Авторы

  • Sabohat Kenjayeva
    Koreys tili yo’nalishi, Sharq filologiyasi fakulteti, O’zDJTU, Toshkent, O’zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126944

Ключевые слова:

Texnologiyalar interaktiv o’yinlar sharq tillari qiziqarli o’yinlar foydali ilovalar madaniyat.

Аннотация

Axborot asri bo’lgan XXI asrda zamonaviy texnologiyalar kirib bormagan sohaning o’zi bo’lmasa kerak. Albatta, ushbu texnologiyalarning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish o’zimiz uchun foydalidir va sharq tillarini o’rganishni istovchi insonlar ham ushbu zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o’z manzillariga yanada tezroq yetib borsalar ajab emas. Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlarning ta’limdagi ahamiyati haqida suhbatlashish bilan birga bir nechta metodlarni ko’rib chiqamiz.


background image

Page 191

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV

METODLAR ORQALI SHARQ TILLARINI O’RGANISH

HAMDA TILI O’RGANILAYOTGAN MAMLAKAT

MADANIYATINI BILISHNING ROLI

Kenjayeva Sabohat Shuxrat qizi

Koreys tili yo’nalishi, Sharq filologiyasi fakulteti,

O’zDJTU, Toshkent, O’zbekiston

Sabohatkenjayeva0620@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593365

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Axborot asri bo’lgan XXI asrda zamonaviy texnologiyalar
kirib bormagan sohaning o’zi bo’lmasa kerak. Albatta,
ushbu texnologiyalarning imkoniyatlaridan to’liq
foydalanish o’zimiz uchun foydalidir va sharq tillarini
o’rganishni istovchi insonlar ham ushbu zamonaviy
texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o’z
manzillariga yanada tezroq yetib borsalar ajab emas.
Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va interaktiv
metodlarning ta’limdagi ahamiyati haqida suhbatlashish
bilan birga bir nechta metodlarni ko’rib chiqamiz.

KEYWORDS

Texnologiyalar,

interaktiv

o’yinlar, sharq tillari, qiziqarli
o’yinlar,

foydali

ilovalar,

madaniyat.

1. Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati.

Barchamizga ma’lumki, XXI asr axborot asridir. Qanchalik bu haqiqatni inkor etishga

urinmaylik, yosh avlod har qanday yangilikni o’zlarining brand telefon, planshet yoki
kompyuterlaridan bilib olishi, maktabdan so’ng, ko’chaga chiqib to’p o’ynashdan ko’ra
smartfonida video o’yinlar o’ynashni avzal ko’rishi turgan gap. Hamda ushbu holatda bolaning
qo’lidan telefonni olib qo’yish uni axborot asri avlodi ekanligini hisobga olsak, uni o’qish
ko’rsatkichlari yaxshilanishiga sezilarli darajada turtki bo’la olmaydi. Ushbu holda yosh
avlodning qiziqishlaridan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyalarni dars jarayonlarida tadbiq
qilish eng to’g’ri tanlov va hozirda ushbu ish amalga oshirilayotgani va o’z natijasini
berayotgani kishini quvontiradi. Mamnun bo’lish joizki, ushbu fikr ko’pchilik insonlar
tomonidan maqullangan va ta’limning har sohasida o’z joyini egallamoqda, til o’rganish ham
bundan mustasno emas, albatta.

2. Til o’rganishga yo’naltirilgan sayt, platforma, ilova hamda turli online

harakatlar.

Til o’rganish, ayniqsa Koreys, Xitoy, Yapon kabi tillarni o’rganish jarayoni

o’ylaganingizdan qiyinroq tuyulishi mumkin. Ushbu mashaqqatli va sinovga boy sayohatda
sizning yo’ldoshingiz bo’lishga arziydigan bir nechta sayt va ilovalar borki, ular bilan sizning
sayohatingiz anchayin qiziqarli va tezroq amalga oshsa ajab emas.

Duolingo ilovasi

butun dunyoning 100dan ortiq tillarini o’rganishda sizga qo’l keladi va

ushbu ilovadan foydalanish bepulligining o’zi ham til o’rganishga bo’lgan ishtiyoqingizni
oshirsa ajab emas.

Kahoot

ilovasi

bo’lsa o’rgangan bilimlaringizni har xil usullarda tekshirish va

mustahkamlash imkonini beradi. Unda o’zingiz istagancha testlar va quizlar tuzib, sinf yoki
guruhdoshlaringiz bilan ishlashingiz mumkin.


background image

Page 192

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

Anki app

lug’at yodlash jarayonini ancha tezlashtiradi. Unda o’zingiz istagan 2 ta tildagi

lug’atlarni kiritish orqali onlayn flashcardlar tuzishingiz mumkin. Ilovaning siz o’zlashtirgan
so’zlarni ilg’ab olib, o’zlashtirishga qiynalayotgan so’zlaringizni qayta qayta so’rov qilishi sizni
har bir kiritgan lug’atingizni to’liq yodlashingizga turtki bo’ladi.

Coursera ilovasi

o’zida turli sohalarga oid bo’lgan video darsliklarni to’plagan

platformadir. Unda o’zingiz qiziqqan soha bo’yicha video darslarni ko’rishingiz va video
darslarni to’liq tugatgach, ushbu kursni to’liq tugatganingiz haqidagi onlayn sertifikatni qo’lga
kiritishingiz mumkin.

Ibrat farzandlari

You tube platformasidagi ushbu kanalda ham turli tillarni o’rgatuvchi

video darsliklar yuklatiladi hamda ushbu videolar mutlaqo bepul va sifatli ekanligi ham uni til
o’rganish ishtiyog’idagi o’zbek yoshlari orasida mashxur qiladi.

Tepada sanalgan barcha platforma, sayt va ilovalardan foydalanish bepulligidan xulosa

qilish joizki, “Til bilgan el biladi” kabi o’zbek xalq maqollari qandaydir eskilik sarqiti emas,
butun dunyo tomonidan asrlar osha tan olinib kelinayotgan haqiqatdir va insonlarning til
o’rganish jarayonida o’zining kammi ko’pmi hissasini qo’shayotgan ushbu platformalarning
tuzuvchilariga minnatdorchilik bildirsak arziydi.

3. Gamifikatsiya va guruhli topshiriqlar.

Gamifikatsiya – bu ta’lim jarayonida o’yinlardan foydalanishdir. Turli qiziqarli

o’yinlardan foydalangan holda til o’rganish jarayonni ko’tarinki ruhda o’tishini ta’minlagan
holda, o’rganilgan bilimlar xotirada yaxshiroq qolishiga sabab bo’ladi. Uy ishi tekshirish, lug’at
topshirish, o’rgatilgan garmmatika yo yangi so’zlarni qatnashtirgan holda gap tuzish ba’zida
stressli va hatto qo’rqinchli bo’lishi mumkin. Agarda til o’rganuvchi introvert yoki jamoat
joylarida o’zini noqulay sezadigan inson bo’lsa, bu holat talaba uchun til o’rganishning eng
qiyin qismi bo’lishi ham mumkin. Shunaqa holatlarda do’stona muhit yaratish, xato qilsada
davom etish kerakligini anglatish va o’quvchilar orasida sog’lom raqobatni rivojlantirishda
qo’l keluvchi metod aynan gamifikatsiyadir.

Yana bir e’tibordan chetda qolmasligi kerak bo’lgan narsa bu guruhli topshiriqlardir.

Guruhli topshiriqlar talabalarni birgalikda ishlashga chorlaydi va kerakli muddatlarda
boshqalardan yordam olish yaxshi ekanligini tushuntiradi. Ko’pchilik o’zbek yoshlari
kimdandir yordam olishni xohlashmaydi, aniqrog’i, nimadirdan qiynalayotgan bo’lsa-yu, buni
bartaraf qilishni xohlasa ham, boshqa birovga buni aytgisi kelmaydi. Qanchalik achinarli
bo’lmasin, hayot hech kimga suyanmaslik kerakligini uqtirib qo’ygan odamlar ancha. Aynan
shu toifadagi talabalar guruhli topshiriqlarda qatnashish orqali guruhdoshidan o’zi bilmagan
narsani o’rganishi, asosiysi, o’zi biladigan narsalarni boshqa guruhdoshlariga yetqazish orqali
kam bo’lsada insonlarga bilim ulashishi mumkin. Guruhli topshiriqlar talabalarga “bir kalla –
kalla, ikki kalla – tilla” maqolini yaqqol ko’rsatib, isbotlab beradi va talabaning o’rganilayotgan
tillardagi mahorati oshishida o’z vazifasini bajaradi.

4. Sharq tillarini o’rganishda o’rganilayotgan davlat madaniyati bilan tanishlik

Biror tilni o’rganayotganda ushbu tilning madaniyatini ham qo’shib o’rganish joizdir.

Zero, o’sha tilda muloqot qiladigan xalqning so’zlashish uslubi, tarixi, etnikasini bilish bevosita
tilni o’zlashtirish jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, Koreyada
endi tug’ilgan bola bir yosh deb hisoblanadi hamda har yangi yil kirganda ular yana bir yoshga
to’lgan deb hisoblanadi. Ya’ni, 2024-yil 31-dekabrda tug’ilgan bola va 2025-yil 1-yanvarda
tug’ilgan bola orasida 1 yosh farq bo’ladi va bittasi kecha tug’ilganiga qaramay allaqachon 2


background image

Page 193

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

yosh, boshqasi bo’sa endigina 1 yosh deb hisoblanadi. Biroq, bu narsani bilmaslik koreys tilini
mukammal bilsangiz ham sizda ba’zi savollarni keltirib chiqaradi va ilk o’qiganingizda bu
sizga ma’nosizdek tuyulishi ham mumkin, hattoki. Yana bir misol tariqasida, Xitoyda ayol
kishining go’zalligini ta’riflash uchun sigirdan foydalanishar ekan. O’zbekistonda esa go’zal
ayol ohuga, kiyikka qiyoslanadi, aksincha, ota-onalar farzandiga tanbeh berayotganda ularni
sigirga o’xshatishadi. Bu faktorni ko’zdan qochirish vaqti kelib tushunmovchilikka sabab
bo’lishi turgan gap. Shu va shunga o’xshash ko’plab faktorlar borki, tillarni o’rganayotganda
uning madaniyati, insonlarni fikrlash usulini ham qo’shib o’rganish naqadar muhim omilligini
ko’rsatib beradi.

Xulosa.

Zamonaviy texnologiyalar asrida yashayapmiz ekan, biz ham unga moslashgan holda

bilim olishni va bilim ulashishni davom ettirishimiz kerak. Sharq tillarini interaktiv metodlar
orqali o’rganish va o’rgatish zamon talabidir. Turli saytlar, ilovalardan foydalanib, qiziqarli
o’yinlar o’ynagan holda, tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyatini o’rganish bilan olib
boriladigan chet tili darslari darsning yodda qolish samaradorligini oshirib berar ekan, buni
qilmaslik uchun hech qanday to’siq yoki bahona bo’lmasligi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. - T.: Fan, 2005.

2.

Mubarakova D. A Media Matn Tarjimasida Lingvomadaniy va Sotsiolingvistik Aspektlar.

VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
3.

Mubarakova D., Yunusova N., The Paradigm Of Relationship Between Teacher And Student

In The Proccess of Teaching Oriental Language In Higher Schools of Uzbekistan. Journal of
Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 4,2021 p. 249-260

Библиографические ссылки

Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. - T.: Fan, 2005.

Mubarakova D. A Media Matn Tarjimasida Lingvomadaniy va Sotsiolingvistik Aspektlar. VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

Mubarakova D., Yunusova N., The Paradigm Of Relationship Between Teacher And Student In The Proccess of Teaching Oriental Language In Higher Schools of Uzbekistan. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 4,2021 p. 249-260