Авторы

  • G.R. Tursunova
    SamISI, “Turizm” kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126833

Ключевые слова:

Hozirgi kunga kelib esa turizm jadal va to‘xtovsiz ravishda rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib kelmoqda.

Аннотация

Biz hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlarni turizmsiz ta’savvur qilishimiz qiyindir. Bunga misol sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari AQSH, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, BAA, Gretsiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Turizm-turli din va oqim a’zolari, ateistlar va diniy qarashlarga qiziqish bilan yondashayotgan kishilar orasida yanada samarali uchrashuv va dialoglarni ta’minlovchi jahon yo‘lidir.


background image

Page 68

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

O‘ZBEKISTONDA ARXEOLOGIK TURIZMNING

RIVOJLANISH IMKONIYATLARI

G.R.Tursunova

SamISI, “Turizm” kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684385

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14- Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 17- Iyun 2025 yil

Biz hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanib kelayotgan
davlatlarni turizmsiz ta’savvur qilishimiz qiyindir. Bunga
misol sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari AQSH,
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy,
BAA, Gretsiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ko‘rsatib
o‘tishimiz mumkin. Turizm-turli din va oqim a’zolari,
ateistlar va diniy qarashlarga qiziqish bilan
yondashayotgan kishilar orasida yanada samarali
uchrashuv va dialoglarni ta’minlovchi jahon yo‘lidir.

KEYWORDS

Hozirgi kunga kelib esa turizm
jadal va to‘xtovsiz ravishda
rivojlanayotgan

sohalardan

biri bo‘lib kelmoqda.

Biz hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlarni turizmsiz ta’savvur

qilishimiz qiyindir. Bunga misol sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari AQSH, Fransiya,
Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, BAA, Gretsiya, Turkiya va boshqa davlatlarni
ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Turizm-turli din va oqim a’zolari, ateistlar va diniy qarashlarga
qiziqish bilan yondashayotgan kishilar orasida yanada samarali uchrashuv va dialoglarni
ta’minlovchi jahon yo‘lidir.

Hozirgi kunga kelib esa turizm jadal va to‘xtovsiz ravishda rivojlanayotgan sohalardan

biri bo‘lib kelmoqda. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu sohani
yanada takomillashtirish zarur va buni davrning o‘zi taqozo etmoqda.

“O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki mamlakatda

butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular
qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta. Sohani
yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart”-deb bejiz
ta’kidlamagan Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev.

Darhaqiqat bugungi kunda turizm iqtisodiyotimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib

bormoqda. Turizm o‘zining barcha “shakllarida” har bir mamlakat va mintaqa iqtisodiyotining
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Yurtimizda turizmning tarixiy, madaniy, ziyorat,
ekologik, gastronomik, rekreatsion va shunga o‘xshash bir necha turlari rivojlangan. Bular
qatoriga arxeologik turizmni ham aytish mumkin.

Arxeologik turizm-madaniy turizmning bir turi hisoblanib, ushbu turizmning asosiy

maqsadi arxeologiya va tarixiy yodgorlik obidalarini saqlash va ularga bo‘lgan qiziqishni
oshirish ko‘zda tutiladi. Arxeologik yodgorliklar, shuningdek, qazish ishlari natijasida paydo
bo‘ladigan obyekt turistik mahsulot hisoblanib, turistlarning qiziqishini orttiradigan
maydondir. Arxeologik turizmning bir qismi sifatida qazishma ishlari jarayoni ham e’tiborga
loyiq bo‘lib, yangi topilmalar orqali arxeologik obyektga tashrif buyuruvchilarning qiziqishini


background image

Page 69

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

orttirish bilan birga qiziquvchi turistlarga ajoyib imkoniyat taklif qiladi. Ya’ni turistlar uchun
bevosita qazish jarayonida qatnashish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Turistlar o‘zlarini
arxeologlardek his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va madaniy resurslarni qazib ko‘radilar,
mobodo omadlari kelsa ajoyib artefaktlar ham topishlari ham mumkin bo‘ladi. Qolaversa,
qazish jarayoni madaniy turizmni rivojlantirish elementi sifatida baholanadi va “qazish
ishlari”, ekskursiyalar va axborot dasturlarida ishtirok etish orqali turistlar qazish tajribasiga
ega bo‘ladi va ko‘proq odamlarni o‘ziga jalb qiladi hamda o‘z o‘zidan bu jarayon “qazish
turizmi”ni rivojlantirishga yordam beradi.

Arxeologik turizm manbalari qimmatli va noyobdir. Chunki ular qadim zamonlardagi

o‘sha davr odamlari tomonidan yaratilgan va o‘sha davr muhitini saqlab qolgan turizm turidir.
Vaqt o‘tishi bilan bu obyektlar ko‘proq qiymatga ega bo‘laveradi. Bu borada eng muhim omil
deb arxeologik yodgorliklarga zarar yetkazmaslikni aytish mumkin, sababi har qanday
arxeologik topilmaning orttirgan zararini qayta tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun turizm
manbalaridan faqat ularni boshqa ko‘rinishda taqdim etish orqali foydalanish lozim.

Mamlakatimiz o‘zining qadimiy tarixi bilan butun jahon e’tiborini o‘ziga tortib

kelmoqda. YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva, Buxoro, Shahrisabz,
Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlar qadimdan to hozirgacha Markaziy Osiyoda muhim
ahamiyat kasb etgan ko‘pgina shaharlar turistlar e’tiborini tortib kelmoqda. Turistlar uchun
bu shaharlarda ko‘plab qulayliklar yaratilgan bo‘lib, sayohat vaqtida bevosita o‘zlarini
qadimgi davrga tushib qolgandek his qiladilar.

Shu bilan birga hukumatimiz va jonkuyar olimlarimiz tomonidan arxeologik turizmni

rivojlantirish maqsadida bir qancha yodgorliklar “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirish
ishlari boshlab yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2018-yil
oxiri va 2019-yil boshlaridan boshlab Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent
yodgorligi arxeologik obyektlar ichida birinchi bo’lib, “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga
aylantirildi. Bu ko‘hna shahar qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti hisoblanib, o‘tmishda
Axsikat deb atalgan. Bu joydan mudofaa inshoatlari, shahar darvozalari, temirchi ustalar va
zargarlar mahallalari, turar joylar va yerosti suv yo‘llari-vodoprovotlar topilganligi hamda 10-
15 metrlik madaniy qatlamda 1,5 ming yillik tarixni saqlab kelayotganligi yodgorlikka
nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. Turizm mutaxassislari bilan hamkorlikda yodgorliklar
usti yopilib, yaxshi saqlangan joylarning qadimgi 3D ko‘rinishi tiklanmoqda va kelajakda
Axsikent hududidagi yana 10 ta yodgorlik usti yopilib turistlar uchun muzeyga aylantirilishi
reja qilingan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy

jamoa Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Ichki va xalqaro
turizm”ning Uchtepa-Buloqmozor majmuasi arxeologik yodgorliklarni o‘rganish va ularni
“moviy osmon ostidagi muzey”ga aylantirish amaliy loyihasi doirasida hududda zardushtiylik
qarashlari va islom dini keng tarqalishi bilan bog‘liq o‘ta noyob topilmalarni aniqladilar.
Topilgan noyob topilmalar va yodgorliklarning o‘ziga xosligi, bu hududning “Ochiq osmon
ostidagi muzey”ga aylantirilishiga turtki bo‘ldi. Yodgorlikning o‘ziga xosligi, topilmalarning
noyobligi, shaharsozlikning islomgacha va islomdan keyin ham rivojlanganligi ichki va xalqaro
turizm sohasida katta yutuq hisoblanib, turistlarning e’tiboridagi hududlardan biri deyish
mumkin. Hozirda Namangan viloyati hokimyati va turizm vakillari homiyligida ibodatxona
qismining ustini maxsus qurilma bilan yopilib, ibodatxona otashkadalari va me’moriy devor


background image

Page 70

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 06, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

qoldiqlari namoyishida uning noyob topilmalarini ekspozitsiya stendlariga joylashtirilib, ichki
va xalqaro turizm uchun yangi obyektni tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.

O’zbekiston nafaqat tarixiy-madaniy turizm turi bilan boy balki, arxeologik

yodgorliklar sonining ko’pligi hamda noyob topilmalarning salmog’i bilan ham mashhurligi
ularning qadimgi qiyofalarini tiklash va muzeyga aylantirish uchun yetarlicha manba bo’la
olishiga aminmiz.

O‘zbekiston-Xitoy Qo‘shma arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tomonidan Marhamat

tumanining Mingtepasida arxeologik izlanishlar natijasida qo‘shma arxeologik ekspeditsiya
rahbari, tarix fanlari doktori Boqijon Matboboyev tomonidan Mingtepa hududidagi noyob
topilmalar va hududdagi shaharning II asrga oidligi Andijonda ham “Ochiq osmon ostidagi
muzey” tashkil qilish uchun yetarli hisoblanadi. Shuningdek, hozirgi kunda bu hududda
arxeologik qazishma ishlari davom ettirilib, hudud to‘liq o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga, hukumatimiz tomonidan Navoiyda joylashgan va 7 ming yillik tarixga

ega Sarmishsoy darasi ham “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylanganligi turizm sohasi uchun
katta imkoniyat deyish mumkin. Hududdagi 10 mingdan ortiq qoyatoshga ishlangan
petrogliflar va sur`atlarning o‘ziga xosligi hamda tasvirlarning hech biri boshqasiga
o‘xshamasligi turistlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Qachonlardir port shahar bo‘lgan va aholisi baliqchilik bilan shug‘ullangan hamda

hozirgi kunda “Kemalar qabristoni”ga aylangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq
shahri ham doimo turistlar e’tiborida. Bir vaqtlar hududda 100 ga yaqin kemalarga ega hudud
hozirda Mo‘ynoq shahri tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan “Ochiq osmon ostidagi
muzey”ga aylangan.

Shuni aytishimiz mumkinki, arxeologik turizm turizm va arxeologiyaning o‘zaro ta’siri

natijasidir. Arxeologik turizm mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan bir qatorda tarixiy
voqealarni qayta tiklashga, arxeologiyani umumlashtirishga yaqindan yordam beradi.
Shuningdek, bu soha arxeologiya merosini saqlashga yordam berish, odamlarning noma’lum
dunyoga tarixiy qiziqishlari ortishiga xizmat qiladi. Arxeologik turizm o‘tmish va hozirgi
zamon o‘rtasidagi ko‘prikdir. Uning tamoyillari mutlaqo ilmiy bo‘lib, arxeologik turistik
obyektlarini ulkan turizm manbai sifatida optimal qo‘llashga intiladi.
Turistlarni jalb qilish uchun meros obyektlarini yaratish, rekonstruksiya qilish, diqqatga
sazovor joylarni kompleks tarzda taqdim qilish, arxeologik yodgorliklarni turizm ishlab
chiqarishiga yo‘naltirish lozimdir. Bu tizim orqali davlat iqtisodiyotga foyda keltirish bilan
birga ham tarixni o‘rganib, ham yangi obyektlarni ilmiy jihatdan o‘rganish bilan birga, yangi
obyektlar qazish uchun yetarlicha daromad ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkindir

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 2019 y.

2.

Mirziyoev Sh.M. “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni

ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2016-yil 2-dekabr
3.

Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi kitobi. -T.: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2021. -

464 b.
4.

Tuxliyev I.S., Abduxamidov S.A. “Turizm: nazariya va amaliyot”. Darslik, Toshkent, 2021.-

405 b

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 2019 y.

Mirziyoev Sh.M. “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2016-yil 2-dekabr

Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi kitobi. -T.: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2021. -464 b.

Tuxliyev I.S., Abduxamidov S.A. “Turizm: nazariya va amaliyot”. Darslik, Toshkent, 2021.-405 b