Авторы

  • Dilnoza Sa’dullayeva
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126945

Ключевые слова:

mumtoz adabiyot ma’rifatchilik adabiyoti izohli lug‘at ocherk qissa jadid tahlil drama pulitsistika nasr

Аннотация

Ushbu maqolada Fitrat ijodiy me’rosing xorijda va yurtimizda o‘rganilishi, Begali Qosimov izlanishlarida Fitrat va uning “Munozara”asariga munosabat tahlilga tortildi. Fitrat asarlarining murakkab tarixiy davrda ko‘targan yuki va bajargan vazifalari borasida so‘z yuritildi.


background image

Page 188

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

BEGALI QOSIMOV TALQINLARIDA FITRATNING

“MUNOZARA” ASARI TAHLILI

Sa’dullayeva Dilnoza Nortoji qizi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy

Universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15593337

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Ushbu maqolada Fitrat ijodiy me’rosing xorijda va
yurtimizda o‘rganilishi, Begali Qosimov izlanishlarida
Fitrat va uning “Munozara”asariga munosabat tahlilga
tortildi. Fitrat asarlarining murakkab tarixiy davrda
ko‘targan yuki va bajargan vazifalari borasida so‘z
yuritildi.

KEYWORDS

mumtoz

adabiyot,

ma’rifatchilik adabiyoti, izohli
lug‘at, ocherk, qissa, jadid,
tahlil, drama, pulitsistika, nasr

Begali Qosimov O‘zbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari bo‘yicha tadqiqotlar

olib borgan. Ijodining mohiyatini milliy uyg‘onish, ma’rifatchilik adabiyoti muammolari ,
siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtirgan. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. “Abdulla Avloniy”(1979-yil), “Ma’rifat darg‘alari”(1990-yil),”Ismoilbek
Gaspirali”(1992-yil),”Maslakdoshlar Behbudiy, Ajziy, Fitrat ”(1994-yil),”Milliy uyg‘onish:
jasorat, ma’rifat, fidoyilik”(2002-yil) Begali Qosimov o‘zbek adabiyotshunosligida salmoqli
ishlarni amalga oshirgan zabardast olim. Ayniqsa jadid adiblarini o‘rganish borasida olib
borgan izlanishlari tahsinga loyiq. 1994-yilda nashr etilgan “Maslakdoshlar” kitobida
Behbudiy, Ajziy va Fitrtat haqida chuqur mulohazalar va ma’lumotlarni keltirgan.

“O‘zbek tilining 2 jildlik izohli lug‘atida bu so‘z yo‘q. “Navoiy lug‘atida” “tabiat,tug‘ma

tabiat, yaratilish”deb izohlangan. Garchi bu so‘z tilimizning bugungi “Izohli lug ‘ati”ga
kirmagan bo‘lsada, uni eshitmagan kishi kam. Bu nom bir vaqtlar ziyolilar davrasida benihoya
izzat va sharaf bilan tilga olingan. Uning aqlu zakovatini Kavkaz va Volga bo‘yidagi
hamkasblarigina emas, Moskva, Leningraddagi sharqshunoslar ham yuksak qadrlaganlar”
Begali Qosimov bu tariflarni Fitrat haqida yozgan edi. Begali Qosimov o‘zining
“Maslakdoshlar” nomli kitobida Fitratning ham hayot yo‘li ham ijodi haqida muhim
ma’lumotlar va tahlillarni keltirib o‘tgan. Ayniqsa ulug‘ Yunon faylasufi Aflotun asarlari
uslubida, ya’ni bahs-suhbat tarzida yozilgan “Munozara” borasida.

1909-19013- yillarda Istanbulda Fitratning bir qator asarlari bosiladi. 1909-yilda

“Munozara” (Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham
usuli jadida xususida qilg‘on munozarasi) asari bosiladi. Ushbu asar dramatik publitsistikaga
moyil bo‘lib zamon zayli sabab tarixiy taraqqiyotning ikki tomonida joylashgan, dunyo va din ,


background image

Page 189

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

ma’rifat va jamiyat borasida ikki xil nigohga ega bo‘lgan kishining bahsiga qurilgan. Bu
jadidchilik yo‘lidagi ilk nazariy asar.

Xorijda nashr etilgani va Buxorodagi eng “munozara”li masala- jadid va qadim kurashini

aks ettirgani uchun bu asarning o‘z yurtida tarqalishi juda qiyin kechgan. S.Ayniyning
guvohlik berishicha , “Munozara”ning bir qismi yo‘lda rus senzorlari qo‘liga tushib yo‘q
qilingan bo‘lishiga qaramay, u Buxoroga yashirin olib kelingan. Fitratning boshqa bir
zamondoshi Fayzulla Xo‘jayevning qaydiga ko‘ra, rus oxrankasi nafaqat Fitrat asarini, balki
uni o‘qigan, keltirgan kishilarni ham qattiq ta’qib ostiga olgan. Ta’qiblarga qaramay
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavsiyasi bilan Hoji Mu’in Shukrulloh o‘g‘li tomonidan tarjima
qilingan. Asarning noshiri ham ilk tanqidchisi ham Behbudiy bo‘lgan. U asar haqida”Usuli
jadida maktablarining naflig‘i va funun zamonida tahsilining buhoriylar uchun luzumi
to‘g‘risinda Farangi afandi ila Mudarrisi Buxoriy janoblari oralarinda bo‘lg‘an bahs va suhbat
“Munozara” isminda bir risola shaklinda forsiy tilga nashr bo‘libdir. Inshoolloh, bu risola
Buhoriylarning uyg‘onmoqig‘a bois bo‘lib, “Munozara” muharririni rahmat ila yod etarlar.”
Deya takidladi.

Bu asarni 60- yillardan so‘ng G‘arbiy Ovrupa va Amerika olimlari tomonidan talil, talqin

etish boshlandi. E. Ollvort Amerikalik turkshunos olim “O‘zbek adabiy siyosati”(1964), Elen
Karrer d’Enkaus Fransuz olimasining “Islom va Rus imperiyasi ” asarlarida “Munozara” tahlil
etilgan. ijobiy baholangan. Olmoniyalik olima I.Baldaufning va Hisao Komatsuning asar
tahliliga bag‘ishlangan risolalari nashr qilindi. O‘zbek nasridagi ilk zamonaviy qissa
hisoblangan ”Munozara” 60-yillarning oxirrog‘idan tojik va o‘zbek olimlari tarafidan tilga
olina boshlandi. Dastlab, Xoliq Mirzazodaning “Demokrat jadid adabiyoti” maqolasida, so‘ngra,
o‘zbek olimlari E.Karimov, B.Qosimov, A.Aliyev, B.Ergashev va G.Rahimova kabilarning
tadqiqot maqolalarida tahlilga tortilgan.

Yo‘l ocherkini eslatuvchi bu asarda Buxoroning maishiy-siyosiy turmush manzaralari

dunyo ko‘rgan bir kishining nigohi orqali tasvir etilgani, muallif yeri, suvi, havosi betimsol,
xalqi g‘oyat mehnatkash, hunarmand bir xalqning o‘g‘ir turmushidan so‘z ochgani, uning
sabablarini tahlil etganligini ta’kidlaydi Begali Qosimov. Asardan chiqarilgan xulosa deya
Mahkamalarda pora emas, qonun ustuvor turishi kerakli, aks holda mehnat qanchalik ko‘p
qilinmasin, uquv va salohiyat qanchalik kuchli bo‘lmasin, kutilgan samarani bermasligini
ta’kidlaydi olim. Kitobda iqtisodiy-ma’naviy taraqqiyotning asosiy g‘ovlari-ishlab
chiqarishdahi o‘rta asrchilik , qonunsizlik ekani aytiladi. Fitratning “Sayyohi hindi” asarining
ahamiyatini bu yerda qayd etmasdan o‘tolmaymiz, asar nafaqat Buxoroda balki uning
tashqarisida ham qiziqib o‘qildi .

Fitrat nasriy asarlari o‘zbek prozasi rivojiga sezilarli ta’sir etgan. Ko‘tarilgan masalalar

Turkiston milliy uyg‘onishini ta’minlagan omillardan biri bo‘lgan. Xulosa o’rnida aytish joizki,
Abdurauf Fitratning ijodiy faoliyati va hayoti tarixnik murakkab, qaltis paytlarida millat va
vatanga xizmat qilishning na’munasidir. Bunday yozuvchining hayotini va ijodini o‘rganish
ham savobli bir ishdir. Begali Qosimov izlanishlarida esa bu kabi zalvorli ishlar talaygina.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.Hamidulla Boltaboyev. Fitrat va Jadidchilik.//Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi nashriyoti,2007 B 138.
2.Behbudiy M. “Munozara”haqida.//Turkiston viloyatining gazeti.-1991.-29 sentabr.-73 son.


background image

Page 190

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025

www.in-academy.uz

3. Edward A.Allworth. Uzbek Literary Politics. The Hague:Mouton and Company, 1964;
D’Encausse Helene Carrere. Reform et revolution ches les Musulmans de I’Empire russe:
Bukhara 1867-1924.-Paris: Libraire Armand Colin, 1966.-pp. 286-288.
4.Komatsu H. Fitrat’in Munazara’si uzerine notlar.// dodu Dilleri.- 1981. Cild 2, Sayi 4.- S.157-
168.
5.G.Rahimova, “Munozara” – uyg‘onish darakchi”. O‘AS, 198952-son.
6 Hamidulla Boltaboyev. Fitrat va Jadidchilik.//Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi nashriyoti,2007 B 140.
7. Begali Qosimov.Maslakdoshlar:Behbudiy, Ajziy, Fitrat-T.: Sharq, 1994.- B 78.

Библиографические ссылки

Hamidulla Boltaboyev. Fitrat va Jadidchilik.//Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,2007 B 138.

Behbudiy M. “Munozara”haqida.//Turkiston viloyatining gazeti.-1991.-29 sentabr.-73 son.

Edward A.Allworth. Uzbek Literary Politics. The Hague:Mouton and Company, 1964; D’Encausse Helene Carrere. Reform et revolution ches les Musulmans de I’Empire russe: Bukhara 1867-1924.-Paris: Libraire Armand Colin, 1966.-pp. 286-288.

Komatsu H. Fitrat’in Munazara’si uzerine notlar.// dodu Dilleri.- 1981. Cild 2, Sayi 4.- S.157-168.

G.Rahimova, “Munozara” – uyg‘onish darakchi”. O‘AS, 198952-son.

Hamidulla Boltaboyev. Fitrat va Jadidchilik.//Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,2007 B 140.

Begali Qosimov.Maslakdoshlar:Behbudiy, Ajziy, Fitrat-T.: Sharq, 1994.- B 78.