Page 95
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
XALQARO HUQUQ NORMALARIDA FAVQULODDA HOLAT
VA INSON HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI.
Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li
Toshkent davlat yuridik universiteti
“Xalqaro huquq va inson huquqlari” mutaxassisligi magistiri
muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15684620
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14- Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17- Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada xalqaro huquq normalarida inosn
huuquqlarini cheklash asoslari va bu cheklovlar
doirasida amal qilinishi kerak bo’lgan xalqaro prinsiplar
yoritiladi. Xalqaro huquqiy hujjatlar “Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt”, kabi xalqaro
huquqiy hujjatlarda aynan qaysi normalarda inson
huquqlarini cheklashga ruxsat berilgan normalar haqida
batafsil yoritilgan.
KEYWORDS
proportsionallik,
sirakuza
prinsipi, qonuniylik, “Fuqarolik
va siyosiy huquqlar to’g’risidagi
xalqaro pakt”.
Inson huquqlari oily qadriyat hisoblanadi va bizning Konstitutsiyamizda ham bu
tushuncha o’z aksini topgan. Lekin, bu degani inson huquqlarini hech qachon cheklab
bo’lmaydi degan tushunchaga olib bormasligi kerak. Ya’ni inson huquqlarni ham ma’lum
vaziyatlarda, asosan, favqulodda holatlarda cheklashga ruxsat etiladi. Lekin ushbu cheklovlar
ma’lum bir shartlarga ya’ni prinsiplarga mos bo’lishi kerak. Rossiyalik olimlardan Adelsitova
A, Ablaeva D o’zlarining maqolalarida inson huquqlarini cheklashda rioya qilinishi kerak
bo’lgan prinsiplarga to’xtalib o’tganlar va bular quyidagilar
1
:
1.Real xavfning mavjudligi prinsipi – ya’ni cheklovni joriy etish uchun dvlat, jamiyat
yoki fuqarolarga nisbatan aniq xavf-xatar mavjud bo’lgandagina joriy etilishi prinsipi. Ushbu
prinsip orqali ko’rishimiz mumkinki, favqulodda holatlar joriy qilinadi va inson huquqlari
cheklanadi qachonki, real xavf vujudga kelganda.
2.Belgilangan chekovlarning aniqligi prinsipi – ushbu prinsipga ko’ra cheklovlarni
aniq shakllantirish kerak, ya’ni favquloda holat e’lon qilish to’g’risida qanaqadir qonun hujjati
e’lon qilinsa, ushbu hujjatda insonlarning qaysi huquqlari cheklanayotganligi haqida aniq
tushuntirishlar va cheklanayotgan huquqlar ro’yxati bo’lishi kerak. Shunda kuchishlatar
tizimlar cheklovlarni o’zboshimchalik bilan talqin qilishga yo’l qo’yilmaydi.
3.Kiritilgan cheklovlarning mutanosibligi prinsipi – ya’ni favqulodda holat joriy qilish
uchun sabab bo’lgan holatga insonlarning cheklanayotgan huquqlari mutanosib bo’lishi
kerakligi prinsipi. Ya’ni favqulodda holatga sabab bo’lgan xatarga nisbatan insonlarning
cheklanayotgan huquqlari mos bo’lishi kerak. Hukumatlar favqulodda hlatni bahona qilib
insonlarning huquqlarini suiste’mol qilmasliklari kerak.
4.Kamsitishga yo’l qo’yilmasligi prinsipi – hamma qonun va sud oldida tengdir va
huquqlarni irqi, dini, millati va bosha mansubligiga ko’ra ko’p yoki kamroq darajada
Page 96
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
cheklashga yo’l qo’yilmasligi prinsipi. Ushbu prinsip barchamizga tushunarli, ya’ni favqulodda
holat joriy qlinib insonlarning huquqlari cheklanganda bu cheklovlar barcha insonlrga
nisbatan bir xil bo’lishi kerakligi prinsipi.
Ana shunday muhim bo’lgan prinsiplardan biri bu “sirakuza prinsipi”dir. Ushbu
prinsipning ma’nosi quyidagicha “ya’ni biror bir davlat o’z hududida favqulodda holat joriy
qilmoqchi bo’lsa va insonlarning ma’lum bir huquqlarini cheklamoqchi bo’lsa, albatta ushbu
holatni aholiga e’lon qilishi kerak”. Ya’ni parlament yoki davlat rahbari tomonidan rasman
e’lon qilinib, qonunda belgilangan qaysi huquq va erkinliklarga cheklov qo’yilishi ko’rsatilishi
kerak. Misol tariqasida oladigam bo’lsak, COVID-19 davrida insonlarninh erkin harakatlanish
huquqi cheklandi va aholi ma’lum bir belgilangan chegaradan chiqib keta olmadi. Shunga
o’xshab insonlarning qaysi huquqlari cheklanishi qonun hujjatlari orqali e’lon qilinishi kerak.
Asosiy qism:
Favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklash sohasida ilmiy ish
olib brogan Rossiyalik fuqarolik huquqi bo’yicha yetakchi mutaxassislardan biri
Y.Vladimirovna ushbu holatlarda fuqarolarning qaysi huquqlari cheklanshiga to’xtalgan va
quyidagi huquqlarning cheklanishi mumkin deb hisoblagan. Bular, harakat erkinligi, maxfiylik
huquqi, yig’ilish va yig’ilishlar erkinligi, mehnat huquqi, xususiy mulk huquqi, axborot
erkinligini cheklash kabi huquqlardir. Shuningdek, u hukumat favqulodda vaziyatlarda inson
huquqlarini cheklayotganda quyidagi tamoyillarga amal qilishi kerakligini ta’kilagan.
Bulardan birinchisi, proporsianallik ya’ni fuqarolarning huquqlarini cheklash favqulodda
vaziyatning og’irligiga mutanosib bo’lishi va aniq maqsadlarga erishish uchun zarur
choralardan oshmasligi kerak. Ushbu prinsipga ko’ra hukumatlar favqulodda holat joriy
qilinganda insonlarning huquqlarini haddan ortiq cheklamasligi kerak. Bu prinsip juda ham
munim hisoblanadi, chunki hukumat insonlarning huquqlarini cheklashni aniq maqsadga
erishish yo’lida haddan oshirib yuborsa, insonlarda hukumatga va davlatga nisbatan
ishonchsizlik oshib ketishi mumkin. Keyingi muhim prinsiplardan biri bu, favqulodda
holatning vaqtinchalik joriy qilinishi, ya’ni har bir joriy qilingan favqulodda holat rejimi
vaqatinchalik, ma’lum bir muddatga mo’ljallangan va maqsadga erishilgandan keyin
favqulodda holat rejimi bekor qilinishi kerak. Shuningdek, ushbu prinsipga ko’ra insonlarning
huquqlari ham ma’lum bir vaqt oralig’ida cheklanishi kerak va ushbu holat davomiy
bo’lmasligi kerak. Navbatdagi prinsiplardan biri bu, huquq va erkinlilarni saqlash,
insonlarning huquqlarini cheklash Konstitutsiya va inson huquqlari xalqaro standartlari bilan
kafolatlangan asosiy huquq va erkinliklarni buzmasligi kerak. Navbatdagi prinsiplardan biri
jamoatchilik ishtiroki prinsipi, ushbu prinsipning ma’nosi quyidagicha – hokimiyat qarorlar
qabul qilish jarayonida jamoatchilik ishtirokini ta’minlashi kerak. Keyingi muhim prinsip –
diskriminatsiyaga yo’l qo’yilmasligi. Ya’ni favqulodda holat joriy qilinganda va insonlarning
huquqlarini cheklovchi normalar joriy qilinganda, ushbu normalar barcha uchun bir xil
bo’lishi kerak.
Endi xalqaro davltlar tajribasida mana shu favqulodda holatlarda inson huquqlarining
cheklanishi doirasida ba’zi malakatlar tomonidan yuqorida ko’rsatib o’tilgan prinsiplarning
buzilishiga oid misollar va sud amaliyotlari bilan tanishib chiqamiz. Birinchi holat “Aksoy vs
Turkey 1996’ ishi hisoblanadi. Ushbu ish “Inson huquqlari bo’yicha Yevropa Sudi”
2
da ko’rib
chiqilgan. Ishning mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, Sadik Aksoy – Turkiya fuqarosi,
Diyorbakirda yashagan. U PKK terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib, 14 kun
Page 97
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
davomida rasmy ayblovsiz hibsda ushlab turilgan. Aksoyning aytishicha, uni qiynoqqa
solishgan: elektr toki berish, boshiga qop kiydirish, kaltaklash. Turkiya hukumati o’sha vaqtda
janubiy-sharqiy mintaqada favqulodda holat e’lon qilganini, shuning uchun 5-modda (hujjatda
rasmiy ayblovsiz 4 kundan ortiq ushlab turish mumkin emas) bo’yicha inson huquqlari
cheklanganini e’lon qilgan. Sud qarori esa quyidagicha bo’lgan:
1.5-modda bo’yicha (erkinlik va xafsizlik huquqi) doirasida sud tan oladiki Turkiya
haqiqatan ham ushbu hududda favqulodda holat e’lon qilgan, lekin ushbu vaziyatda 14 kunlik
ushlab turish zaruriyatga mos emas. Bundan tashqari Turkiya tomomidan qiynoqqa solish
holatlari yuz bergan va hech qanday holatda (hatto favqulodda holatda ham ) qiynoqqa
solishni oqlab bo’lmasligini bayon qilgan. Demak, Aksoy ishi favqulodda holatdagi inson
huquqlarini cheklashning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan – zaruriyat prinsipining
buzilganini ochiq ko’rsatgan. Favqulodda holat mavjud bo’lishi mumkin, lekin bu avtomatik
tarzda har qanday huquqni istalgancha cheklashga asos bo’lmaydi.
Favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklash qaysi xalqaro huquqiy hujjatlarda
aks etgan, o’zi xalqaro huquqiy hujjatlarda bu masalada qanday normalar bor degan savolga
javob beradigan bo’lsak, xalqaro huquqiy hujjatlardan “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsisyasi”, “Fuqarolik va siysiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt” ning tegishli
moddalarida to’xtalib o’tilgan. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 29-moddasi
2-bandiga ko’ra: “Har bir inson o’z huquqi va erkinlillaridan foydalanishda o’zgalarning huquq
va erkinlilarini demokratik jamiyatda yetarli darajada bo’lishini hamda hurmat qilinishini
ta’minlash, axloq, jamoat tartibi, umumfarovonligining odilona talablarini qondirish
maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak”
3
. Bu normada
ko’rishimiz mumkinki, insonlarning ma’lum bir vaziyatlarda huquqlari cheklanishi mumkin.
Bu ma’lum bir holatlarda ya’ni jamoat tartibini saqlash maqsadida yoki boshqa inosnlarning
huquqlarini himoya qilish maqsadida malakatlarda “Favqulodda holat rejimi” joriy qilinishi
mumkin va bu holatlarda insonlarning huquqlari ma’lum bir darajada cheklanishi mumkin.
Endi aynan shu moddaning 3-bandiga nazar tashlaydigan bo’lsak: “Ushbu huquq va
erkinliklarni amalga oshirish Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va prinsiplariga zid
bo’lmasligi kerak” deya ta’kidlangan. Ya’ni asosan hukumatlar tomonidan insonlarning
huquqlari ma’lum bir vaqtlarda cheklansa ham ushbu cheklovlar ma’lum bir prinsiplarga mos
bo’lishi kerak.
Keyingi favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklash mumkinligi haqida
normalar mavjud bo’lgan xalqaro huquqiy hujjat bu 1966-yilda qabul qilingan “Fuqarolik va
sisyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt” hisoblanadi. Ushbu paktga O’zbekiston
Respublikasi ham a’zo. Ushbu paktning 4-moddasiga nazar soladigan bo’lsak:
“1.Davlatda favqulodda holat yuz bergan vaqtda, millat hayoti tahdid ostida qolgan va
bu holat haqida rasmiy ravishda e’lon qilinganda ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar
mazkur Pakt bo’yicha olgan o’z majburiyatlaridan chekinish uchun choralar ko’rishi mumkin,
lekin bu chekinishni ahvol keskinligi talab etgan bo’lishi hamda bu choralar xalqaro huquq
bo’yicha boshqa majburiyatlarga xilof bo’lmasligi va irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini va ijtimoiy
kelib chiqishiga qarab kamsitishga olib kelmasligi kerak.
2.Ushbu qoida 6,7,8 (1 va 2-bandlar), 11, 15, 16 va 18-moddalardan biror – bir
chekinish uchun asos bo’la olmaydi.
Page 98
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
3.Ushbu Paktda ishtirok etuvchi chekinish huquqidan foydalanuvchi har qanday o’zi
chekingan qoidalar haqida va shunday qarorga kelishga olib kelgan sabablar haqida darhol
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orqali mazkur Paktda ishtirok etuvchi boshqa
davlatlarni xabardor qilishi kerak. Shuningdek, o’sha vositachi orqali bunday chekinish
to’xtatiladigan sana to’g’risida ham xabar berilishi kerak”
4
. Demak ushbu moddaga e’tibor
beradigan bo’lsak, ushbu pakt xalqaro miqyosida inson huquqlarini himoya qiladi, shuning
bilan birga inson huquqlarini cheklashga ma’lum bir vaqtlarda ruxsat berilishi mumkinligi
ham yuqoridagi moddada keltirib o’tilganini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni ushbu inson
huquqlarini cheklashga ruxsat beriladigan holatlar favqulodda holatlar ekanligi ham
ta’kidlangan. Lekin shuning bilan birga 4-moddadaning 2-qismiga qaraydigan bo’lsak, ushbu
normada paktda keltirilgan 6,7,8 (1 va 2-bandlar), 11,15,16 va 18-moddalarda keltirilgan
ma’lum bir inson huquqlari hattoki, favqulodda holatlarda ham cheklanishiga yo’l
qo’yilmasligi ham ta’kidlangan. Endi bu huquqlar qaysi ekanligini bilish uchun yana ushbu
paktga e’tibor berishimiz kerak. Endi 6-moddaning 1-bandida quyidagicha norma keltirilgan:
“1.Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonun bilan muhofaza
qilinadi. Hech kim o’zboshimchalik bilan hayotdan mahrum etilishi mumkin emas”
5
. Endi
ushbu moddada ta’kidlangan “yashash huquqi” bu insonlarning uzviy huquqi ekanligi uni
hattoki favqulodda holat rejimida ham cheklash mumkin emasligi ushbu paktda keltirilgan.
Keyingi 7-moddaning 1-bandiga e’tibor beradigan bo’lsak, “Hech kim qiynoqlarga
yoki shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga
duchor etilmasligi kerak. Jumladan, hech bir shaxs ustidan o’zining erkin roziligisiz tibbiy yoki
ilmiy tajriba o’takazilishi mumkin emas”. Ushbu norma orqali ko’rishimiz mumkinki,
qiynoqlarga solish, insonlarga shafqatsiz, g’ayriinsoniy muomilada bo’lish kabi ishlar hattoki
favqulodda holat rejimida ham bu ishlarga ruxsat berilmasligi ushbu Paktda o’z aksini topgan.
Navbatdagi modda bu 8-moddaning 1-qismiga nazar tashlaydigan bo’lsak, “1.Hech kim
qullikda saqlanmasligi kerak; qullik va qul savdosining barcha ko’rinishlari taqiqlanadi”. Ya’ni
qullik ham favqulodda holat rejimida ham ruxsat berilmagan normalaridan biri.
Keyingi norma bu 15-modda, ushbu normaga ko’ra, “Hech kim sodir etilgan paytida
davlatning amalda bo’lgan ichki qonun hujjatlari yoki xalqaro huquqqa ko’ra jinoyat
hisoblanmagan biror-bir harakati yoki xato ish qilib qo’yganligi uchun jinoyat sodir etganlikda
aybdor deb topilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo’llanishi
lozim bo’lgan jazoga nisbatan og’irroq jazo tayinlanishi mumin emas. Agar jinoyat sodir
etilganidan keyin qonun bilan nisbatan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur
jinoyatchiga nisbatan qo’llaniladi”
6
. Ushbu moddaga ko’ra jinoyat haqida gap ketmoqda va
hech kim sodir etilgan hatti harakati mamlakat ichki qonunida va xalqaro huquqqa ko’ra
jinoyat deb hisoblanmasa ushbu sodir etgan harakati jinoyat hisoblanmasligi kerak. Ushbu
normaning favqulodda holat rejimiga aloqadorligi shundaki, insonning sodir etgan harakati
favqulodda holat rejimida sodir etilgan bo’lsa ham, lekin mamalakat ichki qonunida yoki
xalqaro huquqda jinoyat sifatida baholanmagan bo’lsa ushbu harakat favqulodda holat
rejimida sodir etilganligini bahona qilib ushbu harakatni jinoyat sifatida baholash ushbu
paktga ko’ra qatiyan taqiqlangan.
Page 99
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Navbatdagi 16-moddaga ko’ra: “Har bir inson qayerda turishidan qat’i nazar uning
subyektlik maqomi tan olinishi huquqiga ega”. Ya’ni ushbu normaga ko’ra hukumat
favqulodda holat rejimini bahona qilib fuqarolarning subyektlilik maqomini ya’ni qaysi
davlatga tegishliligini ushbu davlat rad qilishi mumkin emas. Ya’ni mamlakat favqulodda holat
rejimini bahona qilib o’z fuqarosidan voz kechishi yoki fuqaroning subyektlilik maqomini
inkor qilishi mumkin emas.
Keyingi modda 18-moddaning 1-qismi va ushbu normada keltirilgan inson
huquqlarini hukumat yoki mamlakat favqulodda holat rejimida ham taqiqlashi yoki cheklashi
mumkin emas. Endi ushbu normaga yuzlanadigan bo’lsak: “1.Har bir inson fikr, vijdon va din
erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o’z ixtiyori bilan o’ziga ma’qul dinni qabul qilish va
e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy
tartibda ibodat qilish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini o’z ichiga
oladi”. Yuoqrida ham ta’kidladikki hukumat hattoki favqulodda holat davrida ham
insonlarning fikr, vijdon va din erkinligi kabi huquqlarini cheklashi ushbu paktga ko’ra
qat’iyan man qilingan.
Ushbu paktda keltirilgan 12-moddaga nazar soladigan bo’lsak, ushbu modda ham
favqulodda holatlar rejimida inson huquqlarini cheklash mumkinligini ko’rsatadi. Ushbu
norma quyidagicha:
“1.Biror – bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan har bir kishi ushbu hudud
doirasida erkin ko’chib yurish va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega.
2.Har bir kishi har qanday mamlakatni, jumladan o’z mamlakatini tark etish huquqiga
ega.
3.Yuqorida qayd etilgan huquqlar hech qanday cheklash obyekti bo’lishi mumkin
emas, qonunda nazarda tutilgan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligini yoki
ma’naviyatini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur bo’lgan
va ushbu Paktda e’tirof etilgan boshqa huquqlarga mos keladigan cheklashlar bundan
mustasno.
4.Hech kim o’z mamlakatiga kirish huquqidan o’zboshimchalik bilan mahrum etilishi
mumkin emas”
7
. Endi ushbu normani sharhlaydigan bo’lsak, uning mazmuni quyidagicha 1-
bandida ma’lum bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan har bir kishi ushbu davlat
hududida erkin ko’chib yurishi va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega ekanligi
ta’kidlangan. 2-bandda esa, har bir inson har qanday malakatni jumladan o’z mamlakatini tark
etish huquqiga ega ekanligi bayon qilingan. Biz uchun muhim bo’lgan band bu 3-band
hisoblanadi. Ushbu bandga yuzlanadigan bo’lsak, unga ko’ra yuqoridagi 1 va 2-bandlardagi
huquqlar hech qanday cheklash obyekti bo’lishi mumkin emasligi ta’kidlangan, ammo
qonunda nazarda tutilgan ma’lum bir hollarda insonlarning ushbu huquqlarini cheklash
mumkin ekanligi ko’rsatilgan. Xo’sh bu qonunda nazarda tutilgan holler qaysilar degan
savolga javob beradigan bo’lsak, bular: davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi yoki
ma’naviyatini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur bo’lgan
holatlar. Endi ushbu holatlarning har biriga alohida alohida to’xtaladigan bo’lsak, 1-holat
“davlat xavfsizligini ta’minlash”, demak hukumatlar davlat xavfsizligi qarshi qandaydir
tahdidlar bo’lganda va ular davlat xavfsizligini ta’minlash kerak deb hisoblasalar favqulodda
holat rejimini joriy qilib insonlarning 12-moddaning 1 va 2-bandlarida ko’rsatilgan
Page 100
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
huquqlarini cheklashlari mumkin. Keyingi holat bu “jamoat tartibini saqlash” maqsadida ham
hukumatlar inson huquqlari ma’lum bir vaqt davomida cheklashlari mumkin. Keyingi holat
“aholi salomatligini yoki ma’naviyatini saqlash” maqsadida ham davlat yoki hukumat
insonlarning ushbu 12-moddada ko’rsatilgan huquqlarini vaqtincha cheklab qo’yish mumkin.
Ushbu normaning yorqin misolini biz COVID-19 davrida guvohi bo’lganmiz, ya’ni dunyoning
ko’plab mamlakatlari qatori bizning mamlakatimizda ham “insonlarning salomatligini
saqalsh” maqsadida insonlarning ko’plab huquqlari jumaladan ushbu paktning 12-moddasi 1-
bandida nazarda tutilgan erkin harakatlanish va 2-bandida nazarda tutilgan insonlarning o’z
mamlakati yoki boshqa har qanday mamlakatni tark etish huquqlari vaqtinchalik cheklangan
edi.
Xulosa:
Avvalo inson huquqlari oily qadriyat ekanligini ta’kidlagan holda, ma’lum bir
vaqtlardagina ularni cheklashga ruxsat berilishini yuqorida ko’rib o’tdik. Shuningdek ushbu
inson huquqlarini cheklashga ruxsat berilgan vaqtlarda ham hukumatlar ma’lum bir xalqaro
huquq prinsiplariga rioya qilishi kerakligi ham ta’kidlab o’tildi. Xullas ushbu fikrlarni
yakunlaydigan bo’lsak, xalqaro huquq normalariga ko’ra ba’zi bir vaqtlarda, xususan,
favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashga xalqaro huquqiy hujjatlarda ham ruxsat
berilgan, lekin ma’lum bir shartlarga rioya qilingan tarzda.
Reference:
1.Адельсеитова А. Б., Аблаева Д. С. ТЕОРИЯ И ИСТОРИЯ ПРАВА И ГОСУДАРСТВА;
ИСТОРИЯ УЧЕНИЙ О ПРАВЕ И ГОСУДАРСТВЕ. КОНСТИТУЦИОННОЕ ПРАВО. 2017.
2.“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi pakt”. https://lex.uz/docs/-2640479
3.https://hudoc.echr.coe.int/eng#{%22itemid%22:[%22001-58003%22]}