Авторы

  • Dilnoza Uralova
    FarDu 3-kurs tayanch doktoranti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Javoxir Sayidolimov taqrizi asosida

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126831

Ключевые слова:

obraz uslub yozuvchi portret timsol ma’naviyat moddiyat ramz qahramon syujet.

Аннотация

Badiiy adabiyotda ota obrazi an’anaviy obrazlardan biri hisoblanadi. Antik davrlardan tortib shu davrlargacha ota obraziga oid durdona asarlar yaratilgan. Jahon adabiyotida otalar obrazi muhim o‘rin egllaydi. Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanida o‘zbek otalarining chinakam timsoli aks etgan deya olamiz. Ushbu roman orqali chinakam o‘zbek otalari qanday bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Asarning ibtidosi xuddi “Dunyoning ishlari” qissasidek “Barcha otalarga bag‘ishlanadi” degan jumla bilan boshlanishini o‘ziyoq yuqoridagi fikrni tasdiq etadi. Yozuvchining “Ota” romani misolida o‘zbek otasining otalik hissi, otalik burchi, otalik hukmi haqiqiy timsol darajasiga ko‘tarilgan asarlaridan biri hisoblandi. Ijodkor ixcham roman bag‘rida yigirmadan ortiq qahramonlar misolida ota obrazini gavdalantiradi.


background image

Page 74

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

OTA OBRAZINING YANGICHA TALQINI

Uralova Dilnoza Murodilla qizi

https://orcid.org/0009-0009-2662-7868

+998937981021 dilnozaqochqorova86@gmail.com

– FarDu 3-kurs tayanch doktoranti

filologiya fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD) Javoxir Sayidolimov taqrizi asosida

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684535

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14- Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17- Iyun 2025 yil

Badiiy adabiyotda ota obrazi an’anaviy obrazlardan biri
hisoblanadi. Antik davrlardan tortib shu davrlargacha
ota obraziga oid durdona asarlar yaratilgan. Jahon
adabiyotida otalar obrazi muhim o‘rin egllaydi. Ulugʻbek
Hamdamning “Ota” romanida o‘zbek otalarining
chinakam timsoli aks etgan deya olamiz. Ushbu roman
orqali chinakam o‘zbek otalari qanday bo‘lishi haqida
tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Asarning ibtidosi xuddi
“Dunyoning ishlari” qissasidek “Barcha otalarga
bag‘ishlanadi” degan jumla bilan boshlanishini o‘ziyoq
yuqoridagi fikrni tasdiq etadi. Yozuvchining “Ota”
romani misolida o‘zbek otasining otalik hissi, otalik
burchi, otalik hukmi haqiqiy timsol darajasiga
ko‘tarilgan asarlaridan biri hisoblandi. Ijodkor ixcham
roman bag‘rida yigirmadan ortiq qahramonlar misolida
ota obrazini gavdalantiradi.

KEYWORDS

obraz, uslub, yozuvchi, portret,
timsol, ma’naviyat, moddiyat,
ramz, qahramon, syujet.

Badiiy adabiyotda ota obraziga oid juda ko‘plab durdona asarlar yaratilgan. Jumladan,

Frans Kafkaning “Ota hukmi”, Fridrix Shillerning “Qaroqchilar”, Turgenovning “Otalar va
bolalar”, Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota”, Onore de Balzakning “Gorio Ota” va boshqa
asarlarni kiritishimiz mumkin. Ota obrazining fojiaviy va murakkab qahramon sifatidagi
tasviri Shekspirning “Qirol Lir” asarida Qirol Lir obrazida, qonuniy va insoniy burchlarini ota
sifatida bajargan, lekin hissiyotlardan yiroq ota obrazi Lev Tolstoyning “Anna Karenina” da
Aleksandr Karenin timsolida, barcha o‘z umrini qizalog‘ining baxti uchun baxshida etgan,
onadan yetim qolgan qizini moddiy va ruhiy jihatdan ta’minlagan ota obrazi Aleksand
Grinning “Alvon yelkanlar” qissasi jamlangan. Turkiy xalqlar adabiyotida ota obrazi
ulug‘langan obrazlardan hisoblanadi. Qadimgi bitiklardan tortib, folklor namunalari, mumtoz
adabiyot silsilalaridan o‘tib zamonaviy adabiyotga qadar ota obrazi sayqallanib keldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanida o‘zbek otalarining chinakam timsoli sifatida

yaratilgan asarlar sirasiga kiradi. Romanda o‘zbek otalarining qat’iyatli, oriyatli, matonatli
ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi. Yozuvchining “Ota” romani misolida o‘zbek otasining otalik
hissi, otalik burchi, otalik hukmi haqiqiy timsol darajasiga ko‘tarilgan asarlaridan biri
hisoblandi. Ijodkor ixcham roman bag‘rida yigirmadan ortiq qahramonlar misolida ota


background image

Page 75

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

obrazini gavdalantiradi. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib asar muqaddimasi “Osuda osmon
ostida” sarlavhasi ostida boshlanadi va yana huddi shu nom ostida yakunlanadi. Asar bosh
qahramoni Po‘lat asr odami sifatida turli zamon va makondagi voqealarning tirik guvohi.
Ijodkor Po‘lat ismini ham bejizga qo‘llamagan, ismning o‘zidayoq ramz yashiringan. Po‘lat
ismi-jismiga monand bo‘lib, asrning barcha talotumlariga po‘latdek iroda bilan kurasha olgan,
eng og‘ir damlarda ham insoniylik nomiga dog‘ tushirmagan insonlarning ramziy obrazidir.
Po‘latning hayot zarbalariga “po‘latdek iroda” bilan kurashuvi voqealar rivojining har bir
nuqtasida akslanadi. Asarda ikkinchi jahon urushining insonlar boshiga tushirgan qismati
Po‘latning ayoli − Yog‘duga qarata aytgan isyonida bo‘rtib ko‘rinadi: “dunyodagi hamma
narsa: jonliyu jonsiz, yosh-u qari, yaxshiyu-yomon – hamma-hamma mendek, ha, huddi
mendek qovjirab qurisin! Men ana qurishni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rishni istayman!”[1].
Anglashiladiki, Po‘latni isyonga keltirgan ikkinchi jahon urushining dahshati edi. Onasining
qarshiliklariga qaramasdan, urushga odam yetkazib beradigan rayon harbiy bo‘limini holi-
joniga qo‘ymay, urushga qatnashishni xohlagan, Po‘lat onasining qistovi bilan Yog‘duga
uylanadi. Bir oydan so‘ng urushga otlangan Po‘lat naq urushning o‘chog‘iga tashlanadi. Po‘lat
urush dahshatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgach, urushda eng arzon narsa – insonning joni
ekanligiga amin bo‘ladi, siyosat haqida aytilgan balandparvoz gaplarning barchasi puch
ekanligiga, onasi Oychechak opaning tanbehlariga quloq solmaganiga afsuslanadi va o‘z jonini
saqlash hamda sevimli yori – Yog‘duning yodi uni urush zahmatlariga matonat bilan
kurashishiga sabab bo‘ladi. Ochlik va sovuqning iztirobi o‘zining haddi a’losiga yetkanda,
Po‘lat o‘ylay boshlaydi: “Dushman kim o‘zi? O‘rmonni to‘rt oyoqdan o‘rab olgan, yaxshi
kiyingan, yaxshi qurollangan, yaxshi boqilgan ikki oyoqli yovmi yoki meni, Nikitani, anavi
uchovlonni ichdan kemirayotgan, yemirayotgan ochlik, sovuq va chorasizlikmi?[2]. Urush
zahmatlari jonidan o‘tgan Po‘latni birgina Yog‘duning shirin yodi hayotga qaytarardi. Nihoyat,
urush g‘alaba bilan tugagach, Po‘lat ham oilasining bag‘riga keladi, endi sirin hayot
boshlayman deganida ursuhda asir tushganlar qamalishi haqidagi qarorga muvofiq sakkiz
yilga qamaladi. Urush hamda qamoq Po‘latning ham jisman, ham ma’nan zaiflashtiradi, uning
hayotida birgina Yog‘dugina uni hayotga bo‘lgan muhabbatini oshiradi. Asar qahramonlariga
berilgan ismlarga ham ijodkor mohirona ramziy ma’no yuklay olgan. Jumladan, Yog‘du chin
ma’noda Po‘lat hayotini yorug‘likka boshlagan qahramon, Yog‘du chinakamiga Po‘latning
hayotiga nur berib turuvchi, hayot yo‘llarini yoritguvchi yorug‘lik edi, nayinki Po‘latning balki
urushda qatnashgan yorini vafo va sadoqat ila kutgan jamiki o‘zbek “yog‘dularining” timsoli
sifatida tasvirlanadi. Bundan tashqari, Po‘latning otasi – O‘tkir aka. Ismi jismiga mos, har
qanday vaziyatni o‘tkirlik, fahm-u farosat bilan hal qiladigan qahramonlardan, voqealar
rivojida bu holat o‘z tasdig‘ini topib boradi. dabiyotshunos A.Rasulov: “Uslub – yozuvchining
adabiyotdagi betakror qiyofasi, bezagi, o‘zligi. Uslub – yozuvchi falsafasi in’ikosi”[3], −
deganda haq edi. Nazarimizda, yozuvchimiz bu romanda obrazlar yaratishda o‘z uslubiga
sodiq qolgan holda qahramonlar ismiga ham ramziy ma’no yuklay oladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ma’lumki, o‘zbek xalqida oila farzandning quvonchi o‘zgacha baxt, qahramonimiz Po‘lat

esa o‘n besh yildirki, tinoqqa zor. Asardagi qurib borayotgan ekinzor tasvirida ramziy
ma’noda Po‘latning ruhiy va jismoniy holatini ifoda etgan: “Bularning hech biri uning zulmat
bosgan ko‘nglini yoritguvchi chiroq bo‘la olmadi. Po‘lat uzukkun tomorqasidagi qurib
borayotgan ekinzoriga qadalib o‘tirdi, o‘tiraverdi .[4[ Bu tasvirlardagi zulmat bosgan ko‘ngil


background image

Page 76

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

va suvsizlikdan qurib borayotgan tomorqa ramziy ma’noda Po‘latning ruhiy talotumlar
girdobida qolganidan dalolatdir. Po‘lat onasining ra’yi bilan farzand tilab ko‘p joylarga boradi.
Toshkentlik azayimxon Toshdomlarning hiyla-nayranglari, odamlarni aldab kun
ko‘rayotganini ko‘rib, birovning baxtsizligi kimningdir kuniga kor qilayotganini ko‘rib
azoblanadi. Toshdomlar esa boshqalarning iztirobidan, baxtsizligidan mo‘maygina pul ishlab
oladigan manfur kimsalarning ramzi sifatida gavdalantiriladi. Po‘lat ham hamma qatori osuda
hayotda yashashni, baxtiyor bo‘lishni xohlardi, ammo hayot unga shunday sinovlar berdiki,
uning hamma qatori bo‘la olmasligi, yashay olmasligini ko‘ramiz. Azoblar, iztiroblar uning
irodasini tobladi. Po‘latning: “Hayot nima o‘zi? Bir kelish – u, bir ketishda. Shu kelib-ketishda
ortingdan qoladigan faqat bola. Bola – o‘limning yuziga inson tushirgan tarsaki, ortidan
farzand qoldiribgina dunyoda men ham borman deya oladi erkak kishi”, − deya aytgan alamli
iztiroblari fikrimiz isboti bo‘la oladi. Asarda yana bir obraz borki, dunyodagi barcha onalar
mehr-u muhabbatini ko‘rsata olgan. Bu – Oychechak aya obrazi. Oychechak ayaning o‘g‘lini
urushga kuzatishdan avval Po‘latni uylantirishga shoshishining o‘ziyoq Oychechak aya
o‘g‘lining kelajagidan qayg‘urib emas, balki o‘g‘lini uylantirishi urushga ketganida oilasi
borligini his etishi, tirik qolishga majbur ekanligiga ishora edi. Zero, inson o‘z oilasiga mehr
qo‘ymagunicha, Vatanga muhabbatini anglay olmaydi. Oychechak aya Vatan tuyg‘usini oilaga
muhabbat qo‘yish orqali sindirib boradigan o‘zbek onalarning timsolidir.

XULOSA

Nihoyat, Po‘latning orzusi amalga oshadi, o‘n besh yil deganda farzandli bo‘lishadi, qiz

ularning oilasini quvonchga, sevinchga to‘ldiradi, shuning uchun qizga Sevinch deb ism
qo‘yishadi. Sevinch ismi jismiga monand Po‘latning oilasiga chin ma’noda baxt, sevinch olib
keldi. Hammma Sevinchning atrofida parvona edi, shuning uchun u erka qiz bo‘lib o‘sdi.
Xalqimizda “Oyning o‘n beshi yorug‘ o‘n beshi qorong‘u deganlaridek” Po‘latning ham yorug‘
kunlariga orasiga qorong‘ulik o‘ralaydi, to‘satdan Po‘latlarning uyiga o‘t tushadi, sarosimada
qolgan uy egalari arang omon qolishadi, lekin Sevinchning bir yuzida bir umrga bu mudhish
voqeadan chandiq qoladi, uning bir yuzi kuyib ketadi. Ulg‘aygani sari Sevinchning chandig‘i
ham kattalashib bordi, endi hamma unga ajablanib qaraydigan, o‘zini olib qochadigan
bo‘lgandi. Maktabga ham ilk qadamlarini qo‘yganida sinfdoshlari tomonidan rad etilgach,
Sevinch maktabga borishni ham tark etadi, ota-onasining daldasi bilangina ta’limni davom
ettiradi. Sevinch maktabni bitirgach, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiradi va shifokorlik kasbini
egallashga astoydil bel bog‘laydi. Sevinch ota-onasiga o‘qish yuzasidan olti oyga malaka
oshirish uchun xorijga borishga ruxsat oladi. Po‘lat otani hamma hurmat qilib uni mahalla
oqsoqoli qilib qo‘yishgan edi, kunlarning birida Erboy Po‘lat otaga qizining Asakada
tug‘ruqxonada ekanligi, qizi uning yuziga oyoq bosganini eshitgach vajohat bilan Yog‘du
onaning oldiga keladi. Po‘lat otaning alamli nidosi: “Meni sotdilaring! Adoyi tamom
qildilaring! Hammasi, hammasi… butun umrim bekor ketdi, bekor!!!”. Ijodkor so‘z takroridan
unumli foydalanib, Po‘lat otaning iztirobini kitobxonga bo‘rttiradi. Lekin Po‘latni Alloh farzand
bilan berib, farzand bilan azoblaydi. Bu azob ayol sha’nini, erkaklik g‘ururini himoya qilishdan
ham og‘ir va azobli edi. Sevinchning Erboy kabi manfur kimsalarning qo‘lida majruhga
aylanishi Po‘lat uchun farzand dog‘idan ham ayanchli edi. Erboy o‘z nafsiga qul bo`lgan,
hayotni faqat qora bo‘yoqlarda ko‘radigan, hatto yosh, murg‘akka ham azob berishdan tap
tortmaydigan manfur kimsalarning ramziy timsollaridir. Turmush degan yo‘lning
bekatlaridan o‘ta-o‘ta Po‘lat qanday qilib Po‘lat ota, Yog‘du esa qanday qilib Yog‘du ona


background image

Page 77

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

bo‘lganini, odamlar ularni shunday atay boshlaganini ham sezmay qolishdi. “Ota” romani
so‘ngida huddi “Isyon va itoat”da bo‘lgani singari Po‘lat hayotidagi shuncha talotumlardan,
iztirob va isyonlardan so‘ng itoatga keladi: “Menga bergan hayotning ham xuddi qizim
Sevinchniki kabi ikki yuzi bor ekan: bittasi g‘oyat go‘zal, sevimli bo‘lsa, ikkinchisi esa, yana
o‘sha, qizimning olovda kuyib badbashara holga ‘kelgan yuzidek. Endi menga qismatimning
ikki beti ham, huddi qizimniki kabi qadrdon” .

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ҳамдамов У. “Ота”. Т.: Янги аср авлоди, 2017. − Б. 20.

2.

Ҳамдамов У. “Ота”. Т.: Янги аср авлоди, 2017. − Б. 40.

3.

Расулов А. Бадиийлик-безавол мезон.

4.

Normatov U. Tafakkur yog‘dusi. –T., 2006..

5.

Норматов У. Нафосат гурунглари. – Тошкент: Муҳаррир, 2010. – 389 б;

6.

Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 2007. – 336 б;

7.

Умуров Ҳ. Бадиий ижод асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – 120 б;

8.

Болтабоев Ҳ, Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи (1-жилд) – Тошкент:

Mumtoz so’z, 2013. – 400 б;
9.

Ҳаққулов И. Ижод иқлими. – Тошкент: Фан, 2009. – 394 б;

10.

Қаҳрамонов Қ. Адабий танқид: янгиланиш жараѐнлари. – Тошкент: Ўзбекистон

Миллий кутубхонаси, 2009. – 184 б;
11.

Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Тошкент:Янги аср авлоди, 2006. – 546 б;

12.

Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси. – Тошкент: Шарқ, 2004. – 287 б;

Библиографические ссылки

Ҳамдамов У. “Ота”. Т.: Янги аср авлоди, 2017. − Б. 20.

Ҳамдамов У. “Ота”. Т.: Янги аср авлоди, 2017. − Б. 40.

Расулов А. Бадиийлик-безавол мезон.

Normatov U. Tafakkur yog‘dusi. –T., 2006..

Норматов У. Нафосат гурунглари. – Тошкент: Муҳаррир, 2010. – 389 б;

Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Тошкент: Шарқ, 2007. – 336 б;

Умуров Ҳ. Бадиий ижод асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2001. – 120 б;

Болтабоев Ҳ, Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи (1-жилд) – Тошкент: Mumtoz so’z, 2013. – 400 б;

Ҳаққулов И. Ижод иқлими. – Тошкент: Фан, 2009. – 394 б;

Қаҳрамонов Қ. Адабий танқид: янгиланиш жараѐнлари. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2009. – 184 б;

Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Тошкент:Янги аср авлоди, 2006. – 546 б;

Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси. – Тошкент: Шарқ, 2004. – 287 б;