Page 20
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
YUQUMLI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN
BEMORLARNING PSIXO-EMOTSIONAL XUSUSIYATLARI
Narmetova Yulduz Karimovna
Toshkent Davlat tibbiyot universiteti dotsenti
Vaxobova Muslima Abrorjon qizi
Toshkent Davlat tibbiyot universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15599892
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Ushbu maqolada yuqumli kasalliklarga chalingan
bemorlarning psixo-emotsional holatlari va ularning
xulq-atvoriga ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy
jihatdan tahlil qilingan. Kasallikning o‘zi bilan bir
qatorda, bemorning ruhan tushkunlikka tushishi, ijtimoiy
chetlanish, stigma, xavotir va depressiv holatlar kabi
psixologik holatlari umumiy sog‘ayish jarayoniga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Tadqiqot davomida
OIV/OITS, sil, COVID-19, gepatit, teri yuqumli kasalliklari
kabi infektsion holatlar psixologik misollar bilan
yoritilib, har bir holatga mos psixoterapevtik
yondashuvlar (kognitiv–xulq-atvor terapiyasi, guruh
terapiyasi,
oilaviy
psixoterapiya)
va
zarur
psixofarmakologik davolash usullari ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqolada
psixologik
yondashuvlarning
yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashda nechog‘lik muhim omil
ekani asoslab berilgan. Yakuniy xulosa sifatida, har bir
yuqumli kasallikda faqat biologik emas, balki psixososial
yondashuv ham muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.
KEYWORDS
yuqumli
kasalliklar,
psixo-
emotsional holat, depressiya,
stigma, psixoterapiya, kognitiv–
xulq-atvor terapiyasi, guruh
terapiyasi, psixofarmakologiya,
bemor xulqi, ruhiy qo‘llab-
quvvatlash.
Zamonaviy tibbiyot inson organizmining faqat jismoniy emas, balki ruhiy salomatligiga
ham alohida e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar holatida bemor organizmida
yuzaga keladigan psixo-emotsional o‘zgarishlar alohida tadqiq etishni talab qiladi. Chunki
yuqumli kasallik nafaqat tanani, balki inson psixikasini ham jiddiy tahdid ostiga qo‘yadi.
Bunday kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning psixik reaksiyalari murakkab bo‘lib, ularni
to‘g‘ri baholash va ruhiy yordam ko‘rsatish shifokorlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Yuqumli kasalliklar —
viruslar, bakteriyalar, parazitlar yoki zamburug‘lar tufayli
paydo bo‘ladigan, odatda odamdan odamga yuqadigan kasalliklardir. Masalan: OITS, gepatit,
sil, koronavirus (COVID-19) va h.k. Bunday kasalliklar nafaqat tanaga, balki psixikaga ham
ta’sir qiladi. Shuning uchun bu bemorlarning ruhiy holatini tushunish va ularga to‘g‘ri
yondashish muhim.
Bemorlarning psixologik holati bosqichlari :
1. Inkor bosqichi
– “Men sog‘man, bu xato bo‘lishi mumkin.”
Page 21
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
– Real holatni qabul qilmaslik.
2. Qo‘rquv va xavotir bosqichi
– “Endi nima bo‘ladi?”
– O‘limdan qo‘rquv, boshqalarga yuqtirishdan xavotir.
3. G‘azab va norozilik bosqichi
– “Nega bu men bilan sodir bo‘ldi?”
– Taqdir, shifokor yoki jamiyatga qarshi norozilik.
4. Tushkunlik bosqichi
– Umidsizlik, faollik pasayishi, ijtimoiy chekinish.
5. Qabul qilish bosqichi
– Kasallikni qabul qilish, davolanishga ijobiy yondashuv.
Asosiy psixo-emotsional xususiyatlar:
Anksiyozlik (bezovtalik), doimiy xavotir, yurak
urishi tezlashishi, uyqu buzilishi. Depressiv holat : Ishtaha yo‘qolishi, hayotga qiziqish
pasayishi, ko‘zyosh to’kish, umidsizlik. Irritativlik (asabiylik):Mayda sabablarga tez
g‘azablanish, muomaladan qochish. Yolg‘izlik va ijtimoiy izolyatsiya: Oila va jamiyatdan
chetlanish, ko‘mak yetishmasligi, Uyat va o‘zini ayblash hissi
1. Stress javobi va umumiy moslashuv sindromi (GAS). Kanadalik fiziolog Gans Selye
tomonidan ishlab chiqilgan Umumiy moslashuv sindromi (General Adaptation Syndrome)
konsepsiyasi bemor organizmining har qanday stress holatiga nisbatan uch bosqichli javobini
ko‘rsatadi: 1. Alarm bosqichi – kasallik tashxisi eshitilgan ondagi shok, xavotir, yurak
urishining tezlashuvi; 2. Qarshilik bosqichi – organizm kasallikka qarshi kurasha boshlaydi,
immunitet faollashadi; 3. Charchash bosqichi – uzoq davom etgan kurash natijasida ruhiy va
jismoniy toliqish, hissiy zaiflik yuzaga keladi. Mazkur model asosida bemorning ruhiy holatini
kuzatish, uning qaysi bosqichda ekanini aniqlash, unga mos psixologik yondashuvni tanlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Anksiyozlik va xavotirli holatlar: Yuqumli kasalliklar bemorda ko‘pincha vaziyatli
anksiyozlikni (state anxiety) yuzaga keltiradi. Bemor doimiy ravishda o‘limdan, kasallikning
og‘irlashishidan, yaqinlariga yuqtirish ehtimolidan xavotirlanadi. Bu holat psixosomatik
simptomlar (yurak urishining tezlashuvi, bo‘g‘ilish hissi, nafas qisishi) bilan birga kechadi.
Agar xavotir o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, u bemorning umumiy holatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
3. Depressiv reaksiyalar: Ko‘p hollarda yuqumli kasalliklar surunkali kechib, bemorni
ijtimoiy hayotdan uzib qo‘yadi. Bu holat esa bemorda anhedoniya (hech narsadan
zavqlanmaslik), umidsizlik, hayotiy maqsadlarning yo‘qolishi kabi depressiv simptomlarni
yuzaga keltiradi. Kuchli depressiv epizodlar vaqtida bemor o‘zini ayblaydi, o‘zini jamiyat
uchun ortiqcha deb hisoblaydi. Ba’zan esa suicidal fikrlar (o‘z joniga qasd qilish xayollari) ham
paydo bo‘lishi mumkin.
4. Stigmatizatsiya va ijtimoiy cheklanish: Yuqumli kasallikka chalingan bemorlar,
ayniqsa OITS, sil yoki teri kasalliklari bilan og‘riganlar, jamiyat tomonidan “yuqumli” deb
belgilanadi. Bu esa ularning, ijtimoiy izolyatsiyalashishiga, stigmatizatsiyaga uchrashi, past
o‘zini baholash holatiga tushishiga olib keladi. Amerikalik sotsiolog Erving Goffman bu holatni
“ijtimoiy identitetning buzilishi” deb atagan. Bunday vaziyatda bemor o‘zini jamiyatdan
chetda his qiladi, ruhiy tushkunlikka tushadi.
Page 22
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
5. Kognitiv buzilishlar: Bemorlar kasallikni ko‘pincha kognitiv xatoliklar orqali noto‘g‘ri
talqin qiladilar. Masalan: “Men bu kasallikdan hech qachon tuzalmayman” – bu katastrofik
fikrlash, “Men boshqalarga xavfliman, ular mendan nafratlanadi” – bu umumlashtirish va
salbiy filtr orqali dunyoni ko‘rish. Bu holat Aaron Beck tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv
terapiya modelida asosiy psixopatologik omil sifatida ko‘rsatilgan.
6. Psixologik yordamning roli- bunday psixo-emotsional muammolarni bartaraf etishda
quyidagi yondashuvlar muhim:Kognitiv–xulq-atvor terapiyasi (CBT) – salbiy fikrlarni aniqlab,
ularni real, ijobiy fikrlarga almashtirish orqali bemorning holatini yengillashtiradi. Empatik
muloqot – bemorni ayblamasdan, uni tushunish, qabul qilish (Carl Rogersning shartsiz qabul
qilish tamoyili). Guruh terapiyasi – boshqa o‘xshash kasallikka chalinganlar bilan muloqot
orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovni ta’minlaydi. Yuqumli kasalliklar inson psixikasiga turli
darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bemorlar o‘zlarida xavotir, depressiya, ijtimoiy cheklanish va
salbiy fikrlash kabi holatlarni boshdan kechiradilar. Shunday vaziyatda psixologik yondashuv
va yordam nafaqat bemorning ruhiy barqarorligini tiklaydi, balki umumiy davolash
jarayonining samaradorligini ham oshiradi. Shuning uchun zamonaviy tibbiy amaliyotda
yuqumli kasalliklarni davolashda psixologik salomatlikni qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa
sanaladi. Psixo-emotsional o‘zgarishlar yuqumli kasalliklarning deyarli barchasida kuzatiladi.
Asosiy psixologik muammolar: qo‘rquv, stigma, ijtimoiy izolyatsiya, depressiya, o‘z joniga
qasd fikrlari. Misol uchun bemor kasalligini boshqalardan yashiradi, ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash yo‘qligi sababli ruhan tushkunlikka tushadi.
Stigmatizatsiya va uning oqibatlari. Stigmatizatsiya – bu kasallikka chalingan odamni
jamiyat rad etishi, undan qo‘rqish, yomon ko‘rish. Buning oqibatida o‘ziga ishonch yo‘qoladi,
davolanishdan bosh tortish, o‘z joniga qasd qilish xavfi ortadi.
Psixologik yordam turlari
: Psixoeduktsiya , Emotsional qollab quvvatlash , Individual
psixoterapiya,Guruh terapiyasi, Ijtimoiy yordam.
Gepatit B va C Gepatit B va C bilan kasallangan bemorlarning psixo-emotsional
xususiyatlari. Psixologik holatga ta’siri xavotir (anxiety), tashxis qo‘yilgan ilk davrda
bemorlarda o‘lim qo‘rquvi, infektsiyani boshqalarga yuqtirib qo‘yish xavfi, kelajakda jigar
sirrozi yoki saratoni rivojlanishidan qo‘rqish holatlari uchraydi. Depressiya (depression)
Surunkali gepatit B va C holatlarida depressiv epizodlar tez-tez uchraydi. Uzoq muddatli
kasallik, doimiy tibbiy nazorat va davolanish jarayoni bemorni ruhiy jihatdan charchatadi.
Stigma va ijtimoiy chetlanish Ko‘pchilik bemorlar boshqalar tomonidan kasalligi sababli rad
etilganini his qiladi, bu esa ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi. Xulq-atvordagi o‘zgarishlar
Yolg‘izlikka intilish, boshqalardan uzoqlashish, o‘zini ayblash yoki umidsizlik hissi motivatsiya
pasayishi, sog‘lom turmush tarzini davom ettirishga qiziqish yo‘qolishi. Psixologik yordam:
Kognitiv-xulq-atvor terapiyasi (CBT) bemorga salbiy fikrlarni aniqlash va ularni konstruktiv
fikrlarga almashtirishni o‘rgatadi. Guruh terapiyasi o‘xshash tashxisga ega bemorlar o‘rtasida
tajriba almashish va hissiy yengillik yaratadi. Oila psixoterapiyasi Oila a’zolari bilan ishlash
orqali bemorni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash.
Yuqumli kasalliklarda bemorlardagi holatlarga bir necha misollar ko’rib chiqamiz. Klinik
kuzatuvlarga ko‘ra, surunkali Gepatit C tashxisiga ega bemorlarning 30–50%da depressiya
simptomlari qayd etilgan. Gepatit B virusini jinsiy yo‘l bilan yuqtirgan ayrim bemorlar o‘zini
aybdor, uyatli his qilishi va ijtimoiy stressga duch kelgani aniqlangan.
Page 23
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
COVID-19 pandemiyasi davrida odamlar ruhiy holati.
Bu davrdagi vaziyat: 2019-
yilda COVID-19 pandemiyasi boshlanganda, ko‘plab bemorlar uyda karantinga olindi,
boshqalar esa shifoxonada davolandi. Tajribada koronavirus yuqtirgan bemorlar o‘rtasida
o‘tkazilgan tadqiqotlar (masalan, Xitoyda 2019-yilda) shuni ko‘rsatdiki: 35% bemorlar o‘rta
darajadagi depressiya belgilari bilan og‘rigan. 30% dan ortig‘i doimiy xavotirda bo‘lgan
(anksiyozlik). O‘z joniga qasd qilish xavfi oshgan.
COVID-19 qo'rquvi, ayniqsa homilador
ayollar kabi zaif guruhlarda, kutilmagan psixo-emotsional oqibatlarga olib keladigan haddan
tashqari tashvish tug'dirdi va ushbu mavzu bo'yicha eng so'nggi bilimlarni umumlashtirish
zarurati paydo bo'ldi. Shuning uchun biz mavjud ma'lumotlar bazalaridan ma'lumotlarni
sintez qilib, tegishli adabiyotlarni rivoyatli ko'rib chiqdik.
Xulosa
Yuqumli kasalliklar nafaqat organizmga biologik zarar yetkazadi, balki bemorlarning
ruhiy holatiga, kundalik hayoti va ijtimoiy munosabatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maqolada ko‘rib chiqilgan psixo-emotsional muammolar (depressiya, xavotir, stigma)
infektsion kasalliklar bilan kurashishda muhim psixologik omillar ekanligi qayd etildi. Har bir
bemorga individual psixologik yondashuv, psixoterapiya va zarur hollarda farmakologik
yordam ko‘rsatish orqali umumiy sog‘ayish jarayonini tezlashtirish mumkin. Yuqumli
kasalliklarda samarali davolash jarayoni uchun biomedik yondashuv bilan birga psixososial
ko‘makning ham muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimova M.T. Tibbiy psixologiya. – Toshkent: Tibbiyot, 2018. – 256 b.
2. Abdukarimov A., Ergashxo‘jaeva S. Psixologiya. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020. – 360 b.
3. Rakhmonov R.A., Shodmonov M.M. Yuqumli kasalliklar. – Toshkent: Tibbiyot, 2022. – 472 b.
4. WHO (World Health Organization). Mental health and psychosocial considerations during
the COVID-19 outbreak. – WHO, 2020. URL: https://www.who.int
5. American Psychiatric Association. Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders
(DSM-5). – 5th ed. – Washington, DC: APA, 2013.
6. Kalpan D., Sadock B. Synopsis of Psychiatry: Behavioral Sciences / Clinical Psychiatry. –
11th ed. – Lippincott Williams & Wilkins, 2014.
7. UNICEF Uzbekistan. Psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma. – Toshkent: UNICEF,
2020.
8. CDC (Centers for Disease Control and Prevention). Mental Health and Coping During COVID-
19. URL: https://www.cdc.gov/coronavirus/2019-ncov/daily-life-coping/managing-stress-
anxiety.html
9. Valiente C, Vázquez C, Contreras A, Peinado V, Trucharte A. A symptom-based definition of
resilience in times of pandemics: patterns of psychological responses over time and their
predictors.
Eur
J
Psychotraumatol.
2021
Feb
2;12(1):1871555.
doi:
10.1080/20008198.2020.1871555. PMID: 34992748; PMCID: PMC8725762.
10. Valero-Moreno S, Lacomba-Trejo L, Tamarit A, Pérez-Marín M, Montoya-Castilla I. Psycho-
emotional adjustment in parents of adolescents: A cross-sectional and longitudinal analysis of
the impact of the COVID pandemic. J Pediatr Nurs. 2021 Jul-Aug;59:e44-e51. doi:
10.1016/j.pedn.2021.01.028. Epub 2021 Feb 16. PMID: 33608182; PMCID: PMC7886281.
11. García-Rodríguez MT, Juanatey-Rodríguez I, Seijo-Bestilleiro R, González-Martin C. Psycho-
emotional distress in children and adolescents in relation to COVID-19 confinement and
Page 24
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 5 May 2025
www.in-academy.uz
pandemic: A systematized review : Author lists. Ital J Pediatr. 2023 Apr 15;49(1):47. doi:
10.1186/s13052-023-01450-7. PMID: 37061740; PMCID: PMC10105541.
12. Stavridou A, Michailidou D, Panagouli E, Sergentanis TN, Tzila E, Psaltopoulou T, Tsolia M,
Vlahos N, Tsitsika A. Psycho-emotional consequences in pregnant women during the COVID-
19 pandemic. Folia Med (Plovdiv). 2022 Feb 28;64(1):21-26. doi: 10.3897/folmed.64.e61406.
PMID: 35851903.
13. Narmetova, Y. K. (2016). Organization of the psychological support in the cardiology
clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28-31.
14. Нарметова, Ю. К. (2017). Актуальные проблемы организации психологической
службы в клинических учреждениях. Человеческий фактор: Социальный психолог, (1),
119-123.
15. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при
психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца).
Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.
16. Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат бузилишлари ва
уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. УзМУ хабарлари.
17. Нарметова, Ю. (2022). Психосоматик беморларда эмоционал–невротик
бузилишлари ва уларга психологик ёрдам кўрсатишнинг ўзига хослиги. Общество и
инновации, 3(2), 64-71.
18. Нарметова, Ю. (2017). Психология ва медицинада психосоматик ёндашувлар. ЎзМУ
хабарлари.
19. Нарметова, Ю. (2016). Согликни саклаш тизимида психологик хизматнинг бугунги
хрлати ва истикболлари.
20. Нарметова, Ю. К., & Ахмадова, М. Ш. (2021). Психосоматик касаллик билан
касалланган беморларнинг психологик хусусиятларининг ўзига хослиги. In
interdisciplinary conference of young scholars in social sciences (pp. 339-342).