Page 146
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
ZAIF ESHITUVCHILARDA MULOQOT VA SHAXSLARARO
ZIDDIYATLARNING O’ZIGA XOSLIGI
Narmetova Yulduz Karimovna
Toshkent Davlat tibbiyot universiteti dotsenti
Yusupova Muxlisa
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15656684
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01-June 2025 yil
Ma’qullandi: 07- June 2025 yil
Nashr qilindi: 13- June 2025 yil
Ushbu maqolada muloqotning insonlar hayotidagi o‘rni,
uning turlari va ijtimoiy munosabatlarga ta’siri
yoritilgan.
Shuningdek,
shaxslararo
ziddiyatlar
tushunchasi, ularning asosiy sabablari va yuzaga kelish
omillari tahlil qilingan. Maqolada ziddiyatlarni hal
etishning samarali usullari — ochiq muloqot, murosaga
kelish, faol tinglash va empatiya haqida so‘z yuritiladi.
Ushbu mavzu ijtimoiy muhitda sog‘lom munosabatlar
o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega..
KEYWORDS
muloqot, shaxslararo ziddiyat,
anglashmovchilik,
murosaga
kelish,
empatiya,
ijtimoiy
munosabat, ziddiyat sabablari,
konflikt, insonlararo aloqa.
Inson — ijtimoiy mavjudot. U har kuni turli odamlar bilan muloqotga kirishadi, fikr
almashadi, o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etadi. Har qanday jamiyatda insonlar o‘rtasidagi sog‘lom
aloqa — hamkorlik, ishonch va taraqqiyot garovidir. Jamiyatda har bir insonning teng huquqli
ishtirokini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, eshitish imkoniyati cheklangan
(zaif eshituvchi) shaxslar uchun ijtimoiy muhitga moslashish va samarali muloqot qilish katta
ahamiyatga ega. Ularning muloqoti, shuningdek, shaxslararo munosabatlarida yuzaga
keladigan ziddiyatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu maqolada zaif eshituvchilarning
muloqot jarayoni va ziddiyatlarga yondashuvi tahlil qilinadi.
Muloqot insonlar o‘rtasida ijtimoiy aloqalarni barpo qilish va rivojlantirishda asosiy
vosita hisoblanadi. Og‘zaki va noverbal (tana harakati, mimika, intonatsiya) shakllarda bo‘lishi
mumkin bo‘lgan muloqot orqali odamlar bir-birlarini anglaydi, o‘z fikrlarini ifoda etadi va
jamiyatda muvofiqlikni ta’minlaydi. Samimiy va ochiq muloqot insonlar orasidagi ishonchni
oshiradi, ziddiyatlarning oldini oladi. Zaif eshituvchilarning muloqot jarayoni odatdagi
eshituvchi insonlarga qaraganda bir qator farqlar bilan ajralib turadi. Eshitishdagi cheklovlar
tufayli ular og‘zaki muloqotdan to‘liq foydalana olmaydilar. Buning o‘rniga imo-ishora tili,
mimika, pantomima va yozma aloqa vositalariga tayanadilar.
Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi:
«Muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) Individlarning o'zaro ta'sir jarayoni;
b) Individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
d) Bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
e) Bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni;
f) Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
g) Shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni.
Page 147
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
Muloqotda muhim o'rinni psixologik ta'sir egallaydi. Psixologik ta'sir aloqaning tarkibiy
birligi, tarkibiy qismidir. Aslini olganda, bu bir shaxsning (yoki bir guruh odamlarning)
boshqa shaxs (yoki odamlar guruhi) psixikasiga kirib borishidir. Ushbu kirishning maqsadi va
natijalari individual yoki guruh ruhiy hodisalarini (qarashlar, munosabatlar, holatlar va
boshqalar) o'zgartirish, qayta qurishdir. Psixologik ta'sir hech qanday qudratli emas, garchi
ma'lum sharoitlarda odamlarning psixikasida va u orqali ularning faoliyati va xatti-
harakatlarida ma'lum o'zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shaxslararo munosabatlar - bu bizga yaqin odamlar bilan munosabatlar; bu ota-onalar
va bolalar, er va xotin, aka-uka va opa-singil o'rtasidagi munosabatlardir. Shaxslararo
munosabatlarning tarkibiy qismlari:
1.
Kognitiv komponent- barcha kognitiv psixik jarayonlarni o'z ichiga oladi: hislar,
idrok etish, tasvirlash, xotira, fikrlash, tasavvur. Ushbu komponent tufayli birgalikdagi
faoliyatda sheriklarning individual psixologik xususiyatlari va odamlar o'rtasidagi o'zaro
tushunish haqida bilim mavjud. O'zaro tushunishning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
2.
Adekvatlik - idrok etilayotgan shaxsning ruhiy aks etishining to'g'riligi;
3.
Identifikatsiya - shaxs tomonidan o'z shaxsiyatini boshqa shaxsning
shaxsiyati bilan aniqlash;
4.
Hissiy komponent- shaxsning boshqa odamlar bilan shaxslararo muloqotda
bo'lgan ijobiy yoki salbiy tajribalarini o'z ichiga oladi.
Ziddiyat-(lot. conflictus - qarama-qarshilik, konflikt) - tomonlarning yoki hamkorlikdagi
sub'ektlarning qarama-qarshi yo'nalishdagi manfaatlari, maqsadlari, pozitsiyalari, fikr va
qarashlari to'qnashuvidir. Ziddiyat har doim ham yuzaga kelgan nizolarni hal etishning
samarali usuli bo'lib hisoblanmaydi, chunki nizo jarayonida paydo bo'ladigan kuchli
emotsiyalar oqibatida tafakkur jarayonlari sekinlashadi, uning doirasi torayadi, psixikaning
eng sodda qatlamlari (instinktlar, impulsiv xatti-harakatlar) ishga tushadi. Ammo
ziddiyatlarni hal qilishning yagona yo'li ziddiyatga kirish bo'lsa, bu jarayondagi
tashabbuskorlikni o'z qo'lingizga olishingiz lozim. Chunki konfliktga ongli tarzda kirish orqali
uni boshqarish mumkin. Shuni esda tutish lozimki, doimiy tarzda ko'p martalab ziddiyatga
kirish sog'liq uchun zararlidir.
Konfliktning turlari:
1. Ichki konflikt – insonning o‘z ichidagi qarama-qarshiligi (masalan, qaror qabul qila
olmaslik).
2. Shaxslararo konflikt – ikki kishi o‘rtasidagi ziddiyat.
3. Guruhlararo konflikt – ikki yoki undan ortiq guruhlar o‘rtasidagi ziddiyat.
4. Ijtimoiy konflikt – jamiyatdagi tabaqalar, sinflar, millatlar yoki boshqa ijtimoiy
guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik.
Konfliktni qanday qilib boshqarish mumkin? Buning uchun kishidan o'z emotsiyalarini
nazorat qilish, qalbaki sabablardan haqiqiy sabablarni ajratib olish, ziddiyatni lokallashtirish,
faqat himoyaga diqqatni qaratishdan qochish, tashabbuskorlikni o'z qo'lida ushlab turish
talab etiladi.
Ziddiyatni hal etishning to'rtta yo'li mavjud: bo'ysundirish, kompromiss, qochish va
integratsiya. Oxirgi yo'l eng qiyin, lekin uni amalga oshirish mumkin. Ziddiyatli vaziyatlardan
chiqishni bilmaslik, har qanday kishi uchun muomala jarayonida paydo bo'ladigan ko'plab
kundalik qiyinchiliklarni engib o'tish, jismoniy va psixik sog'liqqa putur etkazuvchi
Page 148
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
emotsional stresslarga olib keladi. Bu holatni psixologlar shaxslararo muomaladagi to'siq lar,
deb atashadi. Muomaladagi to'siqlar - bu ziddiyatlar paydo bo'lishiga imkon yaratuvchi juda
ko'p omillardir.
Zaif eshituvchilar shaxslararo munosabatlarda ham qator qiyinchiliklarga duch
keladilar. Bular quyidagi sabablarga borib taqaladi:
1. Tushunmovchiliklar – muloqotdagi noaniqliklar yoki noto‘g‘ri talqinlar.
2. Kommunikativ to‘siqlar – imo-ishora tilini bilmaslik yoki noto‘g‘ri foydalanish.
3. Ijtimoiy kamsitish – jamiyatda nogironlikka nisbatan noto‘g‘ri stereotiplar mavjudligi
4. O‘z-o‘ziga ishonchning pastligi – o‘z fikrini bildirishdan cho‘chish, bahsdan
chetlashish.
Bunday ziddiyatlar nafaqat psixologik bosimni kuchaytiradi, balki ijtimoiy muvozanatni
ham izdan chiqaradi.
Zaif eshituvchilarda yuzaga keladigan shaxslararo ziddiyatlarni hal qilishda alohida
yondashuv, sabr, va maxsus kommunikatsiya vositalaridan foydalanish zarur bo‘ladi.
Birinchidan, ziddiyatning sababini aniqlash muhimdir. Bu bosqichda har ikki tomonning
pozitsiyasini to‘g‘ri tushunish uchun vizual vositalar, yozma savollar yoki imo-ishora tilidan
foydalanish kerak. To‘g‘ri talqin qilinmagan iboralar ko‘pincha kelishmovchilikka olib kelgani
sababli, muloqotni aniqlashtirish muhim rol o‘ynaydi.
Ikkinchidan, vositachilik (tarjimon, signal tilini biluvchi shaxs) orqali muloqotni
yengillashtirish samarali bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, konflikt jamoaviy muhitda (masalan, ish
joyi, o‘quv muassasasi) yuzaga kelgan bo‘lsa, neytral vositachining ishtiroki taraflar o‘rtasida
adolatli va aniq aloqa o‘rnatish imkonini beradi.
Uchinchidan, ziddiyatni hal qilishda emosional tushunuvchanlik muhim ahamiyatga ega.
Zaif eshituvchilar ba’zida o‘z fikrlarini yetkazishda qiynalganliklari sababli ichki bosimga duch
keladilar. Shu sababli, ularning holatini tushunishga harakat qilish, sabr-toqat bilan
yondashish, xolis va tinch muhit yaratish ziddiyatni yumshatishga yordam beradi.
To‘rtinchidan, ta’lim va tarbiya jarayonida inkluziv yondashuvni rivojlantirish kerak. Bu
orqali zaif eshituvchilarning o‘z fikrini erkin ifoda etish, jamoada o‘z o‘rnini topish, va ziddiyat
holatlarida o‘zini tutish ko‘nikmalari shakllanadi.
Zaif eshituvchilarning muloqoti va shaxslararo ziddiyatlari ularning eshitishdagi
cheklovlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday insonlar bilan samarali muloqot qurish va
ziddiyatlarning oldini olish jamiyatning har bir a’zosidan e’tibor, sabr, tushunish va
hamkorlikni talab etadi. Insoniylik, inkluziv yondashuv va ijtimoiy mas’uliyat orqali zaif
eshituvchilarning jamiyatdagi o‘rni mustahkamlanadi.
Xulosa
Zamonaviy jamiyatda yashayotgan har bir inson muloqot madaniyatini egallashi zarur,
chunki har bir ijtimoiy munosabat — oilaviy hayotdan tortib, ish joyi va do‘stona
aloqalargacha — aynan muloqotga tayangan holda shakllanadi. Muloqot nafaqat axborot
uzatish vositasi, balki insonlar o‘rtasidagi ishonch, hurmat va hamkorlikni qaror toptiruvchi
kuchdir. Shu bilan birga, har qanday muloqotda turli sabablarga ko‘ra shaxslararo ziddiyatlar
vujudga kelishi mumkin. Bunday holatlar insonlar orasidagi tafovutlar, tushunmovchiliklar,
hissiy reaksiyalar yoki manfaatlar to‘qnashuvi natijasida yuzaga chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Page 149
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 06, June 2025
www.in-academy.uz
1. Abdullayev Akmal Nasriddinovich (2020). THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN
MODERN SOCIETY. European science review, (3-4), 69-72.
2. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoe posobie dlya vuzov.- M.:IKS
"MarT", 2004-512 b.
4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey:Posobie dlya
uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 b.
5. Qizi, Q. M. O., & Karimovna, N. Y. (2025). ZAIF ESHITUVCHI BOLALARGA IMO-ISHORA
TILINI OʻRGATISH. Central Asian Journal of Academic Research, 3(3), 183-186.
6. Нарметова, Ю. (2014). Кўзи ожиз ва заиф кўрувчи болалар психологик
хусусиятларининг ўзига хослиги. Болалар учун ижтимоий хамкорлик: миллий ва
халқаро илғор тажрибалар”. Халқаро форум. Тошкент,-2014. Б, 244-247.
7. Karimovna, N. Y. (2022). Autism and the importance of communication with patients of this
disease. Gospodarka i Innowacje., 23, 8-10.
8. Karimovna, N. Y. (2023). COGNITIVE DISORDERS. American Journal of Interdisciplinary
Research and Development, 12, 126-131.
9. Karimovna, N. Y. (2022). Yoshlarda Internetga Tobelik Muammolari. Ta'Lim Va Rivojlanish
Tahlili Onlayn Ilmiy Jurnali, 2(12), 96-99.
10. Нарметова, Ю. (2021). Алекситимия-психосоматик касалликлар омили сифатида.
Scienceweb academic papers collection.