Page 194
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI VA O‘QISH
DARSLARIDA UYGA VAZIFA BERISH TARTIBI VA
MUSTAQIL ISHLAR
Iskandarova Maftuna Quvondiq qizi
SamDUKF Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim,sport kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15593390
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Maqola doirasida ona tili va o‘qish darslarida mustaqil
ishlarni tashkil etish, ularni qanday usulda olib borish,
qanday mustaqil ishlarni tashkillashtirish haqida fikr
yuritilgan.
KEYWORDS
Mustaqil ish turlari, ichda
o‘qish, gapirib berish, anglash,
tarbiya,
oila, nazorat, uzviylik, fikr
bildirishdi.
Mustaqil ish mashqning faol turi bo‘lib, uni bajarish jarayonida o‘quvchilar fikrlashga va
mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadilar. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch sinf bilan
ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta
ahamiyatga ega. O‘qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy
tayyorlanadi,albatta. O‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga
qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va
o‘quvchilar saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo‘lib, uni tanlashda
o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘qiladigan matnning xarakteri, asarni o‘rganish bosqichi
hisobga olinadi.
Boshlang`ich sinflarning o‘qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so‘zlarni kesma
harflar bilan tuzdirish va uni o‘qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O‘quv yilining
ikkinchi yarmidan boshlab ichda o‘qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni
o‘qish va o‘z so‘zi bilan gapirib berish, matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan
o‘rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.
2. O‘qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalarni diqqat-
e`tibor bilan o‘qishga o‘rgatadi. Bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars
tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi:
avval o‘quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o‘zlashtirsalar,
keyin asarning asosiy g`oyasini bilib oladilar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija
bog`lanishlarini
tushunadilar.
Page 195
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
3. O‘qilgan asar mazmunini to‘liq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig`ini
bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) O‘qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. («Omonatga
xiyonat», IV sinf) b) O‘qing va nima uchun hunarsiz kishi o‘limga yaqinligini tushuntirib
bering. («Hunarsiz kishi o‘limga yaqin», IV sinf) va hokazo. Turli janrdagi badiiy asarlar
qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta`siri
ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Masalan, she`riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she`r
matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq
qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali
o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga
ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab
etiladi. O‘quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o‘qituvchi tomonidan
materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo‘llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi
topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o‘rganish,
namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o‘rgatishni o‘z ichiga
oladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bosh
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil
faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida
uyg'un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan
tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil
qilish lozim. Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo‘lishi kerak? Avvalo, ish turlari o‘qituvchi
tomonidan puxta o‘ylangan, ta'lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo‘lishi kerak. Bunda
har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi
ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri
topshiriqlarni to‘la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini
tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo‘l qo‘yilgan
xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e'tibor beriladi. O‘quvchilarning
topshiriqlarni tez, to‘g'ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun
doimiy yetakchi savollar berib tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir. O‘quvchilarda mustaqil
ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi tabiiy. Chunki hali ularning
tasavvurlari yorqin, so‘z boyligi yetarli emas. Ma'lumki bola ilk bor tarbiyani oiladan oladi.
Oiladagi ijtimoiy muhit uning ichki tartib intizomi ongli ravishda bola tarbiyasiga ta'sir
ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64- moddasida belgilanishicha , ota-
onalar o‘z farzandlarini voyaga yetkunlaricha boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Ushbu
qoidaga muvofiq ota-onalarning o‘zfarzandlari oldidagi majburiyatlari huquqiy kafolatlangan
va farzandini voyaga yetkazish, tarbiyalash ota-onaning burchi ekanligi uqtirilgan. Farzand
dunyoga
kelganidan so‘ng, uni voyaga yetkazish, moddiy ta'minlash, o‘qitish tarbiya berish ota-
ona zimmasidagi yuksak mas'ulyatdir. Ana shunday mas'ulyatli ishlarga befarqlik, bepisandlik
bilan munosabatda bo‘lish kechirib bo‘lmaydigan hollarga olib kelishi hammaga ayon. Bolaga
g`amxo‘rlik, uning oiladagi huquqini ta'minlash masalalari muqaddas Qur'oni Karim, hadis
kitoblarida, o‘tmish allomalarimizning pand-nasihatlarida ham teran aks etgan. Muqaddas
Qur`on kitobida keltirilishicha, bola Olloh tomonidan ota-onaga omonat topshirilgan. Olloh
Page 196
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
ana shu omonatni voyaga yetkazish, ilmli, oqil, halol inson qilib tarbiyalashni esa ota-ona
zimmasiga
yuklagan. Ma`lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham,
asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi,
xulqi va
didiga ta`sir ko‘rsatishi tabiiy holder. Bolalar ulg`aya boshlashi bilanoq o‘z
otaonalarining qayerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o‘rinlari, ularning bilimiga qiziqa
boshlaydilar. Oiladagi hamkorlikning tarbiyaviy jihatdan to‘g`ri bo‘lishini ta`minlash
maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga
dastlabki ta`sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish
yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik
hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, bolalar O‘qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga
o‘rganib qolmasliklari uchun ko‘proq ularning o‘zlarini mustaqil fikrlashga davat etish lozim.
O‘quvchilar e'tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday
bo‘ldi? Seningcha qanday bo‘lishi kerak edi? Kabi savollar
berib, uning fikrini ma'qullab, yana o‘ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz ! kabi
rag'batlantiruvchi so‘zlarni ishlatish foydalidir. Masalan, o‘roq va kombayn masalasi
yuzasidan: O‘roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini
solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e'tiborini tortiladi, har bir texnika
asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o‘rgatiladi. Dastlabki bajargan mustaqil
ishdan bola mamnun bo‘lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga
oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekshirish lozim. Tekshirish og'zaki
yoki yozma tarzda bo‘lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o‘ylaydi, fikrini og'zaki jamlaydi,
so‘ng uni yozishga kirishadi. o‘z fikrini bayon qilish, yo‘l qo‘yilgan biror savol yoki masala
yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og'zaki) nutq asosida paydo
bo‘ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o‘quvchi o‘z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o‘ylaydi.
Pichirlab allanimalar haqida o‘z-o‘zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat hisoblanadi).
Insho yozishning dastlabki shakllari ana shundayishlardan boshlanadi. Bola matnni o‘qib,
og'zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o‘ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi.
O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
-beriladigan har bir topshiriq o‘quvchilarning imkoniyatlariga mos bo‘lsin va
qiziqish uyg'ota olsin;
-ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga
tushunarli bo‘lsin;
-ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi uyg'onsin, ishga kirishishda
ular o‘zlarida dadillik sezsin;
-mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma
o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta
bunda bosh -topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat
berish kerak;
-topshiriqlarni hamma bir ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo‘lishi (parta
ustida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi) kerak;
-topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
Page 197
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
-darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Ta'lim tizimi doimiy ravishda rivojlanib, o'quvchilarning bilim olish jarayonini
yaxshilashga qaratilgan yangi usul va metodlarni joriy etib kelmoqda. Bu jarayonlarda
o'quvchilarning mustaqil ishlari va uyga beriladigan vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Uyga beriladigan vazifalar va mustaqil ishlar o'quvchilarning o'z-o'zini rivojlantirish,
bilimlarini mustahkamlash va ularni o'qish jarayonida faol ishtirok etishlarini ta'minlash
uchun zarur vositalar hisoblanadi.
Uyga vazifa berishning maqsadi
Uyga vazifalar berishning asosiy maqsadi, o'quvchilarning darsda o'rganilgan
materiallarni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish va amaliy ko'nikmalarni
rivojlantirishdir. Buning orqali o'quvchilar o'z bilimlarini to'liqroq tushunishga va amaliyotda
qo'llashga imkoniyat yaratishadi. Bundan tashqari, uyga vazifa o'quvchilarga mustaqil
fikrlash, o'z vaqtini rejalashtirish va mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam
beradi.
Uyga vazifa berish tartibi
1. Vazifaning mazmuni: Uyga vazifa berishda uning mazmuni o'quvchilarning yoshiga,
bilim darajasiga va o'rganilayotgan mavzuga mos bo'lishi kerak. Vazifa murakkabligi
o'quvchining darajasiga qarab belgilanadi, shuning uchun ta'limda individual yondoshuv
muhim ahamiyatga ega.
2. Vaqtni ajratish: Uyga vazifa berishda o'quvchiga vazifaning bajarilishi uchun yetarli
vaqt ajratish kerak. Juda qisqa vaqt ichida katta miqdorda ish bajarish talab qilish
o'quvchining stressga tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli, vaqtni samarali
taqsimlash va vazifaning murakkabligini o'quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirish
muhimdir.
3. Bajarilishi kerak bo'lgan ishlarning aniqligi: Uyga vazifa aniq va tushunarli bo'lishi
kerak. O'quvchiga qaysi masalalar bo'yicha ishlash kerakligi, qanday natijaga erishish zarurligi
va qanday resurslar foydalanilishi mumkinligi haqida aniq ko'rsatmalar berilishi lozim.
4. Tasniflash va baholash mezonlari: Uyga vazifaning baholanishi o'quvchiga vazifani
qanday bajarish kerakligini tushunishga yordam beradi. Baholash mezonlari, masalan, aniq va
o'lchovli ko'rsatkichlar bilan belgilanadi. Bu o'quvchiga o'z ishini qayta ko'rib chiqish va
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Mustaqqil ishlar va ularning ahamiyati
Mustaqil ishlar o'quvchilarning o'z-o'zini rivojlantirishda va ta'lim jarayonida faol
ishtirok etishida muhim rol o'ynaydi. Mustaqil ishlar o'quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi:
Bilimlarni mustahkamlash: Mustaqil ishlar o'quvchilarga darsda o'rganilgan bilimlarni
mustahkamlash va yanada chuqurroq o'rganish imkonini beradi.
Kreativlikni rivojlantirish: O'quvchilar o'z mustaqil ishlarini bajarishda yangicha fikr va
yondoshuvlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
O'z-o'zini boshqarish: Mustaqil ishlar o'quvchilarga o'z vaqtini rejalashtirish,
maqsadlarni belgilash va natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan strategiyalarni ishlab
chiqish imkoniyatini beradi.
Tajribani oshirish: Mustaqil ishlar o'quvchiga amaliy tajriba orttirish, ilmiy tadqiqotlarni
bajarish va tahlil qilishda yordam beradi.
Page 198
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
Uyga vazifa va mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish
Uyga vazifa va mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun o'qituvchilar va
o'quvchilarning o'zaro aloqasi muhimdir. O'qituvchilar quyidagi maslahatlarni ko'rib
chiqishlari kerak:
Individual yondoshuv: Har bir o'quvchi turlicha ishlash va o'zlashtirish tezligiga ega
bo'lgani uchun, o'qituvchilar individual yondoshuvni qo'llashlari zarur.
Motivatsiya yaratish: O'quvchilarni uyga vazifalarni bajarishga va mustaqil ishlarga jalb
qilish uchun ularga motivatsiya berish kerak. Buning uchun vazifaning ahamiyatini
tushuntirish, yutuqlarni baholash va rag'batlantirish usullarini qo'llash mumkin.
Fikr almashish: Mustaqil ishlarni bajarishda o'quvchilar o'z fikrlarini boshqalar bilan
almashishlari va o'zaro yordam berishlari mumkin. Bu ular uchun foydali tajriba va yangi
g'oyalarni olish imkonini yaratadi.
Mustaqil ishlar va uyga vazifa berish bolalarga oila bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga
yordan beradi.
Vazifalarni bajarganda albatta bolani tagʻbatlantirish kerak boʻladi.
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha sinf
sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me'yorlash kerak.
Bolalar darsdan keyin (og'ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko‘proq
ochiq havoda bo‘lib, harakatli o‘yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o‘tkazib, tunda osuda
uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o‘zlashtirish yaxshi bo‘ladi.
Shuning uchun uy vazifalari oson bo‘lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi
lozim.Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnologiyalar, noananaviy usullardan keng
qo‘llash, ko‘rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish, o‘quvchilarga
do‘stona munosabatda bo‘lish, o‘qish sifati va samaradorligiga etibor berish;
- O‘quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatishda turli mashqlardan
foydalanish;
-Nutq o‘stirishga alohida etibor qaratish;
-Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish;
-Lug'at ustida ishlashga o‘rgatish;
-Xalq og'zaki ijodidan foydalanish;
-She'riyat gulshani,ifodali o‘qish kabi to‘garaklar tashkil etish;
-Bo‘sh vaqtlarda ulgurmovchi o‘quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib borish;
- Fanlararo bog'liqlikka ahamiyat berish.
o‘quvchilar bilishini nazorat qilib borishda, albatta, past o‘zlashtirgan o‘quvchiga alohida
e'tibor qaratish lozim. Boshlang'ich sinflarda o‘quvchilarni o‘qishning bir necha turlari ya'ni,
ongli, tez, to‘g'ri va ifodali o‘qishga o‘rgatib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullaeva Q.A., Safarova R.G`., Bikbayeva N., Baxramov U.,
Boshlang`ich ta'lim davlat ta'lim standarti. // Boshlang`ich ta‘lim jurnali №6 –2010
Boshlang‘ich ta‘lim konsepsiyasi // Boshlang‘ich ta‘lim jurnali № 6-1998.
3. Abdullaeva Q., Ochilov M., Nazarov K., Fuzailov S, Bikbaeva.N. Boshlang‘ich maktab
darsliklarini yaratish mezonlari // "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue
2 May 2020 478 www.openscience.uz
Page 199
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
4. Mavlonova R.A Raxmonqulova.N. Boshlangich talimning integratsiyalashgan
pedagogikasiT.: Ilm-Ziyo, 2009 .
5. Djoʻrayev N.S. Tursunov.S.N. Bahromova. A.I "Tarbiyaviy Ishlar metidikasi
Buxoro 2021
6 Muhammad Ali "Oʻqish metodikasi"Toshkent, 2009.
7. O‘zbekiston Respublikasining «Boshlang`ich sinf tarbiya va sport to‘g`risida» qonuni (Yangi
taxrirda). T., 2000.
8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g`risida» qonuni. 1997.