Page 174
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLARNI SUD ORQALI
HIMOYA QILISH ASOSLARI
Abduganiyeva Gulrux Mansur qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti, davlat boshqaruvi huquqi
yo’nalishi magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15584872
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28- May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Ushbu maqolada fuqarolik va siyosiy huquqlarni sud
orqali himoya qilishning nazariy-huquqiy asoslari va
amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda O'zbekiston,
MDH
davlatlari
hamda
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarning bu sohada to'plagan tajribasi qiyosiy-
huquqiy tahlil usuliga asoslanib o'rganilgan. Maqolada
sud himoyasining konstitutsiyaviy asoslari, xalqaro
huquq standartlari, sud tizimining o'rni va fuqarolarning
huquqlarini himoya qilishda duch keladigan muammolar
ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalarida fuqarolik va
siyosiy huquqlarni samarali himoya qilish uchun sud
tizimini takomillashtirish yo'llari taklif etilgan.
KEYWORDS
fuqarolik huquqlari, siyosiy
huquqlar,
sud
himoyasi,
konstitutsiyaviy
huquqlar,
xalqaro standartlar, huquqiy
davlat, sud tizimi.
XXI asrda demokratik jamiyat qurishning asosiy mezoni sifatida inson huquq va
erkinliklarining ishonchli himoyasi e'tirof etilmoqda. Fuqarolik va siyosiy huquqlar
demokratik davlatning poydevori bo'lib, ularning samarali himoyasi jamiyatning barqaror
rivojlanishini ta'minlaydi. Sud tizimi esa bu huquqlarni himoya qilishning eng muhim
institutidir. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlari amalga
oshirilayotgan sharoitda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya
qilishning yangi mexanizmlarini yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada rivojlangan
mamlakatlar tajribasini o'rganish va milliy huquq tizimiga moslashtirib joriy etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar tushunchasi XVII-XVIII asrlarda Yevropa ma'rifatparvarlik
davrida shakllangan. Jon Lokk, Sharl Monteskyö, Jan-Jak Russo kabi mutafakkirlar tomonidan
ishlab chiqilgan nazariyalar zamonaviy demokratik huquq tizimining asosini tashkil etadi¹
Fuqarolik va siyosiy huquqlar nazariyasi ko'p asrlik rivojlanish jarayonida turli olimlarning
nazariy izlanishlari natijasida shakllanib kelgan. Bu huquqlar kontsepsiyasining rivojlanishida
dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yuqori malakali ilmiy xodimlar o'z hissalarini
qo'shganlar. Jon Lokk o'zining "Davlat boshqaruvi haqidagi ikki risola" asarida tabiiy
huquqlar nazariyasini ishlab chiqdi. Uning fikricha, har bir inson tabiatdan hayot, erkinlik va
mulk huquqlariga ega bo'ladi. Bu huquqlar davlatdan oldin mavjud bo'lib, davlat ularni
himoya qilish maqsadida yaratiladi. Sharl Monteskyö "Qonunlarning ruhi haqida" asarida
hokimiyatlar bo'linishi nazariyasini yaratdi. U qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlarini bir-biridan ajratish zarurligi haqida ta'lim berdi. Bu nazariya fuqarolarning
Page 175
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
huquqlarini himoya qilishning muhim mexanizmi sifatida e'tirof etiladi. Jan-Jak Russo
"Ijtimoiy shartnoma" asarida xalq suverenitetini asosladi. Uning fikricha, haqiqiy
demokratiyada hokimiyat manba'i xalq bo'lishi kerak va barcha huquqlar bu asosdan kelib
chiqadi. Georg Jellinek nemis huquqshunosi sifatida davlat nazariyasiga katta hissa qo'shdi . U
fuqarolarning davlatga nisbatan to'rt xil holatini aniqladi: status subjectionis (bo'ysunish
holati), status libertatis (erkinlik holati), status civitatis (fuqarolik holati) va status activus
(faol fuqarolik holati). Bu klassifikatsiya fuqarolik huquqlarini tizimlashtirish uchun muhim
asos bo'ldi.
Fuqarolik huquqlari - bu shaxsning jamiyatdagi mavqeini belgilovchi, uning shaxsiy
erkinligi va mustaqilligini ta'minlovchi huquqlar majmuasidir. Bularga hayot huquqi, erkinlik
huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi va boshqalar kiradi. Siyosiy huquqlar esa fuqaroning davlat
boshqaruvida ishtirok etish, siyosiy jarayonlarga ta'sir ko'rsatish imkoniyatlarini belgilovchi
huquqlar to'plamidir. Saylov huquqi, birlashish huquqi, so'z erkinligi kabilar bu guruhga
kiradi. Rossiyalik huquqshunos V.E. Chirkin ta'kidlaganidek, fuqarolik va siyosiy huquqlar
o'rtasidagi chegarani aniq belgilash har doim ham mumkin emas, chunki ularning aksariyati
o'zaro chambarchas bog'liqdir .
Fuqarolik va siyosiy huquqlar – bu shaxsning huquq va erkinliklarini hukumatlar,
ijtimoiy tashkilotlar va xususiy shaxslar tomonidan buzilishidan himoya qilaligan, jamiyat va
davlatning fuqarolik va siyosiy hayotida kamsitish va repressiyalarsiz ishtirok etish
imkoniyatini ta’minlaydigan huquqlar sinfidir.
Fuqarolik huquqlari shaxslarning jismoniy va aqliy yaxlitligini, hayoti va xavfsizligini
ta’minlashni o‘z ichiga oladi hamda ularga irqi, dini, millati va boshqa shaxsiy xususiyatlaridan
qat’i nazar, teng ijtimoiy imkoniyatlarni va qonun tomonidan baravar himoya qilishni
ta’minlaydi. Ba’zi fuqarolik huquqlariga yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqlari, so‘z,
harakatlanish, vijdon, shaxsiy hayot erkinligi va boshqalar kiradi.
Siyosiy huquqlar shaxslarning davlat va jamiyat hayotida erkin ishtirok etishiga imkon
beradi. Bunga ovoz berish va davlat lavozimlarini egallash kiradi. Siyosiy huquqlarga ovoz
berish huquqi, davlat lavozimlariga nomzod bo‘lish huquqi, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazish
huquqi, uyushmalar tuzish huquqi va boshqalar kiradi.
Fuqarolik huquqlari inson huquqlari sifatida universal bo‘lsa-da, siyosiy huquqlar
ko‘pincha fuqarolar (faqatgina ma’lum bir davlat fuqarolari uchungina) bilan cheklanadi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar turli xalqaro va mintaqaviy shartnomalar, davlatlarning milliy
konstitutsiyalari bilan himoya qilinadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro
pakt ushbu huquqlarni xalqaro darajada himoya qilishni ta’minlaydigan eng keng qamrovli
shartnoma hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Xalqaro paktga O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 127-I-sonli «1966 yil 16 dekabrdagi fuqaroviy va siyosiy
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida»gi qaroriga asosan qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VI – VIII boblari bilan ushbu huquqlar milliy
darajada muhofaza qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasi barcha fuqarolarning o'z huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega ekanligini mustahkamlaydi . Huquqiy
tenglik prinsipi - barcha fuqarolar qonun va sud oldida teng ekanligi prinsipidir. Bu tamoyil
AQSH Oliy sudining Brown v. Board of Education (1954) ishida yaqqol namoyon bo'lgan .
Page 176
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
Sudda himoya olish huquqining universal ekanligi - bu printsip har bir fuqaroning buzilgan
huquqlarini tiklash uchun sudga murojaat etish imkoniyatini kafolatlaydi. Konstitutsiyaning
130-moddasi esa sud hokimiyatining mustaqilligi va faqat qonunga bo'ysunishini belgilaydi.
Bu tamoyil sud hokimiyatining boshqa hokimiyat tarmog'laridan mustaqilligini ta'minlaydi.
Nemis konstitutsiyaviy huquqshunosi Klaus Stern ta'kidlaganidek, sud mustaqilligi
demokratik davlatning asosiy belgisidir .
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 11-moddasiga ko‘ra, Fuqarolik huquqlari
quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi:
huquqni tan olish;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi
xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy
emas deb topish;
shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
zararni to‘lash;
neustoyka undirish;
ma’naviy ziyonni qoplash;
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;
davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid
hujjatini sudning qo‘llamasligi.
Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya
qilinishi mumkin.
Xalqaro huquqiy normalar: BMTning "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi",
"Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt", YeXHT hujjatlari va boshqa xalqaro
bitimlar fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilishga oid qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-Da’vo qo‘zg‘atish orqali: Fuqarolar yoki yuridik shaxslar o‘z huquqlari buzilgan deb
hisoblaganda, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishadi. Da’vo arizasida talabning mohiyati,
asosi, buzilgan huquqlar va dalillar ko‘rsatiladi.
- Sud buyrug‘i chiqarish orqali: Ayrim fuqarolik ishlari bo‘yicha sud oddiy va tezkor
tartibda qaror chiqarishi mumkin. Masalan, qarzdorning majburiyatlarini bajarishi uchun sud
buyrug‘ini chiqarish kabi holatlar.
- Ma’muriy sudlarga murojaat qilish orqali: Agar fuqaroning huquqlari davlat organlari
yoki mansabdor shaxslar tomonidan buzilgan bo‘lsa, u ma’muriy sudga shikoyat qilish
huquqiga ega. Bu davlat organlari ustidan nazoratni ta’minlaydi va fuqaroning manfaatlarini
himoya qiladi.
O'zbekiston Respublikasida so'nggi yillarda sud-huquq sohasida keng ko'lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. 2016-yilda "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi .
Hozirgi kunda quyidagi yutuqlarni qayd etishimiz mumkin:
Page 177
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
- Sud tizimining mustaqilligini kuchaytirish chora-tadbirlari
- Fuqarolarning sudga murojaat etish imkoniyatlarini kengaytirish
- Elektron sud tizimini joriy etish
- Hakamlik sudlarini rivojlantirish
Biroq, hali ham quyidagi muammolar mavjud:
- Fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasining pastligi
- Sud jarayonlarining uzoq davom etishi
- Ba'zi toifalardagi ishlarni ko'rishda sud amaliyotining yetarli emasligi
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganish asosida quyidagi takliflarni berish
mumkin:
- Konstitutsiyaviy shikoyatlar institutini tashkil qilish: Germaniya va boshqa Yevropa
mamlakatlari tajribasiga asoslanib, O'zbekistonda ham konstitutsiyaviy shikoyatlar institutini
joriy etish maqsadga muvofiqdir. Bu institut fuqarolarga o'z konstitutsiyaviy huquqlarini
bevosita himoya qilish imkoniyatini beradi.
- Ijtimoiy himoyalanuvchi toifalar uchun maxsus protsessual kafolatlar: AQSH va
Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy himoyalanuvchi toifalar (nogironlar, keksa fuqarolar,
bolalar) uchun maxsus protsessual kafolatlar mavjud. O'zbekistonda ham shunga o'xshash
mexanizmlarni joriy etish zarur.
- Bepul yuridik yordam tizimini kengaytirish: Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan
kelib chiqqan holda, bepul yuridik yordam tizimini yanada kengaytirish va malakali yuristlar
bilan ta'minlash zarur.
Fuqarolik va siyosiy huquqlarni sud orqali himoya qilish zamonaviy demokratik
davlatning asosiy funksiyalaridan biridir. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq
islohotlari bu sohadagi vaziyatni sezilarli yaxshilashga olib kelmoqda. Rivojlangan
mamlakatlar tajribasini o'rganish shuni ko'rsatadiki, samarali sud himoyasi tizimi yaratish
uchun quyidagi omillar muhim:
- Sud tizimining haqiqiy mustaqilligi - bu nafaqat konstitutsiyaviy normalar, balki amaliy
kafolatlar bilan ta'minlanishi kerak.
- Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish - bu sud himoyasidan samarali
foydalanish uchun zarurdir.
- Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish - elektron sud, masofaviy sud majlislari kabi
yangiliklar sudga murojaat etishni osonlashtiradi.
- Xalqaro standartlarga muvofiqlik - milliy qonunchilik xalqaro huquq standartlariga
mos kelishi kerak.
- Doimiy takomillashtirish - sud tizimi dinamik jarayon bo'lib, doimiy rivojlanishni talab
qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni taklif qilamiz:
Birinchidan, qonunchilik sohasida Konstitutsiyaviy shikoyatlar to'g'risidagi qonun qabul
qilish va bu institutni amalda joriy etish hamda “Bepul yuridik yordam to'g'risidagi qonun”ni
takomillashtirish lozim.
Ikkinchidan, sudyalarning malaka oshirish tizimini takomillashtirish hamda fuqarolik
jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadga muvofiq.
Page 178
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
IF = 5.441
Volume 3, Issue 05, Part 4 May 2025
www.in-academy.uz
Uchinchidan, elektron sud tizimini yanada rivojlantirish va sun'iy intellekt
texnologiyalarini sud jarayonlariga tatbiq etish hamda masofaviy sud majlislari
imkoniyatlarini kengaytirish darkor.
Fuqarolik va siyosiy huquqlarni sud orqali himoya qilish zamonaviy huquqiy davlatning
ajralmas qismidir. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari to'g'ri
yo'nalishda olib borilmoqda, ammo rivojlangan mamlakatlar tajribasidan yanada ko'proq
foydalanish zarur. Konstitutsiyaviy shikoyatlar instituti, bepul yuridik yordam tizimining
kengaytirilishi, sud jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi chora-
tadbirlar fuqarolarning o'z huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarini sezilarli oshiradi. Sud
himoyasi tizimining samaradorligi nafaqat qonunchilik bazasining mukammalligi, balki
jamiyatning huquqiy madaniyati darajasi, fuqarolarning o'z huquq va majburiyatlarini bilish
darajasiga ham bog'liqdir. Shuning uchun kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu barcha davlat
organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi sa'y-harakatlarini talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
3.
Чиркин В.Е. Конституционное право зарубежных стран.
4.
Монтескье Ш. О духе законов // Избранные произведения.
5.
Stern K. Das Staatsrecht der Bundesrepublik Deutschland.
6.
Brown v. Board of Education.
7.
Руссо Ж.-Ж. Об общественном договоре.
8.
Еллинек Г. Общее учение о государстве.