перераб. и доп. – М.: Норма, 2019. – С. 556.

Kriminologiya: Darslik / Z.S. Zaripov, A.S. Yakubov, G.A. Avanesov va boshq. – T.: O‘zbekiston RespublikasiIIV Akademiyasi, 2008. – B. 44.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Тезкор маълумотлар бошqармасининг маълумотномаси 2020-2024 й.

Морозов А.Ю. Рецидив преступлений и рецидивная преступност женщин. Авт.реф. дисс. на соис. к.ю.н. – Ставропол. 2000. – С. 14.