Авторы

  • Olim Qarshiyev
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi mudiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126832

Ключевые слова:

Pedagogika baholash talaba o‘quvchi darslik o‘quv qullanma amaliy mashg‘ulot nazorat chizma grafika masala

Аннотация

Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda kafolatlangan pedagogik baholash mezonlari, metodlari va ularni ta’lim natijalarini baholashdagi ahamiyati. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda talabalarning bilimini baholash va darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda elektron ishlanmalar yaratish.


background image

Page 71

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI O‘QITISHDA

TALABALARNING BILIMLARINI BAHOLASH VA

DARSLIKLAR HAMDA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMALAR

VA ELEKTRON ISHLANMALAR YARATISH.

Qarshiyev Olim Namozovich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684435

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14- Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17- Iyun 2025 yil

Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda kafolatlangan
pedagogik baholash mezonlari, metodlari va ularni
ta’lim natijalarini baholashdagi ahamiyati. Muhandislik
grafikasi fanlarini o‘qitishda talabalarning bilimini
baholash va darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar
hamda elektron ishlanmalar yaratish.

KEYWORDS

Pedagogika, baholash, talaba,
o‘quvchi,

darslik,

o‘quv

qullanma, amaliy mashg‘ulot,
nazorat,

chizma,

grafika,

masala

Ma’lumki

,

oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim

muassasalarida talaba yoki o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining qay darajada
o‘zlashtirilganligini nazorat qilishga imkon beradigan o‘quv nazorat ishi - tashkil etiladigan
o‘quv mashg‘ulotlarining an’anaviy shakllaridan biri hisoblanadi. U talabaning muayyan
mavzular bo‘yicha egallagan bilimlar darajasini baholash maqsadida tashkil etiladi. Nazorat
ishi oliy ta’lim muassasalarida, auditoriyadan tashqarida yoki uyda ma’lum muddat ichida
bajariladi.

Nazorat ishi o‘quv fanlari yuzasidan avvaldan belgilangan muddatda pedagog

tomonidan tashkil etiladi.

Odatda, oliy ta’lim muassasalarida muhandislik grafikasi siklidagi fanlar bo‘yicha

nazorat ishini bajara olmagan va u bo‘yicha sinovdan o‘ta olmagan talabalar yakuniy
nazoratga, ya’ni imtihonlarga qo‘yilmaydi. Bu o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Inson faoliyatining deyarli ko‘plab sohalari uchun zarur bo‘lgan chizmalarni o‘qish va

bajarish ishlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik o‘zi uchun qulay bo‘lgan bilish
vositasiga ham ega bo‘ladi.

Shunga asosan hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizmaga g‘oyat katta e’tibor berib, bir

qator talablar ham qo‘ymoqda. Bu talablarni amalga oshirishda chizmani bajarishda qabul
qilingan turli belgilarni, qoidalarni bilish va uni tushunish albatta maxsus tayyorgarlikni
hamda mukammal grafik savodxonlikni talab qiladi.

Bu esa muhandislik grafikasi ta’lim tizimidagi o‘zaro uzviylikka ega bo‘lgan qator fan va

maxsus kurslarni o‘rganish va o‘zlashtirish orqali yuzaga keladi.

Ma’lumki, dars mag‘ulotlarida asosan grafik bilimlarning nazariy va amaliy asoslari

beriladi. Bu jarayonda chizmalar chizish va grafik masalalarni echish ham ko‘riladiki, uni
bajarish hamma vaqt ham o‘ylaganday amalga oshirilavermaydi.


background image

Page 72

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Chizmalarni doskada va o‘quv adabiyotlaridan ko‘r-ko‘rona tushunmagan holda

ko‘chirib, shu ishga oid bajarilishi lozim bo‘lgan grafik amallarni qanday yo‘l bilan bajarilishi
mumkinligini tushunib etmaydi va o‘z-o‘zidan formalizmga yo‘l qo‘yiladi.

Mana shu kabi xatolikka yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatish va har bir grafik ishni, uning

echimini ongli ravishda tushunib, izchillikda, nazariy asosga, Davlat standart talablariga,
uning qonun-qoidalariga amal qilgan holda to‘g‘ri va estetik did bilan to‘g‘ri va toza bajarish
katta ahamiyatga ega. Bu:

-

chizma asboblaridan o‘rinli foydalanishga;

-

grafik ishlarni bajarishda o‘quv ma’lumotnomalaridan, darslik, o‘quv va

metodik qo‘llanmalardan to‘g‘ri foydalanishga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq.
Talabalarning fan bo‘yicha bilimini o‘zlashtirish jarayonida ularning bilimini qanday

o‘zlashtirib borayotganligini sifatini tekshirib borish uchun nazorat ishlaridan foydalaniladi.
Nazorat o‘quv tarbiya ishlarida eng ma’suliyatli ongdir va shuning uchun unga jiddiy
tayyorgarlik ko‘rish talab qilinadigan jarayondir. Nazorat ishlar mazmuni mo‘ljallangan
hamma materiallarni to‘la qamrab olgan bo‘lishi zarur. U talaba tomonidan o‘zlashtirishi shart
bo‘lgan nazariy materiallarning mazmun va mohiyatini qamrab olgan va uning hamma
qismlarini ochib berishga moljallangan tarzda tuzilishi zarur.

Nazorat ishlarini bajarish haqidagi habar talabalarga avvaldan berilishi, uning maqsadi,

mazmuni va vazifalari hamda ahamiyati haqida to‘liq axborot berilishi lozim. Talaba bu
jarayonga juda ma’suliyat bilan qarashi kerak. Bunday nazariy hollarni yanada
chuqurlashtirish va shunga mos amaliy masalalar doirasini tipik masalalardan mazmuni
chuqurroq masalalar sonini ko‘paytirishni taqozo etadi. Bu hol sifatli, hamma vaqt yangilik
yaratishga intiladigan kadrlar tayyorlashga asos bo‘ladi.

Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan talablar.
Bo‘lajak mutahasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta’lim oluvchilarning bilimlarini

nazorat qilish o‘ta muhimdir. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan
nazariy materiallar bo‘yicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng
asosiysi ta’lim oluvchilarning intelektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni
tanlash imkoni vujudga keladi.

Ta’lim natijalarini nazorat qilish vositalari o‘rganilayotgan fan (mavzu) bo‘yicha

shakllantirilgan ma’lumotlar ba’zasidan ta’lim beruvchi tomondan tayyorlangan (tuzilgan)
topshiriqlar, savollar, test savollari va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalaridan iborat.
Bunday jarayonda natijalarni kuzatish va xulosa chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.

Natijalarni kuzatish va xulosa chiqarish - bu olingan natijalarga baho berishdan iboratdir.

Bunda ta’lim beruvchi ishtiroki muhim rol o‘ynadi.

Hususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:

1.

Nazoartning diognostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim, ko‘nikma va

malakalarni shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

2.

Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish

funksiyasi.

3.

Nazorat jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng

asosiysi, rivojlantiriladi.

4.

Ta’lim funksiyasi.


background image

Page 73

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

5.

Nazoratning tarbiya funksiyasi.

6.

Nazoratning baholash funksiyasi.

Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilim olishga qiziqishni uyg‘otish, jonli fikrlashga

o‘rgatuvchilik funksiyasi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘zquv- metodik

qO‘zllanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.
2.

Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. O‘zquv-metodik

qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 120 b.
3.

Kompetensii pedagoga XXI veka [Elektronnыy resurs]: sb. materialov resp. konferensii

(Minsk, 25 noyab. 2021 g.) / M-vo obrazovaniya Resp. Belarus, GUO «Akad. poslediplom.
obrazovaniya», OO «Belorus. ped. o-vo». – Minsk: APO, 2021.
4.

T.Rixsiboev va boshqalar. Muhandislik grafikasi fanlarini O‘qitish metodologiyasi. O‘quv

qo‘llanma, T., Tafakkur qanoati, 2011.
5.

Sh.K.Murodov va boshqalar. Chizmageometriya. Toshkent, “Iqtisod - moliya”, 2008.

6.

Q.T.Olimov . “Zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalari bO‘zyicha ilg‘or xorijiy

tajribalar” moduli bo‘yicha O‘zUM. 2015.
7.

http://bimm.uz – Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirishni tashkil yetish Bosh ilmiy-metodik markazi.
8.

http://ziyonet.uz – Ta’lim portali ZiyoNET.

9.

http://natlib.uz –

Alisher

Navoiy

nomidagi

O‘zbekiston Milliy

kutubxonasi.

Библиографические ссылки

Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘zquv- metodik qO‘zllanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.

Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativ asoslari. O‘zquv-metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 120 b.

Kompetensii pedagoga XXI veka [Elektronnыy resurs]: sb. materialov resp. konferensii (Minsk, 25 noyab. 2021 g.) / M-vo obrazovaniya Resp. Belarus, GUO «Akad. poslediplom. obrazovaniya», OO «Belorus. ped. o-vo». – Minsk: APO, 2021.

T.Rixsiboev va boshqalar. Muhandislik grafikasi fanlarini O‘qitish metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma, T., Tafakkur qanoati, 2011.

Sh.K.Murodov va boshqalar. Chizmageometriya. Toshkent, “Iqtisod - moliya”, 2008.

Q.T.Olimov . “Zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalari bO‘zyicha ilg‘or xorijiy tajribalar” moduli bo‘yicha O‘zUM. 2015.

http://bimm.uz – Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil yetish Bosh ilmiy-metodik markazi.

http://ziyonet.uz – Ta’lim portali ZiyoNET.

http://natlib.uz – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.